Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
55
TASHKILOTNING INVESTITSIYA FAOLIYATINI BOSHQARISHNING
MOLIYAVIY MEXANIZMI
i.f.n., prof.
Abduxalilova Laylo Tohtasinovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0003-0783-4078
Annotatsiya.
Maqolada tashkilotlarda investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishlari, bu borada
qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar, investitsiyalardan samarali foydalanish usullari va bu
borada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy-
nazariy qarashlari, mualliflik ta’rifi, shu bilan birga
investitsiyalarni boshqarishda moliyaviy usullarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘z
lar:
investitsiya, tashkilot, korxona, mexanizm, moliyaviy usullar, boshqarish,
samara, xorijiy investitsiyalar, jalb etish, moliyaviy boshqarish.
ФИНАНСОВЫЙ МЕХАНИЗМ УПРАВЛЕНИЯ ИНВЕСТИЦИОННОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ ОРГАНИЗАЦИИ
К.э.н., проф.
Aбдуxaлилoвa Лaйлo Тo
x
тacинoвнa
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье рассматриваются направления привлечения инвестиций в
организации, возможности, созданные законодательством в этом отношении, способы
эффективного использования инвестиций и научно
-
теоретические взгляды на это
зарубежных и отечественных ученых, авторское определение, а также Значение
финансовых методов в управлении инвестициями.
Ключевые слова:
инвестиции, организация, предприятие, механизм, финансовые
методы, управление, эффект, иностранные инвестиции, привлечение, финансовый
менеджмент.
FINANCIAL MECHANISM OF MANAGEMENT OF INVESTMENT ACTIVITIES
OF THE ORGANIZATION
PhD, prof.
Abdukhalilova Laylo Tohtasinovna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article discusses the areas of attracting investments in organizations, the
opportunities created in the legislation in this regard, the methods of effective use of investments
and the scientific-theoretical views of foreign and domestic scientists in this regard, the definition
of authorship, and at the same time the importance of financial methods in the management of
insecticides.
Keywords:
investment, organization, enterprise, mechanism, financial methods,
management, efficiency, foreign investment, attraction, financial management.
UO
‘
K: 330.322.1
XI SON - NOYABR, 2024
55-64
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
56
Kirish.
Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, tashkilotda faol investitsiya
siyosatining
yuritilishi va shunga mos ravishda hududdagi mavjud investitsiya salohiyatidan unumli
foydalanilishi har qanday davlat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qiladi.
Tashkilotlarda investitsiya faoliyatini moliyaviy mexanizmlari orqali tartibga solish bugungi
kunning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik sub’ektlari faoliyatidagi investitsion
kapital qo‘yilmalar xo‘jalikni rivojlantirishga qaratilgan samarali vositadi
r.
Tashkilolarda investitsion faoliyatini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Shunday muammolardan biri bo‘lib, olinadigan
investitsiya resurslaridan mintaqaviy va korporativ darajalarda samarasiz foydalanish xamda
investitsion potensialga erishish uchun investitsion faoliyatni moliyalashtirishni tartibga
soluvchi usullarning mavjud emasligi, soliqqa tortish jarayonidagi kamchiliklar, davlatning
investitsion dasturlarni amalga oshirish siyosatidagi pozitsiyasi va soliq-bojxona
qonunchilikdagi yuklamalar muhim muommolardan bo‘lib qolmoqda (Baxtiyorova, 2024).
Tashkilotlarda investitsion faoliyatni moliyaviy mexanizmni takomillashtirishdagi
yondashuvlar tashkilotning dinamik rivojlanishiga qarab uning egiluvchanligini oshirishga
yordam beradi. Asosiy e’tibor xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish kafolatini
oshirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanishni to‘xtatib turuvchi
bozordan tashqaridagi jarayonlarni tartibga solishnishiga qaratilishi muhimdir.
Investitsion faoliyatni samarali tartibga solish maqsadida manfaatlar kelishuvini
ta’minlovchi ichki va tashqi omillarni o‘zaro muvofiqlashtirishga chaqirish muhimdir.
Kategoriya sifatida “mexanizm” atamasi iqtisodiy qonunlar va tamoyil
lar ishlashining
ob’ektivligi bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosi va mohiyatini tashkil etadi hamda investitsion
faoliyatni tartibga solishdagi harakatlar tabiatini belgilaydigan natijalarga erishishdagi vosita
hisoblanadi.
