Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.49408

Ключевые слова:

источник дохода налоговое администрирование налоговая отчетность традиционный план международное налогообложение природные ресурсы налогообложение водные ресурсы земельные ресурсы налог на недропользование порядок взимания недра налоги на имущество

Аннотация

При переработке добываемого природного газа, нефти и газового конденсата реализуется и расширяется налоговая база, эффективная организация налогового контроля крупных налогоплательщиков в сфере нефтегазовой, топливно-энергетической отрасли и научные предложения. разработаны рекомендации по решению проблемы налогообложения.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

19


NEFT-

GAZ, YOQILGʻI ENERGETIKA SANOATI SOHASIDA SOLIQ NAZORATINI

SAMARALI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Abdullaev Shuxrat Sultanbaevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0007-5773-5162

abdullayev.shuxrat.80@mail.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada qazib olingan tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qayta

ishlashni amalga oshirgan hollarda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan
mahsulotlarni realizatsiya qilish hamda kengaytirish, neft-

gaz, yoqilgʻi energetika sanoati

sohasid

agi yirik soliq toʻlovchilarda soliq nazoratini samarali tashkil etish masalalari hamda

soliqqa tor

tish muammosini bartaraf etish boʻyicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiq

ilgan.

Kalit soʻzlar:

daromad manbai,

soliq maʼmuriyatchiligi,

soliq

hisoboti, anʼanaviy reja,

xalqaro soliqqa tortish, tabiiy boyliklar, soliqqa tortish, suv resurslari, yer resurslari, ye

r qaʼridan

foydalanganlik uchun soliq, undirish tartibi, nedra, mulkiy soliqlar.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ НАЛОГОВОГО

КОНТРОЛЯ В СФЕРЕ НЕФТЕГАЗОВОЙ, ТОПЛИВНОЙ ЭНЕРГЕТИКИ

Абдуллаев Шухрат Султанбаевич

Ташкентский государственный экономический университет

Аннотация

.

При переработке добываемого природного газа, нефти и газового

конденсата реализуется и расширяется налоговая база, эффективная организация

налогового контроля крупных налогоплательщиков в сфере нефтегазовой, топливно

-

энергетической отрасли и научные предложения. разработаны рекомендации по
решению проблемы налогообложения.

Ключевые слова:

источник дохода, налоговое администрирование, налоговая

отчетность, традиционный план, международное налогообложение, природные ресурсы,
налогообложение, водные ресурсы, земельные ресурсы, налог на недропользование,
порядок взимания, недра, налоги на имущество.

IMPROVING THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TAX CONTROL IN

THE FIELD OF OIL AND GAS, THE FUEL ENERGY INDUSTRY

Abdullaev Shukhrat Sultanbaevich

Tashkent State University of Economics

Abstract.

In the case of processing of extracted natural gas, oil, and gas condensate, the tax

base is realized and expanded, effective organization of tax control of large taxpayers in the field

of oil, gas, fuel, and energy industry. Issues, scientific proposals, and recommendations for solving

the problem of taxation have been developed.

Keywords:

source of income, tax administration, tax reporting, traditional plan,

international taxation, natural resources, taxation, water resources, land resources, subsoil use

tax, collection procedure, Nedra, property taxes.

UO

K: 336.225.673

IX SON - SENTYABR, 2024

19-28


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

20

Kirish.

“Jahon amaliyotida neft sanoatida royalti oʻrtacha 0

dan 50%

gacha tebranadi”. Royalti

nomi bilan yuritiluvchi togʻ

-kon sanoati soliqlari Kanada, Xitoy, AQSh va Hindistonda keng

tarqalgan boʻlib, AQShning turli shtatlarida qimmatbaho metallar uchun

tabiiy resurslarni

qazib olish uchun soliq va litsenziyalangan qazib olish soligʻi olinadi. Kanadada yer qaʼridan

foydalanuvchining yalpi daromadining 2 foizi yoki sof foydasining 15 foizi miqdorida royalti

toʻlash odatiy hol boʻlib bormoqda. Yer os

ti boy

liklarini oʻzlashtirishni salohiyatli investorlarga

taqdim etish orqali qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida soliq

stavkalarini auksion

savdolari vositasida kim oshdi usulida belgilash amaliyotidan ham foydalanilmoqda.

Oʻzbekistonda soʻnggi

yilla

rda foydali qazilma konlarini sanoat usulida oʻzlashtirish, geologiya

-

qidiruv ishlarini ragʻbatlantirish orqali yer qaʼridan

foydalanuvchilarga qulay ishbilarmonlik

muhitini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Neft-gaz,

yoqilgʻi energetika sanoati sohasidagi yirik soliq toʻlovchilarda soliq nazoratini

samarali tashkil etish masalalarini takomillashtirish mavzusiga oid qisqacha adabiyotlar

sharhini keltiramiz.

Rossiyalik olima Ilicheva

(2017)

tabiiy boyliklarni soliqqa tortish mexanizmlarini

tadqiqini yirik soliq toʻlovchilar tomonidan neft va gaz kompaniyalari tomonidan toʻlanadigan

foydali qazilmalarni qazib olis

h soligʻi misolida olib borgan holda bu boradagi muhim tadqiqot

natijalarini asoslab beradi. Xususan, Ilicheva

(2017)

“neft va gaz kompaniyalari tomonidan

toʻlanadigan foydali qazilmalarni qazib olish soligʻini undirishni optimallashtirish va ya

nada

malakali boshqarish, xususan, davlat byudjet i va umuman uning iqtisodiyotini shakllantirish

uchun juda muhimdir”.

Bloshenko

(2019)

texnogen kon tushunchasi va uning soliqqa tortish mexanizmiga baho

berib, “texnogen kon –

bu, foydali qazilmalarni qazib olishda y

er qaʼridan foydalanish

toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, mineral xomashy

oni qazib olish va kompleks qayta

ishlash jarayonida yoʻqotishlar sifatida olinadigan, alohida litsenziyalanishi kerak boʻlgan

ikkilamchi foydali qazilmalardir”.

Mustafa

(2020) bu boradagi ilmiy ishlarida “Rossiya konlarida joylashgan neft narxining

oʻzgar

uvchanligi asosida soliq yukini prognozlash metodologiyasini ishlab chiqqan, neft

narxining oʻzgaruvchanligi sharoitida oʻzlashtirish qiyin boʻlgan uglevodorodlar

xom-ashyosini

qazib olish sohasida soliqqa tortishning amaldagi tizimni isloh qilish zarurligini asoslagan,

oʻzlashtirish qiyin boʻlgan konlarda uglevodorodlar xom

-ashyosi ishlab chiqarishga soliq solish

tizimi sohasidagi toifaviy apparatni kengaytirishni taklif qilgan.

Tumanova

(2017) oʻzining “Yer qaʼridan foydalanishning huquqiy asoslari” nomli oʻquv

qoʻllanmasida tabiiy boyliklar atamasini ham geologik, ham huquqiy tushuncha sifatida

tushuntiradi. Olimaning fikricha, “tabiiy boylik bu nafaqat uning tar

kibidagi foydali qazilmalar

boʻlgan geometrik yer osti makonini, balki yer qaʼrining boshqa

barcha foydali xususiyatlarini,

shu jumladan energiya resurslarini, yer osti inshootlarini, yer qaʼri obyektlarining sanitariya

-

rekreatsion taʼsirini va yer qaʼri h

aqidagi geo

logik maʼlumotlarni ham anglatadi”.

Fedorov

(2010) tadqiqotlari doirasida “maʼmur

iy yukni kamaytiradigan va yirik soliq

toʻlovchilarning investitsiya faolligini ragʻbatlantiradigan soliq maʼmuriyatchiligini
takomillashtirish boʻyicha chora

-tadbirlar taklif etgan, amaldagi soliq imtiyozlarini sezilarli

darajada kengaytiradigan va toʻldiradigan hamda oʻz investitsiya manbalarini koʻpaytiradigan

yirik soliq toʻlovchilarning investitsiya faoliyatini soliq orqali ragʻbatlantirish usullari va

uslublarini ishlab

chiqqan, ularning samaradorligini baholagan”.

Kamalnev

(2009) yirik soliq toʻlovc

hilarning faoliyatini soliqqa tortish amaliyotini

bevosita gaz tarmogʻi korxonalari misolida tahlil qilgan boʻlib, yirik soliq toʻlovchilarining soliq

maʼmuriyatchi

ligi natijalariga baho bergan, mintaqalararo soliq xizmati organlarining nazorat

faoliyati

ham miqdoriy ham sifat koʻrsatkichlari asosida tahlil qilgan”.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

21

Bobilev va boshqalar

(2015) oʻz tadqiqotlarida neft qazib olish sohasidagi soliq

munosabatlari, jumladan, soliq

yukini qayta taqsimlash masalalari boʻyicha izlanish natijalar

ini

bayon qilishgan. Bularning tadqiqotlarida neft eksportiga soliq yukini pasaytirish orqali yukni

ishlab chiqarishga oʻtkazish maqsadga muvofiqligi keltirilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Neft va gaz xomashyosi strategik turdagi foydali qazilmalar toifasiga kirib, shaxs, jamiyat

va davlat manfaatlari uchun oʻta zaruriy boʻlgan funksiyani bajaradi. Ushbu turdagi

qazilmalarni ayrim shartlar asosida sotishdan byudjet daromadlari shakllantirilsa, bir qismi
milliy iqtisodiyotni drayveri hisoblangan korxonalar ehtiyoji uchun sarflanadi. Shaxs

manfaatlariga xizmat qilish pogʻonasi uchun ajratilgan yoqilgʻi energetika doimo davlat

tomonidan subsidiya ajratish va tannarxdan past narxlarda sotish bilan ushlab turiladi.

Barchamizga sir emaski bugungi kunda neft gaz quduqlarining asosiy qismi davlat

ulushiga ega korxonalar va mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha faoliyat yuritayotgan

kompaniyalar ixtiyorida boʻlib, davlat byudjet ining

daromad qismi shakllanishida tarmoq

korxonalari yetakchi oʻrinni egallaydi. Maʼlumot

oʻrnida aytadigan boʻlsak, yer qaʼridan

foydalanganlik uchun soliq boʻyicha bir yilda 12

trln.soʻmdan ortiq mablagʻ tushsa, ushbu

tarmoq korxonalari mazkur tushumning 25-30 foizini t

aʼminlaydi. Shu oʻrinda neft gaz

tarmogʻining tarixiga nazar soladigan boʻlsak, qariyb bir asrlik tajribaga ega boʻlgan

mamlakatimizda ushbu sohada sanoatlashtirish ishlari davom etmoqda.

Oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, neftni sanoatlashgan t

arzda qazib olishning dastlabki

bosqichlari mamlakatimizda 1885 yildan boshlangan bo

ʻlib, Fargʻonada joylashgan Chimyon

qishlogʻi yaqinidagi ikki burgʻ qudugʻidan neft qazib olina boshlangan. Shundan soʻng, 1900

-

yilga kelib, ushbu mintaqada jiddiy geologiya qidiruv ishlari olib borilgan va 1904-yilga kelib

270 metrdan ortiq chuqurlikdan neft favvorasi otilib chiqa boshlagan

1

.

Bir oz muddatdan soʻng yaʼni 1906

-

yilga kelib Fargʻona viloyatida neft haydash zavodi

qurilib, u davriy harakat qiluvchi bitta ikki kubali quril

madan iborat boʻlgan. Neft konidan

qazilma boylik ot-ulov transportida tashilib, neftning sifati esa termometr va areometr

yordamida aniqlagan. Qayta ishlash natijasida olinadigan asosiy mahsulotlar chiroq kerosini va

isitish mazuti sifatida foydalanilib,

keraksiz boʻlgan benzin zavod hududi tashqarisidagi

chuqurlarda yoqib yo

ʻq qilingan. 1940

yilga kelib zavod oʻz laboratoriyasiga ega boʻlgan va

texnologik jarayon sifat jihatidan ijobiy tomoniga oʻzgarib, yillik ishlab chiqarish quvvati

176 ming tonnaga ye

tgan. Shundan soʻng, 1972

-yilga kelib, Qashqadaryo viloyatida jahondagi

eng yirik qurilmalardan biri boʻlgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi, 1980

yilda esa

Shoʻrtan zavod ishga tushirilgan.

Mustaqillik yillarida tarmoqqa xorijiy investorlarning qiziqishlari ortib, 2004-yildan

Rossiyaning Lukoyl neft kompaniyasi neft gaz ta

rmogʻi bozoriga kirib kela boshlagan hamda

“Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasidan iborat investorlar konsorsiumi imzolangan.

Mazkur shartnoma doirasida Qandim konlari guruhi uchastkasi, Xauzak, Shodi uchastkalari va

Qoʻngʻirot uchastkalari boʻyicha

35-yil muddatga (mega-loyiha) mahsulotni taqsimlash

Kelishuvi (SRP) imzolandi

2

.

Shuningdek, 2002-

yil tomonlar oʻrtasida hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish

maqsadida

“Gazprom” OAJ hamda “Oʻzbekneftgaz” MXK gaz sohasida strategik hamkorlik

toʻgʻrisi

da Kelishuv imzolandi. Shaxpaxta konida qoldiq zaxiralarni konservatsiyadan chiqarish

va oʻzlashtirish boʻyicha pilot loyihasini respublikada amalga oshirish Oʻzbekiston nef

t-gaz

sekto

rida “Gazprom”ni keyingi faoliyati rivojlanishiga imkon berdi. 2014

-yil 14-aprelda

“Shaxpaxta konini ishlash” loyihasi boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan “Zarubejneftegaz” YoAJ,
“Gazprom” OAJ va “Gas Project Development Central Atsia AG” (Shveys

ariya) tarkibdan iborat

1

https://www.ung.uz/about/history

2

https://www.ung.uz/about/history


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

22

konsorsium oʻrtasida mahsulotni taqsimlash Kelishuvi (SRP)

imzolandi

3

.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Orol Dengizining Oʻzbekiston qismini geologik

jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini

mahsulotni

taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim shartlari asosida qazish toʻgʻrisida”gi

2006-yil 30-avgustdagi

PQ-457-son qarori

4

ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi va CNPC (XXR), KNOC (Koreya), Lukoil

Overseas Holding Ltd (RF), Petronas Carigali Overseas SDN BHD (Malayziy

a), “Oʻzbekneftgaz”

MXK tarkibdan iborat investorlar Konsorsiumi oʻrtasida Orol Dengizining Oʻzbekiston qismi

boʻyicha mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Kelishuv imzolandi va u 2007

-yil 30-yanvardan

kuchga kirdi.

Mazkur shartnomalarning imzolanishi bilan mamlakatimizda konlarni aniqlash, qidirish

va foydali qazilmalarni kavlab olishga investitsiyalar kiritilganda mahsulot taqsimotiga oid

bitimlarni tuzish, ijro etish va bekor qilish jarayoni yangi bosqichga koʻtarildi. Mazkur bitimlar

asosida d

astlab “orqaga qaytish” (“netback”) prinsipiga tayangan holda soliq bazasini ani

qlash

tizimi belgilanib, qayta ishlash natijasida olingan yakuniy mahsulotlar realizatsiyasidan ularni

ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar chegirilishi joriy qilindi.

Shundan soʻ

ng mahsulot

taqsimotiga oid bitim doirasida qazib olingan neft va/yoki gaz kondensati keyinchalik qayta

ishlangan mahsulot sotilishi bilan xom ashyo berish asosida qayta ishlansa, soliq solinadigan

bazani aniqlash uchun “orqaga qaytish” (“netback”) prinsip

iga asoslanib aniqlanadigan neft

va/yoki gaz kondensatini yetkazib be

rish punktidagi hisoblangan narx qoʻllaniladigan boʻldi.

Oʻtgan yillar davomida kuzatilgan energiya tanqisligi boʻyicha hukumat tomonidan neft gaz

tarmogʻi korxonalariga uglevo

dorod konla

rini samarali boshqarish boʻyicha bir qator talablar

qoʻyildi.

Xususa

n “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi uglevodorod konlarini

samarali va maqsadli ishlatish, ulardan tabiiy gaz va suyuq uglevodorod xomashyosi qazib

chiqarishni oshirish h

amda mavjud quduqlarning bir maromda ishlatilishini taʼminlash

boʻyic

ha ishlar boshlab yuborildi. Ushbu tadbirlar doirasida dunyoning yetakchi neft servis

kompaniyasi “Schlumberger” bilan birgalikda jahon tajribasi asosida 2023

-yil uchun umumiy

qiymati 5,7

trln.soʻmga teng boʻlgan 744

ta geologik-texnik chora-

tadbirni oʻz i

chiga olgan

“Makro invest dastur” ishlab chiqildi

5

. Unga asosan jami 111

ta yangi quduqni burgʻilash, 608

ta

quduqda kapital taʼmir hamda intensifikatsiya ishlari va 25

ta texnologik obyektni (siquv

kompressor stansiyalari, gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari, kichik kompressor

qurilmalari, gaz yetkazib berish quvurlari) qurib ishga tushirish rejalashtirilgan. Qazib

chiqarish chora-tadbirlarini amalga oshirishda geologik-texnologik risklarni kamaytirish

maqsadida 2023-yilda yangi ochiladigan barcha konlarning geologik modeli, 28 ta konning
gidrodinamik modeli va 40 ta konning tarmoq modellari, 8 ta konning integral modellarini

tuzish ishlari hamda 2020-2022-yillarda ishlab chiqilgan 19 ta konning geologik modeli, 65 ta

konning gidrodinamik modeli va 40 ta

tarmoq modelini yangi burgʻilangan quduqlar

maʼlumotlari asosida yangilash ishlari amalga oshiriladi

6

.

Mutaxassislarning dastlabki hisob-

kitoblarga koʻra, 2023

-yilda tabiiy gaz qazib olish

hajmini 56,3 mlrd kub metrga yetkazib (2022-yilda 51,7 mlrd. kub m

etr), oʻtgan yilga nisbatan

4,6 mlrd kub metrga oshirish imkoniyati bor

7

. Soʻngi yillarda chet el investorlarini keng jalb

qilish orqali foydali qazilma konlarini sanoat usulida oʻzlashti

rish, zamonaviy texnologiyalar

yordamida geologiya-qidiruv ishlarini

jadallashtirish va ragʻbatlantirish hamda yer qaʼridan

foydalanuvchilarga soliq solish tartibini xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida takomillashtirish

borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2022-yil 1-yanvardan boshlab likvidligi yuqori

boʻlgan tabiiy gazlar, neftlar va

3

https://www.ung.uz/about/history

4

lex.uz

“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik

maʼlumotlari milliy bazasi”

5

https://kun.uz/news/2023/01/23/2023-yilda-gaz-qazib-olishni-9-foizga-oshirish-imkoniyati-borligi-aytildi

6

https://kun.uz/news/2023/01/25/ozbekneftgaz-aj-tomonidan-2023-yilda-744-ta-geologik-texnik-chora-tadbirlar-

amalga-oshirish-hamda-buning-evaziga-328-mlrd-kub-metr-tabiiy-gaz

7

https://kun.uz/news/2023/01/23/2023-yilda-gaz-qazib-olishni-9-foizga-oshirish-imkoniyati-borligi-aytildi


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

23

kondensatlar shuningdek metallar boʻyicha geologik oʻrganish yoki tayyor holdagi yer qaʼri
uchastkalari boʻyicha qazish ishlari huquqini qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan tanlov

savdolari boʻyicha maxs

us tartibi belgilana boshlandi. Ushbu tartib doirasida geologiya-qidiruv

va (yoki) izlanish ishlari oʻtkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari tanlov gʻolibi aniqlangunga

qadar yuridik shaxslardan olinadi

gan yer soligʻi solish obyekti sifatida qaralmaydig

an

boʻldi.

Shuningdek, ajratilgan

maydon va foydali qazilma turlariga qarab, geologik oʻrganishlar va

(yoki) izlanish ishlari uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun yillik litsenziya toʻlovi joriy

qilind

i. Fikrimizcha islohotlar davomida yer qaʼridan foy

dalanganlik uchun soliqning bazaviy

stavkalarini saqlab qolgan holda likvidliligi yuqori boʻlgan murakkab texnologiyalar asosida
qazib olinadigan foydali qazilmalar boʻyicha soliq stavkalarini qayta koʻrib

chiqish maqsadga

muvofiq sanaladi. Bugungi kunga qadar amaliyotda tarmoq korxonalarining barchasiga tabiiy

gaz boʻyicha soliq stavkasi 30

foiz, neft va gaz kondensati boʻyicha 20

foiz, utilizatsiya qilingan

tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha

9

foizdan iborat boʻlgan stavka qoʻllanilmoqda

edi. Shuningdek, foyd

ali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qaʼridan foydalanganlik

uchun soliq solish obyekti hisoblanib, soliq bazasi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan

mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy

foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali komponentlarga nisbatan aniqlanar
edi

8

. Qolaversa soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining hisobot

davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya

qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati sifatida

aniqlangan boʻlib, oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib

olingan) foydali qazilma boʻyicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qoʻshilgan

qiymat soligʻi

va

aksiz soligʻini

chegirgan holda) ularning naturada ifodalangan realizatsiya

qilish hajmiga boʻlish orqali alohida aniqlangan

9

.

Soliq bazasini aniqlashda oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi qoʻlla

nilishi, kam

rentabelli konlarni

oʻzlashtirish, ularni xoʻjalik faoli

yatiga jalb etish faoliyatini

ragʻbatlantirmagan. Shu bilan birga dunyo amaliyotida qoʻllanib kelinayotgan tartiblar asosida
soliq toʻlovchilar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki ishlo

v berish qayta ishlash va tashish

xarajatlari soliq bazasidan chegiri

lmagan. Bu esa oʻz navbatida qazib olish jarayoni murakkab

boʻlgan juda katta mablagʻ talab etgan konlarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilmasdan

qolishiga sabab boʻlgan degan fikrd

amiz.

Neft-gaz bozorida faoliyat olib borayotgan xususiy kompaniyalar

bilan maʼlum muddatga

shartlar kelishib olingan boʻlib, ularning faoliyati mahsulot taqsimotiga oid bitimlar boʻyicha

tartibga solinadi. Oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, 2022

-yil yaku

nlariga koʻra,

Oʻzbekneftgaz AJ i

xtiyorida 1 311 ta faol neft gaz qud

uq (skvajina)lari mavjud boʻlib, ular

asosan ichki bozor, ulgurji isteʼmolchilar, Shoʻrtan gaz kimyo kompleksi, “Uzbekistan GTL” QK

SP “Uz

-

Kor Gas Chemical” MChJ va Issiqlik elektr stansi

yalariga hukumat tomonidan

tasdiqlangan narx asosida sotuv amalga oshiriladi.

Xususan ichki isteʼmolga sotilgan ming kub gaz uchun bugungi kunda oʻrtacha hisobda

343

ming soʻm toʻlab berilsa

-

da shu kabi deklaratsiya qilingan narx boʻyicha tabiiy gaz Shoʻrt

an

gaz kimyo kompleksi, “Uzbekistan GTL” QK, SP

“Uz

-K

or Gas Chemical”

MChJ va Issiqlik elektr

stansiyalariga sotiladi. Bu qiymat tabiiy gazning haqiqiy tannarxidan ham past boʻlib, yillar

davomida Oʻzbekneftgaz AJ, Uztransgaz AJlarning zararlari davlat sub

sidiyasi hisobidan qoplab

berilgan.

Jumladan, 2023-yi

lda byudjet boʻy

icha ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va

sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kompaniya zararlarini qoplash uchun 14,2

trln.soʻm xarajat

yoʻnaltiriladi (Қонун, 2022)

. Yoki birinchi darajali byudjet xarajatlarining 7 foizi ushbu

korxonaga sarflanadi. Ushbu zararni qoplash uchun 2022-yilda 9,2

trln.soʻm mablagʻ birinchi

darajali byudjet xarajatlaridan ajratilgan (Qonun, 2021). Neft va gaz quduqlarini geologik

jihatdan oʻrganish

va aniqlash ularni qazib chiqarish jarayoniga jalb qilish murakkab texnologik

8

Oʻzbeki

ston Respublikasining Soliq kodeksi.

9

Oʻsha manba.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

24

jarayon hisoblanib, izlov-

qidiruv quduqlarini burgʻulash va shu bilan bogʻliq jarayonlar

murakkabligicha qolmoqda.

Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo mintaqalarida chuqurligi 4000-6000 metrdan qazib

olinishi lo

zim boʻlgan gaz konlari mavjud boʻli

b, ushbu konlardan qazib olish subsidiya asosida

tabiiy gaz sotayotgan davlat uchun qimmatga tushadi. Shu sababdan bugungi kunda
mamlakatimizdagi mavjud konlar davlatga tegishli yoki bitim asosida xorijiy korxonalarga

be

rilgan boʻlib, yangi

konni aniqlash va qazib olishga investor jalb qilish uchun investitsion

jozibadorlikni oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tabiiy boyliklarning zaxirasi doimo

qatʼiy hisobda turuvchi hisobot balansla

ri orqali hisobi yuritilganligi bois, bugungi kunda ushbu

tarmoqning hisobot balanslarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

qoʻllanilmagan.

Mavzu doirasida oʻrganilayotgan soliq turi boʻyicha tushumlarning barqarorligida

uglevodorod xom ashyosini sotishdan olingan tushumlar ham yetakchi

oʻrinni egallay

di. Ushbu

mahsul

otlar turiga neft, gaz va gaz kondensati kiritilgan boʻlib, ular strategik turdagi foydali

qazilmalar toifasiga kiradi.

1-jadval

Uglevodorod xom ashyosi hisobidan yer qa

ʼridan foydalanganlik uchun soliq

tushumlarini shakll

anishi boʻyicha maʼlumot

(

Базаров, 2021)

(

mlrd.soʻm)

Asosiy yer osti

boyliklari

2015-

2016-y.

2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y

Y

er qaʼridan

foydalangan-

lik uchun soliq boʻyicha

jami tushum

2 314,2 2 504,7 4 283,8 14 692,9 16 429,6 14 940,7 14 586,6

shu jumladan, ulushi (foiz)

1. Neft

Yopiq

1,4

2,1

1,0

1,2

3,0

5,4

2. Tabiiy gaz

Yopiq

22,7

15,8

10,2

11,1

11,6

18,0

3. Gaz kondensati

Yopiq

1,6

1,5

0,7

1,2

2,3

2,3

1-

jadval maʼlumotlari tahliliga koʻra, soʻngi yillarda gaz kondensati boʻyicha soliq

tushumlarining ba

rqarorligi taʼminlanib, 2017

-yilga nisbatan 8,3

baravarga, neft boʻyicha

21 baravarga, tabiiy gaz

boʻyicha 4,6

baravarga oʻsish surʼati qayd etilgan. Shuningdek, soʻngi

yi

llarda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar boʻyicha so

liq bazasini aniqlashning yangi tartibi

belgilanganligi bois, soliq tushumlarida tabiiy gaz boʻyicha 11,6

foizdan 18 foizga, neft

boʻyicha

3 foizdan 5,4

foizga oʻsish kuzatilgan. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida soʻngi yillarda

tabiiy gaz, neft va gaz kondensati b

oʻyicha soliq bazasini aniqlashning yangi tartibi joriy

qilinganligi xususan ushbu mahsulotlarni qayta ishlash natijasida olingan yakuniy tayyor

mahsulotlar boʻyicha soliq bazasi ushbu ma

hsulotlarni realizatsiya qilishdan kelib chiqib

aniqlanishi belgilang

anligini aytib oʻtishimiz joiz.

Shuningdek, neftni qayta ishlash zavodlari orqali avtobenzinning AI-80 markasi va dizel

yoqilgʻisining asosiy qismi gaz kondensatidan olinayotganligi sababli kondensat boʻyicha soliq

bazasida sezilarli oʻzgar

ish kuzatilgan.

Shunday boʻlsa

-da tushumning asosiy qisim tabiiy gaz

hisobiga toʻgʻri kelib, oʻrtacha hisobda yer qaʼridan foy

dalanganlik uchun soliq tushumining

10

foiziga toʻgʻri keladi.

Barchamizga sir emaski bugungi kunda neft gaz quduqlarining asosiy qismi davlat

ulu

shiga ega korxona (Oʻzbekneftgaz AJ) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha faoliyat

yuritayotgan va xorijiy komp

aniyalar ixtiyorida boʻlib, davlat byudjet ining daromad qismi

shakllanis

hida tarmoq korxonalari yetakchi oʻrinni egallaydi. S

oliq tushumlari

boʻyicha bir

yilda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushadigan 14

trln.soʻm mablagʻning


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

25

20 foizini

tarmoq korxonalari taʼminlaydi. Oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, neft

-gaz

bozorida faoliyat olib borayotgan xususiy kompan

iyalar bilan maʼ

lum muddatga shartlar

kelishib olingan boʻlib, ularning faoliyati mahsulot taqsimotiga oid bitim (SRP) boʻyich

a tartibga

solinadi. “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan joriy yilda umumiy qiymati

5,7 trln

soʻmga teng boʻlgan

744 ta geologik-texnik chora-

tadbirni oʻz ichiga olgan “Makro invest dastur” ishlab chiqilgan

10

.

Unga asosan jami 111 ta yangi quduqni

burgʻilash, 608

ta quduqda kapital taʼmir hamda

intensifikatsiya ishlari va 25 ta texnologik obyektni (siquv kompressor stansiyalari, gazni

dastlabki tayyorlash qurilmalari, kichik kompressor qurilmalari, gaz yetkazib berish quvurlari)

qurib ishga tushirish rejalashtirilgan

11

.

Xususan, Buxoro-

Xiva va Fargʻona neft

-gazli mintaqalarida 83 ta yangi quduqni

burgʻilash, Ustyurt neft

-gazli mintaqasida 28 ta yangi quduqni

burgʻilash rejalashtirilgan boʻlib,

ushbu quduqlar yuqori istiqbolga ega boʻlgan 4000 7000 me

tr chuqurliklarda joylashgan.

Shuningdek, 2022-

yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekneftgaz AJ ixtiyor

ida 1 311 ta faol neft-gaz

quduqlari

mavjud

boʻlib,

u

lar

asosan

ichki

bozor,

ulgurji

isteʼmolchilar

Shoʻrtangazkimyokompleksi, Uzbekistan GTL zavodi, SP “Uz

-Kor G

as Chemical” OOO qoʻshma

korxonasiga va Issiqlik elektr stansiyalariga hukumat tomonidan tasdiqlangan narx asosida

sotuv amalga oshiriladi. Xususan

ichki isteʼmolg

a va yuqorida sa

nab oʻtilgan isteʼmolchilarga

sotilgan ming kub gaz uchun oʻrtacha hisobda 34

3

ming soʻmdan toʻlab beriladi.

Bu qiymat gazning haqiqiy tannarxidan ham past boʻlib, yillar

davomida Oʻzbekneftgaz AJ,

Uztransgaz AJlarning zararlari davlat sub

sidiyasi hisobidan qoplab berilgan. Oʻrganishlardan

maʼlum boʻlishicha, 2023

-yilda byudjet b

oʻyicha ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish

va sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kompaniya zararlarini qoplash uchun Oʻzbekiston

Respublikasining 2022-yil 30

dekabrdagi OʻRQ–

813-son Qonuniga asosan 14,2

trln.soʻm

xarajat yoʻnaltirilgan (Қонун, 2022)

yoki birinchi darajali byudjet xarajatlarining 7 foizi ushbu

korxona zararlarini qoplashga sarflangan.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, nef

t va gaz quduqlarini geologik jihatd

an oʻrganish va

aniqlash ularni qazib chiqarish jarayoniga jalb qilish murakkab texnologik jarayon hisoblanib,

3 D seysmorazvedka, izlov-

qidiruv quduqlarini burgʻulash

va shu bilan bogʻliq jarayonlardan

iborat. Jumladan, Qashqadaryo, Surxondaryo mintaqalarida chuqurligi 4000-6000 metrdan

qazib olinishi lozim boʻlgan gaz konlari

mavjud boʻlib, ushbu konlardan qazib olish subsidiya

asosida gaz sotayotgan davlat uchun qimmatga tushadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi

mavjud konlar davlatga t

egishli yoki bitim asosida xorijiy korxonalarga yoki qoʻshma

korxonalarga berilgan boʻlib, ya

ngi konni aniqlash va qazib olishga investor jalb qilish uchun

jozibadorlikni oshirish vaqti keldi.

Misol uchun «Epsilon» xorijiy korxonasi tomonid

an 2019-2021 yillar davomida

214,7

mln.dollarlik moddiy texnik resurslar (burgʻulash quvurlari, gaz quvurlar,

kimyoviy

reagentlar, agregatlar, burgʻulash va kapital taʼmirlash minoralari) Respublika hudu

diga olib

kirilgan va ushbu aktivlar boʻyicha mol

-mul

k soligʻi hisobl

angan. Shu sabab

dan soʻnggi yillarda

kuzatilgan gaz tanqisligi va rentabelligi past boʻlgan k

onlarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb

qilinishi Davlat tomonidan kafolatlangan tizim yaratilmaganligi sababli investorlarning

qiziqishi yoʻqol

gan edi. Tarmoqda soliq yukini keskin kamaytirish soliq bazasini aniqlashning

yangi tartiblarini joriy qilish

soliq toʻlovchilar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni

chegirish hamda soliq bazasini aniqlash tartibini dunyo amaliyotiga moslashtirish vaqti kelgan.
Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish soliq bazasini aniqlash tartibini dunyo amaliyotiga

moslasht

irish maqsadida vazirlik idoralardan Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Geologiya

qoʻmitasi, Oʻzbekneftgaz AJ vakillaridan iborat ishchi gur

uh Xalqaro valyu

ta jamgʻarmasi

ekspertlari oʻrtasida trening tashkil qilindi. Oʻtkazilgan trening mashgʻulotl

arida bevosita

Davlat soliq qoʻmitasi xodimi sifatida ishtirok etganman hamda ushbu tarmoqda r

eformani olib

10

https://kun.uz/news/2023/01/25/ozbekneftgaz-aj-tomonidan-2023-yilda-744-ta-geologik-texnik-chora-tadbirlar-

amalga-oshirish-hamda-buning-evaziga-328-mlrd-kub-metr-tabiiy-gaz.

11

Oʻsha manb

a


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

26

borish lozim ekanligini his qilganmiz.

Oʻrganishlar yakuniga koʻra, das

tlab soliq stavkasini gaz

boʻyicha 3

baravarga (30 foizdan 10 foizga), neft b

oʻyicha 2

baravarga (20 foizdan

10

foizgacha), oltin va mis boʻyicha 30

foizga, uran boʻyicha

esa 20 foizga pasaytirish va bu

orqali soliq stavkalarini boshqa mamlakatlarda belgilangan stavkalar bilan raqobatlashishi

mumkin ekanligi aniqlandi. Bugungi kunga qadar geologiya-

qidiruv oʻtkazish uchun ajratilgan

yer uchastkalari boʻyicha amaliyotda imzoli bonus undirilgan boʻlib, bonusning eng kam

miqdori foydali qazilmaning turiga qarab BXMning 50 baravardan boshlab 5000 baravarigacha

belgilangan edi.

Misol u

chun amaldagi bazaviy hisoblash miqdori boʻyicha hali oʻrganilmagan quduq

(skvajina) uchun 1,5

mlrd.soʻmgacha imzoli bonus har bir litsenziya uchun

undirilgan. Oʻr

tacha

bir korxona boshlanmagan ish uchun 15-20

mlrd.soʻm atrofida imtiyozli bonus toʻlagan.

S

huningdek, ushbu yer maydoni korxonaga hali toʻliq rasmiylashtirib berilmagan boʻlsa

-da yer

so

ligʻi undirilgan.

Tasavvur qiling hali ish faoliyatini boshlamagan korxonadan milliardlab soliq va bonus

toʻlovlari undirilgan. Bu esa oʻz navbatida geologiya qidiruv ishlari sifatiga salbiy taʼsir

koʻrsatgan. Shu sababdan bugungi kundagi quduqlarimizning aksariyati taʼmir talab boʻlib

qolgan desak adashmaga

n boʻlamiz. Geol

ogiya qidiruv ishlari hali yakunlanmagan jarayon

hisoblanib, quduq (skvajina)lar aktiv holga

kelgandan soʻng daromad keltirishni boshlaydi. Shu

sababli geologiya qidiruv ishlari amalga os

hirilayotgan yerlar soliq toʻlovchilarga vaqtincha

ajratiladi va kon

tasdiqlangandan soʻng toʻlaligicha beriladi. Shu sababdan neft

-gaz

uglevodorod xom ashyosi ma

vjud yerlar yoki foydali qazilma konlari joylashgan yerlar boʻyicha

yer islohotlarini davom ettirish maqsadga muvofiq.

2-jadval

Neft va gaz kondensatini qayta ish

lash natijasida olinishi mumkin boʻlgan

tayyor mahsulotlar roʻyxati

12

Tayyor mahsulot nomi

Neft xomashyosi

(100 foizdan)

Gaz kondensati

(100 foizdan)

Avtobenzin Ai 80

21

51

Avtobenzin Ai 91, Ai 92, Ai 92

1,5

4,4

Avtobenzin Ai 95

1,0

3,6

Dizel yoqilgʻis

i

21

23

Aviakerosin

11

11

Mazut

7

4

Neft mahsulotlari boʻyicha qayta ishlash natijasida olingan tayyor mahsulotlarni

realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib, soliq bazasini aniqlas

h boʻyicha joriy

qilingan

tizimning avvalgi tizimdan farqli jihatlari

ni koʻrib chiqamiz.

Ushbu tarmoq korxonalari 2021-yilda soliq bazasini quyidagi tartibda aniqlagan:

-

neft xomashyosi toʻgʻridan

-

toʻgʻri realizatsiya qilinsa soliq bazasi oʻrtacha sotish

bahosidan kelib chiqib;

- mustaqil ravishda qayta ishlansa va (yoki) qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berilsa

soliq bazasi mahsulotlarni qazib olish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlagan.

Misol uchun:

1 tonna neft qayta ishlansa 0,21 tonna AI 80, 0,21 tonna D

izel yoqilgʻi,

0,11 tonna kerosin va boshqa mahsulot

olingan va soliq bazasi neftning oʻrtacha

2 000 000

soʻmlik tannarxini 20

foizga oshirib, 2 400 000

soʻmdan 20

foiz stavkada

480 000

soʻm soliq toʻlangan. 2022

yildan joriy qilingan yang

i tartibga koʻra:

-

neft xomashyosi toʻgʻridan

-

toʻgʻ

ri realizatsiya qilinsa soliq baza

si oʻrtacha sotish

bahosidan kelib chiqib aniqlanadi.

- mustaqil ravishda qayta ishlansa va (yoki) qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berilsa,

12

O

ʻ

zbekneftgaz

AJning maʼlumotlari asosida muall

if tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

27

neftdan olingan tayyor mahsulotlarni (Benzin Ai 80, Ai 92, Ai 95, dizel yoq

ilgʻisi, kerosin

, mazut,

bitum v

a boshqalar) realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib, ularga soliq toʻlovchi tomonidan

sarflangan qayta ishlash va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda

aniqlanadi.

Qimmatbaho, rangli metallar boʻyicha

dunyo bozori ma

ʼlumotlarida birja n

arxi London

qimmatli metallar bozori uyushmasining (London Bullion Market Association) ertalabki

fiksingi asosida, boshqa metallar boʻyicha esa London metallar birjasi

ning (London Metal

Exchange) maʼlumotlari asosida ani

qlanadi. Mazkur tajribadan kelib chiqqan holda neft brendi

boʻyicha dunyodagi yagona birja narxini qoʻllash maqsadiga muvofiqligi oʻrganib chiqilganda

dunyo mamlakatlarida neft brendining turli hil reytinglari yuritilish

i maʼlum boʻldi.

Xususan, AQSh Alyas

ka neft brendi “ANS”, Meksika neft brendi “WTI”, Kanada neft brendi

“Synsrude”, Arab davlatlari neft brendi “Arab Heavy”, Rossiya neft brendi “ESU

-

Urals” nomlari

ostida yuritilib, ularning sifatlari va narxlari bir biridan keskin farq qiladi. Shu sababdan, neft

boʻyicha j

ahonda yagona narx siyosati yuritilmasdan, uning tarkibidagi oltingugurt va neftning

ulushiga qarab tabaqalashtirilgan. Xususan, mamlakatimizda qazib olinadigan neft dunyo

bozorida “ESU

-U

rals” neft brendi

ga yaqin hisoblanadi. Ushbu neft bre

ndi tarkibi boʻy

icha

qisqacha tu

shuncha beradigan boʻlsak, Urals

eksport moyi aralashmasining rus markasi

hisoblanadi va transneft quvurlari tizimida Urals va Volga markasini yuqori oltingugurtli neft

ajratib olish uch

un qoʻshimcha komponentlar yordamida

qayta ishlash orqali olinadi.

Soʻngi vaqtlarda kuzatilayotgan energiya tanqisligi, mavjud zaxiralar hajmining

kamayishi va yangi konlarda izlov qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonini

ragʻbatlantir

ilmaganligi sohaning inqiroz yoqasiga kelib qolishiga

sabab boʻlgan.

Shu

munosabat bi

lan yangi neft gaz konlari boʻyicha soliq bazasini aniqlash tartibini

takomillashtirish, soliq stavkalarini pasaytirish hamda yangi konlar toʻliq ish holatiga

kelgandan so

ʻng (dastlabki ik

ki yil davomida) vaqtinchalik soliq imtiyozlarini joriy qilish, soliq

bazasini aniqlashda soliq toʻlovchilar tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlash va tashish

xarajatlarini chegirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Xulosa va takliflar.

Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentyabrdagi 720-son

qaroriga asosan Kon-

geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga Soliq qoʻmitasi bilan

birgalikda yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (

ajratib olingan)

foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik xulosasiga muvofiqligi yuzasidan monitoring

oʻtkazish huquqi berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga

asosan soliq organlari tomonidan yer qaʼridan foydalanuvchilar h

aqiqatda qazib olgan (ajratib

olgan) foydali qazilmalar hajmini tekshirish uchun Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish

hududiy inspeksiyalarining mutaxassislarini jalb qilish yiliga ikki martadan koʻp boʻlmagan

holda amalga oshirilishi mumkin. “Davlat xaridlari toʻgʻrida”gi Qonunning 71

-moddasiga

asosan f

aqat Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar

Mahkamasining qarorlari asosida toʻgʻridan

-

toʻgʻri shartnomalar boʻyicha tovarning (ishning,

xizmatning) davlat xaridi amalga oshirilishi mumkin. 2023-yilda 836 ta holatda 6 mln. metr kub

noqo

nuniy qazilma hajmi aniqlanib 17,3 mlrd. soʻm miqdorida qoʻshimcha soliq hisoblangan.

2024 yilning 1-yarim yilligida 123 ta holatda 848,7 ming metr kub noqonuniy qazilma hajmi
aniqlanib 2

,8 mlrd. soʻm miqdorida qoʻshimcha soliq hisoblangan.

Bugungi kunda j

ami 743 nafar marksheyderlar mavjud boʻlib, shundan 47 nafari (6 foiz)

davlat idoralarida, 696 nafari (94 foiz) xususiy tashkilotlarda (ularning oʻrtacha

marksheyderlik xizmat haqi 8 mln

soʻm) faoliyat yu

ritadi. Davlat idoralaridagi

marksheyderlarning soni

cheklanganligi hamda yer qaʼridan foydalanuvchilar haqiqatda qazib

olgan (ajratib olgan) foydali qazilmalar hajmini tekshirish uchun Kon-geologiya faoliyatini

nazorat qilish inspeksiyalarining mutaxassis

larini yiliga ikki martadan koʻp boʻ

lmagan holda

jalb qilish belgilangan

ligi sababli yer qaʼridan noqonuniy foydalanish holatlarida soliq nazorati


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr

www.e-itt.uz

28

tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish imkoniyati mavjud emas. Soliq organlariga marksheyderlik
xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan toʻgʻrid

an-

toʻgʻri shart

noma tuzgan holda

mu

taxassislarni jalb qilish huquqini berish. Bunda marksheyderlik xizmatini koʻrsatuvchi

tashkilotlarga oʻlchov ishlari yakuni boʻyicha qoʻshimcha undirilgan yer qaʼrida

n

foydalanganlik uchun soliq summasining 10 foizi, biroq mehnatga haq

toʻlashning eng kam

miqdorining oʻn baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda haq toʻlash lozim boʻladi.

Adabiyotlar/Literatura/Reference:

Qonun (2021) Oʻzbekiston Respublikasining «2022 yil

uchun

Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjeti to

ʻgʻrisida»gi Oʻz

bekiston Respublikasining Qonuni, 30.12.2021

yildagi OʻRQ

-742-

son.

Базаров Х.М. (2021) “Мамлакатимизда инвестицияларни жалб қилиш ва ер

қаъридан фойдаланувчиларга солиқ солиш тартибини такомиллаштириш йўллари”
Иқтисодиёт ва инновatsiон технологиялар илмий электрон журнал. №6-сон. Ноябрь-

декабрь.

Блошенко Татьяна Алексеевна (2019). Методология налогообложения организatsiй

при добыче и комплексной переработке минерального сырья. Автореферат диссертatsiи
на соискание ученой степени доктора экономических наук. –Москва.

Бобылев Ю ва бошқалар (2015). Нефть, бюджет и налоговый маневр* RUSSIAN

ECONOMIC DEVELOPMENT VOLUME 22 № 11 NOVEMBER–DECEMBER.

Ибрахим Мустафа Али Ибрахим (2020). Развитие налогообложения добычи

углеводородного сырья в труднодоступных российских месторождениях в условиях
волатильности цен на нефть. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени

кандитата юридических наук. –Москва.

Ильичева Мария Александровна (2017). Правовое регулирование налоговых

отношений с участием крупнейших налогоплательщиков (на примере предприятий
нефтегазовой отрасли). Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени

кандитата юридических наук. Москва.

Камалнев Тимур Шамильевич (2009). Налоговое администрирование крупнейших

налогоплательщиков. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидат
экономических наук. Москва.

Қонун (2022) Ўзбекистон Республикасининг “2023 йил учун Ўзбекистон

Республикасининг Давлат бюджети тўғрисида”ги Қонуни, 30.12.2022 йил ЎРҚ-813-сон.

Туманова Е.Ю. (2017) Правовые основы недропользования. Учебное пособие.

Ставрополь. 6 стр.

Федоров Андрей Николаевич (2010). Налоговое администрирование и

стимулирование инвестиционной активности крупнейших налогоплательщиков.

Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидат экономических наук.

Нижний Новгород.

Библиографические ссылки

Qonun (2021) Oʻzbekiston Respublikasining «2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.12.2021 yildagi OʻRQ-742-son.

Базаров Х.М. (2021) “Мамлакатимизда инвестицияларни жалб қилиш ва ер қаъридан фойдаланувчиларга солиқ солиш тартибини такомиллаштириш йўллари” Иқтисодиёт ва инновatsiон технологиялар илмий электрон журнал. №6-сон. Ноябрь-декабрь.

Блошенко Татьяна Алексеевна (2019). Методология налогообложения организatsiй при добыче и комплексной переработке минерального сырья. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени доктора экономических наук. –Москва.

Бобылев Ю ва бошқалар (2015). Нефть, бюджет и налоговый маневр* RUSSIAN ECONOMIC DEVELOPMENT VOLUME 22 № 11 NOVEMBER–DECEMBER.

Ибрахим Мустафа Али Ибрахим (2020). Развитие налогообложения добычи углеводородного сырья в труднодоступных российских месторождениях в условиях волатильности цен на нефть. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандитата юридических наук. –Москва.

Ильичева Мария Александровна (2017). Правовое регулирование налоговых отношений с участием крупнейших налогоплательщиков (на примере предприятий нефтегазовой отрасли). Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандитата юридических наук. Москва.

Камалнев Тимур Шамильевич (2009). Налоговое администрирование крупнейших налогоплательщиков. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидат экономических наук. Москва.

Қонун (2022) Ўзбекистон Республикасининг “2023 йил учун Ўзбекистон Республикасининг Давлат бюджети тўғрисида”ги Қонуни, 30.12.2022 йил ЎРҚ-813-сон.

Туманова Е.Ю. (2017) Правовые основы недропользования. Учебное пособие. Ставрополь. 6 стр.

Федоров Андрей Николаевич (2010). Налоговое администрирование и стимулирование инвестиционной активности крупнейших налогоплательщиков. Автореферат диссертatsiи на соискание ученой степени кандидат экономических наук. Нижний Новгород.