ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ КОНКУРЕНЦИИ И РЕГУЛИРОВАНИЯ МОНОПОЛИЙ В ЭКОНОМИКЕ НАШЕЙ СТРАНЫ | Экономическое развитие и анализ

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ КОНКУРЕНЦИИ И РЕГУЛИРОВАНИЯ МОНОПОЛИЙ В ЭКОНОМИКЕ НАШЕЙ СТРАНЫ

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
12-17
0
Поделиться
Акбаров, Ж. (2024). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ КОНКУРЕНЦИИ И РЕГУЛИРОВАНИЯ МОНОПОЛИЙ В ЭКОНОМИКЕ НАШЕЙ СТРАНЫ. Экономическое развитие и анализ, 2(1), 12–17. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44967
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассматриваются возникновение монополии, различных определениях,данных ей, регулирование монополи и повышение в ней роли государства, сущности и теоретических основах антимонопольного управления, а также важности развития конкурентной среды в нашей стране.

Похожие статьи


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

12


MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTIDA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA

MONOPOLIYALARNI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI

Akbarov Jasur Ikromjon o‘g‘li

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar

huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, monopoliyaning kelib chiqishi, unga berilgan turli ta’riflar,

monopoliyalarni tartibga solish va unda davlatning rolini oshirish, monopoliyaga qarshi

boshqaruvning mazmun-mohiyati, nazariy asoslari, zarurati hamda mamlakatimizda raqobat

muhitini rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

yangi tahrirdagi

“Raqob

a

t to‘g‘risida”gi Qonun, monopoliyaning nazariy

asoslari, monopoliyani davlat tomonidan tartibga solish, raqobatni rivojlantirish, bozor

munosabatlari, makroiqtisodiy barqarorlik.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ КОНКУРЕНЦИИ И РЕГУЛИРОВАНИЯ

МОНОПОЛИЙ В

ЭКОНОМИКЕ НАШЕЙ СТРАНЫ

Акбаров Жасур Икромжон ўғли

Комитет по развитию конкуренции

и защите прав потребителей


Аннотация.

В данной статье рассматриваются возникновение монополии,

различных

определениях

,

данных ей,

регулирование монополи и повышение в ней роли

государства, сущности и теоретических основах

антимонопольного управления, а

также важности

развития конкурентной среды в нашей стране.

Ключевые слова:

закон «О конкуренции» в новой редакции, теоретические основы

монополии, регулирование монополии государством, развитие конкуренции, рыночные

отношения,

макроэкономическая стабильность.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPMENT OF COMPETITION AND

REGULATION OF MONOPOLIES IN THE ECONOMY OF OUR COUNTRY

Akbarov Jasur Ikromjon o‘g‘li

Сompetition promotion and

consumer protection committee

Abstract.

This article discusses the origin of monopoly, various definitions given to it,

regulation of monopolies and increasing the role of the state in it, the essence, theoretical

foundations, necessity of anti-monopoly management, and the importance of developing a

competitive environment in our country.

Key words:

law "On Competition" in a new edition, theoretical foundations of monopoly,

regulation of monopoly by the state, development of competition, market relations,

macroeconomic stability.

I SON - YANVAR, 2024

UO‘K:

330.342.142

12-17


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

13

Kirish.

Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mamlakat makroiqtisodiy

barqarorligiga hamda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga erishish, avvalambor, monopoliyaga

qarshi boshqaruvni samarali tartibotlarni amalga oshirish va real raqobatchilik muhitini

shakllantirish, bunda raqobat muhitini rivojlantirish uchun qonun hujjatlarini yanada
takomillashtirish va zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda. Shu bois ham,