Investitsiya jarayonlarini moliyaviy boshqarishda dastlab mamlakatdagi mavjud
investitsiya muhitiga baho berish, uning mexanizmlarini aniq belgilab olish, shuningdek,
iqtisodiyotni barcha soha va hududlardagi iqtisodiy holatdan kelib chiqib, unga mutanosib
uslubiy tizim ishlab chiqish va u
ni muntazam qo‘llab borish maqsadga muvofiq. Umuman
olganda, investitsiya jarayoni, odatda, investitsiya ob’ekti bilan o‘zaro aloqadorlik, sarmoya
kirituvchi sub’ektning daromad olish maqsadida investitsiya yo‘naltirishi, shuningdek,
boshqaruv organlari va
sub’ekt tomonidan ob’ektga investitsiyali ta’sir etish hamda investitsiya
muhitidagi shart-
sharoitlarni o‘zgartirish bilan belgilanadi.
Investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish tizimiga aniqlik kiritish va uning tarkibiy
tuzilmasini o‘rganishda moli
yaviy boshqaruv va moliyaviy boshqaruv mexanizmi
tushunchalarini tadqiq etish maqsadga muvofiq. Aksariyat olimlarning fikricha, moliyaviy
boshqaruv va moliyaviy boshqaruv mexanizmi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud: moliyaviy
boshqaruv tizimi yakuniy maqsa
d, ya’ni daromadning ko‘payishini faqat tegishli
mexanizmlardan foydalanish paytidagina ta’minlashi mumkin. Moliyaviy boshqaruv
mexanizmi tushunchasi turli ilmiy manbalarda turlicha talqin qilinadi.
Respublikamizda investitsiya faoliyatini tashkil etish yuzasidan bir qator qonun va qonun
osti me’yoriy huquqiy hujjatlari ishlab chiqildi. Shu o‘rinda e’tirof etish zarurki, investitsiya
faoliyatiga oid iqtisodiy munosabatlar turli sohalarga oid qonunchilik me’yorlari bilan tartibga
solinadi. Xususan, davlat i
nvestitsiyalari moliyaga doir me’yoriy
-huquqiy hujjatlar bilan
tartibga solinsa, ijtimoiy investitsiyalar esa, notijorat tashkilotlariga doir, qimmatli qog‘ozlarga
investitsiyalar esa, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatiga doir me’yoriy
-
huquqiy bazalar ta’
siri
doirasida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
57
Adabiyotlar sharhi.
Oprishkoning (2007) fikricha, tashkilotlarda investitsiyani moliyaviy boshqaruv
mexanizmi tashkiliy tuzilma, moliyaviy ta’minot, moliyaviy tartibga solish va turli
rag‘batlantirish vositalaridan ibor
atdir.
Sheremet va boshqalar (1997) tashkilotda investitsiyalarni moliyaviy mexanizmini:
“tashkilotning moliyaviy munosabatlarini moliyaviy dastaklar orqali moliyaviy usullar
yordamida boshqarish tizimi”,
-
deb ta’riflagan bo‘lsa, Balabanov va Balabanov (2
000)
moliyaviy resurslardan foydalanishni tashkillashtirish, rejalashtirish va rag‘balantirishda
namoyon bo‘luvchi moliyaviy dastaklar xatti
-
harakati tizimi”, tarzida tushunadilar.
Jumladan, Melkumov (2003) ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirishda foyda
olish maqsadida investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy, mulkiy va intellektual
qo‘yilmalardan samarali foydalanishni tahlil qilgan. Muallif bu yerda investitsiyalarni daromad
manbai sifatida o‘rganib, investitsiya faoliyatining turlarini ko‘rsatib bergan. Bu yerda bahsga
sabab bo‘layotgan holat investitsiya ob’ektlarining turlari
dir.
Valdaysev va Vorobev (2003) tomonidan chop etilgan darslikda tashkilotlarni
investitsiyalashda moliyalashtirish manbalari tahlil qilinadi. Daromad olish jarayonlariga
sarflangan pul mablag‘lari kelajakda yanada yuqoriroq daromad yoki ijtimoiy samara
topishdan iborat degan xulosaga kelinadi. Bu yerda mualliflar investitsiyalarni ijtimoiy
sohalarga yo’naltirish bu real investitsiyalarga nisbatan kattaroq foyda ke
ltirish manbai
ekanligini uqtirmoqchi bo‘layapti. To‘g‘ri, misol uchun ta’limga qilingan investitsiya xuddi
shunga misol bo‘la oladi.
Ismailov (2020) tashkilotning investitsiyali faolligi hududning iqtisodiy rivoji darajasini
belgilaydi va investitsiyalarn
ing kutilayotgan daromadliligi uchun kiritilayotgan qo‘shimcha
mablag‘lar hajmini prognozlash imkonini beradi hamda investorlarning kelgusida bozordagi
mavqeini belgilab beradi. Kelgusida kutilayotgan investitsiyali faollik jami investitsiya
jarayonini rej
alashtirish uchun mo‘ljal, ya’ni kelajakda kiritiluvchi mablag‘lar hajmini
belgilashdan toki istalgan kapital oqimiga erishish maqsadida hududning investitsiyali
jozibadorligini boshqarishgacha bo‘lgan yo‘nalish hisoblanadi.
Astanakulov korxonalar investitsiya faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyat
kasb etsa, tahlil natijalariga asoslangan xulosalarni shakllantirish orqali korxonaning kelgusi
yillarga mo‘ljallangan strategik qarorlarni qabul qilishda foydalanish mumkin. Sifatl
i
o‘tkazilgan tahlil natijasida korxona faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli darajadagi
xavf-
xatar va risklarni oldindan ko‘ra olish, aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan
strategik qarorlar qabul qilish, risklar darajasini kamaytirish maqsadida turli faoliyat
yo‘nalishlari bo‘yicha diversifikatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi.
Taniqli iqtisodchi olimlardan U. Sharp ham investitsiya faoliyatini fond bozori orqali
moliyalashtirish mexanizmiga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikriga ko‘ra, qimmatli
qog‘ozlarning daromadliligi va riskliligi o‘rtasidagi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri aloqaga ega bo‘lgan oqilona
investitsion strategiya investitsion faoliyatni moliyalashtirishning asosi hisoblanadi. Moliyaviy
vositachilar (tijorat
banklari, jamg‘arma va kredit uyushmalari, kredit ittifoqlari, sug‘urta
kompaniyalari, o‘zaro yordam fondlari, pensiya fondlari) esa, korporatsiyalarni fond bozoridan
qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish imkoniyatini bilvosita ta’minlaydi (Jumayev, 2023).
In
vestitsiya faoliyatining moddiy va nomoddiy turlari bo‘yicha respublikamizda bir qator
izlanuvchilar faoliyat olib borgan. Jumladan, Karimovning (2011) fikricha, “Yuksak darajada
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti tahlili ko‘rsatmoqdaki, tashkil
otlarning
investitsion faolligi bilan iqtisodiy o‘sish borasidagi aloqadorlik bir xilda emas. Bunda ular bir
-
birini taqozo etishi kuzatiladi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy faollikka bog‘liq bo‘lgani holda, o‘z
navbatida, iqtisodiyot taraqqiyotining har bir konkret bosqichida mamalakatning real
imkoniyatlarini belgilab beradi.
Mustafaqulov (2017) ilmiy izlanishlarida tashkilotning investitsion faoliyati, investitsion
salohiyati va investitsion jozibadorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qiladi. “Investi
tsiya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
58
faoliyatini tartibga solishda eng muhim va hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalardan biri –
chet
el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni hududlar bo‘ylab maqbul darajada bir tekis
joylashtirishdir. Hududlarning tabiiy shart-sharoiti, u yerda yaratilgan biznes muhit, ijtimoiy-
siyosiy, tashkiliy-
boshqaruv prinsiplari adolatli yo‘lga qo‘yilgani, aholining biznes yuritishga va
tadbirkorlikni amalga oshirishga ishtiyoqi, riskka moyilligi hamda mehnat resurslarining
malakasi, turli xildagi institutsional tuzilmalar mavjudligi, ularning rivojlangani kabi omillar
investitsion jozibadaorlikni namoyon etuvchi muhim shartlardan hisoblanadi”.
Bizning fikrimizcha investitsiya faoliyatini boshqarishning moliyaviy mexanizmlari bu
—
tashkilotning investitsiya resurslarini samarali jalb qilish va ulardan foydalanishni
ta’minlashga qaratilgan instrumentlar, usullar va chora
-tadbirlar majmuasidir. Ushbu
mexanizmlar tashkilotning strategik maqsadlariga erishish, daromaddorlikni oshirish va
moliyaviy ba
rqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolani yoritishda induksiya, deduksiya, ma’lumotlarning qiyosiy tahlili, analitik tahlil,
statistik ma’lumotlar tahlili amalga oshirildi. Tashkilotlarda investitsiya oqimlarini
moliyaviy
boshqarish yo’nalishlari bo’yicha qiyosiy tahlillardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Investitsiya qonunchilik me’yorlarining tarmoqlar bo‘yicha belgilanishi, investitsiya
faoliyatini amalga oshirishning huquqiy ta’minoti darajas
ini pasaytirgan holda mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, investitsiya faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish, birinchi navbatda, harakatdagi me’yoriy
-huquqiy hujjatlarni
soddalashtirish va tizimlashtirish hamda
investitsiya faoliyatining me’yoriy
-huquqiy bazasini
takomillashtirish sohasiga tegishli bo‘lishi talab qilinadi.
Umuman olganda, 2017-2023-
yillarda O‘zbekistonda investitsiyalar yiliga o‘rtacha
14,5%dan o‘sib, jami 1 460,4 trln. so‘mlik kapital qo‘yilmal
ar amalga oshirilgan. 2017-2023-
yillarda YaIMning o‘rtacha o‘sishi 5,3%ni tashkil etib, mazkur o‘sishning 3,9 foizi investitsiyalar
hisobiga to‘g‘ri kelgan. Investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 2017
-yilda 22,7%ni tashkil etgan
bo‘lsa, 2019
-yilda bu eng yuqori daraja
–
36,8%ga yetgan. So‘nggi yillarda investitsiyalar hajmi
YaIMga nisbatan barqarorlashib, 2023-yilda 33,0%ga yetgan (IT, 2023).
Hozirgi kunda qulay tashkilotning investitsiya muhitini aniqlovchi qator elementlar
mavjud bo‘lib, shulardan asosiylari
bo‘lib: me’yoriy
-huquqiy, ekologik shart-sharoitlar,
moliyalashtirishning bozor mexanizmlari, axborot ta’minoti; mahalliy investorlar bilan xorijiy
xususiy investorlar o‘rtasidagi paritetning ta’minlanganligi, inflyatsiya darajasi, yalpi ichki
mahsulotnin
g barqaror o‘sishi, iste’mol va jamg‘arma nisbati, foiz stavkalari darajasi, xorijiy
investitsiyalarning o‘zlashtirish darajasi, malakali kadrlar va mehnat resurslari zaxirasi, bozor
tamoyillari asosida bank-moliya xizmatlari, soliq, monetar va fiskal siyo
satni o‘z ichiga qamrab
oladi.
Investitsiya jarayoni o‘z
-
o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki u hamisha keyingi bosqichdagi
muhitga bog‘liq. Bu demak, unga alohida yondashib, mazkur tizimning boshqa tizimlar bilan
o‘zaro aloqadorlikdagi holatini ko‘rib chiqish l
ozim. Bu esa, investitsiya jarayoni faoliyatining
alohida olingan sohasi va ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyatini o‘ziga xos
tarzda bayon etishni taqozo etadi. Har qanday sub’ekt ayrim xususiyatlarni o‘zgartirish va
ma’lum resurslarni to‘ld
irishni talab etuvchi taraqqiyotni nazarda tutadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
59
1-jadval
Investitsion faoliyatni tartibga solish mexanizmining bozor munosabatlariga
o‘tgandan keyingi shakllanish bosqichlari
Bosqichlar
Mazmuni
I bosqich
1991-1996-
yillar
Iqtisodiy islohotlar natijasida tashkilotlarning investitsion faoliyat yuritish
sohasidagi huquqlarining kengayishi. Bu davrda
xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektlar
faoliyatida sezilarli
o‘zgarish
yuz bermadi. Kapital davlat egalik huquqidan
chiqarilib, xususiy va boshqa shakllarga berildi.
II bosqich 1997-
yildan 2005-
yilgacha
Investitsion faoliyatning nomarkazlashgan shakllariga hamda institutsional
o‘zgarishlariga
asos solinishi natijasida turli shakldagi tashkilotlar
o‘z
mablag‘larini
investitsiya qilishda mustaqillikka erishdi. Ishlab chiqarish
sohasidan investitsion resurslar nomoddiy ishlab chiqarish hamda tijorat va
moliyaviy xizmatlarga kiritila boshlandi.
III bosqich 2006-
yildan 2010-
yilgacha
Davlat va nodavlat tashkilotlarning investitsion statusidagi
o‘zgarishlar,
mulkka egalik qilish shakllaridan
qat’iy
nazar investitsiyalar tarkibidagi
o‘zgarishlar
kuzatildi. Investitsiyalar erkin iqtisodiy zonalarga
yo‘naltirildi.
