ВАЖНЕЙШИЕ ПРИОРИТЕТЫ НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ

Аннотация

В данной статье изучены важные аспекты совершенствования системы налогообложения в нашей стране, опыт зарубежных стран в области налогообложения, а также научно-теоретические взгляды и идеи зарубежных и отечественных ученых. Проанализирован зарубежный опыт налогообложения и предложены направления, которые можно реализовать на практике.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
74-80
14

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Жуманиязова F. (2024). ВАЖНЕЙШИЕ ПРИОРИТЕТЫ НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ. Экономическое развитие и анализ, 2(7), 74–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/48773
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изучены важные аспекты совершенствования системы налогообложения в нашей стране, опыт зарубежных стран в области налогообложения, а также научно-теоретические взгляды и идеи зарубежных и отечественных ученых. Проанализирован зарубежный опыт налогообложения и предложены направления, которые можно реализовать на практике.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

74


O‘ZBEKISTONDA SOLIQQA TORTISHNIG MUHIM USTUVOR

YOʻNALISHLARI VA XORIJ TAJRIBASI

Jumaniyazova Feruza Rajabovna

Xalqaro moliya va texnologiyalar maktabi

nodavlat oliy ta’lim muassasasi

ORCID: 0000-0002-1838-3746

feruzalisher@gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu

maqolada

mamlakatimizda

soliqqa

tortish

tizimini

takomillashtirishning muhim jihatlari, soliqqa tortishda xorijiy mamlakatlar tajribasi shu bilan

birga xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-

nazariy qarashlari, g‘oyalari o‘rganildi. Soliqqa tortish

b

orasida xorij tajribalari tahlil qilinib, amaliyotga qo‘llash mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar taklifi

keltirib o‘tildi.

Kalit so‘zlar:

soliq, soliq bazasi, davlat budjeti, soliq to‘lovchilar ma’daniyati, risklar,

soliqdan qochish, moliyaviy siyosat, korxona, iqtisodiyot.

ВАЖНЕЙШИЕ ПРИОРИТЕТЫ НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ

Жуманиязова Феруза Раджабовна

Международная школа финансовых

технологий

и науки

негосударственное высшее учебное заведение

Аннотация.

В данной статье изучены важные аспекты совершенствования

системы налогообложения в нашей стране, опыт зарубежных стран в области
налогообложения, а также научно

-

теоретические взгляды и идеи зарубежных и

отечественных ученых. Проанализирован зарубежный опыт налогообложения и

предложены направления, которые можно реализовать на практике.

Ключевые слова:

налог, налоговая база, государственный бюджет, культура

налогоплательщиков, риски, уклонение от уплаты налогов, финансовая политика,

предприятие, экономика.

IMPORTANT PRIORITIES AND FOREIGN EXPERIENCE OF TAXATION IN UZBEKISTAN

Jumaniyazova Feruza Rajabovna

International School of Finance Technology and

Science Non-State Higher Education Institution


Annotation.

In this article, the important aspects of improving the taxation system in our

country, the experience of foreign countries in taxation, as well as the scientific and theoretical

views and ideas of foreign and local scientists were studied. Foreign experiences in taxation were

analyzed, and directions that could be put into practice were suggested.

Keywords:

tax, tax base, state budget, taxpayer administration, risks, tax evasion, financial

policy, enterprise, economy.

UO

K: 338.45

VII SON - IYUL, 2024

74-80


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

75

Kirish.

Bugungi kunga kelib mamlakatimizda soliq tizimini yanada takomillashtirish, soliqlarni

ragʻbatlantiruvchi rolini oshirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi soliq yuk

ini

kamaytirish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Davlatning moliyaviy siyosatida ijtim

oiy xizmatlarning asosiy manbai boʻlgan davlat

byudjeti daromadlarini toʻgʻri aniqlash va unga muvofiq ravishda xarajatlar siyosatida

mutanosiblikni taʼminlash dunyodagi barcha davlatlarning asosiy funksiyalari sifatida oʻz

dolzarbligini saqlab kelmoqda. Jahon bozoridagi beqarorlikning saqlanib qolishi, dunyo

miqyosida umumiy tashqi va ichki qarzdorlikning oshib borishi, davlat byudjetiga oʻz taʼsirini
oʻtkazib bo

rmoqda.

Davlat soliq xizmati organlarini soliq toʻlovchilarning biznes

-hamkori va maslahatchisi

sifatidagi yangi imijini yaratish orqali xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan idoraga aylantirish, har
bir xodim tomonidan “Soliq xizmati —

insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori” degan

maqsadli vazifani soʻzsiz bajarish Oʻzbekiston Respublikasi soliq maʼmuriyatchiligi tizimini

takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanishi belgilangan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining so

liqqa tortish siyosatini

takomillashtirish Konse

psiyasi toʻgʻrisidagi Farmonda (2018

-yil 29-iyundagi, PF5468-sonli

farmon): iqtisodiyotda soliq yuki darajasini kamaytirish, shuningdek soliq solishning

soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi boʻyicha soliqlarni toʻlaydigan xoʻjalik yurituvchi

subyektlar oʻrtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutan

osibliklarni bartaraf etish soliq siyosatini

takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi (Farmon, 2018).

Milliy iqtisodiyotimizni riv

ojlantirish va barqarorligini taʼminlashda xoʻjalik yurituvchi

subyektlar tomonidan toʻlanadigan soliqlar nechogʻlik ahamiyatli boʻlsa, mazkur soliqlarni

muntazam, oʻz vaqtida va toʻliq byudjetga kelib tushishini taʼminlash maqsadida, soliq risklarini

bosh

qarish ham shu darajada muhimdir. Shuning uchun mazkur mavzu boʻyicha tadqiqotlar

amalga oshirgan holda bu boradagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish
yuzasidan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish zarurligi hozirda muhim va

dolzarb masalalardan biriga aylangan (Mamadaminov, 2019).

Adabiyotlar sharhi.

Hebousnin

g (2023) keltirib oʻtishicha kam soliqqa tortiladigan mamlakat uchun majburiy

minimal samarali stavkani ishlab chiqish farovonlikka olib keladi va mamlakatga kelib

tushadigan tushumlarni statistik baholashga imkon beradi. Soliq toʻlovchilar ham minimal

stavkada soliqdan qochmaydilar.

Erizal (2022) va boshqalar davlat soliq toʻlovchilarga oʻz soliq majburiyatlarini davlat

bilan hal qilish imkoniyatini yaratib berishi uchun yetarlicha imkoniyatlar berishi kerak. Shu

bilan davlat soliq toʻlovchilarga koʻproq d

aromad olish va daromadini soliqdan yashirmaslikka

undashi mumkin deb keltiradi.

Bayborodina (2010) “soliqqa tortish islohotlari –

soliq tizimini keng koʻlamli q

ayta qurish

va uni boshqarish mexanizmini oʻzgartirish asosida soliq munosabatla

rining cheklangan yoki

tubdan oʻzgarishi sifatida” taʼriflaydi.

Bogatirevaning (2014) fikricha, “soliqqa tortish islohoti bu davlat soliq tizimidagi qonuniy

ravishda belgilanga

n oʻzgarish, bu davlat soliq siyosati strategiyasini oʻzgartirishga asoslanadi.

Shunday qilib,

soliq siyosati taktikasining oʻzgarishi soliq

qa tortish islohotiga olib kelmaydi.

Faqat soliq tizimiga tegishli amaldagi qonunchilikdagi oʻzgartish va qoʻshimcha

lar sifatida

koʻrib chiqiladi. Soliq siyosati strategiyasidagi oʻzgarishlar mamlakatda soliq

qa tortish

islohotlarini amalga oshirish uchun asosdir.

Tuychiyev (2023) soliqqa tortish stavkasining yuqoriligi juda ahamiyatliligini keltirib

oʻtadi va iqtisodiyotda biznesni boshlash va yopish moyilligiga taʼsir qiladi, tadbirkorlik

subyektlarining tadbirk

orlik faoliyatidan olingan daromadlarini toʻliq yoki qisman yashirishga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

76

harakat qilishadi, tadbirkorlik va biznes investitsiyalariga salbiy taʼsir koʻrsatadi deb

keltiradi

yaʼni past soliq stavkasini taklif qiladi.

Isayev (2023) soliqqa tortishda soliq imt

iyozlari qoʻllashni taklif etadi va xorijiy

investisiyalarni jalb qilish, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish uchun davlatlar tomonidan keng

qoʻllaniladigan vosita deb biladi. Soliq imtiyozlari butun dunyo boʻylab davlatlar tomonidan

investitsiyalarni jal

b qilish, iqtisodiy oʻsish va rivojlanishni ragʻbatlantirish va ish oʻrinlarini

yaratish uchun qoʻllanilishi haqida aytib oʻtgan.

Joʻrayev (2005) fikricha, gʻarb

iqtisodchilari soliqqa tortish mustaqil tushuncha

hisoblanmaydi. Ular soliqqa tortish tushunchasiga fiskal siyosat tushunchasi orqali

yondashadilar. Fiskal siyosat esa davlatning oʻz daromadlari va xarajatlari boʻyicha qaror qabul

qilishi boʻlib hisoblana

di -

deb taʼkidlashadi.


Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy tadqiqotimizning maqsadi soliqqa

tortish tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy

asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Maqolada soliqqa tortish

boʻyicha xorijiy mamlakatla

r tajribalar

i oʻrganildi. Soliqqa tortishni takomillashtirishda va xorij

tajribalaridan foydalanish masalalari yoritib berishda, qiyosiy, tarkibiy, analitik va statistik

maʼlumotlar tahlilidan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

“2022

-yil uchun

davlat byudjeti asosiy koʻrsatkichlar tahlili asosida davlat byudjeti

daromadlari 200 trln. soʻm yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq
tushumlari 68,5 trln. soʻm, shu jumladan JShDS –

22 trln. soʻmni tashkil etadi”.

2022-yilning birinchi

choragida Oʻzbekiston aholisining real daromadlari oʻsishi 3,3

foizga

cha sekinlashdi. Ushbu koʻrsatkich 2021

-

yilda 7,7 foizga teng boʻlgandi. Aholining

daromadlar tarkibida pul oʻtkazmalarining ulushi kamaydi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga

umumiy daromad 3,2 mln.

soʻmgacha koʻtarildi. 2022

-yilning ilk uch oyida aholi jon boshiga

umumiy daromadlar 3,2 mln. soʻmgacha koʻtarildi. Nominal koʻrinishda tushumlar 13,6 foizga,

real qiymatda 3,3 foizga (isteʼmol narxlarini hisobga olgan holda) oʻsdi. Bu koʻrsa

tkichlar ham

2021-yilning birinchi choragiga - 19,8% va 7,7% nisbatan kamroq hisoblanadi. Ishchilarning
daromadlari umumiy daromadning 32,8 foizini tashkil qiladi

9

.

Taʼkidlash joizki, har bir mamlakatda soliqlar tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa omill

ar

tufayli oʻziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, daromad soligʻining (income tax) vatani boʻlgan

Buyuk Britaniyada 1973-yildagi soliq islohoti orqali shaxsiy daromadlarni soliqqa tortishning
zamonaviy tizimi joriy etildi. Buyuk Britaniyada soliqqa tortish rejimi jismoniy shaxsning

rezident, oddiy rezident yoki yashash joy

i maqomiga ega boʻlishiga bevosita bogʻliq (Romanova,

2014).

Oddiy rezident

(ordinarily resident)

Buyuk Britaniyada uch yildan ortiq istiqomat

qilgan shaxs yoki mamlakatga kelganidan keyin uch yildan ortiq qolish niyatini bildirgan shaxs.
Yashash joyi maqomi Britaniya huquqi konsepsiyasiga muvofiq belgilanadi: agar shaxs Buyuk

Britaniyada tugʻilgan boʻlsa, u britaniyalik ota

-

ona oilasida tugʻilgan boʻlsa, Buyuk Britaniyada

doimiy mavq

ega ega boʻladi (Kostileva, 2011).

AQShda soliqlar federal soliqlar, shtat soliqlari va mahalliy soliqlarning bir qismi

hisoblanadi, yaʼni hokimiyatning barcha tarmoqlari orasida taqsimlangan boʻladi. Soliqlar

jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi korxona

lar va yuridik shaxslar bilan bogʻliq boʻlmagan

sheriklik asosida toʻlanadi. Jismoniy shaxslar turlicha soliq maqomiga ega boʻladilar, bunda

tegishli chegirmalar belgilanadi: qoʻshma deklaratsiyani toʻldirgan er

-xotinlar; alohida soliq

deklaratsiyasini toʻ

ldirgan er-

xotinlar; oila boshliqlari; yolgʻiz soliq toʻlovchilar; be

va ayollar,

beva erkaklar (Xudoyqulov, 2022).

9

https://review.uz/oz/post/gosbyudjet-na-2022-god-analiz-osnovnx-pokazateley


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

77

AQShda soliqqa tortish jarayonida ishbilarmonlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi

shaxslarning, ish bilan band boʻlganlarning ishlab chiqarish

faoliyati bilan bevosita bogʻliq ish

kiyimlari, transport va boshqa xarajatlar chegirib tashlanadi. Daromadlarning ayrim turlari

toʻliq yoki qisman: uzoq muddatli kapital aktivlarini sotishdan olingan daromadning 50 foizi,

davlat yoki mahalliy hukumatlar

tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha foizlar, davlat

va xusu

siy ijtimoiy sugʻurta fondlaridan olinuvchi toʻlovlarning ayrim turlari chiqarib

tashlanadi. Soliq toʻlovchi daromadlardan odatdagi chegirmalar oʻrniga xarajatlarni moddalar

boʻyicha hiso

bga olishda foydalanishi mumkin: shaxsiy qarzlar va mulk garovi sifatida ipoteka

qarzlari boʻyicha foizlar; tibbiy xarajatlar; xayriya fondlariga badallar; malaka oshirish, sayohat

xarajatlari; davlat soliqlari va mahalliy soliqlar; yangi yashash joyiga ko

ʻ

chish xarajatlari

(Terentyeva, 2005) va boshqalar.

1-jadval

Xorijiy mamlakatlarda soliqqa tortishda risk zonalari

Mamlakat

Soliq risklarining asosiy zonalari

Avstraliya

Xizmatlarga oldindan

toʻlash

variantidan foydalangan holda soliqqa tortishdan

boʻyi

n

tov

lashga yoʻnaltirilgan soliq sxemalari; yangi

moliyaviy instrumentlardan

foydalanishi; kompaniya

aktivlarini oʻstirishga

yoʻnaltirilgan sxemalar

(mehnatga

haq toʻlashni oʻzgartirish, ofshorlardan foydalanish, «nozik

kapitalizasiya»

instrumenti)

Buyuk

Britaniya

Zararlarni

sunʼiy

yaratmoq; aktiv va daromadlarni yashirish maqsadida ofshorlarning

bank hisobvaraqlaridan foydalanish

Germaniya

Daromadlarni past soliqli yurisdiksiyalarga oʻtkazish; ikki yoqlama soliqqa

tortishni

oldini olish haqidagi bitimlarni

suiisteʼmol

qilish; doimiy hukumatlarning xorijiy

tashkilotlar tomonidan soliqlardan qochishi

Italiya

Ofshor va trastlar (ishonchli mulk) dan foydalaniladigan sxemalar, milliy va xalqaro

darajadagi kompleks shartnomaviy sxemalar; ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini

olish haqidagi bitimlarni

suiisteʼmol

qilish

Kanada

Daromadlarni sunʼiy pasaytirishga va aktivlar qiymatini sunʼiy oshirishga

yoʻnaltirilgan bitimlar, xarajatlarni oshirib koʻrsatish, zararlarni oshirish;

ikki

yoqlama soliqqa tortishni oldini olish haqidagi

bitimlarni suiisteʼmol

qilish; soliq

imtiyozlarini noqonuniy qoʻllash;

ofshorlardan foydalanish, transfert narxlarni

shakllantirish; qasddan bankrotlikka olib kelish

Janubiy Koreya

«Savdo bitimlaridan» foydalaniladigan sxemalar; ofshor

lardan foydalangan holda

soliq solishdan

boʻyin

tovlash;

sunʼiy

zararlarni paydo qilishga va

soliqlarni toʻlashni

kechiktirishga yoʻnaltirilgan qalbaki qimmatli qogʻozlar

sxemasidan foydalanish

Niderlandiya

Soliq bazasini

notoʻgʻri

koʻrsatishga

yoʻnaltir

ilgan sxemalar; ofshorlar; yuqori

daromadga ega jismoniy shaxslar va salmoqli qiymatga ega ularning mulklari

AQSh

Soliq qonunchiligining kamchiliklaridan foydalaniladigan sxemalar; daromad

yashirish uchun ofshor tuzilmalardan foydalangan holda soliqlardan

boʻyin

tovlash,

sunʼiy

xarajatlar va zararlarni paydo qilish

Fransiya

Juda katta miqdorda soliqqa oid huquqbuzarliklar, ayniqsa xalqaro darajada;

iqtisodiy faoliyatni deklaratsiya qilmaslik

Shvetsiya

Ofshorlar, bank kartalari va chet el xolding kompaniyalardan foydalaniladigan

sxemalar, (jismoniy shaxslar, kichik va oʻrta biznesga); tijorat mulklari,

zayomlari

bilan sxemalar (kompaniyalar)

Yaponiya

Xorijiy davlatlarning soliq tizimidagi imtiyozli holatlar va ikki yoqlama soliqqa

tortishni oldini olish h

aqidagi bitimlarni suiisteʼmol qilishga

asoslangan soliqlarni

rejalashtirishning xalqaro sxemalari; xorijiy

«bir

kunlik

firmalar»dan

foydalanish;

sxemalarda yangi moliyaviy instrumentlardan foydalanish

Manba:

maʼlumotlar asosida muallif tomonidan qayta is

hlandi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

78

Fransiyada soliqqa tortishda soliq imtiyozlarining keng tizimi mavjud: professional,

oilaviy, ijtimoiy, mulkiy. Fransiyada daromad soligʻi stavkasi ilgʻor boʻlganligi sababli, ushlab

qolish hajmi qoʻllaniluvchi stavkaga taʼsir etishi mumkin. Bunda

n tashqari, Fransiyada bu

soliqni toʻlashdan butunlay ozod boʻlgan kishilar toifasi mavjud ular maʼlum daromaddan kam

daromadga ega jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Rossiyada esa 2021-yil 1-

yanvardan har bir jismoniy shaxs ish haqi miqdoridan qatʼiy

nazar 13

% miqdorida soliq toʻlashi shart boʻlgan.

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar

boʻyicha tushumlarni prognoz qilish holatini tahlil etadigan boʻlsak, yuqorida qayd etilgan

davlatlar orasida Rossiyaning tajribasi ancha ilgʻor, aniq va tegishli meʼyoriy

hujjatlar asosida

prognoz metodlarining ham

da hisoblash usullarining belgilab qoʻyilganligi bilan alohida

ahamiyat kasb etadi va buning huquqiy asosi sifatida Rossiya Federatsiyasining kelgusi moliya

yili va rejalashtirish davri uchun jamlanma byudjetiga tushumlarni prognozlash
metodologiyasi (Prognoz metodlari, 2017) asosida amalga oshirilishini aniqladik.

Shu bilan birga soliqqa tortishda davlat byudjeti mablagʻlarining defitsitini oldini olish va

minimal soliq yukini ishlab chiqishda risklarni hisobga ol

maslikning iloji yoʻq. Soliq risklari

roʻyx

ati har yili nazorat tadbirlari natijalari monitoringini, soliqqa tortish qonunchiligidagi

oʻzgarishlarni va undagi aniqlangan tirqishlarni bartaraf etilganligini, shuningdek soliq

maslahatchilari xizmatining muntazam kuzatilishi va axborotni majburiy oshkor etish

toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari doirasida “noqonuniy soliq sxemalari” potensial provayderlardan

olinadigan axborotlar asosida oʻtkaziladigan soliq rejalashtirishning tendensiyalarini hisobga

olingan holda

koʻrib chiqiladi.

Tahlillar natijasida ayti

sh mumkinki, Avstraliya tajribasini amaliyotda qoʻllash joiz va

davlat soliq xizmati organlari tomonidan mumkin boʻlmagan soliq sxemalarini ochiq nashr

etish kerak. Bu birinchidan soliq toʻlovchilarning soliqlarni

maqbullashtirishdagi noqonuniy

instrumentlardan foydalanishga moyilligini pasaytirishga olib kelsa, ikkinchidan soliqlarni

rejalashtirishning qonuniy doirasini yaratishga imkon beradi.

Avstraliyadan tashqari xuddi shunday tizimlar Buyuk Britaniyada, Yangi Zelandiyada va

AQShda amal qiladi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining materiallari tahlili va chet

el davlatlari soliq idoralarining nashrlari fiskal organlar toʻqnash keladigan asosiy “soliq riski

zonalari”ni alohida koʻrsatishga imkon be

radi. 1-jadvalda barcha davlatlarda soliq riskining

asosiy manbai sifatida soliq toʻlovchilar tomonidan ofshor kompaniyalar ishtirokidagi

sxemalardan foydalanishlari keltirilmoqda. Bundan tashqari, aksariyat mamlakatlar ikki

yoqlama soliqqa tortishni oldin

i olish haqidagi bitimlarni suiisteʼmol qilish, zararlarni sunʼiy

paydo qilish va soliq qonun hujjatlaridagi kamchiliklardan foydalanishni risk sifatida koʻrib

chiqishmoqda.

AQSh soliq idoralari faoliyatini tahlili shuni koʻrsatdiki, AQShning ichki daromad

lar

xizmati tomonidan quyidagi ikki asosiy

muammolarni hal qilish boʻyicha oxirgi yillar davomida

jiddiy qadam qoʻyilgan.

Birinchisi soliqqa tortishning asosiy tamoyillaridan aʼlo natijalarga olib keladigan AQSh

Soliq kodeksidagi kamchiliklarga asoslangan

keng tarqalgan soliq solishdan boʻyin tovl

ash

sxemalaridan foydalangan kompaniyalarga bogʻliq muammodir. Bu sxemalar auditorlik va

yuridik kompaniyalar, moliyaviy maslahatchilar va professional soliq maslahatchilari

tomonidan ishlab chiqiladi.

Ikkinchi muammo, aksariyat hollarda jismoniy shaxslar

bilan bogʻliq, yaʼni, daromadlarni

noqonuniy yashirish va sunʼiy xarajat va zararlar paydo qilish sxemalari bilan bogʻliqdir.

Odatda ular ofshor kompaniyalardan foydalanishni ehtimol qiladilar (Mamadaminov, 2019).

AQShning ichki daromadlar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan yuqorida keltirilgan

muammolarni hal qilish boʻyicha choralar, kompaniyalarni soliq tekshirishida, promouterlarni

tekshirishda, shuningdek, axborotlarning: professional jurnallar, gazetalar, maqolalari,

internet-nashrlarning tashqi manbalari tahlilida soliq promouterlar tomonidan axborotlarni

oshkor etish haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan meʼyorlarga asoslanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

79

Oʻrganilgan xorij tajribalari natijasi sifatida taʼkidlash kerakki en

g birinchi navbatda soliq

toʻlovchilarda soliq madaniyatini oʻrgatish lozim va soliqlar natijasida mamlakatning iqtisodiy

rivojlanish darajalari haqida ochiq maʼlumotlarni ommaga taqdim etish, soliq yukini

kamaytirish orqali soliq toʻlovchilarni norasmiy bandlar yoki oʻz mablagʻlarini yashirishga

urinayotgan tadbirkorlar sonini qisqartirish imkoni mavjud.

Xulosa va takliflar.

Xulosa sifatida taʼkidlash lozimki, soliqqa tortishni tizimini takomillashtirishda quyidagi

vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq b

oʻlar edi:

- qonunchilikni qayta

koʻrib chiqish

:

Soliq qonunchiligini soddalashtirish va tushunarli

qilish, korporativ va shaxsiy soliqlarning aniq va oʻzaro mos kelishini taʼminlash;

- soliq shakllarini birlashtirish:

qatʼiy soliq toʻlov tizimini yaratish

, bu esa soliq

doiralarini aniqlashtirish va murosasizlikni kamaytirishga yordam beradi;

- avtomatlashtirilgan tizimlar:

elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va hisob-

kitoblarni avtomatlashtirish orqali toʻlovlarni soddalashtirish;

-

qitish va

qoʻllab

-quvvatlash:

soliq toʻlovc

hilarni soliq qonunchiligi va unga oid

talablar bilan tanishtirish, ulanish va yordam koʻrsatish;

- imtiyozlarni qayta baholash:

imtiyozlarning maqsadga muvofiqligini tekshirish va

ularni samarali boʻlishini taʼminlash;

- jamoatchilikni xabardor qilish:

so

liq toʻlovchilarga soliqlarning ahamiyati va ularning

ijtimoiy foydasi haqida maʼlumot berish;

-

rivojlangan mamlakatlarning soliq xizmatlari oʻz faoliyatlarini soliq risklarini kompleks

baholash orqali amalga oshiradi. Risk boshqaruvi elementlariga asoslangan soliq monitoringi

tizimini joriy etish, soliqqa oid qonun hujjatlari va maʼmurchiligidagi muammolarni, ularning

boshlangʻich bosqichlarida aniqlash imkonini beradi;

-

soliq toʻlovlari tushumlarini samarali prognoz qili

sh va rejalashtirish muhim rol

oʻynaydi, chunki bir tomondan, soliq tushumlari darajasining oshirilganligi oʻzini oqlamasligi

va byudjetga soliq tushumlarini jalb qilishda qiyinchiliklar yuzaga keltirishi mumkin, boshqa

tomondan

soliq tushumlarining pasaytirilgan prognozi byudjet tizimi daromadlarining

xarajatlardan ortiq boʻlishiga olib kelishi mumkin, bu esa oʻz navbatida, byudjet mablagʻlarini

sarflash samaradorligini pasaytiradi.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Erizal J. et al. (2022) Improving t

he Indonesian Taxation System using Tax Amnestyʼs Policy

//WSEAS Transactions on Business and Economics.

Т

. 19.

С

. 876-884.

Hebous S., Keen M. (2023) Pareto-improving minimum corporate taxation //Journal of

Public Economics.

Т

. 225.

С

. 104952.

Juma

niyozova, F. (2024). Yangi Oʻzbekistonda soliq mamuriyatchiligini takomillashtirish

orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning ustuvor yoʻnalishlari

. Nashrlar, 3(M), 271

273.

https://doi.org/10.60078/2024-vol3-issM-pp271-273.

Valiyeva, S. (2024). Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi mexanizmini

takomillashtirishda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalari. Страховой рынок

Узбекистана,

1(9), 57

59.

https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss9/179

.

Байбородина В.Г. (2010) Налоги и налогообложение: учебное пособие / Хабаровск:

РИЦ ХГАЭП, 108 с.

Богатырева Е.Н. (2014) Теоретические детерминанты налоговых реформ. ISSN

2221-7347

Экономика и право.

Жўраев А., Сафаров Ғ. (2005) Солиқ назарияси. Ўқув қўлланма. –Т.: “Iqtisod

-

moliya”, 48

-

бет.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, iyul

www.e-itt.uz

80

Исаев, Ф. (2023). Теоретические соображения о влиянии налогового анализа на

снижение налоговой нагрузки. economics and innovative technologies,

11(2), 415

421.

https://doi.org/10.55439/eit/vol11_iss2/i41

.

Костылева Л.В. Налогообложение как механизм регулирования неравенства

населения // Экономические и социальные перемены: факты, тенденции, прогноз. –

2011.

№ 3 (15)

.

С. 66–

77.

Мамадаминов Н.

(2019)

Солиқ рискларини бошқаришнинг халқаро тажрибаси

//Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнал. –

Т. 1. –С. 17

-18.

Методики прогноз

(2017)

Методики прогнозирования поступлений доходов в

консолидированный

бюджет Российской Федерации на очередной финансовый год и

плановый период. Министерство финансов Российской Федерации, Федеральная

налоговая служба. Приказ от 23 августа 2017 года N ММВ

-7-1/645.

Романова Н.А.

(2014)

Зарубежный опыт налогообложения доходов

физических

лиц//Журнал Проблемы экономики и менеджмента. № 7 (35) стр. 50

-53.

Терентьева С.Н.

(2005)

Сравнительная характеристика налогообложения

физических лиц налогом на доходы в США и во Франции // Финансовый менеджмент.

–№ 2. –

С. 78–

91.

Туйчиев Ш. (2023) Ўзбекистонда кичик бизнес субъектларини солиққа тортиш

тизимини ислоҳ қилиш йўналишлари //Iqtisodiyot va taʼlim. –

Т. 24. –

№. 1. –

С. 427

-433.

Фармон (2018) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 июндаги

“Ўзбекистон Республикасининг солиқ

сиёсатини такомиллаштириш концепцияси

тўғрисида”ги ПФ5468

-

сонли фармони.

Худойқулов С., Бабаев Ш. Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғини

прогноз қилишнинг хориж тажрибаси //Economics and Innovative Technologies. –

2022.

Т.

10.

№. 5. –

С. 257

-266.

Библиографические ссылки

Erizal J. et al. (2022) Improving the Indonesian Taxation System using Tax Amnestyʼs Policy //WSEAS Transactions on Business and Economics. – Т. 19. – С. 876-884.

Hebous S., Keen M. (2023) Pareto-improving minimum corporate taxation //Journal of Public Economics. – Т. 225. – С. 104952.

Jumaniyozova, F. (2024). Yangi Oʻzbekistonda soliq mamuriyatchiligini takomillashtirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning ustuvor yoʻnalishlari. Nashrlar, 3(M), 271–273. https://doi.org/10.60078/2024-vol3-issM-pp271-273.

Valiyeva, S. (2024). Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi mexanizmini takomillashtirishda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalari. Страховой рынок Узбекистана, 1(9), 57–59. https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss9/179.

Байбородина В.Г. (2010) Налоги и налогообложение: учебное пособие / Хабаровск: РИЦ ХГАЭП, 108 с.

Богатырева Е.Н. (2014) Теоретические детерминанты налоговых реформ. ISSN 2221-7347 Экономика и право.

Жўраев А., Сафаров Ғ. (2005) Солиқ назарияси. Ўқув қўлланма. –Т.: “Iqtisod-moliya”, 48-бет.

Исаев, Ф. (2023). Теоретические соображения о влиянии налогового анализа на снижение налоговой нагрузки. economics and innovative technologies, 11(2), 415–421. https://doi.org/10.55439/eit/vol11_iss2/i41.

Костылева Л.В. Налогообложение как механизм регулирования неравенства населения // Экономические и социальные перемены: факты, тенденции, прогноз. – 2011. – № 3 (15). – С. 66–77.

Мамадаминов Н. (2019) Солиқ рискларини бошқаришнинг халқаро тажрибаси //Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнал. – Т. 1. –С. 17-18.

Методики прогноз (2017) Методики прогнозирования поступлений доходов в консолидированный бюджет Российской Федерации на очередной финансовый год и плановый период. Министерство финансов Российской Федерации, Федеральная налоговая служба. Приказ от 23 августа 2017 года N ММВ-7-1/645.

Романова Н.А. (2014) Зарубежный опыт налогообложения доходов физических лиц//Журнал Проблемы экономики и менеджмента. № 7 (35) стр. 50-53.

Терентьева С.Н. (2005) Сравнительная характеристика налогообложения физических лиц налогом на доходы в США и во Франции // Финансовый менеджмент. –№ 2. – С. 78–91.

Туйчиев Ш. (2023) Ўзбекистонда кичик бизнес субъектларини солиққа тортиш тизимини ислоҳ қилиш йўналишлари //Iqtisodiyot va taʼlim. – Т. 24. – №. 1. – С. 427-433.

Фармон (2018) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 июндаги “Ўзбекистон Республикасининг солиқ сиёсатини такомиллаштириш концепцияси тўғрисида”ги ПФ5468-сонли фармони.

Худойқулов С., Бабаев Ш. Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғини прогноз қилишнинг хориж тажрибаси //Economics and Innovative Technologies. – 2022. – Т. 10. – №. 5. – С. 257-266.