Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
174
INNOVATSION SOHADA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MUNOSABATLARINING
O‘
RNI VA UNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI
PhD
Maxmudov Sherali Xusanovich
Guliston davlat universiteti
ORCID: 0009-0003-8754-2987
Sherxanov Iftixor Abdulrazzoqovich
Guliston davlat universiteti
ORCID: 0009-0008-7949-4184
Annotatsiya.
Maqolada innovatsion sektorda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) masalalari
va cheklangan resurslar sharoitida uni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. DXSh
sohasida milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muammola
r
ko‘rsatilgan va davlat
-
xususiy sheriklikdan foydalanishga asoslangan O‘zbekiston
iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishini takomillashtirish mexanizmi taklif etilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, innovatsion salohiyat, davlat-xususiy
sheriklik; biznes; hukumat; innovatsiya sohasi; texnologiya, kontsessiya, shartnoma, loyiha.
РОЛЬ ГОСУДАРСТВЕННО
-
ЧАСТНОГО ПАРТНЕРСТВА В ИННОВАЦИОННОМ
СЕКТОРЕ И МЕХАНИЗМ ЕГО РЕАЛИЗАЦИИ
PhD
Махмудов Шерали Хусанович
Гулистанский государственный университет
Шерханов Ифтихар Абдулразакович
Гулистанский государственный университет
Аннотация.
В статье рассматриваются вопросы государственно
-
частного
партнерства в инновационном секторе (ГЧП) и основные направления его развития в
условиях ограниченности ресурсов. Показаны проблемы, препятствующие развитию
инноваций национальной экономики в сфере ГЧП, и предложен механизм улучшения
развития инноваций экономики Узбекистана, основанный на использовании
государственно
-
частного партнерства.
Ключевые слова:
модернизация экономики, инновационный потенциал,
государственно
-
частное партнерство; бизнес; государство; инновационный сектор;
технология, концессия, контракт, проект.
UO‘K: 334.723:337
II SON - FEVRAL, 2024
174-181
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
175
THE ROLE OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP IN THE INNOVATION SECTOR
AND THE MECHANISM OF ITS IMPLEMENTATION
PhD
Makhmudov Sherali Husanovich
Gulistan State University
Sherkhanov Iftikhar Abdurazakovich
Gulistan State University
Annotation.
The article discusses the issues of public-private partnership in the innovation
sector (PPP) and the main directions of its development in conditions of limited resources. The
problems hindering the development of innovations of the national economy in the field of PPP are
shown, and a mechanism for improving the development of innovations in the economy of
Uzbekistan based on the use of public-private partnership is proposed.
Keywords:
economic modernization, innovation potential, public-private partnership;
business; government; innovation sector; technology, concession, contract, project.
Kirish.
Bugungi kunda innovatsion faoliyat masalasi zamonaviy korxona faoliyati
doirasidadolzarb masalaga aylanmoqda, chunonchi ekotizim biznesni sifat jihatdan
takomillashtirishni ko‘zda tutuvchi innovatsion taraqqiyot ta’siri ostida bevosita o‘zgarib
bormoqda. Shu bilan bir qatorda, davlat, xususiy va davlat-
xususiy qo‘llab
-quvvatlash asosida
innovatsion tashabbuslarni qo‘llab
-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va
uni amalda qo‘llash orqali ijtimoiy
-iqtisodiy taraqqiyotni tiklash mumkin.
Bugungi kunda faoliyatning turli sohalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmi milliy
iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va mamlakatda innovatsion faollik darajasini oshirish
strategiyasini amalga oshirish borasida jozibadorlik kasb etadi.
Ushbu vazifalarni to‘laqonli
bajarish borasida hukumat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash tendentsiyasi
kuzatiladi.
O’zaro hamkorlikning mazkur shakli o‘zaro manfaatli hisoblanadi, chunki u davlat
mablag‘lari aylanmasi samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotdagi investitsiyalar va
innovatsiyalar ulushini kengaytirishga, ustuvor tarmoqlarning rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladigan bir qator muammolarni hal qilish orqali byudjet xarajatlarini kamaytirishga va
daromadlarini oshirishga yordam beradi. Darhaqiqat, davlat-xususiy sheriklik orqali
innovatsiyalarni rag‘batlantirish muvaffaqiyatli boshqaruv va umuman jamiyat farovonl
igining
kalitidir.
Adabiyotlar sharhi.
Hozirgi vaqtda
O‘
zbekistonda va xorijda davlat-xususiy sheriklikning umumiy qabul
qilingan ta’rifi mavjud emas. Bu umumiy maqsadlarga erishish borasida davlat va xususiy
sektor
o‘
rtasidagi hamkorlikning keng k
o‘
lamli ekanligi bilan izohlanadi.
O‘
zbekistonda birinchi
DXSH modellari 2017 yildan keyin amalda q
o‘
llanila boshlandi. Shu sababli ham DXSH
masalalariga ba
g‘
ishlangan tadqiqotlar soni nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.
Mahalliy mutaxassislardan G. Ismoilova davlat-xususiy sheriklikni innovatsion faoliyatni
davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi sifatida e’tirof etadi, uning fikricha,
davlat-xususiy sheriklik innovatsion ekotizim tashkil etuvchisi hisoblanadi (Ismoilova, 2022).
Belorussiyalik mutaxassis S.A. Kasperovich davlat-
xususiy sheriklikni ta’lim xizmatlari
bozori samaradorligini oshirishning muhim vositasi va moliyalashtirish manbai sifatida e’tirof
qiladi, u ta’lim sohasida davlat
-
xususiy sheriklikni ta’lim klasterlari,
texnoparklar tashkil qilish
orqali y
o‘
lga q
o‘yishga alohida e’tibor qaratadi (Kasperovich, 2020).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
176
Mahalliy tadqiqotchilardan yana biri, Mamayusupova (2021) davlat-xususiy sheriklikni
milliy iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi, muhim strategik loyihalarni
moliyalashtirish manbai sifatida baholaydi.
Shuningdek, Kamilova (2020) davlat-xususiy sheriklikni innovatsion iqtisodiyotni
shakllantirishning ra
g‘batlantiruvchisi ekanligini ta’kidlaydi, uning fikricha, davlat
-xususiy
sheriklik xususiy investitsiyalar oqimining kengayishiga, davlat zimmasiga yuklatilgan
vazifalarning xususiy sektorga
o‘
tkazilishi orqali budjet xarajatlarini maqbullashtirishga xizmat
qiladi.
Adabiyotlar tahlili davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini y
o‘
lga q
o‘
yish
O‘
zbekistonda
endi rivojlanayotganligini va bu borada ilmiy izlanishlarni yanada chuqurlashtirishni talab
qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Davlat-xususiy sheriklik
O‘
zbekiston uchun nisbatan yangi soha b
o‘
lganligi bois, bu
borada t
o‘
plangan xorijiy tajribalarni umumlashtirish, tahlil qilish va xulosalash orqali
O‘
zbekistonda innovatsiyalar ekotizimini takomillashtirish borasida umumiy xulosa va takliflar
ishlab chiqildi. Bunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni tartibga solish, davlat-xususiy
sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar borasidagi qonunchilik hujjatlari
o‘
rganildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
“O’zbekiston
-
2023” strategiyasida keyingi etti yil mobaynida DXSh asosida 30 mlrd. AQSh
dollari miqdorida mablag‘lar jalb qilish va o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan
(Qonun, 2019).
Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotning turli sohalarida keng ko‘lamli modernizatsiya
loyihalarini amalga oshirish uchun innovatsion salohiyatni ro‘yobga chiqarish va
rag‘batlantirish mexanizmi sifatida davlat
-
xususiy sherikchilik munosabatlarining o‘rni tobor
a
ortib bormoqda. Ilmiy- texnik va innovatsion sohalarida davlat-xususiy sherikchiligi-bu turli
sohalarda va ilmiy tadqiqotlarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar va dasturlarni amalga
oshirish uchun davlat va biznes o‘rtasida belgilangan yoki noma’lum muddatga qonuniy
rav
ishda rasmiylashtirilgan teng shartnomaviy munosabatlardir. O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat
-
xususiy sheriklik to‘g‘risida” Qonuniga ko‘ra “
davlat-xususiy sheriklik
—
davlat sherigi
va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy
sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan
hamkorligi”ni anglatadi. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, quyidagilar davlat
-xususiy
sheriklik borasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalis
hlari hisoblanadi
(
Qonun
,
2019):
–
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va O‘zbekiston Respublikasining barqaror
rivojlanishini ta’minlash;
–
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va
amalga oshirish;
–
mavjud ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga, tiklashga, undan foydalanishga, uni
saqlashga ko‘maklashish;
–
ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
–
davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ulardan erkin foydalanishni kengaytirish;
–
xususiy sektorning moliyaviy mablag‘larini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb
etishni ta’minlaydigan shart
-sharoitlar yaratish;
–
davlat-xususiy sheriklikning institutsional-huquqiy asoslarini rivojlantirish va
takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash, zamonaviy
uslublar va texnologiyalarni joriy etish (O‘zR Qonuni, 2019).
Innovatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik mamlakatda innovatsion iqtisodiyotni
barpo etishga qaratilgan tashkiliy-
huquqiy munosabatlar, davlat va xususiy biznesning o‘zaro
xatti-
harakatlari majmui sifatida ta’riflanishi mumkin. Shu sababli, davlat
-xususiy sheriklik
doirasida davlatning vazifasi “o‘yin qoidalari” va barcha ishtirokchilar uchun qulay shart
-
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
177
sharoitlarni yaratish, tegishli kadrlar tayyorlash, ishlab chiqilgan texnologiyalar bo‘yicha zarur
ma’lumotlar bazasini, shuningdek ularning tijorat korxonalariga kirish imkoniyatini taqdim
etishdan iborat bo‘lsa, fanning vazifasi yangi g‘oya va ishlanmala
r taqdim etish; biznesning roli
esa ilmiy g‘oyalarni moliyalashtirish va moddiylashtirishda namoyon bo‘ladi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi
—
iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal
etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy
etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui hisoblanadi. Innovatsion sohada DXSh
loyihalariga investitsiya kiritish shartlari va vositalari sirasiga quyidagilar kiradi:
-
loyihani amalga oshirish uchun etarli moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
- loyihani amalga oshirish uchun zarur innovatsion infratuzilmaning mavjudligi, shu
jumladan DXSh loyihasini tuzuvchi ixtisoslashgan kompaniyani yaratish;
- tan olingan xalqaro usullar va moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda texnik-
iqtisodiy asos va biznes-rejaning mavjudligi;
- uzoq muddatli davlat moliyaviy kafolatlarining mavjudligi;
- loyiha va moliyaviy kontseptsiyaga muvofiq loyihaning yakuniy tayyorligi;
- loyihani amalga oshirish uchun barcha huquqiy shartlarning mavjudligi, shu jumladan
shartnoma, litsenziya va boshqalar;
-
loyihani mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash;
-
loyihaning barcha ishtirokchilari o‘rtasida loyiha xatarlarini adolatli taqsimlash.
Davlat-xususiy sheriklikning mazmuni va samaradorligi ham davlat siyosatining
mohiyatiga bog‘liq. Davlat siyosati DXShni amalga oshirishning vektori va intensivligini
belgilaydi. Buning ortidan davlat va xususiy korxonalarni boshqarish o‘rtasidagi huquqiy,
iqtisodiy, texnologik va boshqa turdagi o‘zaro munosabatlarning turli shakllarida davlat
siyosati amalga oshiriladi. Davlat va biznes o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shakllari juda
xilma-xildir, shuning uchun DXShning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi orqali manfaatlarni
birlashtirishning ko‘plab usullari mavjud. Davlat va xususiy kapital o‘rtasidagi sheriklik
makroiqtisodiy tartibga solish, korporativ boshqaruv, monopoliyaga qarshi qonunchilik,
mehnat bozori va moliya-kredit tizimi kabi sohalarda tegishli siyosatni talab qiladigan
innovatsiyalar uchun sharoitlarni yaxshilashga yordam berishi kerak.
Moliya sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilishda xususiy sektorni jalb
qilishning muhim usullari quyidagilardan iborat: innovatsiyalar uchun soliq imtiyozlarining
muvozanatli choralarini ishlab chiqish va qabul qilish; ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni davlat
tomonidan birgalikda moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish; yuqori texnologiyali
mahsulotlar eksportini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish;
puxta o‘ylangan
investitsiya maqsadlari va aniq belgilangan vazifalar asosida moliyalashtirishning avvaldan
mavjud manbalaridan foydalanish yoki yangi manabalar izlab topish; xorijiy aktivlarni sotib
olish.
Mamlakat iqtisodiyotining so‘nggi bir necha o‘n yillar davomida xomashyoga
yo‘naltirilgan holda rivojlantirilishi texnologik qoloqlik va o‘z navbatida to‘liq tsiklli yuqori
texnologik ishlab chiqarishlarning deyarli barbod bo‘lishiga olib keldi, buning natijasi o‘laroq,
iqtisodiyotning innovatsion tashkil etuvchilari tanazzulga yuz tutdi. Ma’lumki, hozirgi
bosqichda rivojlangan mamlakatlarda YaIM o‘sishining 80% gacha bo‘lgan qismi innovatsion
sektor hisobiga ta’minlanadi.
Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ilmiy
-texnik innovatsiyalar sohasidagi DXShsiz
zamonaviy milliy innovatsion tizimning normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi mumkin
emas.
Biznes, davlat tadqiqot tashkilotlari va davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi interaktiv
hamkorlik asosida shakllangan muayyan dastur doirasida sheriklik munosabatlarini
rasmiylashtirish eng oqilona yo‘ldir. Hamkor
loyihani boshqarishning tashkiliy shakllari uning
yo‘nalishi bilan belgilanadi (markazlashtirilmagan tarmoq boshqaruvi, maxsus yaratilgan
konsortsiumlar va tadqiqot markazlari).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
178
1-jadval
Innovatsion sohada DXShni amalga oshirishning xorij tajribasi
Mam
-
lakat
Qo‘llab
-
quvvatlash
shakli
Moliyaviy
mablag‘larni
taqsimlash
Faoliyat ko‘lami
Asosiy faoliyat
yo‘nalishlari
Avt
ral
iya
Kooperativ
tadqiqot
markazlari (KTM)
dasturi
Naqd va nomoliyaviy
resurslar shaklida
qo‘llab
-quvvatlash (in-
kind)
Investitsiyalarning
3/4 qismi-Avstraliya
KTM dasturi
mablag‘lari,
universitetlar, davlat
tadqiqot tashkilotlari
(DTO);
1/4 qismi -sanoat
kompaniyalari va
nodavlat manbalar
mablag‘lariga to‘g‘ri
keladi
Hozirda 90 ta KTMlar
faoliyat ko‘rsatadi,
dastlab 15 ta markaz,
2003 yilda 63 ta va
2010 yilda 43 ta
markaz takshil etilgan.
Markaz o‘rtacha 15
tashkilotni
birlashtiradi, shundan
40% universitetlar,
32% firmalar, 24%
davlat laboratoriyalari.
Markazning o
‘rtacha
yillik byudjeti
nomoddiy aktivlarning
qo‘shganda taxminan
4
million yevroni tashkil
qiladi.
Mudofaa, tibbiyot,
ta’lim, qishloq
xo‘jaligi, baliqchilik,
o‘rmon xo‘jaligi,
axborot-
kommunikatsiya,
ishlab chiqarish va
qazib olish sanoati,
qurilish va
transport
sohalarida tadqiqot
va ishlanmalar.
Avst
riya
Kplus va
Kind/Knet
dasturi
Grantlar shaklida
qo‘
llab-quvvatlash
Kplus dasturi uchun
(moliyalashtirish
muddati 4 yil va
undan keyin yana
uzaytirish): 35%
–
dastur mablag‘lari,
20%
–
mahalliy
hukumatlar
mablag‘lari, 5% –
boshqa hukumat
manbalari
(universitetlar, davlat
tadqiqot tashkilotlari
va boshqalar)
mablag‘lari.
KindG’Knet dasturi
uchun: 33%
–
Iqtisodiyot va mehnat
vazirligi, 51%
–
sanoat
kompaniyalari
mablag‘lari.
Hozirda 18 ta Kplus
markazi va 17
Kind/Knet markaz va
tarmoqlari mavjud.
Kplus markazlarining
sheriklari 260 ta
kompaniya, 115 ta
universitet va 20 ta
universitetdan tashqari
ilmiy tashkilotlardir.
KindG’Knet
markazlarining
sheriklari 74 ta
kompaniya, 22 ta
universitet va 7 ta
universitetdan tashqari
tashkilotlardir.
Kplus markazining
yillik byudjeti 2,0-4,5
million
yevro,Kind/Knet
markazi byudjeti esa
0,75
–
5,5 million
yevroni tashkil qiladi
Matematik va
imtitatsion
modellashtirish;
nanotexnologiya,
materialshunoslik,
sirtni tozalash
texnologiyalari,
kimyo va
biotexnologiya;
axborot
texnologiyalari,
mexatronika,
o‘lchash
texnologiyasi,
avtomatik
boshqaruv.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
179
G
ol
land
iya
Bosh texnologik
institutlar
Qo‘llab
-quvvatlash:
50 % - Bosh
texnologik instiutlar
mablag‘lari
50% - bu bilim
institutlari (ilmiy-
tadqiqot institutlari va
universitetlar) va
biznesning hissasi.
Xorijiy hamkorlar va
kichik biznes ishtirok
etishi mumkin.
To‘rtta davlat
texnologik institutlari
(DTI), ulardan 2 tasi
virtual tashkilotlar
(autsorsing); qolgan 2
tasi aralash turdagi
institutlardir. Har bir
institutda 8 ta davlat
ilmiy-tadqiqot
tashkiloti va 20 ta
kompaniya mavjud.
Bitta DTIga yiliga
o‘rtacha
7,25 million
yevro to‘g‘ri keladi.
Yyetakchi sanoat
tarmoqlari uchun
telekommunikatsiya
sohasida istiqbolli
tadqiqotlar va
ishlanmalar;
- oziq-ovqat va
biologiya fanlari va
biotibbiyot
sohasidagi
tadqiqotlar
o‘rtasida bog‘liqlik
o‘rnatish;
- turli metallar
borasida fanlararo
tadqiqotlar;
- polimerlar
sohasida bilimlar
bazasini yaratish.
AQSh
Ilg‘or
texnologiyalar
dasturi
(Advanced
Technology
Program
–
ATP)
Grantlar shaklida
qo‘llab
-quvvatlash,
qo‘shma tadqiqotlar
to‘g‘risidagi
shartnomalar
(CRADA), shartnoma
tuzish.
Ishni tashkil etishning
ikkita sxemasi
mavjud:
- I sxema (alohida
kompaniya),
-
IIsxema (qo‘shma
korxona) - loyiha
qiymatining kamida
60 foizini to‘laydigan
kompaniyalar, 40%
tijorat sheriklari
2003 yilda markazlar
soni 700 tashkilotdan
oshdi, ulardan 90%
sanoat firmalari, 10%
shtatlar hukumatlari,
federal laboratoriyalar
va federal
agentliklardir.
Dasturning qiymati
2003 yilda 72,3 mln.
dollarni tashkil qilgan.
Sanoatning
texnologik yo‘llarini
xaritalash; ilg‘or va
murakkab tizimlar
uchun
texnologiyalar; XXI
asr ishlab chiqarish
sanoati
texnologiyalari;
nanotexnologiya;
ilg‘or materiallar va
kimyo; axborot
texnologiyalari,
elektronika va
fotonika,
biotexnologiya va
boshqalar.
IHTT mamlakatlarida hukumatlar tomonidan o‘zaro kelishilgan dasturlarni ishlab chiqish
odatiy hol hisoblanadi. Ba’zi DXSh dasturlari har bir resursni birgalikda qo‘shish va
taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Boshqalarda, birgalikda investitsiyalarni loyihaning
bevosita
ijrochilari o‘rtasida mehnat taqsimoti bilan birga olib borish ko‘zda tutiladi. Har bir sherikning
o‘rni va ishtirok darajasi DXShni amalga oshirishda farq qiladi (
1-jadval).
Respublikada bir qator infratuzilma sohalarini rivojlantirishda davlat va biznes
o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik mexanizmi sifatida
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
allaqachon amalga oshirilgan. Mamlakat iqtisodiyotini industrial- innovatsion rivojlanish
yo‘liga o‘tkazishda fan va innovatsiyalar sohasida DXShni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb
etadi. Bundan tashqari, bugun
gi kunda davlat va xususiy biznes o‘rtasidagi bunday o‘zaro
munosabatlar jamiyatni innovatsion o‘zgartirishning asosiy tarkibiy qismi sanaladi.
Mamlakatimizda davlat ilmiy-
tadqiqot institutlari va xususiy sektor vakillari o‘rtasida
sheriklik aloqalarini o‘rnatishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, hukumat moliyaviy
rag‘batlantirish, xususiy tashabbuslarni qo‘llab
-quvvatlash va etarli huquqiy shart-sharoitlarni
yaratish orqali sheriklik aloqalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordamlashuvchi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
180
vositachi sifatida harakat qilishi lozim. Tadqiqotchilar davlat korporatsiyalarining
innovatsiyalar sohasida bir qator afzalliklarini ta’kidlaydilar, chunki ular:
a) ular yaratilgan maqsadlarga erishish uchun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish,
ya’ni ular darhol foyda olish maqsadini ko‘zlamaydilar;
b) past foizlarda kredit olish imkoniyatlari; davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlashning
yuqorilishi. Ular nafaqat davlat, balki xususiy investitsiyalarni ham jalb qilishlari mumkin.
Shunday qilib, kuchli moliyaviy bazaning mavjudligi davlat korporatsiyalariga nafaqat ichki
ishlanmalarni qo‘llab
-
quvvatlash, balki xorijiy texnologiyalarni sotib olish va o‘zlashtirish
imkonini beradi.
Mamlakatda davom etayotgan iqtisodiy modernizatsiya dasturlari doirasida innovatsion
faoliyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tarmoq va mintaqaviy qutblanish pasaymoqda. Muvaffaqiyatga
erishish uchun davlat korporatsiyalari, byudjet ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va
davlat idoralarining innovatsion strategiyalarini muvofiqlashtirishni ta’minlash kerak. Bu
innovatsion tashabbuslarni muntazam monitoring qilish va baholashni talab qiladi.
1-rasm. Davlat-xususiy sheriklik asosida iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish
strategiyasini amalga oshirish mexanizmi
Respublikada milliy tadqiqot va ishlanmalar sektorining ko‘lami, chuqurligi va iqtisodiy
ta’sirini oshirishi mumkin bo‘lgan mavjud sxemalar va yangi DXSh tashabbuslarini
takomillashtirish borasida zarur shart-sharoitlar mavjud. Telekommunikatsiya sohasidagi
innovatsiyalar uchun DXSh salohiyatidan foydalanish uchun yaxshi sharoitlar mavjud:
telekommunikatsiya provayderlaridan masofaviy o‘qitish, tibbiy yordamni yaxshilash, sifatli
ta’lim va ochiq hukumat kabi muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishda foydalani
sh.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral
www.e-itt.uz
181
Xulosa va takliflar
.
