STRATEGIC TRENDS IN THE PROCESSES OF INTERNATIONAL TRANSFORMATION OF COMMERCIAL BANKS IN THE ECONOMIC AND TECHNOLOGICAL ENVIRONMENT

Abstract

This article presents an analysis of scientific and theoretical approaches aimed at the introduction of international transformation processes, highlights strategic trends in the economic and technological environment of international transformation processes in the activities of commercial banks of the Republic of Uzbekistan. Justification of the expediency to ensure transformation in the form of transactions and transactions aimed at meeting the customer's need for banking services and charging fees based on digital technologies.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
51-56
10

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bekmurodov, A. (2024). STRATEGIC TRENDS IN THE PROCESSES OF INTERNATIONAL TRANSFORMATION OF COMMERCIAL BANKS IN THE ECONOMIC AND TECHNOLOGICAL ENVIRONMENT. Economic Development and Analysis, 2(9), 51–56. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/90713
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents an analysis of scientific and theoretical approaches aimed at the introduction of international transformation processes, highlights strategic trends in the economic and technological environment of international transformation processes in the activities of commercial banks of the Republic of Uzbekistan. Justification of the expediency to ensure transformation in the form of transactions and transactions aimed at meeting the customer's need for banking services and charging fees based on digital technologies.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

51


TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA XALQARO TRANSFORMATSIYALASHUV

JARAYONLARINING IQTISODIY VA TEXNOLOGIK MUHITIDAGI STRATEGIK

TENDENSIYALARI

Bekmurodov Abbos Amiriddinovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0000-0003-0830-5119

abbos85@umail.uz

Annotatsiya.

Maqolada tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuv

jarayonlarini joriy etishga qaratilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlili keltirilgan, tijorat
banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining iqtisodiy va texnologik

muhitidagi strategik tendensiyalari yoritib berilgan. Ilmiy tadqiqotlar asosida bank xizmati

ko‘rs

atishni oxir-

oqibat mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga va bank

tomonidan ular uchun haq olishga yo‘naltirilgan operatsiya va bitimlar sifatida xalqaro

jara

yonlarga monand ravishda transformatsiyalashuvini ta’minlash, raqamli texnolo

giyalar

asosida takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan

K

alit soʿzlar

:

transformatsiya, monetar yondashuv, marketing yondashuvi, mijozlarga

yo‘naltirilganlik, bank xizmati, bank mahsuloti, mobil ilovalar, bank segmenti

СТРАТЕГИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ ПРОЦЕССОВ МЕЖДУНАРОДНОЙ

ТРАНСФОРМАЦИИ КОММЕРСЕСКИХ БАНКОВ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ

И ТЕХНОЛОГИЧЕСКОМ СРЕДЕ

Бекмуродов Аббос Амириддинович

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В данной статье представлен анализ научно

-

теоретических подходов,

направленных на внедрение международных трансформационных процессов, освещены

стратегические тенденции в экономической и технологической среде международных
трансформационных процессов в деятельности коммерческих банков

РУз

.

Обоснованы

целесообразности обеспечить трансформацию в виде транзакций и трансакций,

направленных на удовлетворение потребности клиента в банковских услугах и взимание

платы на основе цифровых технологий

.

Ключевые слова:

трансформация банков, монетарный подход, маркетинговый

подход, клиентоориентированность, банковская услуга, банковский продукт, мобильный

банкинг, банковский сегмент

.

UO

K: 330.332

IX SON - SENTYABR, 2024

51-56


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

52

STRATEGIC TRENDS IN THE PROCESSES OF INTERNATIONAL TRANSFORMATION OF

COMMERCIAL BANKS IN THE ECONOMIC AND TECHNOLOGICAL ENVIRONMENT

Bekmurodov Abbos Amiriddinovich

Samarkand Institute of Economics and Service

Annotation.

This article presents an analysis of scientific and theoretical approaches aimed

at the introduction of international transformation processes, highlights strategic trends in the

economic and technological environment of international transformation processes in the
activities of commercial banks of the Republic of Uzbekistan. Justification of the expediency to

ensure transformation in the form of transactions and transactions aimed at meeting the

customer's need for banking services and charging fees based on digital technologies.

Keywords:

transformation of banks, monetary approach, marketing approach, customer

orientation, banking service, banking product, mobile banking, banking segment.

Kirish.

Hozirgi vaqtda tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuvning jadallashuvi

bilan bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha turlarini raqamli xizmatlar va

platformalardan foydalanishga asoslangan masofaviy amalga oshirish imkoniyati mavjud. Shu

bilan birga, raqamli xizmat ko‘rsatish kanalla

ridan foydalanish avvalo bank sohasida raqobat

muhitining kengayishi bilan ham bog‘liqdir.

Bank faoliyatini tartibga solish borasida

talablarning kuchayib borishi, iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishi, va

lyutalar volatilligining

oshishi, shuningdek, qo‘ll

anilayotgan axborot-tahliliy texnologiyalarning talab darajasida

emasligi natijasida ana’naviy banklarning moliyaviy xizmatlar infratuzilmasini

takomillashtirish bo‘yicha raqobat kurashidagi pozitsiyasini

kuchsizlanishiga olib kelmoqda.

Bu borada tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining iqtisodiy

va texnologik muhitidagi strategik tendensiyalarini aniqlash va unga uyg‘unlashuv lozim.

Adabiyotlar sharhi.

Tijorat banklari faoliyatiga xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarini keng tatbiq

etishga qaratilgan tadqiqotlar xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Jumladan, Xorijlik olimlardan Markovits (1991), Sharp (2021) tadqiqotlarida banklar faoliyati

portfel

nazariyasi doirasida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, “...b

a

nk riskning mumkin bo‘lgan darajasini

hisobga olgan holda aktivlarning shunday nisbatini shakllantirishi lozimki, bunda

likvidlilikning ma’lum koeffitsiyentiga rioya etishni ta’minlash sharti bilan maksim

al daromad

olinishi kerak”.

Ahamiyatga molik bo‘lga

n tadqiqotlar ichida xorijlik olimlar Amit va Zott (2007)lar

tomonidan xalqaro transformatsiya jarayonlari

“...

mahsulotlari va xizmatlaridan masofaviy

foydalanish imkoniyatini to‘laqonli amalga

oshirish imkonini beruvchi raqamli

texnologiyalardan foydalanis

h” ga qaratilganligini ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizdir

.


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, guruhlash, mantiqiy tahlil usullardan

foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit tarzda ifodalash maqsadida jadval va

rasmlardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mamlakatimizda

tijorat

banklari

faoliyatida

xalqaro

transformatsiyalashuv

jarayonlarining iqtisodiy va texnologik muhitidagi strategik tendensiyalarini shartli ravishda

to‘rtta yondashuvga a

s

oslanganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin:


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

53

1

.

Monetar yondashuvga Lavrushin, (2015), Parusimova (2013), Golovin (2000),

Altinbayev (2018), Abdullayeva (2023), Izbosarov (2023), Tog‘ayev (2021) va boshq) ko‘ra,

bank faoliyatini tasniflovchi bosh jihat pul bo

‘lib, u ob’ektiv iqtisodiy qonuniyatlar talab

idan

kelib chiqqan holda banklar tomonidan shakllantiriladi. “...pul to‘lov vositalari ko‘rinishidagi

alohida tovarni, banklar tomonidan ma’lum muddatga sotiladigan yoki taqdim qilinadigan pul
mablag‘lari va qim

m

atli qog‘ozlarni, pul ko‘rinishidagi turli x

ildagi xizmatlarni, pul

emissiyasiyani, jumladan elektron shaklda va aniq bank hujjatini (jumladan, chek, veksel,

sertifikat va x.k.) o‘z tarkibiga oladi” (Lavrushin, 2009).

Fikrimizcha, mazkur yondashuvga xos b

o‘lgan asosiy kamchiliklar sifatida birinchi

dan,

bank xizmatlari va operatsiyalari tushunchalari o‘rtasida aniq (sezilarli) farq mavjud emas,

ikkinchidan, “bank mahsuloti” tarkibiga bank faoliyatining qimmatliklarni saqlash,

informatsion xizmat ko‘rsatish

va boshqa turlari kiritilmagan, uchinchidan, bank mahsulotining

pul ko‘rinishida bo‘lmagan elementlari inobatga olinmagan (masalan, kreditni taqdim etishish

faqat pul berish bilan chegaralanmaydi, bu jarayonning monitoringini amalga oshirish,

baholash va kreditning qaytarilishi hamda maqsadli ishlatilishini nazorat qilish kabi tarkibiy

qismlari mavjud)ligini keltirishimiz mumkin.

2. Marketing yondashuvi Utkin (1994), Guryanov (2006), Ivanov (2002), Tavasiyev

(2005), Allayorova (2009), Mirzamaydinov (2008), Ibodov (2016). Ushbu yondashuv doirasida

“bank mahsuloti” tushunchasi mavjud emas, chunki unga “bank product” so‘zining unchalik

to‘g‘ri bo‘lmagan tarjimasi sifatida qaralgan.

3. Huquqiy yondashuv. Ushbu yondashuvning asosiy qoidalari bank va bank faoliyatiga

doir qonunchilik hujjatlarida o‘z aksini topgan. Shu o‘rinda alohida qayd etish zarurki,
mamlakatimiz bank qonunchiligida “bank mahsuloti” tushunchasi ko‘rib chiqilmagan,

shuningdek, “bank xizmati” va “bank operatsiyalari” tushunchalariga ham to‘liq

t

a’rif

berilmagan. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida

“bank xizmatlari” tushunchasi batafsil yoritilmagan, bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyati
bank operatsiyalari va bitimlari asosida aniqlangan, bunda “bit

i

m” va “operatsiya” ma’nodosh

tushunchalar si

fatida ko‘rib chiqilgan.

4. Mijozlarga yo‘naltirilganlik yondashuvi Korobova (2015), Maslenchenkov (2013),

Galitskaya (2008), Mirzayev (2010), Aliqoriyev (2011), Ibodov (2016). Mazkur yondashuv
doirasida asosiy e

’tibor mijozga qaratilib, bank operatsiyasi

mijozlar talabini qondirish (xizmat

ko‘rsatish) uchun bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan hatti

-harakatlar majmui

tariqasida tasniflanadi. Bunda bank xizmatiga bank operatsiyasini bajarishdan olingan natija

sifatida qaraladi.

Bizning fikrimizga

ko‘ra, taklif etilgan va ishlab chiqilgan turli konsepsiya, yondashuvlar

umumiy holda bank tashqi muhiti xususan, bank bozorining o‘zgaruvchanligi va beqarorligi

sharoitida ishtirokchilarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga, transaksion harajatlarni

k

amaytirishga, o‘zaro axborot simetriyasini ta’minlashga, iqtisodiy munosbatlarda tijorat

banklarining salmoqli o‘rni mavjudligiga e’tibor qaratishgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda chakana bank xizmatl

ari sohasida tub o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Yangi

texnologiya va innovatsiyalar, tartibga solish tizimining murakkablashib borishi,

moliyalashtirish turlarining kengayishi, banklar tomonidan fintex kompaniyalarini harid qilish

jarayonlarining faollashuvi,

“...mijozlar kutilmalarining oshib borishi an’anaviy biznes

modellarning samaradorligini pasaytiruvchi omillarga aylanib bormoqda” (Retail Banking,

2025). Mazkur omillarning yaqin istiqboldagi ta’siri bank faoliyatining iqtisodiy muhitidagi

strategik tende

nsiyalarini quyidagi yo‘nalishlarida aks ett

iradi:

Front-

ofis tizimidagi inqilob. Tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan an’anaviy

chakana xizmatlarning aksariyat qismi mijozlar bilan bevosita muloqotga asoslangan front-ofis

bo‘limi tomonidan amalg

a

oshiriladi. Ana’naviy bank xizmatlari bozor

iga tajovuzkor tarzda

kirib kelayotgan yangi ishtirokchilar bank faoliyatining front-

ofis bilan bog‘liq “tashqi qismi”ni

o‘z platformalariga kiritib borishmoqda. Texnologiyalar, ommaviy axborot vositalari va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

54

ko‘

ngilochar dasturlar sohasida global brend va

obro‘

-

e’tiborga ega bo‘lgan kompaniyalar

mijozlar bilan muloqotning innovatsion shakllarini yaratish va ularga giperpersonallashtirilgan

xizmatlarni taklif etish imkoniyatiga egadir.

Moliyaviy xizmatlar landshaftida noaniqlik darajasining oshib borishi. Iqtisodiy

kon’yukturaning o‘zgarishi, rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiya darajasining ko‘tarilishi,
jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan sansiyalarning keskinlashuvi,

mablag‘larni “muzlatish”

holatlarining ko‘payishi va boshqa ko‘plab

omillar global moliyaviy

institutlar faoliyati samaradorligiga nisbatan bo‘lgan ishonch darajasining pasayib borishiga

olib keldi.

Markaziy banklar tomonidan muomalaga kiritilayotgan raqamli valyutalar ahamiyatining

oshib borishi. Naqd pul operatsiyalarini hajmini pasaytirish borasida markaziy banklar

tomonidan olib borilayotgan siyosati tizimga raqamli valyutalarni joriy etish borasidagi chora-
tadbirlarning faollashuviga olib keldi. Muayyan mamlakatlarda CBDC yordamida hisob-
kitoblarning b2b, b2c, c2c seg

mentlarida qo‘llash imkoniyatining kengayishi tijorat banklari

oldida eng kamida deyarli ikkita hal qilinmaydigan muammoni yuzaga keltirmoqda.

Tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv jarayonlarining texnologik

muhitdagi strategik tendensiyalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

Chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va bank litsenziyasiga ega bo‘lgan

tashkilotlar tomonidan mobil ilovalardan foydalanish ko‘lamining kengayib bor

ishi. Yevropada

joylashgan 14 ta raqamli banklarning mobil ilovalari 2021 yilning noyabr oyidan 2022 yanvar

oyi davomida deyarli 3 mln. marotaba yuklab olingan. Yuklashning asosiy qismi (94 foizi)

Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan. Mazkur banklarning i

lovalari AQSH aholisi tomonidan

106 ming marotaba yuklab olingan. Bu birinchi navbatda, Revolut, Monzo va Starling Bank

tomonidan AQSH hududida faol reklama kompaniyasining olib borilishi bilan izohlanishi

mumkin (Information Technology & Services, 2022).

I

jtimoiy to‘lovlar sohasining keskin rivojlanib borishi. Ijtimoiy to‘lovlar sohasida bir qator

o‘zgarishlar yuz berayotganligi PayPal, Venmo ilovasi, Apple Cash, Square Cash App mobil

ilovasi orqali taklif etilayotgan integratsiyalangan to‘lov paketlari ti

j

orat banklarining to‘lovlar

bozoridagi jiddi

y raqobatchilariga aylanishini ta’minlab bermoqda (Forrester, 2022). Ammo

shunga qaramasdan, bank kartalari va naqd pul orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar
ustuvorlik kasb etmoqda (1-rasm).

1-rasm. Xorijiy mamlakatlar tijorat

banklarida iste’mol to‘lovlarining

o‘rtacha oylik hajmi (mlrd.AQSH dollarida)

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

0

50

100

150

200

192

179,7

52,4

42

28,1

15,3 12,9

5,8

4,5

4,3

4

2,6

2

1,6

1,2


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

55

P2P-tranzaksiyalar segmentida raqobat kurashining keskinlashishi. P2P-tranzaksiyalarni

amalga oshirishga kumaklashadigan texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi fintex kompaniyalar

bilan raqobat afzalliklarini yaratish uchun AQSH besh yirik banki pul o‘tkazmalarining Zelle

platformali servisini ishlab chiqib, P2P-tranzaksiyalar sohasida muayyan muvaffaqiyatga

erishdi. Ammo PayPal, Venmo va Ca

sh App Block tomonidan qo‘shimcha funksionallarning

taklif etilishi (xususan, s2b-

to‘lovlari) banklar uchun qo‘shimcha muammolarni yuzaga

keltirmoqda.

Super-app texnologiyalarining joriy etilishi. Bugungi kunda dunyoning yetakchi banklari

tomonidan faol o‘rganilayotgan masalalardan biri Super

-app shakllantirish (mijoz uchun zarur

bo‘lgan funksiyalarni yagona interfeysda yig‘ish) hisoblanadi. Mazkur masalaning yillik hisobot

va biznes rejalarda qayd etish holatlari 2019-2021 yillar

davomida 640 foizga ko‘paygan.


Xulosa va takliflar.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda chop etilgan ilmiy iqtisodiy tadqiqotlarda aksariyat bank

bozori va bank xizmatlarining alohida xususiyatlari tadqiq etilgan, bank xizmatlarini bank

operatsiyalarining b

ir turi sifatida ko‘rib chiqishga alohida urg‘u qaratilgan. Bugungi kunda

O‘zbekiston Respublikasi

tijorat banklarida

bank xizmati mijozning bank xizmatlariga bo‘lgan

ehtiyojini qondirishga va bank tomonidan ular uchun

haq olishga yo‘naltirilgan operatsiy

a va

bitimlar sifatida xalqaro jarayonlarga monand ravishda transformatsiyalashuvga, raqamli

texnologiyalar asosida takomillashtirishga muhtojdir.

Bu borada mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida xalqaro transformatsiyalashuv

jarayonlarining strategik tendensiyalari sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:

tijorat banklari tomonidan texnologiyalar, OAV va ko‘ngilochar dasturlar sohasida

global brend va obro‘

-

e’tiborga ega bo‘lgan kompaniyalar mijozlari bilan muloqotni

ng

innovatsion shakllarini yaratish va ularga giperpersonallashtirilgan xizmatlarni taklif etish;

markaziy banklar tomonidan muomalaga kiritilayotgan raqamli valyutalar

ahamiyatining oshib borishi muhitida raqamli valyutalarni joriy etish borasidagi chora-

tadbirlarning faollashtirish;

chakana ba

nk xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va bank litsenziyasiga ega bo‘lgan

tashkilotlar tomonidan mobil ilovalardan foydalanish ko‘lamining kengaytiri

sh;

p2p-tranzaksiyalar

segmentida xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish;

Super-app

texnologiya

larining keng joriy etilishini ta’minlash.

Adabiyotlar/ Литература/ Reference:

Izbosarov Z.Z. (2023) Globallashuv sharoitida tijorat banklarining

likvidliligini ta’minlash

metodologiyasini takomillashtirish» Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (

PhD)

diss.avtoreferat: 08.00.07 / Toshkent moliya instituti, -

53 б.

Markowitz, H.M. (1959).

Portfolio Selection: Efficient Diversification of Investments

. New

York: John Wiley & Sons.(reprinted by Yale University Press, 1970,

ISBN 978-0-300-01372-6

.

Retail Banking (2025) and Beyond. Five scenarios for the future of retail banking. Building

strength amid transition.

Zott, Christoph & Amit, Raphael. (2007). Business Model Design and the Performance of

Entrepreneurial Firms. Organization Science. 18. 10.1287/orsc.1060.0232.

А

bdullayeva S.

А

. (2023)

Tijorat banklari to‘lov qobiliyatini mustahkamlash yo‘llari.

Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (

PhD

) дисс.

автореферат: 08.00.

07 /

Тошкент молия институти

, -50

б.

Аликориев О.Ф. (

2011

)

«Тижорат банкларида молиявий хизмат турларини

ривожлантириш йўналишлари” иқт. фан. номз дис. автореф.

-

Тошкент,

-

28 б.

Аллаёрова Д.Н.

(2009)

Эффективность маркетинга в деятельности коммерческих

банков Республики Узбекистан. Диссертация на соискание учёной степени кандидата

экономических наук.

–Т.: ТГЭУ.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

56

Алтинбаев А.Я. (

20

18) Тижорат банкларининг ликвидлилик даражасини ошириш

методологиясини такомиллаштириш.

Иқтисодиёт фанлари доктори (

DSc

) дисс.

автореферат: 08.00.

07

/ Тошкент молия институти

, -95

б.

Галицкая С.В

. (2008)

«Деньги, кредит, банки». Полный курс. Москва изд. «Эксмо»

-253

с

.

Головин Ю

.

В.

(2000)

Комплекс социально

-

ориентированных банковских услуг и его

роль в решении социальных проблем экономики: дисс. ... д

-

ра экон. наук: 08.00.10.С.

Петербург. −250 с.

Гурьянов, С.А

. (2006)

Маркетинг банковских услуг. –М.: Медиа

-

Пресс

.

Ибодов К.М. (2016) Банк хизматлари рақобатбардошлигининг маркетинг

тадқиқотлари: Монография. –Тошкент “Наврўз” нашриёти.

-

156 бет.

Иванов А.Н

. (2002)

«Банковские услуги: зарубежный и российский опыт» Москва «Ф и

С»

-

176 с

.

Коробова Г.Г.

(2015)

Банковское дело: учебник для магистров / 2

-

е изд., –М.: ИНФРА

-

М,

-

408 с

.

Лаврушин О.И., Ветрова Т.Н.

(2015)

Эффективность банковской деятельности:

методология, критерии, показатели, процедуры // Банковское дело. №

5. С.

38-42.

Лаврушина И.О.

(2009)

Денги, кредит, банки: учебник/под ред.

8-

е изд., перераб. и доп.

–М.: КНОРУС,

-

560 с.

Масленченков Ю.С.

(2013)

Экономика банка: разработка по управлению финансовой

деятельностью банка –

. 2

–е изд./Ю.С. Масленченков. –М.

:

БДЦ–пресс,

-

168 с.

Мирзаев Ф.И. (2010) “Ўзбекистонда банклараро рақобатни шакллантиришнинг

концептуал асослари” Иқтисод фанлари доктори илмий даражаси олиш учун ёзилган

диссертация автореферати. –Тошкент.

Мирзамайдинов Б.К.

(2008)

Банк хизматида маркетинг

самарадорлиги (Ўзбекистон

Республикаси Ташқи иқтисодий фаолият миллий банки мисолида)

.

Иқтисод

фанлари

номзоди

илмий даражасини олиш учун диссертация. –Т.: ТДИУ.

Мустафаев Б.З. (

1998

) Банк маркетинги

-

молия бозори шаклланиши ва

ривожланишнинг асоси. Иқтисод фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун

диссертация. –Т.: ТДИУ.

Парусимова Н.И.

(2013)

Этапы развития посредничества российских банков //

Вестник

ОГУ.

№8

(157).

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/etapy-razvitiya-

posrednichestva-rossiyskih-bankov.

Тавасиева А.М.

(2005)

«Дополнительные операции для клиентов» Москва «Ф и С»

-13

с

.

Тоғаев С.С. (2021) Тижорат банкларининг молиявий барқарорлигини таъминлаш

йўллари. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.автореферат:

08.00.07 / Тошкент молия институти, ‒ 51 б.

Уильям Ф. Шарп, Гордон Дж. Александер

,

Джеффри

В

.

Бэйли

. (2021)

Инвестиции

=

Investments (with Gordon J. Alexander and Jeffrey Bailey), Prentice-Hall, 1999.

М

.

:

Инфра

-

М

, -

1028

с

.

Уткин, Э.А.

(1994)

Банковский маркетинг: учебное пособие для с вузов /Э.А.Уткин.

-

Москва: ИНФРА

-

М; Метаинформ,

-

304 с.

References

Izbosarov Z.Z. (2023) Globallashuv sharoitida tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish» Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss.avtoreferat: 08.00.07 / Toshkent moliya instituti, -53 б.

Markowitz, H.M. (1959). Portfolio Selection: Efficient Diversification of Investments. New York: John Wiley & Sons.(reprinted by Yale University Press, 1970, ISBN 978-0-300-01372-6.

Retail Banking (2025) and Beyond. Five scenarios for the future of retail banking. Building strength amid transition.

Zott, Christoph & Amit, Raphael. (2007). Business Model Design and the Performance of Entrepreneurial Firms. Organization Science. 18. 10.1287/orsc.1060.0232.

Аbdullayeva S.А. (2023) Tijorat banklari to‘lov qobiliyatini mustahkamlash yo‘llari. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. автореферат: 08.00.07 / Тошкент молия институти, -50 б.

Аликориев О.Ф. (2011) «Тижорат банкларида молиявий хизмат турларини ривожлантириш йўналишлари” иқт. фан. номз дис. автореф. - Тошкент, - 28 б.

Аллаёрова Д.Н. (2009) Эффективность маркетинга в деятельности коммерческих банков Республики Узбекистан. Диссертация на соискание учёной степени кандидата экономических наук. –Т.: ТГЭУ.

Алтинбаев А.Я. (2018) Тижорат банкларининг ликвидлилик даражасини ошириш методологиясини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари доктори (DSc) дисс. автореферат: 08.00.07 / Тошкент молия институти, -95 б.

Галицкая С.В. (2008) «Деньги, кредит, банки». Полный курс. Москва изд. «Эксмо» -253 с.

Головин Ю.В. (2000) Комплекс социально-ориентированных банковских услуг и его роль в решении социальных проблем экономики: дисс. ... д-ра экон. наук: 08.00.10.С. Петербург. −250 с.

Гурьянов, С.А. (2006) Маркетинг банковских услуг. –М.: Медиа-Пресс.

Ибодов К.М. (2016) Банк хизматлари рақобатбардошлигининг маркетинг тадқиқотлари: Монография. –Тошкент “Наврўз” нашриёти. -156 бет.

Иванов А.Н. (2002) «Банковские услуги: зарубежный и российский опыт» Москва «Ф и С» - 176 с.

Коробова Г.Г. (2015) Банковское дело: учебник для магистров / 2-е изд., –М.: ИНФРА-М, -408 с.

Лаврушин О.И., Ветрова Т.Н. (2015) Эффективность банковской деятельности: методология, критерии, показатели, процедуры // Банковское дело. № 5. С. 38-42.

Лаврушина И.О. (2009) Денги, кредит, банки: учебник/под ред. –8-е изд., перераб. и доп. –М.: КНОРУС, -560 с.

Масленченков Ю.С. (2013) Экономика банка: разработка по управлению финансовой деятельностью банка –. 2–е изд./Ю.С. Масленченков. –М.: БДЦ–пресс, -168 с.

Мирзаев Ф.И. (2010) “Ўзбекистонда банклараро рақобатни шакллантиришнинг концептуал асослари” Иқтисод фанлари доктори илмий даражаси олиш учун ёзилган диссертация автореферати. –Тошкент.

Мирзамайдинов Б.К. (2008) Банк хизматида маркетинг самарадорлиги (Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий фаолият миллий банки мисолида). Иқтисод фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. –Т.: ТДИУ.

Мустафаев Б.З. (1998) Банк маркетинги-молия бозори шаклланиши ва ривожланишнинг асоси. Иқтисод фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. –Т.: ТДИУ.

Парусимова Н.И. (2013) Этапы развития посредничества российских банков // Вестник ОГУ. №8 (157). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/etapy-razvitiya-posrednichestva-rossiyskih-bankov.

Тавасиева А.М. (2005) «Дополнительные операции для клиентов» Москва «Ф и С» -13 с.

Тоғаев С.С. (2021) Тижорат банкларининг молиявий барқарорлигини таъминлаш йўллари. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.автореферат: 08.00.07 / Тошкент молия институти, ‒ 51 б.

Уильям Ф. Шарп, Гордон Дж. Александер, Джеффри В. Бэйли. (2021) Инвестиции = Investments (with Gordon J. Alexander and Jeffrey Bailey), Prentice-Hall, 1999. –М.: Инфра-М, -1028 с.

Уткин, Э.А. (1994) Банковский маркетинг: учебное пособие для с вузов /Э.А.Уткин. - Москва: ИНФРА-М; Метаинформ, - 304 с.