O‘zbekiston Respublikasining yangi tah

r

irdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi (2023

-yil 3-

iyul, O‘RQ

-

850-

son) Qonuni qabul qilindi. Yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining qabul

qilinishidan asosiy maqsad, tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga,
shuningdek raqobat yoki tabi

iy monopoliya sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari va

qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan

harakatlarni

nazorat qilishni amalga oshirish hamda ularga chek qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan, raqobat

sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir (Qonun, 2023).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 21-

dekabrdagi “Yangi

O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora

-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-269-sonli

hamda 2023-yil 25-

yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini

samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora

-tadbirl

ar to‘g‘risida”gi PF

-14-

son Farmonlariga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Isteʼmolchilar

huqu

qlarini himoya qilish agentligi negizida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar

huquqlarini himoya qilish qo

‘mitasi tashkil etildi hamda 2

023-yil 6-

iyulda O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish

va

isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF

-108-sonli Farmoni qabul qilindi (Farmon, 2023).

Ushbu Farmon bilan Qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, tashkiliy tu

zilmasi,

sohada islohotlarni chuqurlashtirish va raqobatni taʼminlash, tovar

-xom ashyo birjalari

faoliyatini tartibga solish, isteʼmolchilarnin

g huquqlarini himoya qilish va reklama sohalarida

yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat organlarining u

shbu yo‘nalishdagi faoliyatini

muvofiqlashtirish hamda mazkur sohalarda qonunchilikka rioya etish ustidan nazoratni

amalga oshirish bo‘yicha u

stuvor vazifalari belgilandi.

Adabiyotlar sharhi.

Monopoliyalarni tartibga solish va unda davlatning ro‘lini osh

irish, monopoliyaga qarshi

boshqaruvning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritishdan avval, monopoliyaga qarshi

boshqaruv nazariyasi, uning turlari, vujudga kelish asoslarini bayon etish maqsadga muvofiq,

deb o‘ylayman.

Adabiyotlarda “Monopoliya” (inglizcha mo

n

opoly) yunoncha “monos” –

bitta (yagona),

tanho va “poleo” –

sotaman, degan ma’noni anglatib, bozor sharoitida biron

-bir faoliyat

sohasidagi y

agona sotuvchi, tanho xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib

(Stankovskaya, Strelets, 2008),

ta’rifga ko‘ra monopoliya –

bu o

‘xshashi bo‘lmagan qandaydir mahsulotning tanho ishlab

chiqaruvchisi bo‘lgan yagona firma, kompaniya, degan ma’nolari keltiriladi.

Monopoliya atamasining mazmunini ifodalashda ikkinchi yondashuv

bu

monopoliyalarga bozordagi ishtirokchilar (sotuvchi yoki xaridorlar) sonining cheklanganligi

tufayli vujudga kelgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi va narxiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini

namoyon etuvchi bozor holati sifatida qarash orqali tavsiflanadi.

Monopoliyalarning iqtisodiy mazmuni ularning namoyon bo‘l

ish shakli va turlarini tadqiq

etish orqali yanada kengroq ochib berilish mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy

adabiyotlarda monopol

iyaning turlari har xil belgilari bo‘yicha turkumlanadi. Biroq, muallif

tomonidan turkumlangan har bir monopoliya

turlari to‘liq bo‘lmay, ba‘zi bir monopoliya

turlarining ajratib ko‘rsatilishi munozarali hisoblanadi. Shuningdek, turli mualliflar tomonidan

amalga oshirilgan turkumlash ba’zida bir

-biriga zid holatlarni ham keltirib chiqaradi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

14

Kostusev (2004) monopoliya

larning kelib chiqish manbaiga ko‘ra institutsional

monopoliya va tadbirkorlik asosidagi monopoliyalarni farqlash lozim deb hisoblaydi.

Institutsional monopoliyalar turli institutlar tomonidan vujudga kelib, bozor ishtirokchilari

uchun raqobatning teng bo

‘lmagan sharoitlarini sun’iy tarzda hosil qilinishi orqali namoyon

bo‘ladi. Tadbirkorlikka asoslangan monopoliya esa bozor hukmronligiga, ya’ni

mahsulot taklifi

va talabini tartibga solish orqali uning narxini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan

tuzilmalarning rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Institutsional monopolizmning kelib

chiqishi asosan davlat va mahalliy hokimiyatning litsenziyalash va proteksionistik xatti-

harakatni olib borishi bilan bog‘liq raqobatga qarshi aralashuvi natijasi hisoblansa,

tadbirkorlik

monopolizmining asosida ishlab chiqarishning konsentatsiyalashuvida yotadi.

