ОСОБЕННОСТИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ СТРАН | Экономическое развитие и анализ

ОСОБЕННОСТИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ СТРАН

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Поделиться
Рузиева, Д., & Назарова, А. (2024). ОСОБЕННОСТИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ СТРАН. Экономическое развитие и анализ, 2(1), 126–134. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44986
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассмотрены значение роли иностранных инвестиций в промышленное производство, положительное влияние инвестиций на экономику, меры по организацию эффективного использования инвестиций в отраслях экономики и перспективы привлечения инвестиций, наряду с инвестициями, новых технологий. Представлены передовой опыт, направления прихода высококвалифицированных специалистов, анализ эффективности инвестиций в развитие экономики Узбекистана.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

126



MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA ISHLAB CHIQARISHGA INVESTITSIYALARNI

JALB QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

I.f.d.

Ruziyeva Dilobar Isomjonovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Nazarova Asal Nuriddin qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning sanoat ishlab chiqarishdagi

o’rnining dolzarbligi, investitsiyalarning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri, iqtisodiyot tarmoqlarida

investitsiyalardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari va investitsiyalarni jalb

qilish istiqbollari, investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi

texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi yo‘nalishlari,

O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalar samaradorligi tahlili keltirilgan.

Kalit so’zlar:

investitsiya, FDI (to

g

ridan-to

g

ri xorijiy investitsiyalar), iqtisodiy

integratsiya, investor, investitsiya loyihasi, xorijiy investitsiya, kompaniya, korporatsiya,

investitsiya muhiti, asosiy fondlar, rekonstruktsiya.

ОСОБЕННОСТИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИЕ

ЭКОНОМИКИ СТРАН

Д

.

э

.

н

.

Рузиева Дилобар Исомжоновна

Тошкентский государственный

экономический университет

Назарова Асал Нуриддин қизи

Тошкентский государственный

экономический

университет

Аннотация.

В данной статье рассмотрены

значение

роли иностранных

инвестиций в промышленное производство, положительное влияние инвестиций на

экономику, меры по организацию эффективного использования инвестиций в отраслях
экономики и перспективы привлечения инвестиций, наряду с инвестициями, новых

технологий.

Представлены

передовой

опыт,

направления

прихода

высококвалифицированных специалистов, анализ эффективности инвестиций в

развитие экономики Узбекистана.

Ключевые слова:

инвестиции, ПИИ (прямые иностранные инвестиции),

экономическая интеграция, инвестор, инвестиционный проект, иностранные

инвестиции, компания, корпорация, инвестиционная среда, капитальные фонды,

реконструкция.

I SON - YANVAR, 2024

UO‘K:

330.322.212

126-134


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

127

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF ATTRACTING INVESTMENTS TO

DEVELOPMENT IN THE COUNTRY'S ECONOMY

DSc

Ruzieva Dilobar Isomjonovna

Tashkent State University of Economy

Nazarova Asal Nuriddin daughter

Tashkent State University of Economy

Abstract

.

In this article, the relevance of the role of foreign investments in industrial

production, the positive impact of investments on the economy, measures to organize the effective

use of investments in economic sectors and the prospects of attracting investments, along with

investment, new technologies, advanced experiences, the directions of entry of highly qualified
specialists, the analysis of the efficiency of investments in the development of the economy of
Uzbekistan are presented.

Keywords:

investment, FDI (foreign direct investment), economic integration, investor,

investment project, foreign investment, company, corporation, investment environment, capital

fund, reconstruction

Kirish.

Sanoat ishlab chiqarishi jahon

iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri boʼlib, u

doimo rivojlanib bormoqda. Raqobatbardoshlikni saqlab qolish va biznesni rivojlantirish

uchun ishlab chiqarish obʼektlari eng soʼnggi tendentsiya

larga mos kelishi kerak. Bunda

investitsiyalarning oʼrn

i alohida ahamiyat kasb etadi va bu borada mamlakat iqtisodiyotida

investitsion muhitni shakllantirish va takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va

hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʼyicha qator ishlar amalga oshirilib

kelinmoqda.