IV bosqich 2011-
yildan 2016-
yilgacha
Nafaqat turli manbalarni, balki tashkilotlarning ilmiy-texnik bazalarini
boshqarish uchun tegishli sharoitlar yarataldi. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida investitsiyalashning tamoman yangi
mexanizmi shakllantirildi.
2017-yildan
h ozirgi vaqtgacha
O‘zbekiston
iqtisodini muvozanatlashtirish sharoitida investitsion faoliyatni
faollashtirish va uning keyingi barqaror rivojlanishi davom etmoqda.
Tashkilotlarning innovatsion-investitsion faoliyati rivojlantirilmoqda. Qayta
ishlab chiqarish bilan
shug‘ullanayotgan
korxonalarga xorijiy investitsiyalar
jalb etilmoqda.
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
28-yanvardagi PF
–
60-sonli Farmoni (2022)
bilan tasdiqlangan “2022–
2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi”ning 26
-
maqsadida ham iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb qilish bo‘yicha aniq
vazifalar belgilangan. Unga ko‘
ra mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning
jozibadorligini oshirish sharoitida kelgusi besh yilda jami 120 milliard AQSh dollari, jumladan
70 milliard AQSh dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish belgilangan.
Inv
estitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan
yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish, 2026
-yilgacha xorijiy va mahalliy
investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish vazifalari ham
ko‘rsatilgan.
2-
jadval ma’lumotlari asosida aytish mumkinki, mamlakatimizda barcha sohalarda
investitsiyalar oqimi doimiy ravishda oshib bormoqda. Masalan birgina eng katta investitsiya
kirib keladigan mashina va uskunalarni olsak, 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 46,7 %ga
o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. Statistik ma’lumotlar mamlakatimizda har yil o‘tgan
yillardagidan ko‘ra ko‘proq investitsiya kirib kelayotganini aks ettiryapti. demak tashkilotlarga
kirib kelayotgan investitsiya manbalarini moliyaviy mexanizmlar orqali boshqarish,
investitsiyani to‘la qonli o‘zlashtirishga va samarali yo‘naltirishga yozdam beradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
60
2-jadval
Asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy fondlar turlari bo‘yicha tarkibi
,
mlrd. so‘m
Klassifikator
2019
2020
2021
2022
2023
Turar-joy binolari
20621,9
23200,8
29851
30184,2 36732,7
Noturar-joy binolari
33408,1
38172,7
50894,5
58225,1 75452,9
Boshqa inshootlar
23148,7
27039
30290,6
43393,4 44244,1
Yerni yaxshilash
127,3
285,9
277,1
257,1
1000,4
Mashina va uskunalar, jami
107305,8 110493,8 113863,9 115040 168810,7
Transport uskunalari
16588,2
12415,2
14574,5
10718,7 25608,4
Axborot, kompyuter va
telekommunikatsiya (AKT) uskunalari
3194,8
7347
5325,6
5199,7
10230
Boshqa mashina va uskunalar
87522,7
90731,6
93963,8
99164,6 126694,6
Bir necha marta mahsulot beruvchi,
xayvonlar resurslari
2418,9
2843
3656,8
3847,8
390,3
Bir necha marta mahsulot beruvchi
daraxtlar, qishloq xo‘jalik ekinlari va
ko‘chatlar resurslari
372
880,7
838,6
783,8
364,5
Noishlab chiqarish aktivlarga mulk
huquqini berish bilan bog‘liq xarajatlar
198,1
225
138,2
365,8
562,4
Komyuter dasturiy ta'minoti va
ma'lumotlar bazalari
28,7
25,2
98,6
154,9
1672,8
Ko‘ngilochar, adabiy va badiiy asarlarning
asl nusxalari
3,7
1,6
0,8
26
16,8
Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar
5,9
86,5
30,8
210,7
469,4
Foydali qazilmalar zahiralarini razvedka
qilish va baholash
763,7
26,7
96,4
203,6
410,7
Boshqa intellektual mulk mahsulotlari
330,1
229
292,3
1169
4546,9
Manba:
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari
.
Davlat byudjeti mablag‘larisiz ijtimoiy soha tarmoqlari samarali rivojlana olmaydi. Davlat
davlat byudjetidagi markazlashtirilgan moliya resurslarining 80 % ga qadar mablag‘larini
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ilm
-fan, turar-joy va davlat qurilishi sohalarining
kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga yo‘llaydi. Markazlashtirilgan moliya
mablag‘larining qolgan 20 % qismidan mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ishlab
chiqarish jabhalarida rag‘batlantirish maqsadida foydalaniladi.
