O‘ZBEKISTON EKSPORT SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA KICHIK BIZNESNING AHAMIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI

Annotasiya

Maqolada mamlakatning iqtisodiy o‘sishida hamda barqarorlikka erishsishida tashqi savdo, eksport tarkibi va diversifikatsiyasini oshirishda kichik biznes subyektlarining o‘rni, ularning mamlakat eksportidagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatidan samarali foydalanish hamda eksport diversifikatsiyasini oshirishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
49-59
26

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Eshqulova, N. (2024). O‘ZBEKISTON EKSPORT SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA KICHIK BIZNESNING AHAMIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(6), 49–59. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48697
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada mamlakatning iqtisodiy o‘sishida hamda barqarorlikka erishsishida tashqi savdo, eksport tarkibi va diversifikatsiyasini oshirishda kichik biznes subyektlarining o‘rni, ularning mamlakat eksportidagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatidan samarali foydalanish hamda eksport diversifikatsiyasini oshirishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

49


O‘ZB

EKISTON EKSPORT SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA

KICHIK BIZNESNING AHAMIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI

Eshqulova Nasiba

Normo’minovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

ORCID: 0009-0008-4177-4084

Annotatsiya.

Maqolada mamlakatning iqtisodiy o‘sishi

da hamda barqarorlikka erishsishida

tashqi savdo, eksport tarkibi va diversifikatsiyasini oshirishda kichik biznes subye

ktlarining o‘rni,

ularning mamlakat eksportidagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes hamda xususiy

tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatidan samarali foydalanish hamda eksport

diversifikatsiyasini oshirishdagi mavjud muammolar va ula

rni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy

asoslangan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar

:

iqtisodiy o‘sish, tashqi savd

o, eksport, diversifikatsiya, kichik biznes, eksportni

qo‘llab

-quvvatlash.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ РОЛИ МАЛОГО БИЗНЕСА В ЭФФЕКТИВНОМ ИСПОЛЬЗОВАНИИ

ЭКСПОРТНОГО ПОТЕНЦИАЛА УЗБЕКИСТАНА

Эшкулова Насиба Нормуминована

Термезский

университет экономики и сервиса

Аннотация:

В статье анализируется роль малого бизнеса и субъектов частного

предпринимательства в развитии внешней торговли, её диверсификации и обеспечении

стабильного экономического роста страны, На основе анализа разработаны научно

обоснованные практические предложения и рекомендации по устранению существующих
проблем в эффективном использовании потенциала малого бизнеса в развитии экспорта.

Ключевые слова:

экономический рост, внешняя торговля, экспорт, диверсификация

торговли, малый бизнес, поддержка экспорта.

WAYS TO INCREASE THE ROLE OF SMALL BUSINESS IN THE EFFECTIVE

UTILISATION OF UZBEKISTAN'S EXPORT POTENTIAL

Eshkulova Nasiba Normo’minovna

Termez University of Economics and Service

Abstract.

The article analyses the role of small business and private entrepreneurship in the

development of foreign trade, its diversification and ensuring stable economic growth of the

country. On the basis of the analysis scientifically substantiated practical proposals and
recommendations to eliminate existing problems in the effective use of the potential of small

business in the development of export are developed.

Keywords:

economic growth, foreign trade, export, trade diversification, small business,

export support.

UO

K: 339.56.055

VI SON

IYUN, 2024

49-59


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

50

Kirish.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va barqarorligi uchun

muhim ahamiyat kasb etib, mamlak

at iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Jahon

tajribasidan bizga ma‘lumki, hozirgi kunda mamlakat iqtisodiy barqarorligini taʼminlashning

asosiy omillaridan biri tashqi savdo xususan, eksport salohiyati va eksport diversifikatsiyasi
hamda bu

orqali mamlakatda tez fursatlarda iqtisodiy o‘sishga erishish mumkinligini yaqqol

koʻrishimiz mumkin.

Eksport diversifikatsiyasi hamda uning salohiyatini oshirish mamlakatning eksport

qiladigan tovar va xizmatlar assortimentini kengaytirishni anglatadi. Bu jarayon orqali bitta yoki
bir nechta asosiy eksport tovarlariga qaramlik kamayib, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar

kirib keladi. Shuningdek, mamlakatda milliy valyuta zaxiralari oshadi, milliy iqtisodiyotga

qo‘shimcha resurslar taqdim etiladi, ko‘plab ish o‘rinlari yaratiladi, mamlakat o‘zida mavjud
bo‘lmagan resurslar va xom ashyo bilan ta‘minlanadi, bu e

sa umumiy ishlab chiqarish

samaradorligini oshiradi. Eksport daromadlari import xarajatlarini qoplab, savdo balansini

ijobiy holatda ushlab turish bilan birga, xalqaro bozor talablariga moslashish orqali narxlarni

optimallashtiradi.

Yurtimizda so‘nggi yill

arda tashqi savdo diversifikatsiyasi, xususan, eksport faoliyatini olib

boruvchi kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlash va rag‘batlantirishga doimiy e‘tibor qaratilib, ularning eksport salohiyatini yanada

kengaytirish, zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni

ko‘paytirish va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam

ko‘rsatish maqsadida bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda. Bu orqali ushbu yoʻna

lishda

bajarilayotgan keng

koʻlamli ishlar, ilgʻor hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga

qaratilgan chora-tadbirlar ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Bular jumlasiga, 2022-

2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

st

rategiyasi”dagi 28

-maqsadida

eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash tizimini

faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini oshirish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq

ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, xususiy

sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish, eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan

tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish maqsad qilingan.

Shuningdek, eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar

ko‘paytirib, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni

xorijiy davlatlarga chiqarishda ko‘maklashish tizimini takomillashtirish hisobiga eksportchi

korxonalar sonini hozirgi 6 500 tadan 15 000 taga, tovarlarning eksport geografiyasini 115 tadan

150 taga yetkazish haqida ta’kidlangan bo‘lsa, 29

-maqsadida tadbirkorlik faoliyatini tashkil

qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy

sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga

yetkazish haqida ta’kidlangan (Farmon, 2022).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26

-

fevraldagi “Mamlakatimizda

raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivoj

lantirishga doir qo‘shimcha

chora-tadbirlar

to‘g‘risida” 87

-sonli qarorida esa, raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi

korxonalarning jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, raqamli

texnologiyalarni qo‘llagan holda xizma

tlar eksport faoliyatini olib boruvchi xorijiy

kompaniyalarni mamlakatimizga keng jalb etish, mahalliy bozor uchun IT (texnologik park) -

xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT

-bozorga olib chiqish,

ularning eksport faoli

yatini qo‘llab

-quvvatlash, shuningdek, IT-

park rezidenti bo‘lgan

tashkilotlarga eksport jarayonlarini tashkil etish yo‘nalishlarida IT

-park tomonidan bepul

maslahat (eksport mentoring) xizmatlari ko‘rsatishi to‘g’risidagi vazifalar belgilangan (

Qaror,

2024)

.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2024 yil 26-

fevraldagi “Mamlakatimizda

raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora

-tadbirlar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

51

to‘g‘risida” 87

-sonli qarorida esa, raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi

korxonalarning jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, raqamli

texnologiyalarni qo‘llagan holda xizmatlar eksport faoliyatini olib boruvchi xorijiy

kompaniyalarni mamlakatimizga keng jalb etish, mahalliy bozor uchun IT (texnologik park) -

xizmatlar k

o‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT

-bozorga olib chiqish,

ularning eksport faoliyatini qo‘llab

-quvvatlash, shuningdek, IT-

park rezidenti bo‘lgan

tashkilotlarga eksport jarayonlarini tashkil etish yo‘nal

ishlarida IT-park tomonidan bepul

maslahat (eksport mentoring) xizmatlari ko‘rsatishi to‘g’risidagi vazifalar belgilangan (

Qaror,

2024)

.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 21-

fevraldagi “O‘zbekiston

2030” strategiyasini “Yoshlar

va biznesni qo‘llab

-quvvat

lash yili”da amalga oshirishga oid

davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37

-sonli qarorida

yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada

ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish to’g’risida, 2030

-yilga qadar

iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirib, eksport h

ajmi o‘sishini 25 foiz darajasida ta’minlash,

xususan, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,2 barobarga, eksportni hajmini 1,5

barobarga oshirish, ipak mahsulotlarining eksportini 150 mln. AQSH dollarga yetkazish, meva-

sabzavot mahsulotlari eksport

hajmini esa kamida 2,5 mlrd. AQSH dollarga yetkazish to‘grisida

ta‘kidlangan. Shuningdek, ushbu strategiyaning 55

-maqsadida milliy iqtisodiyotning eksport

salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar

ulushini

keskin oshirish vazifasi belgilab qo’yilgan

(

Qaror, 2024)

.

Shu sababli mamlakatimiz eksportining diversifikatsiyasini ta’minlashda kichik biznesning

salohiyatini o‘rganish, ularning salohiyatini baholash, mavjud muammolarni aniq

lash va ularni

bartaraf ets

ih hamda kichik biznes subyektlarining eksportini davlat tomonidan qo‘llab

quvvatlash mexanizmini takoillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab

chiqish o‘ta dolzarb masaladir.

Adabiyotlar sharhi.

Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘mi

nlashda xalqaro savdo, shuningdek, kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi hamda bu sohada eksport salohiyati va diversifikatsiyasini

oshirish to‘g’risida xorijiy mamlakatlarning bir qator iqtisodchilari izla

nish va tadqiqotlar olib

borishgan.

Epede va Wanglar

(2022)

rivojlanayotgan mamlakatlardagi kichik va o‘rta biznes

subyektlari uchun global qiymat zanjirlariga ulanish imkoniyatlari va muammolarini ko‘rib

chiqib, yangi yondashuvlar hamda strategiyalarni ishlab chiqqan. Tadqiqot davomida global

qiymat zanjirlari xalqaro savdo va ishlab chiqarish tarmoqlarida firmalar o‘rtasidagi

munosabatlar hamda hamkorlikni ifodalab, ilg'or texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi xalqaro

bozorlarga kirish uchun muhim imkoniyatlar, korxonalar xalqaro standartlarga mos ravishda

malakali ishchi kuchini tayyorlash va boshqaruv qobiliyatlarini oshirish kabi imkoniyatlarga ega

bo‘lishini ta‘kidlagan. Shuningdek, global qiymat zanjirlariga kirish uchun zarur bo‘lgan

investitsiyalar va moliyaviy resurslarning yetishmasligi, xalqaro standartlar va qoidalar bilan

bog‘liq me‘yoriy talablarni bajarish qiyinligi, zamonaviy texnologiyalar, shu bilan birga

infratuzilmalarning yetishmasligi kabi muammo va to‘siqlarni aniqlashgan

.

Moen, Heggeseth va Lomelar

(2016)

esa Norvegiyadagi tadqiqotlar natijasida, motivatsiya

va xalqaro yo‘nalishning kombinatsiyasi kichik biznes subyektlarining o‘sishiga yanada

kuchliroq ta‘sir ko‘rsatishi, daromad va foyda ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishi

mumkinligi va bu ikki omilning birgalikda mavjudligi kichik biznes subyektlarining

muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratadi degan xulosaga kelishgan.

Miocevic

(2021)

xalqaro bozorga chiqish strategiyalarini optimallashtirish va ularning

global raqobatbardoshligini oshir

ish uchun yangi tushunchalar va amaliy tavsiyalar berib, o‘z

tadqiqoti davomida kichik va o‘rta korxonalar uchun dinamik eksport qobiliyatlari, bozor va

mahsulot diversifikatsiyasining foydalilik ta‘sirini o‘rganadi. Ushbu

tadqiqotda dinamik eksport


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

52

kompa

niyaning eksport bo‘yicha tez va moslashuvchan qaror qabul qilish qobiliyatlari, bozor va

mahsulot diversifikatsiyasi esa kompaniyaning turli bozorlar hamda mahsulotlar bilan ishlash

qobiliyatlari ekanligi ta‘kidlanib, bula

r orqali kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari uchun

foydalilik va barqarorlikni oshirish bilan birga, yangi mijozlarni, bozor segmentlarini qamrab

olishi, tezkor va moslashuvchan qarorlar qabul qilishi hamda xalqaro bozorda tezkor va samarali
javob be

rish imkonini berishini ta‘kidlab

o‘tgan

.

Mamlakatimizning qator olimlari, jumladan, Xursanaliyev

(2024)

, Ismanov, Qudbiyev,

Mamasolayeva

(2022)

, Qulliyev

(2024)

, Ne‘matova

(2023)

, Ikromov

(2023)

lar kichik biznes

subyektlarining mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirishda eksport salohiyatini oshirish, uni

diversifikatsiyasini kengaytirish to’g’risida tadqiqotlar olib borilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada xalqaro savdoning rivojlanishida, xususan, eksport tarkibi va diversifikatsiyasini

oshirishda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining ahamiyati, ularning eksport

salohiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha yetakchi mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning

tadqiqot natijal

ari, xalqaro va milliy statistika ma‘lumotlarini taqqoslash, guruhlash, iqtisodiy

tahlil va sintez, abstrakt mantiqiy tahlil hamda analitik tahlil kabi usullardan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalari asosida sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yich

a ilmiy

asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekistonda 2023 yilda tashqi savdo aylanmasi 62

567,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

2022-yilga nisbatan solishtirganda, 12 167,1 mln. AQSH dollariga oshib,

23,9 % ga koʻpaydi.

Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 24 426,2 mln. AQSH dollariga, import esa,

38

141,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Mazkur ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 2010

-2023

yillar davomida tashqi savdo aylanmasida import haj

mi eksportga nisbatan yuqori bo‘lgan(1

-

rasm).

Tashqi savdoning salbiy saldosi ko‘pchilik mamlakatlarga, ayniqsa rivojlanayotgan

mamlakatlarga xosdir. Shu bilan birga uzoq muddatda tashqi savdoda salbiy saldoni saqlanib

turishi milliy valyuta kursining pasayishi, tashqi qarzdorlikning oshishi, mamlakat iqtisodiy

o‘sishining susayishi va ko‘plab boshqa salbiy ta‘sirlar sababchisi bo‘ladi. Bu bilan ushbu

muammoni importni cheklash orqali bartaraf etib bo‘lmaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda mazkur

sharoitda importni cheklash emas, aksincha eksportni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar

ishlab chiqish uchun tavsiyalar berilgan. O‘z navbatida eksportning kengaytirishga uning

diversifikatsiyasi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etiladi (

Eshqulova, 2023)

. Eksport

diversifikatsiyasi nafaqat uning barqarorligini ta’minlaydi, balkim uning tarkibida yangi tovarlar

paydo bo‘lishi orqali yangi imkoniyatlar aniqlanadi (Отамуродов

, 2022). Aniqlangan

imkoniyatlar asosida mamlakatlar eksportini ko‘paytirishga

erishiladi. Tashqi bozor

konyunkturasi o‘zgaruvchan, shu sababli tashqi bozorda raqobatbardoshlikni yo‘qotmaslik

uchun uning tarkibini yangilab borish muhimdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar davomida eksport diversifikatsiyasini

ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zbekistonda eksport mahsulotlari diversifikatsiyasi, eksport qilinadigan tovarlar

miqdori, uning turlari va geografiyasini ko‘paytir

ish maqsadida mamlakatdagi eksportyorlar

soni 7255 taga yetib, ular tomonidan 16 169,6 mln. AQSH dollari (nomonetar oltindan tashqari)

qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilindi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,5 % ga

oshib, eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,8 % ni, xizmatlar esa 21,2 % ni tashkil etgan. XSST

bo‘yicha

tovarlar eksporti tarkibida nomonetar oltin (33,4%), sanoat tovarlari (16,6%), oziq-

ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,3%), kimyoviy vositalar va shunga

oʻxshash mahsulotla

r

(5.4%), mashinalar va transport asbob-

uskunalari (5,3%) va mineral yoqilgʻi, yogʻlash moylari

va shunga oʻxshash materiallar (3,9%) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

53

1-rasm. Tashqi savdo aylanmasi.

(mln. AQSH doll.)

15


Rivojlangan mamlakatlardagi YAIMning 70 foizga yaqini, eksportning esa qariyb 40 foizga

yaqini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari hissasiga toʼgʼri kelmoqda. Gʼarbiy

Yevropa mamlakatlarida xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan korxonalarning 90,9 foizi kichik

biznes va xususiy t

adbirkorlik subyektlari hisoblanadi. Bularda eng ko‘p hissa qurilish va savdo

(90 %), xizmatlar sohasi (67%) va sanoat sohasi (50%) ga toʼgʼri kelmoqda

16

.

O‘zbekiston ham jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimotida o‘zining asosiy o‘rnini

egallash, milliy iqtisodiyotimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqib, tez fursatlarda

iqtisodiy o‘sishga erishishni maqsad qilgan. Bu maqsadni amalga oshirishdagi muhim

vazifalardan biri tashqi iqtisodiy munosabatlar, tashqi savdo, xususan eksport

diversifikatsiyasini kengaytirish hisoblanadi. Bu sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy hamda chet el

bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘p

aytirish, keng assortimentli mahsulot

va xizmatlar yaratishda alohida e’tibor qaratilib, bir qator ijobiy natijalarga erishdi. Eksport

salohiyatini oshirishda, chet el bozorlarida raqobatbardosh, keng assortimentli mahsulot va

xizmatlarni yaratishda, uning tarkibi va geografiyasini kengaytirishda kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik subyektlarining o‘rni kattadir.

2023-yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy tarmoqlardagi ulushi

qishloq, o‘rmon

va baliqchilik xo‘jaligi (

94,8 %), chakana savdo (83,8%), qurilish (74,7 %), xizmatlar sohasi (47,7

%) va sanoat (26,9

%) hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa,

YAIM tarkibida esa kichik tadbirkorlik

subyektlarining ulushi 51,2 % ni tashkil qilib,

iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori ulushi

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

(95,6 %), qurilish (77,0 %), xizmatlar sohasi (40,4 %) va

sanoat (21,4 %) tarmoqlari egallagan

(2-rasm).

15

Oʼzbekist

on Respublikasi Statisti

ka qo‘mitasi ochiq maʼlumotlari /

/(www.stat.uz)

16

Entrepreneurship and small and medium-sized enterprises. An official website of the European Union

//https://ec.europa.eu/growth/smes/sme-definition_en

12805

14795

13455,4

14298,5

13532

12499,6

12078,212534

13990,4

17458,6

15102,3

16662,7

19309,1

24426,2

24972,1

28770,4

26163

28016,7

26443,4

24404,4

23338,8 24207,3

27099,5

34080,7

29383,7

32194,2 30767,8

38141,2

0

5000

10000

15000

20000

25000

30000

35000

40000

45000

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

eksport

import


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

54

2-rasm. Kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy tarmoqlardagi ulushi (% da)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo aylanmasi 2023-yilda

26,4 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. 2023- yilda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan
amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 7092,1 mlrd. AQSH dollarni,

ya’ni umumiy eksport hajmining

29,0 foizini, import hajmi esa 19 349,5 mlrd. AQSH dollarini

tashkil etib, jami import hajmining ning 50,7 foizini tashkil etdi. Afsusku, bu sohada ham tashqi

savdoda salbiy savdo balansi (19 342,4 mlrd. AQSH dollari) qayd etilmoqda (2-rasm).

2-rasm. Kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo

dinamikasi

(mlrd. AQSH doll.)

3,8

4,7

3,1

3,3

6,2

7,1

10,9

15

10,9

11,5

15,2

19,3

0

5

10

15

20

25

2018

2019

2020

2021

2022

2023

eksport

import

2 пер.: скользящее среднее (eksport)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

55

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va

xizmatlar) eksporti hajmi 2010-yil bilan solishtirganda 5 309,3 mlrd. AQSH dollarga, qariyb 4

barobarga

oshgan. Yillar kesimida qaraydigan bo‘lsak, kichik tadbirkorlik

subyektlari tomonidan

amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti umumiy eksport hajmining 2018-yilda

27,2 foizini, 2019-yilda 27 foizini, 2020-yilda 20,5 foizini, 2021 yilda 20 foizini, 2022-yilda esa
31,2 foizni tashkil qilgan (3-rasm).

3-rasm. Kichik tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlar (ishlar va xizmatlar)

eksporti hajmi

(mlrd. AQSH doll.)

2023 yilda

mamlakat bo‘yicha jami eksport hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sub‘ektlarining ulushi 29 foizni tashkil qilgan. Jami

eksportda kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik sub‘ektlarining ulushini hududlar kesimida qaraganda, eng ko‘p ulush Surxonda

ryo

viloyati (72,4

%), Farg‘ona viloyati (

68,4 %), Xorazm viloyati (64,2 %), Sirdaryo viloyati (63,4

%), Buxoro viloyati (45,9 %) va Jizzax viloyati (43,5

%) ga, eng past ko‘rsatkich esa Navoiy (

9,0

%) viloyatiga to‘g‘ri kelgan (4

-rasm).

4-rasm

.

Hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining jami mahsulot

(ishlar,xizmatlar) eksportidagi ulushi (%)

1782,8

2826,2

1910,5

3752,3

3657,8

3377

3139,2

2759,3

3810,8

4714,8

3100,9

3335,2

5712,9

7092,1

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

7000

8000

2023

2022

2021

2020

2019

2018

2017

2016

2015

2014


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

56

Xususan, yillar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

subyektlarining eksport hajmi 2010 yilda 1782,8 mlrd AQSH dollarini 2023-yilda esa 7092,1

AQSH dollarini AQSH dollarini tashkil qilib, 2010 yilga nisbatan 5 309,3 mlrd so

mga oshib,

qariyb to

rt barobarga oshgan. Bunda eng yuqori ko

rsatkichni Toshkent shahri (1197,6 mln.

AQSH doll.), Toshkent viloyati (603,8 mln. AQSH doll.

) va Farg’ona viloyatlari (

464,3 mln. AQSH

doll.

), eng quyi ko‘rsatkichni esa, Jizzax viloy

ati (75,4 mln.. AQSH doll.) hamda Navoiy viloyatlari

(58,5 mln.AQSH doll. ) qayd etmoqda. 2010 yil bilan taqqoslaganda esa, Xorazm viloyati kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport hajmi 176,9 mln. AQSH dollarga oshib,

14,1 barobarga

o‘sgan (1

-jadval).

1-jadval

Kichik tadbirkorlik subyektlarining mahsulot (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmi

mlrd.AQSH.doll.

17

Hududlar

2010

2015

2020

2023

O‘sish barobar

(2010-2023)

1

O‘zbekiston Respublikasi

1782,8 3377,7 3100,9 7092,1

3,97

2

Qoraqal

pog‘iston Respublikasi

11,3

27,1

78,2

93,6

8,2

3

Andijon viloyati

40,4

105

252,5

338

8,4

4

Buxoro viloyati

25,6

115

101

134,3

5,2

5

Jizzax viloyati

85,3

37,6

76,5

75,4

0,8

6

Qashqadaryo viloyati

30,9

24,4

110,7

94,6

3,06

7

Navoiy viloyati

55,8

65,9

50,3

58,5

1,04

8

Namangan viloyati

291,4

85

197,8

229,1

0,79

9

Samarqand viloyati

66,6

173,7

191,8

315,8

6,05

10 Surxondaryo viloyati

52,1

72,8

134,8

157,6

3,02

11 Sirdaryo viloyati

43,8

90,4

143,6

211,3

2,03

12 Toshkent viloyati

296,1

651,3

501,9

603,8

5,63

13

Farg‘ona viloyati

82,4

140

319

464,3

5,6

14 Xorazm viloyati

13,5

19,7

119

190,4

14,1

15 Toshkent shahri

687,5

640

578,1

1197,6

1,74

Tahlillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2023 yilda Navoiy viloyatida tashqi savdo aylanmasi

1 326,6 mln. AQSH

dollariga teng bo‘ldi.

Ushbu yilda yalpi hududiy mahsulotning 26,0 foizi

(2022-yilda 25,9 %) kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarildi. Bunda sanoat

mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7 795,0 mlrd. soʻm (7,7 %), qishloq, oʻrmon va baliqchilik
xoʻjaliklar 18 909,8 mlrd. soʻm (96,0 %), investitsiyalar 12 461,6 mlrd. soʻm (48,2 %), qurilish

ishlari 5 312,6 mlrd. soʻm (79,1 %), chakana tovar a

ylanmasi umumiy hajmining 11 237,2 mlrd.

soʻm (93,8 %) hamda xizmatlar 6 570,8 mlrd. soʻm (57,0 %) shakllantirildi.

Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo aylanmasi 304,2 mln. AQSH

dollarini qayd etib, 58,5 mln. AQSH dollari (umumiy eksport hajmining 9,0 %) miqdorida

mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 245,7 mln.AQSH dollari (umumiy import

hajmining 36,2 %) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi

18

.

Bu sohada eng yuqori ko‘rsatkich 2018

-yilda (103,4 mln.

AQSH doll.) qayd qilingan bo‘lib,

ushbu yil bilan taqqoslaganda, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan

mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 44,5 mln. AQSH dollariga, ya’ni 76,7 foizga

kamaygan. Navoiy viloyatida eks

portga yo‘naltirilgan yirik sanoat zonalari mavjud bo‘lib, bular

mamlakatimiz iqtisodiyoti ruvojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelishiga qaramasdan,

bu sohada k

ichik tadbirkorlik subyektlarining o‘rni juda orqada ekanligini tahllillarda

ko‘rish

imiz mumkin (5-rasm).

17

Oʼzbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ochiq maʼlumotlari //(

www.stat.uz)

18

Navoiy viloyati ochiq stati

stika maʼlumotlari

//(www.navoiy.stat.uz).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

57

5-rasm

.

Navoiy viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi

savdo dinamikasi

(mln. AQSH doll.)

Tahlillardan ko‘rinadiki, ushbu yo‘nalishning mamlakat taraqqiyotidagi sezilarli ta‘sir etib,

iqtisodiyotimiz uchun nihoyatda muhim bo‘lg

an aholi daromadlarini oshirishda, ishsizlikni

oldini olish va yangi ish o‘rinlari yetakchi o‘rin tutmoqda. Shu bilan b

irga bu sohada eksport

salohiyati va uning diversifikatsiyasini kengaytirish hamda sohada mavjud muammolarni

yechish yo‘llarini tadqiq qi

lish, ularning samaradorligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.


Xulosa va takliflar.

Tashqi savdo mamlakat

iqtisodiyoti barqarorligi uchun ko‘p jihatdan muhimdir. U iqtisodiy

o‘sish va rivojlanish, savdo balansi, bandlik, raqobatbardoshlik, texnologik i

nnovatsiyalar va

global integratsiya kabi ko‘plab sohalarda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli, mamlakatlar

tashqi

savdoni rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun strategik choralarni ko‘rishlari lozim. Bu

orqali milliy iqtisodiyot barqaror va samarali rivojlanishga erishishlari mumkin.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida salbiy sa

vdo balansi qayd

etilmoqda. Bu muammoni yengish uchun, eksportning diversifikatsiyasi va uning barqarorligini

ta‘minlash muhim ahamiyatga ega. Eksport diversifikatsiyasi yangi tovarlarning paydo bo‘lishi

va yangi imkoniyatlarni aniqlashga olib keladi. Bu i

mkoniyatlar asosida mamlakatlar o‘z eksport

hajmini oshirishga erishadi.

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini va diversifikatsiyasini

oshirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli hissa qo‘shib, eksport imkoniyatlarini

kengaytiradi va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshiradi. Moliyaviy resurslarga oson kirish

imkoniyatini, turli geografik hududlarga eksport qili

sh risklarni kamaytiradi va barqaror o‘sishni

ta‘minlaydi.

Bizning fikrimizcha, kichik biznes va xususiy tadbi

rkorlik subʼektlari uchun eksport

jarayonlarini osonlashtirish maqsadida bojxona va soliq toʼlovlarini soddalashtirish kerak. Bu

orqali ularning xalqaro bozorlarga chiqishini yengillashtirish mumkin.

Eksportyorlar uchun moliyaviy yordam va subsidiyalar joriy etish, ayniqsa endi faoliyat

boshlagan eksportyorlar uchun maxsus kredit liniyalari tashkil qilish kerak. Bu kichik biznes va
tadbirkorlik subyektlari eksport imkoniyatlarini oshirishda yordam beradi.

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90%

100%

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

55,8

60,6

32,9

76,9

60,0

65,9

76,7

60,4

103,4

95,2

50,3

59,2

50,7

58,5

14,1

19,6

57,8

65,4

57,4

54,6

37,4

85,3

196,1

958,7

311,2

171,5

224,0

245,7

Eksport (mln.AQSH.doll)

Import (mln.AQSH.doll)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

58

Shuningdek, eksportga yo‘naltirilgan infratuzilmani,

masalan, logistika va transport

infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, tezkor va samarali transport xizmatlarini ta‘minlash, bu

orqali tovarlarning xalqaro bozorlarga chiqishini osonlashtirish mumkin.

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining xalqaro bozorlardagi imkoniyatlarini

oshirish uchun davlat tomonidan marketing va bozor tadqiqotlari o‘tkazishi, imtiyozli kreditlar,

grantlar va moliyaviy yordam dasturlarini taqdim etish, barcha viloyatlarda tadbirkorlik palatasi

tomonidan eksportni qo‘llab

-quvvatlash markazlari tashkil etish hamda endi faoliyat

boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga eksportga yo‘naltirilgan tadbirkorlik ta‘limi va trenin

g

dasturlarini tashkil etish lozim.

Xuddi shunday, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarga sarmoya kiritishni

ragʼbatlantirish maqsadga muvofiq. Bu orqali ularning mahsulotlari sifatini oshirish va xalqaro

bozorlarda raqobatbardoshligini ta‘minlash mumki

n.

Xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, kichik

biznes subyektlarini

xalqaro savdo tarmoqlariga integratsiyalashuvini taʼminlash kerak. Bu

orqali kichik bizneslar xalqaro standartlarga mos mahsulotlar ishlab chiqar

ishda koʼproq

imkoniyatlarga ega boʼladilar.

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda kichik biznes

subyektlarining eksport faoliyatini samarali olib borishida raqamli texnologiyalarning va

elektron to‘lov tizimining o‘rni

juda muhim. Bu borada elektron tijorat platformalari (Amazon,

e-Bay, Alibaba, Taobabo, Uzum, Olcha) va B2B (Business-to-Business) tarmoqlaridan foydalanish

orqali yangi mijozlarni jalb qilish, eksport qilinadigan tovarlarni reklama qilish hamda sotish

imkoniyati, shuningdek,

O‘zbekistondan mahsulotlarni internet

-

do‘konlar orqali bojxona yuk

deklaratsiyasini to‘ldirmay eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, autsorsing xizmatlari,

yangiliklar hamda imtiyozlar to‘grisida online ma’lumotga (masalan “UzTrade” savdo

platformasini kabi

) ega bo‘lishlari mumkin.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Anvar

o’g’li, Q. O. (2024, March). O’zbekiston respublikasining eksport salohiyatini amalga

oshirishga mo’ljallangan chora tadbirlar. In

Proceedings of International Conference on Modern

Science and Scientific Studies (Vol. 3, No. 3, pp. 59-65).

Egamgamberdievna N.S. (2023) Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobat muhitini

taminlashda kichik biznes subektlari faoliyatini rivojlantirishning muhim omillari //journal of

innovations in scientific and educational research.

Т

. 6.

№. 3. –

С

. 294-300.

Epede, M. B., & Wang, D. (2022). Global value chain linkages: An integrative review of the

opportunities and challenges for SMEs in developing countries. International Business

Review, 31(5), 101993.

Farmon (2022) 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni.

Miocevic, D. (2021). Dynamic exporting capabilities and SME’s profitability: Conditional

effects of market and product diversification. Journal of business research, 136, 21-32.

Moen, Ø., Heggeseth, A. G., & Lome, O. (2016). The positive effect of motivation and

international orientation on SME growth. Journal of small business management, 54(2), 659-678.

Nabiyevich I. I. (2022) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda buxgalteriya hisobini

yuritishning o ‘ziga xos jihatlari //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. Т

. 2.

№. 4. –

С

. 199-205.

Normoʼminovna, Eshqulova Nasiba. (2023) "O’zbe

kiston eksporti diversifikatsiyasining

yo’nalishlari."

Journal of Universal Science Research 1.12: 599-610.

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26

-fevraldagi

M

amlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir

qo‘shimcha chora

-tad

birlar to‘g‘risida”

87-sonli qarori


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyun

www.e-itt.uz

59

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26

-fevraldagi

M

amlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir

qo‘shimcha chora

-tadbirl

ar to‘g‘risida”

87-sonli qarori

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024

-yil 21-fevraldagi

“O‘zbekiston —

2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab

-

quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat

dasturi to‘g‘risida”

gi

37-sonli qarori

Tojiyeva M. M. (2023) Kichik biznesni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy

hayotidagi ahamiyati //qo ‘qon universiteti xabarnomasi. –

.

Т

. 9.

С

. 126-130.

Xursanaliyev B. (2024) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo ‘

llab-

quvvatlanishida xori

jiy tajriba //Qo‘qon universiteti xabarnomasi. –

Т

. 10.

С

. 21-24.

Отамуродов, Шавкат. (2022)"Ўзбекистон экспорти диверсификациясининг

замонавий муаммолари."

Economics and Innovative Technologies 10.4: 355-364.

Bibliografik manbalar

Anvar o’g’li, Q. O. (2024, March). O’zbekiston respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirishga mo’ljallangan chora tadbirlar. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 3, No. 3, pp. 59-65).

Egamgamberdievna N.S. (2023) Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobat muhitini taminlashda kichik biznes subektlari faoliyatini rivojlantirishning muhim omillari //journal of innovations in scientific and educational research. – Т. 6. – №. 3. – С. 294-300.

Epede, M. B., & Wang, D. (2022). Global value chain linkages: An integrative review of the opportunities and challenges for SMEs in developing countries. International Business Review, 31(5), 101993.

Farmon (2022) 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Miocevic, D. (2021). Dynamic exporting capabilities and SME’s profitability: Conditional effects of market and product diversification. Journal of business research, 136, 21-32.

Moen, Ø., Heggeseth, A. G., & Lome, O. (2016). The positive effect of motivation and international orientation on SME growth. Journal of small business management, 54(2), 659-678.

Nabiyevich I. I. (2022) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda buxgalteriya hisobini yuritishning o ‘ziga xos jihatlari //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. Т. 2. – №. 4. – С. 199-205.

Normoʼminovna, Eshqulova Nasiba. (2023) "O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining yo’nalishlari." Journal of Universal Science Research 1.12: 599-610.

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26-fevraldagi “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 87-sonli qarori

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26-fevraldagi “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 87-sonli qarori

Qaror (2024) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi 37-sonli qarori

Tojiyeva M. M. (2023) Kichik biznesni rivojlantirishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati //qo ‘qon universiteti xabarnomasi. –. – Т. 9. – С. 126-130.

Xursanaliyev B. (2024) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo ‘llab-quvvatlanishida xorijiy tajriba //Qo‘qon universiteti xabarnomasi. – Т. 10. – С. 21-24.

Отамуродов, Шавкат. (2022)"Ўзбекистон экспорти диверсификациясининг замонавий муаммолари." Economics and Innovative Technologies 10.4: 355-364.