Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.49353

Ключевые слова:

экосистема банковская экосистема бизнес-модели маркетплейс цифровой банковский сервис

Аннотация

В данной статье рассматривается понятие банковской экосистемы, создание "банковской экосистемы" как современной модели международных трансформационных процессов в деятельности коммерческих банков Узбекистана и процессы цифровой трансформации коммерческих банков. Приведены роль банковской экосистемы в превращении банковской отрасли в своеобразный финансовый "супермаркет" путем радикального изменения взаимоотношений между банком и клиентом на основе организации банковской экосистемы, повышения престижа банка, быстрой оцифровки экономических отношений, расширения предложения широкого спектра банковских и не финансовых услуги клиентам. В статье выдвинуты научные предложения, которые при широком внедрении современных цифровых финансовых технологий позволят привести к усилению конкуренции в сфере банковской деятельности.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

18


TIJORAT BANKLARINING XALQARO TRANSFORMATSIYALASHUV

JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA BANK EKOTIZIMINI

SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB YO‘NALISHLARI

Bekmurodov Abbos Amiriddinovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0000-0003-0830-5119

abbos85@umail.uz

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bank ekotizimi tushunchasi, mamlakatimiz tijorat banklari

faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining zamonaviy modeli sifatida “bank
ekotizimi”ni yaratish, tijorat banklarining raqamli tarnsformatsiyalashuv jarayonlari yoritib

berilgan.

Bank ekotizimini tashkil qilish asosida bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan

o‘zgartirish, bank nufuzini oshirish, iqtisodiy munosabatlarning jadal sur’atlar bilan

raqamlashuvi mijozlarga keng turdagi bank va nobank moliyaviy xizmat turlarini taklif qilishni

kengaytirish orqali bank sohasining o‘ziga xos moliyaviy “supermarket”ga aylantirishda bank

ekotizimining o‘rni keltirilgan. Maqolada zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalarning keng

joriy etilishi bilan tijorat banklari faoliyatida raqobatning kuchayishiga olib kelishga imkon
beradigan ilmiy takliflar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar:

ekotizim, bank ekotizimi, biznes-model, marketpleys, raqamli bank servisi.

АКТУАЛЬНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ФОРМИРОВАНИЯ БАНКОВСКОЙ ЭКОСИСТЕМЫ В

СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ПРОЦЕССОВ МЕЖДУНАРОДНОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Бекмуродов Аббос Амириддинович

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В данной статье рассматривается понятие банковской экосистемы,

создание "банковской экосистемы" как современной модели международных
трансформационных процессов в деятельности коммерческих банков Узбекистана и

процессы цифровой трансформации коммерческих банков. Приведены

роль банковской

экосистемы в превращении банковской отрасли в своеобразный финансовый

"супермаркет" путем радикального изменения взаимоотношений между банком и

клиентом на основе организации банковской экосистемы, повышения престижа банка,
быстрой оцифровки экономических отношений, расширения предложения широкого
спектра банковских и нефинансовых услуги клиентам. В статье выдвинуты научные

предложения, которые при широком внедрении современных цифровых финансовых

технологий позволят привести к усилению конкуренции в сфере банковской
деятельности.

Ключевые слова:

экосистема, банковская экосистема, бизнес

-

модели,

маркетплейс, цифровой банковский сервис.

UO

K: 330.332

VIII SON

AVGUST, 2024

18-24


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

19

CURRENT TRENDS IN THE FORMATION OF THE BANKING ECOSYSTEM IN

IMPROVING THE PROCESSES OF INTERNATIONAL TRANSFORMATION OF

COMMERCIAL BANKS OF UZBEKISTAN

Bekmurodov Abbos Amiriddinovich

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

This article examines the concept of a banking ecosystem, the creation of a

"banking ecosystem" as a modern model of international transformation processes in the activities
of commercial banks in Uzbekistan and the processes of digital transformation of commercial

banks. Is presented the role of the banking ecosystem in turning the banking industry into a kind

of financial "supermarket" by radically changing the relationship between the bank and the client

based on the organization of the banking ecosystem, increasing the prestige of the bank, rapid
digitization of economic relations, expanding the offer of a wide range of banking and non-

financial services to customers. The article puts forward scientific proposals that, with the
widespread introduction of modern digital financial technologies, will lead to increased

competition in the field of banking.

Keywords:

ecosystem, banking ecosystem, business models, marketplace, digital banking

service.

Kirish.

Jahonda innovatsion moliyaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi va faoliyatning

raqamlashuvi tijorat banklari nafaqat daromadini oshirishga, balki mijozlarning ehtiyojlarini

yaxshiroq qondirish va iste’mol qimmatini oshirish imkonini beruvchi yangi xi

zmat turlari,

bank mahsulotlarining paydo bo‘lishiga, tijorat banklari faoliyatining postindustrial jamiyatga

xos o‘zgarishlariga olib keldi.

O‘zbekiston Respublikasida ham milliy iqtisodiyotning bank

-moliya tizimi eng jadal

rivojlanayotgan va ilg‘or texnologik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Rossiya iqtisodiyotining

bank sektori moliya sektorining ajralmas qismi va lokomotivi sifatida yeng yirik va rivojlangan

sohalardan biridir. Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan chakana va korporativ mijozlarga

ko‘rsatilayotgan aksariyat xizmatlar raqamli muhit negizida yangi innovatsion texnologiyalarni

joriy etish va ulardan keng foydalanish orqali amal

ga oshirilmoqda. Bugungi kunda an’anaviy

bank tizimi va faoliyat tamoyillari inson omilining salbiy ta’sirini yuqori darajada

kamaytirishga qaratilgan xo‘jalik yuritishning yangi biznes

-modellarga tobora jadal

transformatsiyalashmoqda. Tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv

jarayonlarining zamonaviy modellaridan biri “bank ekotizimi” hisoblanadi. Bu borada

Zamonaviy raqamli moliyaviy texnologiyalarning keng joriy etish asosida tijorat banklari

faoliyatida bank ekotizimini tashkil qilish

bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni

takomillashtirish dolzarb hisoblanadi.


Adabiyotlar sharhi.

Ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda “ekotizim” tushunchasi Murning (1993) tadqiqotlaridan

qo‘llanilgan bo‘lib, “...iqtisodiy sub’ektlar ma’lum sohaning alohida ishtirokchilari sifatida emas,
balki biologik ekotizim kabi turli sohalardagi iqtisodiy sub’ektlardan

tashkil topgan biznes

ekotizimining ishtirokchilari sifatida qaralishi lozim. Chunki innovatsiya, kooperatsiya va

raqobat nuqtai nazaridan yondashadigan bo‘lsak ular ham taraqqiyot jarayonida bir

-biriga

ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi”.

Adner

(2017) tomonidan ekotizimlarni o‘rganish affillanganlik va tuzilmaviy

yondashuvga ko‘ra tadqiq qilingan. Uning fikriga ko‘ra “...ekotizim turli sohalarga

mansubliligiga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlarining an’anaviy chegaralaridan chetga chiqqan

holda va yago

na tarmoq ichida ham, tarmoqlararo darajada ham iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

20

o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlik munosabatlarining rivojlanishiga turtki beradi. Tuzilmaviy
yondashadigan bo‘lsak, ekotizim, asosiy e’tiborni iqtisodiy faoliyatda qo‘shimcha qiymat

taklifini yaratishni va ma’lum bir qiymat taklifiga erishish maqsadida o‘zaro aloqador bo‘lgan

ishtirokchilarni o‘rganishga qaratadi”.

RF olimi Tarxanova va boshqalarning (2023) ilmiy ishlarida bank ekotizimi “…tijorat

banklarida biznes ekotizimlarni joriy

qilish, foydalanuvchilar haqida juda ko‘p ma’lumotlarni

onlayn va oflayn rejimda to‘plash hamda qayta ishlashga, mavjud bo‘lgan har qanday kanallar

orqali samarali aloqalarni o‘rnatishga imkon beradigan AT

-tizimlarning yetarli darajada

rivojlanganligi va k

o‘plab xizmatlarni masofadan turib taqdim etish imkoniyatini yaratishi”

tarzida bayon etilgan.

Mamlakatimiz

olimlaridan

Umrzoqovaning

(2021)

tadqiqotlarida

“raqamli

innovatsiyalar” tushunchasining mohiyati ochib berilgan, tijorat baknlarida internet aloqasini

joriy xolati

o‘rganilgan hamda raqamli banklarni shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari

bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Ro‘ziyevning (2022) ilmiy ishlarida banklar faoliyatini transformatsiya qilishda

raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, bank xizmatlaridan masofadan

turib foydalanishning ahamiyati va istiqbollari xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida tahlil
qilingan.

Muallifning fikriga ko‘ra, “...bank ekotizimi yordamida bank va mijoz o‘rtasida jismoniy

kontaktsiz aloqa o‘rnatilib, moliyaviy operatsiyalar (elektron tijorat) “inson omili”siz amalga

oshiriladi” (Ro‘ziyev, 2022).

Tadqiqotchi Gulyamovaning (2022) ilmiy tadqiqotlarida tijorat banklarida raqamli

texnologiyalarni joriy qilish, yangi bank mahsulotlarini taklif qilishda innovatsion faoliyatni

tashkil etish hamda moliyaviy texnologiyalarga investitsiya kiritib, moliyaviy xizmatlarning

innovatsion loyihalarini bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ilg‘or xorij tajribasi asosida

“...o‘zaro munosabatlar marketingi va mijozlarining ehtiyojlarini anglash asosida tijorat
banklari o‘zlarining ekotizimlarini yaratish, bank va mijozlarning turli segmentlari to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni tahlil qilish asosida, standart moliyaviy xizmatlar doirasidan tashqariga chiqib,

ekotizim yo‘nalishlarini ishlab chiqish” lozimligi ta’kidlangan.


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, guruhlash, mantiqiy tahlil usullardan

foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit tarzda ifodalash maqsadida jadval va

rasmlardan foydalanilgan. Tadqiqot gipotezasi tijorat banklari faoliyatiga xalqaro
transformatsiyalashuv jarayonlarini tatbiq etishda bank ekotizimini yaratishda mijozlarning

hayotiy vaziyatlar, mijozlar bazasini boshqarish tizimlarini kengaytirish orqali ekotizim

yaratish maqsadga muvofiqligiga asoslangan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bunyoga mashhur moliyaviy-iqtisodiy ekotizimlar Amazon, Google, AliBaba, Yandex va

Mail.ru kompaniyalari tomonidan yaratilgan va ishlab chiqilmoqda. Ushbu kompaniyalar

elektron tijorat, to‘lovlar va moliyaviy xizmatlar bozoriga, Yandex esa tezkor yo‘lovch

i tashish,

yetkazib berish va savdo sohasiga juda chuqur kirib borishgan (Pehnev-Podolskiy, 2019).

Bank ekotizimlarini yaratish

bu avvalo tijorat banklari tomonidan mijozlarning

ehtiyojlarini qondirish borasida bozor (onlayn va offlayn)

ishtirokchilari bilan o‘zaro raqobat

kurashida g‘olib chiqishga, bank faoliyatini himoya qilishga qaratilgan o‘ziga xos urinish desak

mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni amaliyotda tijorat banklari tomonidan taklif qilinayotgan

zamonaviy elektron xizmatlar (e-commerce, e-health, telecom, life-style) va ularni

moliyalashtirish, sarmoya kiritish kabilarda ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagilardan kelib

chiqqan holda bank ekotizimi tushunchasiga mualliflik yondashuvi asosida quyidagicha ta’rif

berishimiz mumkin:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

21

Bank ekotizimi

mijozlarga yo‘naltirilgan hamda ularning kundalik moliyaviy

xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirishda multikanalli sotish tizimini qo‘llash asosida keng

turdagi bank va nobank xizmatlar ko‘rsatishni integratsiyalashtirishi, tijorat banklarining

“moliyaviy supermarket”ga aylantirish orqali

e-commerce, e-health, lifestyle

yo‘nalishidagi

ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish imkonini beruvchi bank xizmatlari ko‘rsatish

jarayonidir.

Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatimizda tijorat banklari aktivlarning o‘sishi bilan nobank

kredit tashkilotlari va moliya tashkilotlari sonini kamaytirish tendensiyasi mavjuddir. Bank

tizimi uchun dolzarb muammolardan yana biri moliyaviy-iqtisodiy sanksiyalar

bosimi bo‘lib,

tijorat banklarining faoliyatiga, xususan, tashqi moliya bozorlariga kirish imkoniyatini bir

muncha cheklaydi. Natijada, bu milliy bank sektorining moliyaviy ko‘rsatkichlari va likvidligiga

salbiy ta’sir ko‘rsatadi”(Bolotnova, 2022).

O‘zbekiston

Respublikasi

bank

sohasida

raqamlashtirish

va

xalqaro

transformatsiyalashuv jarayonlari bank tarmog‘ining kengayishi bilan kuzatiladigan saqlash

harajatlarini kamaytirishga va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
mablag‘lar ulushini ko‘paytirish imkonini beradi. Bugungi kunda tijorat banklari faoliyatida

raqamli transformatsiyalashuv jarayonlari aralash model asosida amalga oshirilmoqda. Bunda

ochiq (sheriklikdagi ekotizim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish), yopiq (bankning o‘z ek

otizimini

tashkil qilish va xizmatlar ko‘rsatish) moliyaviy ilovalar (Alfa

-Bank, Gazprombank) va super

ilovalarga asoslangan ekotizim (Tinkoff va VTB, Yandex, VK (Mail.ru), Yandex, TBC Bank) larga

bog‘lanish yo‘nalishidagi ekotizimlardan foydalanilmoqda (P

ehnev-Podolskiy, 2019). Tijorat

banklarining raqamli transformatsiyalashuv jarayonini quyidagi 1-

rasmda ko‘rishimiz mumkin

(1-rasm).

1-rasm. Tijorat banklarining raqamli transformatsiyalashuv jarayonini

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Ilg‘or rivojlangan bank ekotizimlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy

banklarning tashkiliy tuzilmasi eng avvalo innovatsion samaraga erishishga asoslangan bo‘lishi

lozim. Bunday sharoitlarda bank operatsiyalari va bank faoliyatidagi texnologiyalar moliya

bozorida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish; institutsional o‘zgarishlarni tadqiq qilish;

bank va bankga yaqin mahsulotlarni ekotizimga kiritish yoki bankning mobil ilovalariga

moslashtirish; pul mablag‘larini boshqarish va moliyaviy vosit

achilikning innovatsion usullari;

biznes jarayonlari reinjiniringi, mijozlarning bazasini boshqarish va sodiqlik dasturlaridagi

innovatsiyalar va shu kabilarni qamrab olishi kerak. Bugungi kunda bank ekotizimining
quyidagi shakllaridan keng foydalanilmoqda:

An’anaviy bank

Банк сервиси ва банк

бренди

Bank ekotizimi

Raqamli

bank

(bank 4.0)

Raqamli

transformatsiya

strategiyasi

Hamkorlikka asoslangan

marketing strategiyasi

Bankning korporativ

strategiyasi

Ixtisoslashgan bank

xizmatlari koʿrsatish;

Korporativ mijozlar bilan

ishlash;

mijozlarni jalb qilish

An’anaviy bank

xizmatlariga qo‘shimcha

servis xizmatlari

ko‘rsatish;

bank brendingi yoki

yetakchi korxona brendini

siljitish

Nobank xizmatlar

ko‘rsatish sohasiga kirib

borishi;

Mijozlarni jalb etishning

omni-, multikanalli

tizimlaridan foydalanish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

22

1.

Tashqi ishtirokchilar hamkorligidagi bank ekotizimi (Third-party Ecosystem

Participant)

. Tijorat banklari bank mahsulotlarini mijozlar bazasini boshqarish tizimlari

(CRM)ga taklif qilish orqla tashqi ishtirokchi sifatida boshqa iqtisodiy ekotizimlariga

integratsiyalashuvi mumkin. Bunday holda ekotizim umumiy holda bank ekotizimi bo‘lmaslig

i

ham mumkin, chunki bunda banklar to‘lovlani amalga oshiruvchi sherik sifatida faoliyat olib

boradi

2.

Bank marketpleysi (Market Place Orchestrator).

Mijozlarning kundalik ehtiyojlarini

qondiruvchi umumiy ekotizim (lifestyle banking) bo‘lib, uy

-

joy savdosi, ta’lim, tibbiyot va h.k.

sohadagi ehtiyojlarini qondiruvchi alohida ekotizimni aks ettiradi. Mazkur ekotizim orqali bank

va mijoz o‘rtasida ulviy aloqa o‘rnatilib, moliyaviy operatsiyalar yoki elektron tijorat “inson

omili”siz amalga oshiriladi. Mijozlarning kundalik turmushga doir ehtiyojlaridan kelib chiqib,

banklar nomoliyaviy mahsulotlar, masalan, maishiy texnika, sayohat yoki mobil telefonlarni

o‘z

mijozlariga sotishni yo‘lga qo‘yishi va shu bilan elektron tijoratni rivojlantirishi mumkin.

3.

Ochiq bank ekotizimi (Open Banking Platform).

Tijorat banklari xizmatlar paketiga

turdosh yoki o‘zaro to‘ldiruvchi moliyaviy xizmatlar takliflarini kiritishi, aksincha –

o‘z

xizmatlaridan tashqari bank xizmatlarini taklif qilishlari mumkin. Bunda, birinchi navbatda,

ochiq dastur dasturlash interfeyslaridan (API) foydalanish orqali amalga oshiriladi.

4.

Hayotiy vaziyatlar ekotizimi (Life Moments Orchestrator).

Bunda tijorat banklari

o‘z mijozlarining muhim hayotiy voqea

-hodisalari, unutilmas sanalari, masalan, uy yoki

mashina sotib olishi, ba’zi hollarda hattoki uylanish, farzand tug‘ilishi, yaqin kishilar vafot etishi

yo‘nalishida ham xizmatlar taklif qiluvchi

o‘ziga xos ekotizimini shakllantiradi va o‘z mijozlar

bazasidan foydalangan holda keng turdagi xizmatlar taklif qiladi.

Albatta, bank ekotizimini yaratish yuqorida sanab o‘tilgan afzalliklari bilan bir qatorda

ayrim kamchiliklarga ham egadir.

Ekotizim kelgusida o‘ziga xos bank konsorsiumiga olib

kelishi, bu esa bank xizmatlari bozorida monopollashuvni kuchaytiradi. Shu bilan birga mijozlar

bazasining o‘ta darajada kengayishi bilan turli soha ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning

sizdirilishi, axborot riskining ortishi mumkin.

2-rasm. Bank ekotizimi

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Fond bozori

Sugʿurta

Chakana

savdo

Internet

doʿkon

Ijtimoiy xizmatlar

Bank (API, marketpleys, interfeys)

b2b bank servisi

e-commerce, e-health (sog‘lomlashtirish), lifestyle (dam
olish va xordiq chiqarish) va shu kabilar

b2c bank servisi

p2p bank servisi

raqamli bank servisi

Biznesni tashkil qilish, elektron hamyonlar, onlayn kassa

va shu kabilar

Xalqaro pul o‘tkazmalari, kommunal to‘lovlar va shu

kabilar

mobil-banking, bank-mijoz va shu kabilar


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

23

Yana bir xatarli jihati mijozlar xulq-atvori va ehtiyojlarining dinamik harakteri kelgusida

bank ekotizimining ham muntazam ravishda o‘zgarishlarga moslashib borishini

taqozo etadi.

BCG kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga tayanadigan bo‘lsak, tadqiqot

o‘tkazilgan bank ekotizimlarining atigi 15%i uzoq muddatli istiqbolda tashqi muhit

o‘zgarishlariga to‘laqonli moslashishi mumkin. Qolganlari esa o‘zluksiz tarns

formatsiyaga

uchraydi (Bichkova, 2020).

Bugungi kunda mamlakatimiz bank sohasining moliyaviy xizmatlar bozoridagi mavqei

bank-yetakchi, bank-hamkor yoki bank-

kuzatuvchi modeliga o‘tishiga ko‘p jihatdan bog‘liq

bo‘lib, nafaqat mustaqil bank ekotizimini shakllantirishi, balki tijorat, moliyaviy va

texnologik

xizmatlar ko‘rsatuvchi iqtisodiy sub’ektlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishiga ham bog‘liq. Tijorat

banklari tomonidan mustaqil ekotizimga ega bo‘lgan holda mijozlarga bir vaqtning o‘zida bank

-

yetakchi yoki bank-

hamkor tamoyiliga ko‘ra omni

-, mul

tikanalli sotish tizimini qo‘llash asosida

bank mahsuloti va xizmatlarining butun hayotiylik davri mobaynida keng turdagi bank va

nobank xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq (2

-rasm).

Fikrimizcha, bank ekotizimini tashkil qilish bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni

tubdan o‘zgartirishi, bank nufuzini oshirishning drayveriga aylanishi mumkin. Shunday qilib,

iqtisodiy munosabatlarning jadal sur’atlar bilan raqamlashuvi mijozlarga keng

turdagi bank va

nobank moliyaviy xizmat turlarini taklif qilishni kengaytirish orqali bank sohasining o‘ziga xos

moliyaviy “supermarket”ga aylanishiga turtki beradi. Zamonaviy raqamli moliyaviy

texnologiyalarning keng joriy etilishi bilan tijorat banklarining nomoliyaviy tuzilmalar bilan

raqobatlashuvining kuchayishiga olib keladi.


Xulosa va takliflar.

Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi xalqaro moliya bozorlaridagi kuchli raqobatga

qaramasdan o‘zining raqobat pozitsiyalarni shakllantirishga ma’lum darajada

erishmoqda. Shu

bilan birga, xalqaro raqamli transformatsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirish borasida bank
ekotizimini rivojlantirish, bank filiallarda yangi infratuzilmaviy yechimlarini joriy etish lozim;

Kredit skoringi bank xavfsizligini kamaytirish, kredit riski darajasinini optimallashtirish;

mobil bank ilovalari bozorini shakllantirish; mijozlarga sodiqlik dasturlarini ko‘paytirish;

Iste’mol kreditlari, investitsiyalar kiritish, sug‘urta, shaxsiy moliyani rivojlantirish,

moliyaviy menejment va buxgalteriya sohasida yangi bank mahsulotlarini taklif qilish.

Bank faoliyatining mavjud biznes modellarini, bank xizmati, mahsuloti va biznes-

jarayonlarga doir innovatsiyalarini kiritish orqali rivojlantirish;.

yangi mijozlar (hamkor kompaniyalar, “Fintech” kompaniyalari, mobil ilova

foydalanuvchilari)ni keng jalb qilish, mijozlarni mobil ilovalar, avtoto‘lovlar va on

-layn

platformalar orqali ko‘proq bank xizmatlaridan foydalanishga undash.

“O‘z

-

o‘ziga xizmat ko‘rsatish”ga asoslangan mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarning yangi

shakllarini yaratish va mijozlarning iste’mol tajribasini bank amaliyotiga monand ravishda

o‘zgartirishga erishish.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Adner R. (2017). Ecosystem as structure: An actionable construct for strategy. Journal of

Management, vol. 43, no 1, pp. 39

58. DOI:

https://doi.org/10.1177/0149206316678451

.

Moore J. F. (1993) Predators and prey: a new ecology of competition. Harvard Business

Revue. 71(3).

Болотнова Е.А., Храмченко А.А., Журавлева Т.В., Денисова Е.А. (2022) Экосистемы в

банковской системе РФ: проблемы и перспективы // ЕГИ. №39 (1).

https://cyberleninka.ru/article/n/ekosistemy-v-bankovskoy-sisteme-rf-problemy-i-perspektivy.

Бычкова И.И.

(2020)

Банковская экосистема: современные тренды в финансовой

сфере // Научный вестник Южного института менеджмента. №1. С. 42

-46.

https://doi.org/10.31775/2305-3100-2020-1-42-46.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, avgust

www.e-itt.uz

24

Гулямова, А.Л. (2022) Банк хизматларида рақамли технологиялар ва рақамли

экотизим. Moliya va Bank ishi Jurnali 3, 91

-96.

Пешнев

-

Подольский Д., Хайруллин С.

(2019)

Тренды развития банковских экосистем

[Электронный

ресурс].:

https://vc.ru/bcs-bank/108343-trendy-razvitiya-bankovskih-

ekosistem.

Рўзиев, Н. (2022). Тижорат банклари фаолиятини трансформация қилишда

рақамлаштириш ва рақамли технологияларнинг тутган ўрни.

Iqtisodiyot Va taʼlim,

23(4),

60

73.

https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss4/a565.

Тарханова

Е.А., Борисов Д.С., Тарханова А.В., Фрицлер А.В. (2023) Банковские

экосистемы: сущность, типология и современные подходы к регулированию в России //

Экономика, предпринимательство и право. –

Том 13. –

6.

С.

1877

1888. doi:

10.18334/epp.13.6.117771.

Умрзоқова Адиба Очиловна (2021) Тижорат банкларида рақамли хизматларни

ривожлантириш

йўналишлари

//

Scientific

progress.

№1.

https://cyberleninka.ru/article/n/tizhorat-banklarida-ra-amli-hizmatlarni-rivozhlantirish-y-
nalishlari.


Библиографические ссылки

Adner R. (2017). Ecosystem as structure: An actionable construct for strategy. Journal of Management, vol. 43, no 1, pp. 39–58. DOI: https://doi.org/10.1177/0149206316678451.

Moore J. F. (1993) Predators and prey: a new ecology of competition. Harvard Business Revue. 71(3).

Болотнова Е.А., Храмченко А.А., Журавлева Т.В., Денисова Е.А. (2022) Экосистемы в банковской системе РФ: проблемы и перспективы // ЕГИ. №39 (1). https://cyberleninka.ru/article/n/ekosistemy-v-bankovskoy-sisteme-rf-problemy-i-perspektivy.

Бычкова И.И. (2020) Банковская экосистема: современные тренды в финансовой сфере // Научный вестник Южного института менеджмента. №1. С. 42-46. https://doi.org/10.31775/2305-3100-2020-1-42-46

Гулямова, А.Л. (2022) Банк хизматларида рақамли технологиялар ва рақамли экотизим. Moliya va Bank ishi Jurnali 3, 91-96.

Пешнев-Подольский Д., Хайруллин С. (2019) Тренды развития банковских экосистем [Электронный ресурс].: https://vc.ru/bcs-bank/108343-trendy-razvitiya-bankovskih-ekosistem.

Рўзиев, Н. (2022). Тижорат банклари фаолиятини трансформация қилишда рақамлаштириш ва рақамли технологияларнинг тутган ўрни. Iqtisodiyot Va taʼlim, 23(4), 60–73. https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss4/a565.

Тарханова Е.А., Борисов Д.С., Тарханова А.В., Фрицлер А.В. (2023) Банковские экосистемы: сущность, типология и современные подходы к регулированию в России // Экономика, предпринимательство и право. – Том 13. – № 6. – С. 1877–1888. doi: 10.18334/epp.13.6.117771.

Умрзоқова Адиба Очиловна (2021) Тижорат банкларида рақамли хизматларни ривожлантириш йўналишлари // Scientific progress. №1. https://cyberleninka.ru/article/n/tizhorat-banklarida-ra-amli-hizmatlarni-rivozhlantirish-y-nalishlari