Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
84
O
’
ZBEKISTONDA MEHMONXONA BIZNESI SAMARADORLIGI TAHLILI
Mardonova Dilrabo Shirinboyevna
“Ipak yoʻli” xalqaro
Turizm va madaniy meros universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O’zbekistonda mehmonxona biznesi rivojlanishining umumiy
tendensiyasi tahlil qilingan. Shu bilan birga, Samarqand shahrida joylashgan Nodir Samarqand
mehmonxonasi misolida resurslarning samarali taqsimoti masalasi simpleks usuli yordamida yechilgan.
Kalit so’zlar:
mehmonxona, trend, yuqori sifat, bozor, optimizatsiya, turistlar xarajatlari.
АНАЛИЗ ЭФФЕКТИВНОСТИ ГОСТИНИЧНОГО БИЗНЕСА В УЗБЕКИСТАНЕ
Мардонова Дилрабо Ширинбоевна
Международный университет «Шелковый путь»
туризма и культурного наследия
Аннотация
.
В данной статье анализируется общая тенденция развития гостиничного
бизнеса в Узбекистане. При этом на примере гостиницы «Надир Самарканд», расположенной в
городе Самарканд, задача эффективного распределения ресурсов решалась симплексным
методом
.
Ключевые слова
:
отель, тренд, высокое качество, рынок, оптимизация, туристические
расходы.
ANALYSIS OF HOTEL BUSINESS EFFICIENCY IN UZBEKISTAN
Mardonova Dilrabo Shirinboyevna
“Silk Road” International university
of tourism and Cultural heritage
Abstract.
This article analyzes the general trend of hotel business development in Uzbekistan. At the
same time, in the example of the Nadir Samarkand hotel located in the city of Samarkand, the problem of
efficient distribution of resources was solved using the simplex method.
Key words:
hotel, trend, high quality, market, optimization, tourist expenses.
Kirish.
O‘zbekiston turistlarni o‘ziga xos
tabiati, iqtisodiy va siyosiy barqarorligi, tovar va
mahsulotlarning boshqa davlatlardagiga nisbatan arzonroq ekanligi, qadimiy tarixi va qiziqarli urf-
odatlari, madaniyati bilan o‘ziga jalb qiladi. Bugungi kunda turli klasslardagi 5 milliondan ortiq turis
t
har yili O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Turistlarni klasslarga ajratish odatda ularga ko‘rsatiladigan
xizmatlar sifati va shunga mos narx navoga bog‘liq hisoblanadi. Turistik xizmatlarni sifatiga qarab
darajalash har xil davlatlarda turlicha amalga oshi
riladi. O‘zbekistonda turoperator va turagentlar turni
sotishda shartli ravishda turistik xizmatlarni luks, birinchi klass, turistik klass va ekonom klass etib
belgilaydilar. Boltaboyev, Tuxliyev va Safarovlarning (2020) “Turizm: nazariya va amaliyot”
qo‘llanmasida bu darajalarga quyidagicha ta’rif beriladi:
Luks klass - eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadigan tur paket. Besh yulduzli
mehmonxonalar, biznes klass samolyotlarda uchish, hashamatli restoranlar, qimmatbaho mashinalar,
alohida gid xizmatlari va hokazo;
Birinchi klass -
yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4
-5 yulduzli mehmonxonalarga
joylashtirish, biznes klass samolyotlar, qimmatbaho restoranlar, gid xizmatlari va boshqalarni o‘z
ichiga
oladi.
VII SON - NOYABR, 2023
UO‘K: 640.41
84-89
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
85
Turistik klass - Ikki-uch yulduzli mehmonxonalar, doimiy aviareyslarning iqtisod klasslarida
uchish, shved stoli bo‘yicha ovqatlanish, guruhli transfertni nazarda tutuvchi xizmat ko‘rsatish turi
hisoblanadi.
Iqtisod klass -
Eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Bu klassdan odatda talabalar va kam
ta’minlanganlar foydalanadi. 1
-
2 yulduzli mehmonxonalar, yotoqxona, xostellarda joylashtirish, o‘z
o‘ziga xizmat ko‘rsatish, umuman olganda barcha xizmatlar tejamli va arzon bo‘ladi
.
