ВНУТРЕННИЙ АУДИТ ПРОВЕРКИ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ ПОРЯДОК ОРГАНИЗАЦИИ И ОСОБЕННОСТИ

Аннотация

Внутренний контроль, то есть аудиторская служба, имеет особое место и значение в повышении конкурентоспособности коммерческих банков в национальной экономике, дальнейшем укреплении их позиций в международных интеграционных и экономических процессах, а также в проверке и оценке соблюдения деятельность банков с мировыми требованиями и стандартами. В статье рассмотрены вышеуказанные вопросы, даны предложения и рекомендации по совершенствованию службы внутреннего аудита.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Муртазаева Z., & Тогаев S. (2024). ВНУТРЕННИЙ АУДИТ ПРОВЕРКИ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ ПОРЯДОК ОРГАНИЗАЦИИ И ОСОБЕННОСТИ. Экономическое развитие и анализ, 2(1), 75–82. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44980
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Внутренний контроль, то есть аудиторская служба, имеет особое место и значение в повышении конкурентоспособности коммерческих банков в национальной экономике, дальнейшем укреплении их позиций в международных интеграционных и экономических процессах, а также в проверке и оценке соблюдения деятельность банков с мировыми требованиями и стандартами. В статье рассмотрены вышеуказанные вопросы, даны предложения и рекомендации по совершенствованию службы внутреннего аудита.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

75


TIJORAT BANKLARIDA ICHKI AUDIT TEKSHIRUVLARINI TASHKIL

ETISH TARTIBI VA O’ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Murtazayeva Zuhra Farxod qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Samarqand filiali,

PhD

Togayev Salim Sobirovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Samarqand filiali

Annotatsiya.

Tijorat banklarining milliy iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini oshirish,

xalqaro integratsiya va iqtisodiy jarayonlardagi o’rnini yanada

mustahkamlash, shuningdek,

banklar faoliyatining jahon talablari va standartlariga muvofiqligini tekshirish va baxolashda

ichki nazorat, ya’ni audit xizmatining alohida o’rni va ahamiyati bor. Maqolada yuqoridagi
masalalar ko’rib chiqilgan, ichki audit xiz

matini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar

berilgan.

Kalit so’zlar

:

tijorat banklar, Ichki audit, moliyaviy operatsiyalar, faoliyat samaradorligi,

identifikatsiya, baholash, boshqarish, metodologiya, moliyaviy risklar.

ВНУТРЕННИЙ АУДИТ ПРОВЕРКИ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ ПОРЯДОК

ОРГАНИЗАЦИИ И ОСОБЕННОСТИ

Муртазаева Зухра Фархадовна

Самаркандский филиал Ташкентский

государственный экономический университет

,

PhD

Тогаев Салим Собирович

Самаркандский филиал Ташкентский

государственный экономический университет

Аннотация

.

Внутренний контроль, то есть аудиторская служба, имеет особое

место и значение в повышении конкурентоспособности коммерческих банков в
национальной экономике, дальнейшем укреплении их позиций в международных

интеграционных и экономических процессах, а также в проверке и оценке соблюдения

деятельность банков с мировыми требованиями и стандартами. В статье

рассмотрены вышеуказанные вопросы, даны предложения и рекомендации по
совершенствованию службы внутреннего аудита.

Ключевые слова:

коммерческие банки, Внутренний аудит, финансовые операции,

эффективность деятельности, идентификация, оценка, управление, методология,

финансовые риски.

UO‘K:

336.71.078.3

I SON - YANVAR, 2024

75-82


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

76

INTERNAL AUDIT INSPECTIONS IN COMMERCIAL BANKS ORGANIZATION

PROCEDURE AND SPECIFIC CHARACTERISTICS

Murtazayeva Zukhra Farkhodovna

Samarkand branch of Tashkent State University of Economics

PhD

Togaev Salim Sobirovich

Samarkand branch of Tashkent State University of Economics

Abstract.

Internal control, that is, audit service, has a special place and importance in

increasing the competitiveness of commercial banks in the national economy, further

strengthening their position in international integration and economic processes, as well as in

checking and evaluating the compliance of banks activities with global requirements and
standards. The above issues were considered in the article, suggestions and recommendations for
improving the internal audit service were given.

Key words:

commercial banks, Internal audit, financial operations, activity efficiency,

identification, assessment, management, methodology, financial risks.

Kirish.

Iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar moliyaviy-iqtisodiy tajribasidan

shuni ko’rish mumkinki, moliyaviy nazorat tizimida xususan, b

anklar faoliyatini nazorat

qilishda ichki auditni o’rni muhim va ahamiyatlidir.

Ma’lumki, 2017

-yil 7-

fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi to’g’risidagi” PF

-4947

sonli farmo

ni e’lon qilindi (Farmon, 2017). Ushbu farmonda mamalakatimizni rivojlantirish

bo’yicha beshta ustuvor yo’nalishlar belgilandi. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va

liberallashtirish yo’nalishida aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlasht

irish va

bar

qarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish,

ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya

loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar

ini kreditlashni yanada

kengaytirish, shu jumladan, bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va

mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’ymayotgan

to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora tadbirlar ishlab ch

iqildi. Shu

o’rinda prezidentimizning

“...tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo’yicha ishlarning qanday

ahvolda ekani to’g’risida shaxsan Prezidentga axborotnoma kiritilishi ta’kidlab o’tilgan edi

(Qaror, 2020).

O’zbeki

ston Respublikasi moliya

bank tizimida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan

islohotlar natijasida, moliyaviy barqarorlikka erishilmoqda. Mamlakatimiz moliya

bank tizimi

barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarga erishmoqda.


Adabiyotlar sharhi.

Tijorat banklari faoliyatida ichki auditorlik tekshiruvini tashkil qilishning nazariy va

uslubiy asoslarini o’rganish masalalari ko’pchilik iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning

e’tiborida bo’lgan

Jumladan, rossiyalik olim Kochinev (2004) bankla

rda audit o’tkazishda audit jarayonini

rejalashtirishga alohida e’tibor qaratgan bo’lib, uning fikriga ko’ra “audit jarayonini

rejalashtirish umumiy maqsadga erishish uchun harakatlarning yig’indisi bo’lib, asosiy

maqsadga erishish uchun tekshiruv strategiyasini va taktikasini tanlash, tekshiruv turi, hajmi
va harakatlar ketma-

ketligini ta’minlashdir”.

Slaveniyalik olim Ion-Bogdan Dumitrescu

(2004)

: “Ichki audit mustaqil va maslahat

beruvchi faoliyat bo’lib tashkilot faoliyatini yaxshilaydi. Bu tashkil

ot maqsadiga tizimli,

intizomli yondashuv orqali erishishga, risklarni baholashga va tashkilot samaradorligini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

77

oshirishga yordam beradi” deya ta’rif bergan bo’lsa, Iordaniya davlatining ilmiy tadqiqotchisi

Arsha Amaushning

(2017)

fikricha, “Ichki audit va

taftish komissiyasi rolining ahamiyati har

qanday bankda institutsional boshqaruv tizimining muhim ustunlaridan biri sifatida

ta'kidlanishi kerak. Banklarda audit o'tkazish favqulodda ehtiyojdir, chunki har qanday

muammo yuz bersa, ko'plab ishchilar va milliy iqtisodiyotga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi
mumkin. Institutsional boshqaruv kontseptsiyalari, shu jumladan Markaziy bank rahbariyati

taftish komissiyasini ilmiy va amaliy tajribaga ega bo'lgan mustaqil va ketma-ket direktorlar

kengashining a'zolaridan ibo

rat bo'lishi kerak”.

Shuningdek, xorijlik olimlar Defliz, Jenik, O’Reyli hamda Xirshlarning

(1997)

ta’riflashicha, “banklarda ichki nazorat tizimini tekshirish natijasida auditor tomonidan amalga

oshirilgan operatsiyalarning haqqoniyligini va uni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi

mumkin bo’lgan kamchiliklarni moliyaviy hujjatlarda aniqlanishi im

koniga mumkinligiga baho

berishdan iboratdir”.

Mamlakatimiz olimlaridan Sh.Abdullaeva, N.Karimov, T.Qoraliev, I.Murugova,

K.Navro’zova, S.Norqobilov, Abdusalomova O., X.Rahimova va ilmiy ishlarida o’z ifodasini

topgan. Xususan, mahalliy olimlarimiz M.L.Yadgarova, R.B.Qurbonovlarning fikricha, bank

auditi auditning muhim bo‘limi bo‘lib, mustaqil nazorat qiluvchi subyekt sifatida bank

tomonidan berilayotgan moliyaviy axborotlaming haqiqiyligini tasdiqlaydi. Undan kutilayotgan

maqsad bank faoliyatining barch

a qirralari bo‘yicha faktlami yig‘ish va baholash, hisobotlami

tekshirish, ulaming me’yoriy hujjatlarga mos ravishda bajarilgan yoki bajarilmaganligini

tekshirishdan iborat (Yadgarova, Qurbonov, 2019).

Shu jumladan, yana bir mahalliy olimimiz Xasanov (2021)

ham “xalqaro amaliyotga

muvofiq holda ichki auditorlar xo’jalik subyektlari (tizimi) xizmatchilari hisoblanadilar.

Shu

munosabat bilan ichki auditni i

chki xo’jalik auditi deb atash mumkin” degan fikrni ilgari surgan.

O’zbekiston Respublikasining «Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank

tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi NIZOMda ichki auditga quyidagicha ta’rif

keltirilgan:

Ichki audit

bank xodimlarining o‘z vazifalarini samarali bajarishlariga yordam

berish maqsadida bank faoliyatini tekshirish va baholash uchun bank ichida doimiy asosda

tuzilgan mustaqil ekspertiza. Ichki auditning asosiy maqsadi bo‘lib Ichki audit xizmati

tomoni

dan bank rahbariyatiga bank faoliyatining nazorati va natijalari bo‘yicha xolis

ona tahlil,

baho, tavsiyalar va ma’lumotlar taqdim etish orqali bank Kengashi va Boshqaruviga bank

faoliyati maqsadiga erishishiga ko‘maklashish hisoblanadi

(NIZOM, 2000).

Shu jumladan, ichki auditni tashkil qilishdagi muhim jihatlardan biri auditorlar

hisoblansa, yana bir mahalliy olimimiz B.Xasanov ichki audit va auditorlar tushunchalarini

umumlashtirgan holda quyidagi: “xalqaro amaliyotga muvofiq holda ichki auditorlar xo’jali

k

subyektlari (tizimi) xizmatchilari hisoblanadilar. Shu munosabat bilan ichki auditni ichki

xo’jalik auditi deb atash mumkin” degan fikrni ilgari surgan

(Yadgarova, Qurbonov, 2019)

.

O’zbekiston Respublikasining “korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida” Nizomda

“ichki audit

”ga quyidagicha ta’rif keltirilgan:

ichki audit - kor

х

ona boshqaruvining ijro etuvchi

organi va tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi

qonun hujjatlariga,

ta’sis

hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishin

i tekshirish va monitoring olib borish yoʻli

bilan ular ishini nazorat qilish va bah

olash, ma’lumotlarning buх

galteriya hisobi va

moliyaviy h

isobotda aks ettirilishining toʻli

q

liligi va ishonchliligini ta’minlash, хoʻjalik

operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning

saqlanishi hamda korporativ boshq

arish prinsiplari joriy etilishi boʻyicha korх

ona tarkibiy

boʻlinmasining (ichki audit хizmati) faoliyati”

(Qonun, 2021).


Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur maqolada iqtisodiyotni erkinlashtirish va tijorat banklarini transformatsiyalash

sharoitida tijorat banklarida ichki audit o’tkazishni takomillashtirish va ular faoliyati

natijalarini o’rganish jarayonida yuzaga kelgan moliyaviy munosbatlar tahlil q

ilingan. Mavzuni


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

78

o‘r

ganish davomida umumiqtisodiy usullar bilan bir qatorda tizimli tahlil, umumlashtirish,

statistik usullar, abstrakt-mantiqiy fikrlash kabi usullaridan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O’zbekiston Respublikasi tijorat ban

klarini transformatsiyalash sharoitida, ular

faoliyatini xalqaro miqyosida rivojlantirish choralarini amalga oshirish, shuningdek,

kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lishlarini

ta’minlashda muhim masalalarda

n biri ularning faoliyatini xolisona nazorat qilish hisoblanadi.

Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi va buxgalteriya hisobi tizimiga baho berishda ichki
audit tekshiruvlari muhim ahamiyatga egadir.

Umuman olganda, ushbu masalalarni ko’rib chiqishda

bank ichki auditining iqtisodiy

mohiyatiga to’xtalib o’tish lozim.

Ichki audit

bankning ichki nazorat tizimi, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish

va korporativ boshqaruv tizimi va jarayonlarining sifati, ularning monandligi va

samaradorligiga oid mustaqil bahoni ta

qdim etish bilan bog‘liq faoliyat;

Ichki audit xizmati

bankda ichki auditni doimiy tarzda amalga oshiruvchi mustaqil

tarkibiy bo‘linma

(NIZOM, 2021).

-

Ichki auditning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

-

ichki audit tekshiruvi natijalari asosida bankning real holati va ichki nazorat

samaradorligining aniq holati to’g’risidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan bank

kengashini ta’minlash;

-

ichki audit tizimini va ichki audit tekshiruv jarayonlarining samaradorligini baholash va
tahlil qilish;

-

bank faoliyati oldiga qo’yilgan maqsadga erishishda ma’muriy va operatsion

jarayonlarning samaradorligini kuzatish;

-

tavakkalchilikni boshqarish jarayonini qo’llanilishini va tavakkalchilikni baholash

metodologiyasining samaradorligini kuzatish;

-

moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot tizimi va elektron bank

xizmatini kuzatish;

-

buxgalterlik hisoboti va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini kuzatish;

-

bank kapitalining tavakkalchiligini baholash tizimini kuzatish;

-

bank faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlariga

muvofiqligini nazorat qilish;

-

doimiy taqdim etiladigan hisobotlarning to’liq va o’z vaqtida taqdim etilishini nazorat

qilish;

-

Buxgalteriya kitobi va moliyaviy

hisobotlarning to’g’riligini va ishonchliligini o’rganish;

-

Bank rahbariyati bilan birgalikda faoliyat yuritish;

-

Bank kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni o’tkazish yoki o’tkazishga

amaliy yordam berish;

-

Audit xizmati tekshiruvlari jarayonida

aniqlangan qonunbuzarlik holatlari to’g’risida

bank kengashiga axborot berish.

Ichki audit bankning moliyaviy operatsiyalari, risklari va moliyaviy-hisob-kitoblari bilan

bog'liq jarayonlarni tekshirish uchun muhimdir. Ichki audit bankning faoliyatini
samaradorligini oshirishga yordam beradi va moliyaviy hisob-kitoblarni to'liq va aniqroq

hisoblash imkoniyatini ta'minlaydi. Ichki audit bankning moliyaviy risklarini identifikatsiya

qilish, ularni baholash va ularni boshqarishda ham ahamiyatlidir. Shuningdek, ichki audit

bankning moliyaviy operatsiyalarining to'g'ri va samarali amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bu
jarayonni amalga oshirish uchun ichki auditorlar bankning moliyaviy hisob-kitoblari,

operatsiyalari va risklarini tahlil qilish, tekshirish va baholash uchun ko'nikmalar va

metodologiyalardan foydalanadi. Ichki audit bankning moliyaviy faoliyatini samaradorligini


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

79

oshirishga yordam beradi va bankning moliyaviy risklari bilan ishlash usullarini
takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalarni ko'rib chiqish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda, bank ichki auditini olib borish, uning faoliyatida mummolarni bartaraf

etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotni yuqori sur’atlarda rivojlanishi bank tizimi,

shuningdek undagi ichki audit tuzilmalari faoliyatiga yangi talablar belgilamoqda.

Birinchidan, ichki nazorat tizimini axborotning ishonchliligi, qonun hujjatlariga

muvofiqligi, aktivlarning saqlanishi, alohida operatsion va tarkibiy bo'linmalar faoliyatining

samaradorligi va samaradorligi nuqtai nazaridan baholash uchun mo'ljallangan.

Ikkinchidan, u risklarni boshqarish tizimlarining samaradorligini tahlil qilishi va

baholashi va xavflarni kamaytirish usulini taklif qilishi kerak.

Uchinchidan, tijorat banklarinigning boshqaruv tizimining korporativ boshqaruv

tamoyillari, maqsadlari va vazifalari muvofiqligini baholash vazifasi yazaga kelmoqda. Ichki
audit bank xatarlarini boshqarish, nazorat qilish va korporativ boshqaruv jarayonlari
samaradorligini baholash va yaxshilash uchun tizimli va izchil yondashuvdan foydalangan

holda o'z maqsadlariga erishishga yordam beradi (Yadgarova, Qurbonov, 2019).

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida auditorlik faoliyatining tashkil qilinishida eng

avvalo, Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun, O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining farmon

va qarorlari as

osiy rol o’ynaydi. Shuningdek, Respublikamizda ushbu masalada

quyidagicha

yondashuv amalga oshirilganligini ko’rishimiz mumkin

:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy

bankining 07.05.2021 yildagi 3302-son boshqaruv

qarori bilan “Tijorat banklarining ichki

audit

iga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqildi va

tasdiqlandi (NIZOM, 2021).

Ushbu

Nizomni ishlab chiqish jarayonida «Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining

Banklarda ichki auditga oid tamoyillari» va Ichki auditorlar institutining «Ichki auditning

xalqaro kasbga oid standartlari», shuningdek milliy bank tizimining o‘ziga xos jihatl

arini

hisobga olgan holda xorijiy davlatlar ta

jribalari o‘rganib chiqildi.

Mazkur Nizomda banklarda tavakkalchiliklarga yo‘naltirilgan ichki auditni tashkil etish

maqsadida auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish va o‘tkazishda bankning risk

-profili, shu

jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining holati va yirik tavakkalchiliklar hisobga

olinishi lozimligi nazarda tutilgan.

Mustaqillik va xolislik tamoyiliga muvofiq ichki audit xizmati xodimidan auditorlik

tekshiruvi paytida nizolar chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, bank faoliyatidagi kamchiliklar

va

huquqbuzarliklarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish va bank faoliyati samaradorligini

oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish talab etiladi.

Bundan tashqari, tijorat banklarida korporativ boshqaruv standartlariga muvofiq

mustaqil tarkibiy

bo‘linma sifatida ichki audit xizmati faoliyatini tashkil etish uchun bank auditi

bo‘yicha boshqarma va qo‘mitaning hamda kuzatuv kengashining funksiyalari va

majburiyatlari batafsil belgilandi (NIZOM, 2021).

Shuningdek, Markaziy bank va bankning ichki au

dit xizmati o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlarning samaradorligini ta'minlash maqsadida ushbu Nizomga alohida normalar
kiritildi.

Yangi Nizom kuchga kirishi bilan 6 ta normativ-

huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotadi

.

Ushbu Nizom 8.08.2021 yildan kuchga kirgan v

a amalda qo’llanilib kelinmoqda.

Tijorat banklarida boshqaruv tizimi uchun ichki audit faoliyatini takomillashtirishning

zarurligi va afzallik jihatlari quyidagi 1-chizma orqali ifodalash mumkin:

Mamlakatimiz bank tizimiga chet el investorlari va kreditorlari hamda omonatchilarning

qiziqishini oshirish va ishonchini yanada mustahkamlash, xususan, ularning mamalkatimizda faoliyat

koʻrsatayotgan tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi, kreditga layoqatliliga

hamda likvidliligi

toʻgʻrisida xolisona va aniq maʼlumotlarlarga ega boʻlishlarini taʼminlas

hda tijorat banklarida

oʻtkaziladigan tashqi audit tekshiruvlarining roli muhim axamiyatga ega. Shu maqsadda, tijorat banklari

tomonidan moliyaviy hisobotlarni Xalq

aro standartlarga oʻtkazish yuzasidan amaliy i

shlar olib

borilmoqda va bu ishlarni yanada rivojlantirish zarur. Chunki bu ishlarni tezroq amaliyotga joriy etishni

tugallash banklarda tashqi audit oʻtkazishga qoʻyiladigan talablarni yanada kuchaytirishga va

bu


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

80

auditorlik tekshiruvlarini nufuzli xalqaro

auditorlik tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishiga imkoniyat

yaratadi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni

zarur axborot muhiti bilan

taʻminlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatla

rini kengaytirish,

shuningdek, hisob va audit sohalari muta

xassislarini xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini

takomillashtirish maqsadida 2020-yil 24-

fevralda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish

boʻyicha qoʻshimcha chora

-tadbirl

ar toʻgʻrisida” PQ

-4611-

son bilan Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining qarori qabul qilindi (

Ma’ruza

, 2021).

1-rasm. Tijorat banklarida ichki auditni tashkil qilishning afzalliklari

30

Shuni ta'kidlash kerakki, ichki audit ko'p ishlarni amalga oshirishi mumkin, ammo bu banklar va

korxonalarning barcha muammolarini universal hal qilish yo’li emas. Masalan, ichki audit quyidagilarni

amalga oshirishi mumkin:

tizimlar yoki protseduralarni tekshirish orqali ularning ehtimolini minimallashtirish va erta

aniqlash ehtimolini oshirish, lekin inson xatosi yoki suiiste'molining barcha holatlarini bartaraf etmaslik
yoki aniqlamaslik;

xavflarni dastlabki tahlil qilish asosida tekshiriladigan yo'nalishlar/bo'linmalar tanlashni

optimallashtirish, lekin har bir biznes jarayonini har yili tekshira olmaydi;

ichki nazorat tizimi doirasida boshqa boʻlimlar yoki boʻlimlar tomonidan ishlab chiqilgan

tartiblarni ularning samaradorligini tekshiri

sh, lekin u boʻlimlar yoki boʻlimlar uchun tartiblarni ishlab

chiqmasligi kerak, c

hunki bu ichki auditning mustaqilligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi

(Hoshimjonovich,

2023).

30

Muallif ishlanmasi.

Tijorat

banklarida

ichki auditni

tashkil

qilishning

afzalliklari

tashqi auditga

nisbatan kam

xarajatliligi

qonunchilikka doimiy

rioya qilinishining

kafolatlanishi

ichki auditorlar

xizmatidan muntazam

foydalanish imkoniyati

ichki auditorlarning

bankdagi vaziyatdan,

boshqaruv uslubidan,

bankda qabul qilingan

siyosatdan xabardorligi

auditorlar orqali bank

boʻlimlaridagi yuqori

malakali mutaxasislarning

tekshiruvlarga jalb

qilinishi

ilgʻor

texnologiyalar va

ish uslubini joriy

etishning

ragʻbatlantirilishig

a koʻmak beruvchi

tizim ekanligi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

81

Xulosa va takliflar.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ichki auditni

takomillashtirish uchun, tijorat banklari

quyidagi jarayonlarni amalga oshirishlari mumkin:

1.

Ichki auditning obyektivligini ta'minlash: Ichki auditning obyektivligi va ishonchli bo'lishi

uchun, uning muvofiqligini ta'minlash uchun auditorlar va ichki nazoratchilar tomonidan faol ishlanishi
kerak. Audit tashkilotlarining mustaqillik va maslahat berish huquqlarini saqlash juda muhimdir.

2.

Ichki nazorat va monitoring tizimini kuchaytirish: Banklar ichki nazorat va monitoring

tizimlarini kuchaytirish, ichki nazorat xizmatlarining faoliyatini kuzatib borish, risklarni identifikatsiya

qilish va ularni boshqarish uchun muvofiqlikni ta'minlashga yordam beradi.

3.

Ichki nazorat va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish: Tijorat banklari ichki nazorat va

monitoring jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xavfsizlikni oshirish, risklarni boshqarish va
muvofiqlik darajasini oshirishlari mumkin.

4.

Ichki auditorlarning sertifikatlangan mutaxassisligini ta'minlash: Ichki auditorlar

sertifikatlangan mutaxassislar bo'lishi kerak, ularning ichki auditni sifatli va samarali amalga

oshirishlari uchun zarur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi muhimdir.

5.

Ichki auditning natijalariga oid ma'lumotlarni ko'rsatish: Ichki auditning natijalariga oid

ma'lumotlarni bankning rahbariyati bilan bo'lishish, ularning takomillashtirilishi uchun zarur

tavsiyalarni berish juda muhimdir.

Bu jarayonlar tijorat banklarida ichki auditni takomillashtirish uchun muhim bo'lib, bankning

samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash va qonunchilikni saqlashga yordam beradi.

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Arwa Amoush (2017) Al-Zaytoonah University of Jordan, Article in International Business

Research February.

Farmon (2017) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-qil 14- fevraldagi 4947-sonli

Farmoni “2017

-2021 y

illarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora

-tadbirlar

to’g’risida»

//www.lex.uz

Hoshimjonovich N.B. (2023)

“Tijorat banklarida umumiy ichki audit t

ekshiruvi uslibiyotini

takomillashtirish”, Eurasian journal of law, finance and applied sciences/2.02.2023y. 49b.

Ma’ruza

(2021)

Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, kat’iy tartib

-intizom va

shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining

kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni

2016 yilda ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan

iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vaz

irlar Mahkamasining

kengaytirilgan majlisi

dagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar.

-

Toshkent: «O’zbekiston», 2017.

- 104 b.

Mgr Ion-Bogdan Dumitrescu (2004), Internal audit in banking organisations BIATEC,

Volume XII, 7/

NIZOM (2000)

O’zbekiston Respublikasi Adl

iya vazirligida 992-1-

son bilan ro‘yxatga

olingan “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar

to‘g‘risida”gi NIZOM 04.04.2000 yil

NIZOM (2021)

“Tijorat banklarining ichki auditiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”

3302-/

07.05.2021y. https://lex.uz/

Qaror (2020) O

ʻ

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o

ʻ

tish bo

ʻ

yicha qo

ʻ

shimcha chora-tadbirlar

to

ʻ

g

ʻ

risida

qarori.

Qonun (2021)

“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublika

si Qonuni 677-son.

25.02.2021y.

Sobirovich T.S. (2022) Reduction in the volume of transactional deposits as a factor of

ensuring the financial stability of banks //The Journal of Economics, Finance and Innovation.

–Т

.

1.

№. 2. –

С

. 8-15.

