Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
69
BUXORO VILOYATINING TURIZM KONTENTINI TAYYORLASHDA RAQAMLI
MARKETINGDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
PhD,
dotsent
Toxirov Javlon Raximovich
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya.
Raqamli texnologiyalar doimo rivojlanib, hayotimizning turli sohalariga kirib
bormoqda. Mobil ilovalar, virtual reallik, kengaytirilgan reallik va ijtimoiy tarmoqlar kabi yangi
innovatsiyalar raqamli turizmda yangi imkoniyatlar va yaxshilanishlarni taqdim etadi. Biroq,
ushbu raqamli texnologiyalardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarini va ularning
sayyohlarga ta'sirini tushunish uchun chuqur tadqiqotlar talab etiladi. Ushbu maqolada Buxoro
viloyatining turizm kontentini tayyorlashda raqamli marketingdan foydalanish imkoniyatlari
bayon etilgan.
Kalit soʻzlar:
turizm, raqamli marketing, raqamlashtirish, mobil ilovalar, reklama.
ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВОГО МАРКЕТИНГА ПРИ ПОДГОТОВКЕ
ТУРИСТИЧЕСКОГО КОНТЕНТА БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ
PhD,
доцент
Тахиров Жавлон Рахимович
Бухарский государственый
университет
Аннотация
.
Цифровые технологии постоянно развиваются и входят в различные
сферы нашей жизни. Новые инновации, такие как мобильные приложения, виртуальная
реальность, дополненная реальность и социальные сети, открывают новые
возможности и улучшения в цифровом туризме. Однако необходимы глубокие
исследования, чтобы
понять специфику использования этих цифровых технологий и их
влияние на туристов. В данной статье описаны возможности использования цифрового
маркетинга при подготовке туристического контента Бухарской области.
Ключевые слова:
туризм, цифровой маркетинг, цифровизация, мобильные
приложения, реклама.
POSSIBILITIES OF USING DIGITAL MARKETING IN THE PREPARATION
OF TOURISM CONTENT OF BUKHARA REGION
PhD, associate professor
Tokhirov Javlon Rakhimovich
Bukhara State University
Abstract.
Digital technologies are constantly developing and entering various areas of our
life. New innovations such as mobile applications, virtual reality, augmented reality and social
networks offer new opportunities and improvements in digital tourism. However, in-depth
research is needed to understand the specifics of using these digital technologies and their impact
on tourists. This article describes the possibilities of using digital marketing in the preparation of
tourism content of Bukhara region.
Keywords:
tourism, digital marketing, digitization, mobile applications, advertising.
VIII SON - DEKABR, 2023
UO‘K:
338.48
69 - 75
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
70
Kirish.
Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib
bormoqda va bizdan o'zaro ta'sir va moslashishning yangi usullarini talab qilmoqda. Mobil
ilovalar, virtual reallik, kengaytirilgan reallik, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar kabi yangi
texnologiyalar paydo bo'lishi bilan ulardan samarali foydalanish orqali turizm sohasi
raqamlashib jadal rivojlanib bormoqda.
Datareportal.com ning 2023 yil yanvardagi “Digital 2023” hisobotiga ko‘ra, 8.01
milliarddan iborat dunyo aholisining 64.4
foizi, ya’ni 5.16 milliardi Internet, 68 foizi (5.44
mlrd.) mobil telefonlari foydalanuvchisi sanaladi, hamda 4.76 milliard inson, ya’ni dunyo
aholisining 59.4 foizi ijtimoiy medianing faol foydalanuvchisidir
23
. O‘z navbatida bu raqamlar
har yili tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, Internet foydalanuvchilari turli yoshdagi,
turlicha daromadli va ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan odamlardir. Shunisi qiziqki, Internet
resurslaridan faol foydalanuvchilar orasida har yili ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiladigan va
ma’lumot qidirish uchun Internetdan foydalanadigan keksa yosh odamlar ko‘payib bormoqda.
Jahon
tendentsiyasiga
hamohang
ravishda
O‘zbekistonda
ham
internet
foydalanuvchilarining umumiy soni 31 milliondan, mobil internetdan foydalanuvchilar soni
esa 29,5 milliondan oshdi. Xalqaro internet-
kanalga ulanish tezligi so‘nggi ikki yilda 2,6
baravarga oshib, 3200 Gbit/s ga yetdi
24
.
Mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish,
elektron davlat xizmatlarini
ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi
bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan katta ishlar olib borilyapti.
Adabiyotlar sharhi.
Ilg‘or axborot texn
ologiyalari va telekommunikatsion tizimlarning jadal rivojlanishi
turizm sohasini raqamlashuvini yuza keltirdi. Bu borada dunyodagi ko‘plab olimlar o‘z
fikrlarini bayon etishgan. Masalan, Abovd va boshqa olimlar (1997) sayohat paytida
smartfoningizda o‘rnatgan mobil giddan foydalanishni ta’kidlashgan bo‘
lsa, Ardissono va
boshqalar (2003) fikriga ko‘ra turistik faoliyatdan oldin, faoliyat davomida va faoliyatdan keyin
raqamli qo‘llab quvvatlashlar bo‘lib, bu sayohat paytida munosib turar joy topish imkonini
beruvchi tavsiyalar tizimlaridir, deb ta’kidlashg
an.
Uriyely (2005) o‘z maqolasida texnologiyalarni qo‘llash orqali maqsad sayyohlik
tajribasining sifatini yoki darajasini yanada oshirishdir, deb yozgan.
De Karolis va boshqa bir guruh olimlar (2009) sayyohlar diqqatga sazovor joylarni
tomosha
qilish, esdalik sovg‘alarini izlash va xarid qilish kabi jarayonlarida interfaol xaritalar,
sayyohlik yordamchilari kabi turli xil vosita va yechimlardan foydalanishini, ushbu vosita va
yondashuvlar raqamli turizm soha
sidagi loyihalashni anglatishi bo‘yich
a mulohaza qilishgan.
Durrant va boshqalar(2011) yana bir tadqiqotlarida raqamli turizmni muzeylar, qishloq
joylari, hayvonot bog‘lari va tematik bog‘lar kabi turli yo‘nalishlarda qo‘llanilish afzalliklariga
e’tibor qa
ratishgan.
Schinke va boshqalar (2010), Vatanabe (2012) kabi yana bir guruh olimlar tadqiqotlarida
turizmda mobil qurilmalarning ahamiyatli jihatlariga e’tiborni qaratib, sayyohlik va
geolokatsion ilovalar, virtual haqiqat (virtual reality) ilovalari qanchalik turistik manzillarni
namoyish qil
ishda muhimligini ta’kidlab o‘tishgan, Benyon va boshqalar (2014) tadqiqotlarida
raqamli turizmning ma’nosiga e’tibor qaratib, uni raqamli vositalar orqali turizm tajribasini
qo‘llab
-
quvvatlash deb ta’kidlashgan.
Raqa
mli turizm bo‘yicha yetuk mutaxassisla
rdan biri Buyuk Britaniya Bornmut
universiteti professori Dmitrios Buhalis (2003)
bo‘lib, u raqamli turizmni elektron turizm,
smart turizm atamalari bilan bir xil ekanini ta’kidlab, elektron turizm bu tashkilotlarga tu
rizm,
https://datareportal.com/reports/digital-2023-global-overview-report
https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/15/internet-users/
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
71
sayohat, mehmondo‘stlik va umumi
y ovqatlanish sohalaridagi samaradorlikni oshirishga
imkon beradigan barcha jarayon va xizmat zanjirlarini raqamlashtirishdir, deb ta’kidlagan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotni o‘tkazish uchun sohaga oid mavjud ada
biyotlarni tahlil qilish, soahaga oid
statistik hisobotlar va ma’lumotlarni o‘rganish, shuningdek, ushbu sohani o‘rganishga
bag‘ishlangan ma’ruzalar, konferensiya materiallari, Internet nashrlari va jurnallar, shuningdek
mavzu bo‘yicha yangi adabiyotlar va
istiqbolli loyiha ma’lumotlari o‘rgan
ilib, tahlil, sintez,
tanqidiy fikrlash, umumlashtirish kabi usullar qo‘llanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Turizmning raqamlashuvi sayyohlik xizmatlarini marketing va reklama qilish sohasida
ham yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu sayyohlik kompaniyalariga an'anaviy reklama va ommaviy
reklama xarajatlarini kamaytirish va maqsadli reklamaga e'tibor qaratish imkonini beradi, bu
esa maqsadli auditoriyani aniq belgilash imkonini beradi.
Shuningdek, barcha texnologiyal
arni o‘zida mujassamlashtirga
n va sayyohlarga dam olish
maskanlari, diqqatga sazovor joylar, ekskursiyalar va sayyohlik marshrutlari haqida to‘liq
ma’lumot beradigan universal sayohat yo‘riqnomasi tizimini yaratishga qaratilgan ko‘plab
loyihalar mavjud.
Raqamli marketing zamonaviy turizm sanoatida katta rol o'ynaydi. Instagram, Facebook,
YouTube va TikTok kabi platformalar sayyohlik kompaniyalari va mahalliy diqqatga sazovor
joylarga sayohatchilar e'tiborini tortadigan vizual kontent bilan bo'lishish imkonini beradi. Ular
fotosuratlar, videolar va hikoyalardan joylarning go'zalligini va ularning o'ziga xos
xususiyatlarini namoyish qilish uchun foydalanishlari mumkin.
Potentsial turistlarning muayyan guruhlarini jalb qilish uchun Internetda maqsadli
reklama kampaniyalaridan foydalanish. Bu kontekstli reklama, ijtimoiy media reklamasi va
ixtisoslashgan sayohat platformalarida reklamani o'z ichiga olishi mumkin.
Bloglar, vloglar, maqolalar va sayohat joylari, turar joy va sayohat bo'yicha maslahatlar
e'tiborni jalb qilish va odamlarni ma'lum sayohat marshruti yoki xizmatini tanlashga
ishontirishga yordam beradi.
Qidiruv tizimlari uchun kontentni optimallashtirish sayohat takliflarining ko'rinishini
oshirishga yordam beradi. Yaxshi optimallashtirilgan maqolalar, sayohat tavsiflari, sharhlar va
diqqatga sazovor joylarning mahalliy ro'yxati ko'proq organik trafikni jalb qilishi mumkin.
Sayyohlik marshrutlari, shahar navigatsiyasi, mahalliy turistik qoʻllanmalar va
sayohatchilar uchun boshqa foydali vositalar uchun ilovalarni ishlab chiqish ham juda
muhimdir. Sayohatchilarga haqiqiy sayohatdan oldin virtual sayohatlar yoki kengaytirilgan
haqiqat ilovalari orqali mahalliy tajribaning bir qismini boshdan kechirish imkonini beradi.
Raqamli marketing sayyohlik kompaniyalariga mijozlarni jalb qilish va sayohat tajribasini
yaxshilash uchun ko'proq shaxsiylashtirilgan va maqsadli yondashuvlarni yaratishga imkon
beradi. Bu qaerga sayohat qilish va qanday xizmatlarni tanlash haqida taassurotlarni
shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Raqamli sayyohlik xizmatlari bozori turli xil texnologik yutuqlar, iste'molchilarning xatti-
harakatlaridagi o'zgarishlar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy omillar tufayli jadal rivojlanmoqda.
Buxoro viloyatida raqamlashtirish hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
omillaridan biriga aylanib bormoqda. Raqamlashtirish biznes-jarayonlarining samaradorligi va
mahsuldorligini oshirishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning yangi omili hisoblanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
72
1-rasm. Raqamli sayyohlik xizmatlari bozori ning o'sishi va rivojlanishiga ta'sir
qiluvchi asosiy omillar
Ekonometrik modeldagi natijaviy omil sifatida tanlangan yalpi hududiy mahsulot (Y)ga
ta’sir etuvchi ekzogen omillar sifatida
mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni (x1),
Internetga ulangan korxona va tashkilotlar ulushi (x2), Optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi
(x3) kabi ko‘rsatkichlar tanlab olindi.
Ajratib olingan natijaviy va unga ta’sir etuvchi omillarning barchasi 2016
-2022 yillar
davomida barqaror o‘sish sur’atiga ega bo‘lgan.
Aniqla
ngan ma’lumotlardan foydalangan holda
yalpi hududiy mahsulot
hajmi unga ta’sir
etuvchi omillar ta’sirida o‘zgarishini ko‘p omilli ekonometrik modeli tuzildi. Unga ko‘ra ushbu
jarayonni ifodalovchi
Y = -1669.8483 + 16.5706X
1
+ 0.9857X
2
+ 0.01292X
3
(1)
(1)-regressiya tenglamasi tuzildi.
Y - Yalpi hududiy mahsulot(yil boshida, o'sish sur'ati, % da)
X
1
- Mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni (yil boshida, o'sish sur'ati, % da)
X
2
- Internetga ulangan korxona va tashkilotlar ulushi (yil boshida, o'sish sur'ati, foizda)
X
3
- Optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi (yil boshida, o'sish sur'ati, foizda)
• Raqamli sayohat xizmatlarining o'sishi mobil
qurilmalar va ijtimoiy media platformalarining
ko'payishi kabi texnologik innovatsiyalar bilan
chambarchas bog'liq.
Texnologik innovatsiyalar
• Turizm industriyasida har bir avlodning afzalliklari
va xatti-harakatlari sezilarli darajada farqlanadi.
Demografiya
• Xalqaro sayohatlarning o'sishi kompaniyalarga
sayohatchilarning turli tillarda so’zlashishi va
madaniy ta'sir qilish kabi noyob ehtiyojlariga
javob beradigan raqamli xizmatlarni taklif qilish
imkoniyatlarini yaratdi.
Globallashuv
• Jahon iqtisodiyotining holati sayohatga bo'lgan
talabga ta'sir qilishi va o'z navbatida raqamli
sayohat xizmatlarining rivojlanishiga ta'sir qilishi
mumkin.
Iqtisodiy sharoitlar
• Dunyo bo'ylab hukumatlar iste'molchilar
xavfsizligini ta'minlash va firibgarlikdan himoya
qilish uchun raqamli turizm sanoatini tartibga
soladi.
Tartibga solish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
73
1-jadval
Buxoro viloyatining 2018-2022
yillarda turizm sohasi asosiy ko‘rsatkichlari
25
T/r
Ko‘rsatkichlar
O‘lchov
birligi
2018-
yil
2019-
yil
2020-
yil
2021-
yil
2022-
yil
1
Tashrif buyurgan
turistlar soni
ming.nafar 2512 3640,9 249,9 2265,3 3514,2
2
Jami joylashtirish
vositalari
birlik
168
337
372
415
485
3
Turistik kompaniyalar
birlik
56
115
118
115
119
4
Xamroh tarjimonlar
(GID) soni
nafar
110
211
232
241
280
5
Sayyohlar tashrif
buyuradigan madaniy
meros ob’ektlari soni
birlik
105
123
139
139
140
6
Turistlar tashrif
buyuradigan restoranlar
soni
birlik
21
68
72
85
107
7
Turizm namoyish
ob’ektlari
birlik
140
175
189
241
270
8
Turistik yo‘nalish
dagi
avtotransport vositalari
birlik
110
211
232
281
281
9
Sanitariya-gigiena
shoxobchalari soni
birlik
190
344
411
512
596
10
Turistik yo‘l
ko‘rsatkichlari soni
birlik
80
122
123
128
136
11
Turizm axborot
markazlari soni
birlik
5
12
14
16
17
Mehnatga
layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 1 % ga o’zgarishi, yalpi hududiy
mahsulotni 16,6% ga o’zgarishiga olib keladi. Internetga ulangan korxona va tashkilotlar ulushi
1% ga o’zgarishi, yalpi hududiy mahsulotni 0,99% ga o’zgarishiga olib keladi.
Determinatsiya koeffitsiyentini aniqlaymiz.
Bu koeffitsiyent 1 ga yaqin bo’lgani uchun topilgan regressiya tenglamasi ishonchligi
yuqori darajada hisoblanadi.
Juft korrellatsiya koeffitsiyentlarni aniqlaymiz.
25
Jadval Buxoro viloyati turizm va madaniy meros bosh
boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomo
nidan tuzilgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
74
Bu koeffitsiyentlardan ko’rinadiki, tanlangan ko’rsatkichlarning yalpi hududiy
mahsulotga ta’siri juda yuqori ekan.
Regressiya tenglamaning koeffitsiyentlarini ishonchligini 95% ehtimolikda gipotezalarga
tekshirib
ko’ramiz.
Styudent jadvali bo’yicha t
крит
(n-m-1;
α
/2) = (5;0.025) = 3.163
Bundan ko’rishimiz mumkinki, t
набл
> t
крит
shart bajariladi. Demak H
0
gipotezalar bekor
qilinib, H
1
gipotezani qabul qilamiz. Yani aniqlangan regressiya tenglamaning koeffitsiyentlari
statistik ahamiyatga ega.
Regressiy
a tenglamasining standard ko’rinishi quyidagicha:
t
y
= 0.193x
1
+ 0.796x
2
+ 0.033x
3
Bunda ko’rinadiki yalpi hududiy mahsulotni bazis davrga nisbatan o’zgarishiga eng ko’p
ta’sir etuvchi faktor
internetga ulangan korxona va tashkilotlar ulushi ekan.
Approk
simatsiyaning o’rtacha xatoligini aniqlaymiz. Uning natijasi quyidagicha:
Biz taklif qilayotgan ekonometrik model bo’yicha aniqlangan yalpi hududiy mahsulot
miqdori haqiqatdagisi bilan farqn
ing o’rtacha xatoligi kichik ekan. Bundan regressiya
tenglaman
ing ishonchligi yuqoriligini ko’ramiz.
Xulosa va takliflar.
Buxoro viloyati uchun turizm kontentini tayyorlashda raqamli marketingdan
foydalanishning quyidagi samarali imkoniyatlar mavjud:
-
instagram, Facebook va TikTok kabi vizual platformalar orqali madaniy diqqatga
sazovor joylar, tarix, mahalliy oshxona va anʼanalar haqida qiziqarli kontent yaratish. Bu
diqqatga sazovor joylar haqida hikoya qiluvchi fotosuratlar yoki video sayohatlar bo'lishi
mumkin.
-
mahalliy mutaxassislar Buxoro viloyatidagi tashrif buyuradigan joylar haqida qiziqarli
faktlar, hikoyalar va tavsiyalar bilan o‘rtoqlasha oladigan blog yoki YouTube kanalini ishlab
chiqish.
-
diqqatga sazovor joylar, marshrutlar, restoranlar va boshqa turistik joylar haqida
ma'lumot beruvchi mobil ilovalar yoki raqamli qo'llanmalar yaratish.
-
sayyohlar Buxoro viloyati haqidagi ma'lumotlarni osongina topishlari uchun qidiruv
tizimlari uchun kontentni optimallashtirish. Bu bloglar, maqolalar, videolar va boshqa
kontentni o'z ichiga olishi mumkin.
-
voqealar, chegirmalar, yangi diqqatga sazovor joylar va boshqalar haqida
xabarnomalarni yuborish uchun obunachilar bazasini yaratish.
-
Buxoro viloyatining turizm takliflariga ko'proq e'tiborni jalb qilish uchun Google Ads
yoki ijtimoiy tarmoqlar kabi platformalarda maqsadli onlayn reklamadan foydalanish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, dekabr
www.e-itt.uz
75
Adabiyotlar / Литература /
Reference:
Abowd GD, Atkeson CG, Hong J, Long S, Kooper R, Pinkerton M (1997) Cyberguide: a mobile
context-aware tour guide. Wireless Networks 3, 5, pp 421
–
433
Ardissono L, Goy A, Petrone G, Segnan M, Torasso P (2003). Intrigue: personalized
recommendation of tourist attractions for desktop and handset devices. Applied artificial
intelligence, special issue on artificial intelligence for cultcommunities of agents
Benyon, D., Quigley, A., O’Keefe, B., & Riva, G. (2014). Presence an
d digital tourism. AI &
society, 29(4), 521-529.
Buhalis, D. (2003): eTourism: Information technology for strategic tourism management,
Pearson (Financial Times/Prentice Hall), London ISBN 0582357403.
De Carolis B, Novielli N, Plantamura V, Gentile E (2009) Generating comparative
descriptions of places of interest in the tourism domain. In Proceedings of the third ACM
conference
on recommender systems (RecSys ‘09). ACM, New York, pp 277–
280
Durrant A, Golembewski M, Kirk D, Benford S, Fischer J, Rowland D, McAuley D (2011)
Automics: souvenir generating photo ware for theme parks. In: Proceedings of the 2011 annual
conference on Hu
man factors in computing systems (CHI ‘11). ACM, New York, pp 1767–
1776 7.
Khurramov, O. K., & Fayzieva, S. A. (2020). The main convenience of internet marketing from
traditional marketing. Academy, 1(52), 30-32.
Schinke, T., Henze, N., & Boll, S. (2010, September). Visualization of off-screen objects in
mobile augmented reality. In Proceedings of the 12th international conference on Human
computer interaction with mobile devices and services (pp. 313-316).
Tadjieva, S., Tokhirov, J., Khurramov, O., Juraeva, Z., & Khodjaeva, D. (2023). Trajectory of
economic development of Bukhara region during digitalization. In E3S Web of Conferences (Vol.
403, p. 08027). EDP Sciences.
Uriely Natan (2005) The tourist experience: conceptual developments. Ann Tour Res
32(1):199
–
216
Watanabe A. (2012) Inside ‘world’s first augmented reality hotel’. Retrieved on 14 Mar 2012
Тохиров, Ж. (2021). Кўп омилли эконометрик моделлар асосида таълим хизматлари
бозори ривожланиши мақсадли кўрсаткичларини шакллантириш. Iqtisodiyot va taʼlim, (5),
277-282.
Хуррамов, О. (2016). Особенности использования маркетинговых инструментов в
социальных медиа.
Alatoo Academic Studies, (2), 236-249.