Turistik xizmatlarni klasslarga bo‘lgan holda sotish iste’molchilarni segmentatsiyalash va har bir
segment darajasida narx belgilash imkonini beradi. Respublikaga tashrif buyurayotgan turistlar orasida
so‘nggi yillarda birinchi va luks klass turistlar ulus
hi oshib bormoqda. Masalan, Toshkent shahridagi 4-
5 yulduzli mehmonxonalarda yilning deyarli hamma oylarida nomerlar tanqisligi kuzatiladi. Shu
boisdan, Samarqand shahrida qurilgan 2 ta besh yulduzli va 2 ta to‘rt yulduzli mehmonxonalarning
qurilishi aynan
ko‘p pul sarflashga tayyor va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishni xohlaydigan turistlar
ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan
2018-yilda turistik xizmatlar eksporti 8 oyda 666,9 million AQSH dollarni tashkil etdi. Bu
ko‘rsatkich 2017 yilgi xuddi shu ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘pdir. 2017 yilning o‘zida 101
joylashtirish vositalari qurilgan, ularda jami 1355 ta nomer bo‘lgan
O‘zbekistonda mehmonxonalar daromadlari turoperatorlar bilan hamkorlikka ham bog‘liq
hisoblanadi. Umuman olganda, yurtimizda mehmonxonalar yil bo‘yi o‘rtacha 56% ga to‘ladi. Turistlar
uchun bir kunlik o‘rtacha turar joy narxi 69 AQSH dollarni tashkil etadi
. Shu bilan birga, turizm sohasi
uchun imtiyozli kreditlar, viza rejimining erkinlashtirilishi mehmonxona biznesining rivojlanishiga
ijobiy ta’sir qilmoqda.
Shu bilan birga, oxirgi yillarda O‘zbekistonda ham korporativ dam olishni tashkil etish
ommalashmoqda. Asosan banklar, dori firmalar, turli yirik kompaniyalarning filiallari turli xil
tadbirlarni tashkil etadi. Bir oyda O‘zbekistonda yirik firmalar tomonid
an 9,3 ta korporativ tadbir,
o‘rtacha 53 kishi ishtirokida tashkil etiladi
. Eng ko‘p tadbirlar iyul va avgust oylariga to‘g‘ri keladi.
Ya’ni bu mehmonxonalar va boshqa turistik korxonalar uchun yangi imkoniyalarni ochib beruvchi bozor
deyish mumkin.
Adabiyotlar sharhi.
Mehmonxonalarda turistik xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash va ko‘rsatish sifat darajasi
bilan bog‘liq muammolar xorijlik olimlardan Duayer, Kim
(2003), Pun (1993), Keller, Biger (2005),
Krugman (1994), Bordas (1994), Richi, Krauch (2003), Porter (2000)
kabilar tomonidan o‘rganilgan.
Bundan tashqari, Dentinho va Marques (2013) tomonidan "O'zbekistonda mehmonxona sektori
samaradorligini ma'lumotlarni konvertatsiya tahlili yordamida baholash" mavzusida tadqiqot olib
borilgan. Bu tadqiqot O'zbekistondagi mehmonxonalarning nisbiy samaradorligini baholash uchun
Ma'lumotlarni konvertatsiya qilish tahlilini (DEA) qo'llaydi. Unda samaradorlikka ta'sir qiluvchi
omillarni o'rganilgan va samaradorlikni oshirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Khan va Ghorbani (2014)
tomonidan "Ma'lumotlarni konvertatsiya qilish tahlili yordamida tanlangan O'zbekiston
mehmonxonalarining samaradorligini o'lchash" mavzusida tadqiqot ishlari olib borilgan. DEA
yordamida ushbu tadqiqot O'zbekistondagi tanlangan mehmonxonalarning samaradorlik darajasini
baholashda muhim hisoblanadi. Ushbu tadqiqot samaradorlikka ta'sir etuvchi omillarni aniqlaydi va
mehmonxona samaradorligini oshirish strategiyalarini taklif qiladi. Raza, Sattar va Ali (2019)
tomonidan "O'zbekistondagi mehmonxonalar faoliyatiga tashkilot madaniyatining ta'siri" mavzusidagi
tadqiqot natijalariga ko’ra: tashkilotchilik madaniyati va O'zbekistondagi mehmonxona faoliyati
o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadi. Bunda madaniy omillar samaradorlikka qanday ta'sir qilishini
tahlil qilingan va biznes operatsiyalarini yaxshilash uchun tushuncha berilgan. Abduvohidovaning
(2018)
“O‘zbekistonda mehmonxona biznesi samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining
rolini o‘rganish” mavzusidagi tadqiqot ishida axborot texnologiyalarini (I
T) joriy etishning
O‘zbekistonda mehmonxona biznesi samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Bunda IT tizimlaridan
foydalanishni, ularning afzalliklari va muammolarini tahlil qilinib, mehmonxonalar faoliyatini
yaxshilash uchun IT salohiyatini yoritilgan. Li va Lee (2020) tomonidan "O'zbekistonda mehmonxona
biznesining muammolari va imkoniyatlari: yaxlit yondashuv" mavzusidagi tadqiqot ishida
44
https://uzbektourism.uz/news
45
https://uzbektourism.uz/research/statistics
46
https://www.rbasia.uz/
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
86
O‘zbekistondagi mehmonxona sanoati duch keladigan muammolar va imkoniyatlarni o‘rganilgan.
Ushbu tadqiqot davlat siyosati, infratuzilma, marketing strategiyasi va ishchi kuchi ko'nikmalari kabi
omillarni tahlil qilib, mehmonxona biznesi samaradorligini oshirish uchun tushuncha beradi.
Respublikamizda Abdurahmonov (2013), Tuxliyev (2006), Tuxliyev, Pardayev (2008),
Boltaboyev (2020), Muxammedov, Safarov (2021), Alimova (2017) va boshqa olimlar tomonidan ilmiy
izlanishlar olib borilgan. Bu olimlarning ilmiy izlanishlarida turizmni rivojlantirish masalalari keng
yoritilgan, shu bilan birga, aynan mehmonxona biznesining samaradorlik masalalari ko’rib chiqilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda chiziqli dasturlashning simpleks usuli yordamida bitta mehmonxona misolida
resurslar taqsimotini optimal taqsimlash masalasi ko’rib chiqilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Umuman olganda, amaliyotda turistik xizmat ko‘rsatish korxonalari oldida ko‘pincha xizmatlarni
tashkil etishni to‘g‘ri rejalashtirish masalasi yechim talab qiladi. Bunda xizmatlar ko‘rsatishni mavjud
resurslar zahirasidan kelib chiqqan holda ratsional tashkil etish muhim ahamiyat ega. Bugungi kunda
korxona faoliyatini optimal rejalashtirish uchun chiziqli dasturlash usullari keng qo‘llanilmoqda. Bu
usullarning asosiy mohiyati shundaki, mavjud resurslarning cheklanganligi sharoitida maqsad
funktsiyasining (foydani maksimallashtirish va xarajatlarni minimallashtirish) eng maqbul yechimini
iteratsiyalar(qiymat qo‘yib takroriy yechish) orqali hal etish hisoblanadi. Chiziqli dasturlashda keng
tarqalgan usullardan biri bu simpleks usuli hisoblanadi. Ushbu usulni
birinchi bo‘lib Kantorovich
(1939)
ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini rejalashtirish uchun qo‘llagan
. Ammo simpleks usuli ham barcha
turdagi rejalashtirish masalalarini yecha olmaydi. Ba'zi hollarda yechim cheksiz ko‘p yoki mavjud
bo‘lmasligi mumkin. Bunga asosiy sabablar ko‘pincha masalada berilgan cheklovlarning ko‘pligi,
matematik modelni mavjud vaziyat tuzib bo‘lmasligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi bo‘lishi mumkin
Yuqorida mehmonxona biznesini makro darajada ko’rib chiqdik. E
ndi mikro darajada bitta aniq
mehmonxona misolida resurslar taqsimotini baholashni maqsad qildik. Biz tadqiqot uchun Samarqand
shahrida joylashgan Nodir Samarqand mehmonxonasini tahlil qildik. Nodir Samarqand DUKning asosiy
faoliyati mehmonxona(joylashtirish) xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Ammo
, bundan tashqari,
mehmonxona balansida bitta avtomashina transport xizmati ko‘rsatishga mo‘ljallangan hamda o‘zining
bufetiga ega. Ushbu mehmonxona Samarqand xalqaro aeroporti hududiga yaqin joyda joylashganligi
katta ustunlik hisoblanadi. Tadqiqotda asosan biz mehmonxonada xizmat ko‘rsatish xarajatlarini
minimallashtirib, maksimal foyda olish masalasini yechishga e'tibor qaratdik. Ushbu masalani yechish
orqali korxonada resurslar taqsimotini optimallashtirish
imkoniyati paydo bo‘ladi. Optimizatsiya
usullaridan biz chiziqli dasturlashning simpleks usulidan foydalandik. Simpleks usulining algebraik
ko‘rinishi quyidagicha:
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%BC%D0%BF%D0%BB%D0%B5%D0%BA%D1%81-
%D0%BC%D0%B5%D1%82%D0%BE%D0%B4#cite_note-_16784ec12b72ef09-13
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
87
Bunda
𝑥 −
o’
zgaruvchilar(xizmatlar),
𝐴 −
har bir xizmatni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar
matritsasi,
𝑧 −
maqsad funksiyasi,
ya’ni sof tushumni maksimallashtirish funksiyasi hisoblanadi.