Soʼnggi yillarda sanoatni rivojlantirish maqsadida 31 milliard dollarlik toʼgʼridan

-

toʼgʼri

xorijiy investitsiyalar jalb qilindi

38

. Shu yilning oʼzida iqtisodiyotimizga 8 milliard dollar

toʼgʼridan

-

toʼgʼri xorijiy investitsiyalar kirib keldi

(Мурожаатнома

, 2022).

Natijada oʼtgan 5 yilda sanoat 1,4 barobar, eksport 1,5 barobarga oshganligini koʼrish

mumkin. Kelgusi 5 yilda iqtisodiyot barqaror oʼsishi uchun sanoatni yana 1,5 barobarga

oshirish, eksportni 30 milliard dollarga yetkazish maqsad

qilib qoʼy

ilgan. Buning uchun 120

milliard dollar sarmoya, jumladan, 70 milliard dollar xorijiy investitsiya zarurligini, joriy yilda

11 milliard dollarlik toʼgʼridan

-

toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni oʼzlashtirish, 2023 yilning

yakunigacha 304 ta yirik va 3 mingta hududiy loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ularning

natijasida qoʼshimcha 10 trillion soʼmlik mahsulotlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyish va sanoat

boʼyicha tarmoq va hududlardagi qoʼshimcha zaxiralarni ishga solish, mahsulotlar

raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilish vazifalari belgalib

berilganligini Sh.Mirziyoev Investitsiya va sanoat sohalaridagi ustuvor yoʼnalishlarga
bagʼishlangan 2023

-yil 27-

fevraldagi maʼruzasidan koʼrish mumkin

39

.

Jahon tajribasi shuni ko

ʼrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʼlsa,

oʼz iqtisodiyotining barqaror oʼsishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya

- bu iqtisodiyot

drayveri yaʼni iqtisodiyotning yuragi hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotiga inv

estitsiyalarni jalb

qilish orqali turli soha va tarmoqlarga yangi texnologiyalar, ilgʼor tajribalar, yuksak malakali

mutaxassislar, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish va jahon bozoriga chiqish

imkoniyatining oshishiga erishiladi.

Maʼlumki, mamlak

at iqtisodiyotida faoliyat olib boradigan har qanday sohaning

meʼyoriy

-

huquqiy hujjatlar bilan qoʼllab

-quvvatlanishi shu tarmoq yoki sohaning rivojini

kafolatlaydi.

38

https://president.uz/uz/lists/view/5965

39

https://president.uz/uz/lists/view/5965


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

128

Yurtimizda ham sanoat ishlab chiqarishiga investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan, uning

faoliyat

ini tartibga soluvchi, uni ragʼbatlantiruvchi qator Qonun va Qonun osti hujjatlar mavjud.

Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʼzbekiston Respublikasida investitsiya

muhitini tubdan yaxshilash chora-

tadbirlari toʼgʼrisida"gi farmoni, Oʼzb

ekiston Respublikasi

Prezidentining 2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga

oshirishni jadallashtirishga oid qoʼshimcha chora

-

tadbirlar tshgʼrisida" gi qarori, Oʼzbekiston

Respublikasi Prezidentining "Oʼzbekisto

n Respublikasining 2019-

yilga moʼljallangan

investitsiya dasturini amalga oshirish chora-

tadbirlari toʼgʼrisida" qarori, Oʼzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

"Respublika

iqtisodiyotiga

toʼgʼridan

-

toʼgʼri

xorijiy

investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʼgʼrisida"gi qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʼgridan

-

toʼgri xususiy xorijiy

investitsiyalarni jalb etishni ragʼbatlantirish borasidagi qoʼshimcha chora

-

tadbirlar toʼgʼrisida"

gi farmoni, Oʼ

zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-

dekabrdagi “Oʼzbekiston

Respublikasining 2023-2025-

yillarga moʼljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish

chora-

tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ

-459-son Qarori va yana bir qator qonun hujjatlari orqali

investitsion faoliyat va investorlarning huquqlari himoya qilinadi va ularga qulay ish yuritish

uchun shart-

sharoitlar yaratib beradi. Bu qonun hujjatlarida koʼproq investorlarga turli

imtiyozlar berishga asosiy urgʼu qaratilganini koʼrishimiz mumkin. Bund

a esa bugungi kunda

mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning eng asosiy omili deb qaralayotgan

investitsiyalarni koʼproq jalb qilish va shu orqali iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish maqsad

qilib olingan. Zero, investitsiyalar iqtisodiy oʼsish va

rivojlanish

ning eng asosiy boʼgʼini boʼlib

xizmat qiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Sanoat ishlab chiqarish korxonalariga investitsiyalarni jalb etish borasida Dmitrieva

(2015) sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga investitsiyalashni jalb etishda ularning
tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashish borasidagi muammolarni yoritgan.

