Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
113
IJARA (ISLOMIY LIZING) VA AN’ANAVIY
LIZINGNING QIYOSIY TAHLILI
Irgasheva Gulbahor Sodiqovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0009-0955-664X
Zayniddinov Ruhiddin Xusniddin o ‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-2778-8147
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada islomiy moliya instrumenti ijara (lizing)ning nazariy asoslari,
tashkiliy va boshqaruv tizimi hamda amalda qo’llash tamoyillari
haqida ma’lumotlar berilib,
shuningdek islomiy va an’anaviy lizingning bir biridan farqli jihatlari yoritib berilgan. Bundan
tashqari, O’zbekistonda islom moliyasi, xususan, ijara shartnomasining amaliyoti hamda islom
moliyasining ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga doir masalalar keltirilgan.
Kalit so
‘
zlari:
an’anaviy lizing, meʼyoriy
-huquqiy baza, IsTB, XSRIK, Taiba Lizing, investitsiya
loyihalari.
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ИДЖАРА (ИСЛАМСКОГО ЛИЗИНГА)
И ТРАДИЦИОННОГО ЛИЗИНГА
Иргашева Гулбахор Садиковна
Ташкентский государственный
экономический университет,
Зайниддинов Рухиддин Хуснидин угли
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация.
В данной статье представлена информация о теоретических основах,
организационно
-
управленческой системе и принципах практического применения исламского
финансового инструмента иджара (исламский лизинг), а также о различиях между
исламским и традиционным лизингом. Кроме того, представлены исламские финансы в
Узбекистане, в частности, практика заключения договора иджара (исламского лизинга) и
возможности исламского финансирования для привлечения отечественных и иностранных
инвестиций
.
Ключевые слова
:
традиционный лизинг, нормативная база, ИБР, МК
P
, Тайба Лизинг,
инвестиционные проекты.
COMPARATIVE ANALYSIS OF IJARA (ISLAMIC LEASING) AND TRADITIONAL LEASING
PhD
Irgasheva Gulbakhor Sadikovna
Tashkent State University of Economics
PhD
Zayniddinov Rukhiddin Khusnidin Ugli
Tashkent State University of Economics
Annotation.
This article provides information on the theoretical foundations, organizational
and management system, and principles of practical application of the Islamic financial instrument
Ijara (Islamic leasing), as well as the differences between Islamic and traditional leasing. In addition,
Islamic finance in Uzbekistan, in particular, the practice of the ijara (Islamic leasing) contract and the
possibilities of Islamic finance to attract domestic and foreign investments are presented.
Key words:
traditional leasing, regulatory framework, IsDB, ICD, Taiba Leasing, investment
projects.
UO‘K:
339.187.62
II SON - FEVRAL, 2024
113-122
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
114
Kirish.
Islom moliyasi jahon moliya sanoati ichida eng tez o’sib borayotgan soha sifatida
ko’rilmoqda. Buning sababi
nafaqat musulmon mamlakatlarida shu bilan birgalikda musulmon
bo’lmagan mamlakatlarida ham ushbu sohani rivojlantirish uchun chora
-tadbirlarning amalga
oshirilayotganligi bilan izohlanadi. Islom moliyasiga qiziqish ayniqsa 2008 yildagi jahon
moliyaviy-iqti
sodiy inqirozidan keyin rivojlangan mamlakatlarning e’tiborini tortdi. Ya’ni,
AQSHda ipoteka kreditlari ortidan kelib chiqqan moliyaviy inqiroz jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqiroziga sabab bo’lgan sharoitda ham islom moliya sanoati o’sishda davom etdi. Bu esa ko’p
mamlakatlarning islom moliyasiga ishonchini ortishiga olib keldi. Islom moliyasining bunga
o’xshash inqirozlardan holi bo’lishiga sabab esa moliyaviy amaliyotlarning aktivlar bilan
bog’langan holda shariatning ko’rsatmalari asosida olib borilishida
hisoblanadi.
Islom moliyasining yuridik va jismoniy shaxslar uchun zarur bo’lgan barcha moliyaviy
amaliyotlari uchun instrumentlari mavjud bo’lib, an’anaviy moliya vositalarining barcha
muqobil mahsulotlari bor. Shuningdek, islom moliyasidan foydalanishning kengayib borishini
yana bir qator sabab va omillar bilan bog’lash mumkin:
-
dunyo bo’ylab Islom diniga e’tiqod qiluvchilar ya’ni musulmonlar sonining oshishi;
-
adolat me’zonlariga asoslanadigan, ribodan holi, ijtimoiy xususiyatdagi adolatli
investitsiyalarga qiziqishning yildan yilga ortib borishi;
-mamlakatlar tomonidan islom moliyasi uchun qonunchilikni ishlab chiqilishi va qabul
qilishning ortishi.
Islom moliyasi deganda shariat tamoyillari asosida amalga oshiriladigan moliyaviy xizmat
yoki mahsulot tushuniladi (Gait va Uortington, 2008).
Islomda moliyalashtirish tushunchasi an’anaviy yoki “G‘arb moliyasi”dan farq qiladi.
Islomiy moliya tizimini an’anaviy tizimdan farqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi (Miraxorva
Iqbol, 2011).
Birinchidan, islom moliya tizimi tenglik, adolatli jamiyat va iqtisodiy tartib uchun intiladi.
Islomiy moliya tizimida foizning (ribo) taqiqlanishi, ekspluatatsiyadan qochish, narxlarni
manipulyatsiya qilish orqali foyda olishdan qochish va kamba
g‘allarni (ya’ni qarz oluvchi)
himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Ikkinchidan, islom moliya tizimi hamkorlik va birodarlik tamoyiliga urg‘u beradi. Bu
an’anaviy moliya tizimidagi tadbirkorning kreditga layoqatliligidan ko‘ra biznes
samaradorligini oshirishga yordam beradigan tavakkalchilik, foyda va zararni taqsimlash
tizimidan dalolat beradi.
Uchinchidan, islom moliyasi shariatning axloqiy mezonlari bilan asoslanadi.
Shuning bilan birgalikda, bir qancha tadqiqotlar ko’rsatadiki, bazi mamlakatlarda islom
moliyasi keng rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan omillar sifatida islom moliyasi haqida
tushuncha, shu jumladan islomiy moliya mahsulotlari haqida xabardorlikni pastligi aniqlangan.
Ya’ni, islomiy moliya vositalarining mohiyati, uning imkoniyatlari va an’anaviy muqobilaridan
afzalliklari, farqlari yoki o’xshash xususiyatlari haqida xabardorlikni kamligi bilan izohlanadi.
Shu jihatlarni inobatga olgan holda, O’zbekistonda ham islomiy moliya mahsulotlarini
kelajakda keng amaliyotga joriy qilinishiga o’zimizni hissamizni qo’shish maqsadida islomiy
moliya mahsuloti ijara (islomiy lizing) shartnomasini mazmun mohiyat
i va an’anaviy lizing
shartnomasi bilan farqli va o’xshash xususiyatlarini qiyosiy tahlilini taqdid etishni maqsad
qildik.
Adabiyotlar sharhi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, islom moliyasi bugungi kunda butun dunyo bo’ylab
juda tez surʼatda rivojlanib borayotgan jahon moliya sanoatining yetakchi qismi sifatida
eʼtirof etilmoqda. Islom moliyasi eng ilgʼor soha sifatida nafaqat musulmon mamlakatlari,
balki musulmon boʼlmagan mamlakatlar ham oʼz moliya sanoatlarida qoʼllamoqdalar.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
115
Bu borada ko’plab xorijiy, MDH mamlakatlari, o’zbek olimlari va tadqiqotchilari bu sohaga
doir o’z izlanishlarini olib borishgan va uning natijalarini o’z tadqiqotlarida bayon etishgan.
Xususan, Fatima, (2006) islom moliyasi, islomiy moliyalashtirish vosit
alariga oid ko’plab
taqdiqot ishlari olib borgan. U islomiy va an’anaviy lizingning o’rtasidagi farqlarni yoritishga
harakat qilgan, uning ayniqsa, “Ijara va an’anaviy lizing shartnomalari o‘rtasidagi farqlar va
o‘xshashliklar” nomli tadqiqot ishida ijara to’g’risida ma’lumotga ega bo’luvchilar uchun yaxshi
manba bo’lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Kamali (2007) ham islom moliyasi, uning mahsulotlari xususida
o’zining tadqiqot ishlarini olib borgan. Ayniqsa, uning “Islom lizingidagi masalalarning shariat
tahlili” tadqiqot ishida islom lizingidan foydalanishdagi shariat talab qilgan yo’l
-
yo’riqlar,
majburiyatlarni va unga oid masalalarni yoritib bergan, shuningdek, islomiy va an’anaviy
lizingdagi farqli tomonlarni ochib bergan.
Muhammad Haroon Ameer va Muhammad Saud Ansari (2014) kabi olimlar ham islom
moliyasiga doir ko’plab tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan, xususan, ularning “Islomiy bank:
ijara va an’anaviy lizing” tadqiqot ishlarida islomiy va an’anaviy lizingning xususi
yat,
majburiyat va vazifalarini, shuningdek, ular o’rtasidagi farqli jihatlarini yoritishgan. Bundan
tashqari, ular ushbu tadqiqotlardagi ma'lumotlarni tadbirkorlar va banklar o’rtasida
so’rovnoma o’tkazish orqali to'plashgan va tadqiqotlarida C
ronbach's Alpha, korrelyatsiya va
regressiya bo'yicha uchta testni qo'llashgan. Bu emperik tadqiqotlari natijasiga ko’ra, ijara,
an'anaviy lizing va islom banki o'rtasida mustahkam aloqa mavjudligi aniqlangan.
Shuningdek, Shayx Muhammad Taqi Usmoniy (2011) o’zining “Islom moliyasiga kirish”
kitobini yozib, ushbu kitobda asosan islom banklari, nobank moliya institutlari tomonidan
qo’llaniladigan moliyalashtirishning turli usul va vositalariga doir ma’lumotlar ber
ilib, islom
moliyasining qoidalari, tamoyillari va uslublarini bayon etgan. Jumladan, islomiy moliya
shartnomasi ijara, uning amaliyotda ishlatilish tuzilmasi va ularga doir barcha masalalar
batafsil yoritib berilgan. Bugungi kunga kelib, bu kitob butun du
nyo bo’ylab mutaxassislar,
ushbu sohani o’rganuvchilar, tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar uchun qimmatli qo’llanma
sifatida keng foydalanilmoqda.
Nikonova Tatiana esa o’zining “Islom moliya institutlarining tamoyillari va vositalari”
tadqiqot ishida islom moliya institutlari tomonidan qo'llaniladigan moliyalashtirishning asosiy
vositalari va mexanizmlari va ularni amaliyotda qo’llashdagi jarayonlarn
i yoritib bergan.
Bugungi kunda O’zbekistonda ham bu soha bo’yicha tadqiqot ishlari va izlanishlar olib
borayotgan olim va izlanuvchilarning yildan-
yilga ko’payotgani tahsinga sazovordir. Ular
o’zlarining izlanishlarining natijalarini doimo e’lon qilib borishi bu sohaga qiz
iqish
bildirayotgan yangi o’quvchilar uchun ayni muddaodir.
Jumladan, S. Abrorov (2020) “O’zbekistonda sukuk islomiy qimmatli qog’ozini joriy etish
istiqbollari” ga doir tadqiqot ishida O’zbekistonda sukukni joriy etishga doir o’zining taklif va
tavsiyalarini ishlab chiqqan. Xususan, ijara sukukuni chiqarshning konseptual asoslarini
ko’rsatib bergan. Shuningdek, o’zimizning (Zayniddinov, 2023). “O‘zbekistonda davlat
-xususiy
sherikchilik (DXSH) loyihalarida islomiy moliyalashtirish konsepsiyasini asoslash va joriy
etish” nomli avvalgi maqolamizda ijara sha
rtnomasidan davlat-xususiy sherikchilik (DXSH)
loyihalarini moliyalashtirishda foydalanish imkoniyatlarini O’zbekiston misolida ko’rib
chiqqan edik.
Bundan tashqari, yana bir ishimizda (Irgasheva, 2024) “
Islom iqtisodiyotida
investitsiyalar: ularning tashkiliy va boshqaruv tizimi hamda amalda qo’llash tamoyillari”
nomli maqolamizda islomiy investitsiya shartnomalari mudoraba va mushorakanining nazariy
asoslari, amalda qo’llash tamoyillari va ularning qiyos
iy tahlilini amalga oshirgan edik.
Shuningdek,
Saydirasulov (2023) o’zining “Yangi O’zbekiston iqtisodiyotida islom moliya
bozorining imkoniyatlaridan foydalanishga oid tadqiqot ishida islom moliya bozorini tadqiq
qilish orqali O’zbekistonda islomiy investitsiyalar oqimi hajmini kengaytirishga doir o’z
ining
xulosa va takliflarini bergan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
116
Mazkur tadqiqotimiz yuqorida nomlari keltirilgan olimlarning ilmiy ishlarini qo’llab
-
quvvatlab, ijara to’g’risida va uning an’anaviy lizingdan farqli va o’xshash xususiyatlari haqida
ma’lumotga ega bo’lishni maqsad qilganlarga bir manba bo’lib xizmat qilad
i.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolamizni ilmiy jihatdan keng darajada tahlil qilishda sifat yondashuvidan foydalanildi.
Shuningdek, ijara islomiy moliyalashtirish vositasini tadqiq qilishda induksiya va deduksiya
usullari, grafik tasvirlash kabi tadqiqot usullaridan samarali ravishda foydalanildi. Bundan
tashqari, islomiy va an’anaviy lizing o’rtasidagi farqlarni tahlil qilishda qiyosiy tahlil qilishdan
ham samarali foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Islom moliyasida turli shartnomalar mavjud: mudoraba, mushoraka, salam, takaful,
murobaha, sukuk, ijara va istisno. Biz avvalgi tadqiqot ishimizda islomiy investitsiya
shartnomalari mudoraba va mushoraka haqida fikr yuritgan edik Irgasheva (2024),
Zayniddinov (2023). Bugun esa biz ijara haqida izlanishlarimizni olib borishga qaror qildik.
Ijara xususida ko’plab olimlar turlicha fikr bildirishgan, ulardan biri M.Usmani: “Islom
fiqhida “ijara” atamasi ikkita, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Birinchidan, u “biron
-bir kishini
xizmatidan to’lov evaziga foydalanish, ushbu evaz unga ko’rsatilgan x
izmat uchun mukofot
sifatida beriladi”.
Ijaraning ikkinchi shakli esa mulk va egalik huquqidan foydalanishga kiradi.
Ijaraning ushbu ma’nosi “ma’lum bir mulkdan foydalanish huquqini undan renta undirish
hisobiga boshqa shaxsga o’tkazish”ni anglatadi. “Ijara” atamasining mazkur ma’nosi inglizcha
“lizing” atamasiga o’xshashdir” Baydaulet, (2019).
1-jadval
Ijaraning asosiy qoidalari va shartlari
1.
Lizingga berilayotgan mulk foydalansa bo’ladigan mulk bo’lishi talab etiladi, masalan uy,
mashina, asbob-
uskunlarga o’xshash narsalar, ammo pul, oziq
-
ovqat, yoqilg’i va shu turdagi
narsalarni lizingga berib bo’lmaydi;
2.
Bu shartnomaning o’ziga xos xususiyati lizingga berilayotgan mulkning egalik huquqi mulk
beruvchining o’zida qoladi, lizing oluvchi shaxs esa foydalanish huquqiga ega bo’ladi;
3.
Lizingga berilayotgan mulk tomonlar o’rtasida aniqlab olingan bo’lishi kerak, shundagina lizing
shartnomasi durust bo’ladi;
4.
