ПРОБЛЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ЭФФЕКТИВНЫМ ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ВОДНЫХ РЕСУРСОВ | Экономическое развитие и анализ

ПРОБЛЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ЭФФЕКТИВНЫМ ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ВОДНЫХ РЕСУРСОВ

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Поделиться
Бердиев, А. (2024). ПРОБЛЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ЭФФЕКТИВНЫМ ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ВОДНЫХ РЕСУРСОВ. Экономическое развитие и анализ, 2(4), 42–52. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/45193
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье показаны проблемы управления эффективным использованием водных ресурсов и пути их преодоления. В частности, перераспределение водных ресурсов по времени и регионам, обеспечение экологической устойчивости с учетом требований экологической устойчивости и оптимальное удовлетворение потребностей отраслей экономики в водных ресурсах, обеспечение своевременного удовлетворения потребностей в количестве и качестве, обеспечение управления водными ресурсами - естественного распределения водных ресурсов во времени и пространстве и режима показателей качества-в соответствии с требованиями потребителей. разработаны предложения по процессу адаптации.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

42



SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI

BOSHQARISH MUAMMOLARI

Berdiyev Anvar Abdivaliyevich

Qarshi Davlat universiteti

ORCID: 0009-0000-7122-9660

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, suv resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish

muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilgan. Jumladan

, suv resurslarini vaqt va

xududlar bo’yicha qayta tarqatish, yekologik barqaro

rlik talablarini hisobga olgan holda atrof muhit

barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo’lgan talablarini optimal

ravishda qondirish, talab yet

ilgan miqdor va sifat bilan zarur bo’lgan vaqtida yetkazish, suv

resurslarini boshqarishni - suv resurslarining vaqt va makonda tabiiy tarqalishi hamda sifat

ko’rsatkichlarini rejimini iste’molchilarning talablariga moslashtirish jarayoni bo‘yicha taklifla

r

ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

suv resurslari, suv resurslarini boshqarish, yer osti suvlari, boshqaruv usullari,

boshqaruv jarayoni, boshqaruv mexanizmi, cheklangan suv resurslari, taqsimot darajasi, boshqruv

funksiyalari, ekologik sharoit, suvga bo‘l

gan talab, vertikal boshqaruv.


ПРОБЛЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ЭФФЕКТИВНЫМ ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ

ВОДНЫХ РЕСУРСОВ

Бердиев Анвар Абдивалиевич

Каршинский государственный

университет

Аннотация.

В данной статье показаны проблемы управления эффективным

использованием водных

ресурсов и пути их преодоления. В частности, перераспределение

водных ресурсов по времени и регионам, обеспечение экологической устойчивости с учетом

требований экологической устойчивости и оптимальное удовлетворение потребностей

отраслей экономики в водных ресурсах, обеспечение своевременного удовлетворения

потребностей в количестве и качестве, обеспечение управления водными ресурсами

-

естественного распределения водных ресурсов во времени и пространстве и режима

показателей качества

-

в соответствии с требованиями потребителей. разработаны

предложения по процессу адаптации.

Ключевые слова

:

водные ресурсы, управление водными ресурсами, подземные воды,

методы управления, процесс управления, механизм управления, ограниченные водные

ресурсы, уровень распределения, функции управления, условия окружающей среды, спрос на

воду, вертикальное управление.

UO

K: 333 93 (045)

IV SON - APREL, 2024

42-52


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

43

PROBLEMS OF MANAGING THE EFFECTIVE USE OF WATER RESOURCES

Berdiyev Anvar Abdivalievich

Karshi State University

Annotation.

This article shows the problems of managing the effective use of Water Resources

and ways to eliminate them. In particular, proposals have been developed for the re - distribution of

water resources by time and time, ensuring environmental sustainability taking into account the

requirements of ecological sustainability and optimally meeting the requirements of the sectors of
the economy for water resources, delivering water resources with the quantity and quality needed,

managing water resources-the natural distribution of Water Resources in time.

Keywords:

water resources, water resources management, groundwater, management

methods, management process, management mechanism, limited water resources, distribution level,
Bashkir functions, environmental conditions, water demand, vertical management.

Kirish.

Suv resruslarini barqaror

boshqarishda suvga bo’lgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va

yekologik talablar, boshqaruvda avvaldan qo’llanib kelingan dekleratsiyalar hamda boshqarishni

tashkil yetishning qatiy tartibiga asosan barcha suv resurslarni jalb yetish, ularning shakllanish

sha

roitlarini yaxshilash, bir vaqtni o’zida suv resruslari bilan birga suvga bo’lgan talablarni

boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishda katta rol o’ynaydi. Suv resurslari tizimidagi murakkab

o’zaro bog’liklarning barcha jihatlari o’zaro uzviy birlikda ko’ri

lganda muammolar nisbatan

yengilroq yechiladi. Shuning uchun har bir mamlakat doirasida suv resurslarini boshqarish bilan

bog’liq xarakatlarni muvofiqlashtirish, birlashtirish va bog’lash bo’yicha zaruriyat tug’ila

di. Inson

va tabiat o’rtasidagi raqobatni oldini olish va barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun

quyidagi ishlar amalga oshirilishi zarur. Jumladan: vaziyatni, trendlar va potensialni baholash

uchun: (ma’lumotlar va ularning tahlili − resurslar v

a yehtiyojlarni bashorat qilish uchun):

ma

’lumotlar va ularning tahlili − suv resurslari maxsuldorligining potensial texnik darajasiga

yerishish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish bo’yicha: texnik baza; texnik yechimlar; moliyaviy

resurslar − boshqaruvni tashkiliy amalga oshirish bo’yicha o xuquq

iy baza o potensial tashkiliy

tuzilmalar; suv uchun to’lov tizimi, resurslar; suvning ifloslanishi; suv iste’molchilarining

ishtiroki; suvni tejamkor ishlatishdan moddiy manfaatdorlik.

Mamlakatimizda suv resurslari

dan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi

ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat

tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini

yaxshilash bo‘

yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda suvni tejaydigan

texnologiyalar qamrab olgan maydon sug‘oriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib,

buning hisobiga 2022 yilda 3 mlrd. kub metr suv iqtisod qilindi hamda 830 ming gektar takroriy

ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirildi. Prognoz ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil vegetatsiya
davrida suv resurslari hajmi ko‘p yillik me’yorga nisbatan Sirdaryo havzasida 10

- 15 foizga,

Amudaryo havzasida 15 -

20 foizga kam bo‘lishi ku

tilmoqda (

Қарор

, 2023).

Suv resurslari tabiiy muhitning ajralmas qismi va insonning fiziologiik yextiyojlarini

qondirishning tengsiz manbasi hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanish insonning yashashga

bo’lgan huquqining bir qismi bo’lishi bilan birga u

- inson faoliyatining barcha turlari uchun zarur

resursdir. Undan kommunal-

maishiy maqsadlar, shaxar va qishloqlarni suv bilan ta’minlash,

yenergetika, sanoat, xom ashyo olish va qator boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Suvdan

shuningdek, transport, harakat va yo

g’och oqizish, sport, tibbiyot

-s

og’lomlashtirish va boshqa

qator maqsadlar uchun ham foydalaniladi. Suv resurslariga xos yana bir muhim jihat ularning ko’p

sonli xossa va xususiyatlarga yega bo’lishi hamda ko’p sonli maqsadlar va ko’p sonli iste’molchilar

tomonidan foydalaniluvchi yagona

, muqobili bo’lmagan umumfoydalaniluvchi resurs yekanligi

bilan bog’liqdir. Dunyodagi umumiy suv zaxiralari qariyb 1,5 milliard km 3 bo’lgani holda uning


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

44

2% ga yaqin qisminigina chuchuk suvlar tashkil yetadi. Insoniyat o’z yehtiѐjlari uchun ishlatishi

mumk

in bo’lgan chuchuk suvlar resurslari yesa olimlar hisoblariga ko’ra atigi 41 ming km 3 ni

tashkil yetadi. Dunyodagi mavjud cheklangan chuchuk suv resurslari

ularning taqchilligini

ortishi va sifatining yomonlashib borishi bilan ham xarakterlanadi. Dunyoda chuchuk suv

taqchilligi jiddiy global muammoga aylanib ulgurdi va oqibatda tabiiy muxit holatining
yomonlashuvi, tirikchilik uchun zarur vositalarning kamayishi va aholi kasallanishi holatlarini

ortishiga sabab bo’lmoqda. Bugungi kunda asosiy iste’mol ma

hsuloti hisoblangan suvning

yetishmovchiligidan dunѐning 40 dan ortiq mamlakatlarida istiqomat qiluvchi 2 milliarddan

ortiqroq kishi aziyat chekmoqda.

Suv resurslarini boshqarish tushunchasi -

suv resurslarini vaqt va xududlar bo’yicha qayta

tarqatish, yekologik barqarorlik talablarini hisobga olgan holda atrof muhit barqarorligini

ta’minlash va iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo’lgan (tabiatning yekologik va

jamiyatning iqtisodiy) talablarini optimal ravishda qondirish uchun suv resurslarini kera

k bo’lgan

joyga, talab yetilgan miqdor va sifat bilan zarur bo’lgan vaqtida yetkazish tushuniladi. Yana ham

qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarishni - suv resurslarining vaqt va makonda tabiiy tarqalishi

hamda sifat ko’rsatkichlarini rejimini iste’mol

chilarning talablariga moslashtirish jarayoni deb

talqin yetilishi mumkin.

Suv resurslarini boshqarish - bu suvni imkon darajasida kerakli vaqtda va kerakli miqdorda

kerakli nuqtaga yetkazishdan iborat degan sodda tushunchaga duch kelamiz. Ammo, suv

resurs

lari hamda ularga bo’lgan talablarning shakllanishi bo’ladigan tabiiy va antrogopen, tashqi

va ichki omillar ta’sirlar oqibatida dunyoda shakllanayotgan tendensiyalarni inobatga oladigan

bo’lsak xozirgi davrda suv resurslarini boshqarish ancha murakkab jar

ayondir. Shunday qilib

“Suv resurslarini boshqarish” –

tabiat va jamiyatning zaruriy sifatdagi va miqdordagi suvga

bo’lgan yehtiѐjlarini doimiy tarzda, barcha vaqt davrlari (operativ, yillik, ko’pyillik va istiqbolli)

bo’yicha ta’minlashi lozim. Boshqach

a qilib aytganda suv resurslarini boshqarish suv resurslari va

suvga bo’lgan talablar o’rtasidagi doimiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir.

Mazkur muvozanat yuzaki qaraganda juda sodda va chuqurroq qaraganda juda murakkab

bo’lishi mumkin. Ushbu murakkab tizimda quyidagilarni aloxida ajratib ta’kidlash mumkin: tabiiy

suv resurslari (yog’inlar, yer usti va yer osti suvlari oqimlari), hamda insoniyatning atropogen

ta’sirlari ostida vujudga keluvchi qaytuvchi suvlari. Mazkur resurslar iqlimning o’zgarishlari
oqibatida ta’sirida o’zgarishlari mumkin; iqtisodiyot tarmoqlarining suvga bo’lgan (ularning

qaytmas suv iste’molini hisobga olgan holdagi) talablari; yekologik sharoit va talablar; ijtimoiy

muhit va iqtisodiy taraqqiyot; siyosiy muhit.

Shu bilan birga qu

yidagilarni nazarda tutish lozim: mavjud suv resurslari suvga bo’lgan

talablar bilan mos kelmaydi; turli iste’molchilarning suv iste’moli muddatlari turlicha bo’lib, bir

birga mos kelmaydi (masalan sug’orish va yenergetika; rekreatsiya va baliqchilik va h.

o.); suv

sifatini yomonlashuvi. Mazkur holat amalda jamiyat uchun mavjud toza suv resurslarining

miqdorini keskin kamaytiradi.

Yeng muhimi shundaki, suv resurslari -

boshqaruvda alohida, o’ziga xos resurs bo’lib,

ularning xossalari suvga bo’ladigan xar qanday ta’sirlar yoki undagi o’zgarishlarni barcha o’zaro

bog’liq bo’lgan muxitlar va sohalarga vaqt va makonda tarqalishiga olib keladi.

Adabiyotlar sharhi.

Suv resurslarini xalq xo’jaligida katta mikyosda ishlatilishi suv balansini o’zgartirdi va suv

ob’ektlarini ifloslanishiga olib keldi. Insoniyat tomonidan kichik maydonlarni o’zlashtirilishi va

sug’orish uchun suv olinishi yoki boshka ishlab chiqarish maqs

adlari uchun kichik xajmda suv

ishlatishi bilan bog’lik bo’lgan ta’sirlarni va XX asrning 50

-yillaridan keyingi davrda katta

maydonlarni o’zlashtirishi xamda xalk xo’jalik tarmoqlarini keng mikyosda rivojlanishi bilan

bog’liq atrof

-

muhitga ta’siri oqibatlarini bilan taqqoslab bo’lmaydi. Butunjahon sog’liqni saqlash

tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, b

ugungi kunda dunyodagi barcha kasalliklarning 80 foizi suv

tufayli yoki suv orqali tarqaladi. Shunday kilib, suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

45

samarali foydalanish zaruriyatining birinchi sababi ilmiy texnik taraqqiyot, xalk xo’jaligi

tarmoql

arining intensiv rivojlantirishi bo’lsa, uning ikkinchi sababi

- oziq-ovqat muammosidir.

Yuqorida ta’kidlangan suvga bo’lgan munosabatlarning rivojlanish tar

ixining ikkinchi bosqichi

davrida ham suvga birinchi bosqichidagi munosabatlarga tayangan holda “Ta

biatni inson izmiga

buysindirish” jarayonida qo’yilgan hatolar oqibatida planetada bugungi kunga kelib suv, tinchlik

va xavfsizlik muammolarini chambarchas b

og’lovchi chuchuk suv muammosi paydo bo’ldi.

Bugungi kunda chuchuk suv muammosi o’zida suv, tinchli

k va xavfsizlik shartlarini mujassam

yetgan, nafaqat alohida mamlakatlar balki butun boshli mintaqalarning barqaror taraqqiyotini

belgilab beruvchi muammoga aylandi. Shuning uchun yangi sharoitlarda umumiy va cheklangan
suv resurslaridan birgalikda barqaro

r boshqarish, ulardan samarali foydalanish, ularga bo’lgan

munosabat masalasiga munosib ye’tibor qaratish zaruriyati –

o’zaro chambarchars bog’liq suv,

tinch

lik va xavfsizlik muammosini o’zida mujassamlashtiradi.

Mamlakatimiz mustaqillik yillarida yer va suv resurlaridan foydalanish tizimi tubdan isloh

qilindi, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish hamda sug‘oriladigan yerlarning

meliorativ holatini yaxshilashning tegishli qonunchilik bazasi yaratildi va amaliyotga joriy etildi.

Buning natijasid

a suvdan limit bo‘yicha foydalanishga o‘tilganidan sungi 17 yil davomida bir

gektar hisobiga suv olish va sug‘orish suvini yo‘qotish hajmi kamaydi (Амиров, 2

019).

Suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv resurslarini vaqt va hududlar bo‘yicha

qayta tarqatish, ekologik barqarorlik talablarini hisobga olgan holda atrofmuhit barqarorligini

ta’minlash va iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo‘lgan

talablarini optimal ravishda

qondirish uchun suv resurslarini kerak bo‘lgan joyga, talab etilgan mi

qdor va sifat bilan zarur

bo‘lgan vaqtida yetkazish tushuniladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarishni suv

resurslarining vaqt va makonda ta

biiy tarqalishi hamda sifat ko‘rsatkichlari rejimini

iste’molchilarning talablariga moslashtirish jarayoni deb talqin etilishi mumkin (Шохўжаева,

2021).

Suv hayotning barcha jabhalari uchun zaruriy vositadir. Insonning asosiy ehtiyojlarini

qondirish, ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishni ta’min

lash, shuningdek, ekotizimlarning yaxlitligi va

saqlanib qolishi

uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy resurs hisoblanadi. Suv ijtimoiy

-

itqisodiy jarayonlarda ishlab chiqarish va iste’mol bilan bog‘l

iq faoliyat uchun birlamchi moddiy

resurs sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha mamlakatlarda suv resurslarini tejash va ulardan

oqilona foydalanish mamlakat iqtisodiy islohotlarining doimo markaziy o‘rnida turadi (

Axmedov,

2023).

Suvni manbadan iste'molchiga yetkazib berish gorizontal va vertikal boshqaruv iyerarxiyasi

bilan ta'minlanadi. Bu darajalarning har birida

suv ta'minoti beqarorligining o‘ziga xos omillari

mavjud bo‘lib, ular tabiati va ta'sir darajasiga ko‘ra har xildir. O‘zbekistonning suv res

urslarini

boshqarish tizimi 4 iyerarxik darajadan tashkil topgan holda optimal tarzda ifodalangan

(Пулатов, 2004).

Rossiyalik olim A.I.Korjov o‘zining monografiyasida sug‘orish tizimlarini ishlatish

muammosini ko‘rib chiqar ekan ularni boshqarishni takomil

lash

tirishning ikkita yo‘lini qayd

etadi: Birinchi yo‘l –

bu qurilishni izchil loyihalashtirish va keyinchalik yan

gi sug‘orish tizimlarini

ishlatish. Ushbu yo‘l katta kapital qo‘yilmalarni talab qiladi va ayrim chekka hududlari uchun

meliorativ sug‘orish

tizimlarining barcha zonalari uchun shakllangan holatga ko‘ra, buni kelajakda

qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning yangi sug‘oriladigan zonalarini o‘zlashtirish orqali
amalga oshirish mumkin. Ikkinchi yo‘l –

bu mavjud mablag‘lardan mohirona foydal

anish va ularni

sifatli boshqarishni ta’minlash asosida mavjud sug‘orish tizimlarini evolutsion takomillashtirish.

Bu yo‘l har bir alohida olingan sug‘orish tizimining strategik maqsadlarini aniqlash bilan

birgalikda ular faoliyatini axborot bilan ta’m

inlashning metod va usullarini takomillashtirishga

tayanadi. Bularning barchasi katta hajmdagi axborotni o‘z vaqtida to‘plash, qayta ishlash va

berishni, ya’ni nazorat va boshqaruvning zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalari

qo‘llanilishini talab etadi (Kоржов, 2006).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

46

Zhaoyang Yang va boshqalarning tadqiqotlarida esa, suv resurslarining o‘tkazish qobi

liyati

(water resources carrying capacity-

WRCC) konsepsiyasi bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar olib borildi.

Ushbu tadqiqotda analitik ierarxiya jarayoni (analytic hierarchy process-AHP) va tizim dinamikasi

(SD) modellari asosida suv resurslarining o‘tkazish qob

iliyatining sumulatsiya modeli yaratilgan.

Mazkur simulatsiya modeli asosida suv resurslarini mamlakat hududlari bo‘yicha samaral

i

taqsimlash bo‘yicha 5 ta ssenariydagi variantlar taklif etiladi (

Yang, 2019).

Rus olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotl

arda asosiy e’tibor hududlarda suv

resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadqiqotlarga ahamiyat keng qaratilgan. Juladan,

V.Fomina tadqiqotlarida Rossiyaning Shimoliy-

G‘arbiy Federal okrugi hududlarida ishlab

chiqarilgan mahsulotning suv sig‘imi va suvni yo‘qotishning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari bo‘yicha

suvdan foydalanish xususiyatlari aniqlangan. Mazkur maqolada hududlarida suvdan foydalanish

samaradorligini baholash orqali suv resurslarini tejamkorligiga erishishining hududiy
strategiyasi takli

f etilgan. Undagi asosiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar tahlil qilinadi: (ishlab

chiqarishda chuchuk va qayta ishlangan suvdan foydalanish darajasi, maishiy va ichimlik

ehtiyojlari uchun suvning solishtirma iste’moli, suv yo‘qotishlari, oqava suvlar

miqdori va

ifloslanish darajasi bo‘yicha ularning tarkibi va boshqalar) (Фомина, 2010).

Umuman suv resruslarini boshqarish bo’yic

ha barcha harakatlar mamlakat miqyosida va

havza darajasida barcha gidrografik birliklar doirasida muvofiqlashtirilishi lozim. Aynan shunday

tizim Ispaniyada (1926 yildan), Fransiyada, Gollandiyada va dunyoning boshqa qator rivojlangan

mamlakatlarida mavjud. Bunday tizim 1926 yildan Markaziy Osiyoda Zarafshon daryosi xavzasida

xam mavjud yedi. Ammo yaqin o’tgan davrda mazkur tizim o’zgartirilib, oxir oqibat ma’muriy

xududiy viloyat tizimiga aylantirilgan yedi. Keyingi davrda yesa mintaqa mamlakatlarida asta

sekin gidrografik havzaviy tamoyilga o’tish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Suv bilan bog’liq yeng asosiy muammo

- mavjud cheklangan suv resurslarining tobora oshib

borayotgan talablarga mos kelmasligi bi

lan bog’liqdir. Dunyoda suv xo’jalik muammolarining

asosiy kelib chiqish sabablarini:

1. Planetada chuchuk suv zaxiralarini o’ta chegaralangan mikdorda yekanligi.

2. Chegaralangan chuchuk suv resurslarining qitalar bo’yicha xududiy jihatdan o’ta notekis

tarkalganligi (buning oqibatida sersuv va kamsuv mintaqa

lar hosil bo’lishi).

3. Mavjud, chegaralangan, chuchuk suv resurslardan noto’g’ri foydalanish oqibatida

(antropogen omillar) ularning ifloslanishi, ya’ni yaroqli holatdan yaroqsiz holatga o’tib qolish

i

bilan izohlash mumkin.

Suv resurslaridan bir vaqtda mi

llionlab iste’molchilar o’zlarining turli tuman yehtiyojlari

uchun foydalanadilar. Suvning turli foydali xossa va xususiyatlaridan foydalanishda nafaqat
kishilik jamiyatining iqtisodiy va atrof-muhit

barqarorligi uchun zarur bo’lgan yekologik

yehtiyojlari

o’rtasida, balqi alohida iste’molchilar va hatto mamlakatlar manfaatlari o’rtasida

ziddiyatlar yuzaga keladi. Ziddiyatlar suvning miqdori, sifati yoki rejimi (suvning kerakli

miqdorda va zarur sifat k

o’rsatkichlarida mavjud bo’lish vaqti va muddati) ko’rsatkichlari bo’yicha

yuzaga kelishi mumkin. Tarix bunday ziddiyatlarning juda ko’plariga shohid bo’lgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Suv resurslari tanqisligi yesa suvga bo’lgan talab ortib borgan

sari keskinlashib borishi

tabiiy. Suv bilan

bog’liq munosabatlarning rivojlanish ta’rixiga ye’tibor qaratilsa uning asosan ikki

davrni o’z ichiga olganligini ko’rish mumkin. Ularning birinchisi taxminan XX

asrning

o’rtalarigacha bo’lgan davrni o’z chiga o

ladi. Bu davr asosan mavjud suv resurslariga nisbatan

ularga bo’lgan yehtiyojni kamligi (aholi soni kam –

2.5 mlrd. kishi, iqtisodiyot rivojlanmagan),

insoniyatda faqat o’sha davrgagina to’g’ri keluvchi “suv resurslari cheksiz, u tugallanmas tabiiy

resurs,

bu xudoning insonlarga in’omi, undan xoxlaga

ncha foydalanish mumkin, u tugamaydi,

daryo suvini olib ishlatish uning mikdoriga ta’sir yetmaydi, suvni sifati xam o’zgarmaydi, chunki u

yetti marotaba dumalasa yana toza bulib koladi” degan noto’g’ri (yoki aynan o’sha, suv resurslari

suvga bo’lgan talablar miqdoridan ancha katta bo’lgan davr uchungina to’g’ri) fikr yoki tushuncha


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

47

odamlar ongidan o’rin olishiga asos bo’lgan yedi. Suv bilan bog’liq munosabatlarni rivojlanish

tarixining ikkinchi bosqichi yesa XX a

srning o’rtalarida, ya’ni ikkinchi jaxon urushidan so’ng tinch

xayotni boshlanishi, katta-

katta maydonlarni o’zlashtirilishi, sanoatni rivojlanishi, aholi sonini

keskin oshib borishi natijasida suv resurslariga bo’lgan talabning keskin ortishi bilan

xarakt

erlanadi. Mavjud suv resurslari deyarli to’liq o’zlashtirilib, yendi kelajakni kaysi suv

resurslari hisobiga ta’minlanadi degan savol kun tartibiga kirib kela boshladi.

Markaziy Osiyoning umumiy cheklangan suvlari masalasiga o’tsak avvalo ta’kidlash lozim

ki

Orol dengizi havzasi deb nomlanuvchi bizning mintaqamiz aynan chuchuk suv resurslarining

qitalar bo’yicha xududiy jihatdan o’ta notekis tarkalishi (tabiiy omil) oqibatida shakllangan

cheklangan suv resurslariga yega berk havza hisoblanadi. Orol dengizi havzasining suv resurslari

tabiiy holda shakllanadigan va qayta tiklanib turadigan yer usti va yer osti suv resurslari xamda

qaytariladigan suvlardan tashkil topgan. Orol dengizi xavzasining umumiy o’rtacha ko’p yillik suv

oqimi 115.6 km

3

ni tashkil yetadi, shu jumladan Amudaryo buyicha - 78.5 km

3

va

Sirdaryo bo’yicha

- 37.1 km

3

ga teng. Mavjud umumiy suv resurslari mintaqada yashuvchi 60 milliondan ko’proq

aholining hayotiy ne’mati, mintaqa barqaror taraqqiyotining muhim asoslaridan biri hisoblanadi.

Trans

chegaraviy suv ob’ektlari maqomiga yega bo’lg

an Amudaryo va Sirdaryo daryolarining

o’rtacha ko’p yillik suv oqim mikdori katta diapazonda o’zgarib turibdi. Umumiy cheklangan suv

resurslari mintaqa mamlakatlari tomonidan birgalikda iqtisodiy va yekologik yextiyojlar uchun

foydalaniladi.

O’zbekiston la

ndshafti

yassi tog’lari, o’zgarmas tekisliklari, tog’ yon bag’ridagi qiya

yalangliklar, tog’ tarmoq va tizmalari relef shakllari juda xilma

-xil (1-rasm). Mamlakatning

Shimoli-

g’arbiy qismini Ustyurt platosi va

Orolbo’yi hududi yegallagan. Qizilq um cho’l

lariga

tutash Mirzacho’l, Qarnobcho’l va Qarshi cho’lining yassi yalangliklari sharqqa qarab cho’zilib

ketgan. Dashtlar G’arbning cho’l yalangliklari va Sharqning tog’ kengliklarini bog’lab turuvchi qiya

tog’ yonbag’irlariga qo’shilib ketgan. Mamlakatning tog’ qismi asosan G’arbiy Tyan

-Shon va Pomir-

Oloy tarmog’i hamda tizmalaridan iborat. Tog’ va tekisliklar o’rtasidagi nisbat 1:5.

1-

rasm. O’zbekiston joylashgan hudud xaritasi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

48

O’zbekistonning iqlim xususiyatlari (keskin o’zgaruvchanligi, quruqligi, iss

iq va quyoshli

kunlarning ko’pligi) mamlakatning katta materikning janubida joylashgani va okeanlardan

uzoqligi bilan bog’liq. O’zbekiston quyoshli kunlarning ko’pligi bo’yicha –

may oyidan oktabr

oyigacha

O’r

taer dengizi va Kaliforniyadan ham oldinda tu

radi. YuNEP4 aridligi indeksi bo’yicha

(0,05-

0,20 dan 0,65 gacha) O’zbekistonning barcha hududi (tog’oldi va tog’ qismidan tashqari)

havo va tuproq quruqligi ta’siridagi qurg’oqchil hududga kiradi hamda yemirilish va cho’llanish

jarayoniga moyilroqdir.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 1990

-

2020 yillarda jami qaytgan suv miqdori o’rtacha yiliga

28,0 dan 33,0 km³ ni tashkil yetadi. Turli suv iste’molchilari va foydalanuvchilaridan qaytgan suv

umumiy miqdori yiliga 28,3

km³dan iborat, jumladan yiliga 20,1 km³ Sird

aryo havzasi, yiliga 11,5

km³ Amudaryo havzasiga to’g’ri keladi (2

-rasm).

2-

rasm. Turli suv iste’molchilari va foydalanuvchilaridan qaytgan suv miqdori nisbati

Energetika-15,90%

Sanoat-18,50%

Baliqchilik-0,70%

Xo'jalik ichimlik suvi-

8,20%

Qishloq xo'jaligi-

0,10%

boshqalar-0,40%

Sirdaryo suv havzasi

Energetika-15,90%

Sanoat-18,50%

Baliqchilik-0,70%

Xo'jalik ichimlik suvi-8,20%

Qishloq xo'jaligi-0,10%

boshqalar-0,40%

Irrigatsiya tizimi-

87,90%

Energetika-6,20%

Xo 'jalik ichimlik suvi-3,8%

Sanoat-1,60%

Qishloq xo 'jaligi-

0,20%

Baliqchilik-0,20%

boshqalar-0,10%

0%

Amudaryo suv havzasi

Irrigatsiya tizimi-87,90%

Energetika-6,20%

Xo 'jalik ichimlik suvi-3,8%

Sanoat-1,60%

Qishloq xo 'jaligi-0,20%

Baliqchilik-0,20%

boshqalar-0,10%


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

49

Qaytadigan suvlarning bunday ko’p miqdori kanallar va sug’oriladigan

maydonlarda suvni

katta filtratsiya yo’qotishlar bilan bog’liq. Bir tomondan, sug’orishdan qaytgan suvlar mavjud suv

resurslarining muhim tarkibiy qismi sifatida xizmat qiladi, chunki bu suvlar miqdorining

yarmidan ko’pi daryolarg

a qaytadi, ikkinchi tomondan ularning sifati suv resurslari va yer usti

yekotizimlariga jiddiy xavf tug’diradi. Kollektor

-

drenaj suvlarining o’rtacha minerallashish

darajasi 1,5-

2,5 g/l dan (Markaziy Farg’ona va Surxondaryoning janubiy qismi) 5

-6g/l.ni

(Am

udaryoning o’rta oqimi) ta

shkil yetadi.

Ayni paytda O’zbekistonda 55 sun’iy suv ombori tashkil yetilgan. Shuning 30 tasi Amudaryo

havzasida, 25 tasi Sirdaryo havzasida joylashgan . Suv omborlari hajmi va to’plangan suv miqdori
bo’yicha tabiiy suv havzalari

dan ancha katta. Amudaryo va Sirdaryo oqimini boshqarishga doir

asosiy o’zanli suv omborlari O’zbekiston tashqarisida joylashgan. Andijon, Tuyamo’yin va Janubiy

Surxondaryodagi suv omborlari bundan mustasno (1-jadval). Ushbu suv omborlarining
hammasini tizimi irrigatsiya-yenergetika tartibida ishlash uchun loyihalashtirilgan. Hozirgi
paytda Amudaryo havzasidagi oqim faqat mavsumiy boshqarilmoqda (Nurek suv omborining

to’liq sig’imi 10,5 km³, Tuyamo’yin omborining sig’imi 7,3 km³) .

1-jadval

Amudaryo va Sir

daryo havzalaridagi o’zanl

i suv omborlar

Suv ombori

Foydali sig‘im hajmi mln. m

3

Daryolar

Amudaryo suv havzasi

Nurek

4500

Vaxsh

Tuyamo‘yin

4500

Amudaryo

Janubiy Surxondaryo

700

Surxondaryo

Sirdaryo suv havzasi

To‘xtag‘ul

14000

Norin

Chordara

4700

Sirdaryo

Qayroq qum

2500

Sirdaryo

Andijon

1750

Qoradaryo

Sirdaryo oqimi To’xtag’ul suv omborining irrigatsiya

-yenergetika tartibida ishlash sharti

bilan 34 km³ miqdorda belgilangan. Daryoning Tojikiston hududidagi o’rta oqimida joylashgan

Qayroqqum omborining ishchi

sig’imi 2,5 km³ ni tashkil yetadi. 4,7 km³ foydali sig’imga yega

Chordara suv ombori Qozog’iston Respublikasi yetagidagi suvdan foydalanuvchilar uchun

irrigatsiya tartibida ishlaydi.

Suv xo’jaligi siyosati O’zbekistonda yirik paxtachilik mark

azini tashkil yetishga qaratilgan

yedi. 1960 yildan to 1985-

1986 yillargacha qo’riq yerlar keng ko’lamda o’zlashtirildi (Mirzacho’l,

Jizzax, Qarshi cho’li va boshqalar). Muhandislik nuqtai nazaridan, o’sha paytda qurilgan sug’orish

tizimlarining texnik darajasi juda yuq

ori bo’lgan. Yirik suv xo’jaligi komplekslari, irrigatsiya va

drenaj ob’ektlarini boshqarish, ulardan foydalanish bo’yicha tashkiliy

-texnik asoslar yaratildi,

mahalliy malakali kadrlar va zarur infratuzilma tayyorlandi. Bu ishlar tufayli katta natijalarga

yerishildi. Sug’oriladigan yerlar maydoni 1960 yildagi 2,57 million gektardan 1980 yillarning

o’rtalarida 4,22 million gektargacha, ya’ni 1,6 marta kengaytirildi (3

-rasm). Paxta yetishtirish 2,95

million tonnadan 5,37 million tonnaga o’sdi .

Barpo yetilgan

tizimning foydalanish ko’rsatkichlari

va suvdan foydalanish samaradorligi yuqori baholandi: yangi o’zlashtirilgan yerlarda sug’orish

kanallarining umumiy FHK 0,80-0,85 ga yetdi; texnik jihatdan takomillashtirilgan tizimlar ishchi

xolatda ushlab turildi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

50

3-

rasm. O’zbekistonda 1900

-yildan 2020-

yilgacha sug’oriladigan yer

maydonlarining va suv olishnig o’zgarishi

Biroq sug’orish ishlarini keng miqyosda rivojlantirish jarayonida barqarorlik jihatlari va

yekologik muvozanatning buzilishi ko’pincha ye’tibor

ga olinmagan yedi. Vaholanki, olimlar bu

ishlarni boshlashdan oldin kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar haqida

ogohlantirgan yedi. Suv xo’jaligi sektorini prognoz rivojlantirish daryolar havzalarining «Suv

resurslaridan kompleks foydalanish s

xemasi»da (SRKF) suvdan foydalanuvchilar, suv

iste’molchilari manfaatlari hamda daryolar deltalariga sanitariya talablari uchun suv berishdan

kelib chiqqan holda aks yettirilgan.




4-rasm. Suv resurslarini boshqarishda qaror

qabul qilishga ta’sir yetuvchi

omillar va ularning bog’liqligi

Suv resurslarini boshqarish

keng mazmunda suv taqsimotini ta’minlash bilan bog’liq

barcha - siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik va boshqa funksiyalar spektrini,

ya’ni su

v hokimiyati (boshqaruvi, qarorlar qabul qilish) va suv resurslarini boshqarish (tor

mazmunda) tushunchalarini o’z ichiga oladi. Suv resurslarini boshqarishni aynan suv hokimiyati

bosqichida suv xo’jaligi majmuasining turli ishtirokchilarini faol demokratik ishtiroki ta’minlanadi

va qabul qilingan qarorlarning barqaror

bo’lishiga xizmat qiladi. Ikkinchi bosqichda yesa, ya’ni suv

resurslarini boshqarish (tor mazmunda) bosqichida qabul qilingan qarorlarning ijrosi

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

7000

8000

9000

1900 y

1920 y

1940 y

1960 y

1980 y

2000 y

2020 y

Sug'oriladigan yer maydonlari

Solishtirma suv olish

Aholi sonining o

sishi

Iqtisodiyotning o

sishi

Iqlim

o’zgarishi, xavzadagi suv

mikdorining o’zgarishi

Suvga bo

lgan extiyoj ortishi

Ifloslanish

darajasining

o

sishi

Toza suv tankisligi bois

raqobatning ortishi

Suv resurslarini taqsimlash va nizolarni hal etish zaruriyati


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

51

ta’minlanadi. Shunday qilib suv resurslarini boshqarish (keng mazmunda) ikki bosqichdan, ya’ni

suv xokimiyati (birinchi bosqich) va suv resurslarini boshqarish (tor mazmunda

ikkinchi

bosqich) ni o’z ichiga oluvchi jarayondan iboratdir.

Suv resurslarini boshqarish

tor mazmunda suv resurslarining t

arqatish hamda suv xo’jaligi

tizimlarini ishchi holatni ta’minlas

hga qaratilgan texnik, texnologik, moliyaviy va tashkiliy

tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishni o’z ichiga oluvchi faoliyatdir. Buni

«yekspluatatsiya» so’zining sinonimi sifatida ha

m qaraladi.

Xulosa va takliflar.

Suv resurslarini (taklifni) boshqarish

vazifasi institutsionalga nisbatan ko’proq injenerlik

masalasi hisoblanadi. Suv resurslarini boshqarish

suv xo’jaligi infratuzilmasini (to’g’onlar, suv

omborlari, kanallar, kolle

ktorlar va boshq.) yaratish va modernizatsiya qilishga ko’proq urg’u

beriladigan tuzilmaviy (texnik) ѐndashuv bilan xarakterlanadi. Suv xo’jaligi rivojining dastlabki
bosqichlarida iqtisodiy tizimning turidan qatiy nazar odatda ko’proq suv resurslarini

bos

hqarishga urg’u beriladi.

Suvga bo’lgan talabni

boshqarish

vaz

ifasi nisbatan ko’proq institutsional masala

hisoblanadi. Suvga bo’lgan talabni boshqarish faoliyati maqsadga yerishishning nostrukturaviy,
ya’ni texnik ob’ektlarga yemas balki inson komponentiga vositalariga tayanishi bilan

xarakterlanadi.

Suvga bo’lgan t

alabni boshqarish -

bir tomondan suvga bo’lgan talabni

shakllantirishda ishtirok yetuvchi (fermer va dehqon xo’jaliklari, tomorqa yegalari va boshqa suv

iste’molchilar) va ikkinchi tomondan suv resurslarini boshqarishda ishtirok yetuvchi (suv xo’jaligi

tashkilotlari xodimlari) odamlarga tayanadi.

Suv resurslarini boshqarish tizimi yelementlari: Maqsadlar - suv resurslarini boshqarishda

maqsadlarni garchi odamlar shakllantirsa ham, ularning asosida ob’ektiv shartlar bo’lishi kerak.

Suv resurslarini boshqarish amaliyotida iktisodiy, ijtimoiy, yekologik va boshqa maksadlar yotadi.

Ko’pincha bir maksadning o’zi kompleks bo’ladi. Funksiyalar

- murakkab ishlab chiqarishda Suv

resurslarini boshqarishni alohida bo’limlar

- funksiyalarga ajratishga to

’g’ri keladi. Tu

zilma - suv

resurslarini boshqarishning aloxida funksiyalarini bo’lim, qismlar yoki boshqarishning alohida

organlariga birlashgan odamlar bajarishi mumkin, ya’ni boshqaruv tuzilmalari tashkil yetiladi.

Boshqaruv jarayoni - boshqaruv jarayoni asosiysi - ha

r bir bo’g’in nima qilishi kerak, kim

qilishi kerak, qaerda, qanday va kimning oldida xisob berishi kerakligi haqidagi ko’rsatmalarni o’z

ichiga olgan turli boshqaruv qarorlarini qabul qilish, amalga oshirish va tashkil yetishdir. Qaror

qabul qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim -

kerakli ma’lumotlarni to’plash, ularni

tahlil kilish, xulosa chiqarish va hal yetish yo’llarini topish.

Suv resurslarini boshqarish jarayoni nimadan tashkil topishiga ye’tibor qarataylik. Birinchi

q

araganda go’yo oddiydek, ammo chuqurroq qaralsa, juda murakkab tizim yekanligini ko’rish

mumkin. Bu murakkab tizimda quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: tabiiy suv resurslari

(yog’inlar, yer usti va yer osti suv oqimlari), shuningdek, antropogen ta’si

r ostida hosil b

o’ladigan

qaytuvchi suvlar. Bu resurslar iqlimning tashqi o’zgarishlari ta’siri ostida o’zgarishi mumkin;
iqtisodiyot sohalari bo’yicha suvning qaytmas tarzda ishlatilishini hisobga olgan holda suvga

bo’lgan talablar ham turlicha; yekologi

k sharoitlar va talablar; ijtimoiy muhit va iktisodiy

taraqqiyot; nihoyat, yeng muhim tarkibiy qism-siyosiy muhit.

Suv resurslarini boshqarish bo’yicha qarorlar qabul qilishda quyidagilarni hisobga olish

zarur: resurslar mavjud bo’lgan hududlar ularni iste’mol qilish hud

udlari bilan mos kelmaydi; turli

iste’molchilarning suvga bo’lgan yextiyojlari turli vaqt intervallariga yega yekanligi bilan

xarakterlanadi (masalan sug’orish va yenergetika; rekreatsiya va baliqchilik va b.); suv sifatining

yomonlashuvi moxiyatan jamiyat uchun yaroqli suvning miqdorini keskin kamayib ketishiga olib

keladi.

Suv resurslari - boshqaruvning alohida mahsulidir, chunki uning hamma yerga kirib borish

xususiyatlari, undagi har qanday o’zgarishlar va ta’sirlarni o’zaro bog’liq bo’lgan turli muhi

tlarda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel

www.e-itt.uz

52

tarqaluvchan qilib qo’yadi. Sanoat va qishloq xo’jaligining intensiv taraqqiy yetishi, aholi sonining
o’sishi, yangi xududlarning o’zlashtirilishi va shu jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan suv iste’molining

keskin ortishi suv resurslarining gidrologik

tartibi va holatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun

bugungi kunda o’tkazilayotgan tadbirlar ko’pgina xalq xo’jaligidagi sohalarning kelajakda

rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradi. Suv xo’jaligida uzoq kelajakka mo’ljallanga

n

siyosatning asosiy vositasi

bu istiqbolli bashoratlardir.

Adabiyotlar / Литература/ Reference:

Axmedov S.N. (2023

) O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanishni iqtisodiy boshqarish

metodologiyasini takomillashtirish. 08.00.13

Menejment. Iqtisodiyot fanlari doktori (Doctor of Science)

ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi. -50 bet.

Kоржов В.И. (2006) Информационно

-

технологическое обеспечение водопользования на

оросительных системах: монография. Ростов н/Д: Изд

-

во журн. «Изв. Вузов. Ссв.

-K

авк.регион».

-

Б

.9

Saidov Mash'al Samadovich, Hasanov Abdumukhtar Azizalievich Institutional Characteristics of

the Regulation of Natural Monopoly Fields // International Journal ofBusiness Diplomacy and Economy.

ISSN:

2833-7468Volume

2|

No

3|

March-2023.

https://inter-

publishing.com/index.php/ijbde/article/view/1333/1141

Saidov Mashal Samadovich, Muidinov Dilmurod Murodzhonovich. The Development Strategy of

International Companies in Modern Conditions // AMERICAN JOURNAL OF ECONOMICS AND BUSINESS
MANAGEMENT. ISSN: 2576-5973Vol. 6, No.1,2023.

1897-Article Text-3400-3665-10-20230121.pdf

Saidov Mashal Samadovich, Vafoeva Zarnigor. Features of Strategic Alliances in the Global

Economy // American journal of economics and business management. ISSN: 2576-5973 Vol. 6, No. 1,
2023.

file:///C:/Users/user/Downloads/1896-Article%20Text-3399-3664-10-20230121.pdf

Saidov Mashal Samadovich. CHALLENGES AND SOLUTIONS OF FORMATION OF COMPETITIVE

ENVIRONMENT IN REGULATION OF NATURAL MONOPOLIES // International Journal of Advanced
Research

in

ISSN:

2278-6244

IT

and

Engineering

Impact

Factor:

7.436.

https://garph.co.uk/IJARIE/Nov2021/G-6.pdf

Sidov Mashal Samadovich, Shodmonov Beknur Olimjonovich. Organization of Control and

Evaluation of Effectiveness in International Companies // American journal of economics and business

management ISSN: 2576-5973 Vol. 6, No. 1, 2023.

file:///C:/Users/user/Downloads/1898-

Article%20Text-3401-3666-10-20230121.pdf

Yang Z. et al. (2019) Comprehensive evaluation and scenario simulation for the water resources

carrying capacity in Xi'an city, China //Journal of environmental management.

–Т

., 230.

С

. 221-233.

Амиров Л.Ф. (2019) Ўзбекистон Республикасида ер ва сув ресурсларидан фойдаланишни

бошқариш // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 5, senty

abr-oktyabr.

Қарор

(2023) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 1 апрелдаги “Сув

ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш бўйича кечиктириб бўлмайдиган чора

-

тадбирлар тўғрисида” ПҚ

-107

сонли қарори.

https://lex.uz/docs/6420836

Пулатов Я.Э.

(2004)

Реализация принципов интегрированного управления водными

ресурсами в странах Центральной Азии и Кавказа. ГВП ЦАК.

-

Алмата,

-

Б

.90-104.

Саидов Машъал Самадович Электр энергетика соҳасини бошқаришда хориж

тажрибасидан фойдаланиш йўллари // Иқтисодиёт ва таълим, 2021

йил, 6

-

сон.

https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/279/330

Фомина Валентина Фёдоровна (2010) Эффективность использования водных ресурсов в

регионах Северо

-

Западного федерального округа в свете Водной стратегии // Экономические и

социальные перемены: факты, тенденции, прогноз. №3.

Шохўжаева З.С. (2021) Сув ресурсларини бошқаришда инновацион усуллардан самарали

фойдаланиш // Инновацион технологиялар/Innovative technologies. Махсус сон.

Библиографические ссылки

Axmedov S.N. (2023) O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanishni iqtisodiy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish. 08.00.13 – Menejment. Iqtisodiyot fanlari doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi. -50 bet.

Kоржов В.И. (2006) Информационно-технологическое обеспечение водопользования на оросительных системах: монография. Ростов н/Д: Изд-во журн. «Изв. Вузов. Ссв. -Kавк.регион». -Б.9

Saidov Mash'al Samadovich, Hasanov Abdumukhtar Azizalievich Institutional Characteristics of the Regulation of Natural Monopoly Fields // International Journal ofBusiness Diplomacy and Economy. ISSN: 2833-7468Volume 2| No 3| March-2023. https://inter-publishing.com/index.php/ijbde/article/view/1333/1141

Saidov Mashal Samadovich, Muidinov Dilmurod Murodzhonovich. The Development Strategy of International Companies in Modern Conditions // AMERICAN JOURNAL OF ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT. ISSN: 2576-5973Vol. 6, No.1,2023. 1897-Article Text-3400-3665-10-20230121.pdf

Saidov Mashal Samadovich, Vafoeva Zarnigor. Features of Strategic Alliances in the Global Economy // American journal of economics and business management. ISSN: 2576-5973 Vol. 6, No. 1, 2023. file:///C:/Users/user/Downloads/1896-Article%20Text-3399-3664-10-20230121.pdf

Saidov Mashal Samadovich. CHALLENGES AND SOLUTIONS OF FORMATION OF COMPETITIVE ENVIRONMENT IN REGULATION OF NATURAL MONOPOLIES // International Journal of Advanced Research in ISSN: 2278-6244 IT and Engineering Impact Factor: 7.436. https://garph.co.uk/IJARIE/Nov2021/G-6.pdf Sidov Mashal Samadovich, Shodmonov Beknur Olimjonovich. Organization of Control and Evaluation of Effectiveness in International Companies // American journal of economics and business management ISSN: 2576-5973 Vol. 6, No. 1, 2023. file:///C:/Users/user/Downloads/1898-Article%20Text-3401-3666-10-20230121.pdf

Yang Z. et al. (2019) Comprehensive evaluation and scenario simulation for the water resources carrying capacity in Xi'an city, China //Journal of environmental management. –Т., 230. – С. 221-233.

Амиров Л.Ф. (2019) Ўзбекистон Республикасида ер ва сув ресурсларидан фойдаланишни бошқариш // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr.

Қарор (2023) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 1 апрелдаги “Сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини ошириш бўйича кечиктириб бўлмайдиган чора-тадбирлар тўғрисида” ПҚ-107 сонли қарори. https://lex.uz/docs/6420836

Пулатов Я.Э. (2004) Реализация принципов интегрированного управления водными ресурсами в странах Центральной Азии и Кавказа. ГВП ЦАК. -Алмата, - Б.90-104.

Саидов Машъал Самадович Электр энергетика соҳасини бошқаришда хориж тажрибасидан фойдаланиш йўллари // Иқтисодиёт ва таълим, 2021 йил, 6-сон. https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/279/330

Фомина Валентина Фёдоровна (2010) Эффективность использования водных ресурсов в регионах Северо-Западного федерального округа в свете Водной стратегии // Экономические и социальные перемены: факты, тенденции, прогноз. №3.

Шохўжаева З.С. (2021) Сув ресурсларини бошқаришда инновацион усуллардан самарали фойдаланиш // Инновацион технологиялар/Innovative technologies. Махсус сон.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов