Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
105
MAMLAKATGA INVESTITISIYALAR OQIMINI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA
IXTISOSLASHGAN HUDUDLARNI JALB QILUVCHANLIGINI OSHIRISH
PhD, dots.
Kamilov Dilshod To’ychi o’g’li
Sambhram universiteti
ORCID: 0009-0009-3453-9489
Shayzaqova Shaxnoza Hakimbek qizi
Sambhram universiteti
ORCID: 0009-0001-7867-1037
Annotatsiya.
Bugungi kunda investitsiyalar har bitta mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda
iqtisodiyotning eng kerakli bo’g’ini hisoblanadi
. Mamlakatda milliy va xorijiy investitsiyalar
iqtisodiyotni keskin sur’atlar bilan o’sish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’min
lash, ishsizlik
darajasini kamaytirish, aholi turmush tarzini yaxshilash, daromadlarini oshirish va aholini bandlik
bilan ta’minl
ashga xizmat qiladi. Maqolada investitsiyalarning mohiyati, ularni mamlakatga jalb
qilish omillari, shuningdek hududlarda investitsiya jozibadorligini oshirishga qaratilgan fikr va
mulohazalar berilgan. Shu o’rinda bugungi globallashuv davrida har bitta du
nyo mamlakatlari
o’zining iqtisodiy holatini oshirish, yangi ishlab chiqarish hududlarini shakllantirish, bo’sh ish
o’rinlarini
yaratish, mamlakatning tabiiy qazilma boyliklaridan unumli foydalanish va ularni qayta
ishlashda investitsiyal muhim ahamiyat kasb etadi. Har bitta davlatning iqtisodiy rivojlanishining
eng katta omili bu-investitsiyadir.
Kalit so’zlar:
investitsiya, xorijiy investitsiyalari, ixtisoslashgan hudud, investitsiya muhiti,
investitsiya jozibadorligi, imtiyozlar, tabiiy boyl
iklar, ish o’rni yaratish, ishlab chiqarish hududlarini
shakllantirish.
ПОВЫШЕНИЕ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ РЕГИОНОВ
ДЛЯ РАЗВИТИЯ ПОТОКА ИНВЕСТИЦИЙ В СТРАНУ
PhD
, доцент
Камилова Дилшод Тойчи угли
Университет Самбрам
Шайзакова Шахнозы Xaкимбек
кизи
Университет Самбрам
Аннотация.
Сегодня инвестиции являются самой необходимой частью экономики в
развитии экономики каждой страны. Национальные и иностранные инвестиции в стране
служат быстрому росту экономики, обеспечению макроэкономической стабильности,
снижению уровня безработицы, улучшению образа жизни населения, увеличению его
доходов, обеспечению занятости населения. В статье представлены сущность инвестиций,
факторы, привлекающие их в страну, а также мнения и комментарии, направленные на
повышение привлекательности инвестиций в регионы. В то же время в современный период
глобализации каждая страна мира приобретает
важное инвестиционное значение в
улучшении своего экономического состояния, формировании новых производственных
территорий, создании рабочих мест, эффективном использовании природных минеральных
ресурсов страны и их переработке. Важнейшим фактором экономического развития любой
страны являются инвестиции.
Ключевые слова:
инвестиции, иностранные инвестиции, специализированная сфера,
инвестиционная
среда, инвестиционная привлекательность, льготы, природные ресурсы,
создание рабочих мест, формирование производственных территорий.
UO
‘
K: 330.322.012
IV SON - APREL, 2024
105-110
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
106
INCREASING THE ATTRACTIVENESS OF SPECIALIZED REGIONS TO DEVELOP
THE FLOW OF INVESTMENTS TO THE COUNTRY
PhD, assoc. prof.
Kamilov Dilshod Toychi ugli
Sambhram University
Shayzakova Shakhnoza Khakimbek kizi
Sambhram University
Abstract.
Today, investments are the most necessary part of the economy in the development
of the economy of each country. National and foreign investments in the country serve to rapidly
grow the economy, ensure macroeconomic stability, reduce the level of unemployment, improve the
lifestyle of the population, increase their income, and provide employment to the population. The
article presents the essence of investments, the factors that attract them to the country, as well as
opinions and comments aimed at increasing the attractiveness of investments in the regions. At the
same time, in today's globalization period, every country of the world acquires important investment
importance in improving its economic status, forming new production areas, creating job vacancies,
effective use of natural mineral resources of the country and their processing. The biggest factor of
economic development of any country is investment.
Key words:
investment, foreign investments, specialized area, investment environment,
investment attractiveness, benefits, natural resources, job creation, formation of production areas.
Kirish.
Dunyoda yashash tarzining jadal rivojlanib borishi va globallashuv jarayonlarining tezlashib
b
orishi bugungi kunda davlatlar iqtisodiyotida to‘g‘ridan
-
to‘g‘
ri milliy va xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish va investitisiya jozibadorligini oshirishni taqoza etmoqda. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida
‘’iqtisodiy o’sishga, avvalo, raq
obotdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga
investitsiyalarni ko’paytirish orqali erishiladi’’ deb takidlab o’tiladi
(Mirziyoyev, 2020).
Investitsiyalarni mamlakatga jalb qilish bu shu mamlakatning iqtisodiyotining gullab
yashnanshiga asosiy omil bo’ladi. Chunki investitsiya orqali korxonalar va ishlab chiqarish sanoati
biznesini yuritish uchun kapital jamg’arish natijada biznesni kengaytirish va iqtisodiyotning
o’sishiga turtki bo’ladi. Mamlakatga “O‘zbekiston bilan ishl
ash istagini bildirgan xorijiy
investorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, loyihaning boshidan oxirigacha ularga yordam berish,
oddiy qilib aytganda, ularni qo‘lidan yetaklab “natijani ta’minlash kerak”,
- dedi Shavkat
Mirziyoyev (2020). Dunyo mamlakatlari
ilmiy tadqiqotlarida to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etishda davlat mulkining va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va ob’ektlaridan sam
arali foydalanish,
investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, yangi raqobatbardosh
ishlab chiqarishlarni va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qo‘llab
-quvvatlash
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekist
on iqtisodiyotini rivojlantirishda hududlar roli nihoyatda muhim hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning asosiy muommolaridan biri, hududlarda
ularni to‘g‘ri taqsimlash muommosidir. «O‘zbekiston Respublikasining investits
iya salohiyatini
to‘liq ro‘yobga chiqarish,
investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, yillik investitsiya
dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar
yaratish, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi chet el
kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, jalb etiladigan
chet el investitsiyalari samaradorligini oshirish” vazifasi alohida belgilab berildi (
Mirziyoyev,
2022).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
107
Adabiyotlar sharhi.
O’zbekiston Respublikasini
ng 2019-yil 25-
dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya
faoliyati to’g’risida”gi qonunda chet el investitsiyalariga quyidagicha ta’rif beriladi “chet el
investitsiyalari
–
chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat
turlari obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar,
shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”
(Qonun, 2019).
To‘g‘
ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uni quyidagicha
izohlab chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya va investitsiya faoliyati to‘g’risida»gi
qonuniga ko‘ra, to‘g’ridan to‘g’ri chet el investitsiyalari
-chet ellik investorning hukumat
kafolatlarisiz, tava
kkalchilik sharoitlarida o‘z mablag’lari yoki qarz mablag’lari hisobidan
investitsiyalaridir (Qonun, 2019).
Vaxobov (2010) esa to‘g’ridan
-
to‘g’ri xorijiy investitsiyalar
-investorga iqtisodiy faoliyati
ustidan ta
’sirchan nazorat etish imkonini beradigan in
vestorning uzoq muddatli, firmaning
kamida 10 foizi ulushiga yoki aksiyadorlar kapitaliga egalik qilishiga imkon beradigan
investitsiyalardir, deb ta’kidlaydi.
Azizov (2021) to‘g’ridan
-
to‘g’ri xorijiy investitsiyalar atamasini, avvalo, xo‘jalik
faoliyati
ustidan qisman yoki to‘liq nazoratni ta’minlash orqali xorijiy korxonaga investitsiya sifatida
tushunish kerakligini ta’kidlaydi.
Bababekova, Tursunov (2019) tadqiqotlarida faol investitsion jarayonlarni raqobatbardosh
iqtisodiyotni shakllantirishdagi o'rni, faol investitsiyalar orqali raqobatbardosh iqtisodiyotni
shallantirishning xorij tajribasi va undan samarali foydalanish imkoniyatlari asoslanadi.
R.H.Bozorov ilmiy izlanishlarida investitsiya muhitining omillari, xususiyatlari, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish milliy iqtisodiyotning xalqaro indekslarda ishtirokiga bevosita
bog'liqligi tadqiq qilingan[9].
Mihayela, Vaqar, Helian (2018) tadqiqotlarida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishning institutsional mexanizmi tadqiq etiladi. Tadqiqot natijalariga muvofiq mamlakat
iqtisodiyotidagi institutsional sifat o'zgarishlarining to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb
etish tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi qayd etiladi.
Toʻgʻr
idan-
toʻgʻri xorijiy investitsiya
larni jalb qilishning asosiy omillari bozorlar va
resurslarga kirishdir. Chet el kapitalining faqat ayrim mintaqalarda va ayrim tarmoqlarda
kontsentratsiyasi boshqa mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanishini cheklaydi, birinchi navbatda
sanoati rivojlanmag
an mintaqalar iqtisodiyotiga ta’sir qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasi hamda uni mamlakatimizda
tadbiq etish imkoniyatlari mavjud bo'lgan ilmiy tadqiqotlarni xorijiy mamlakatlar tajribasini
o'rganish, statistik ma'lumotlarni va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy
fikrlash, ilmiy abstraktsiyalash, ma'lumotni guruxlash, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya
usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi
.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjudligini
inobatga olib bir qancha tahliliy yondashuvlar o‘tkazildi;
•
Mamlakatga investitsiya kiritish orqali xususiy va qoʻshma korxonalarni
tashkil etishda
raqmli texnologiyalardan foydalanish;
•
100 % mol-
mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etishda
investorlar texnikasini yaqindan o‘rganish;
•
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning
va filiallarini elektro
mexanizmini tashkil etish;
•
erkin iqtisodiy va ixtisoslashgan hududlar tashkil etish;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
108
•
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Chet eldan investorlarni jalb qilishda turli usullar va texnikalarning qo‘llanilishi o‘z o’rnida
hosilini bermoqda. Shi
ddatli va jadal iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy yangiliklarni amalda qo’llash va
iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda ishonchli va aniq bayon qilingan investitsiya siyosati
yuritish va ulardan to’g’ri foydalana olish eng muhim omil hisoblanadi. Mamlakat
im
iz o‘zining
tabiiy boyliklarga ega ekanligi, va ularni qazib olish, qayta ishlov berish borasida zavod, fabrika va
maxsus joylarni tashkil etish, shuningdek amalda ish olib borayotgan korxonalarning yangilanishi
va zamonaviy texnikalar bilan ta’minlanga
nl
igi va o’z o’rnida chet ellik investorlarni o’ziga jalb
qilmoqda va ularning mamlakatga kirib biznesi rivojlantirishga yo’l ochib bermoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va iqtisodiyotga
yanada ko‘proq
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Xususan, qonunchilikda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yangi
“Soliq kodeksi”, “Investitsiya va investitsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun, “
Mediatsiya t
o‘g‘risida”gi
qonun qabul qilindi. Investorlar uchun yanada qulay sharoit yaratish uchun Xalqaro Toshkent
arbitraj markazi tashkil etildi hamda “investitsiya krediti”, “investitsiya subsidiyasi” va
“investitsion viza” kabi yangi mexanizmlar j
oriy qilindi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan erkin
iqtisodiy zonalar soni 2017-
yil boshida 3 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022
-yilga kelib, 22 taga
yetdi.
Ulardan 12 tasi sanoat, 6 tasi farmatsevtika, 2 tasi turizm, 2 tasi qishloq xo‘jaligiga
ixtisoslashgan. Qonunchi
likdagi o‘zgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar mamlakatdagi investitsiya
muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Masalan, O‘zbekiston 2019
-yilda ilk bora Iqtisodiy hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ning “To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy invest
itsiyalarni tartibga solish
cheklovlari indeksi”ga
kiritildi va ushbu indeksga ko‘ra, 2020
-yilda jahonda 43-
o‘rinni, Osiyo
mintaqasida 7-
o‘rinni qayd etdi. 2017—
2022-
yillarda O‘zbekiston xalqaro Iqtisodiy erkinlik
indeksi umumiy reytingida o‘z o‘rnini 31 pog‘onaga ya
xshilab, 148-
o‘rindan 117
-
o‘ringa ko‘tarildi.
Mamlakatga kiritilayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017
-yilda 2,2 milliard
dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022
-
yil yakunida ushbu ko‘rsatkich 1,5 barobar ortib, 3,3 milliard
dollarga yetdi.
1-jadval
Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va
kreditlar,mlrd.so’m
Hududlar kesimida
To’g’ridan
to’g’ri
xorijiy
investitsiyalar
O’z.
R. kafolati ostida
xorijiy kreditlar
Kafolatlanmagan boshqa
investitsiya va kreditlar
O’zbekisto
n Respublikasi
84311,6
21153,4
82419,8
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
1829,2
1221,4
4266,7
Andijon
7501,3
555,5
3202,8
Buxoro
12496,0
1826,6
5805,1
Jizzax
4382,0
325,8
5562,3
Qashqadaryo
3959,6
1804,0
6043,0
Navoiy
6296,8
2070,1
7946,7
Namangan
1722,5
783,8
7856,9
Samarqand
6894,0
1008,1
3616,9
Surxondaryo
8083,5
513,0
2520,8
Sirdaryo
9722,7
101,1
2700,8
Toshkent
6080,4
1757,0
17432,3
Farg’ona
5229,7
401,5
3822,8
Xorazm
1399,7
538,1
3403,6
Toshkent sh
8714,2
8244,7
8239,1
Agentlik tahliliga ko
’
ra 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga jami 352,1
trillion so
’
mlik investitsiyalar o
’
zlashtirilgan.
Shundan 21,2 trillion so’mi O’zbekiston Respublikasi
kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan. Mazkur kreditlarni
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
109
o’zlashtirishning eng yuqori ulushi Toshkent shahrida (8,2 trillion so’m) qayd etilgan. Eng past
ko’rsatkich esa Jizzax viloyatida
-
328,5 milliard so’m.
O’zbekiston kafolati ostidagi xorijiy kreditlar his
obidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga
investitsiyalarning eng yuqori ulushi Xitoy (25,6 foiz), Rossiya (13,4 foiz), Saudiya Arabistoni (7,9
foiz) va Turkiya (6,4 foiz) mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelgan.
Statistik raqamlarga qaraganda, byndan 5 yil
ilgari, ya’ni 2019
-yilda asosiy kapitalga 189,9
trillion so’mlik investitsiyalatr o’zlashtirilgan. Shundan O’zbekiston kafolati ostida jalb qilingan
xorijiy kreditlar 27,9 trillion so’mni tashkil etadi.
2020-
yilda 202 trillion so’m investitsiyalar o’zlashtirilgan bo’lib, shundan 22,5 trillion so’mi
(2019-yildagidan 11,1 foiz kam) respublika kafolati ostidgi xorijiy kreditlar hisobidan
moliyalashtirilgan.
Agentlik ma’lumotlarida 2021
-
yilda mamlakatda asosiy kapitalga 245 trillion so’mlik
investitsiyalar o
’zlashtirilgan. Shundan 17,3 trillion so’mi O’zb
ekiston hukumati kafolati ostidagi
xorijiy kreditlar hissasiga to’g’ri keladi. 2022
-
yilda asosiy kapitalga jami 269,9 trillion so’mlik
investitsiyalar o’zlashtirilgan.
Investitsiya bilan turli soha va tarmoql
arga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or
tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi (Qonun,
2019).
Bgungi kunda mamlakatimizda 21 ta erkin iqtisodiy zonalar mavjud bo’lib ulardan 19 tasi
sanoat va ishlab chiqarish, 1 tasi turizm va yana b1 tasi esa qishl
oq xo’jaligi sohasiga
ixtisoslashgan.
Xulosa va takliflar.
Hududlarga to'g'ridan-
to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni takomillashtirish bo’yicha
quyidagicha taklif va tavsiyalar berish
o’rinli deb hisoblaymiz:
⎯
hududlarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan, xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb
qilishning “drayver” sohalari bo‘yicha puxta iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni ishlab
chiqishni tashkil etish, ularni
monitoring qilish, investorlarga huquqiy ko‘mak berish ishlarini
amalga oshirish maqsadida viloyat markazlarida malakali mutaxassislarni jalb etgan holda
“Loyihalar fabrikasi”ni tashkil etish lozim;
⎯
hududlardagi sobiq sanoat zonalari faoliyatini qaytad
an hatlovdan o‘tkazish va aniqlangan
bo‘sh yer maydonlari va bo‘sh turgan ishlab chiqarish binolarini investitsion majburiyatlar
asosida xorijiy investorlarga berish;
⎯
O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari ko‘magida hududlardagi istiqbolli investitsion
loyihalarni amalga oshirish ishlariga mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi yuqori bo‘lgan
xorijda yashayotgan va kelib chiqishi etnik o‘zbek bo‘lgan salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilish
maqsadga muvofiq.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatidan ko‘zlangan
eng asosiy maqsad xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonalarning mahsulot
yoki xizmatlarini eksportga yo‘naltirishdan iborat. Bunin
g uchun mahalliy korxonalarimiz
negizida tashkil etilayotgan korxonalar faoliyatini yangicha tashkil etish, ulardagi hissabay
ishtirok etish, ya’ni aksiyalar ulushiga asosan tomonlarning qaror qabul qilishida ishtirok etish,
eng asosiysi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning mahsulot yoki xizmatlarini tashqi
bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga erishish kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizningcha yuqoridagi tavsiyalarning amaliyotga joriy etilishi milliy iqtisodiyotga investitsiya
loyihalarni faol jalb etilishiga va investitsiya muhitining
barqarorligini ta’minlashga imkon beradi.
Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi.
Jumladan: To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb et
ishning samarali tizimini yaratish uchun
birinchidan, r
ivojlanish strategiyani ishlab chiqish, ikkinchidan, “yo‘l xaritalari” yaratish,
uchinchidan, o‘zoq yillarga mo‘ljallangan konseptsiya ishlab chiqish zarurligi asoslandi.
Investitsiyalarni kiritish qar
orini qabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar to‘pla
mi investorning
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, aprel
www.e-itt.uz
110
qaysi tarmoqqa mansubliligiga qarab farqlanadi, lekin barcha turdagi va guruhdagi investorlarni
jalb qilishda hududning investitsion muhitini tavsiflovchi va unga xizmat qiluvchi indikatorlar
mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan asoslandi. To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish tizimini takomillashtirish quyidagi vazifalarni amaliy ijrosini ta’minlash
o‘rinli:
-
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga
oid milliy qonunchilikni xalqaro va mintaqaviy
standar
tlarga uyg‘unlashtirish, xalqaro tajribada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha turli modelli huquqiy tartibga solish usullaridan foydalanish;
- innovatsion loyihalarni ishlab chiqayotgan va uni joriy etayotgan yuqori texnologik
tarmoqlarga va korxonalarga qo‘shimcha rag‘bat va imtiyozlar berish; to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xususan
ularning ishlab chiqarish zanjiriga kirish orqali mahalliy iqtisodiyotni jahon bozoriga
integratsiyalashuvini ta’minlash zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga
jalb etish bo‘yicha
turlicha yondoshuvlar bo‘lib, ularning asosiy maqsadi
mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirish imkonini berishi zarur.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Azizov A.S. (2021) To‘g’ridan to‘g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishda moliyaviyiqtisodiy va
mamlakat xatarlarini kamaytirish.
Iqt. fan. bo‘y. fals. dok
t. (PhD) diss. Avtoref.
–
Toshkent: 2021.
–
11 b.
Bababekova D.Sh, Tursunov B.O. (2019) Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish orqali
raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish yo'nalishlari. Ilmiy-ommabop risola.-
T.: “Iqtisod
-
Moliya”, 40 b
Bozorov R.H. (2018) O'zbekistonning global indekslarda ishtirokini keng ta'minlash
–
investitsiya muhiti jozibadorligini oshirishning muhim omili. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy
elektron jurnali. № 4
-5, avgust-oktyabr
ь
.
Mihaela Peres, Waqar Ameer & Helian Xu (2018) The impact of institutional quality on foreign
direct investment inflows: evidence for developed and developing countries, Economic Research-
Ekonomska
Istraživanja,
31:1,
626
-
644,
DOI:
10.1080/1331677X.2018.1438906
https://doi.org/10.1080/133167 7 X.2018.1438906
Mirziyoyev Sh.M. (2020) O’zbekiston Respublikasi Pre
zidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-
dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga murojaatnomasi.
Mirziyoyev Sh.M. (2022)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017
- 2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-
2489 VOLUME 2 ǀ
ISSUE 4 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport:
http://sjif
actor.com/passport.php?id=22230 192 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz strategiyasini «Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga
o
id Davlat dasturi to‘g‘risida” gi Farmoni. 2018 yil 22 yanvardagi PF
-5308-son.
Qonun (2019) O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi «Investitsiya va
investitsiya faoliyati to‘g’risida» gi O‘RQ
-598-son Qonuni, 3-modda.
Vaxobov A.B. (2010) Xorijiy investitsiyalar.
–
Toshkent: Moliya,
–
T.
–
O‘quv qo‘llanma.