Togayev S.S. et al. (2023) Schools of strategic planning: a critical analysis of existing

concepts //Educational Research in Universal Sciences.

Т

. 2.

№. 1

.

С

. 488-494.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

82


Xasanov B. (2021)

“Ichki auditni avtomatlashtirish asoslari” Toshkent FAN, 2003.

Yadgarova M.L., Qurbonov R.B. (2019)

“Bank auditi” Darslik/ —

T.: «Iqtisod

-

Moliya», ,

- 320

b.

Дефлиз

Ф

.

Л

.,

Дженик

Г

.

Р

.,

О

'

Рейли

В

.

М

.,

Хирш

М

.

Б

. (1997)

Пер

.

Санг под ред

.

Я.В.Соколова.

-

М.:

Аудит, ЮНИТИ.

Кочинев Ю.Ю.

(2004)

Аудит. 2

-

е изд. (Серия . бухгалтеру и аудитору

.. ) -

СПб.: Питер

.

Тогаев

С

. (2016)

“Bank ishi” fanidan uslubiy qo ‘llanma //Scienceweb

academic papers

collection.

Тогаев

С

. (2023)

Bank xizmatlariga bo ‘lgan ishonchni oshirish yohud mijozni jalb qilishning

samarali yo ‘llari //Ижтимоий

-

гуманитар

фанларнинг

долзарб

муаммолари

/

Актуальные

проблемы

социально

-

гуманитарных

наук

/Actual Problems of Humanities and Social Sciences.

Т

. 3.

№. 11.

Библиографические ссылки

Arwa Amoush (2017) Al-Zaytoonah University of Jordan, Article in International Business Research February.

Farmon (2017) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-qil 14- fevraldagi 4947-sonli Farmoni “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida»//www.lex.uz

Hoshimjonovich N.B. (2023) “Tijorat banklarida umumiy ichki audit tekshiruvi uslibiyotini takomillashtirish”, Eurasian journal of law, finance and applied sciences/2.02.2023y. 49b.

Ma’ruza (2021) Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, kat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O’zbekiston», 2017. - 104 b.

Mgr Ion-Bogdan Dumitrescu (2004), Internal audit in banking organisations BIATEC, Volume XII, 7/

NIZOM (2000) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 992-1-son bilan ro‘yxatga olingan “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi NIZOM 04.04.2000 yil

NIZOM (2021) “Tijorat banklarining ichki auditiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida” 3302-/ 07.05.2021y. https://lex.uz/

Qaror (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son ”Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori.

Qonun (2021) “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 677-son. 25.02.2021y.

Sobirovich T.S. (2022) Reduction in the volume of transactional deposits as a factor of ensuring the financial stability of banks //The Journal of Economics, Finance and Innovation. –Т. 1. – №. 2. – С. 8-15.

Togayev S.S. et al. (2023) Schools of strategic planning: a critical analysis of existing concepts //Educational Research in Universal Sciences. – Т. 2. – №. 1. – С. 488-494.

Xasanov B. (2021) “Ichki auditni avtomatlashtirish asoslari” Toshkent FAN,

Yadgarova M.L., Qurbonov R.B. (2019) “Bank auditi” Darslik/ — T.: «Iqtisod-Moliya», ,- 320 b.

Дефлиз Ф.Л., Дженик Г.Р., О'Рейли В.М., Хирш М.Б. (1997) Пер. Санг под ред. Я.В.Соколова. -М.: Аудит, ЮНИТИ.

Кочинев Ю.Ю. (2004) Аудит. 2-е изд. (Серия . бухгалтеру и аудитору .. ) -СПб.: Питер.

Тогаев С. (2016) “Bank ishi” fanidan uslubiy qo ‘llanma //Scienceweb academic papers collection.

Тогаев С. (2023) Bank xizmatlariga bo ‘lgan ishonchni oshirish yohud mijozni jalb qilishning samarali yo ‘llari //Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – Т. 3. – №. 11.