James Chen:

Chet el investitsiyalari deganda, xorijiy investor tomonidan mahalliy

kompaniyalar va boshqa davlatning aktivlariga qo'yilgan investitsiyalar tushuniladi. Yirik

transmilliy korporatsiyalar boshqa mamlakatlarda filiallarini ochish va investitsiyalarini
kengaytirish orqali iqtisodiy o'sish uchun yangi imkoniyatlar izlaydi

40

.

Gudel (2009) sanoat ishlab chiqarish korxonalarining investitson faoliyatini amalga

oshirishda

investitsiyalarning samarasi va ularning samaradorlik koʼrsatkichlari boʼyicha

tadqiqot olib borgan.

Barabanova (2013) sanoat ishlab chiqarish korxonalarining investitsiya loyihalarini

moliyalashtirish mexanizmlarini tadqiq etishda, asosiy vositalarning ishlashi, yangilanish

mexanizmini oʼrgangan.

Adam Hayes:

(2022)

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar (FDI) - bu boshqa davlatning

investori, kompaniyasi yoki hukumati tomonidan xorijiy kompaniya yoki loyihadagi egalik
ulushi.Umuman olganda, bu atama xorijiy biznesda katta ulushga ega bo'lish yoki yangi

mintaqada operatsiyalarni kengaytirish uchun uni to'g'ridan-to'g'ri sotib olish bo'yicha biznes

qarorini tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu atama odatda faqat xorijiy kompaniyadagi aksiya

investitsiyasini tavsiflash uchun ishlatilmaydi. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar xalqaro
iqtisodiy integratsiyaning asosiy elementi hisoblanadi, chunki u iqtisodiyotlar o'rtasida

barqaror va uzoq muddatli aloqalarni yaratadi.

Wang, Liang, Li, Yanglar (2016) esa sanoat ishlab chiqarish korxonalarining zamonaviy

texnologiyali ishlanmalariga yo‘naltiriladigan investitsiyalar va ularning ilmiy ishlanmalarini

moliyalashtirish manbalari, ilmiy-tadqiqot, investitsiyalar va tadbirkorlik

riski o‘rtasidagi

o‘zaro bog‘liqlikni o‘r

ganishgan.

40

https://www.investopedia.com/contributors/101529/


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

129

G‘ozibekov

(1999)

investitsiyani makroiqtisodiy darajadagi o‘rnini nazariy jihatdan

quyidagicha ta'riflagan: «makroiqtisodiy darajada investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalarini

takror ishlab chiqarishga, uy-joy fondini, tovar zaxiralarini

o‘stirish va shu kabilarga sarf

qilingan chiqimlarining bir qismi, ya'ni yalpi ichki mahsulotning kapitalni o‘stirishga qaratilgan

va joriy davrda ishlatilmagan qismi»dir deb ta'riflaydi.

Ko‘ziyeva

(2008) xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini

rag‘batlantirishning moliya

-

kredit mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlarini tadqiq etgan

holda milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish.

Ruziyeva (2023)

“Kichik biznes sub’ektlarining inv

estitsiya faoliyati

bu asosiy faoliyat

doirasi

da umumiy xo‘jalik yuritish shart

-sharoitlari yoki imkoniyatlari jihatidan muayyan

cheklanishlarga duch keluvchi hamda mazkur faoliyat ko‘rsatkichlarining tegishli

qonunchilikda belgilab berilgan miqdor va sifat mezonlariga muvofiq keluvchi iqtisodiy

sub’e

ktlarning tavakkalchilikni inobatga olgan holda kelajakda investitsion daromadni olishga

yoki faoliyatni kengaytirishga qaratilgan investitsion qo‘yilmalar bilan bog‘liq amaliy chora

-

tadbirlar majmuidir”.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy maqolani yoritishda sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini

investitsiyalashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti asarlari,

iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalardagi taniqli olimlarning ilmiy asarlari, ularning mazmun,

mohiyati o‘rganilib, mazkur sektorni rivojlantirish va bunda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini
o‘rganishni ifodalovchi mavjud

ko‘rsatkichlar statistik tahlil qilindi. Shu bilan birga, tadqiqo

t

jarayonida mavzuga oid statistik ma'lumotlar va nazariyalarni o‘rganishda mantiqiy fikrlash,

ilmiy mushohada, tizimli yondashuv, statistik hamda qiyosiy tahlil, an’anaviy tadqiqot

usullari

dan, ya’ni kuzatuv, taqqoslama usullari qo‘llanilgan. Mavzuni yori

tishda ilmiy

texnikaviy axborot manbalaridan, ya'ni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, xorijiy adabiyotlar,

davriy matbuot, ilmiy-

amaliy anjuman to‘plamlari va internet ma'lumotlaridan foydalan

ildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakat iqtisodiyotida yu

qori texnologiyalarga asoslangan sanoat yo‘nalishlarini jadal

rivojlantirish, sanoat tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali

raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, hududlarda yangi ishlab

chiqarish quvvatlarini tashkil etish hisobidan aholi daromadlarini oshirish borasida qator
ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Sh.Mirziyoyev 2019-yilning 8-aprel kunida xorijiy investi

tsiyalarning o‘z

vaqtida va samarali o‘zlashtirilishini ta'minlash uchun yangi nazorat

tizimi joriy etilishini, 13-

may kunida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ustuvor loyihalarni amalga oshirishni

jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan

ma'ruzasid

a «Mamlakatimizda faol investitsiya

siyosati olib borilayotganligini, investitsiya muhiti tobora yaxshilanib, ishbilarmon

doiralarining yurtimizdagi loyihalarga katta qiziqishi ortayotganligi, Germaniya Federativ

Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va

boshqa davlatlar tomonidan sanoat, energetika, infratuzilma, qurilish, transport, qishloq

xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim kabi sohalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni kiritishi istagi

borligini, investitsiya iqtisodiyot rivoji, xalqimiz hayot sifati va farovonligini ta'minlaydigan

asosiy manbalardan biri ekanligi va mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinadigan to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

xorijiy investitsiyalarni zamonaviy sanoat korxonalari tashkil etishga qaratilishi zarurligi

xususida gapirib o‘tdi

41

.

Bu borada yurtimizda investitsiyalarni

qoʻllab

-

quvvatlash milliy agentligi Oʻzbekistonga

sarmoya kiritmoqchi boʻlgan xorijiy investorlarga yordam koʻrsatadi. Hukumat prezidentning

41

https://president.uz/uz/2571


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

130

keng ko‘lamli xususiylashti

rish rejasi doirasida, xususan, bank, energetika, neft va gaz, ishlab

chiqarish, telekom

munikatsiya, transport va qishloq xo‘jaligi kabi muayyan tarmoqlarga

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga intilmoqda.

O‘zbekistonning to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2022

-yil sentabrda

mamlakat nominal YaIMning 3,8 f

oiziga teng o‘sishni qayd etdi. Mamlakatda 2023

-yilda

umumiy qiymati 17,34 milliard dollar bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan,

bunda to‘g‘ridan

-

to‘g‘r

i xorijiy investitsiyalar 7,06 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. 2022-

yilda bo'lgani kabi, mablag'larning katta qismi (9,24 milliard AQSh dollari) sanoat, geologiya va

energetikaga yo'naltiriladi. 2024-yilda 18,2 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish

rejalashtirilgan va to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 7,73 milli

ard dollarga yetishi

kutilmoqda

(Qaror, 2022).

Oʻzbekistonning toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy investitsiyalari holati

1-rasm.