Mablag‘ni yo‘naltirishda investor aniq bir ob’ekt bilan aloqa o‘rnatadi va uning
ishtirokchisiga aylanadi. Bunday birlashuv dastlab investor ta’siri natijasida investitsiya
ob’ektining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zgartirishga olib keladi, shundan so‘ng o‘zgargan
xususiyatlar investitsiyali daromad sifatida va o‘z navbatida, mavjud taqchillikni to‘ldirgan va
shu bilan birga, uning xususiyatlarini o‘zgartirgan holda investorga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada
investitsiya jarayoni yakunlangach, sub’ekt va ob’ekt
yangicha ko‘rinishda amal qila boshlaydi.
Shunday qilib, investitsiya jarayoni sub’ekt va ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari birlashuvini
ta’minlaydi. Faoliyatning istalgan sohasi turlicha ma’lumotga ega, ya’ni uning ob’ekti va
sub’ektlarida turli daraja
da namoyon etiluvchi xilma-xil xususiyatlar mavjud.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
61
1-rasm. Moliyaviy mexanizmlarning asosiy tarkibiy qismlari
Manba:
muallif tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida shakllantirildi.
Tashkilotda investitsiyalarni samarali boshqarishda moliyaviy mexanizmlarning
ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
- Investitsiyalarning samaradorligini oshirish orqali tashkilotning resurslaridan samarali
foydalanishni ta’minlash mumkin.
-
Daromaddorlikni kengaytirish va rentabellikka ta’sir ko‘rsatuv
chi moliyaviy oqimlarni
optimallashtirish.
-
Barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy xavflarni kamaytirish va uzoq muddatli rivojlanish
imkoniyatlarini yaratish.
-
Kapital jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish, qimmatli qog‘ozlar bozori yoki kredit
institutlari bilan samarali hamkorligi orqali.
Bu sohada yuz berayotgan ko‘pgina investitsiya jarayonlari barcha sub’ektlar va
ob’ektlarni muntazam ravishda qamrab olish va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek,
ularning nomoyon bo‘lish darajasini tenglash
tirishga harakat qiladi. Investitsiya
jarayonlarining asosiy kategoriyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, qo‘yilmalar
hajmining omillar va investitsiya muhiti, ya’ni hududning investitsiya muhitiga bog‘liq
jihatlarini belgilash imkonini beradi.
Agar ma’lum faoliyat sohasida jadal o‘sishga olib keluvchi
inqilobiy o‘pirilish yuz berayotgan bo‘lsa, bu o‘z
-
o‘zidan tabiiy zanjirli reaksiyani hosil qilib,
o‘zaro bog‘liq sohalar rivojiga turtki bo‘ladi. Ushbu holatda faoliyat sohalarida bosqichma
-
bosqi
ch rivojlanish yuz berayotgan bo‘lsa, uning dinamikasi qoida bo‘yicha ulardagi eng
rivojlanmagan sohaning o‘sish imkoniyatlari belgilanadi.
Tashkilotda investitsiya faoliyatini yakuniy strategik rejalashtirish bosqichida esa,
investitsiya strategiyasi ishl
ab chiqiladi. Iqtisodchi olim D. Xan (2015) “tashkilotlarning
strategiyasi bo‘lib aniq maqsadga yo‘naltirilgan turli yo‘llar, hajmlar va ustuvor yo‘nalishlar
hisoblanadi” deb ko‘rsatadi. Investitsiyani rejalashtirishda aniq maqsadlar umumlashtirilsa,
inves
titsiya strategiyasida tashkilotning maqsadlarini tavsiflovchi investitsiya rejalari bo‘yicha
aniq maqsadlar dasturi ishlab chiqiladi. Bunday bosqichlarga ajratishdan asosiy maqsad,
yuqori qaytimli kapital va bosqichma-bosqich xarajatlarini amalga oshirish
orqali ma’lum davr
mobaynidagi strategik jarayonlarni amalga oshirish hisoblanadi. Albatta, bunday
bosqichlarning qanday maqsadlarda yo‘naltirilganligi quyidagilar bilan izohlanadi:
- maqsad va vazifalarga erishish uchun istiqbolli investitsiya takliflarini tanlash orqali
maqsadli dasturni shakllantirish;
-
korxona investitsiya imkoniyatlari ko‘lami va tarkibiy tuzilmasi tahlilini amalga oshirish.
Moliyaviy
mexanizmlar
Moliyaviy
nazorat va
monitoring
Moliyaviy
rejalashtirish
va tahlil
Moliyaviy
instrumentlar
Moliyaviy
manbalarni
jalb qilish
Moliyaviy
daromad
darajasini
aniqlash
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
62
Investitsiya strategiyasini yaratish zaruriyati qo‘yilgan maqsadlarning murakkabligi,
tashqi muhitning beqa
rorligi va istiqboldagi yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisalarning
ehtimoliy tabiati bilan bog‘liq. Shuning uchun investitsiya strategiyasi korxona muvaffaqiyatli
odimlanishining asosiy vositasi hisoblanadi (Astanakulov, 2020).
Muvaffaqiyatli investitsiya strategiyasi:
- kompaniyada asosiy investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqbul mexanizmi
yaratilishiga asos bo‘ladi;
-
aniq va ma’lum maqsadlarga erishish jarayonida strategik inkor etish yuzasidan
ma’lumotlar taqdim etiladi;
- kompaniyaning asosiy raqobatdosh afzalliklarini mujassam etadi;
-
rejalashtirishning turli darajalarida (strategik, taktik va operatsion) o‘zaro bog‘liqlikni
ta’minlaydi;
- kompaniyada investitsiya resurslaridan foydalanishi optimallashadi;
-
tashqi muhit keskin o‘zgarganda (rivojlanishning muqobil ssenariylari paydo bo‘lganda)
kompaniyaning investitsiya potensialini tezkor yuzaga keltiradi.
Investitsiya strategiyalarini amalga oshirish yuzasidan investitsiya dasturlari
shakllantiriladi, bu esa o‘z navbatida, investitsiya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, qabul qilingan
investitsiya loyihalari hisoblanadi. Tashkilotning hujjatlashtirish investitsiya dasturini
maqsadli investitsiya xaritasida ko‘rsatilishi mumkin.
Xo‘jalik yuritishning zamonaviy shart
-sharoitlarida iq
tisodiy o‘sishning sur’ati va sifatini
ta’minlash,ishl
ab
chiqarilayotgan
mahsulotning
ichki
va
tashqi
bozorlardagi
raqobatbardoshligini oshirish, milliy iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari mutanosib
rivojlanishiga erishish innovatsion xarakterga ega
bo‘lmog‘i lozim. Bunga erishishning bir
muncha murakkabligi korxona doim tanlov oldida turishi, ya’ni agar yangi turdagi mahsulot
ishlab chiqarilmasa ertami-kechmi tanazzulga uchrashi, yangi turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarishning katta xarajatlar bilan b
og‘liqligi kabi omillar bilan izohlanadi.
Xulosa va takliflar.
Tashkilotning investitsiya faoliyatini boshqarishda moliyaviy mexanizmlarning to‘g‘ri
tashkil etilishi uning raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. Zamonaviy
sharoitlarda samarali moliyaviy boshqaruv yo‘nalishlari texnologik innovatsiyalar, raqamli
moliyaviy instrumentlardan foydalanish va global moliya bozoriga integratsiya orqali yanada
mustahkamlanadi.
Investitsiya faoliyatini, tahlilini va boshqarishni takomillashtirishda quyidagi xulosalarni
alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Birinchidan, investitsiya faoliyati tahlilini tashkil etishning xususiyatlarini aniqlash,
ularni belgilangan xalqaro standartlar talablari darajasida takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsa
tib
berish;
Ikkinchidan, investitsiya faoliyatini amalga oshirishda yetarli darajada axborot
imkoniyatlarini kengaytirish. Bu jahon amaliyotida investitsiya faoliyati tahlilini tashkil etish,
samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
yo‘llarini aniqlash imkonini beradi.
Uchinchidan, raqamlashtirish orqali korxonalarning kelgusi istiqbolli davrga
mo‘ljallangan optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab
chiqib, uni amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirish.
To‘rtinchidan, investitsiya faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi investitsiya hajmi, investitsiya
samaradorligi, investitsiyadan kutiladigan natija, korxona ichki resurslarining investitsiyaga
muhtojlik darajasi kabi ko‘rsatk
ichlarning omilli tahlilini zamonaviy usullari orqali
takomillashtirish evaziga samarali investitsiya loyihalarini joylashtirish va jalb qilish
metodologiyasini yaratish zarur.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
63
To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirish maqsadida xorij
lik
investorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq o‘zlashtirgunlariga qadar barcha
ko‘rinishdagi soliqlar, bojxona to‘lovlari, yig‘imlardan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ki
ritishda imtiyozli soliqqa
tortish tartibini alohida qo‘llagan holda ular ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq
o‘zlashtirgandan keyin amalga oshirish ma’qul bo‘ladi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyalaridan
samarali foydalanish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini
kengaytirishga olib keladi.
Investitsiya siyosatining faoliyatini tartibga solishda samarali iqtisodiy mexanizmlar
orqali chet el kapitalini tarmoq ustuvorligini ta’minlagan holda yo’naltirish tushuniladi. Ayni
vaqtda ushbu mexanizm soliqlarning tartibga soluvchi funksiyasi orqali amalga oshiriladi.
Bunda davlat va ham nodavlat sektoridagi ishlab chiqarish korxonalarining asosiy kapitalini
yangilashga qaratilgan investitsiy
alarni rag‘batlantirishga e’tibor qaratilishi mumkin.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun tashqaridan mablag‘ jalb qilish hajmlarida
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy
investitsiyala
r va boshqa markazlashtirilmagan manbalar mablag‘lari hisobidan ko‘paytirish
yuqori samara beradi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Astanakulov O.T., Raximov M.Y., Kalandarova N.N. (2020). Analysis of The Investment
Program of The Analytical Cycle at the Enterprise for the Development of the Company's
Entrepreneurial Activity. Academy of Entrepreneurship Journal, Vol: 26 Issue: 3S, 1528
–
2686.
(Scopus) Retrieved from https://www.abacademies.org/articles/ analysis-of-the-investment-
program-of-the-analytical-cycle-at-the-enterprise-for-thedevelopment-of-the-companys-
entrepreneurial-a-9736.html.
Farmon (2022) Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январдаги ПФ–
60-
сонли
“2022
-
2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги
Фармони // https://lex.uz/docs/5841063.
IT (2023) Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази, маълумотлари.
Астанакулов, О. (2022). Корхоналар инвестиция фаолиятининг иқтисодий таҳлили
ҳамда
унинг
мазмуни.
Iqtisodiyot
Va
taʼlim,
23(6),
88–
95.
https://doi.org/10.55439/ECED/vol23_iss6/a817
Балабанов А.И. (200) Финансы / А.И.Балабанов, И.Т. Балабанов –
СПб.: Питер, –
192 с.
Бахтиёрова Д., Мирджавхарова Ш. (2024) Инвестицион фаолиятни молиявий
тартибга солишнинг хусусиятлари //Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика. –
Т. 3. –
№. 1. –
С. 106
-110.
Валдайцев С.В., Воробьев П.П. и др. (2003);Инвестиции: Учебник / Под ред. В.В.
Ковалева, В.В. Иванова, В.А. Лялина. –
М.: ТК Велби, Изд
-
во Проспект, С.17
Жумаев, И. (2023). Инвестиция фаолиятини молиялаштириш манбаларини
ривожлантиришнинг назарий асослари. Journal of Fundamental Studies, 1(3), 46–
53.
Retrieved from https://imfaktor.com/index.php/jofs/article/view/316
Исмаилов, Д. (2020). Особенности финансового управления инвестиционными
процессами.
Экономика
И
Образование,
1(3),
77–83.
извлечено
от
https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/4393
Каримов Н.Г. (2011) Инвестицияни ташкил этиш ва молиялаштириш: Дарслик. –
Т.:
ТДИУ, 90 бет.
Мелкумов Я.С. (2003) Инвестиций. Учебное пособие. –
М.: ИНФРА
-
М, –
С.8
Мустафақулов Ш.И. (2017) Инвестицион муҳит жозибадорлиги. Илмий
-
амалий
қўлланма. /Ш.И. Мустафакулов. –
Тошкент: Baktria press,
-
33 бет.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
64
Опрышко Е.Л. (2007) Оптимизация источников финансирования инвестиционной
деятельности предприятий в российской экономике. Диссер ... канд. экон. наук : 08.00.10. –
Краснодар.
Хан Д. ПиК. (2015) Планирование и контроль: концепция контроллинга. –
М.:
Финансы и статистика, –
С. 800.
Шеремет А.Д. (1997) Финансы предприятий: учебное пособие / А.Д.Шеремет,
Р.С.Сайфулин. –М.: ИНФРА
-
М, –
543 с
.
