XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR O‘RTASIDA QO‘SHMA BIZNESNI TASHKIL QILISHNING STRATEGIK ALYANS MODELI

Annotasiya

Maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida qo‘shma biznesni tashkil qilish modeli va klasterlash jarayonlarining asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Biznesni tashkil etishda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir-biriga birlashuvining rivojlanishiga klasterlashning sezilarli ta’sir ko’rsatishi asoslab berilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma biznes tashkil etishning nazariy bilimlar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdullayev, O. (2024). XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR O‘RTASIDA QO‘SHMA BIZNESNI TASHKIL QILISHNING STRATEGIK ALYANS MODELI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(4), 12–16. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45187
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida qo‘shma biznesni tashkil qilish modeli va klasterlash jarayonlarining asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Biznesni tashkil etishda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bir-biriga birlashuvining rivojlanishiga klasterlashning sezilarli ta’sir ko’rsatishi asoslab berilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma biznes tashkil etishning nazariy bilimlar berilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

12

XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR O‘RTASIDA QO‘SHMA BIZNESNI

TASHKIL QILISHNING STRATEGIK ALYANS MODELI

Abdullayev Olimjon G‘

ayratovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

ORCID: 0009-0004-8580-5859

agolider1987@icloud.com

Annotatsiya.

Maqolada

xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida qo‘shma biznesni tashkil qilish

modeli va

klasterlash jarayonlarining asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Biznesni tashkil etishda, xo‘jalik

yurituvchi subyektlar bir-biriga birlashuvining rivojlanishiga kl

asterlashning sezilarli ta’sir

ko’rsatishi asoslab berilgan.

Xo

‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma biznes tashkil etishning

nazariy bilimlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

klasterlash jarayonlari, qo‘shma biznesni tashkil etish, biznes modeli,

konvergensiya jarayonlar, divergentsiya, optimal tartib, tizim samaradorligi.

СТРАТЕГИЧЕСКАЯ АЛЬЯНСНАЯ МОДЕЛЬ ОРГАНИЗАЦИИ СОВМЕСТНОГО

БИЗНЕСА СУБЪЕКТОВ ЭКОНОМИКИ

Абдуллаев Олимжон Гайратович

Университет экономики и педагогики

Аннотация.

В статье показана модель организации совместного бизнеса

хозяйствующих субъектов и основы процессов кластеризации. Обосновано, что

кластеризация оказывает существенное влияние на развитие хозяйствующих субъектов

при организации бизнеса. Даны теоретические знания по организации

совместного бизнеса

между хозяйствующими субъектами.

Ключевые слова:

процессы кластеризации, совместная организация бизнеса, бизнес

-

модель, процессы конвергенции, дивергенция, оптимальный порядок, эффективность

системы.

STRATEGIC ALLIANCE MODEL OF ORGANIZING JOINT BUSINESS

BETWEEN ECONOMIC SUBJECTS

Abdullayev Olimjon Gayratovich

University of Economics and Pedagogy

Annotation.

The article shows the model of joint business organization between economic

entities and the basics of clustering processes. It is justified that clustering has a significant impact
on the development of economic entities in the organization of business. Theoretical knowledge of

joint business organization between economic entities is given.

Key words:

clustering processes, joint business organization, business model, convergence

processes, divergence, optimal order, system efficiency.

IV SON - APREL, 2024

UO

K: 334.012.44

12-16


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

13

Kirish.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma biznesni tashkil

etishning eng muhim

masalalaridan biri uni tashkil etish qadamlari hisoblanadi.

Ya’ni ushbu qo‘

shma biznes

ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning variantidir. Iqtisodiyotning barcha

tarmoqlarida, shu jumladan sub’ektlararo bozorda qo‘shma bizn

es yuritishning eng samarali

variantini topish klasterlash jarayonin

ing ijobiy ta’siriga erishish muhim ahamiyatga ega.

Klasterlash jarayonida ijobiy natijalarga erishish uchun, klasterlashning salbiy oqibatlarini oldini

olish lozim. Chunki yangi kiritilayotgan har bir jarayonning salbiy oqibatlari yoki yomon tomonlari

ma

vjud bo‘lishi mumkin

.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni klasterlashda quyidagilarni ko‘rsatish

mumkin:

-

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida aloqa yo‘qligi;

-

sektorlarning o‘zaro mosliklari;

- yer manbalari va resurslarining cheklovliligi;
- huquqiy muammolar;

- tadbirkorlik madaniyati;

-

ishtirokchilar orasida aloqa yo‘qligi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida aloqa yo‘qligi, bu klasterlash jarayonining samarali

olib borilishini qo‘shishga imkon beradigan muammolarga olib kelishi mumkin. Sekt

orlarning

o‘zaro mos emasligi klasterlar o‘zlarini ajralib turishi jarayonida muammo yuzag

a kelishi mumkin.

Bu sektorlarning bir-biriga qarshi jalb etilishiga olib keladi. Yer manbalari va resurslarining

cheklanganligi, bu klasterlashni samarali olib boris

hni to‘xtatishga sabab bo‘ladi. Yer manbasining

cheklovliligi, transport, kommunikatsiyani

rivojlanishiga ta’sir qiladi. Huquqiy muammolar

tartibot, litsenziyalash, va xizmat ko'rsatishga oid huquqiy masalalar klasterlashni samarali olib

borishni to'xtatishga olib kelishi mumkin. Agar tadbirkorlik madaniyati yaxshi rivojlanmagan

bo‘lsa, ishtirokchilar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar va aloqa yo‘qligi salbiy ta’sir qilishi mumkin. Yaxshi

ishtirokchilik madaniyati klasterlashning samarali olib borilishini ta'minlashga yordam berishi
mumkin.

Bu oqibatlarni tushunib chiqish va ularni oldini olish, klasterlashning samarali olib

borilishini ta’minlash uchun ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi.

Rossiyalik olimlar ham o‘z ilmiy izlanishlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida

qo‘shma beznisni tashkil etish faoliyatida zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan

samarali foydalanish masalalarini o‘rganish, shuningdek, global iqtisodiy tizim klasterlash

jarayonlarning raqamli transformatsiyasi

sharoitida, ilg‘or texnologiyalaridan foydalanishga

asoslangan innovatsion uslubiy yechimlar va texnologik mexanizmlarni ishlab chiqishga bir necha

bor o‘ringanlar.

Mahalliy mutaxassislarning kopleks ilmiy izlanishlari, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish

sharoitida O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi tarmoqlari va sohalarida kla

sterlash jarayonidan

samarali foydalanish masalalarini hal etishga bag‘ishlangan. Mahalliy olimlarimiz: Alimov,

Xayitmatov, Begalov, Gulyamov, Shermuxamedov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari milliy

iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari va sohalarida, jumladan statistika sohasida zamonaviy

klasterlash jarayonidan foydalanish metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.

O'rganilgan ko'plab ilmiy manbalarda tabiiy resurslar

ni izlanishlarida xo‘jalik yurituvchi

sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma beznisni tashki

l soliqlarining mohiyatini ochib berishda ularning

xususiyatlari tadqiq etilgan.

Tabiiy resurs soliqlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar

izlanis

hlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma beznisni tashkil tabiiy r

esurs

soliqlarining har birida o’ziga xos tarzda mujassamlashgan.

Jo’rayevning

(2013)

qayd etishicha, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma

beznisni tashkil etis

hda muammolari sifatida soliqlarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, resurs


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

14

soli

qlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega: o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ular renta to‘lovidir.

Boshqacha aytganda, bu qayta tiklanmaydigan tabiiy, yer va suv zaxiralaridan foydalanganlik

uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma beznisni tashkil o’ziga xos to’lov bo’lib, u

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining natijalari bilan bog’liq emas”.

Bard va Pavlovalarning (2014)

fikriga ko’ra, “Xo‘jalik yurituvchi

sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma

beznisni tashkil etishda renta to‘lovlarining xususi

yati shundan iboratki, ularni joriy qilish tabiiy

resurslardan daromad olishni ko‘zlamasdan, balki, tabiatdan foydalanuvchilar umumxalq mulki

ob’ektlaridan oqilona foydalanishlari zarur”.

Ushbu ilmiy tadqiqotimizda chuqur ilmiy mushohada, statistik guruhlash, tizimli yondashuv,

taqqoslash, ilmiy abstraksiyalash, ekspert baholash, qiyosiy tahlil va omilli tahlilda xo‘jalik

yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma beznisni tashki

l usullaridan foydalangan holda, moliya

tashkilot o‘rtasida aloqlar o‘rnatiladi.


Tadqiqot metodologiyasi.

Globallashuv jarayonida zamon talab va chaqiruvlaridan kelib chiqib, mavjud muammoni hal

qilishda, O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mita

si faoliyatida, axborot-

kommunikatsiya

texnologiyalaridan

foydalanish

metodologiyasini

takomillashtirish

yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, qiyosiy, tizimli, iqtisodiy va statistik, monografik tadqiqot usullari,

anketa so‘rovi, guruhlash, taqqoslash, induks

iya, deduksiya, optimallashtirish usuli shuningdek,

WEB-saytlar, kompyuter tarmoqlari va maxsus dasturiy paketlar bilan ishlash usullaridan

foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Qo‘shma biznesda bank va sug‘urta guruhlari, shuningdek, bank xoldin

glari bilan aloqa

o‘rnatish lozim. Bularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda banklar va sug‘urta

kompaniyalari iqtisodiy va ijtimoiy hayotning boshqa har qanday sohalaridan o‘z xizmatlaridan
kafolatlangan iste’molchilar hisobiga o‘z samaradorligini oshiradi. Bu bozorining bank va sug‘urta

segmentlarida biznesning tash

kiliy shakllari sifatida banklar va sug‘urta kompaniyalari faoliyati

samaradorligini

oshirish

yo‘llaridan

biridir.

Ammo

bozori

sub’ektlarining

o‘z

raqobatbardoshligini oshirish vazifasi bizni ularning samaradorligi va raqobatbardoshligini
oshirishning bosh

qa yo‘llarini izlashga majbur qiladi. Moliyaviy xizmatlar har qanday

modifikatsiyaga eng yaxshi yordam berishini hisobga olgan holda, iqtisodiy klasterlash jarayonlari

birinchi navbatda

moliya sektorida namoyon bo‘ladi .

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida qo‘shma biznes tashkil etishning bir necha muhim

qadamlari mavjud:

1. Qo‘shma biznesni boshlash uchun ishonchli sheriklarni topish juda muhimdir. Sheriklar,

bir-

biriga qo‘shimcha qo‘llab

-quvvatlash, ma

’lumot almashish va qo‘shimcha

resurslarga ega

bo'lishadi.

2. Biznes reja va strukturasini belgilash juda muhimdir. Bu qadamlar o‘z ichiga biznesning

maqsadlarini, mahsulot yoki xizmatlarini, sotish va marketing strategiyalarini, ish tartibi va

boshqalar kabi muhim ma‘lumotlarni o‘z ich

iga oladi.

3. Sheriklar orasida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri hisoblashish, bu biznesning maqsadlari, moliyaviy

kiritishlar, ish tartibi va boshqa kritik masalalarda ishonchli sheriklar orasida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri

hisob-

kitoblar juda muhimdir. To‘g‘ri tartibda va o‘zlashtirilgan shaklda o‘tkaziladigan

muzokaralar va muhokamalar, qo‘shma biznesni rivojlantiradi.

4. Qo‘shma biznesda birgalikda ishlash va qo‘shimcha qo‘llab

-quvvatlash muhimdir. Ish olib

borish jarayonini

sodda va samarali bo‘lishi uchun biznesning maqsadl

ariga mos keladigan

resurslar, texnikaviy yordam va boshqa imkoniyatlardan foydalanish kerak.

5. Qo‘shma biznesni tashkil etishda huquqiy masalalar juda muhimdir. Sheriklar o‘rtasida

tuziladigan shartnoma, hisob-

kitob va boshqa huquqiy masalalar ko‘zdan ke

chirilmagan holda

to‘g‘ri va o‘zlashtirilgan shaklda o‘tkazilishi kerak.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

15

Bu qadamlar biznesni boshlash uchun o‘z navbatida muhimdir, lekin muvaffaqiyatli qo‘shma

biznesni tashkil etishda istiqbolli strategiyalar, samarali menejment va amalda sodda va samarali

ish olib borish kritik ahamiyatga ega.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni klasterlashda qo‘

shma biznesni tashkil etishning asosiy

shakli moliyaviy bozorning turli segmentlaridan yoki undan a‘zo firmalar

ning integratsiya shakli.

iqtisodiyotning turli segmentlari va tarmoqlarini birlashishidir. U ushbu sub’ektlarni

raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ularning ixtiyoriy klasterlash shaklida

hamkorligi yoki bir firmaning boshqa bir firmaning faoliyatiga ixtiyoriy ravis

hda, lekin ko‘pincha

uni o'tkazishning agressiv shaklida kirib borishi orqali amalga oshiriladi (Гайсина, 2020).

Biroq, klasterlash doirasida x

o‘jalik yurituvchi sub’ektlar

ni birlashtirish varianti ularning

o‘zaro ta’siri modeli bilan belgilanadi. Buni amalga oshirishning ixtiyoriy shakli bilan qo‘shma

biznes ishtirokchilari faoliyatini birlashtirishning eng mashhur shakllari orasida, tashabbuskor

tomonidan taqsimlash to‘g‘risidagi shartnoma asosida qurilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
o‘zaro hamkorl

igi strategik alyans biznes modelini tashkil qiladi.

Strategik alyans

bu iqtisodiy va sohani yaxshilash, bir-

birlariga yordam berish va ko‘p

tomondan foydali hamkorlikni o‘z ichiga olgan iqtisodiy tuzum hisoblanib, strategik hamkorlikdan

qat’iy nazar, iqtisodiy shartnomalar orqali yoki qo‘shimcha asoslar asosida iqtisodiy faoliyatni bir

-

biriga birlashtirishdir.

Klasterlashda burch va kuchlarni bir-

biriga qo‘llab

-

quvvatlash uchun ixtiyoriy mablag‘lar,

xodimlar, texnologiyalar, bilim va tajribani almashishn

i o‘z ichiga oladi.

Strategik alaynsning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

1. Bozorda ko‘p tomondan foyda olish uchun iqtisodiy, texnologik yoki boshqa yo‘nalishda

birlashuvni tashkil qiladi.

2. Uzluksizlik va ixtisoslashish orqali sub’ektlar o‘zlarinin

g iqtisodiy va boshqa resurslarini

qo‘llab

-

quvvatlaydilar. Resurslarni o‘zlashtirishda bir

-

biriga yordam berish uchun qo‘llaniladigan

iqtisodiy tuzumlar va texnologiyalarga ega bo‘lishi kerak.

3. Ko‘proq rivojlanish va o‘zlashtirish uchun, qatnashuvchilar o‘rtasidagi ko‘plab rivojlanish

imkoniyatlarini ta’minlashi lozim. Ular o‘zlarining sifatini oshirish, yangi bozorlarga kirish va

rivojlanish uchun o‘zaro ishonch hosil qilish kerak.

4. Risklar va imtiyozlar bo‘lgan birlashishda sub’ektlar o‘rtasidagi risk

larni birlashtirish va

imtiyozlar olish uchun yordam berishni ta’minlashi lozim. Bu katta mablag‘lar, risklar va

imtiyozlar birlashtirilgan holda, yangi bozorlarni ekspluatatsiyaga olish va rivojlanishda ko‘proq

samarali bo‘lishga yordam beradi.

Strategik

alaynsning yaratilishi va amaliyotda qo‘llanilishi har bir tashkilot uchun maxsus

holatga bog‘liq bo‘ladi, ammo umuman o‘rtacha maqsadlar strategik alaynsning ko‘proq foydalari

va yaxshiliklarini tushunishda yordam beradi.

“Strategik alyans”

hamkorligi aso

sida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro hamkorligi,

qo‘shma korxona doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan moliya bozorining

turli segmentlaridagi va aniq moliyaviy mahsulotlarni etishtirib chiqaradi.

Eksportni rivojlantirishga qaratilgan savdo-

eksportni qo‘llab

-quvvatlash va biznes

tuzilmalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik qilish zarurati

mavjud. Istiqbolli jihatlardan yana biri eksport xizmatlari ehtiyojlariga javob beradigan milliy

raqamli platformani yaratish hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot platformalarining rivojlanishi

ko‘plab yangi imkoniyatlarni yaratishi mumkin. Raqamli platformalarning rivojlanishi eksport

bo‘yicha muammolarni hal qilishda, shu jumladan, iqtisodiy r

ivojlanish maqsadlariga erishish

bilan bog‘liq holda amalga oshishi mumkin. Bu iqtisodiy va ijtimoiy natijalarni yaxshilashga

yordam berishi hamda innovatsiyalar va mahsuldorlikni oshirish uchun harakatlantiruvchi
kuchga aylanishi mumkin. Platformalar tomonidan taqdim etilgan infratuzilma aloqa,

operatsiyalar, ma’lumot almashish va hamkorlik samaradorligini oshirishi mumkin.

Rivojlanayotgan mamlakatlardagi mahalliy firmalar raqamli platformalar tomonidan taqdim

etilgan raqamli xizmatlardan foydalana olishsa, sezilarli foyda olishlari 17 mumkin. Raqamli


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

16

platformalar an’anaviy bitimlarga nisbatan tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishi mumkin,

shuning uchun, ayniqsa, mikrofirmalar hamda kichik va xususiy tadbirkorlar uchun ichki va tashqi

bozorda keng imkoniyatlar yaratadi.

Bank, sug‘urta, investitsiyalarni yaratishga qaratilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning

o‘zaro hamkorligi asosida yagona brenddan foydalanishga undaydi. Moliya va supermarketi
doirasida ham xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro hamkorligini ta’minla

ydi.

Yuqorida sanab o‘tilganlardan ajralib turadigan "xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro

ta’siri, uni amalga oshirishning agressiv shaklida amalga oshiriladigan va birlashuv

tashabbuskorining passiv ishtirokchisining faoliyatiga kirib borishiga asoslangan" modelidir.

Xulosa va takliflar

.

Biznes yuritishning yangi shakllari va modellari, shuningdek, raqamli iqtisodiyotda xo‘jalik

yurituvchi subyektlarning o‘zaro hamkorligi formatlarida raqamlashtirish va uning

mahsulotlarining ijobiy

ta’siridan fo

ydalanishni hisobga olgan holda vujudga keladi.

Biznes yuritishning bunday yangi shakllarini klassterlash yanada chuqurroq o‘rganish va

raqamlashtirish samaradorligini oshirish omili sifatida ko‘rib chiqish uchun uning bozoriga ta’siri

xususi

yatlarini o‘rganish zarur. Bunda yangi elektron maʼlumotlar bazasini qoʻllashning asosiy

yoʻnalishi uning asosida maʼlumotlarga asoslangan biznes

-tizim modellarini ishlab chiqishdan

iborat (Couldry, Powell, 2014).

Tabiiyki, yanada murakkabroq raqamlashtirish mahsulotlari har qanday darajadagi

iqtisodiy konvergentsiya jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega

(

Jo‘rayev

, 2013)

. Bu "Qo‘shma biznes samaradorligiga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan

raqamlashtirish mahsuloti" mezoniga muvofiq iqtisod

iy konvergentsiyaning ma‘lum darajasida

amalga oshirilgan biznesga eng katta ijobiy ta‘sirni eng murakkab raqamlashtirish mahsuloti

ta’minlaydi, deb ishonishga asos beradi.

Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Couldry N., Powell A. (2014) Big data from the bottom up //Big Data & Society.

–T. 1. №. 2. S.

277. Gulyamov S.S., Shermuxamedov A.T. (2018) Development of digital economy in the republic of

Uzbekistan. VII Uzbek- Indonesian Joint international scientific and pra

ctical conference “Innovative

development of entrepreneurship” with the framework of scientific and research project” Global

economic challenges and national economy development” Tashkent

- Jakarta, September.-180-183 p.

Ergasho

v Y.I. (2024) “Viloyatda dehqon xo‘jaliklari faoliyatining rivojlanish mexanizmining

statistik tahlili

”, "Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil" №2 sonida 72

-82-betlar.

Jo‘rayev T.

(2013)

Soliq siyosatini takomillashtirish yo’lida. //Toshkent haqiqati. yil 23

sentyabr.

Mukhitdinov Kh.S., Rakhimov A.N. (2020). The forecast for the development of the public

services sector. Scopus, Solid State Technology, December 2020, Vol 63, № 6

Rakhimov A. N., Makhmatkulov G. K., Rakhimov A. M. (2021) Construction Of Econometric

Models Of Development Of Services For The Population In The Region And Forecasting Them //The

American Journal of Applied sciences.

Т

. 3.

№. 02. –

С

. 15-42.

Rakhimov, A., Ravshanova, M., & Alieva, M. (2023). Econometric analysis of increasing efficiency

of industrial enterprises. In E3S Web of Conferences (Vol. 458, p. 04004). EDP Sciences.

Raximov A.N., Ergashov Y.I. “Dehqon xo‘jaliklari faoliyatining istiqbolli rivojlantirishga ta'sir

etuvchi omillar”,

"Экономика и социум" №3 (106)

-2 2023 255-262-bet.

Бард

В., Павлова Л.

(2014)

Налоги в условиях экономической интеграции. //. –М.:

“Кнорус”. С.63

Гайсина Д.В.

(2020)

Трансформация современных бизнес

-

моделей в сторону экосистем:

доклад / Шестая конференция «Проектирование бизнес

-

архитектур 2017», 2017.

[

Электронный

ресурс

] URL: (

Дата

обращения

10.07.2020).

Bibliografik manbalar

Couldry N., Powell A. (2014) Big data from the bottom up //Big Data & Society. –T. 1. №. 2. S. 277. Gulyamov S.S., Shermuxamedov A.T. (2018) Development of digital economy in the republic of Uzbekistan. VII Uzbek- Indonesian Joint international scientific and practical conference “Innovative development of entrepreneurship” with the framework of scientific and research project” Global economic challenges and national economy development” Tashkent- Jakarta, September.-180-183 p.

Ergashov Y.I. (2024) “Viloyatda dehqon xo‘jaliklari faoliyatining rivojlanish mexanizmining statistik tahlili”, "Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil" №2 sonida 72-82-betlar.

Jo‘rayev T. (2013) Soliq siyosatini takomillashtirish yo’lida. //Toshkent haqiqati. yil 23 sentyabr.

Mukhitdinov Kh.S., Rakhimov A.N. (2020). The forecast for the development of the public services sector. Scopus, Solid State Technology, December 2020, Vol 63, № 6

Rakhimov A. N., Makhmatkulov G. K., Rakhimov A. M. (2021) Construction Of Econometric Models Of Development Of Services For The Population In The Region And Forecasting Them //The American Journal of Applied sciences. – Т. 3. – №. 02. – С. 15-42.

Rakhimov, A., Ravshanova, M., & Alieva, M. (2023). Econometric analysis of increasing efficiency of industrial enterprises. In E3S Web of Conferences (Vol. 458, p. 04004). EDP Sciences.

Raximov A.N., Ergashov Y.I. “Dehqon xo‘jaliklari faoliyatining istiqbolli rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillar”, "Экономика и социум" №3 (106)-2 2023 255-262-bet.

Бард В., Павлова Л. (2014) Налоги в условиях экономической интеграции. //. –М.: “Кнорус”. С.63

Гайсина Д.В. (2020) Трансформация современных бизнес-моделей в сторону экосистем: доклад / Шестая конференция «Проектирование бизнес-архитектур 2017», 2017. [Электронный ресурс] URL: (Дата обращения 10.07.2020).