Oʻzbekistonning toʻgʻridan

-

toʻgʻri xorijiy investitsiyalari

(2014-yil martdan 2023-yil iyungacha)

42

Bizga ma'lumki, investitsiyalar turli xil mulkchilikning shakllaridagi moliyaviy, mulkiy va

intellekual boyliklarni iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlikka erishishi uchun muomalaga kiritish

hamda yo‘naltirish jarayonidir.

Iqtisodiy kateriya sifatida esa, investitsiyalar kapitalni ko‘paytirish maqsadida ishlab

chi

qarishning deyarli barcha ob'ektlariga jalb qilinishi, yo‘naltirilishi va kiritilishi hisoblansa,

ishlab chiqarish korxonalarida investitsiya loyihalarni amalga oshirish jarayonida esa

investitsiya faoliyat ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro vujudga keladi

gina iqtisodiy

munosabatlar sifatida ham ko‘rish mumkin.

Ishlab chiqarish korxonalarining asosiy fondlarni investitsiyalash asosiy kapitalga

qo‘yilma ko‘rinishida, yangi qurilishni kengaytirishga, rekonstruktsiya qilishiga, faoliyat

ko‘rsatayotgan korxona

larni texnik qayta jihozlashga, uskunalar, loyiha uchun zarur

xomashyoni sotib olishga qilinadigan x

arajatlar yig‘indisidan tashkil topadi.

Birgina, 2023 yilning yanvar-

sentyabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z

mablag‘lari hisobidan moliyalashti

rilgan asosiy kapitalga investitsiyalar-

62,8 trln. so‘m yoki

jami asosiy kapitalga investitsiyalarni

ng 27,7 % ini tashkil etdi. Bevosita to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi

bo‘yicha 43,6 trln. so‘m, yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 % punktga ko‘paygan

holda jami

ulushi 19,2 % ga teng investitsiyalar o‘zlashtirildi

43

.

Mamlakat

iqtisodiyotida

asosiy

kapitalga

o‘zlashtirilgan

investitsiyalarni

moliyalashtirish manbal

ari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar va o‘sish sur'atlari to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga

42

www.ceicdata.com

ma’lumotlari asosida

43

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari. 2023 yil.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

131

nisbatan 147,3 % ni tashkil etdi. Kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar

hisobidan 48,3 trln. so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1% punktga

kamaygan

holda jami ulushi 21,3 % investitsiyalar o‘zlashtirilganligini ko‘rish mumkin.

Bugungi kunda to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan

quyidagi

yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bularga: Sirdaryo viloyatida quvvati 1500

MVt bo‘lgan yangi elektr stantsiyasini, Buxoro viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh elektr

stantsiyasini qurish qurish, 2021-2025-yillarda respublika neft-gaz hududlarida geologiya-

qidiruv ishlarini olib borish, “Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida

geologiya-

qidiruv ishlarini amalga oshirish va konni o‘zlashtirish, gaz

-kimyo kompleksini

barpo etish 2017-2023-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarish hajmlarini

ko‘paytirish bo‘yicha Dastur hamda

2020-2030-yillarda neft qazib chiqarish hajmlarini

oshirish dasturlarini amalga oshirish va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kompleksini tashkil

etish shular jumlasidandir.

Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan

m

oliyalashtirilgan 19,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bunda, asosiy

kapitalga investitsiyalarning 8,4 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos

davriga nisbatan 0,9 %

punktga ko‘paygan, Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kap

italga investitsiyalarning 10,3

% yoki 23,2 trln. so‘m o‘zlashtirildi. Aholi mablag‘lari hisobidan asosan uyjoylar qurish

sohasida investitsiya faoliyati amalga oshirilgan. Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy

faoliyat turlari bo‘yicha tarkibid

a ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda.

Sanoat ishlab chiqarish korxonalari asosiy kapitaliga jalb qilingan investitsiyalar




2-rasm. Sanoat ishlab chiqarish korxonalari asosiy kapitaliga jalb qilingan

investitsiyalar

44

Bugungi kunda sanoat ishlab chiqarish korxonalari asosiy kapitaliga jalb qilingan

investitsiyalar miqdori 65,5 trln. so‘mni tashkil qilib bu jami asosiy kapitalga kiritilgan

investitsiyalarning 28,9 % ni tashkil qiladi

45

. Buni quyidagi rasm orqali ham ko‘rish mumkin.

44

Muallif ishlanmasi

45

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari. 2023 yil

Sanoat ishlab chiqarish

korxonalari asosiy

kapitaliga jalb qilingan

investitsiyalar

sement ishlab chiqarishni

kengaytirish

Yangi avtomobil

modellarini ishlab

chiqarishni tashkil etish

(onix, tracker)

mineral o‘g‘itlar ishlab

chiqarish kompleksini

tashkil etish

texnik gaz ishlab

chiqarishni tashkil etish

paxta-

to‘qimachilik va

agroklaster tashkil etish

va h.k.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

132

3-

rasm. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy

kapitalga investitsiyalar hajmi trln. so‘m va ulushi %

da

46

Keltirilgan ma'lumotlardan ham ko‘rish mumkinki, sanoat ishlab chiqarishiga

investitsiyalarning jalb qilinishi borasida qator imkoniyatlar yaratilganligini ko‘rish mumkin.

Ayniqsa,sanoat ishlab chiqarishida xorijiy investitsiyalarning roli nihoyatta katta ekanligi hech

kimga sir emas. U orqali mamlakat iqtisodiyoti barqaror bo’lib

gina qolmay, rivojlanishda

davom etadi.

Mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishining

o‘ziga xos ijobiy tomonlarini quyidagilardan ko‘rish mumkin. Bularga:

4-

расм. Ўзбекистон Республикасида иқтисодий фаолият турлари бўйича асосий

капиталга инвестициялар ҳажми трлн. сўм ва улуши % да

47

46

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari. 2023 yil

47

Muallif ishlanmasi

• Bu tashqi kapitalning asosiy manbai, shuningdek, mamlakat uchun daromadlarni oshiradi. Bu

ko'pincha investitsion mamlakatda ba'zi mahalliy uskunalar - xoh u materiallar yoki ishchi
kuchidan foydalaniladigan zavodlarning ochilishiga olib keladi. Bu jarayon xodimlarning malaka
darajasiga qarab takrorlanadi.

To'g'ridan-to'g'ri

investitsiyalar iqtisodiy

rivojlanishni

rag'batlantiradi.

• Mamlakatda, ayniqsa rivojlanayotgan davlatda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning ko'payishi

bilan uning xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish sohalari o'sib bormoqda, bu esa o'z navbatida
ish o'rinlari yaratilishiga olib keladi. Ish bilan ta’minlash, o‘z navbatida, ko‘pchilik uchun
daromad manbalarining yaratilishiga olib keladi. Odamlar o'z daromadlarini sarflaydilar va shu
bilan mamlakatning xarid qobiliyatini oshiradilar.

To'g'ridan-to'g'ri

investitsiyalar ish bilan

ta'minlanish

imkoniyatlarini oshiradi.

To'g'ridan-to'g'ri

investitsiyalar mamlakatning

moliya va texnologiya

sohalariniyaxshilaydi

To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar

mamlakatning qoloq

hududlarini rivojlantirishga va

uni sanoat markaziga

aylantirishga yordam beradi.

To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jarayoni barqarordir. U investitsiya amalga oshirilayotgan mamlakatni o'z
foydasiga foydalanishi mumkin bo'lgan bir nechta vositalar bilan ta'minlaydi. Masalan, to'g'ridan-to'g'ri
investitsiyalar yuzaga kelganda, investitsiya qabul qilib oluvchi korxonalarga moliya, texnologiya va
operatsion amaliyotdagi eng so'nggi vositalardan foydalanish imkoniyati beriladi. Vaqt o'tishi bilan ilg'or
texnologiyalar va jarayonlar mahalliy iqtisodiyotga o'zlashtiriladi, bu esa fan-texnologiya sanoatini yanada
samarali qiladi.

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ichki bozorga chiqarilishi va chet
elga eksport qilinishi mumkin, bu esa boshqa muhim daromad oqimini yaratadi. Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri
investitsiyalar mamlakatning valyuta kursi barqarorligini, kapital oqimini yaxshilaydi va raqobatbardosh
bozorni yaratadi. Nihoyat, bu xalqaro munosabatlarni yumshatishga yordam beradi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

133

Demak, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilishning o‘ziga xos ijobiy tomonlarini

gapirganda investor portfelini diversifikatsiya qilishi, barqaror uzoq muddatli kreditlashni

rag‘batlantirishi, rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam berishi va rivojlanayotgan

mamlakatlarni texnologiya bilan ta'minlash holatlari kabi tomonlarini ko

‘rish mumkin ekan.

Xulosa va takliflar.

Xorijiy investitsiyalar mamlakatlar uchun iqtisodiy o'sish va rivojlanishning asosiy omili

bo‘lib hisoblanadi. Biroq, mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishga xorijiy sarmoyalarni jalb

qilishning o‘ziga xos yutuq va kamchiliklar ham mavjud bo‘lib, bu aniq strategiya va

investorlarga mamlakatingizga sarmoya kiritish uchun zarur imtiyozlar va himoyalarni taqdim

eta oladigan qo'llab-quvvatlovchi muhitni talab qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotida ishlab

chiqarishga investitsiyalarni jalb qilishni yanada samarali amalga oshirishda mamlakatimiz
iqtisodiyotiga ko'proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradigan quyidagi beshta

strategiya amalga oshirilsa maqs

adga muvofiq bo‘lar edi.

Mamlakatda barqaror va oldindan bashorat qilinadigan biznes muhitini yaratish

.

Investorlar mamlakatga sarmoya kiritishda barqaror va bashorat qilinadigan biznes muhitini
izlaydi. Bu shaffof me'yoriy-huquqiy baza, aniq qonunlar va siyosatlarga ega bo'lish va bu

siyosatlarning izchil amalga oshirilishini anglatadi. Mamlakatlar, shuningdek, investorlar bilan

ishonchni mustahkamlash uchun siyosiy barqarorlik va minimal korrupsiya mavjudligini

ta'minlashi kerak.

Investorlarga yana ko’pro

q rag'batlantirish va soliq imtiyozlarini taklif qilish.

Hukumat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun bir qator rag'bat va soliq imtiyozlarini taklif

qilishi mumkin. Bularga soliq ta'tillari, pasaytirilgan tariflar va ayrim soliqlardan ozod qilish

kiradi. Rag'batlar, shuningdek, muayyan tarmoqlar yoki hududlarga investitsiyalarni qo'llab-

quvvatlash uchun grantlar va subsidiyalarni o'z ichiga olishi mumkin. Biroq, bu imtiyozlar

shaffof, maqsadli bo‘lishi va xorijiy investorlar uchun nohaq ustunlik yaratmasligini ta’minlash

muhim.

Malakali ishchi kuchini rivojlantirish.

Malakali ishchi kuchi xorijiy investitsiyalarni

jalb qilish uchun juda muhim, chunki investorlar o‘z faoliyatini qo‘llab

-quvvatlay oladigan

iqtidorlar zaxirasini izlaydilar. Mamlakatlar o'zlarining ishchi kuchlarini rivojlantirish va jahon

bozorida raqobatlasha oladigan ko'nikmalarga ega bo'lishlarini ta'minlash uchun ta'lim va

o'qitish dasturlariga sarmoya kiritishlari kerak.

Infratuzilmaga sarmoya kiritish.

Infratuzilma investorlar uchun qayerga sarmoya

kiritish haqida qaror qabul qilishda asosiy elementlardan biridir. Mamlakatlar sarmoyadorlar

uchun jozibador muhit yaratish maqsadida transport tarmoqlari, energiya va suv ta’minoti,

kommunikatsiya texnologiyalari kabi muhim infratuzilmaga sarmoya kiritishi kerak. Bu,

shuningdek, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, mamlakatni yashash va ishlash uchun

yanada jozibador joyga aylantirishi mumkin.

Kuchli xalqaro aloqalarni o'rnatish.