Simpleks usulining asosiy mazmuni shundaki, bu usulda maqsad funktsiyasining
o‘zgaruvchilariga avvaliga tasodifiy qiymatlar beriladi va qaysidir o‘zgaruvchilarning o‘sishi hisobiga
maqsad funktsiyasining maksimal qiymatga erishishi aniqlanadi.
Nodir Samarqand davlat unitar korxonasi maqsad funktsiyasini quyidagicha tuzamiz:
𝑠
𝑖
−
bir
kunda xizmatning sotilish soni,
𝑝 −
xizmat ko’rsatish narxi.
𝑓(𝑡)
=
∑ 𝑠
𝑖
𝑝
𝑖
→
max, ya'ni berilgan davrgacha xizmat ko‘rsatish korxonasida xizmatlarni ko‘proq
sotish orqali daromadni maksimallashtirish vazifasi qo‘yiladi.
Tahlil jarayonida quyidagi bazaviy gipotezalarga asoslandik:
А
0
−
berilgan xizmatlarga talab darajasi o‘zgarmas;
А
1
−
maqsad funktsiyasiga berilgan omillardan tashqari tashqi omillar sezilarli ta'sir qilmaydi.
Nodir Samarqand davlat unitar korxonasida ko‘rsatiluvchi asosiy xizmatlar(joylashtirish,
transport va ovqatlanish xizmatlari) misolida biz chiziqli dasturlash masalasini tuzdik. Bunda asosiy
yuqorida keltirilgan uchta xizmat(o‘zgaruvchi)lar korxonaning mo
liyaviy hisobotlariga asoslangan
holda bir oylik ma'lumotlar (2022 yil oktabr) asosida baholandi.
Optimizatsiya modelida asosiy o‘zgaruvchilar:
𝑥
1
−
joylashtirish xizmati
𝑥
2
−
transport xizmati;
𝑥
3
−
ovqatlanish xizmati.
2-jadval
Mehmonxonada xizmatlarga bir kunlik xarajatlar va mehnat sarfi
Xizmatlarga xarajatlar va vaqt sarfi
Joylashtirish
xizmati
Transport
xizmati
Ovqatlanish
xizmati
Ish vaqti(soat)
8
8
8
Xarajatlar( 1 soatga so‘m)
15000
9250
11000
Sotish va amortizatsiya xarajatlari
7250
4200
3700
Bir xizmatdan 1 soatlik kutilayotgan foyda
10000
8750
8820
Resurslar zahirasi bo‘yicha
cheklovlar:
Korxona 1 soatda eng ko‘pi bilan 152 soat mehnat sarfi (ishchilar soni x ish vaqti) xizmatlarga
jami xarajatlar esa soatiga ko‘pi bilan 250 ming so‘m hamda bir soatlik sotish va amortizatsiya
xarajatlari normasini 110 ming so‘m etib
belgilandi.
Biz ushbu optimizatsiya masalasini MS Excel
Solver(Poisk resheniya) dasturidan foydalangan holda simpleks usuli orqali yechdik.
Tahlil natijalari quyida aks etgan:
3-jadval
Dastlabki tahlil natijalari(barqarorlik hisoboti)
O’zgaruvchilar
Yakuniy
qiymat
Kelti-
rilgan
qiymat
Maqsad
funksiyasi
koeffit-
sienti
Maksimal
o’sish
Maksimal
kamayish
Nodir Samarqand DUKda
ko’rsatiladigan joylashtirish xizmatlari
10,95
0
10000
4727,03
1020
Nodir Samarqand DUKda
ko’rsatiladigan transport xizmatlari
1,61
0
8750
236,19
446,25
Nodir Samarqand DUKda
ko’rsatiladigan ovqatlanish xizmatlari
6,43
0
8820
310,43
274,92
48
Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
49
Turizm va madaniy meros vazirligi
ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
88
4-jadval
Resurslar bo’yicha chegaralar
O’zgaruvchilar
Yakuniy
qiymat
Yashirin
narx
Chegara
Maksimal
o’sish
Maksimal
kamayish
Xarajatlar(1 soatga so’m)
250000
0,10
250000 3732,39 17315,5
Sotish va amortizatsiya xarajatlari
110000
0,22
110000 9184,78 3312,5
Ish vaqti (soat)
152
861,58
152
60,11
4,37
Chegaraviy shartlar bajarilganda 3-
jadvalga ko‘ra Nodir Samarqand DUK agar bir soatda 10 ta
joylashtirish xizmati, 1 ta trasnport xizmati va 6 ta ovqatlanish xizmati ko‘rsatish berilgan minimal
xarajatlar chegarasidan chiqmagan holda maksimal 1 soatlik foyda 180 ming so‘mga teng bo‘larkan(5
-
jadval). Bunda joylashtirish xizmatlaridan daromadning 4727,03 so‘mgacha oshishi(maksimal o‘sish)
va 1020 so‘mgacha( maksimal kamayish) pasayishi mavjud optimal qiymatlarni o‘zgartirmaydi.
Transport xizmati uchun esa ushbu qiymatlar chegar
asi 236,19 so‘mgacha o‘sish va 446,25 so‘mgacha
pasayishga teng. Lekin agar foyda miqdori ushbu chegara qiymatlardan o‘tsa, maqsad funktsiyasining
optimal qiymatlari ham o‘zgaradi.
4-
jadvalda korxonada resurslar chegarasi bo‘yicha ma'lumot berilgan. Bunda har bir omil uchun
boshqa omillar o‘zgarmagan holda optimal qiymatlarga erishish chegaralari keltirilgan. Masalan,
umumiy mehnat sarfining 1 soatga oshishi korxona foydasini 861 so‘
mga(Yashirin narx), sotish va
amortizatsiya xarajatlarining 1 so‘mga ortishi esa foydani 22 tiyinga oshiradi va 1 soatlik xarajatlarning
1 so‘m o‘sishi foydani 10 tiyinga ko‘paytiradi.
5-jadval
Chegaraviy hisobot
O’zgaruvchilar
Qiymatlar
Pastki
chegara
Maqsad
funksiyasi
Yuqori
chegara
Maqsad
funksiyasi
Nodir
Samarqand DUKda ko’rsatiladigan
joylashtirish xizmatlari
10,95
0
70836,37
10,95
180394,98
Nodir Samarqand DUKda ko’rsatiladigan
transport xizmatlari
1,61
0
166277,77
1,61
Nodir Samarqand DUKda ko’rsatiladigan
ovqatlanish xizmatlari
6,43
0
123675,79
6,43
5-
jadvalga ko‘ra joylashtirish xizmatidan maksimal 1 soatlik foyda 70836,37 so‘m(maqsad
funktsiyasi), transport xizmatidan keladigan maksimal foyda 166277,77 so‘m va ovqatlanish xizmatidan
123675,79 so‘mni tashkil etishini ko‘rishimiz mumkin.
Umuman olganda, yuqorida yechilgan masala klassik optimizatsiya masalalaridan biri
hisoblanadi. Albatta bu tahlil natijasi faqatgina ma'lum davrdagi holatdagi shartlar bajarilganda va
tashqi omillar(ko‘zda tutilmagan xarajatlar) ta'sir qilmaganda to‘g‘ri d
eb hisoblanishi mumkin. Xulosa
qilib aytganda, tahlil natijasiga ko‘ra Nodir Samarqand DUK korxonasi asosiy faoliyati bo‘lgan
joylashtirish xizmatiga 59% resurslarini, transport xizmatiga 6% va 35% resurslarni ovqatlanish
xizmatiga yo‘naltirish maqsadga mu
vofiq hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, makro darajada O’zbekistonda mehmonxona biznesining rivojlanish
salohiyatini yuqori baholash mumkin. Buni 1-
jadvalda keltirilgan ma’lumotlar ham tasdiqlab turibdi.
Ammo
hali hamon mehmonxonalarning to’lganlik darajasi past holda saqlanib turibdi. Bu muammoni
bartaraf etish uchun quyidagilarni amalga oshirishni taklif qilamiz:
1.
Mehmonxonalarning texnik ta’minotini yaxshilash uchun audit tekshiruvlari o’tkazib, texnik
yangilanishlar uchun subsidiya ajratish;
2.
Hududlarda har oy keng miqyosdagi ommaviy tadbirlarni tashkil etishni yo’lga qo’yish;
50
Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
51
Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, noyabr
www.e-itt.uz
89
3.
Korporativ tadbirlar bozoriga mehmonxonalarni qiziqtirish bu bozorning imkoniyatlari bilan
tanishtirish;
4.
Xalqaro turistlarni jalb qilish uchun internet reklamadan keng foydalanish;
5.
Mehmonxonalarda turistik xizmatlar sifatini nazoratini yaxshilash, yulduzlar berish
mexanizmini takomillashtirish;
Yuqorda keltirilgan
takliflar makro darajada mehmonxona biznesining rivojlanishiga ijobiy ta’sir
qiladi. Xususan, har oyda ommaviy tadbirlarni tashkil etish turistlar sonining oshishiga olib kelsa,
korporativ tadbirlar bozorini rivojlantirish, mehmonxonalar uchun yangi daromad manbaini yaratadi.
Mikrodarajadagi, ya’ni Nodir Samarqand mehmonxonasini tahlil qilganimizda resurslarni o’sha
davrdagi holat nuqtai nazardan 59% resurs joylashtirish xizmatlarini ta’minlash, 35% ovqatlanish va
6% transport xizmatlariga sarflanish kerakligi aniqlandi.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Abduvokhidova S. (2018)
"A Study of the Role of Information Technology in Improving Hotel Business
Efficiency in Uzbekistan" by
Bordas, E. (1994) Competitiveness of Tourist Destinations in long distance markets. The Economics
of Tourism Destinations. Burlington: Elsevier;
Crouch, J. & Ritchie, B. (2003) The competitive destination- a sustainable tourism perspective.
Cambridge: CabiPublishing;
Dentinho D., Marques R. C. (2013) "Assessing the Efficiency of the Hotel Sector in Uzbekistan using
Data Envelopment Analysis" by 115 p.
Dwyer L., Kim Ch. (2003) Destination Competitiveness: Determinants and Indicators. Current Issues
in Tourism Vol. 6;
Keller P., Bieger T., (2005) Innovation in tourism-creating customer value: 55
th
congress, Brainerd,
USA;
Khan T. and Ghorbani Z.M. (2014) "Measurement of Efficiency of Selected Uzbekistan Hotels using
Data Envelopment Analysis" by: 45-55 pages.
Krugman P. (1994) Competitiveness: a Dangerous obsession. In: Competitiveness. An International
Economics Reader.
—
N.Y.: Foreign Affairs, ,
Р
. 1
—
17;
Li B. and Lee S.H. (2020) "Challenges and Opportunities for Hotel Business in Uzbekistan: A Holistic
Approach" by
Poon, A. (1993) Tourism, Technology and Competitive Strategies. CAB International, New York,;
Raza B., Sattar A., and Ali R. (2019) "Effects of Organizational Culture on Performance of Hotels in
Uzbekistan"
Алимова М.Т. (2017) Ҳудудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва
тенденциялари // иқт. фан. докторлик диссертацияси автореферати. Самарқанд СамИСИ,. –
96
б.;
Болтабоев М.Р., Тухлиев И.С., Сафаров Б.Ш., Абдухамидов С.А. (2020) “Туризм: назария ва
амалиёт”. Электрон дарслик.
-
Т., 2017
-
74 б.;
(1939) Математические методы
организации планирования
производства
// Издание Ленинградского государственного университета.
—
Ленинград,.
Мухаммедов М. ва бошқалар. (2021) Минтақа иқтисодиётининг замонавий муаммолари.
Монография.
-
Т.: LESSON PRESS,;
Портер М. (2000) Конкуренция. —
М.: Вильяме, С. 174—
191.
Пўлатов М.Э.
,
Абдурахмонов К.Х. (2013) Менежмент туризма: Учебное пособие. –Т.: Филиал
ФГБОУ ВПО «РЭУ им. Г.В.Плеханова» в г. Ташкенте,.
-
248 с.;
Тухлиев И. Туризм асослари.
-
Самарқанд, СамИСИ. 2010.
-
271 б.
;
Тухлиев И., Қудратов F., Пардаев М. (2008) Туризмни режалаштириш. Дарслик. Т.: "Иқтисод
ва молия".
-
262 б.;
Тухлиев Н., Абдуллаева Т. (2006) Менеджмент и организация бизнеса в туризме
Узбекистана.
-
Т.: Гос. Науч
.
Изд
. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi",. -386
б
;.;