Lizing shartnomasiga ko’ra, lizingga berilayotgan mulkning egalik huquqi beruvchida bo’lgani
uchun egalik huquqiga doir barchaga majburiyatlar uning zimmasida bo’lsa, foydalanishga doir
majburiyatlar esa lizing oluvchining bo’ynida bo’ladi;
5.
Lizingda ham, boshqa shariatda joiz hisoblangan shartnomalardagi kabi, lizing muddati aniq
ko’rsatilishi talab etiladi;
6.
Lizing shartnomasida lizing beruvchi va oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra, lizingni
ko’rsatilgan maqsaddan boshqa maqsadda ishlatish joiz hisoblanmaydi. Agar lizing oluvchi
boshqa maqsadda foydalanmoqchi bo’lsa, lizing beruvchidan ruxsat olishi
talab etiladi;
7.
Lizingning yana bir o’ziga xos xususiyati, lizingga
berilgan mulkka ikki va undan ortiq shaxslar
egalik qilsa, foydalanuvchidan olingan ijara haqi mulk egalari o’rtasida mulkdagi ulushlariga
mos tarzda taqsimlanadi;
8.
Lizing kelishuvini amalga oshirayotganda tomonlar ijara haqini butun lizing muddati uchun
aniqlab olishlari talab etiladi, shuningdek, lizing muddatining turli davrlarida turlicha ijara
haqini to’lash mumkin, ya’ni biror bir aktiv uchun oluvchi beruvchiga
ijara haqini birinchi yil
uchun ma’lum miqdorda keyingi yillar uchun esa ma’lum foizda oshib borish shartiga kelishib
olish mumkin, ayniqsa, bu uzoq muddatli lizing shartnomalarida butun lizing muddati davomida
bir xil o’zgarmas miqdordagi ijara haqi olish
lizing beruvchi uchun to’g’ri kelmasligi mumkin,
chunki bozor sharoiti yildan yilga o’zgarib turadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
117
Bugungi kunda, ko’plab mamlakatlar islomiy lizingdan foydalanib, foizli kredit berish
o’rniga mijozlariga uskunalarni ijaraga berishni o’z amaliyotlarida qo’llamoqdalar. Moliyaviy
tashkilotlar uskunaning asl tannarxi va
undirilishi belgilab olingan foiz to’lovlarini qo’shish
orqali lizing to’lovi chiqariladi va bu qancha muddatda to’lanishiga ko’ra, oylar soniga bo’lib
yuboriladi va lizingning bir oylik to’lov miqdori kelib chiqadi. M.Al
-
Jarhi va M. Iqbal “Kelishuv
bo’yicha bank avval mijoz talabi bo’yicha buyum, ko’chmas mulk va hokazolarni sotib oladi,
keyin esa uni mijozga ijaraga beradi. Ijara muddati davomiyligi va ijara to’lovi miqdori
(o’rnatilgan yoki vaqt davomida o’zgaradigan) tomonlar tarafidan kelishib olinadi”
deb
ta’kidlashgan. Yuqoridagi fikrlardan ko’rish mumkinki, lizing savdo
-
sotiqqa o’xshash jarayon
hisoblanadi, negaki muayyan narsa yoki mulk, ma’lum haq evaziga mijozga o’tadi, lekin ikkalasi
o’rtasidagi farq shundan iboratki, savdoda xaridor ma’lum buyum
ni sotib olsa, mulkdagi egalik
xaridorga o’tadi, ijarada esa mulkdagi egalik ijara beruvchida qolib, mijoz esa foydalanayotgani
uchun ijara haqi to’laydi.
Yuqoridagi 1-
jadval mualliflar tomonidan turli manbalar va ulardagi ma’lumotlar asosida
tuzilgan bo’lib, unda ijaraning asl mohiyati, mazmuni, foydalanishdagi yo’l
-
yo’riqlar va
ko’rsatmalarni zamonaviy iqtisodiy amaliyotda qo’llanilishi mumkin bo’lgan lizi
ng borasidagi
tamoyillarning asosiylarini, shuningdek, lizing kelishuvlarini amalga oshirishda tomonlarning
vazifalari, huquq va majburiyatlari yoritib berilgan.
2-jadval
An’anaviy lizing va ijara (Islomiy lizing)ning qiyosiy tahlili.
Farqiy
mavzulari
An’anaviy lizing
Shariat ruxsat bergan islomiy lizing
1. Ijara
haqini
amalga
oshirish
muddati
An’anaviy
lizingda
lizingga
berilgan mulk uchun ijara haqi
uskuna yetkazib berilishidan
oldin lizing oluvchi tomonidan
to’lov amalga oshirilishi kerak.
Shariat ruxsat bergan lizingda esa lizingga berilgan
mulk uchun ijara haqi mulk foydalanuvchiga
yetkazib berilgandan keyin hisoblanadi. Lizing
oluvchi ijara haqini yoki uning ma’lum qismi lizing
beruvchiga oldindan to’lanishi mumkin, bu lizing
oluvchining ixtiyori, bu haqlar lizing beruvchida
o’zgarmasdan saqlanadi va ijara to’lovini to’lash
davri kelganda unga qo’shilib, ijara haqlaridan deb
hisoblanadi.
2.
Risklarga
javobgar
tomon
An’anaviy
lizingda,
lizingga
berilgan mulk bilan bog‘liq
barcha
xavflar:
mukning
tasodifan yo‘qolishi yoki nobud
bo‘lishi,
tasodifan
buzilishi,
o‘g‘irlanishi,
erta
eskirishi,
shikastlanishi xavflari lizing
shartnomasi ko’ra mulk lizing
oluvchiga berilganidan, ya’ni
lizing oluvchining tasarrufiga
o’tganidan boshlab, shartnoma
muddati tugaguniga qadar(ba’zi
hollarda lizing shartnomasi
tomonlar o’rta
sida erta bekor
qilinishi mumkin) mulkka lizing
oluvchi javobgar hisoblanadi.
Lizingga berilgan mulkka foydalanuvchi tomonidan
ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan zarar, lizing
oluvchi tomonidan qoplanadi, agar bu teskarisi ya’ni
lizing oluvchi tomonidan emas, o’z
-
o’zidan sodir
bo’lsa, lizing beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Agar lizingga berilgan mulk butunlay ishdan chiqqan
bo’lsa, qayta tuzatish va ishlatish imkoni bo’lmasa,
ijara haqi olish to’xtalib, ishdan chiqish sabablari
o’rganiladi. Agar talofat lizing oluvchining
ehtiyotsizligi sabab sodir bo’lgan bo’lsa, mulkning
zar
ardan oldingi qiymati oluvchi tomonidan to’lab
beriladi. Lizingga berilgan mulk beruvchining mulki
sababli lizing muddati davrida lizing beruvchining
riskida bo’lib, oluvchiga bog’liq bo’lmagan barcha
xavflar, shuningdek, tashqi omillar sababli
yetkazilgan zarar lizing beruvchining zimmasida
bo’ladi.
3. Ijara
haqini
belgilash
usuli
An’anaviy
lizingda
ijara
haqlarini, lizing obyektini sotib
olib, olish narxi ustiga foiz
stavkasini qo’shib ijara haqi
miqdorini belgilashadi. (Ijara
Islomiy lizingda esa ijara haqlari miqdorini
quyidagicha belgilashni shar’iy jihatdan joiz
hisoblashgan:
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
118
haqlarini foiz stavkaga bog’lash
bilan
lizing
foizli
kredit
muomalasiga o’xshab qoladi,
shuningdek, foiz stavkalardagi
doimiy o’zgarishlar natijasida
to’lanadigan
ijara
haqlari
(kelajakdagi o’zgarib turish
hisobiga ham) noma’lum bo’lib
qoladi,
buning
natijasida
shariatda ta’qiqlangan jahala va
g’arar
elementlari
yuzaga
keladi).
-hukumat lizing beruvchidan oladigan soliq
miqdorini qancha oshirsa, ijara haqini o’sha
miqdorda oshirishi joiz;
-
ijara haqini inflatsiya ko’rsatkichiga bog’lab, yillik
ravishda oshirib borish mumkin (inflatsiya 4 foizga
oshsa, ijara haqini 4 foizga oshirish mumkin);
-ijara haqlarini belgilashda foiz stavkasidan faqat
benchmark sifatida ishlatish mumkin (foiz
stavkasidan iloji boricha benchmark maqsadida ham
foydalanmaslik tavsiya etiladi).
4. Jarima
undirish
masalasi
Ayrim moliyaviy lizing
bitimlarida ijara haqini
kelishilgan muddatdan
kechiktirib to’lagani uchun
mijozdan jarima undiriladi.
Islomiy lizingda esa ijara to’lovi kechiktirilsa, lizing
oluvchi qarzdor hisoblanib, uning hukmi amalga
kiradi. Qarzini vaqtida to’lamagan yoki kechiktirgan
qarzdordan qo’shimcha undiriladigan har qanday
to’lov ribo hukmida bo’ladi. Shuning uchun islomiy
lizingda lizing beruvchi lizing oluvchidan ijara haqi
kechiktirilgani uchun jarima ola olmaydi. Bunday
holat yuzaga kelganda, ulamolar tomonidan ba’zi
yechimlar berilgan: Agar lizing oluvchi ijara haqini
kechiktirsa, lizing oluvchidan ma’lum bir miqdorda
pul undirish mumkin, shuningdek, kechiktirilgan
ijara to’lovi kechiktirish muddatiga qarab, ijara
miqdori turlicha bo’lishi, yillik foiz shaklida
hisoblanishi mumkin va bu hech qachon lizing
beruvchining daromadiga qo’shilmaydi, balki
jarimalar
lizing
beruvchi
tomonidan
tashkillashtirilgan va boshqariladigan Xayriya
Jamg’armasiga tushadi va bu to’lovlar shariat ruxsat
bergan maqsadlarda faqat xayr-ehson ishlariga
yo’naltiriladi va sarflanadi.
5.
Tomonlarn
ing
vakolatlar
Ayrim
moliyaviy
lizing
bitimlarida lizing beruvchiga
ko’plab
vakolatlar
berilgan
bo’lib, u xohlagan paytda lizing
bo’yicha tuzilgan shartnomani
bir tomonlama, o’zaro roziliksiz
tugatishi
mumkin.
Bundan
tashqari, ayrim an’anaviy lizing
shartnomalarida, lizing beruvchi
lizing kelishuvini bir tomonlama
tugatsa ham, lizing oluvchi
dastlabki kelishuvda belgilangan
lizing muddati tugagunga qadar
ijara
to’lovlarini
to’lashga
majburdir.
Islomiy lizingda esa lizing bitimi faqat lizing oluvchi
tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomaning biror bir
bandini buzsa, lizing beruvchi lizing shartnomasini
bir tomonlama tugatishi mumkin. Bundan tashqari,
tomonlar roziliklari bilan ham lizing shartnomasini
tugatishlari mumkin.
6. Xarajat
va
zararlarga
ma’sul
tomon
An’anaviy moliyaviy lizinglarda
barcha xarajat va zararlar lizing
oluvchi zimmasida bo’ladi.
Islomiy lizingda esa lizingga berilgan mulk islomiy
sug’urta hisoblangan takoful orqali sug’urtalangan
bo’lsa, lizing muddati davomidagi barcha xarajatlar
va zararlar lizing beruvchi tomonidan qoplanadi.
7. Mulkga
egalik
huquqi-
ning
An’anaviy moliyaviy lizingda
lizingga berilgan mulk lizing
muddati tugaganidan so’ng,
odatda,
lizing
oluvchining
An’anaviy lizingdagi bu holat shariatda joiz
hisoblanmaydi, negaki bir savdoning oldi-berdisi
ikkinchisi bilan bog’lanmasligi kerak. Bunda lizing
beruvchi lizing oluvchiga hozir ijaraga beraman,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
119
o’tkazilish
masalasi
mulkiga o’tib ketadi, negaki
lizing
beruvchining
lizing
obyekti haqida ishi bo’lmaydi
chunki u obyekt uchun qilgan
xarajatlarini
qo’shimcha
daromad bilan qaytarib olgan
bo’ladi va ko’p hollarda mulk
lizing
oluvchining
nomiga
o’tkazib beriladi va bu oldinda
n
ayrim lizing shartnomalarida bu
kelishuv hattoki qayd etilgan
ham bo’ladi.
ijara muddati yakunida hadya qilaman yoki sotaman
desa, bir savdoning ichida ikki savdo yuzaga kelib
qoladi, bu esa shariatda taqiqlangan.
Shariat joiz hisoblagan lizingda esa lizing obyekti
lizing beruvchining mulki hisoblanadi, lizing oluvchi
esa uskunadan foydalanib, ijara haqini to’laydi.
Lizing muddati tugaganidan keyin esa, lizing
beruvchi uskunani qaytarib olib ketishi yoki qayta
shartnoma tuzib lizingga berishi, yoinki
lizing oluvchiga yoki boshqa mijozga sotishi
mumkin, bu lizing beruvchining ixtiyorida bo’ladi.
Shuningdek, ijaraning shartlaridan yana biri lizing muddati so’ngida uskunani hadya qilish
yoki sotish sharti bo’lmaydi, ammo alohida hujjatda lizing beruvchi bir tomonlama va’da bergan
holda uskunani muddati so’ngida mijozga sotish majburiyatini olishi mumkin. Bu va’da faqat
lizing beruvchi zimmasidagi majburiyat bo’ladi, va’da berilgan shaxs shartnomaga kirishga
majbur bo’lmaydi, ya’ni u uskunani sotib olishga ixtiyorli, xohlasa oladi, xohlamasa yo’q
, Shayx
Muhammad Taqi Usmani, (2011).
Shariatda bitta shartnoma ichida ikkita shartnoma bo'lishi mumkin emas. Chunki “sotib
olish jarayoni”ning maqsadi aktivning uzufruktlarini o'tkazish maqsadidan butunlay farq
qiladi. “Xarid qilish jarayoni” bandini kiritish boshqa shartnoma maqsadi
ga xizmat qiladi,
Kamali (2007).
Lizing obyekti kelishilgan lizing muddati tugagandan so'ng o'z qiymatiga ega bo'lishi
kerak. Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab lizing oluvchi ijara haqini to'lashga majbur
emas. Sotish va qaytarib ijaraga berishga ruxsat beriladi, lekin faqat ikkita alohida bitim sifatida
bo’lishi talab etiladi. Ijara narxi bozor sharoitlari bilan belgilanadi. Amalda ijara stavkasini
aniqlash uchun bozor foiz stavkasi qo'llaniladi, garchi bu aniq ko'rsatilmagan bo'lsa-da.
Ijaraning sotishdan farqi shundaki, u mol-mulkni o'tkazuvchida qoladigan korpus yoki egalik
huquqini o'tkazmaydi.
Yuqoridagi 2-
jadvalda islomiy lizing va an’anaviy lizingning qiyosiy tahlilini tadqiq etdik.
Quyida esa ijara shartnomasiga batafsil to’xtalib o’tishga qaror qildik.
Ijaraning bir qator shakllari mavjud bo’lib, turli manbalardan foylangan holda quyidagi
rasmda mualliflar tomonidan yoritilib berilgan:
1-rasm. Ijara shakllari
Ijara bitimida amal qilinishi zarur bo’lgan
shariatning bir qator qoidalari mavjud. Bu
qoidalardan biri-xiyar ar-
ro’yo
deb atalib, sotuvchi biror bir tovar haqida tavsif bergan bo’lsayu,
lekin bu berilgan tovarning ta’rifiga muvofiq kelmasa (sotuvchi xaridorga buyum haqida bergan
tafsilotlarning mos kelmasligi), shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo’ladi. Xiyar al
-ayb esa-
xaridor biror bir tovarni sotib olsayu, lekin u xariddan so’ng tovardan nuqson topsa, bunday
holatda ham xaridor bitimni bekor qilishi mumkin bo’ladi. Ijaranin
g shariatdagi amal qilishi
kerak bo’lgan qoidalaridan yana biri xiyar ash
-
sharm bo’lib
-
bunda sotuvchi va xaridor har
Ijaraning
shakllari
Ijarat ul-amal- tomonlar o’rtasida
kelishilgan to’lov asosida xizmatlarini
taqdim etishi
Ijarat ul-manafa- mulkning foydali
xususiyatlarini tomonlar o’rtasida
kelishilgan narx asosida berilishi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
120
qanday vaqtda belgilangan muddatlar yoinki ma’lum hodisalarga bog’liq holda kelishuvni
bekor qilishlari mumkin. To’rtinchi qoida fas’h
esa nomlanib, arabcha so’zdan olingan bo’lib,
bekor qilmoq, buzmoq, ajratmoq ma’nolarni anglatib, kelishuvni bekor qilishni bildiradi. Eng
so’ngi qoida
iqola deb nomlanib, xaridor tovarni sotuvchidan sotib olgan, lekin sotib
olinganidan nadomat chekib, tovarni o’sha kunning o’zida uzr so’rab qaytarib berishidir. Ba’zi
manbalarda iqola “almashtirib berish” ma’nosida ham kelti
rilgan.
2-rasmda ijara shartnomalarini amalga oshirish bosqichlari chizmasi keltirilgan. Bu
sxema qozog’istonlik olim E.A.Baydaulet tomonidan tuzilgan:
2-rasm. Ijara bitimini amalga oshirish chizmasi
1-
bosqichda: Mijoz ya’ni ijara oluvchi biznesi uchun kerak bo’lgan uskuna yoki
aktivni, shuningdek, buyumni yetkazib beruvchi (sotuvchi)ni ham mustaqil topadi, keyin
moliyalashtirish uchun bankka murojaat qiladi va buyum xususida kerakli axborotlarni
bankka taqdim qiladi;
2-
bosqichda: Buyum xususidagi tegishli ma’lumotlar bank tomonidan ko’rib
chiqilgach, mijoz va bank o’rtasida ijara shartnomasiga kirishishga tayyorligi to’g’risida
kelishuvga erishiladi;
3-
bosqich: Sotuvchi (yetkazib beruvchi) bank nomiga uskuna (aktiv) uchun to’lov
hisobini yuboradi va bank o’z hisobidan sotib oladi. Bu jarayonlardan keyin, bank aktivni
mijozga beradi va mijoz bank bilan kelishilgan muddatda, o’rnatilgan va o’zgaruvchan
n
arxda ijara to’lovlarini to’lab boradi.
Xulosa va takliflar.
Olib borgan tadqiqotimiz natijalariga koʻra xulosa yasaydigan boʻlsak, islomiy
moliya shartnomasi ijaraning nazariy asoslari, amaliyotda
qo’llanilish tamoyillari, ularga
oid masalalar, shuningdek, islomiy va an’anaviy lizing o’rtasidagi farqli jihatlarini tadqiq
etdik.
Yuqorida olib borgan tadqiqotimiz natijalari O’zbekistonda islomiy moliya shartnomasi
ijara haqida yuridik va jismoniy shaxslar orasida xabardorlikni oshishiga xizmat qiluvchi
manba sifatida ko’rilishiga umid qilamiz. Shuningdek, ushbu tadqiqot ishimizdan
islom
moliyasi bo’yicha tadqiqot olib bormoqchi bo’lgan izlanuvchilar tomonidan ham bir manba
sifatida foydalanilishi mumkin.
Ilmiy tadqiqotimizning xulosa qismida
O’zbekistonda
islom moliyasi amaliyoti, xususan,
ijara shartnomasi bilan bog’liq amaliyot to’g’risida ham qisqacha to’xtalib o’tishga qaror qildik.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
121
O’zbekistonda
investitsiya loyihalarini islomiy moliyalashtirishning boshlanishi 2003
yilda mamlakatimizning Islom taraqqiyot banki(IsTB
)ga a’zo bo’lishi bilan bog’liq.
2004-yildan
boshlab
O’zbekistonda IsTB tomonidan
ijtimoiy va infratuzilma sohalarining loyihalarini
moliyalashtirish uchun “ijara” va “murobaha”
va “istisno” kabi
shartnomalaridan foydalanib
kelinmoqda. IsTB guruhi tomonidan amalga oshirilgan 20 yillik islomiy moliyalashtirilgan
amaliyotlarning qiymati 3 mlrd AQSH dollaridan ortiqdir.
O
‘
zbekiston Islom taraqqiyot banki (IsTB) guruhiga kiruvchi Xususiy sektorni
rivojlantirish islom korporatsiyasi (XSRIS) a’zosi hisoblanib, bu korporatsiya tomonidan 2010
-
yil Toshkentda tashkil etilgan Taiba Liz
ing xorijiy lizing kompaniyasi O’zbekistonda to’liq
shariatga mos ravishda ijara (lizing xizmatlarini) xizmatlarini yuridik shaxslarga taqdim etib
kelmoqda. IsTB va XSRIK tomonidan taqdim etib kelinayotgan islomiy moliyalashtirish
shartnomalar yuridik shax
slarga qaratilgan bo’lib, O’zbekistonda jismoniy shaxslarga
mo’
ljallangan islomiy moliyalashtirish xizmatlari va mahsulotlari mavjud emas.
Taiba Lizing va Al-
Mulk Kapital kabi lizing kompaniyalari esa kichik va o‘rta biznes
vakillariga Islom tamoyillari asosidagi ijara mahsulotlari taqdim qilib kelmoqda.
2023 yilning 21-
22 iyun kunlari Toshkent shahrida “Fintex, banklar, riteyl” PLAS–
forumi
boʻlib oʻtdi. Undagi sessiyalardan biri Markaziy Osiyoda islom moliyasi va uning istiqbollariga
bagʻishlandi. Forumda soʻz olgan Apex bank boshqaruvi raisi Bahrom Noʻm
onovning fikricha,
islom moliyasining tatbiq etilishi Oʻzbekistonga har yili 10 milliard AQSH dollargacha
investitsiya jalb qilishi mumkin. Aholining 95 foizidan ortig’i musulmonlar ekani hisobga olinsa,
islomiy moliyalashtirish mahsulotlariga talab yildan-
yilga ortib boradi deb qo’shimcha ham
qildi.
Yuqorida keltirilgan dalillar asosida aytishimiz mumkinki, islom moliyasiga
Oʻzbekistonda nafaqat biznes sektori balki aholi tomonidan ham katta talab mavjud boʻlib,
soʻngi yillarda hukumat tomonidan ham ushbu sohani rivojlantirishga katta qiziq
ish
bildirilmoqda. Shunday ekan, musulmon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga
asoslangan mavjud banklar, investisiya fondlari va kompaniyalar mablagʻlarini
Oʻzbekistonning ijtimoiy
-
iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qoʻllab
-quvvatlash
maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun, albatta, milliy bank tizimiga yangicha
yondashuv bilan nazar solmoq lozim, ya'ni an'anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir
qatorda islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini ham joriy etish zarur.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Abrorov S.Z., (2020), Oʻzbekistonda sukuk –
islomiy qimmatli qogʻozlarni joriy etish
istiqbollari. 08.00.07-Moliya, pul muomilasi va kredit PhD ilmiy darajasi dissertasiyasi /TDIU T;
Baydaulet, E.A., (2019), Islomiy moliya asoslari [Matn] / E.A. Baydaulet.
–
Toshkent:
“O‘zbekiston” NMIU, –
432 b.;
Fotima
, M. (2006). “Differences and similarities between ijara and conventional operating
lease contracts” Market Forces, vol, 1 (4);
Gait , A. and Worthington, A. (2008). An empirical survey of individual customer, business
firms and financial institutionattitudes towards Islamic methods of finance, International Journal
of Social Economics, 35(11),
–
783-808;
Irgasheva G.S., (2023), Oʻzbekistonda islom moliyasini rivojlanishida Malayziya tajribasidan
foydalanish yoʻnalishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnal, may, 1
-son, 137-145-
sahifalar,
https://www.researchgate.net/publication/371350969_UZBEKISTONDA_ISLOM_MOLIASINI_RI
VOZLANISIDA_MALAJZIA_TAZRIBASIDAN_FOJDALANIS_JUNALISLARI.
Irgasheva G.S., (2024), Islom iqtisodiyotida investitsiyalar: ularning tashkiliy va boshqaruv
tizimi hamda amalda qo’llash tamoyillari.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnal, yanvar, 1-son, 34-43-sahifalar,
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
122
Kamali, H.M (2007) “A Shariah Analysis of Issues in Islamic Leasing” Islamic Econ vol, 20 (1),
3-22.)
Mirakhor, A. and Iqbal, Z. (2011). An Introduction To Islamic Finance : Theory and Practice.
Singapore: John Wiley &Sons.
Muhammad Taqi Usmani, (2011), An Introduction to Islamic Finance. -169 pages;
Saydirasulov L.A., (2023), Yangi O’zbekiston iqtisodiyotida islom moliya bozorining
imkoniyatlari, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnal, 2023-yil, sentabr , 5-son, 120-
Zayniddinov R.X, (2022), Oʻzbekistonda islom moliyasining rivojlanishi: toʻsiqlar va
tavsiyalar. 2/, mart-
aprel (№ 00058). “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and
Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali. DOI: 10.55439/EIT/vol10_iss2/a4. 27-41 b.
https://www.researchgate.net/publication/360624788_UZBEKISTONDA_ISLOM_MOLIASINING
RIVOZLANISI_TUSIKLAR_VA_TAVSIALAR
Zayniddinov R.X. (2023). O‘zbekistonda davlat
-xususiy sherikchilik (DXSH) loyihalarida
islomiy moli-yalashtirish konsepsiyasini asoslash va joriy etish. 1401-1410 betlar.
2023-yil,
dekabr.
No
11-12-sonlar.
Zayniddinov R.X., Irgasheva G. (2023). Possibilities of using the experience of Turkiye in the
development of Islamic finance in Uzbekistan. Tashkent, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil,
VII
Son
-
noyabr.
257-270
pages.
https://www.researchgate.net/publication/376456185_POSSIBILITIES_OF_USING_THE_EXPERI
ENCE_OF_TURKEY_IN_THE_DEVELOPMENT_OF_ISLAMIC_FINANCE_IN_UZBEKISTAN