Tatqiqot metodologiyasi.

Mazkur tatqiqot ishida mamlakatimiz iqtisodiyotida raqobat muhitini rivojlantirishning

ahamiyati va raqobat muhitining vujudga kelishi, monopoliyaga qarshi boshqaruvda

davlatning bugungi kundagi siyosati, ushbu sohada yangi qabul qilingan farmon va qonunlar,

monopoliyaning nazariy

asoslari tahlili, kelib chiqishi va ma’nolari keng yoritilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatimiz iqt

isodiyotida raqobat muhitini rivojlantirish hamda iste’molchilar

huquqlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususa

n, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-

iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni

rivojlanti

rish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini

samarali tashkil qilish chora-tadbirl

ari to‘g‘risida”gi PF

-108-sonli Farmoni qabul qilinishi

natijasida, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘

mitasi

monopoliyaga qarshi yagona respublika organi bo‘lib, o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentiga va Oliy Majlis Senatiga hisobdor hisoblanib, har yili iqtisodiyotda

raqobat muhiti va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi h

o

lati to‘g‘risida hisobot

berishi belgilab berildi (Farmon, 2013).

O‘zbekiston Respublikasining 2023

-yil 3-iyuldagi

“Raqobat to‘g‘risida”gi O‘R

Q-850-son

Qonuni 6-

moddasida Raqobat sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Jumaladan (Qonun, 2023):

-

iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini inobatga olgan holda

raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi ha

rakatlarning oldini olish va ularni to‘xtatish;

-jamiyatda raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni

shakllantirish;

-raqobat muhitini rivojlantirish hamda tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat

ko‘rsatishi uchun shart

-sharoitlar yaratish;

-tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda

tovarla

rning erkin harakatlanishini ta’minlash;

-tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat

muhitini shakllantirish;

-tovar va moliya bozorlarining ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash

hamda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;

-raqobat muhitini yaxshilash va rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat

organlarining javobgarligini oshirishdir.

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim

yo‘na

lishlaridan biri - bu monopolist korxonalarning Tovar yoki moliya bozoridagi egallab

turgan

ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha

nazorat olib borishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrird

a

gi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni 13

-

moddasida “ustun mavqe” tushunchasi quyidagicha izohla

nadi: Tovar yoki moliya bozoridagi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

15

xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining unga o‘z faoliyatini
raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga

b

og‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirish va

raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi

subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat

erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqedir.

Tovar yoki moliya bozorida quy

idagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:

-

agar xo‘

jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud

bo‘lmasa;

-

agar xo‘jalik yurituvchi s

ubyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40

foizni va undan ortiqni tashkil etsa;

-

agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar

guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb

e’tirof etilsa;

-

agar xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga

muayyan tovarlarni ishlab

chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq

va (yoki) eksklyuziv h

uquq berilgan bo‘lsa.

Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash

mi

qdorining o‘ttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning

yoki shaxslar guruhining (bundan tabiiy monopoliya subyektlari, mahsulotlarining narxlari

davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar musta

sno) tovar yoki

moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e’tirof etilmaydi.

Xo‘jalik yurituv

chi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi

ustun mavqeyi e’tirof etilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda vakolatli davlat organi bu

h

aqda ularga xabarnoma yuboradi, mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar

guruhining tovarlariga nisbatan narxlar davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa bu

haqda narxni tartibga soluvchi organga ham xabar beradi.

Tovar yoki moliya bozor

ida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining,

raqamli platforma operatorin

ing ustun mavqeyini aniqlash va e’tirof etish tartibi O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (Qonun, 2023).

Bugungi kunda har qanday qonun yoki islohot raqobatchilarni emas, raqobat muhitini

qo‘llab

-quvvatlashi lozim. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirayotganda, yuqoridagi faktorlarni

hisobga olish lozim. Shuningdek, xorijiy davlatlarda raqobat muhitini rivojlantirishda amalga

oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni kuzatib borish, tahlil qilish va uni iqtisodiyotimizga

moslashtirish orqali ham yurtimizdagi iqtisodiy muhitni yanada yaxshilash mumkin.

Shuningdek, iqtisodiyotda yuqori samarali raqobat strategiyani shakllantirish va amalga
oshiri

sh davlatning korxonalarning tashqi va ichki bozorlardagi barqaror mavqeini ta’minlash

shartlarini belgilab beruvchi uzoq muddatli iqtisodiy s

iyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri

hisoblanadi.

Yuridik nuqtai-nazardan, monopoliyaga qarshi siyosat

bu davlatning ishlab chiqarishni

monopollashuviga qarshi hamda tovar ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatni rivojlantirishga
qaratilgan chora-tadbirlari (tegishli qonunchilik va soliqqa tortish tizimi, mulkni davlat

tasarrufidan chiqarish, kichik tadbirkorlik

ni rag‘batlantirish va h.k.) majmuidir. Iqtisodiy

nuqtayi-nazardan, monopoliyaga qarshi siyosat

bu davlatning monopoliyalar paydo

bo‘lishini, qo‘shilish va birlashtirib olish harakatlarni, kartellar tashkil etilishini, narx

hokimligini, raqobatga qarshi qilinayotgan harakatlarni cheklash va tartibga solishga

yo‘naltirilgan siyosati

(Rayzberg, Lozovskiy & other, 2010).

Yana bir kengroq ta’rifla

ganda, monopoliyaga qarshi siyosat

bu davlat tomonidan

amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (tegishli qonunchilikni ishlab chiqish, qabul qilish va
amalga kiritish, soliqqa tortish tizimi, mulkni denatsionalizatsiya qilish, davlat tasarrufidan

chiqarish

va xususiylashtirish, kichik korxonalar yaratilishini qo‘llab

-quvvatlash) majmui

bo‘

lib, ular trestlarga qarshi qonunchilikka va insofsiz raqobatni oldini olish borasidagi

qonunchilikka tayanadi, shuningdek raqobatni rivojlantirish, bozor munosabatlari


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

16

ish

tirokchilarining monopol faoliyatiga hamda bozorda monopoliyalarining hosil bo‘lishi

ga

to‘sqinlik qiluvchi sharoi

tlarni yaratishga qaratilgan.

O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida

xususiylashtish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish

asosiy o‘rin tutad

i. Xususiylashtirish natijasid

a, birinchidan, mulk o‘z egalarining qo‘liga

topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyod va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.

O

‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni

inkor

qiluvchi davlat monopol

iyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan

va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor iqtisodiga o‘tis

hdir. Bu yerda esa

raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo

bo

‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat

asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik

subyektlari mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Dunyo mamlakatlari iqtisodiy

rivojlanishining qaysi modelini tanlamasin milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligidagi mavqeyi

uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro raqobat texnik taraqqiyotning

muhim omili hisobl

anadi va uning ta’sirida ishl

ab chiqarish, boshqaruvtexnologiyalarining

doimiy yangilanib borish davom etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotb turlari yangilanadi va
sifati oshib boradi.

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagi ta’riflarni tahlil qilib, xulosa qi

lgan holda, mamlakatda monopoliyaga qarshi

siyosat davlat tomonidan olib boriladigan iqtisodiy siyosat turlaridan biri bo‘lib, u asosan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida raqo

batni rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda monopoliyalarni

tartibga solish zarurati, monopoliyaga qarshi boshqaruvni tartibga solishga oid iqtisodiy bir

qancha ta‘riflar keltirildi. Ya’ni, zamonaviy iqtisodiy lug‘atlardan birida “monopoliyaga qarshi

tartibga solish

bu davlatning alohida ishlab chiqaruvchilar tomonidan u yoki bu turdagi

mahsulotni monopollashib

olish harakatlarini oldini olishga yo‘naltirilgan hamda iste’molchilar

huquqlarini himoyalashga qaratilgan faoliyatidir” degan ta’rif keltiri

ladi.

Ushbu tushuncha kengroq talqin qilinganda, ya’ni monopoliyaga qarshi tartibga

solish

bu raqobat bozorini s

amarali faoliyat yuritish sharoitlarini ta’minlash hamda uning haddan

tashqari monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha davlat tomonidan amal

ga oshiriladigan

iqtisodiy, ma’muriy va qonunchilik choralari majmuidir. Monopoliyag

a qarshi tartibga solish

ishlab chiqarish va muomala sohasini konsentratsiyalashuv va monopollashuv jarayonlarini

tartibga solish, xususiy raqobatchilik uchun sharoitlarni

qo‘llab

-quvvatlash va korxonalar

tomonidan bunday raqobatlashuv shartlariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish, tashqi

iqtisodiy faoliyatni (bozorning xorijiy raqobatchilar uchun ochiqligi yoki eksport

monopoliyasini rag‘batlantirish) tartibga solish

kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. Monopoliyaga

qarshi tartibga solish ishlari monopoliyaga qarshi qonunchilik, iqtisodiyotni monopoliyadan

chiqarish va raqobatli bozorni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dasturlar hamda qabul qilingan
me’yoriy hujjatlar asosid

a amalga oshiriladi.

Qisqa qilib aytganda, monopoliyaga qarshi boshqaruv

bu iqtisodiyotda monopoliyalar

paydo bo

‘lishi, narx hokimligi, raqobatga qarshi qilinayotgan harakatlarni cheklash va oldini

olishga yo‘naltirilgan hamda raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoyalash,
insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik, ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiris

h

va qo‘llab

-

quvvatlash orqali raqobatchilik muhitini yaratishga qaratilgan davlat tomonidan amalga

oshiriladigan iqtisodiy, ma’muriy va qonunc

hilik chora-tadbirlari tizimidir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, yanvar

www.e-itt.uz

17

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Farmon (2013) O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2023-yil 6-

iyundagi “Ma’muriy

islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida

davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-108-son Farmoni

2-moddasi.

Farmon

(2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023

-yil 6-

iyundagi “Ma’muriy

islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida

davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

-108-son Farmoni.

Kostusev

А

.

А

. (2004) Konkurentnaya politika v Ukraine: Monografiya.

Qonun (2023)

O‘zbekiston Respublikasining 2023

-yil 3-

iyulda yangi tahrirdagi “Raqobat

to‘g‘risida”gi O‘RQ

-850-son Qonuni.

Qonun (2023) O‘zbekiston Respublikasining 2023

-yil 3-iyulda yangi tahrirda

gi “Raqobat

to‘g‘risida”gi O‘RQ

-850-son Qonuni 13-moddasi

Rayzberg B.А., Lozovskiy L.Sh., Starodubtseva Ye.B. (2010) Sovremenniy ekonomicheskiy

slovar.

Stankovskaya I.K., Strelets I.

А. (2008) ― Ekonomicheskaya teoriya. Darslik.

Библиографические ссылки

Farmon (2013) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-son Farmoni 2-moddasi.

Farmon (2023) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-son Farmoni.

Kostusev А.А. (2004) Konkurentnaya politika v Ukraine: Monografiya.

Qonun (2023) O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyulda yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-850-son Qonuni.

Qonun (2023) O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyulda yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-850-son Qonuni 13-moddasi

Rayzberg B.А., Lozovskiy L.Sh., Starodubtseva Ye.B. (2010) Sovremenniy ekonomicheskiy slovar.

Stankovskaya I.K., Strelets I.А. (2008) ― Ekonomicheskaya teoriya. Darslik.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов