BANK SOHASIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISHNI EKONOMETRIK MODELLAR ASOSIDA BAHOLASH VA PROGNOZLASH

Annotasiya

Tadqiqotda raqamli marketing usullari tijorat banklarining iqtisodiy ko'rsatkichlariga, ayniqsa bank sektorining o'zgaruvchan muhitida qanday ta'sir ko'rsatishi batafsil ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistondagi ATIB Ipoteka bankining 18 yillik moliyaviy maʼlumotlaridan foydalangan holda raqamli marketing xarajatlarining koʻpayishi, xodimlarni rivojlantirishga investitsiyalarning ortishi va uning banklar daromadiga taʼsiri oʻrtasidagi bogʻliqligi o’rganildi. Tadqiqotda bank sohasida marketing strategiyalar ta'sirini bashorat qilish va baholash uchun VAR (Vector Autoregressive) va ARDL (Autoregressive Distributed Lag) modellari ishlab chiqildi. Natijalar raqamli marketing harajatlarining ortishi, bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sishi va tijorat banklarining moliyaviy muvaffaqiyatlari o'rtasidagi kuchli bog'liqligi ochib berildi. Ushbu tadqiqot raqamli marketing samaradorligi bo'yicha kengroq munozaraga hissa qo'shadi va moliyaviy institutlar uchun marketing strategiyasi va inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali iqtisodiy samaradorligini optimallashtirishga qaratilgan qimmatli tushunchalarni taqdim etadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xonturayev, B. (2024). BANK SOHASIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISHNI EKONOMETRIK MODELLAR ASOSIDA BAHOLASH VA PROGNOZLASH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(2), 244–253. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45068
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Tadqiqotda raqamli marketing usullari tijorat banklarining iqtisodiy ko'rsatkichlariga, ayniqsa bank sektorining o'zgaruvchan muhitida qanday ta'sir ko'rsatishi batafsil ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistondagi ATIB Ipoteka bankining 18 yillik moliyaviy maʼlumotlaridan foydalangan holda raqamli marketing xarajatlarining koʻpayishi, xodimlarni rivojlantirishga investitsiyalarning ortishi va uning banklar daromadiga taʼsiri oʻrtasidagi bogʻliqligi o’rganildi. Tadqiqotda bank sohasida marketing strategiyalar ta'sirini bashorat qilish va baholash uchun VAR (Vector Autoregressive) va ARDL (Autoregressive Distributed Lag) modellari ishlab chiqildi. Natijalar raqamli marketing harajatlarining ortishi, bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sishi va tijorat banklarining moliyaviy muvaffaqiyatlari o'rtasidagi kuchli bog'liqligi ochib berildi. Ushbu tadqiqot raqamli marketing samaradorligi bo'yicha kengroq munozaraga hissa qo'shadi va moliyaviy institutlar uchun marketing strategiyasi va inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali iqtisodiy samaradorligini optimallashtirishga qaratilgan qimmatli tushunchalarni taqdim etadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

244


BANK SOHASIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISHNI

EKONOMETRIK MODELLAR ASOSIDA BAHOLASH VA PROGNOZLASH

PhD

Xonturayev Bobur Azimovich

“Oila va xotin

-

qizlar”ilmiy

-tadqiqot instituti

ORCID: 0000-0002-8814-0053

Annotatsiya.

Tadqiqotda raqamli marketing usullari tijorat banklarining iqtisodiy

ko'rsatkichlariga, ayniqsa bank sektorining o'zgaruvchan muhitida qanday ta'sir ko'rsatishi batafsil

ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda Oʻzbekistondagi ATIB Ipoteka bankining 18 yillik moliyavi

y

maʼlumotlaridan foydalangan holda raqamli marketing xarajatlarining koʻpayishi, xodimlarni

rivojlantirishga investitsiyalarning ortishi va uning banklar daromadiga taʼsiri oʻrtasidagi bogʻliqligi
o’rganildi. Tadqiqotda bank sohasida marketing strategiyal

ar ta'sirini bashorat qilish va baholash

uchun VAR (Vector Autoregressive) va ARDL (Autoregressive Distributed Lag) modellari ishlab

chiqildi. Natijalar raqamli marketing harajatlarining ortishi, bank ishchi xodimlariga qilingan

investitsiyalarning o‘sishi

va tijorat banklarining moliyaviy muvaffaqiyatlari o'rtasidagi kuchli

bog'liqligi ochib berildi. Ushbu tadqiqot raqamli marketing samaradorligi bo'yicha kengroq

munozaraga hissa qo'shadi va moliyaviy institutlar uchun marketing strategiyasi va inson kapitaliga
sarmoya kiritish orqali iqtisodiy samaradorligini optimallashtirishga qaratilgan qimmatli

tushunchalarni taqdim etadi.

Kalit so’zlar:

raqamli marketing, bank hizmatlari, ekonometrik modellar, VAR, ARDL vaqtli

qatorlar.

АНАЛИЗ И ПРОГНОЗИРОВАНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТАКТИК ЦИФРОВОГО МАРКЕТИНГА

В БАНКОВСКОМ СЕКТОРЕ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИХ МОДЕЛЕЙ

PhD

Хонтураев Бобур Азимович

Научно

-

исследовательский институт “Семья и женщины”

Аннотация.