Davlat-
xususiy sheriklikni rag‘batlantirishning maxsus rejimi noqulay biznes sohasini
innovatsiyalar bilan bog‘liq yuqori tijorat xatarlarini birgalikda kamaytirishi va innovatsion
faoliyatda o‘zaro hamkorlik qilish shartlarini engillashtiradigan muhim vos
itaga aylanishi
lozim. Buning uchun innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarning
innovatsion xarajatlarini (tegishli texnologiyalarni o‘zlashtirish, loyihalash, muhandislik va
o‘qitish xarajatlari) hisobga olgan holda startap korxonalarni
soliqqa tortish tizimini va
intellektual mulk huquqlarini amalga oshirish shartlarini ko‘rib chiqish talab etiladi.
Hozirgi bosqichda asosiy vazifa
an’anaviy boshqaruvdan tashkiliy va ma’muriy, axborot
-
tahliliy, ijtimoiy xizmatlar va jamoatchilik aloqalarini boshqarishning murakkab birligiga
o‘
tish,
shuningdek davlat funktsiyalarini amalga oshirish texnologiyasini sezilarli darajada
o‘
zgartirish hisoblanadi (1-rasm). Ishlab chiqarishda ilmiy-texnik faoliyat natijalarini ilgari
surish borasida muayyan tarmoqni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bioindustriya,
nanomeditsina, kompyuter texnologiyalari, yashil energiya, qayta tiklanadigan energiya, yangi
polimerlar va kompozit materiallar kabi ma’lum texnologik platformalarda yetakchi ishlab
chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va muhandislik
kompaniyalari o‘rtasida sheriklik asosida hamkorlikni rag‘batlantirish muhimdir.
Adabiyotlar / Литература / Reference:
Abduvoxidov A., Kamilova S. INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING INNOVATSION
RIVOJLANISHINI TADQIQ ETISHDAGI YONDASHUVLAR //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.
–
2023.
–
Т. 1. –
№. 4. –
С. 12
-21.
Qonun (2019)
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat
-xususiy sheriklik t
o‘g‘risida” Qonuni,
Гулнора Файзуллаевна Исмоилова, Малика Мухамаджоновна Парпиева
(2022)
Ўзбекистонда инновацияларни давлат томонидан тартибга солинишининг
хусусиятлари // Academic research in educational sciences. 2022. №1. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/zbekistonda-innovatsiyalarni-davlat-tomonidan-tartibga-
solinishining-
hususiyatlari (дата обращения: 28.02.2024).
Касперович Сергей Антонович, Шарапа Екатерина Викторовна (2020)
Государственно
-
частное партнерство в инновационной деятельности учреждений
профессионального образования // Труды БГТУ. Серия 5: Экономика и управление.. №2
(238).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/gosudarstvenno-chastnoe-partnerstvo-v-
innovatsionnoy-deyatelnosti-uchrezhdeniy-professionalnogo-obrazovaniya
(дата обращения:
28.02.2024).
Мамаюсупова Диловархон Бегматовна (2021) Теоретико
-
методические основы и
объективная необходимость развития государственно
-
частного партнерства в
Узбекистане
//
Бюллетень
науки
и
практики.
№10.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/teoretiko-metodicheskie-osnovy-i-obektivnaya-
neobhodimost-razvitiya-gosudarstvenno-chastnogo-partnerstva-v-
uzbekistane
(дата
обращения: 28.02.2024).
Махмудов
Ш.
Инновацияларни
тижоратлаштириш
моделларини
такомиллаштириш //Economics and education. –
2022.
–
Т. 23. –
№. 2. –
С. 23
-32.
Машкура Камилова
, (2020)
Инновационные перспективы ГЧП
//
Экономическое
обозрение №1 (241)
//
https://review.uz/post/innovacionne-perspektiv-gchp