Kuchli xalqaro aloqalarni o‘rnatish

mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga yordam beradi. Mamlakatlar o'zlarining

biznes muhitini rivojlantirish va sarmoyalarni jalb qilish uchun boshqa davlatlar, xalqaro

tashkilotlar va global investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishlari mumkin. Bu, shuningdek,
iqtisodiy o'sishni ta'minlaydigan yangi bozorlar va texnologiyalarga kirishni ta'minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jozibador biznes muhitini

yaratish, imtiyozlar berish, malakali ishchi kuchini rivojlantirish, infratuzilmaga sarmoya

kiritish va mustahkam xa

lqaro aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan aniq va muvofiqlashtirilgan

strategiyani talab qiladi. Ushbu strategiyalarga rioya qilish orqali mamlakatimiz xorijiy

sarmoyalarni yanada qo'llab-quvvatlovchi va iqtisodiy o'sish va rivojlanishni

rag'batlantiradigan muhitni yaratishi mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

134

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Adam Hayes, (2022). Direct Foreing Investment (FDI): What it is, Types, and Examples.

Qaror (2022)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 28-

dekabrdagi “O‘zbekiston

respublikasining 2023-2025-

yillarga mo‘ljal

langan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ

-459-son qarori

Ro‘ziyeva Dilobar Isomjonovna (2023) “Raqobat strategiyasi” (Darslik). –

T.: “Innovatsion

rivojlanish nashriyot-matba

a uyi”, 53

-bet.

Wang H., Liang P., Li H.,

Yang R. (2016) “Financing Sources, R&D Investment and Enterprise

Risk” // Procedia Computer Science 91 122 –

130 p.

Барабанова И.Ю. (2013) “Механизмы и методы финансирования инвестиционных

проектов предприятия” // Вестник

университета. –М.: –

№4. 35

-

40 с.

Ғозибеков

Д. (1999) Инвестиция нима дегани? Бозор, пул ва кредит. W 9.40 б.

Гудель

Ю.В. (2009) “Управление инвестиционной деятельностью промышленных

предприятий”.

Автореферат диссертaции на соискание ученой степени кандидата

экономических наук. –М.: Московского государственного университета печати.

-

24 с.

Дмитриева Е.В. (2015) “Модернизaция системы финансирования

инвестиционной

деятельности промышленных предприятий”. Автореферат диссертaции на соисканние

ученой степени доктора экономичиский наук. M: Российская академия

предпринимательства,

-

46 с.

Кузиева Н.Р. (2008) “Хорижий инвестициялар иштирокидаги корхоналар

фаолиятини рағбатлантиришнинг молия

-

кредит механизмини такомиллаштириш

йўналишлари”. Иқтисод фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган

диссертaция автореферати. –Т.: Ўзбекистон Республикаси Банк

-

молия академияси.

-

41 б.

Мурожаатнома

(2022)

Ўзбекистон

Республикаси

Президенти

Шавкат

Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси 2022 йил 20
декабрь

https://president.uz/uz/lists/view/5774

Библиографические ссылки

Adam Hayes, (2022). Direct Foreing Investment (FDI): What it is, Types, and Examples.

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston respublikasining 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459-son qarori

Ro‘ziyeva Dilobar Isomjonovna (2023) “Raqobat strategiyasi” (Darslik). – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 53-bet.

Wang H., Liang P., Li H., Yang R. (2016) “Financing Sources, R&D Investment and Enterprise Risk” // Procedia Computer Science 91 122 – 130 p.

Барабанова И.Ю. (2013) “Механизмы и методы финансирования инвестиционных проектов предприятия” // Вестник университета. –М.: – №4. 35-40 с.

Ғозибеков Д. (1999) Инвестиция нима дегани? Бозор, пул ва кредит. W 9.40 б.

Гудель Ю.В. (2009) “Управление инвестиционной деятельностью промышленных предприятий”. Автореферат диссертaции на соискание ученой степени кандидата экономических наук. –М.: Московского государственного университета печати. - 24 с.

Дмитриева Е.В. (2015) “Модернизaция системы финансирования инвестиционной деятельности промышленных предприятий”. Автореферат диссертaции на соисканние ученой степени доктора экономичиский наук. M: Российская академия предпринимательства, -46 с.

Кузиева Н.Р. (2008) “Хорижий инвестициялар иштирокидаги корхоналар фаолиятини рағбатлантиришнинг молия-кредит механизмини такомиллаштириш йўналишлари”. Иқтисод фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертaция автореферати. –Т.: Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси. - 41 б.

Мурожаатнома (2022) Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси 2022 йил 20 декабрь https://president.uz/uz/lists/view/5774

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов