Авторы

  • Фарход Дустмирзаев
    Высшая школа бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан https://orcid.org/0009-0000-9576-3278

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59432

Ключевые слова:

бюджет налоговая политика бюджетная стратегия налоговая система налоговая нагрузка доходы бюджета расходы бюджета дефицит бюджета государственный долг фискальная консолидация среднесрочное бюджетное планирование экономический рост социальное развитие

Аннотация

Современная финансовая наука уделяет значительное внимание изучению влияния бюджетной политики на социальное развитие. Качество и своевременность принятия решений по вопросам формирования и реализации бюджетной политики влияют на сбалансированность государственных финансов, уровень эффективности государственного регулирования социально-экономических процессов. Бюджетная политика влияет на эффективность финансово-экономических преобразований в системе государственных финансов, обеспечивает финансирование структурной перестройки экономики, стимулируя развитие ее приоритетных отраслей ускоряя интенсификацию производства и уровень развития общества.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

111

JAMIYATNING IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIGA

BYUDJET SIYOSATINING TA’SIRI

Dustmirzayev Farxod Bekmirzayevich

O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

ORCID: 0009-0000-9576-3278

85fara19@gmail.com

Annotatsiya.

Zamonaviy moliya fani fiskal siyosatning ijtimoiy rivojlanishga ta’sirini

oʻrganishga katta e’tibor beradi. Byudjet siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha

qarorlarni sifatli va oʻz vaqtida qabul qilish davlat moliyasi balansiga, ijtimoiy

-iqtisodiy

jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish samaradorligi darajasiga ta’sir qiladi. Byudjet

siyosati davlat moliya tizimidagi moliyaviy-

iqtisodiy oʻzgarishlarning samaradorligiga ta’sir

qiladi, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishni moliyalashtirishni ta’minlaydi, uning ustuvor

tarmoqlarini rivojlantirishni ragʻbatlantiradi, ishlab chiqarishni jada

llashtirish va jamiyatning

rivojlanish darajasini tezlashtiradi.

Kalit soʻzlar:

byudjet, soliq siyosati, byudjet strategiyasi, soliq tizimi, soliq yuki, byudjet

daromadlari, byudjet xarajatlari, byudjet taqchilligi, davlat qarzi, fiskal

konsolidatsiya, oʻrta

muddatli byudjetni rejalashtirish, iqtisodiy oʻsish, ijtimoiy rivojlanish.

ВЛИЯНИЕ БЮДЖЕТНОЙ ПОЛИТИКИ НА СОЦИАЛЬНО

-

ЭКОНОМИЧЕСКОЕ

РАЗВИТИЕ ОБЩЕСТВА

Дустмирзаев Фарход Бекмирзаевич

Высшая школа бизнеса и предпринимательства

при Кабинете Министров Республики Узбекистан

Аннотация.

Современная

финансовая

наука

уделяет

значительное

внимание

изучению

влияния

бюджетной

политики

на

социальное

развитие.

Качество

и

своевременность

принятия

решений

по

вопросам

формирования

и

реализации

бюджетной

политики

влияют

на

сбалансированность

государственных

финансов,

уровень

эффективности

государственного

регулирования

социально

-

экономических

процессов.

Бюджетная

политика

влияет

на

эффективность

финансово

-

экономических

преобразований

в

системе

государственных

финансов,

обеспечивает

финансирование

структурной перестройки

экономики,

стимулируя

развитие

ее

приоритетных

отраслей

ускоряя

интенсификацию

производства

и

уровень

развития

общества.

Ключевые слова:

бюджет, налоговая политика, бюджетная стратегия, налоговая

система, налоговая нагрузка, доходы бюджета, расходы бюджета, дефицит бюджета,
государственный долг, фискальная консолидация, среднесрочное бюджетное

планирование, экономический рост, социальное развитие.

UO

K: 336.143.01

XI SON - NOYABR, 2024

111-120


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

112

THE IMPACT OF BUDGET POLICY ON THE SOCIO-ECONOMIC

DEVELOPMENT OF SOCIETY

Dustmirzaev Farkhod Bekmirzaevich

Higher School of Business and Entrepreneurship

under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan

Abstract.

Modern financial science pays considerable attention to the study of the impact of

fiscal policy on social development. The quality and timeliness of decision-making on the
formation and implementation of budget policy affect the balance of public finances, the level of

effectiveness of state regulation of socio-economic processes. Budgetary policy affects the

effectiveness of financial and economic transformations in the public finance system, provides
financing for the structural restructuring of the economy, stimulating the development of its
priority sectors, accelerating the intensification of production and the level of development of

society.

Keywords:

budget, tax policy, budget strategy, tax system, tax burden, budget revenues,

budget expenditures, budget deficits, public debt, fiscal consolidation, mid-term budget planning,
economic growth, social development.

Kirish.

Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida davlat moliyasining mohiyati va davlat

moliyaviy siyosatini amalga oshirish tamoyillarini qayta qurishga ehtiyoj sezilmoqda. Davlatga
ijtimoiy-

iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda koʻmaklashuv

-chi eng muhim mexanizmlardan

biri, bu albatta davlat byudjeti hisoblanadi. Byudjet yordamida davlat markazlashgan fondlarni

shakllantiradi va normarkazlashgan fondlarning shakllanishiga ta’sir koʻrsatadi, oʻz zimmasiga

yuklatilgan funktsiyalarni bajarish imkoniyatiga ega boʻladi. Davlat byudjeti

mamlakat

hukumati tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda hal qiluvchi oʻrin

tutadi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Byudjet munosabatlari tizimi orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat

tomonidan tartibga solish mexanizmi favqulodda murakkab hisoblanadi. Hozirgi vaqtda davlat
daromadlarini jalb qilish usullari va manbalarini tahlil qilish, moliyaviy faoliyat samaradorligini

oshirishning yangi strat

egik yoʻnalishlari, usul va yoʻllarini asoslashga boʻlgan zarurat tobora

ortib bormoqda. Byudjet munosabatlarini isloh qilish davlat moliyasini va uning byudjet

siyosatini ijtimoiy-

iqtisodiy ustuvorliklarga muvofiq oʻzgartirish borasida zamonaviy

kontseptu

al yondashuvlarni qoʻllashni talab qiladi. Bugungi kunda byudjet siyosati iqtisodiy

jarayonlarga davlat ta’sirining asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning bir qismini

ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy

daromadning muayyan qismini toʻplash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini

(iqtisodiyot, maorif, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’mi

not, boshqaruv, mudofaa va

boshqalar) mablagʻ bilan ta’minlash imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasi

(instrumenti)dir (Malikov, Olimjonov , 2018).

Tadqiqotchi A. Abduvoxidov hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga

solishda byudjet siyosatining oʻrniga alohida e’tibor qaratadi, uning fikricha, byudjet siyosatini

takomillashtirishda davlat byudjetining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga

yoʻnaltirilganligiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi, hududlarni ijtimoiy

-iqtisodiy jihatdan

rivojlantirish kelgusida davlat byudjetiga tushadigan ijtimoiy yukni qisqartirishni ta’minlaydi

(Abduvoxidov va boshq., 2023)

Iqtisodiy oʻzgarishlar va globallashuv jarayonlarining kuchayishi fiskal siyosatning


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

113

institutsional asoslarini takomillashtirish borasida samarali tamoyil va yondashuvlarni ishlab
chiqishni belgilaydi, bu esa byudjet makonida institut

sional tarkibiy qismlarni uygʻunlashtirish

imkoniyatini beradi, bu oʻz navbatida turli darajadagi byudjetlarning dinamik balansi darajasini

belgilaydi va byudjet me’morchiligini ijtimoiy va tsiklik iqtisodiy jarayonlar dinamikasini

hisobga olgan holda takomillashtiradi. Byudjet munosabatlarining institutsional tamoyillari;

iqtisodiy oʻsish va inson taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan uzoq muddatli istiqbolda

fiskal siyosat mexanizmlari, vositalarini takomillashtirishni hisobga olgan holda byudjet

siyosatini ishlab chiqish muhim vazifalardir (Chugunov va boshq., 2021).

Tadqqiqotchi Hazratulovaning fikricha “Oʻzbekistondagi mavjud vaziyat hududlarning

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sezilarli tafovutlarning mavjudligi, eng muhim makroiqtisodiy

koʻrsatkichlarning aniq farqlanishining namoyon boʻlishi, qoʻshilgan qiymatning tarmoq

tarkibi, shuningdek, respublika hududlarining byudjet xavfsizligi va samaradorligi bilan

tavsiflanadi. Shu bilan birga, amaliyot shuni koʻrsatadiki

, hududlarda aholining hayot sifati

mintaqalararo tabaqalanishni yumshatish va qoloq hududlar aholisining davlat tomonidan

kafolatlangan davlat xizmatlaridan foydalanishini tenglashtirishga qaratilgan davlat

siyosatining samaradorligiga bevosita bogʻliqdir”

(Hazratqulova, 2023).


Tadqiqot metodologiyasi.

Jamiyatni ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotini ta’min

-lashda byudjet siyosatining

rnini

kengaytirish masalalariga ba

ishlangan mazkur tadqiqot ishsining maqsadidan kelib chiqqan

holda, tadqiqotda analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, mantiqiylik, guruhlash va

umumlashtirish kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanilgan holda izlanishlar olib borildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz funktsiyalarini bajarishlari, jamiyat va davlat

oldida turgan vazifalarni amalga oshirishlari bevosita davlat byudjetida pul resurslarining

mavjudligiga bogʻliq. Resurslarni byudjetga jalb qilish va byudjet mablagʻlaridan foydalanish

jarayonida davlat idoralari vakillari, soliq toʻlovchilar va byudjet mablagʻlarini oluvchilar

oʻrtasida moliya

-kredit munosabatlari vujudga keladi. Mazkur munosabatlar davlat hokimiyati

tomonidan shakllantiriluvchi va amalga oshiriluvchi byudjet siyosatiga asoslanadi.

Zamonaviy sharoitda byudjet siyosati davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirining asosiy

vositalaridan biridir. Samarali byudjet siyosati mamlakatning milliy manfaatlarini qondirish va

uning barq

aror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan boʻlishi lozim.

Byudjet siyosati-bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlatning

ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida mamlakat davlat byudjetini

shakllantirish, ijro

etish va tartibga solish boʻyicha amalga oshiriladigan chora

-tadbirlar

majmuini ifoda etadi (Malikov, 2011) .

“Oʻzbekiston –

2030” strategiyasidan kelib chiqib, uzoq muddatli barqaror

iqtisodiy

oʻsishni taʼminlash uchun tashqi va ichki taʼsirlarga moslashuvchan fiscal

siyosat olib borish

maqsad qilingan boʻlib, oʻrta va uzoq muddatdagi asosiy

maqsadlar

sifatida quyidagilar

belgilangan:

barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar

qatoriga kirish va buning uchun YaIM hajmini 160 milliard AQSH dollariga va aholi jon

boshiga daromadlarni 4 ming AQSH dollariga yetkazish;

konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini YaIMga nisbatan 3 foiz

lik target koʻrsatkichi

doirasida ushlab turish uchun daromadlar bazasini mustahkamlash va byudjet xarajatlari

samaradorligini oshirish hamda bu orqali makroiqtisodiy barqarorlik va byudjet intizomini

taʼminlash;

oʻrta muddatga moʻljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasini amalga

oshirish orqali davlat qarzining YaIMga nisbatini 50 foiz

dan oshmasligini taʼminlash;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

114

Yashirin iqtisodiyot

” ulushini qisqartirish va daromadlarni legallashtirish orqali

byudjet tushumlarini koʻpaytirish;

“Natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish” amaliyotiga bosqichma

-bosqich

oʻtish;

soliq, bojxona qonunchiligini va iqtisodiyotning turli sohalariga ajratilayotgan

subsidiyalar va berilayotgan imtiyozlarni JST

talablariga uygʻunlashtirish;

aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibb

iyot

va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy

yoʻnaltirilganligini

saqlab qolish.

Aynan byudjet siyosati davlatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda

yetakchi rol oʻynaydi. Byudjet resurslar

ining cheklanganligi, iqtisodiyotning globallashuvi

sharoitida yangi ehtiyojlarning vujudga kelishi asnosida byudjet mablagʻlari taqchilligining
oʻsib borishi sharoitida byudjet siyosatining roli muttasil oʻsib boradi.

Byudjet siyosati-bu aholi farovonligini oshirish maqsadida uning iqtisodiy va ijtimoiy

rivojlanishini ta’minlash borasida byudjet mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish

boʻyicha davlat chora

-tadbirlari majmuidir. Davlat siyosati mahalliy va xorijiy mutaxassislar -

olimlar, amaliyotchilarni jalb qilgan holda tegishli darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi

hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Tor ma’noda byudjet siyosati

-bu byudjetni

shakllantirish va ijro etish siyosatidir.

Byudjet siyosatning dastlabki mezoni, dominant va asosiy vektori moliyaviy-iqtisodiy

doktrinadir. 2025

2027-yillarga m

oʻljallangan byudjet

siyosatining asosiy yoʻnalishlari

quyidagilardan iborat:

1.

Byudjet barqarorligini

taʼminlash;

2.

Byudjet xarajatlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish;

3.

Byudjet kalendarini qayta koʻrib chiqish

orqali byudjet jarayonini takomillashtirish;

4.

Byudjet ochiqligini

taʼminlash;

5.

Byudjet jarayonini raqamlashtirish ishlarini davom ettirish;

6.

Gʻaznachilik xizmatini

yanada takomillashtirish;

7.

Byudjet siyosatida inson kapitali rivojlanishiga doir xarajatlar ustuvorligini

taʼminlash;

8.

Aholi turmush darajasini oshirish, fuqarolarning real daromadlari oʻsishini

taʼminlash va ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish

;

9.

Byudjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini yanada oshirish;

10.

Davlat sektorida ichki nazorat va ichki audit xizmatini takomillashtirish;

11.

Iqtisodiy va moliyaviy natijalarni hamda gender tenglikni yaxshilashni qoʻllab

-

quvvatlash uchun byudjet jarayonini takomillashtirish;

12.

Investitsiya dasturlarini shakllantirish va ijro etish tizimini yanada takomillashtirish

(Byudjetnoma,2025).

Byudjet siyosatining amalda ijrosini ta’minlash davlat byudjet tizimi orqali amalga

oshiradigan strategik va taktik chora-tadbirlar majmuidan iborat. Byudjet siyosati ijtimoiy-

iqtisodiy kategoriya sifatida YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy tovarlar va

xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish

jarayonida insonla

r oʻrtasidagi ijtimoiy

-iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi.

Davlat yoki mintaqaning byudjet siyosatini talqin qilish borasida ilmiy adabiyotlarda

boshqa yondashuvlar ham keltirib oʻtiladi. Bu mamlakatning ijtimoiy

-iqtisodiy rivojlanishiga

erishishda mazk

ur siyosatning turlicha ta’sir qilishi va murakkabligidan dalolat beradi. Davlat

byudjet siyosatining asosiy xususiyatlari va olimlar tomonidan ushbu ta’rifning turli xil

talqinlarini hisobga olgan holda, byudjet siyosatining mohiyatini aniqlashda quyidagi

yondashuvni shakllantirish mumkin. Byudjet siyosatini davlat va mahalliy davlat hokimiyati

organlarining oʻzaro bogʻliq maqsad va vazifalari bilan belgilanuvchi, muayyan tamoyillarni

hisobga olgan holda turli funktsiyalarni bajaruvchi, davlat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

115

rivojlantirishga qaratilgan maxsus vositalardan foydalangan holda byudjet munosabatlari

sohasidagi iqtisodiy va ma’muriy chora

-

tadbirlar majmui sifatida koʻrib chiqilishi mumkin.

Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, davlat moliyasidan f

oydalanishda eng yuqori

samaradorlikka byudjet siyosati maqsadlari va iqtisodiy rivojlanish vazifalari birligini

ta’minlash, siyosiy tizimni takomillashtirish, fuqarolarning moddiy farovonligi, ularning
ma’naviy darajasini oshirish orqali erishiladi. Iqtisodiy oʻsishni ta’minlamasdan, byudjet

siyosatining barcha muhim vazifalarini samarali hal qilib boʻlmaydi.

Byudjet siyosatining toʻlaqonli amalga oshirilishi davlat va ma’muriy

-hududiy

birliklarning iqtisodiy faoliyatini ragʻbatlantiradi, byudjetni oqilon

a rejalashtirishga,

shuningdek moliyaviy resurslarni samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanishga

yordam beradi.

YaIMni milliy iqtisodiyot tarmoqlari, aholining ijtimoiy guruhlari va hududlar oʻrtasida

taqsimlash va mamlakatning barqaror ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash davlat

darajasida byudjet siyosatining strategik maqsadi sifatida belgilanishi mumkin.

YaIMni mamlakat miqyosida taqsimlash jarayoni davlat, uning iqtisodiy tizimini

mustahkamlash, aholi turmush darajas

ini yaxshilashga qaratilgan boʻlishi va umuman jamiyat

ehtiyojlari, shuningdek jamiyat har bir a’zosining individual ehtiyojlarini qondirishga
yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.

O’z ilmiy izlanishlarida byudjet siyosatining jamiyat ijtimoiy

-iqtisodiy rivojiga

ta’siri

muammolarini yoritgan yetakchi mahalliy va xorijiy olimlarning asarlarini oʻrganish byudjet

siyosatini amalga oshirish jarayonida belgilangan maqsadga erishish borasida quyidagi asosiy

tamoyillarga rioya qilish lozimligini koʻrsatadi:

1. Ilmiy asoslanganlik tamoyili, mazkur tamoyil zamonaviy byudjet siyosati ilmiy

asoslangan va tasdiqlangan boʻlishin anglatadi, shu bilan bir qatorda, oʻrta va uzoq muddatda

byudjet siyosati yoʻnalishlarida uning asosiy maqsad va vazifalari, iqtisodiyot, moliya va

j

amiyatda yuz beruvchi ob’ektiv jarayonlarni haqqoniy aks ettirilishi lozimligini koʻzda tutadi.

2. Maqsadga yoʻnaltirilganlik tamoyili byudjet dasturlarini toʻliq va samarali

moliyalashtirishga byudjet siyosatining qay darajada maqsadga muvofiqligini koʻr

satadi.

3. Shaffoflik va ochiqlik tamoyili byudjet siyosatini amalga oshirish jarayoni barchaga

tushunarli va ochiq ekanligini anglatadi.

4. Izchillik tamoyili byudjet siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish

kontseptsiyasining bir-

birini toʻldiri

shini anglatadi.

5. Samaradorlik tamoyili byudjet xarajatlari sarfini kamaytirish asnosila yuqori maqsadli

natijaga erishishni koʻzda tutadi.

Tegishli tamoyillarga rioya qilish byudjet siyosati funktsiyalarini toʻliq amalga oshirishga

imkon beradi. Quyida (1-rasm)

ularning ba’zilarini keltirib oʻtamiz:

moliyaviy resurslarning maqbul taqsimlanishini ta’min etuvchi taqsimlash funktsiyasi;

iqtisodiy faoliyatni samarali tartibga solish va mavjud resurslardan unumli foydalanish

yoʻnalishi boʻyicha jarayonlar va munosabatlarni tartibga solishni koʻzda tutuvchi

muvofiqlashtirish funktsiyasi;

byudjet mablagʻlarining samarasiz va nooʻrin sarflani

shini bartaraf etishdan iborat

boʻlgan nazorat funktsiyasi;

ijtimoiy-

iqtisodiy oʻsish omillarini amalga oshirishni maqsadli ragʻbatlantirishni

ta’minlashdan iborat ragʻbatlantiruvchi funktsiya;

byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda salbiy tendentsiyalar

paydo boʻlishining oldini olishni koʻzda tutuvchi tezkor chora koʻrish funktsiyasi;

davlat va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyalashtirishda manfaatdor

tomonlargda ragʻbat uygʻotuvchi motivatsiyalash funktsiyasi

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

116

1-rasm. Byudjet siyosati funktsiyalari

Manba:

muallif ishlanmasi.

Davlat byudjet siyosatining asosiy vazifasi muvozanatli byudjetni ta’minlashdir. Byudjet

nomutanosibligi ikki shaklda namoyon boʻladi: defitsit (xarajatlarning daromaddan ortiqligi)

va profitsit (daromadning xarajatlardan ortiqligi). Ushbu muammoni hal qil

ish yoʻnalishi

boʻyicha byudjet siyosatini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari davlat byudjeti

daromadlari, xarajatlari va taqchilligi (profitsiti) ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi

koʻrsatkich bilan tavsiflanadi.

Bugungi kunda dunyoning aksar

iyat mamlakatlarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham

byudjet taqchilligi saqlanib qolmoqda. Odatda YaIMga nisbatan 3-

4 foiz atrofida boʻlgan

taqchillik maqbul sanaladi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir koʻrsatmaydi. Ammo aksariyat

hollarda byudjet ta

qchilligi bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi va bu oʻz navbatida

uni kamaytirish choralarini koʻrishni talab qiladi.

2-rasmda 2012-

2023 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda davlat byudjeti taqchilligining

oʻzgarish dinamikasi keltirib oʻtilgan. Ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, 2018 yildan boshlab

davlat byudjeti taqchilligi yaqqol kuzatila boshlagan, bu Oʻzbekistonda davlat byudjetidan

ijtimoiy sohaga ajratilayotgan xarajatlar ulushining keskin oshish bilan izohlanadi.Shundan

kelib chiqqan holda,

Oʻzbekistonning fiskal siyosati fiskal barqarorlikni taʼminlash va barqaror

iqtisodiy oʻsishni qoʻllab

-

quvvatlashga qaratilgan boʻlib, asosiy maqsadlaridan biri

konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini YIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslikdir. Bu, oʻz

navbatida, fiskal barqarorlikni saqlab qolish va davlat qarzi yukini kamaytirishga zamin
yaratadi. Shu bilan birga, soliqqa tortish, bojxona va byudjet siyosatini JST talablari bilan

uygʻunlashtirish

muhim

qadam

boʻlib,

Oʻzbekistonning

xalqaro

iqtisodiyotga

integratsiyalashuviga yordam beradi.

byudjet

siyosati

funksiyalari

taqsimlash

motivatsi-

yalash

ra

g‘

batlan-

tirish

nazorat

muvofiq-

lashtirish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

117

2-rasm.

Oʻzbekistonda davlat byudjeti taqchilligining oʻzgarish dinamikasi, YaIMga

nisbatan %da

16

Byudjet taqchilligining mavjudligini har doim ham salbiy hodisa sifatida qabul qilish

maqbul emas. Hozirda dunyoning aksariyat mamlakatlarida byudjet taqchilligi kuzatiladi. Agar
davlat yillik byudjetni defitsitsiz qabul qilishga intilsa, kelajakda bu muhim xarajatlar

kamayishi va soliq tushumlari koʻpayishi tufayli iqtisodiyotning tsiklik tebranishlarini

kuchaytiradi. Shuning uchun kelgusi yil uchun davlat byudjetini rejalashtirishda mamlakat

oldida turgan dolzarb vazifalar hamda uning uzoq muddatli ustuvorliklari ham hisobga olinishi
talab etiladi.

Byudjet taqchilligini bartaraf etish yoʻnalishlari davlatning

umumiy byudjet siyosatidan

kelib chiqib belgilanadi. Nazariy jihatdan byudjet taqchilligini bartaraf etishning quyidagi

asosiy yoʻnalishlarini ajratib koʻrsatish mumkin:

byudjetning daromad qismini koʻpaytirish

-

mazkur yoʻnalish ishlab

chiqaruvchilarni

ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning hajmini oshirishga undaydigan soliq siyosatini amalga

oshirish bilan bogʻliq boʻlib, byudjet resurslarini toʻldirishning asosiy manbai

- milliy

daromadni oshirishning zaruriy sharti boʻlmogʻi lozim. Buning natijasi oʻlaroq, byudjet
mablagʻlari hisobiga ishlab chiqarish hajmi va byudjet mablagʻlari koʻpayishi lozim;

byudjetning xarajatlar qismini qisqartirish - byudjet tizimining iqtisodiy rivojlanish

xarajatlarini kamaytirish, ishlab chiqarish investitsiyalarida davlat ishtirokini kamaytirish

(milliy infratuzilmaning ayrim ob’ektlari, sanoat ishlab chiqarishi tarkibidagi ustuvor

yoʻnalishlar, ekologik loyihalar va boshqalar bundan mustasno), boshqaruv va harbiy
xarajatlarni kamaytirish bilan bogʻliq yoʻnalish;

byudjet xarajatlari tuzilmasini oʻzgartirish

- iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish,

byudjet mablagʻlarini investitsiya qilish yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish va ularni mamlakat

iqtisodiyoti oʻsishini ta’minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirishga yoʻnaltirish, davlat iqtisodiy
ustuvorliklarini qayta koʻrib chiqish va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlmagan davlat

dasturlarini moliyalashtirishni qisqartirish;

ichki va tashqi qarz manbalaridan foydalanish- tarkib topgan taqchilligini

mo

liyalashtirish manbalarini izlash bilan bogʻliq yoʻnalishdir.

16

https://tradingeconomics.com/uzbekistan/government-budget

0,1

0,2

1

-0,1

0,1

0,7

-2,1

-3,9

-4,4

-6

-4

-3

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

118

3-rasm.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi dinamikas

i

17

Davlat qarzlari va kreditlaridan keng foydalanish davlat qarzining tez oʻsishiga olib keladi,

bu esa davlat qarzlarini boshqarish tizimini tashkil qilishga alohida yondashuvni talab qiladi.

Davlat qarzini boshqarish qarz kapitali bozoridagi vaziyatni oʻrganish, yangi qarz olish va

berish shartlarini ishlab chiqish, ilgari olingan qarzlar boʻyicha foizlarni toʻ

lash, qarzni

konvertatsiya va konsolidatsiya qilish, pul bozorida obligatsiyalarning almashinuv kursini

aniqlash, pul mablagʻlarini toʻlash va davlat kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini aniqlash

choralari bilan bogʻliq hukumatning chora

-tadbirlar majmuini ifoda etadi.

Soʻnggi yillarda davlat qarzini moʻtadil darajada saqlash va samarali boshqarish

yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan:

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Qonunida Davlat qarzining eng

yuqori

miqdori YIMning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshishiga yoʻl

qoʻyilmasligi belgilandi. Bunda, Davlat qarzining miqdori YIMga nisbatan 50 foizga yetgan

taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qarziga belgilangan

meʼyorlardan oshmasligini taʼminlovchi chora

-

tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining palatalariga kiritadi;

2020-yildan boshlab yangi jalb qilinadigan davlat qarzi miqdorlarini qonuniy

chegaralash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi;

Davlat qarzi portfelini diversifikatsiya qilish va valyuta xatarlarini boshqarish

maqsadida milliy valyutada qarz jalb qilish hamda ichki moliya bozorlarini rivojlantirish

choralari koʻrilmoqda.

Xususan, yillik davlat gʻaznachiligi obligatsiyalarini joylashtirish hajmi 2018

- yildagi 597

mlrd soʻmdan 2023

-

yilda 25 trln soʻmga yetkazildi, obligatsiyalarning muomala davri

10

yilgacha uzaytirildi. Shuningdek, 2020

2024-

yillarda 11,8 trln soʻmlik milliy valyutadagi

suveren xalqaro obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi.

Oʻrta muddatli istiqbol uchun makroiqtisodiy prognozlar, tarmoqlarni rivojlantirish

dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga asoslangan koʻp ssenariyli

tahlillarga koʻra, 2024

-yil yakunida davlat qarzi YIMga nisbatan 35,5 foiz, 2025

2027-yillarda

36,7-

37 foiz oraligʻida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

Davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash va samarali boshqarish boʻyicha talab etiladi:

17

https://api.mf.uz/media/filestore/Fiskal_strategiya_2025-2027_0LbiYzu.pdf

7,6

9,9

15,7

21,1

23,6

25,9

29,6

30,9

4

5

3,1

2,3

2,7

3,3

5,3

6,1

16,7

25,4

26,5

35,2

34

32,4

34,4

33,2

10,9

16,8

23,3

31,8

30,5

28,8

29,2

27,7

0

5

10

15

20

25

30

35

40

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

2024 yil 1-

iyul

davlat tashqi qarzi (mlrd. AQSH doll.)

davlat ichki qarzi (mlrd. AQSH doll.)

davlat qarzi YAIMga nisbatan, foizda)

davlat tashqi qarzi YaIMga nisbatan, foizda


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

119

davlat qarzini toʻlashning oʻrtacha muddatini uzaytirish (masalan, oʻrta va uzoq

muddatli davlat qimmatli qogʻozlari chiqarishni koʻpaytirish), shuningdek, davlat qarzini

manbalar boʻyicha diversifikatsiya qilish;

davlat gʻaznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni keng jalb qilish

jarayonini jadallashtirish;

davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xatarlarning oldini olish, ularni

bartaraf etish yoki kamaytirish yuzasidan qatʼiy choralar koʻrish;

davlat

qarziga oid maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash.

4-rasm. Davlat byudjeti xarajatlari bilan YaIMning

sish sur

atlari

rtasidagi bog

ʻ

liqlik

Manba:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

ma’lumotlari

asosida tuzilgan.

Ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyotga xarajatlar bilan mamlakat YaIM

o

ʻ

rtasida to

ʻ

g

ʻ

ri

bog’liqlik mavjud. Milliy iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan davlat byudjeti xarajatlarining oʻsishi

YaIMning oʻsishiga olib keladi va aksincha xarajatlarning qisqarishi Ya

IMning ham qisqarishiga

sabab boʻladi. 2027 yilgacha boʻlgan muddatda davlat byudjeti xarajatlarining 2022 yilga

nisbatan qariyb 2 baravar, davlat byudjetidan iqtisodiyot soha tarmoqlarini rivojlantirishga

xarajatlar 1,2 baravar, ijtimoiy soha xarajatlarin

ing 1,6 baravar oʻsishining prognoz qilinishi

2030 yilgacha boʻlgan muddatda YaIMning maqsadli koʻrsatkichi, ya’ni 160

-200 mlrd. AQSh

dollariga y

etkazish amalda mumkin ekanligini koʻrsatadi (4

-rasm).

Shu tariqa, iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida byudjet siyosati davlatning

iqtisodiy jarayonlarga ta’sir koʻrsatishining samarali vositalaridan biri boʻlib qoladi.

Xulosa va takliflar

.

Jamiyatning ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotiga byudjet siyosatining ta’sirini oʻrganish

asosida mazkur maqola doirasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:

1.

sib borayotgan davlat qarzi va davlat byudjeti taqchilligi sharoitida byudjet

intizomini mustahkamlash va shu bilan bir qatorda, davlat qarzini boshqarishning jahon

tajribasidan kelib chiqqan holda, davlat qarzini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy
etish talab etiladi.

2.

Byudjet taqchilligini qoplash maqsadida chetdan jalb qilinayotgan mablag’lar

miqdorini bosqichma-bosqich qisqartirish amaliyotini joriy qilish talab etiladi, zero

tashqaridan jalb qil

inayotgan mablag’lar miqdorining ortishi oʻrta muddatli istiqbolda

eksportning qimmatlashishi va importning arzonlashishiga olib keladi, tabiiyki bunday vaziyat

mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.

237

281

318

345

396

454

137

143

154

178

197

225

37

39

40

39

44

46

0

50

100

150

200

250

300

350

400

450

500

5,85

5,9

5,95

6

6,05

6,1

6,15

6,2

6,25

6,3

6,35

2022

2023

2024

2025

2026

2027

davlat byudjeti xarajatlari,trln.so‘m

ijtimoiy soha xarajatlari,trln.so‘m

iqtisodiyot xarajatlari,trln.so‘m

YaIMning o‘sish sur'atlari,%


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

120

3.

Qarz

yukining muttasil oʻsib borishi kelgusida biznesga soliq yukining ortishiga olib

kelishi va ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchilarning norasmiy sektorga oʻtib ketishlariga

zamin yaratishi mumkin.

4.

Iqtisodiyotga byudjet siyosatining ta’sirini oshirish,

uning rag’batlantiruvchi

funktsiyasining oʻrnini mustaxkamlash maqsadida natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish
amaliyotiga tezkor oʻtish, iqtisodiyotda davlat sektori ulushini qisqartirish talab etiladi.

5.

Iqtisodiyotda sog’lom raqobat muhitini yaratish

, korxona va tashkilotlarga teng

imkoniyatlar berish maqsadida asossiz imtiyoz va engilliklar berish amaliyotidan butkul voz

kechish talab etiladi.

6.

Byudjet siyosati samaradorligiga erishish maqsadida soliq ma’murchiligini

takomillashtirish, xususiy mulk da

xlsizligini yanada qat’iylashtirish, davlat boshqaruvi

xarajatlarini qisqartirish, moliya organlarining ta’sirchanligini oshirish talab etiladi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Malikov T. S., Olimjonov O. (2018) Moliya //O'quv qoʻllanma.

Toshkent: Iqtisod-moliya.

Maxmud o‘g‘li M. M. et al. (2023) Бюджет

солиқ

сиёсати

орқали

мамлакат

иқтисодиётини

ривожлантиришнинг

аҳамияти

//Journal of innovations in scientific and

educational research.

Т

. 6.

№. 9. –

С

. 49-54.

Абдувохидов А., Тошбоев Б. (2023) Импорт ўрнини босувчи саноат сиёсатининг

халқаро тажрибаси ва ундан Ўзбекистон шароитида фойдаланиш йўллари //Iqtisodiy

taraqqiyot va tahlil.

Т. 1. –

№. 4. –

С. 81

-92.

Абдувохидов, А., Кадырова, Д., & Обилов, М. (2023). Пути совершенстования доходной

базы

местных бюджетов в Узбекистане.

Экономическое развитие и анализ,

1(1), 4

12.

извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44627

Асатуллаев Х. С. (2019) Иқтисодий фаолликка йўналтирилган давлат фискал

сиёсати //Мамлакат иқтисодий хавфсизлигини таъминлашнинг устувор йўналишлари.–

С. 4

-4.

Баратов С. (2023) Ўзбекистонда камбағалликни қисқартиришда бюджет сиёсати

таҳлили //Iqtisodiyot va taʼlim.–

Т. 24. –

№. 3. –

С. 320

-327.

Жузбаев А., Қудияров К.

(2017)

Бюджет

-

солиқ сиёсати иқтисодиёт ривожининг

асоси //Вестник Каракалпакского государственного университета имени Бердаха.–

Т. 34.

№. 1. –

С. 29

-31.

Маликов Т. С. (2019) Бюджет

-

солиқ сиёсати. Дарслик //Т.:

Iqtisod-moliya.

Т. 404.

Маликов Т. С., Жалилов П. Т. (2011) Бюджет

-

солиқ сиёсати //Тошкент: Академнашр.

Тўраев Ш. Ш. (2023) Ўзбекистон Республикаси бюджет

-

солиқ сиёсатининг устувор

йўналишлари //Innovations in Technology and Science Education.–

Т. 2. –

№. 6. –

С. 25

-33.

Хазраткулова Л.

(2023)

Современное состояние и проблемы системы

межбюджетных отношений в республике узбекистан //Economics and Innovative

Technologies.

Т. 11. –

№. 6. –

С. 129

-142.

Чугунов, Игорь и Макогон, Валентина и Пасичный, Николай и Никитишин, Андрей и

Адаменко, Ирина и Крикун, Татьяна и Канева, Татьяна и Козарезенко, Людмила и Собчук,

Сергей

(2018)

,

Бюджетная

политика

социального

развития

doi:

https://doi.org/10.21303/978-9949-7316-1-

9,

доступно

в

SSRN:

https://ssrn.com/abstract=3754781

https://api.mf.uz/media/filestore/Fiskal_strategiya_2025-2027_0LbiYzu.pdf

https://tradingeconomics.com/uzbekistan/government-budget

Библиографические ссылки

Malikov T. S., Olimjonov O. (2018) Moliya //O'quv qoʻllanma. Toshkent: Iqtisod-moliya.

Maxmud o‘g‘li M. M. et al. (2023) Бюджет солиқ сиёсати орқали мамлакат иқтисодиётини ривожлантиришнинг аҳамияти //Journal of innovations in scientific and educational research. – Т. 6. – №. 9. – С. 49-54.

Абдувохидов А., Тошбоев Б. (2023) Импорт ўрнини босувчи саноат сиёсатининг халқаро тажрибаси ва ундан Ўзбекистон шароитида фойдаланиш йўллари //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil.– Т. 1. – №. 4. – С. 81-92.

Абдувохидов, А., Кадырова, Д., & Обилов, М. (2023). Пути совершенстования доходной базы местных бюджетов в Узбекистане. Экономическое развитие и анализ, 1(1), 4–12. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/44627

Асатуллаев Х. С. (2019) Иқтисодий фаолликка йўналтирилган давлат фискал сиёсати //Мамлакат иқтисодий хавфсизлигини таъминлашнинг устувор йўналишлари.– С. 4-4.

Баратов С. (2023) Ўзбекистонда камбағалликни қисқартиришда бюджет сиёсати таҳлили //Iqtisodiyot va taʼlim.– Т. 24. – №. 3. – С. 320-327.

Жузбаев А., Қудияров К. (2017) Бюджет-солиқ сиёсати иқтисодиёт ривожининг асоси //Вестник Каракалпакского государственного университета имени Бердаха.– Т. 34. – №. 1. – С. 29-31.

Маликов Т. С. (2019) Бюджет-солиқ сиёсати. Дарслик //Т.: Iqtisod-moliya. – Т. 404.

Маликов Т. С., Жалилов П. Т. (2011) Бюджет-солиқ сиёсати //Тошкент: Академнашр.

Тўраев Ш. Ш. (2023) Ўзбекистон Республикаси бюджет-солиқ сиёсатининг устувор йўналишлари //Innovations in Technology and Science Education.– Т. 2. – №. 6. – С. 25-33.

Хазраткулова Л. (2023) Современное состояние и проблемы системы межбюджетных отношений в республике узбекистан //Economics and Innovative Technologies.– Т. 11. – №. 6. – С. 129-142.

Чугунов, Игорь и Макогон, Валентина и Пасичный, Николай и Никитишин, Андрей и Адаменко, Ирина и Крикун, Татьяна и Канева, Татьяна и Козарезенко, Людмила и Собчук, Сергей (2018), Бюджетная политика социального развития doi: https://doi.org/10.21303/978-9949-7316-1-9, доступно в SSRN: https://ssrn.com/abstract=3754781