Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
320
TURIZMDA SAMARADORLIKNI OSHIRISHDA VILOYATLARARO
BOG‘LIQLIKNING AHAMIYATLILIGI
Umarova Mahliyo Yaxshiboy qizi
Ipak yo‘li xalqaro turizm universiteti
ORCID: 0009-0002-3134-0852
O‘rinova Maftuna Yaxshiboy qizi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0005-1218-8797
Annotatsiya.
Ushbu maqolada turizm sohasi rivojlanishida viloyatlararo o‘zaro bog‘liqlik
hamda viloyatlararo tenglik darajasi o‘rganib chiqilgan. Buning uchun menmonxona sanoati
o‘rganilib, mehmonxonalarning viloyatlararo taqsimlanganlik darajasi ko‘rib chiqildi. Bundan
tashqari sayyohlik agentliklari va tashkilotlari o‘rganib chiqilib, ularning ham viloyatlararo
taqsimlanganlik darajasi ham ko‘rildi. Shu bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlangan turizmning
asosiy segmentlariga talabni yaratish uchun avvalambor mavjud resurslarga e’tibor berish va
yangi zamonaviy resurslarni yaratish dolzarb mavzu sifatida ko‘rildi. Resurslarni son va sifat
jihatdan oshirish uchun esa har bir viloyatning salohiyatidan kelib chiqgan holda bir qator
takliflar berib o‘tildi.
Kalit so‘zlar:
turizm, segment, destinatsiya, mehmondo‘stlik sanoati, transport xizmati,
suvenirlar, chakana savdo, raqobatdoshlik, samaradorlik, talab va taklif, marshrut.
ЗНАЧЕНИЕ МЕЖРЕГИОНАЛЬНЫХ СВЯЗЕЙ В ПОВЫШЕНИИ
ЭФФЕКТИВНОСТИ В ТУРИЗМЕ
Умарова Махлиё
Международный университет туризма Шелковый путь
Уринова Мафтуна
Самаркандского института экономики и сервиса
Аннотация.
В
данной
статье
изучен
уровень
межрегиональной
взаимозависимости и межрегионального равенства в развитии туристической сферы.
Для этого была изучена гостиничная отрасль и рассмотрен уровень распределения
отелей по регионам. Кроме того, были изучены туристические агентства и организации,
а также видна степень их межрегионального распределения. Кроме того, для создания
спроса на основные сегменты туризма, упомянутые выше, рассматривалось как
актуальная тема обратить внимание на существующие ресурсы и создать новые
современные ресурсы. В целях увеличения количества и качества ресурсов был сделан ряд
предложений, исходя из потенциала каждого региона.
Ключевые слова:
туризм, сегмент, дестинация, индустрия гостеприимства,
транспортное обслуживание, сувениры, розничная торговля, конкурентоспособность,
эффективность, спрос и предложение, маршрут.
UO‘K: 338.48
V SON - MAY, 2024
320-325
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
321
THE SIGNIFICANCE OF INTERREGIONAL CONNECTION IN INCREASE
EFFICIENCY IN TOURISM
Umarova Mahliyo
International University of Tourism Silk Road
Urinova Maftuna
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
In this article, the level of inter-regional interdependence and inter-regional
equality in the development of the tourism sector is studied. For this, the hotel industry was studied
and the level of distribution of hotels across regions was considered. In addition, tourist agencies
and organizations were studied, and the degree of their inter-regional distribution was also seen.
In addition, in order to create demand for the main segments of tourism mentioned above, it was
seen as an urgent topic to pay attention to existing resources and to create new modern resources.
In order to increase the number and quality of resources, a number of suggestions were made
based on the potential of each region.
Key words:
tourism, segment, destination, hospitality industry, transport service, souvenirs,
retail trade, competitiveness, efficiency, supply and demand, route.
Kirish.
Yurtimiz turizmining bugungi kundagi ish darajasi ustida tadqiqot olib borar ekanmiz,
O‘zbekistonning 12 viloyatida sohaning turli-tuman rivojlanganlik darajasiga erishganligini
ko‘rishimiz mumkin. Ushbu turli tumanlik darajasini turizmning har bir segmentida ko‘rishimiz
mumkin. Demak, turizmning asosiy to‘rt segmentlarini sanab o‘tadigan bo‘lsak ular
quyidagilardir:
Transport xizmati;
Chakana savdo (suvenirlar) do‘konlari;
Manzilgohlar va faoliyatlar;
Mehmondo‘stlik sanoati (joylashtirish vositalari va ovqatlantirish xizmati).
Yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar turizm sohasi istiqboli uchun bir xil darajada
ahamiyatga ega. Ulardan birining sohada oqsoqlanganligi, butun turizm sohasi rivoji uchun
muammoli to‘siq sifatida baholanadi. Ammo vaziyatning ikkinchi tomoni ham bor, biz ko‘zlagan
rivojlanganlik nuqtasiga erishish uchun nafaqat yuqorida ta’kidlab o‘tilgan segmentlarnig bir
xil darajada rivojlanganligiga e’tibor berilishi lozim balki, viloyatlararo sohaning bir-birini
qo‘llab-quvvatlashiga e’tibor berilishi kerak.
Yana shunga ham alohida to‘xtalib o‘tish kerakki, yurtimiz turizm sohasiga davlatimiz
raxbari Sh.M. Mirziyoyev ham katta e’tibor qaratganlar. So‘zimiz isboti sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli “Respublikaning turizm
salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini keltirib o‘ta olamiz.
110
Ushbu qarorda
Respublikaning turizm salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish, birinchi navbatda
transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi muammolarni tezkor hal etish, shuningdek,
mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hisobiga turizm sohasida
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida
bir qator ishlarni amalga oshirish oldinga reja qilib qo‘yildi. Jumladan 2023-yilda rivojlanib
borayotgan turizm sohasidagi imkoniyatlar hamda resurslardan har tomonlama keng
foydalanish, qolaversa mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi tuzib
chiqildi” (Qaror, 2023).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
322
Adabiyotlar sharhi.
O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qolaversa bizning tadqiqot
maqsadimiz bo‘lgan viloyatlararo o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator mahalliy
va xorijiy olimlar o‘z tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Porter va Katels umumiy samaradorlikga quyidagi ta’rifni bergan: “Mamlakatning
turmush darajasi iqtisodiyotning samaradorligi bilan belgilanadi va bu samaradorlik mamlakat
aholisi tominidan ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarning qiymati bilan belgilanadi, shunday
qilib samaradorlik haqiqiy raqobatdoshlik bilan o‘lchanadi” (Tuxliyev, Abduhamidov, 2021).
Manilada 1981-yilda qabul qilingan jahon turizmi haqidagi deklaratsiyada
ko‘rsatilishicha “Turizm davlatlarning ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy va iqtisodiy sohalariga va
ularning xalqaro munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi jihatidan xalqlar hayotida muhim
ro‘l o‘ynaydigan faoliyat sifatida tushuniladi” (Hayas, Ninemeier, Allisha, 2017).
I.S. Tuxliyevning Turizm nazariya va amaliyot kitobida turizm sohasining sementlaridan
biriga quyidagi ta’rifni bergan: “Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish, turistlarni va
ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga mumkinqadar tez va qulay sharoitlarda tashish
uchun mo‘ljallangan xizmatlar majmuyi” (Mamatqulov, 2011).
Ting Tan, Zihan Chen, Jianping Zha, Lamei He, Xiaoyu Li. Ushbu olimlar “mehmondo‘stlik
va turizm menejmenti” jurnalida “Turizm mahsuldorligi: hududlararo turli xil o‘zaro bog‘liqlik
bormi” nomli maqolasida mintaqaviy turizm industriyasi mahsuldorligini sinergetik ravishda
tarmoqlararo nuqtai nazardan ko‘rib chiqgan (Po‘latov va boshq., 2022).
I.S. Tuxliyevning Turizm nazariya va amaliyot kitobida turizm sohasining yana bir asosiy
segmentlaridan biri ovqatlantirish xizmatini mehmonxonalarda quyidagicha bo’lishini aytib
o’tgan: “Ovqatlanishning turlari- ertalabki nonushta, yarim pansion, to‘liq pansion doimo
turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo’ladi” (Valeri, Baggio, 2021).
Joylashtirish vositalarining o‘zagi bo‘lmish mehmonxona nomeriga Samarqnd iqtisodiyot
va servis instituti professori I.S. Tuxliyev ham quyidagi ta’rifni bergan; “mehmonxona nomeri
bu joylashtirish xizmatiningnasosiy elementi, mehmonlarga dam olish, uxlash , ishlash
imkoniyatini yaratuvchi ko‘pfunksionalli joy xisoblanadi” (Ting Tan and other, 2024).
Shtudiner, Klein, Zwilling va Kantor, 2019- yilda “Turizm tadqiqotlari yilnomalari” da
“Suvenirlarning ahamiyati hamda viloyatlar” nomli maqolasida “Suvenirlar bu maxsus
daqiqalar, voqealar hamda joylarni eslatib turuvchi manbadir. Suvenirlar turli-tumanligida
viloyatlarning madaniyati va urf-odatlari o‘ziga xosligi ahamiyatlidir” (Yongrui Guo and other,
2024).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot uchun izlanish davomida tizimli va qiyosiy taxlil, so‘rovnoma va ekspert
baholash kabi samarali usullardan keng ko‘lamda foydalanildi.
Tahlil va antijalar muhokamasi.
Yurtimiz O‘zbekistonda turizm resurslarini sifat hamda miqdor tomondan yuksaltirish
uchun yaxshigina imkoniyat mavjud. Unda
111
8000 dan ziyod tarixiy- arxitektura obidalari va
go‘zal tabiiy-iqlim resurslari joylashgan. Ammo yuqorida ta’kidlab o‘tilgan 8000 dan ortiq
turistik resurslarning faqatgina 3/1 qismigina turizm sohasi uchun faoliyar yuritib kelmoqda.
Qolgan qismi yangicha turistik mahsulotlarni va infratuzilmalarni ishga tushishini talab etadi.
Yuqorida ta’kidlangan turizm sohasi uchun faol xisoblangan tarixiy- arxitektura obidalari
va go‘zal tabiiy-iqlim resurslari ayrim viloyatlarda nisbatan yaxshi yuksalgan. Toshkentda 144
ta, Samarqandda 118 ta, Buxoroda 201 ta, Xivada 310 ta resusrlar faoliyati qiyosiy darajada
yaxshi ahvolda.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
323
To‘xtalib o‘tilganidek Mehmondo‘stlik sanoati umumiy turizm sohasidatutgan o‘rni
ahamiyatlidir. Bizning asosiy e’tibor beradigan nuqtamiz bu mehmonxonalarning nafaqat soni
balki qanday darajada hududlar bo‘ylab taqsimlanganligidir. Yurtimizda faoliyat olib
borayotgan mehmonxonalarning umumiy soniga nazar soladigan bo‘lsak,
112
2023-yil 1-yanvar
holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan mehmonxonalar soni 1088 tani tashkil
etadi.
Albatta mehmonxonalarni darajasiga qarab ajratish ham muhimdir.
1 yulduz mehmonxona - 231
2 yulduz mehmonxona - 36
3 yulduz mehmonxona - 120
4 yulduz mehmonxona - 24
5 yulduz mehmonxona - 5
Yulduzli toifaga ega bo'lmagan joylashtirish vositalari - 672.
Hududlar boʻyicha
113
mehmonxonalar soni taqsimoti 2021-yil ma’lumotiga koʻra
quyidagichadir:
o
Toshkent shahri – 243 ta;
o
Buxoro viloyatida – 193 ta;
o
Samarqand viloyati – 149 ta;
o
Toshkent viloyati – 109 ta;
o
Farg‘ona viloyati – 98 ta;
o
Xorazm viloyati – 82 ta;
o
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 60 ta;
o
Qashqadaryo viloyati – 45 ta;
o
Jizzax viloyati – 43 ta;
o
Namangan viloyati – 36 ta;
o
Navoiy viloyati – 34 ta;
o
Surxondaryo viloyatida – 29 ta;
o
Andijon viloyati – 21 ta;
o
Sirdaryo viloyati – 14 ta.
Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki yurtimiz mehmonxonalarining asosiy qismi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hamda Buxoro viloyatida, Samarqand viloyatida,
Xorazm viloyatida, Fargʻona viloyatida nisbatan yuqori miqdorda joylashganligini koʻrishimiz
mumkin. Afsuski, bu nisbatnig qarama-qarshiligini Sirdaryo viloyatida, Andijon Viloyatida,
Surxondaryo viloyatida, Navoiy hamda Namangan viloyatlariga xos ekanligini guvohi
boʻlishimiz mumkin.
Sayyohlik tashkilotlari va agentliklari ham turizmni rivojlantiruvchi asosiy
yoʻnalishdir
114
. Ushbu tashkilotlarning ham hududlar boʻyicha taqralishiga qaraydigan boʻlsak
quyidagi ma’lumotga yuzlashamiz (1-jadval):
Ushbu jadval shuni isbotlaydiki, biz yildan yilga sayyohlik agentliklarining sonini
koʻpaytirishga harakat qilayotganimiz rost. Ayniqsa Samarqand viloyatida ushu qisqa muddat
ichida 16 taga koʻpayganini, Buxoro viloyatida 15 taga koʻpayganini hamda Xorazm viloyatida
6 taga oshganini kuzatamiz. Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax, Namangan viloyatlarida ushbu
raqamlarning oshishini sekin sur’atlarda ekanligini koʻramiz. Eng koʻzga tashlanadigan farqni
jadvalga umumiy nazar solganimizda sezamiz. Ya’ni, sayyohlik agentliklarining asosiy qismi
huddi mehmonxonalar soni kabi Toshkent shahri, Samarqand viloyati va Buxoro viloyatlariga
toʻgʻri keladi. Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Qaahqadaryo, Jizzax, Andijon viloyatlarida
sayyohlik agentliklari va tashkilotlari sonini kammiqdordadir.
O‘zbekistonda nechta 5 yulduzli mehmonxona bor? (aniq.uz)
O‘zbekistonda mehmonxonalar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi — Uzbekistan News | DARYO.UZ
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
324
1-jadval
Oʻzbekistondagi sayyohlik agentliklari soni 2021-yil va 2022-yillarda.
Viloyatlar
Sayyohlik agentliklari soni
2021
Sayyohlik agentliklari soni
2022
Toshkent shahri
178
181
Xorazm
8
14
Farg‘ona
8
9
Toshkent viloyati
3
5
Sirdaryo
1
2
Surxondaryo
2
4
Samarqand
41
57
Namangan
1
3
Navoi
10
13
Qashqadaryo
3
7
Jizzax
3
5
Buxoro
16
31
Andijon
3
4
Res. Qoraqalpog‘iston
11
13
Xulosa va takliflar.
Olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, yurtimizda turizm sohasining
viloyatlararo rivojlanganlik koʻrsatkichi bir xil darajada emas. U ayrim Samarqand, Toshkent,
Buxoro, Xorazm kabi qadimiy voloyatlarda tez suratlarda natija koʻrsatmoqda. Ammo, Sirdaryo,
Jizzax, Andijon kabi viloyatlarda shaharlarning qadimiyligiga qaramasdan biroz sust darajada.
Bu xulosani ushbu viloyatlarda turizmning asosiy segmentlaridan boʻlmish mehmonxona
sanoati, sayyohlik agentliklari, umumiy ovqatlantitish korxonalari transport xizmatini
koʻrsatuvchi korxonalarning kam miqdorda ekanligidan ham chiqarishimiz mumkin.
Albatta hududda mehmonxonalar sonini yohud sayyohlik agentliklari sononi koʻpaytirish
uchun avvalambor ushbu korxonalarga boʻlgan talabni shakllantirishimiz kerak. Chunki talab
bor joyda taklif yaratiladi. Talabni shakllantirish esa hududlardagi mavjud resurslardan oqilina
foydalanish hamda shu bilan bir qatorda yangi zamonaviy resurslarni yaratishni taqozo etadi.
Ya’ni, sayyohlarni oʻziga jalb etuvchi, ularni sayohatga undovchi destinatsiyalarni yaratishimiz
kerak.
Izlanishlar natijasidan kelib chiqib, ushbu nisbatan ortda qolayotgan viloyatlardagi
resurslar rivojini jadallashtirish uchun quyidagi takliflarni bera olamiz:
-
Viloyatlarning betakror va shifobaxsh tabiatidan foydalanishni;
Chunki, Jizzax viloyati hududida “Zomin” davlat milliy tabiat bogʻi mavjud. Bu esa, turizm
uchun ajoyib resurs hisoblanadi. Yoki boʻlmasam, Qashqadaryo viloyatida “Kitob” geologik
milliy tabiat bog‘i joylashgan. Namangan viloyatida “Mingbuloq” davlat tabiat yodgorligi va
“Chust” davlat tabiat yodgorliklari mavjud. Fargʻona viloyatida “Akbarobod” davlat tabiat
yodgorligi mavjud.
-
Viloyatlarning oʻziga xos mahalliy an’analaridan kelib chiqgan suvenirlarni yaratish va
ularning yarmarkalarini tashkillashtirish;
-
Keng qoʻllaniladigan marshrutlarga ushbu viloyatlardagi manzilgohlarni qoʻshish.
Oʻylaymizki yuqorida aytib oʻtilgan takliflar viloyatlararo turizm sohasining bir xil
darajada rivojlanishini ta’minlovchi qanot boʻlib xizmat qila oladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
325
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
David K. Hayas, Jack D. Ninemeier, Allisha A. (2017) Hotel operation management” Miller
third edition.
Mamatqulov X.M. (2011) “Turizm infratuzilmasi” o‘quv qo’llanma, Toshkent.
Po‘latov M.E., Amriddinova R.S., Norqulova D.Z., Talibova A.Yu. (2022) “Mehmonxonalarda
kasbiy etika” Samarqand.
Qaror (2023) PQ-135-сон 26.04.2023. Respublikaning turizm salohiyatini jadal
rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida (lex.uz)
Ting Tan, Zihan Chen, Jianping Zha, Lamei He, Xiaoyu Li. (2024) Journal of Hospitality and
Tourism Management, Tourism productivity: Is there any spatial correlation among various
regions? The case of China from a network analysis perspective. (256-268).
Tuxliyev I.S., Abduhamidov S.A. (2021) “Turizm nazariya va amaliyot” darslik.
Valeri M., Baggio R. (2021) Italian tourism intermediaries: A social network analysis
exploration. Current Issues in Tourism.
Yongrui Guo, Xiaotian Cui, Yuzong Zhao. (2024) Journal of Hospitality and Tourism
Management, Handwritten typeface effect of souvenirs: The influence of human presence,
perceived authenticity, product types, and consumption goals. (345-353).
Yu, Y., Zhou, X., Wang, L., & Wang, Q. (2022). Uppercase premium effect: The role of brand
letter case in brand premiumness. Journal of Retailing, 98(2), 335–355.
Zhang, M., Guo, X., Guo, X., & Jolibert, A. (2023). Consumer purchase intention of intangible
cultural heritage products (ICHP): Effects of cultural identity, consumer knowledge and
manufacture type. Asia Pacific Journal of Marketing and Logistics, 35 (3), 726–744.
