ИНВЕСТИЦИИ В ИСЛАМСКУЮ ЭКОНОМИКУ: ИХ ОРГАНИЗАЦИОННО-УПРАВЛЕНЧЕСКАЯ СИСТЕМА И ПРИНЦИПЫ ПРАКТИЧЕСКОГО ПРИМЕНЕНИЯ

Аннотация

В данной статье представлена информация о теоретических основах инвестиционных инструментов, мушарака и мудараба, организационно-управленческой системе, а также принципах практического применения, а также их отличиях друг от друга. Кроме того, представлены вопросы, связанные с возможностью привлечения отечественных и иностранных инвестиций в Узбекистан путем реализации данных соглашений.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Иргашева G. (2024). ИНВЕСТИЦИИ В ИСЛАМСКУЮ ЭКОНОМИКУ: ИХ ОРГАНИЗАЦИОННО-УПРАВЛЕНЧЕСКАЯ СИСТЕМА И ПРИНЦИПЫ ПРАКТИЧЕСКОГО ПРИМЕНЕНИЯ. Экономическое развитие и анализ, 2(1), 34–43. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44974
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлена информация о теоретических основах инвестиционных инструментов, мушарака и мудараба, организационно-управленческой системе, а также принципах практического применения, а также их отличиях друг от друга. Кроме того, представлены вопросы, связанные с возможностью привлечения отечественных и иностранных инвестиций в Узбекистан путем реализации данных соглашений.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

34


ISLOM IQTISODIYOTIDA INVESTITSIYALAR: ULARNING TASHKILIY VA BOSHQARUV

TIZIMI HAMDA AMALDA QO’LLASH TAMOYILLARI

Irgasheva Gulbahor Sodiqovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Аnnotatsiya.

Ushbu maqolada islom moliyasida investitsiyaviy instrumentlar mushoraka va

mudorabaning nazariy asoslari,

tashkiliy va boshqaruv tizimi hamda amalda qo’llash tamoyillari

haqida ma’lumotlar berilib, shuningdek ularning bir biridan farqli jihatlari yoritib

berilgan.

Bundan tashqari, mazkur shartnomalarni amaliyotga joriy qilish O’zbekistonda

ichki va tashqi

investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga doir masalalar keltirilgan.

Kalit soʼzlari:

islomiy investitsiyalar, mushoraka, mudoraba, meʼyori

y-huquqiy baza, ITB,

investitsiya loyihalari, islomiy moliyalashtirish mexanizmlari.

ИНВЕСТИЦИИ В ИСЛАМСКУЮ ЭКОНОМИКУ: ИХ ОРГАНИЗАЦИОННО

-

УПРАВЛЕНЧЕСКАЯ СИСТЕМА И ПРИНЦИПЫ ПРАКТИЧЕСКОГО ПРИМЕНЕНИЯ

Иргашева Гулбахор Садиковна

Ташкентский

государственный

экономический

университет

Аннотация.

В данной статье представлена информация о теоретических основах

инвестиционных инструментов, мушарака и мудараба, организационно

-

управленческой

системе, а также принципах практического применения, а также их отличиях друг от

друга. Кроме того, представлены вопросы, связанные с возможностью привлечения

отечественных и иностранных инвестиций в Узбекистан путем реализации данных
соглашений.

Ключевые слова

:

исламские инвестиции, мушарака, мудараба, нормативная база,

ИТБ, инвестиционные проекты, механизмы исламского финансирования.

INVESTMENTS IN ISLAMIC ECONOMY: THEIR ORGANIZATIONAL AND MANAGEMENT

SYSTEM AND PRINCIPLES OF IMPLEMENTATION

Irgasheva Gulbakhor Sadikovna

Tashkent State University of Economics

Abstract.

This article provides information about the theoretical basis of investment

instruments, musharakah and mudarabah, organizational and management system, as well as

the principles of practical application, as well as their differences from each other. In addition,
issues related to the possibility of attracting domestic and foreign investments in Uzbekistan by

implementing these agreements are presented.

Keywords:

islamic investments, musharaka, mudarabah, regulatory framework, ITB,

investment projects, Islamic financing mechanisms.

UO`K: 336.71.078.3

I SON - YANVAR, 2024

34-43


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

35

Kirish.

Bugungi globallashuv jarayonida jahon amaliyotidan koʼrish

mumkinki, har qanday

mamlakat oʼz iqtisodiyot

ini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, negaki bu

jarayonlarsiz mamlakat taraqqiyotiga erisha olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonlarini intensiv va

yuksak darajada rivojlantirish, mamlakatlarda

gi mavjud boʼlgan yoki yuzaga kelish ehtimoli

boʼlgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish,

zamonaviy texnika-texnologiyalar asosida ishlab

chiqariladigan mahsulotlar raqobatbardoshligini har tomonlama oshirish, mamlakatning

eksport salohiyatini mustahkamla

sh, eksport ko’lamini har qachongidan ham yuq

ori

sur’atlarda oshirish, bu eng avvalo mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun jalb qilinadigan
investitsiyalar oqimi orqali taʼminlanadi.

Bu borada mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda nafaqat ichki, balki xorijiy

investitsiyalarni samarali jalb qilish bugungi kunning dolzarb masalalardan biridir. Bunda,

bugungi kunda butun musulmon shu bilan birgalikda musulmon boʼlmagan mamlakatlarda

ham keng rivojlanib borayotgan islom iqtisodiyoti tamoyillari asosidagi ichki va tashqi

investitsiyalarni jalb qilishga doir qiziqishlar yildan yilga oshib bormoqda.

Jahonda islom moliya tizimi jadal surʼatlarda rivojlanib borayotgan va ishonchli,

innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini oʼzida jamlangan s

ohalardan biri hisoblanib,

2022 yil yakunlari

boʼyicha ushbu tarmoqning yalpi aktivlari miqdori 4.5 trillion АQSh dollarini

tashkil etdi va yiliga oʼrtacha 10

-

15 foizga oʼsib bormoqda. Bundan koʼrish mumkinki, islom

moliyasining rivojlanishi va keng tarqalishi yildan yilga oshib bormoqda. Mustaqil Shariat olimi

Shayx Yusuf Talal DeLorenzoning taʼkidlashicha, "Investitsiya qilish musulmonlar oʼz pullari

ustida yaxshi boshqaruvchi boʼlishlari mumkin boʼlgan usullardan biridir, buni Islom taʼlimoti
targʼib qil

adi". Buning isboti esa ilk bor 2000-yilda du

nyo boʼylab 150 milliard dollardan ortiq

islom investitsiya bozori mavjud ekanligi maʼlum qilinganligida edi.

Shu bilan bir qatorda, O’zbekistonda ham bu sohani rivojlantirishga doir ma’lum bir

kelishuvlar va qonunchilikni ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 5-

martdagi “Islom taraqqiyot banki

guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamgʼarmalari bilan sherikchilikni

yanada

kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbi

rlari toʼgʼrisida”gi PQ

-4224-sonli qarori 2-bandida

Oʼzbekiston Respublikasining ITB guruhi АMG bilan uzoq muddatli sherikligining asosiy
yoʼnalishlari hamda vazifalaridan biri sifatida davlat

-xususiy sherikligi mexanizmlarini,

jumladan vaqf-

jamgʼarmalarini tashkil etish yoʼli bilan qoʼllab

-quvvatlash dasturlarini

birgalikda ishlab chiqish va Oʼzbekistonda tatbiq qilish belgilangan. Bundan tashqari,

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev Islom ta

raqqiyot banki Boshqaruvchilar

kengashining 46-

yigʼilishida ochilish marosimida soʼzlagan nutqida “Ban

kning yillik anjumani

Toshkentda oʼtkazilishi oʼziga xos ramziy maʼnoga ega. Biz buni Oʼzbekistonning islom dunyosi

rivojiga qoʼshgan xissasi, shuningdek,

mamlakatda soʼngi besh yil davomida olib borilayot

gan

izchil islohotlarning eʼtirofi, deb hisoblaymiz”,

-

deya taʼkidlab oʼtgan edi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Islom taraqqiyot banki Prezidenti ushbu

uchrashuvlarida koʼp qirrali sherikchilikni kengaytirish istiqbollariga alohida eʼt

ibor qaratdi.

Suhbat davomida 2022-2025 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi hamkorlik

dasturini yaqin vaqtlarda qabul qilish va amalga oshirishlik, shuningdek, Islom taraqqiyot

bankining Oʼzbekistonda toʼlaqonli vakolatxonasini ishga tushiri

sh, moliyalashtirish

instrumentlari samaradorligini

oshirish muhim ekanligi taʼkidlandi. Tomonlar oʼrtasidagi keng

koʼlamli hamkorlik va strategik sherikchilikni rivojlantirish maqsadida oʼzaro muloqotlarn

i

davom ettirish hamda yaqindan ishlashga kelishib olindi. Shunday ekan, musulmon

davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga asoslangan mavjud banklar, investitsiya

fondlari va kompaniyalar mablagʻlarini Oʻzbekistonning ijtimoiy

-iqtisodiy rivojlanishi va

xususiy sektorni qoʻllab

-quvvatlash maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun,

albatta, milliy bank tizimiga yangicha yondashuv bilan nazar solmoq lozim, ya'ni an'anaviy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

36

moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish
mexanizmlarini joriy etish masalasi tadqiq etilishi muhim va dolzarb hisoblanadi.

Ushbu tadqiqot ishimizda islom moliyasida investitsiya shartnomalari mushoraka va

mudorabaning asosiy mazmun-

mohiyati, ularni amaliyotda qo’lla

sh tamoyillari, islomiy

investitsiyalarga qo’yiladigan talablar va ikki shartnoma o’rtasidagi farqlar tadqiq etilgan.

Аdabiyotlar sharhi

Yuqorida taʼkidlaganimizdek, islom moliyasi bugungi kunda butun dunyoda juda tez

surʼatda rivojlanib borayotgan jahon moliya sanoatining yetakchi qismi sifatida eʼtirof
etilmoqda. Islom moliyasi eng ilgʼor soha sifatida nafaqat

musulmon mamlakatlari, balki

musulmon boʼlmagan mamlakatlar ham oʼz moliya sanoatlarida qoʼllamoqdalar.

Bu borada ko’plab xorijiy, MDH mamlakatlari va o’zbek olimlari va tadqiqotchilari bu

sohaga doir o’z izlanishlarini olib borishgan va uning natijalarini o’z tadqiqotlarida bayon

etishgan. Xususan, xorijlik islom moliyasiga doir tadqiqot ishlarini olib borgan olimlardan biri

Sh

ayx Muhammad Taqi Usmoniy (2011) o’zining “Islom moliyasiga kirish” kitobini yozib,

ushbu kitobda asosan islom banklari

, nobank moliya institutlari tomonidan qo’llaniladigan

moliyalashtirishning turli usul va vositalariga doir ma’lumotlar berilib, islom mo

liyasining

qoidalari, tamoyillari va uslublarini bayon etgan. Jumladan, islomiy investitsiya shartnomalari

mushoraka va mudorabalarni mohiyati, amaliyotda ishlatilish tuzilmasi va ularga doir barcha

masalalar batafsil yoritib berilgan. Bugungi kunga kelib,

bu kitob butun dunyo bo’ylab

mutaxassislar, ushbu sohani o’rganuvchilar, tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar uchun

bir

qo’llanma sifatida tarqalib, keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari, Muhammad Ayub (2007)
ham bu sohaga doir o’z izlanishlarini olib borgan, uning “Islom moliyasini tushunish” nomli

tadqiqot ishida islomiy investitsiyalarning mamlakatlar iqtisodiyotini rivojidagi roli tushintirib

berilgan.

Shunindek, MDH mamlakatlari olimlari orasida ham bu sohaga doir qiziqishlar ancha

yuqori

bo’lib, o’z tadqiqot ishlarini olib borishgan. Xususan, Baydaulet (2019) o’zining “Islomiy

moliya asoslari” nomli kitobini yozib, o’quvchilar uchun bu sohani o’rganishda juda katta hissa

qo’shgan. U kitobida yuqori saviyadagi zamonaviy innovatsion tadqiqo

t usul va uslublaridan

foydalangan holda ushbu sohani endi o’rganishni boshlagan o’quvchi uchun juda tushunarli

tarzda yozgan. Ushbu kitobda islom moliyasining yuzaga kelish tarixi va sabablari, islom

banklari, shuningdek, islomiy moliyalashtirish vositalari mushoraka, mudoraba, murobaha,

ijara, istisno, sukuk, takaful va salam haqida to’liq yoritib bergan. Shunisi quvonar

liki, bugungi

kunda bizning mamlakatimiz O’zbekistonda ham bu sohada tadqiqot ishlari va izlanishlar olib

borayotgan tadqiqotchilarning yildan-

yilga ko’payotgani tahsinga sazovordir. Ular o’zlarining

izlanishlarining natijalarini doimo e’lon qilib borishi

bu sohaga qiziqish bildirayotgan yangi

o’quvchilar uchun ayni muddaodir. Xususan, Xasanov, (2017) o’zining “Axloqiy (islomiy)

moliyalashtirish tizimi-

innovatsion moliyalashtirish vositasi sifatida” maqolasida islomiy

moliyalashtishning mamlakatlarning rivojidagi afzalliklarini yoritib bergan. Bundan tashqari,

Tursunov (2021) o’zining tadqiqot ishlarida an’anaviy banklarda islomiy bank xizm

atlari,

islomiy moliyalashtirish vositalardan foydalanish masalalari ko’rib chiqilgan. Abrorov (2020)

“O’zbekistonda sukuk islomiy qimmatli qog’ozini joriy etish istiqbollari” ga doir tadqiqot ishida

O’zbekistonda sukukni joriy etishga doir o’zining taklif

va tavsiyalarini ishlab chiqqan. Yana

boshqa o’zbek olimlaridan Imomnazarov (2023) O’zbekiston iqtisodiyotida islom mo

liyasini

rivojlantirish va uning imkoniyatlaridan mamlakatimiz rivojidagi o’rni doirasida o’z tadqiqot

ishini olib borgan. Bundan tashqar

i, Zayniddinov (2022) O’zbekistonda investitsiya loyihalarni

islomiy moliyalashtirish samaradorligini oshirish borasida

o’z tadqiqot ishlarida bu sohani

mamlakatimizda rivojlantirishga doir o’zining xulosa va tavsiyalarini ishlab chiqqan.

Shuningdek, Saydi

rasulov (2023) o’zining “Yangi O’zbekiston iqtisodiyotida islom moliya

bozorining imkoniyatlaridan foydalanishga oid tadqiqot ishida islom moliya bozorini tadqiq


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

37

qilish orqali O’zbekistonda islomiy investitsiyalar oqimi hajmini kengaytirishga doir o’zinin

g

xulosa va takliflarini bergan.

Ilmiy tadqiqotimizda foydalanilgan yondashuv va obyekt yuqorida nomlari keltirilgan

olimlarning ilmiy ishlaridan farqlanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolamizni ilmiy jihatdan keng darajada tahlil qilishda sifat yondashuvidan

foydalanildi. Shuningdek, mushoraka va mudoraba islomiy moliyalashtirish vositalarini tadqiq

qilishda induksiya va deduksiya usullari, grafik tasvirlash kabi tadqiqot usullaridan samarali
ravishda foydalanildi. Bundan tashqari, mushoraka va mudoraba moliyalashtirish vositalari

o’rtasidagi farqlarni tahlil qilishda qiyosiy tahlil qilishdan ham foy

dalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Islomiy investitsiyalardan maqsad faqat shaxsiy foydalanish uchun

imkon qadar koʼproq

boylik toʼplash emas, balki sarmoyalar nafaqat investorga, balki butun jamiyat va ummatga

foyda keltirishi, sarmoya

larning Qurʼon va Sunnat taʼlimotlari bilan uygʼun boʼlishi kerakligini

koʼrsatadi. Shunday qilib, islom investitsiyasi, Alloh taolo Qurʼoni Karim Moida surasida

aytganidek, birodarlik va barchaning manfaati uchun bir-

birlariga yordam berish tuygʼusini oʼz

ichiga oladi: “...Yaxshilik va taqvo yoʼlida bir

-biringizga yordam bering, gunoh va adovatda bir-

biringizga yordam berma

ng...”. Bundan ko’rish mumkinki, har qanday tadbirkorlik yoki biznes

faoliyati natijasida erishiladigan foyda yoki daromad islomiy qonun-qoidalar, shariatda joiz

hisoblangan tamoyillar asosida amalga oshirilishi, halol manbalardan boʼlishi, bularga

asoslan

ib amalga oshirilgan boʼlsagina shaxsiy isteʼmol yoki xayriya ishlariga yoʼnaltirishda

islom sarmoyasi sharʼiy yoʼl

-

yoʼriqlar va tamoyillarga muvofiq boʼlishini taqozo etadi. Shuni

inobatga olib, biz maqolamizda islomiy investitsiya shartnomalari mushoraka va

mudorabaning nazariy asoslarini yoritibgina qolmasdan, ularning insoniyat shuningdek,

jamiyatga qanday foyda keltirishini ham ko’ri

b chiqamiz.

Mushoraka sherikchilik asosida biznesni tashkil etib, foyda va zararni birgalikda baham

koʼruvchi hamkorlar oʼrtasidagi kelishuv shartnomasi hisoblanadi. AAOIFI xalqaro

standartlariga koʻra, mushoraka (sharika, shirkat) sherikchilik

shartnomasidir, bu ikki va

undan koʻproq tomonlar oʻrtasida foyda olish maqsadida mehnat resurslari yoki

majburiyatlarni,

aktivlarni birlashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvni anglatadi. Bunga misol

tariqasida tijoratdagi sherikchilikni oladigan bo’lsak, mushoraka shartnomasiga koʼra, moliya

muassasining daromadi tijoratdan keladigan foydaga asoslanib, foyda qanchalik koʼp boʼls

a,

moliya muassasi uchun unga keladigan daromad ham shuncha yuqori boʼladi. Bu esa, hozirgi

anʼanaviy banklarning tadbirkor va sanoatch

ilarga foiz asosida beradigan qarzlaridan farq

qilib, mushorakada koʼriladigan foyda va zarar faqat bir guruh qoʼlida toʼ

planib qolmaydi, balki

foyda va zarar teng taqsimlanadi. Bu esa tomonlar oʼrtasidagi adolatsizlikni oldini oladi.

Bundan tashqari, mush

orakada koʼrilgan foyda tomonlar kelishuviga koʼra belgilansa, zarar har

doim kiritilgan sarmoyaning nisbatiga qarab taqsimlanadi.

Mushoraka borasida turli olimlar fikr bildirgan. Xususan, Usmani (2023)

“Biznes va savdo

talqinida ushbu atama qo’

shma korxona (oddiy sherikchilik)ni anglatadi, bunda barcha

sheriklar umumiy ishdagi foyda yoki zararni

taqsimlaydilar, ushbu so’zning mazmuni islom

fiqhida ishlatiladigan “shirkat” atamasidan kengroqdir. Mushoraka atamasi “shirkat”ning

xususiy shakli-

“sh

irkat ul-

amvol” bilan cheklangan, unda ikki yoki undan ortiq shaxslar o’z

kapitalini qo’shma tijoriy korxonaga investitsiya qiladilar. Ba’zan u “shirkat ul

-

amal”ni ham o’z

ichiga oladi, unda sherikchilik xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshiriladi” degan bo’lsa,
R.Vohidov esa mushoraka xususida “Kapitalda ikki tomon ishtirok etadigan tadbirkor va

moliyaviy

ishtirokchining sherikchiligi. Foyda tomonlarning kelishuvi bo’yicha, zararlar esa

kapitaldagi ishtirokka mutanosib taqsimlanadi” degan fikrni bildirgan

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

38

1-rasm. Shirkatning turlari



2-rasm. Mushorakaning turlari

Yuqoridagi 1 va 2-rasmda, shirkat va mushorakaning turlari hamda uning sheriklik

asosida qanday faoliyatlarni amalga oshirilishi yaqqol koʼrsatilgan. Unga ko’ra, shir

kat 2 turga

bo’linadi: shirkatul mulk va shirkatul aqd, shuningdek, ularning o’zi ham bir qancha turlarga

bo’linishi rasmda keltirilgan. Shirkatul aqd bir necha turlarga bo’linib, bulardan biri shirkat ul

-

amvol hisoblanib, sheriklarning har biri ma’lum miqdorda sarmoya kiritishadi, har biri biznesni

boshqarishda qatnashishi mumkin va zarar ularning kiritgan kapitaliga mutanosib ravishda

taqsimlanadi. Shirkat ul-vu

juh esa sheriklar o’rtasida ma’lum majburiyat asosida shakllanib,

bunda asosan sheriklar foyda olish maqsadida aktivlarni qarzga sotib oladilar va ularning har
birining majburiyatlari va foydadagi ulushi kelishib olinadi. Shirkatning 3-turi shirkat ul-amal

hisoblanib, sheriklar o’zlaridagi mavjud qobiliyatlari asosida faoliyatlarida vazifalar sheriklar

o’rtasida belgilab olinib, xizmat ko’rsatiladi ya’ni ular yuqori malakali mehnatni bajarishga doir

xizmatlar ko’rsatadilar.

Yuqoridagi 1-jadvalda mushoraka shartnomasining turi hisoblangan, zamonaviy

korporatsiyalarning ko’pchilikka ma’lum bo’lgan shakllari keltirilgan.

3-

rasmda qozog’istonlik olim Baydauletning, (2019) “Islomiy moliya asoslari” nomli

kitobida keltirilgan mushoraka shartnomasini tashkil etishdagi bosqichlar aks ettirilgan.

Mushoraka bitimini tuzishda eng avvalo tomonlar o’rtasida ya’ni bank yoki moliyaviy tashkilot

bilan mijoz o’rtasida kelishuv amalga oshiriladi. Keyingi bosqichda hamkorlar o’rtasida (bank

va mijoz) kelishi

lgan shartnoma talablariga ko’ra, ular o’zlarining biznes

-rejalarini

moliyalashtirishni kelishilgan ulushlarda taqsimlashadi. O’zlarining biznes rejalarini amalga

oshirish jarayonida foyda va zarar yuzaga keladi, bu bank va mijoz o’rtasida kelishilgan

ulushlarga muvofiq tarzda taqsimlanadi.

Shirkat

Shirkatul mulk

[Qo'shma mulk

]

Тоmonlarning

ixtiyoriy

qo'shma mulki

Mulkning

ixtiyorsiz

ravishda o'tishi

Shirkatul aqd

[Qo'shma tijorat

]

Shirkatul-

amvol (sarmoya

kiritishdagi

sherikchilik

)

Shirkatul-

amal (mijozlarga

xizmat ko'rsatish va

faoliyatda sheriklik

)

Shirkatul

vujuh (debitorlik

asosidagi

sheriklik

)

Мushoraka

Shirkatal-inon (shartnomaviy

sherikchilik)

Shirkatal- vujuh (mas’uliyati

cheklangan sheriklik)

Shirkatal- amal (kasbiy va

murakkab faoliyatlar bo’yicha

sheriklik)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

39

1-jadval

Zamonaviy korporatsiyalarning shakllari:

Mushoraka-
sherikchilik

sahrtnoma/ zamonaviy

korporatsiya turlari

Ta’rif talqini

1.

Sharika al-

musohama

Bu moliyaviy sherikchilik shakllaridan biri hisoblanadi. Barcha

hissadorlari aksiyalarning teng ulushlariga ega boʼlgan kompaniya
boʼlib, har bir hissadorning kompaniyadagi javobgarligi uning

kapitaldagi ulushi bilan chegaralangan boʼladi. Sharika al

-musohama

hissadorlik jamiyati hisoblanadi.

2.

Sharika at-tadamun

Bu ham moliyaviy sherikchilik turlaridan biri boʼlib, faqat oʼzida
xususiy sherikchilik shaklini aks ettiradi. Shuningdek, kompaniya oʼz

tovar belgisiga ega va maʼsuliyatni umumiy oʼzida aks ettiradigan

sherikchilik kompaniyasi hisoblanadi.

3.

Sharika at-tavsiya al-

basita

Bunda ikki yoki undan ortiq sheriklar boʼlib, boshqaruvchi va passiv
sheriklardan iborat boʼlib, xususiy sherikchilik shakllarini oʼzida aks

ettiradi.

4.

Sharika at-tavsiya

bil-

as’ham

Moliyaviy sherikchilik shakllarida

n biri boʼlib, maʼs

uliyati cheklangan

hissadorlik kompaniyasi hisoblanadi. Bunday kompaniyalarning

aksiyalari teng sondagi obunadan iborat boʼlib, bu boshqaruvchi va

passiv sheriklar ishtirokida amalga oshiriladi.

5.

Sharika al-

muhossa

Bu ham

xususiy kompaniyalarning koʼrinishini oʼzida aks ettirib, bu

nda

sheriklar shartnoma tuzilib, sherikchilik shakllangunga qadar har bir

sherikning moliyaviy tomondagi holati shuningdek ularning

majburiyatlari boʼyicha oʼzlarining shaxsiy mulklari bilan javob

berish

qobiliyatlarini koʼrib

chiqadilar va baholaydilar.

6.

Sharik

а al

-mutanoqis

Sherikchilik shakli boʼlib, mavjud sheriklardan biri oʼzining boshqa

sherigining sarmoyadagi ulushini oʼziga butkul oʼtishiga qadar, sekinlik
bilan sotib olishga vaʼda

beradi.

Islom moliyasida islomiy investitsiya instrumentlaridan

yana biri “mudoraba” (

kapital va

mehnat sherikchiligi

)dir. Mudorabaga ko’plab olimlar turlicha ta’rif berishgan. Xususan, M. Al

-

Jarhi va M.Iqbal “Ishonch asosida moliyalashtirishning monandi bo’lib, kapital egasi bo’lgan

bank o’z mablag’larini obro’, tajriba va imkoniyatga ega tadbirkor (mudorib)ga samarali

ishlatish uchun ishonib topshiradi. Bu holatda bank berilgan pullar evaziga garov talab qilish
huquqiga ega emas.

Investitsiya qilingan pullardan kelgan daromad

bank va tadbirkor o’rtasida shartnoma

imzolangan vaqtdagi bitimga muvofiq taqsimlanadi. Zararlar vujudga kelgan hollarda bank uni

o’z zimmasiga oladi, mudorib esa bunday holatda o’zining faoliyati va sa’y

-harakati uchun

mukofot ola olmaydi

deb mudorabaga

ta’rif bergan bo’lsa, R.Vohidov esa “Moliyaviy

ishtirokchi va tadbirkorning sherikchiligi hisoblanib, bank kapital beradigan tomon sifatida,

qarzdor esa-ushbu kapitalni boshqaruvchi tadbirkor sifatida ishtirok etadi. Loyihadan kelgan

foyda bank va ishonch

li boshqaruvchi bo’lgan tadbirkor o’rtasida kelishuv bo’yicha

taqsimlanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zarar xatari bank zimmasida bo’ladi” deya fikr
bildirgan. Demak, “mudoraba”

sherikchilikning

maxsus turi bo’lib,

unda bir sherik ikkinchi

tomon ishonchli boshqaruvchiga aytaylik tijoratga sarmoya kiritish maqsadida pul berib

sherikchilik qiladi.

Sarmoya kiritish “Rabbul mol” deb ataluvchi birinchi sherik tomonidan

amalga oshirilsa, ish yuritish “mudorib” deb nomlanu

vchi ikkinchi tomonning majburiyati

hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

40

2-

rasm. Mushoraka shartnomasining amalda qo’llanilish tuzilmasi

4-rasm ham Baydaulet, (2019) tomonidan shakllantirilib, mudoraba shartnomasini

amalga oshiradigan tomonlarning vazifa va majburiyatlari keltirilgan. Bunda eng avvalo, bank

va mijoz o’rtasida sherikchilik bitimini shakllantiradilar va bank moliyalashtirish vazifasini

bajaradi. Keyingi bosqichlarda esa mudorib bu yerda asosan loyihalarni tuzuvchi va amalga

oshiruvchi tomon sifatida faoliyat yuritadi. Biznes-loyihalarni amalga oshirish jarayonida foyda
va zarar yuzaga keladi.

4-

rasm. Mudoraba shartnomasining amalda qo’llanilish tuzilmasi

Mudorabada olingan foyda rabbul mol va mudorib o’rtasida

kelishilgan ulushlarda

taqsimlanadi, ammo zarar rabbul mol zimm

asida bo’ladi qachonki ushbu zararni mudorib

tomonidan nazorat qilib bo’lmaydigan tashqi ta’sir ostida sodir bo’lganligi aniqlansa. Ya’ni,
agarda mudoribni layoqatsizligi, mas’ulyatsizligi va i

shga yetarlicha yondashmaganligi

natijasida zarar kelib chiqadi

gan bo’lsa bu zararga mudorib javobgar hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

41

2-jadval

Tadbirkorlik faoliyatida hamkorlik turlari sifatida mudoraba va mushoraka

amaliyotlarining asosiy farqlari.

Mudoraba

Mushoraka

Kapitalni

ta’minlovchi

hamkorlik faoliyati

Faqat bir tomon yaʼni

rabbul mol

tomonidan sarmoya kiritiladi.

Barcha sheriklar tadbirkorlik faoliyati
uchun sarmoya kiritadilar.

Investitsiyalarni

boshqarish

Mudorabada

biznes

boshqaruvida

faqatgina m

udorib masʼul hisoblanadi.

Bunda tijorat faoliyatini olib borish uchun
hamkor barcha sheriklar ish faoliyatida

yaʼni biznes yuritish va boshqarishda

ishtirok yetishlari mumkin.

Yuzag

а kelgan

zararni taqsimlash

Mudorabada yuzaga kelgan zarar rabbul
molga tushadi, chunki mudorib sarmoya
kiritmagan hisoblanadi. Agar mudorib

oʼz

faoliyatini

yeʼtiborsizlik

va

maʼsuliyatsizlik asosida bajargan boʼlsa,

zarar uning zimmasiga yuklatilishi

mumkin.

Mushorakada esa zarar koʼrilsa, bu barcha

sheriklarning kiritgan sarmoyalariga mos

ravishda boʼlinadi

Hamkorlikdagi

tadbirkorlik

davrida qo’shi

mcha

qarz olish

Mudorib

tadbirkorlik

faoliyati

jarayonida sarmoya kirituvchi tomon

nomidan qoʼshimcha moliyalashtirishni
taʼminlay olmaydi. Sarmoya kiritish faqat

Rabbul mol tomonidan amalga oshirilib,

barcha mahsulot va sarmoya rabbul
molga tegishli hisoblanadi.

Mushorakada barcha tomonlar biznesni

boshqarish uchun masʼul boʼlganligi uchun,
tijoratda koʼproq sarmoya kiritishda hech

qanday cheklovlar yoʼq. Barcha sheriklar

tom

onidan kiritilgan sarmoyalar qoʼshib

yuboriladi. Shuningdek, zarur boʼlgan

kapital

ham

sheriklar

tomonidan

qoplanishi mumkin. Agar tomonlar koʼproq
kapital qoʼshsa,

ulush stavkalari qayta

koʼrib chiqilishi mumkin.

Hamkorlik davrida

sotib olingan

tovarlar

Mudorib tomonidan hamkorlikdagi
tijorat davrida tadbirkorlik faoliyati

uchun sotib olingan tovarlar sarmoya
kiritgan tomonga tegishlidir. Mudorib
yesa faqat savdo faoliyatini olib borib,

tijoratdagi foydadan oʼz ulushini davo

qilishi mumkin.

Hamkorlikdagi tadbirkorlik faoliyati uchun
sheriklar tomonidan kiritilgan sarmoyalar
birlashtiri

ladi va umumiy kapitalga yaʼni

mulkka aylanadi, sheriklarning barchasi

birgalikda egalik qilishadi. Sarmoya egalari
tadbirkorlik faoliyati davrida olingan

tovarlarga oʼzlari

kiritgan kapitalga

mutanosib ravishda huquqqa ega boʼladilar.

Shuning uchun, agar olingan tovar

qiymatida oʼsish boʼlsa, ular ham bu

oʼsishning ulushini olishlari m

umkin.

Sheriklarning

majburiyatlari

Mudorabada agar rabbul mol mudoribga
rabbul mol nomidan qarz olishga ruxsat

bermagan boʼlsa, rabbul molning

majburiyati u kiritgan sarmoyadan ortiq

boʼlmaydi.

Mushorakada tijorat faoliyatini olib
borayotgan sheriklarning majburiyatlari

cheklanmagan boʼladi.

Таrqalishi

Mudoraba amaliyoti kamroq afzal

koʼriladi, chunki uning tranzaksiya

xarajatlari (ishonch kabi masalalar
tufayli) yuqori.

Mu

sharaka amaliyoti koʼplab banklar

tomonidan mudorabadan koʼra koʼproq
afzal koʼriladi, chunki u tijorat faoliyatida
keng qoʼllanilishi va koʼrilishi mumkin

boʼlgan s

heriklik tuzilishiga ega.

Yuqoridagi 2-jadvalda mushoraka va mudorabaning bir-biridan farqli tomonlari muallif

tomonidan yoritib berilgan va bu shartnomalardan foydalanishdagi ma

lum ko

rsatmalar

berilganligini ko

rish mumkin.

Xulosa va takliflar.

Olib borgan tadqiqotimiz natijalariga ko

ʻ

ra xulosa yasaydigan bo

ʻ

lsak, O

ʻ

zbekistonda

investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning samarali usullarini milliy iqtisodiyot


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

42

xususiyatlarini inobatga olgan holda joriy etish, investitsion faoliyatda loyihaviy risklarni
imkon darajasida pasaytirish, investitsion risklarni samarali boshqarish, resurslar taqchilligi

sharoitida yirik investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni tashkil etishda islomiy

investitsiyalar asosida moliyalashtirishni tashkil etilishi moliyaviy xizmatlar sifatining oshishi,

xorijiy va ichki investitsiyalar oqimining oshishi, xususiy tarmoq vakillari salohiyatining o

ʻ

sishi,

aholi turmush darajasining yaxshilanishi hamda mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo

ʻ

shishi

nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot ishimizda islomiy investitsiya

shartnomalari mushoraka va mudorabaning nazariy asoslari, amaliyotda qo

llanilish

tamoyillari, va ularga doir masalalar, ular o

rtasidagi farqli jihatlarini tadqiq etdik.

O

zbekistonda ushbu shartnomalarni qo

llash masalasiga kelsak, islom moliyasi bo

yicha

qonunchilikni mavjud bo

lmaganli mazkur shartnomalardan foydalanishga imkon bermaydi.

Agarda islom bankchiligi yoki an

anaviy banklar qoshida islom darchalarini ochilishiga imkon

beradigan qonunchilik qabul qilinsa mazkur shartnomalar va islom moliyasining boshqa
shartnomalari asosida sarmoya kiritishga yoki islomiy moliyalashtirishdan foydalanishga

tayyor juda katta ichki va tashqi talab borligi olimlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va

O

zbekiston Respublikasi muassasalari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, so

rovnomalar

natijasida aniqlangan. Jumladan, 2020 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi
va O

ʻ

zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda O

ʻ

zbekistonda jismoniy va yuridik

shaxslar o

ʻ

rtasida o

ʻ

tkazilgan so

ʻ

rovnomada Islom bank-moliyasi mahsulotlariga talab yuqori

ekanligi aniqlangan. Xususan, jismoniy shaxslarning 55 foizi, yuridik shaxslarning 38 foizi diniy

qarashlari sabab an'anaviy kreditlardan foydalanmasliklarini ko

ʻ

rsatishgan bo

ʻ

lishsa, yuridik

shaxslarning 61 foizi va jismoniy shaxslarning 75 foizi agarda Islom bank-moliya muassasalari
O

ʻ

zbekistonda faoliyat boshlashsa, o

ʻ

z moliyaviy amaliyotlarini Islom moliya muassasalarida

olib borishlarini aytishgan.

Bundan tashqari

, “

Islom tamoyillariga asoslangan daromad keltiruvchi omonat yoki

sheriklik bitimlariga qancha mablag

ʻ

yo

ʻ

naltirgan bo

ʻ

lardingiz

?”

degan savolga 26,31 foiz

jismoniy shaxslar 1 mln.dan - 5 mln. so

ʻ

mgacha bo

ʻ

lgan, 23,69 foizi esa 20 mln.so

ʻ

mdan ko

ʻ

p

bo

ʻ

lgan (bo

ʻ

sh) mablag

ʻ

larini islom banklariga omonat sifatida qo

ʻ

yishga tayyor ekanliklarini

bildirishgan. Mazkur so

ʻ

rovnoma natijalaridan anglashimiz mumkinki, Islom bank-moliya

tizimining mamlakatimizda joriy qilinishi birinchi navbatda ichki investisiyalarni
rag

ʻ

batlantiradi, ya'ni bugungi kunda yashirin iqtisodiyotda aylanayotgan mablag

ʻ

larni rasmiy

bank tizimiga jalb qilish imkoniyatini beribgina qolmasdan, Islom moliyasi uchun zarur

infratuzilmani shakllantirish Islom moliyasi rivojlangan Arab dunyosi mamlakatlaridan hamda

Malaziya, Pokiston, Indoneziya, Turkiya va boshqa bir nechta mamlakatlardan Islomiy moliya
yo

ʻ

nalishi bo

ʻ

yicha xorijiy investitsiyalarning jadal sur'atlarda kirib kelishiga sabab bo

ʻ

lar edi.

Bundan tashqari, 2023 yilning 21-

22 iyun kunlari Toshkent shahrida “Fintex, banklar, riteyl”

PLAS

forumi boʻlib oʻtdi.

Undagi sessiyalardan biri Markaziy Osiyoda islom moliyasi va uning

istiqbollariga bagʻ

ishlandi.

Forumda soʻz olgan Apex bank boshqaruvi raisi Bahrom Noʻmonovning fikricha, islom

moliyasining tatbiq etilishi Oʻzbekistonga har yili 10 milliard dol

largacha investitsiya jalb

qilishi mumkin. Aholining 95 foizidan ortig’i musulmonlar e

kani hisobga olinsa, islomiy

moliyalashtirish mahsulotlariga talab yildan-yilga ortib boradi.

Yuqorida keltirilgan dalillar asosida aytishimiz mumkinki, islom moliyasiga

Oʻzbekistonda nafaqat biznes sektori balki aholi tomonidan ham katta talab mavjud boʻlib,

soʻngi yillarda hukumat tomonidan ham ushbu sohani rivojlantirishga katta qiziqish

bildirilmoqda. Shunday ekan, musulmon davlatlaridagi faoliyati islomiy moliyalashtirishga

asoslangan mavjud banklar, investisiya fondlari va kompaniyalar mabl

agʻlarini

Oʻzbekistonning ijtimoiy

-

iqtisodiy rivojlanishi va xususiy sektorni qoʻllab

-quvvatlash

maqsadida jalb etish ayni muddaodir. Buning uchun, albatta, milliy bank tizimiga yangicha

yondashuv bilan nazar solmoq lozim, ya'ni an'anaviy moliyalashtirish mexanizmlari bilan bir

qatorda sherikchilikka asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish lozim.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil yanvar

www.e-itt.uz

43


Adabiyotlar / Литература / Reference:

A

brorov S.Z., (2020), Oʻzbekistonda sukuk –

islomiy qimmatli qogʻozlarni joriy etish

istiqbollari. 08.00.07-Moliya, pul muomilasi va kredit PhD ilmiy darajasi dissertasiyasi /TDIU T;

Aripov A., (2019) Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirirsh guruhi
jamg`armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirl

ari to‘g‘risida O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori, 428-son. https://www.lex.uz/docs/-4351726.

Baydaulet, E.A., (2019), Islomiy moliya asoslari [Matn] / E.A. Baydaulet.

Toshkent:

«O‘zbekiston» NMIU, –

432 b.

Bekkin, R.I., (2019), Islom iqtisodiy modeli va zamon [Matn]

Toshkent: «O‘zbekiston» NMIU,

2019.

360 b.

Imamnazaro

v J.M, (2023), Islom moliya tizimi imkoniyatlaridan Oʻzbekiston iqtisodiyotida

foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirish 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi. PhD ilmiy
darajasi dissertasiyasi /TDIU T.

Irgasheva G.S., (2023), Oʻzbekiston

da islom moliyasini rivojlanishida Malayziya tajribasidan

foydalanish yoʻnalishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnal, 2023

-yil, may, 1-son,

137-145-sahifalar,

www.e-itt.uz

Muhammad Ayub (2007) Understanding Islamic Finance. John Wiley & Sons, Ltd, The

Artrium, Southern Gate, Chichester, West Sussex PO19 8 SQ, England, 24.

Saydirasulov L.A., (2023), Yangi O’zbekiston iqtisodiyotida islom moliya bozorining

imkoniyatlari, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnal, 2023-yil, sentabr , 5-son, 120-

124-sahifalar,

www.e-itt.uz

Tursunov A.S, (2021), Oʻzbekistan, Tijorat banklarida islomiy bank xizmatlarini

rivojlanti

rish yoʻnalishlari. 08.00.07

-Moliya, pul muomilasi va kredit PhD ilmiy darajasi

dissertasiyasi /TDIU T.

Usmani Muhammad Taqi, (2011), An Introduction to Islamic Finance. 169 pages;
Xasanov X, (2017), Ahloqiy (islomiy) moliyalashtirish tizimi

innovasion moliyalashtirish

vostiasi sifatida (Oʻzbekiston va MDH misolida). “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy

elektron jurnali. № 5 .;

Zayniddinov R.X. (2022), Oʻzbekistonda islom moliyasining rivojlanishi: toʻsiqlar va

tavsiyalar. 2/, mart-

aprel (№ 00058). “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and

Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali. DOI: 10.55439/EIT/vol10_iss2/a4. 27-41 b.

Муфтий Муҳаммад Тақий Усмоний (2023), “Ислом молиясига кириш”, A.С. Равшанов

ва Б.Б. Aбдурасулов таржимаси, 47

-

бет.

Библиографические ссылки

Abrorov S.Z., (2020), Oʻzbekistonda sukuk – islomiy qimmatli qogʻozlarni joriy etish istiqbollari. 08.00.07-Moliya, pul muomilasi va kredit PhD ilmiy darajasi dissertasiyasi /TDIU T;

Aripov A., (2019) Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirirsh guruhi jamg`armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori, 428-son. https://www.lex.uz/docs/-4351726.

Baydaulet, E.A., (2019), Islomiy moliya asoslari [Matn] / E.A. Baydaulet. – Toshkent: «O‘zbekiston» NMIU, – 432 b.

Bekkin, R.I., (2019), Islom iqtisodiy modeli va zamon [Matn]– Toshkent: «O‘zbekiston» NMIU, 2019. – 360 b.

Imamnazarov J.M, (2023), Islom moliya tizimi imkoniyatlaridan Oʻzbekiston iqtisodiyotida foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirish 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi. PhD ilmiy darajasi dissertasiyasi /TDIU T.

Irgasheva G.S., (2023), Oʻzbekistonda islom moliyasini rivojlanishida Malayziya tajribasidan foydalanish yoʻnalishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnal, 2023-yil, may, 1-son, 137-145-sahifalar, www.e-itt.uz

Muhammad Ayub (2007) Understanding Islamic Finance. John Wiley & Sons, Ltd, The Artrium, Southern Gate, Chichester, West Sussex PO19 8 SQ, England, 24.

Saydirasulov L.A., (2023), Yangi O’zbekiston iqtisodiyotida islom moliya bozorining imkoniyatlari, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil ilmiy elektron jurnal, 2023-yil, sentabr , 5-son, 120-124-sahifalar, www.e-itt.uz

Tursunov A.S, (2021), Oʻzbekistan, Tijorat banklarida islomiy bank xizmatlarini rivojlantirish yoʻnalishlari. 08.00.07-Moliya, pul muomilasi va kredit PhD ilmiy darajasi dissertasiyasi /TDIU T.

Usmani Muhammad Taqi, (2011), An Introduction to Islamic Finance. 169 pages;

Xasanov X, (2017), Ahloqiy (islomiy) moliyalashtirish tizimi – innovasion moliyalashtirish vostiasi sifatida (Oʻzbekiston va MDH misolida). “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5 .;

Zayniddinov R.X. (2022), Oʻzbekistonda islom moliyasining rivojlanishi: toʻsiqlar va tavsiyalar. 2/, mart-aprel (№ 00058). “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali. DOI: 10.55439/EIT/vol10_iss2/a4. 27-41 b.

Муфтий Муҳаммад Тақий Усмоний (2023), “Ислом молиясига кириш”, A.С. Равшанов ва Б.Б. Aбдурасулов таржимаси, 47-бет.