В исследовании рассматривается влияние цифрового маркетинга на

финансовую эффективность коммерческих банков, особенно в меняющемся банковском

секторе. В этом исследовании используются финансовые данные ATIB «Ипотечный банк»
Узбекистана за последние 18 лет,

чтобы изучить взаимосвязь между более высокими

расходами на цифровой маркетинг, увеличенными инвестициями в развитие персонала и их
влиянием на чистую прибыль банков. Исследование использует расширенный

статистический анализ для создания моделей векторной

авторегрессии (VAR) и

авторегрессионного распределенного лага (ARDL). Эти модели используются для
прогнозирования и оценки того, как маркетинговые инициативы влияют на банковский

сектор. Результаты подчеркивают сильную связь между более высоким финансовым

успехом коммерческих банков, большей приверженностью персонала и ростом инициатив в
области цифрового маркетинга. На основе данных временных рядов эконометрические

уравнения VAR и ARDL предлагают прочную основу для понимания динамичной связи между

маркетинговой тактикой и экономическими результатами в банковском секторе. Это
исследование расширяет разговор об эффективности цифрового маркетинга, предоставляя

важные данные для финансовых учреждений, которые хотят повысить свою экономическую

эффективность за счет стратегических инвестиций в маркетинг и человеческие ресурсы.

Ключевые слова:

цифровой маркетинг, банковские услуги, эконометрические модели,

VAR, ARDL, временные ряды.

UO‘K:

336.717, 339.138, 330.43

244-253

II SON - FEVRAL, 2024


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

245

ANALYSIS AND PREDICTION OF THE USE OF DIGITAL MARKETING TACTICS

IN THE BANKING SECTOR USING ECONOMETRIC MODELS

PhD

Xonturayev Bobur Azimovich

Research institute “Family and Women”


Annotation.

The study paper provides a detailed examination of how digital marketing

methods affect the economic efficiency of commercial banks, specifically within the changing

environment of the banking sector. The study examines the relationship between higher digital
marketing spending, increased investment in staff development, and their impact on the net

income of banks using 18 years of financial data from ATIB "Mortgage Bank" in Uzbekistan. The

study uses advanced statistical analysis to create Vector Autoregressive (VAR) and Autoregressive

Distributed Lag (ARDL) models to predict and assess the impact of marketing initiatives in the
banking industry. The results highlight a strong correlation between increased digital marketing

initiatives, greater staff commitment, and higher financial success of commercial banks. The VAR
and ARDL econometric equations, generated from time series data, offer a strong foundation for

comprehending the dynamic relationship between marketing tactics and economic results in the
banking sector. This research adds to the overall discussion on the effectiveness of digital

marketing, providing significant data for financial institutions looking to improve their economic

efficiency by strategically investing in marketing and human resources.

Key words:

digital marketing, banking services, econometric models, VAR, ARDL, time

series.

Kirish.

Jahonda raqamli iqtisodiyot, moliyaviy texnologiyalarning rivojlanib borishi, bank

xizmatlar bozoriga blokcheyn, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, virtual haqiqat va mashinali
o‘rganish

(machine learning) kabi texnologiyalar shiddat bilan kirib kelayotgani

bank xizmatlar

bozorini raqamli marketing strategiyalar asosida rivojlantirish zaruriyatini keltirib

chiqarmoqda.

«Gallup» tadqiqotlariga ko‘ra, bank mijozlarining yarmidan ko‘pi raqamli bank

xizmatlarini an’anaviy banklarga nisbatan afzal ko‘rishini ta’kidlamoqda. Shu bois hozirgi

kunda

bank-

moliya

institutlari

moliyaviy

texnologiyalarga

asosiy

e’tiborlarini

qaratmoqdalar

88

.

“So‘nggi yillarda raqamli moliyaviy

xizmatlarning mavjudligi va ulardan foydalanish

imkoniyatlarining ortib borishi natijasida millionlab mijozlarga xavfsiz raqamli

platformalardan rasmiy raqamli moliyaviy operatsiyalarga o‘tishda yordam berib kelmoqda”

(CGAP, 2017). Shu bois ham bank xizmatlarini taqdim etishda inson omilini kamaytirish,

modernizatsiyalash, banklarning raqamli infratuzilmasini barpo etish va faoliyatini

robotlashtirish, masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida raqamli

t

exnologiyalar asosida ilg‘or bank xizmatlari turlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha

tadqiqotlarni olib borish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar sharhi.

Bugungi kunda “an’anaviy bank” va “raqamli bank” tushunchalari fan sifatida

o‘rganilmoqda. Chunki, hozirgi kunda tijorat bank xizmatlarini ko‘rsatishning nazariy emas,

balki amaliy usullari hamda ularni amalga oshirishning raqamli vositalari asosiy o‘rinni

egallamoqda. Jumladan, xorijiy mamlakatlarda raqamli texnologiyalar moliyaviy xizmatlar

bozorida raqobatni kuchaytirib, tijorat banklarining an’anaviy biznesiga ta’sir ko‘rsatib

kelmoqa (Feng, Gao and other, 2017).

88

https://www.policygenius.com/blog/how-millennials-are-changing-banking/


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

246

Xalqaro olimlardan Bufounu (1995)

“ekonometrik modellar bank sohasida maqsadlarni

belgilash, ish faoliyatini baholash va yangi filiallarni strategiklashtirish uchun ishlatilishi”

haqida fikr bildirgan bo’lsa, Sengupta

(2021)

talqiniga ko’ra “ekonometrik modellar moliya va

biznes boshqaruvida muvaffaqiyatli qo'llanilib, qarorlar qabul qilish jarayoniga muhim hissa

qo'shishi” bo’yicha muhim fikr bildirib o’tgan. Shuningdek, Trusova

(2023) tomonidan olib

borilgan tadqiqotda dinamik va ekonometrik modellashtirish yordamida nostatsionar

sharoitlarda PJSC Sberbank moliyaviy ko'rsatkichlari tahlil qilgan. Reifschneider, Stockton, va

Wilkoh (1997)

tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra ekonometrik modellar Federal rezerv

kengashining pul-kredit siyosati jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib, prognozlash,
siyosat simulyatsiyasi va pul-kredit siyosati qoidalarini baholashda yordam berishini

ta’kidlab

o’tilgan.

Horijlik olimlar Dibb va Meadows (2001)

tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda tijorat

banklari moliyaviy, pul kredit munosabatlariga raqamli marketing xizmatlarining

munosabatlariini e’tibor qaratgan. Horijlik olimlar

Shen, Guo (2015)

o‘z tadqiqotlarida

raqamli moliya indeksining ilmiy tuzilishi tijorat banklariga ta’sirini empirik tekshirish uchun
muhim sharti ekanligini ta’kidlagan.

Xitoylik olimlar Jichang Dong, Lijun Yin, Xiaoting Liu

o‘z ilmiy tadqiqotlarida tijorat

banklarida ekonometrik modellashtirishda bir qancha gipotezalarni ilgari surishgan (Andreeva

and Sviridov, 2017)

. Jumladan, “raqamli texnologiyalar tijorat banklari rentabelligiga va ijobiy

o‘sishiga ta’sir o‘tkazadi” (

Jichang Dong, Lijun Yin and other, 2020) degan gipotezalarni ilgari

surgan. Ular ekonometrik modellarni ishlab chiqishda, tijorat banklarining likvidlik indekslari,

aktivlarning umumiy rentabelligi, sof d

aromad, tan narxning daromadga ta’siri, internet moliya

indeksi kabi omillarni ta’sirini ishlab chiqqan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot bo‘yicha tijorat banklarida iqtisodiy samaradorligini oshirishda raqamli

marketing vositalarini takomilashtirishni tadbiq etishning ekonometrik modellari ishlab

chiqildi.

Bizning gipotezamizga ko‘ra, tijorat banklarida raqamli marketing xarajatlarining

o‘sish sur’atlari ortishi hamda ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sish su’ratining

ortishi natijasida bank sof daromadlarining ortib borishiga olib keladi. Us

hbu omillar o‘rtasida

bog‘liq mavjudligi tijorat banklari iqtisodiy samaradorligi ta’sir etadi. Ekonometrik modellarni

ishlab chiqishda tahliliy ma’lumotlar O‘zbekiston

Respublikasi

ATIB “Ipoteka Bank”ning 18

yillik

moliyaviy hisobotlari ma’lumotlaridan foydalanildi.

Tadqiqot bo‘yicha emperik

ma’lumotlar vaqtli qatorlar ma’lumotlari asosida shakllantirilganligi sababli ekonometrik

tenglamalar VAR (Vector Autoregressive) va ARDL (Autoregressive Distributed Lag) modellari

ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Tadqiqot bo‘yicha natijaviy va belgi omillarini quyidagicha ifodalangan.

Y (Natijaviy belgi)=

ATIB Ipoteka bank sof daromadlarining o‘sish sur’ati.

X1 (Omil belgi)=

ATIB Ipoteka bank raqamli marketing xarajatlarining o‘sish sur’ati.

X2 (Omil belgi)=

ATIB Ipoteka bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning

o‘sish su’rati.

Biz tadqiqotimizda VAR modelini ishlab chiqishda quyidagi ketma- ketlikda tenglamani

qurdik:

1.

Tenglamani ishlab chiqishda kointegratsion vaqtli qatorlarning ko‘rsatkichlari

logoriflandi.

2.

VAR modeli bo‘yicha vaqtli qatorlar statsionarlikka tekshirdik.

3.

VAR modeli regression tenglamasi ishlab chiqildi.

4.

Ishlab chiqilgan VAR modeli regression tenglamasini Gaus Markovning muhim

shartlari bilan tekshirildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

247

Bizning tadqiqotga ko‘ra 2005

-2021-yillar davomida

ATIB Ipoteka bank sof

daromadlarining o‘sish sur’ati, bank raqamli marketing xarajatlarining o‘sish sur’ati va bank

ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sish su’rati tarkibining tahliliy grafik

matritsasi jadvali ko‘rinishga ega bo‘ldi (1

-rasmga qarang).

1-rasm. Natijaviy belgi va omil belgilar grafik matritsasi

89

Yuqordagi rasmga ko‘ra,

ATIB Ipoteka bank sof daromadlarining o‘sish sur’ati, bank

raqamli marketing xarajatlarining o‘sish sur’ati va bank ishchi

xodimlariga qilingan

investitsiyalarning o‘sish su’rati grafik matritsa bo‘yicha o‘rtacha zichlik mavjud bo‘lib, ular

o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.

Tadqiqot bo‘yicha stata dasturi asosida natijaviy belgi va omil belgilar har biri bo‘yicha

o‘zaro korrelatsion bog‘liklarini tekshirildi (1

-jadvalga qarang).

1-jadval

Natijaviy belgi va omil belgilar

bog‘lanishlarning korrelyatsion matritsasi

90

Y

X1

X2

Y

1.000000

X1

0.4983

1.000000

X2

0.3933

0.2892

1.000000


Yuqordagi 1-

jadvalga ko’ra mumkinki

natijaviy belgi va omil belgilar

o‘rtasida

korrelatsion bog‘liqlik mavjud bo‘lib ta’sir etuvchi omillar o‘rtasida multikollinearlik holati

kuzatilmagan.

Tadqiqot bo‘yicha

navbatdagi bosqichda natijaviy belgi va omil belgilar VAR modeli

bo‘yicha statsionarlik holatini tahlil qilindi va Dickey

-Fuller testini tekshirildi

(2, 3 va 4-jadvallarga qarang).

2-jadval

Natijaviy belgi (Y) bo‘yicha Dickey

-

Fuller ko‘rsatkichi

91

Natijaviy belgi (Y)

Test Statistic

1% Critical

Value

5% Critical

Value

10% Critical

Value

p-value

for Z(t)

-7.878

-3.750

-3.000

-2.630

0.0000

89

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.

90

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.

91

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

248

Dickey-Fuller test natijaviy belgini tekshirilganda statistik qiymati

(-7.878)

va qolgan

qiymatlarni

(-3.750, -3.000, -2.630)

ifodalab, manfiy son sifatida kichik qiymatni tashkil etgan

va kuchli statsionarlik mavjudligini ko‘rsatgan.

Dickey-

Fuller testi bo‘yicha

natijaviy belgi

MacKinnon qiymati

Z(t)=0.0000

bilan

kichik qiymatni ega bo’lib u xam kuchli statsionarlik

mavjudligini ifodalagan.

3-jadval

Omil belgi (X1) bo‘yicha Dickey

-

Fuller ko‘rsatkichi

92

Omil belgi

(X1)

Test Statistic

1%

Critical

Value

5%

Critical

Value

10%

Critical

Value

p-value

for Z(t)

- 3.866

-3.750

-3.000

-2.630

0.0023

Dickey-Fuller test birinchi omil belgini tekshirilganda statistik qiymati

(-3.866)

va qolgan

qiymatlarni

(-3.750, -3.000, -2.630)

ifodalab, manfiy son sifatida kichik qiymatni xosil qildi va

kuchli statsionarlik mavjudligini ko‘rsatdi.

Dickey-

Fuller testi bo‘yicha

birinchi omil belgi

MacKinnon qiymati

Z(t)=0.0023

bilan

kichik qiymatni ega bo’lib ushbu holatda kuchli

statsionarlik mavjudligini ifodaladi.

4-jadval

Omil belgi (X2) bo‘yicha Dickey

-

Fuller ko‘rsatkichi

93

Omil belgi

(X2)

Test Statistic

1%

Critical

Value

5%

Critical

Value

10%

Critical

Value

p-value

for Z(t)

- 4,968

-3.750

-3.000

-2.630

0.0003

Dickey-Fuller test ikkinchi omil belgini tekshirilganda statistik qiymati

(-4.968)

va qolgan qiymatlarni

(-3.750, -3.000, -2.630)

ifodalab, manfiy son sifatida kichik

qiymatni

tashkil

etgan

va

kuchli

statsionarlik

mavjudligini

ko‘rsatgan.

Dickey-

Fuller testi bo‘yicha

ikkinchi omil belgi MacKinnon qiymati

Z(t)=0.0000

bilan kichik

qiymatni tashkil etib, kuchli statsionarlik mavjudligini ifodalagan. Yuqoridagi 3 ta jadvallarga

ko‘ra natijaviy va omil belgilar bir marta integrallanganidan keyin

Dickey-Fuller test qiymatlari

statsionarga aylangan .

Tadqiqot bo‘yicha navbatdagi qadamda VAR modeli bo‘yicha regression tenglamasi ishlab

chiqidik (5-jadvalga qarang).

5-jadval

VAR modeli bo‘yicha regression tenglama ko‘rsatkichlari

94

lnY

Coef.

St.Err.

t-

value

p-

value

[95%

Conf

Interval]

Sig

lnX12

.287

.171

1.68

.115

-.079

.653

lnX22

.107

.098

1.10

.291

-.103

.317

Constant

.626

.441

1.42

.177

-.319

1.571


Mean dependent var

1.598 SD dependent var

0.103

R-squared

0.562 Number of obs

17

F-test

2.488 Prob > F

0.119

Akaike crit. (AIC)

-29.202 Bayesian crit. (BIC)

-26.702

*** p<.01, ** p<.05, * p<.1

92

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.

93

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.

94

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

249

Jadvalga ko‘ra VAR modeli regression tenglamadagi omil belgilar mos ravishda 0,28 va

0,10 qiymatini hosil qilgan bo‘lsa, standart xatoliklar 0,17 va 0,09 qiymatini tashkil etgan.

Shuningdek, ANOVA jadvalidagi haqiqiy qiymati F=2,48 qiymatini tashkil etgan. Tadqiqot

bo‘yicha R

-squared=0,56 tuzatilgan determinatsiya koeffitsenti qiymatni tashkil etkan. VAR

modeli bo‘yicha ekonometrik tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

LnY=0.28lnX1+0.10lnX2+0.62 (2)

95

Tadqiqot bo‘yicha jadval qiymat va haqiqiy qymatlar 0,05 dan katta bo‘lganligi hamda

qoldiqlar statsionar bo‘lmaganligi sababli tadqiqotimizni ko‘p omilli vaqtli qatorlarda ARDL

modeli ekonometrik tenglamasini ham ishlab chiqdik.

ARDL modelida natijaviy belgi va omil belgilarning kechikishi, joriy qiymatlari va o‘zining

lag qiymati bilan ifodalanadi. Ekonometrik adabiyotlardagi iqtisodiy tadqiqotlarni ishlab
chiqishda ARDL modeli eng umumiy dinamik cheklanmagan modellardan biri hisoblanadi.

ARDL

modeli uzoq muddatli va qisqa muddatli elastiklik haqida foydali ma’lumotlarni taqdim

etadi. Bundan tashqari, har bir o‘zgaruvchining kutilgan belgisi nazariyaga mos kelishi yoki

kelmasligini ko‘rsatadi (

Pesaran & Pesaran, 1997).

ARDL (Autoregressive distributed lag)

modellari ko‘pincha vaqt seriyalari ma’lumotlari

bilan dinamik munosabatlarni bitta tenglama doirasida tahlil qilish uchun ishlatiladi. Bog‘liq

o‘zgaruvchining joriy qiymati o‘zining o‘tmishdagi realizatsiyalariga

- avtoregressiv qismga,

shuningdek qo‘shimcha tushuntirish o‘zgaruvchilarning joriy va o‘tgan qiymatlariga

-

taqsimlangan kechikish qismiga bog‘liq bo‘lishiga ruxsat beriladi.

O‘zgaruvchilar statsionar,

no

statsionar yoki ikki turning aralashmasi bo‘lishi mumkin.

Muvozanatni tuzatishda (EC) ARDL

modeli uzoq muddatli va qisqa muddatli ta’sirlarni

ajratish va kointegratsiyani yoki umuman olganda, o‘zgaruvchilar o‘rtasida uzoq muddatli

munosabatlar mavjudligini tekshirish uchun ishlatilishi mumkin (Kripfganz & Schneider,
2018).

ARDL modeli iqtisodiy qatorlarni

tahlil qilish zarurati tug‘ilganda muhim rol o‘ynaydi.

Iqtisodiyotda har qanday iqtisodiy o‘zgaruvchilarning o‘zgarishi vaqtdan keyin boshqa

iqtisodiy o‘zgaruvchining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. O‘zgaruvchidagi bu o‘zgarish darhol

aks ettirilmaydi, lekin u kelajakdagi davrlarga taqsimlanadi (Pesaran & Shin & other 2001).

Nafaqat makroiqtisodiy o‘zgaruvchilar, balki kompaniyaning bir yil ichida olgan zarari

yoki foydasi kabi boshqa o‘zgaruvchilar ham ushbu davr mobaynida tashkilotning brend

imidjiga ta’sir qilishi mumkin.

Quyidagi funksiya o‘zgaruvchining boshqa o‘zgaruvchilarga kechikish ta’sirini va o‘zining

kechikishlarini ham ifodalaydi.

Y

t

=f ( x

t

, x

t-1

, x

t-2

,……) ,(3)

bu yerda

, t-i

kechikishlar sonini ifodalaydi.

O‘zgaruvchining boshqa o‘zgaruvchilarga dinamik ta’sirini aniqlash uchun

ekonometrikada polinom, geometrik va boshqa taqsimlangan kechikish modellari kabi bir

nechta taqsimlangan kechikish modellari mavjud.

Biroq, ARDL modeli taqsimlangan kechikish muammosini ushbu modellarga qaraganda

samaraliroq

hal

qiladi.

ARDL-bu

cheksiz

kechikish

taqsimlangan

parsimon

model. Avtoregressiv atamasi x

t

bilan izohlash bilan birga y

t

ham o‘zining kechikishi bilan

izohlanishini ko‘rsatadi.

ARDL tenglamasi quyidagicha (Firdause, Ghazali & other, 2018):

95

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

250

Y

t

=b

0

+ b

1

y

t-1

+bp y

t-m

+a

0

x

t+

a

0

x

t-1

+ a

2

x

t-2

+……..+ a

q

x

t-n

+e

t

, (4)

Bu yerda m va n - kechikish uchun yillar soni, e

t

- buzilish shartlari va b

i

- qisqa muddatli

koeffitsientlar va a

i

- uzoq muddatli munosabatlar uchun koeffitsientlari hisoblanadi.

Tadqiqot bo‘yicha ARDL modelidan foydalangan xolda ekonometrik tenglama tuzildi

(Asteriou and Hall, 2007).

𝒚

𝒕

= 𝜷𝟏𝒚

𝒕−𝟏

+ 𝜷𝟐𝒙𝟏 + 𝜷𝟑𝒙𝟐 + 𝜷𝟒𝒙𝟏

𝒕−𝟏

+ 𝜷𝟓𝒙𝟐

𝒕−𝟏

+ 𝒖

𝒕

(5)

Bu yerda:

𝚫𝐲

𝐭

-

ATIB Ipoteka bank sof daromadlarining o‘sish sur’ati

;

𝜷𝟏𝒚

𝒕−𝟏

-

Bir -yil oldingi

ATIB Ipoteka bank sof daromadlarining o‘sish sur’ati

;

𝜷𝟐𝒙𝟏

-

ATIB Ipoteka bank

raqamli marketing xarajatlarining o‘sish sur’ati

;

𝜷𝟑𝒙𝟐

-

ATIB Ipoteka bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sish su’rati

;

𝜷𝟒𝒙𝟏

𝒕−𝟏

-

Bir yil oldingi

ATIB Ipoteka bank raqamli marketing xarajatlarining o‘sish

sur’ati

;

𝜷𝟓𝒙𝟐

𝒕−𝟏

-

Bir yil oldingi ATIB Ipoteka bank ishchi xodimlariga qilingan

investitsiyalarning o‘sish su’rati;

𝒖

𝒕

yillar orali

g‘

idagi xatoliklar qiymati.

Tadqiqot bo‘yicha

ARDL

modeli ekonometrik tenglamasi Stata dasturi asosida ishlab

chiqildi (6-jadvalga qarang).

6-jadval

ARDL modeli

regression tenglama ko‘rsatkichlari

96

Y

Coef.

St.Err.

t-

value

p-

value

[95%

Conf

Interval]

Sig

L

-.418

.113

-3.69

.004

-.671

-.165

***

X1

.64

.502

1.27

.031

-.479

1.758

L

-.155

.288

-0.54

.603

-.797

.488

X2

.279

.107

2.61

.026

.041

.516

**

L

-.404

.253

-1.60

.141

-.968

.159

Constant

5.351

3.542

1.51

.162

-2.542

13.244


Mean dependent var

5.022 SD dependent var

0.473

R-squared

0.653 Number of obs

16

F-test

9.739 Prob > F

0.001

Akaike crit. (AIC)

15.517 Bayesian crit. (BIC)

20.153

*** p<.01, ** p<.05, * p<.1

Jadvalga ko‘ra ARDL modeli regression tenglamadagi omil belgilar mos ravishda

-0.14,

0.64, -0.15, 0.27 va -0.40

qiymatlarini hosil qilgan bo‘lsa, standart xatoliklar

0.11, 0.150, 0.28,

0.10 va 0.25 tashkil etgan.

Shuningdek, ANOVA jadvalidagi haqiqiy qiymati F=9.73 yuqori ijobiy qiymatni tashkil

etgan. Model bo‘yicha tuzatilgan determinatsiya R

-squared=0.65 koeffitsenti sifati ijobiy

qiymatni hosil qilgan.

Shuningdek, regression tenglamamizda H

0

:y=0, H

1

:y≠0 F<0,05 va t<0,05, bosh gipoteza

ma’noga ega

emas H

0

:y=0 va biz bosh gipotezani rad etib alternativ gipotezani qabul qilamiz

96

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

251

hamda ushbu holatda alternativ gipoteza H

1

:y≠0 statistik ahamiyatga ega ekanligini ko’rish

mumkin. Quyida tadq

iqot bo’yicha

ARDL model asosida ekonometrik tenglama ishlab chiqildi.

Y=-0.41Y

t-1

+0.64X1+ 0.27X2

-0.15X1

t-1

-0.40X2

t-1

+5.35 (5)

Shuningdek, ARDL

modeli bo‘yicha ekonometrik

modelini Gaus Markov shartlari ham

tekshirildi

. Gaus Markovning sharti bo‘yicha emperik qiymatlar, model nazariy ma’lumotlar

yig‘indisiga tengligi k

nazarda tutilgan.

Bizning tadqiqotimizdagi ma’lumotlarga ko‘ra emperik qiymatlar model nazariy

ma’lumotlar yig‘indisiga tengdir va Gaus Markovning ushbu sharti bajarilgan

(7-jadvalga qarang).

7-javdal

Ekonmertrik tenglama bo‘yicha Gaus Markov 2

-sharti

97

O‘zgaruvchi

omillar

Kuzatuvlar

soni

O‘rtacha

qiymati

Standart

chetlanish Minimum

Maksimum

Model

17

1.59771

.0521478

1.514077

1.69302

lnY

17

1.59771

.1031156

1.403956

1.786046

Model bo‘yicha Gaus Markovning navbatdagi shartiga ko‘ra ekonometrik modelning

qoldiq belgilari va omil belgilari bog‘lanmasligi ko‘zda tutilgan. Tadqiqot bo‘yicha Gaus

Markovning ushbu sharti ham bajarilgan.

8-jadval

Natijaviy belgi va omil

belgilar ko‘rsatkichlari bo‘yicha model qiymatlari va qoldiq

qiymatlari bo‘yicha ma’lumotlar

98

Yillar

Y

(O‘sish

sur’ati)

(foiz)

X1

(O‘sish

sur’ati)

(foiz)

X2

(O‘sish

sur’ati)

(foiz)

Model

nazariy

qiymati

LnY

Qoldiq

qiymati

LnX1

Qoldiq

qiymati

LnX2

Qoldiq

qiymati

2005

58,63

94,26

84,31

1.522525 1.403956 1.514257

1.489422

2006

290,76

94,05

118,03

1.54548

1.735627

1.51376

1.562544

2007

139,41

111,70

190,95

1.609793 1.596847 1.550925

1.65861

2008

311,30

165,65

124,88

1.65529

1.747592 1.631181

1.574297

2009

99,44

111,25

132,92

1.586138 1.525957

1.55006

1.587144

2010

114,41

109,64

127,00

1.580343

1.55599

1.54696

1.577785

2011

159,84

119,68

202,87

1.626577 1.624159 1.565445

1.670078

2012

138,63

111,27

127,65

1.583511 1.595701 1.550096

1.578836

2013

110,73

110,08

125,43

1.580295 1.549069 1.547819

1.575213

2014

129,47

103,00

121,90

1.565532 1.581752 1.533573

1.569287

2015

113,93

141,09

121,54

1.62466

1.555097 1.599264

1.568661

2016

124,15

132,48

45,20

1.539252 1.573083

1.58646

1.337946

2017

389,87

158,46

261,55

1.69302

1.786046 1.622459

1.716789

2018

63,25

132,96

158,90

1.631152 1.422413 1.587196

1.622995

2019

191,06

132,98

139,26

1.622748 1.658722 1.587238

1.59662

2020

119,41

83,77

104,75

1.514077 1.564976 1.487972

1.537197

2021

218,72

191,05

125,97

1.680726 1.684133 1.658708

1.576093

97

Stata dasturi asosida muallif tomonidan mustaqil ishlab chiqildi.

98

O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlari asosida Stata dasturida muallif tomonidan mustaqil ishlab

chiqildi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

252

Ekonomerik modelga ko‘ra Durbin Watson testi tekshirildi. Durbin Watson testi qiymati

1.71 qiymatga ega bo‘ldi.

Tadqiqot bo‘yicha Shapiro Willke testi

tekshirildi va qiymat

0.57

qiymtaga ega bo‘ldi.

Unga ko‘ra

H

0

:y=0, H

1

:y≠0 r˃0.05

bo‘lganda bosh gipoteza ma’noga ega bo‘ldi. Biz o‘z

tadqiqotimizda alternativ gipotezani rad etdik hamda Durbin Watson va Shapiro Willke
testlarii

r˃0.05

dan kattaligini inobatga olgan xolda Gaus Markovning ushbu shartlari

bajarilgan.

Shu

niningdek, VIf ko‘rsatkichi

1.28

qiymatini tashkil etib model multikolinear emasligini

ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ko‘rsatkich ishonch oralig‘i (

1,10)

ni tashkil etadi. Ekonometrik

model bo‘yicha

Gaus Markovning muxim

shartlaridan muvaffaqiyatli o‘t

di. Ishlab chiqilgan

model bo‘yicha sifat ko‘rsatkichi

56

foizni tashkil etgan.

Xulosa va takliflar.

ATIB Ipoteka bank sof daromadlarining o‘sish sur’ati, ushbu tijorat bankda raqamli

marketing xarajatlarining o‘sish sur’ati va bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning
o‘sish su’rati o‘zaro ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borgan tahlillar va xulosalar natijasida

quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

1.

VAR modeli tenglamasi bo‘yicha ekonometrik model

LnY=0.28lnX1+0.10lnX2+0.62

ga

ko‘ra,

ATIB Ipoteka bank raqamli marketing xarajatlarining

o‘sish sur’atining 1 foizga ortishi,

ATIB Ipoteka bank sof daromadlarining o‘sish sur’atining

0,28 foizga ortishiga olib keladi.

Shuningdek,

bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sish sur’atining 1 foizga

ortishi, ushbu bankning

sof daromadlarining o‘sish sur’atining

0,10 foizga ortishiga olib kelar

ekan.

2.

ARDL

modeli

tenglamasi

bo‘yicha

ekonometrik

model

Y=-0.41Y

t-1

+0.64X1+ 0.27X2

-0.15X1

t-1

-0.40X2

t-1

+5.35

ga ko‘ra

ATIB Ipoteka bank raqamli

marketing xarajatlarining

o‘sish sur’atining 1 foizga ortishi ushbu bankning

sof

daromadlarining o‘sish sur’atining

0,64 foizga ortishiga olib keladi. Shuningdek, bank ishchi

xodimlariga qilingan investitsiyalarning o‘sish sur’atining 1 foizga ortishi, ushbu bankning

sof

daromadlarining o‘sish sur’atining

0,27 foizga ortishiga olib keladi. Shu bilan birga, bir yildan

keyin

ATIB Ipoteka bank sof daromadlarining o‘sish sur’ati, ushbu tijorat bankida raqamli

marketing xarajatlarining

o‘sish sur’ati va bank ishchi xodimlariga qilingan investitsiyalarning

o‘sish su’rati

teskari ta’sir etadi.

3.

Bizning fikrimizcha, tadqiqot bo‘yicha VAR va ARDL modellarining ekonometrik

tenglamalaridan kelib chiqib ARDL modeli bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi ATIB
Ipoteka Bank uchun optimal model hisoblanib barcha testlardan muvafaqqiyatli o‘tdi. ARDL

model

idan shuni ko‘rishimiz mumkinki ATIB Ipoteka Bank o‘sish sur’atiga ta’sir etuvchi omillar

ijobiy iqtisodiy ta’sirini ko‘rsatdi.

Adabiyotlar / Литература / Reference:

Ahmad Firdause Md Fadzil, Puspa Liza Ghazali, Mohd Rafi Yaacob, Mohd Nazri Muhayiddin,

(2018) The Relation of Entrepreneur Cognition and Personality: The Determinant Factors of E-

Commerce Entrepreneurship Involvement in Malaysia, International Journal of Asian Social

Science: Vol. 8 No. 12

Andreeva L. and Sviridov O. (2017), “Experience of Greece on recapitalization of banks,

marketing management and personnel retraining in conditions of economic recession”, vol. 20, pp.

390-409.

Boufounou, P. (1995). Evaluating bank branch location and performance: A case study.

European Journal of Operational Research, 87, 389-402. https://doi.org/10.1016/0377-

2217(92)00080-5.

CGAP (2017). Consultative Group to Assist the Poor. Available at:

http://www.cgap

.

org/topics/digital-financial-services Accessed 9 November.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, fevral

www.e-itt.uz

253

Dibb S. and Meadows M., (2001) “The application of a relationship marketing perspective in

retail banking”, Service Industries Journal, vol. 21(1), pp. 169–

194.

Dimitrios Asteriou and Stephen G. Hall. (2007) Applied econometrics. A modern approach

using Eviews and Microfit. Revised edition. Palgrave Macmillan, New York,

Feng G., Gao J., Peng B., Zhang X. (2017) A varying-coefficient panel data model with fixed

effects: Theory and an application to US commercial banks Journal of Econometrics, 196 (1), pp.

68-82

Hashem Pesaran M. & Yongcheol Shin & Richard J. Smith, (2001). "Bounds testing

approaches to the analysis of level relationships," Journal of Applied Econometrics, John Wiley &
Sons, Ltd., vol. 16(3), pages 289-326.

Jichang Dong, Lijun Yin, Xiaoting Liu, Meiting Hu, Xiuting Li, Lei Liu, (2020)

Impact of

internet finance on the performance of commercial banks in China

, International Review of

Financial Analysis, Volume 72, 101579

Pesaran, M. H., & Pesaran, B. (1997). Working with Microfit 4.0. Camfit Data Ltd., Cambridge.

Reifschneider, D., Stockton, D., & Wilcox, D. (1997). Econometric models and the monetary

policy process. Carnegie-Rochester Conference Series on Public Policy, 47, 1-37.

https://doi.org/10.1016/S0167-2231(98)00002-5.

Sebastian Kripfganz & Daniel Schneider, (2018). "ardl: Estimating autoregressive

distributed lag and equilibrium correction models," London Stata Conference 2018 09, Stata Users

Group.

Sengupta, J. (2021). Application of Econometrics in Business Research., 137-159.

https://doi.org/10.4018/978-1-7998-6673-2.CH010.

Shen Y., Guo P. (2015) Internet finance, technology spillover and commercial banks TFP

Journal of Financial Research, 417 (3), pp. 160-175

Trusova A., Yu., (2023). Econometric modeling as a development tool of Methodologies for

analysis of banking indicators. Vestnik Samarskogo universiteta. Èkonomika i upravlenie, doi:

10.18287/2542-0461-2023-14-1-202-218

Xonturayev, B. (2023). JAHON MAMLAKATLARINING BANK XIZMATLARI BOZORIDA

ISTE’MOLCHILAR XULQ

-

ATVORIDAGI O‘ZGARISHLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

TAHLILI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(2), 66

77. Retrieved from https://e-

itt.uz/index.php/eitt/article/view/48

Bibliografik manbalar

Ahmad Firdause Md Fadzil, Puspa Liza Ghazali, Mohd Rafi Yaacob, Mohd Nazri Muhayiddin, (2018) The Relation of Entrepreneur Cognition and Personality: The Determinant Factors of E-Commerce Entrepreneurship Involvement in Malaysia, International Journal of Asian Social Science: Vol. 8 No. 12

Andreeva L. and Sviridov O. (2017), “Experience of Greece on recapitalization of banks, marketing management and personnel retraining in conditions of economic recession”, vol. 20, pp. 390-409.

Boufounou, P. (1995). Evaluating bank branch location and performance: A case study. European Journal of Operational Research, 87, 389-402. https://doi.org/10.1016/0377-2217(92)00080-5.

CGAP (2017). Consultative Group to Assist the Poor. Available at: http://www.cgap. org/topics/digital-financial-services Accessed 9 November.

Dibb S. and Meadows M., (2001) “The application of a relationship marketing perspective in retail banking”, Service Industries Journal, vol. 21(1), pp. 169–194.

Dimitrios Asteriou and Stephen G. Hall. (2007) Applied econometrics. A modern approach using Eviews and Microfit. Revised edition. Palgrave Macmillan, New York,

Feng G., Gao J., Peng B., Zhang X. (2017) A varying-coefficient panel data model with fixed effects: Theory and an application to US commercial banks Journal of Econometrics, 196 (1), pp. 68-82

Hashem Pesaran M. & Yongcheol Shin & Richard J. Smith, (2001). "Bounds testing approaches to the analysis of level relationships," Journal of Applied Econometrics, John Wiley & Sons, Ltd., vol. 16(3), pages 289-326.

Jichang Dong, Lijun Yin, Xiaoting Liu, Meiting Hu, Xiuting Li, Lei Liu, (2020) “Impact of internet finance on the performance of commercial banks in China”, International Review of Financial Analysis, Volume 72, 101579

Pesaran, M. H., & Pesaran, B. (1997). Working with Microfit 4.0. Camfit Data Ltd., Cambridge.

Reifschneider, D., Stockton, D., & Wilcox, D. (1997). Econometric models and the monetary policy process. Carnegie-Rochester Conference Series on Public Policy, 47, 1-37. https://doi.org/10.1016/S0167-2231(98)00002-5.

Sebastian Kripfganz & Daniel Schneider, (2018). "ardl: Estimating autoregressive distributed lag and equilibrium correction models," London Stata Conference 2018 09, Stata Users Group.

Sengupta, J. (2021). Application of Econometrics in Business Research., 137-159. https://doi.org/10.4018/978-1-7998-6673-2.CH010.

Shen Y., Guo P. (2015) Internet finance, technology spillover and commercial banks TFP Journal of Financial Research, 417 (3), pp. 160-175

Trusova A., Yu., (2023). Econometric modeling as a development tool of Methodologies for analysis of banking indicators. Vestnik Samarskogo universiteta. Èkonomika i upravlenie, doi: 10.18287/2542-0461-2023-14-1-202-218

Xonturayev, B. (2023). JAHON MAMLAKATLARINING BANK XIZMATLARI BOZORIDA ISTE’MOLCHILAR XULQ-ATVORIDAGI O‘ZGARISHLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAHLILI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(2), 66–77. Retrieved from https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/48