Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
99
TURISTIK HUDUDLAR SALOHIYATI RIVOJLANISHINI BAHOLASH:
NAZARIYA VA AMALIYOT
i.f.n., dots.
Gulyamova Gulnora Pataxkamalovna
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
ORCID:
0000-0002-0538-9508
Annotatsiya.
Maqolada turizmni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish va uni amalga
oshirishda hududlarning turistik salohiyatiga baho berish zaruriyatini taqozo etishi ta’kidlanib,
salohiyat, turizm salohiyati va iqtisodiy salohiyat tushunchalariga berilgan ta’r
iflar tahlil etilgan.
Hududlarning turistik salohiyatiga baho berishshda unga ikki tomonlama
–
ресурсга асосланган
ва жараён yondashуви zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif tomonidan miqdoriy baho berish
murakkab bo‘lgan hollarda resurs yondoshuviga asosl
angan holda ekspert baholari yordamida
baholash metodi taklif etilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm, turizmni rivojlantirish strategiyasi, turistik salohiyat, baholash
metodi.
ОЦЕНКА ТУРИСТИЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
к.э.н., доц.
Гулямова Гулнора Патахкамаловна
Международной исламской академии Узбекистана
Аннотaция.
В статье подчеркивается необходимость оценки туристического
потенциала регионов при формировании стратегии развития туризма и ее реализaции,
а также анализируются определения понятий потенциал, туристический потенциал и
экономический потенциал. При оценке туристского потенциала регионов показана
необходимость двустороннего подхода к нему –
ресурсного и процессного. В случаях, когда
количественная оценка затруднена, автором предложен метод оценки, основанный на
ресурсном подходе с использованием экспертных оценок.
Ключевый слова:
туризм, стратегия развития туризма, туристский потенциал,
метод оценки.
ASSESSMENT OF THE TOURIST POTENTIAL OF THE REGION: THEORY AND PRACTICE
PhD, as. prof.
Gulyamova Gulnora Patakhkamalovna
International Islamic Academy of Uzbekistan
Annotation.
The article emphasizes the need to assess the tourism potential of regions
when forming a tourism development strategy and its implementation, and also analyzes the
definitions of the concepts of potential, tourism potential and economic potential. When assessing
the tourism potential of the regions, the need for a two-sided approach to it is shown - resource
and process. In cases where quantitative assessment is difficult, the author proposes an assessment
method based on a resource approach using expert assessments
.
Key words:
tourism, tourism development strategy, tourist potential, evaluation method.
UO‘K: 338.48
II SON - FEVRAL, 2024
99-104
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
100
Kirish.
Hozirgi davrda turizm industriyasi O‘zbekiston iqtisodiyotida tobora muhim o‘rin egallab,
strategik ahamiyatga ega sohaga aylanib bormoqda. Bu bilan bog‘liq ravishda mamlakatda
pandemiyadan keyingi davrda turizmni tiklash, sohaga investitsiyalar jalb etish, yangi ish
o‘rinlari yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish, pirovardida, turizmni iqtisodiyotning lokomotiv
sohalaridan biriga aylantirish masalasi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan sanaladi.
2023 yilda ishlab tasdiqlangan “O‘zbekiston
-
2030” strategiyasida xorijiy turistlar sonini 15
millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar
sonini 3 million nafarga oshirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga 30 ta yirik turizm
klasterlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi
qo‘yilgan (“O‘zbekiston
-
2030” strategiyasi, 2023). Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda
mamla
kat turizm salohiyatini to‘g‘ri baholash va uni rivojlantirish muammolarini o‘rganish
dolzarb masala bo‘lib qoladi (Фармон, 2023).
Turizm salohiyati masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarni o‘rganish va ilmiy
tadqiqotlar natijalarini tahlil etish mamlakatning mavjud turizm salohiyatini baholash bilan
birga sohani rivojlantirish maqsadida uni rivojlantirish va yangi zahiralarni izlash zaruriyatini
ko‘rsatdi. Turizm salohiyatiga baho berish turizm majmuasi rivojlanish strate
giyasini ishlash,
hududiy turistik majmualarni tashkil etish uchun ham muhimdir.
Adаbiyоtlаr
sharhi.
Turistik hududlar salohiyatini baholash va rivojlantirish muammolari doimo
mutaxassislarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Yudina, Grigoryan (2019) kabi
mutaxassislar hududning turizm salohiyatiga ma’lum bir hududda turistik faoliyatni tashkil
etish uchu
n zarur bo‘lgan tabiiy, tarixiy va madaniy ob’ektlar va hodisalar, shuningdek, ijtimoiy
-
iqtisodiy va texnologik shart-
sharoitlar majmuidan iborat deb ta’rif bergan. Sicheva (2011),
Tachkovalarning (2018) ishlarida turizm salohiyati uni rivojlantirish uchun zarur resurslar va
ularni qo‘llash imkoniyatlari, ya’ni erishilgan va mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni o‘z ichiga olishi
ta’kidlanadi.
Polyakova, Ivanova, Skrobotovalarning (2016
) fikriga ko‘ra salohiyatni baholashning
mavjud usullari ko‘pincha sub’ektiv, turistik va rekreatsion salohiyatni yetarlicha har
tomonlama baholashga imkon bermaydigan cheklangan omillar to‘plamini o'z ichiga oladi. Shu
sababli ham obyektni baholashda "tabiiy sharoit va resurslar", "madaniy va tarixiy resurslar",
"turizm infratuzilmasi bilan ta’minlash", "turizmni axborot bilan t’'minlash", "cheklovchi
omillar" bloklari bo‘yicha baholash parametrlarini aniqlab, eks
pert baholarini berish va ularni
umumiy bahoga keltirish taklif etilgan.
Usmanova, Zokirovalarning (2021) fikriga ko‘ra, mintaqaning turistik salohiyatini
baholashni bitta usul yordamida amalga oshirish mumkin emas, chunki har bir mintaqaning
boshqa hech bir yo‘nalishda uchramaydigan salohiyati va o‘ziga xos xususiyati bor, shu
sababli
ham har bir mintaqa uchun sub’ektiv o‘lchov bo‘lishi kerak.
Pechinskaya (2023) tomonidan mintaqaning salohiyatini baholashning mavjud
yondashuvlari tahlil qilinib, turizm va innovasion faoliyatning asosiy jihatlari va
munosabatlarini hisobga oladigan, resurs bazasini aniqlaydigan mintaqaning innovasion va
turizm salohiyati strukturasini shakllantirishning konseptual modeli taklif etilgan.
Bogdanovning (2005) turizm salohiyatining hajmi va samaradorligini baholash
metodologiyasi turistik salohiyat resurslarining umumiy hajmi, turistik salohiyat darajasi,
turizm salohiyatining amalga oshirilishi ko‘rsatkichi kabi ko‘rsatkichlarni qamrab oladi
.
Q.Xomidovning fikriga ko‘ra, hududning salohiyati jamiyat kishilarining ko‘plab
ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish bilan muayyan iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning ideal
sharoitida hudud resurslaridan foydalanish samaradorligining ifodalaydi. Hududning
rekreatsion salohiyati
–
bu ma’lum bir hududda dam olish faoliyatini tashkil etish uchun tabiiy,
madaniy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlar to‘plamidan iborat. (Allayorov,
2022)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
101
Turizm salohiyatini baholashda turizmning alohida turlari (tarixiy-madaniy turizm, ziyorat
turizmi, agro-
ekoturizm, etnografik turizm, tog‘
-ekstremal turizmi, rekreatsion turizm)
bo‘yicha hududiy turistik resurslar salohiyati integral ko‘rsatkichlari qiymatlari sifatida ko‘radi.
(Allayorov, 2022).
Shuni ta’kidlash lozimki, hududlarning turizm salohiyatiga baho berish bo‘yicha mavjud
metodikalarning deyarli barchasi resurlar omiliga tayanadi hamda turistlarni jalb qila oladigan
tabiiy, madaniy, tarixiy, iqtisodiy va boshqa resurslarning yig‘indisinig
a baho berishga
asoslanadi.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Tadqiqotning nazariy asosini turizm va rekresiya, sayyohlik hududlari va mintaqalari,
turizm resurslari, turistik mintaqa salohiyati, turistik mintaqa va destinasiyalar salohiyatini
baholash uslublari masalalarini o‘rgangan mahalliy va xorijiy mualliflarni
ng ilmiy ishlari tashkil
etadi. Tadqiqot davomida monografik tadqiqot, statistik va tizimli tahlil usullaridan
foydalanilgan.
Tadqiqotning axborot va empirik bazasini O‘zbekiston Respublikasining turizmni
rivojlantirish va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bo‘yicha me’yoriy
-huquqiy
xujjatlari, Jahon turizm tashkiloti (UNWTO), Jahon turizm va sayohat kengashi (WTTC),
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Statistika agentligi, turistik bozor ishtirokchilarining internet saytlari tashkil etgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hududning turizm salohiyatini baholash metodlarini takomillashtirish bir qancha
tushuncha va kategoriyalar mohiyatini anglab olishni talab etadi. Mintaqa turistik salohiyatini
tasniflashda iqtisodiy salohiyat tushunchasidan kelib chiqqan holatda, jarayon va resurs
yondashuvlariga asoslanilgan holda ta’rif berish mumkin. Bu ma’noda salohiyat tushunchasiga
ta’rif berishda uning ikki tomonini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- salohiyat
–
bu bir holatdan ikkinchi, mukammal holatga o‘tish imkoniyati, o‘zgarish
faoliyatidir;
-
salohiyatni sifat o‘zgarishlar uchun zarur resurslar majmui sifatida tushunish mumkin.
Salohiyat atamasining iqtisodiy tizimlarga nisbatan iqtisodiy kategoriya sifatida
ishlatilishi iqtisodiy salohiyat tushunchasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Birinchi marta
iqtisodiy salohiyat tushunchasi XX asrning 70-80-yillarida ishlatila boshlandi.
Iqtisodiy salohiyat tushunchasiga bir qator iqtisodchilar resurs nuqtai nazaridan ta’rif
berib -
iqtisodiy salohiyat tovar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘luvchi ishlab
chiqarish omillari majmui deb ta’kidlaganlar. Bunday nuqtayi nazarni Ray
zberg (2012),
Samoukin (2011), Crafts (2017), Gxauri (2018) va boshqalar qo‘llab
-quvvatlaydilar.
O‘zbekistonlik iqtisodchilar tomonidan ham iqtisodiy salohiyat tarkibini ta’riflashda
ikkita metodologik yondashuv taklif etiladi. Birinchidan bunda milliy iqtisodiyot ega bo‘lgan
resurslarni baholash nazarda tutilsa, ikkinchidan xo‘jalik oborotiga jalb et
ilayotgan barcha
resurslarni qo‘llash jarayonida ehtimol tutilgan iqtisodiy natijani aniqlash anglanadi
(Usmanova, Zokirova, 2021). Shuningdek, iqtisodiy salohiyatning mazmunini ochib berishda
ushbu masala «iqtisodiy salohiyat» tushunchasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy resurs,
imkoniyat, zahira, sharoit, vosita kabi tushunchalarning nisbatini aniqlash orqali amalga
oshirilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlanadi (
Yusupov, 2020).
Turizm salohiyati, destinatsiyaning turistik salohiyati, hududning turistik salohiyati
tushunchalariga ta’rif berishda jarayon nuqtai nazaridan yondashuv ularning
mamlakat,
mintaqa va destinatsiyaning turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘satish
imkoniyatini belgilashini ta’kidlash kerak. Resurs nuqtai nazaridan qaralganda, hududning
turistik salohiyati turistlarni jalb qila oladigan tabiiy, madaniy, tarixiy, iqtisodiy va boshqa
resurslarning yig‘indisini ifodalaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
102
Hududlarning ma’lum turistik salohiyatga ega bo‘lishi bu hududda turizmni
rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak, shu bilan birga ushbu salohiyatdan
samarali foydalanish uchun ma’lum chora
-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Xududning
turistik salohiyatini baholash turizmni rivojlantirishni boshqarishning samarali
mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, turizm faoliyatining iqtisodiy natijalari, ijtimoiy
hayot va ekologiyaga ta’sirini o‘rganish uchun imkon yaratadi.
Hududning turizm salohiyatini baholash turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab
chiqish, sarmoyalarni jalb etish va turizm sohasini barqaror rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratishda muhim ahamiyatga ega. Polyakovaning (2016) ta’kidlashicha, "t
urizm
salohiyatini har tomonlama baholash iqtisodiy usullardan foydalangan holda amalga oshirilishi
kerak”. Muallifning fikriga ko‘ra, salohiyatning miqdoriy ifodasi ma’lum bir hududda atrof
-
muhitga, aholiga, madaniy va tarixiy obidalarga, dam olish sifatiga, shuningdek, mamlakat
iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga zarar yetkazmasdan joylashtirilgan
turistlarning soni bo‘lishi mumkin (Polyakova, Ivanova, Skrobotova, 2016).
Bizning fikrimizcha, hududning turistik salohiyatini baholash murakkab jarayon bo‘lib,
u hududning turistlar uchun jozibadorligiga ta’sir qiluvchi turli jihatlarni tahlil qilishni o‘z
ichiga oladi. Jumladan, mintaqaning turizm salohiyatini baholashda quyid
agilarga e’tibor
berish zarur:
-
mintaqaning tabiiy sharoiti va resurslari; bu ko‘rsatkichlarga baho berganda
quyidagilar hisobga olinishi zarur - landshaftlarning xilma-
xilligi, hayvonlar va o‘simliklar
dunyosi, mineral suvlar bilan davolash manbalarining mavjudligi, g‘orlar, noyob yovvo
yi meva
va rezavorlar, daryolar va irmoqlari, qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, botanika bog‘lari, hayvonot
bog‘lari, tabiat yodgorliklari, qo‘riqlanadigan hududlarda rekreatsiya tadbirlarini tashkil etish
darajasi;
-
madaniy va tarixiy resurslarni baholash ko‘rsatkichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
shaharsozlik va arxitektura yodgorliklari, tarix, arxeologiya, san’at, mintaqadagi taniqli
shaxslar hayoti bilan bog‘liq madaniy meros ob’ektlari, an’anaviy madaniyat ob’ektlari, amaliy
markazlarning mavjudligi;
-
turistik infratuzilma bilan ta’minlanganlikni baholashda 3
-5 yulduzli mehmonxonalar
yetarliligi, toifasiz turar joy, umumiy ovqatlanish korxonalarining yetarliligi, sport
inshootlarining mavjudligi, ko‘ngilochar ob’ektlar, davolash
-
sog‘lomlashtirish maskan
lari,
savdo markazlari, aeroportlarning mavjudligi, vokzallar, avtovokzallar mavjudligi, transport
turlarining xilma-xilligi, sayyohlik markazlarining xalqaro aeroport, vokzal, avtovokzalga
yaqinligi, turizm bozori ishtirokchilarining xorijiy tillarni bili
shi va boshqa ko‘plab
ko‘rsatkichlar hisobga olinishi kerak;
-
turizmning axborot ta’minoti va xavfsizligi bo‘yicha baholashda uyali aloqa
operatorlari tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifati, mobil Internet mavjudligi, bepul
Wi-Fi ulanish nuqtalarining mavjudligi, sayyohlik kompaniyalari uchun ishlab chiqilgan veb-
saytlar mavjudligini, shu jumladan turizm uchun moslashtirilgan veb-saytlarning mavjudligi
mobil qurilmalar, plastik kartochkalar bilan to‘lovlar mavjudligi, elektron qo‘llanmalar
mavjudligi va ularning keng foydalanuvchilar doirasi uchun ochiqligi, turistik axborot
markazlarining mavjudligi, turistik belgilar mavjudligi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi;
-
mintaqada turistlar xavfsizligi va salomatligiga tahdid qiluvchi omillar, bularga suzish
uchun yaroqli suv havzalaridagi suv sifati, ichimlik suv sifati, havo sifati, xavfli tabiat hodisalari
ehtimoli, xavfli va zaharli hasharotlar va hayvonlarning, shu jumladan xavfli kasalliklar
tashuvchilarning, zaharli o‘simliklarning mavjudligi.
Albatta bu omillarni hisobga olgan holda mintaqa va destinatsiyalarning turistik
salohiyatiga baho berish yaxshi natija beradi. Shu bilan birga, turizm sohasida ba’zi
ma’lumotlarni baholashda aniq raqamli ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lmaganligi sababli, b
u
usulni turizmning resurs salohiyatiga baho berishda qo‘llash jarayonida ekspert baholash
usullaridan ham foydalanishni taqozo etadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
103
Hududning turistik salohiyatiga baho berishda ekspert baholaridan foydalanish
masalalari Allayorov (2022), Mamraeva, Tashenovalarning (2020) tadqiqotlarida tahlil etilgan
bo‘lib, ularning fikricha bunday baholash raqam bilan ifodalash imkoniyati cheklangan sifat
ko‘rsatkichlarini hisobga olishga imkon beradi.
Tahlil etilgan baholash uslubida mintaqaning turistik salohiyatiga baho berishda unga
ta’sir etuvchi omillarga ekspertlar tomonidan birdan beshgacha ballar beriladi. Bu ballar
asosida har bir mintaqaning erishgan salohiyatiga baho beriladi, mintaqa turizm salohiyati
darajasini umumiy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
- har bir mezonga muayyan ball qiymatini belgilash asosida aniqlangan muayyan
mezonni baholash.
-
olingan ballarning umumiy sonini baholash mezonlari bo‘yicha eng yuqori ball soniga
nisbati sifatida hisoblangan turizm salohiyatini baholash.
Mintaqaning turistik salohiyati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
𝑇
𝑏
= ∑ =
𝑛
𝑛=1
𝐴
1
+ 𝐴
2
+ ⋯ + 𝐴
𝑛
𝑛 ∗ 5
Bu yerda:
T
b
-
turizm salohiyati bahosi
A
i….n
-
mezon bo‘yicha olingan ballar
N
–
baholangan mezonlar miqdori.
Ushbu metod yordamida turizm salohiyatini baholash juda keng qo‘llanilishiga qaramay,
uning mukammal emasligini ta’kidlash kerak. Jumladan, ba’zi ijtimoiy va institutsional jihatlar
bu metodda hisobga olinmaydi. Bunga bog‘liq holda ba’zi mualliflar turistik salohiyat
elementlariga ta’rif berishda uni bir necha qismlarga ajratishadi. Jumladan, turizm salohiyatini
ikki guruh
–
ichki salohiyat va tashqi salohiyatga ajratishadi (Lisenko, 2019). Ichki salohiyat
mintaqaning resurs salohiyati (tarixiy-madaniy, rekreatsiya-tabiiy, ekologik); iqtisodiy
salohiyat (turizm xizmatlari ko‘rsatishning maksimal mumkin bo‘lgan hajmi); ma’muriy, yoki
t
ashkiliy salohiyat (turizm rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosati)dan iborat.
Tashqi salohiyat innovatsiya salohiyati, axborot salohiyati, demografik salohiyat,
ijtimoiy salohiyat kabi elementlarini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, turizm salohiyati
mintaqaviy turizmni rivojlantirish uchun ham resurs, ham zaxiradir, degan xulosaga kelish
mumkin. Bundan tashqari, mintaqaning turistik salohiyatini baholashni bitta usul yordamida
amalga oshirish mumkin emas, chunki har bir mintaqaning boshqa hech bir yo‘nalishda
uchramaydigan salohiyati va o‘ziga xos xususiyati bor, shu sababli ham har
bir mintaqa uchun
alohida ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur.
Xulosa va takliflar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda pandemiyadan keyingi davrda turizmni
tiklash, sohaga
investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish va
pirovardida turizmni iqtisodiyotning lokomotiv tarmoqlaridan biriga aylantirish dolzarb
vazifalardandir. O‘zbekiston turizmning turli turlarini ri
vojlantirish uchun yuqori salohiyatga
ega. Shu bilan birga mamlakatning turli mintaqalarida turizmni rivojlantirish dasturlarini
ishlashda ularning mavjud turistik salohiyatiga baho berish maqsadga muvofiq. Bu borada
amalga oshirilgan tadqiqotlarni o‘rganish va umumlashtirish asosida turizm salog‘iyatiga baho
berish uslubi taklif qilingan bo‘lsada, ushbu uslubdan foydalanganda har bir hudud va
mintaqaning o‘ziga xos turistik resurslari, mintaqada turizm sektorining rivojlanish darajasi
hamda yo‘nalishini hisobga olgan holda har bir mintaqa uchun alohida ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
104
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Crafts N., (2017)
Is Slow Yeconomic Growth the ‘New Normal’ for Yeurope? // Atlantic
Yeconomic Journal. - 2017. Vol. 45. - No. 3. - P. 283-297.
Economic Impact 2022: Global trends. (2023) World Travel&Tourism Council. R. 5-7.
Ghauri P.N., (2018) Multinational Enterprises and Sustainable Development in Emerging
Markets // J.-S. Berge yet al. (Eds.).Global Phenomena and Social Sciences. - Cham: Springer,
2018.- P. 21
–
36.
Usmanova A.B., Zokirova M.I., (2021). Tourist potential of the Bukhara region. researchjet
journal of analysis and inventions, 2(04), 243
–
246. retrieved from https: // reserchjet.
academiascience. org/index.php /rjai /article /view/93
Аллаёров Р.А., (2022) Туристик ҳудуд ресурс салоҳиятини баҳолашнинг методик
асосларини такомиллаштириш "iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali
№3(5). 38
-50-
б.
Богданов Е.И. (2005) Планирование на предприятии туризма.
-
СПб.: Бизнес
-
пресса,
-
288 с.
)
Лысенко Н.Н., (2019) Совершенствование оценки потенциала туристского
комплекса (на примере Сахалинской области)./авт. дисс. на соиск. ученой степени к.э.н.
Хабаровск
- 2019. -
С.17
-18.
Мамраева Д.Г., Ташенова Л.В.
(2020)
Методический инструментарий оценки
туристскорекреatsiонного потенциала региона // Экономика региона. —
2020. -
Т. 16, вып.
1. -
С. 127
-140
Печинская
,
Я.В
., (2023)
Обоснование системы показателей инноватсионно
-
туристического потенциала региона
//
Мир спорта №1 (90) –
2023.
–
117-121-
б.
Полякова И.Е., Иванова Р. М., Скроботова О.В.
, (2016)
Методика оценки туристского
потенциала региона. На примере Липецкой области // Успехи современной науки.
- 2016. -
№ 8.
-
С. 41
-44.
Райзберг Б.А.
(2012)
Современный экономический словарь / Б.А. Райзберг, Л.Ш.
Лозовский, Е.Б. Стародубцева.
-
М.:ИНФРА
-
М, 2012.
-
512 с.;
Самоукин А.И.
, (2011)
Потенциал нематериального производства.
-
М.: Знание,
- 148
с.;
Сычева Н.В.
, (2011)
Туристский ресурс как фактор экономического развития региона
//Вестник Оренбургского государственного университета. –
2011.
–
№. 8 (127). –
С. 136
-
143.
Тачкова И.А., Хохлова А.В.
, (2018)
Резервы развития туристического потенциала
региона в современных экономических условиях //Экономика. Социология. Право. –
2018.
–
№. 2 (10). –
С. 48
-53
Фармон
(2023) «Ўзбекистон
-
2030» стратегияси
.
Ўзбекистон Республикаси
Президентининг 2023 йил 11 сентябрдаги ПФ
-158-
сон
Фармони.
Юдина Т.А., Григорян Ц.А.
(2019)
Туристический потенциал региона: оценка и
эффективное управление //Теоретическая экономика. –
2019.
–
№. 1 (49). –
С. 78
-83.
Юсупов Б.А., (2020) Ўзбекистонда кичик бизнес иқтисодий салоҳиятидан
фойдаланиш механизмларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича
фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. –Т.: –
2020. 13-
б.
