Авторы

  • Акмаль Абдувохидов
    Гулистанский государственный университет
  • Дилафруз Кадырова
    Гулистанский государственный университет
  • Миркомил Обилов
    Гулистанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.44461

Ключевые слова:

национальная экономика бюджетная политика местный бюджет доходы бюджета расходы бюджета налоговое администрирование доходная база межбюджетные трансферты драйверы роста точки роста уровень жизни населения

Аннотация

Социально-экономическое устойчивое развитие регионов, сокращение различий между регионами, укрепление доходной базы местных бюджетов является одним из важных направлений государственной экономической политики, реализуемой сегодня в Узбекистане. В частности, в Стратегии развития определение задачи увеличения экономики регионов в 1,6 раза в ближайшем будущем, такая постановка задачи требует глубокого анализа возможностей развития регионов. Исходя из этого, в данной статье анализируются пути укрепления доходной базы местных бюджетов.


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

4







O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY BYUDJETLARNING DAROMADLAR BAZASINI

TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Abduvoxidov Akmal Abdulazizovich

Guliston davlat universiteti

Qodirova Dilafro‘z Olimovna

Guliston davlat universiteti

Obilov Mirkomil Rashidovich

Guliston davlat universiteti

Annotatsiya.

Hududlarni ijtimoiy-

iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi

tafovutlarni qisqartirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash bugungi kunda

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri

hisoblanadi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasida ham hududlar iqtisodiyotini yaqin istiqbolda 1,6 baravar
oshirish vazifasining belgilab berilishi hududlarni rivojlantirish imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishni talab

qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada mahalliy byudjetlarning daromad bazasini

mustahkamlash yo‘llari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyot, byudjet siyosati, mahalliy byudjet, byudjet daromadlari, byudjet

xarajatlari, soliq ma’murchiligi, daromadlar bazasi, byudjetlararo transfertlar, o‘sish drayverlari, o‘sish

nuqtalari, aholi turmush darajasi.



ПУТИ СОВЕРШЕНСТОВАНИЯ ДОХОДНОЙ БАЗЫ МЕСТНЫХ

БЮДЖЕТОВ В УЗБЕКИСТАНЕ

Абдувохидов Акмаль Абдулазизович

Гулистанский государственный университет

Кадырова Дилафруз Олимовна

Гулистанский государственный университет

Обилов Миркомил Рашидович

Гулистанский государственный университет

Аннотация.

Социально

-

экономическое устойчивое развитие регионов, сокращение

различий между регионами, укрепление доходной базы местных бюджетов является одним из
важных направлений государственной экономической политики, реализуемой сегодня в
Узбекистане. В частности, в Стратегии развития определение задачи увеличения экономики
регионов в 1,6 раза в ближайшем будущем, такая постановка задачи требует глубокого анализа
возможностей развития регионов. Исходя из этого, в данной статье анализируются пути
укрепления доходной базы местных бюджетов.

Ключевые слова:

национальная экономика, бюджетная политика, местный бюджет,

доходы бюджета, расходы бюджета, налоговое администрирование, доходная база,
межбюджетные трансферты, драйверы роста, точки роста, уровень жизни населения.



www.e-itt.uz

4-12 sahifalar


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

5

WAYS TO IMPROVE THE REVENUE BASE OF LOCAL BUDGETS IN UZBEKISTAN

Abduvokhidov Akmal Abdulazizovich

Gulistan State University

Kadyrova Dilafruz Olimovna

Gulistan State University

Obilov Mirkomil Rashidovich

Gulistan State University

Annotation.

Socio-economic sustainable development of regions, reduction of differences between

regions, strengthening of the revenue base of local budgets is one of the important directions of the state
economic policy implemented in Uzbekistan today. In particular, the Development Strategy defines the task
of increasing the economy of the regions by 1.6 times in the near future, such a statement of the task
requires a deep analysis of the development opportunities of the regions. Based on this, this article analyzes
ways to strengthen the revenue base of local budgets.

Keywords:

national economy, budget policy, local budget, budget revenues, budget expenditures, tax

administration, revenue base, inter-budget transfers, growth drivers, growth points, standard of living of
the population.

Kirish.

Yetakchi mamlakatlarda byu

djet siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida byudjet xarajatlarining

optimallashtirilishi, manzilliligi va natijaga erishilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Byudjet

xarajatlarining manzilliligini ta’minlash orqali natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtir

ish amaliyotini joriy

etishga erishish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada, o‘rta muddatli byudjetlashtirish omili
asosiy usullardan biri ekanligi ko‘plab davlatlar tajribasidan ma’lum bo‘lmoqda.

2022-2026-

yillarga

mo‘ljallangan

Yangi

O‘zbekistonning

T

araqqiyot

strategiyasida

makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiya darajasini 2023

-yilgacha bosqichma-bosqich 5

foizgacha pasaytirish; byudjet taqchilligini qisqartirish va 2023 yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan

uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash; har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini “

Fuqarolar

byudjeti

dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni

tashkil qilish; davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard

AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash kabi ustuvor vazifalarni

ng belgilab berilishi byudjet

sohasida tizimli islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi (Farmon, 2022). Xuddi shu kabi, 2023-2025-

yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyada ham kelgusi o‘rta muddatli davrda fiskal siyosat tashqi

ijtimoiy-siyosiy va iqti

sodiy vaziyatning O‘zbekistonga ta’sirini yumshatishga, makroiqtisodiy va fiskal

barqarorlikni ta’minlashga, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy
qo‘llab

-

quvvatlash, uzoq muddatli inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Bugungi kunda byudjet tizimida mahalliy byudjetlarning o‘rnini kengaytirish, ularning daromad

bazasini oshirish yo‘llari mamlakatimiz iqtisodchilari tomonidan keng o‘rganilmoqda. Xususan,

Burxanov (

2020)

mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlashda mahalliy soliqlarni

biriktirish amaliyotini kuchaytirish lozimligini, shu bilan bir qatorda QQS stavkasini bosqichma-bosqich

pasaytirib borish amaliyotini qo‘llashni taklif qiladi.

Meyliyev (2021) mahalliy byudjetlarning daromad

bazasini oshirishda mahalliy davlat boshqaruvi idoralarining tashabbuskorligini qo‘llab

-quvvatlash

lozimligini ta’kidlaydi.

Xayriddinov (2011)

har bir mahalliy ma’muriy hududdagi soliq tizimi tomonidan

undirilishi lozim

bo‘lgan umumdavlat soliqlari bo‘yicha soliq summalarining ma’lum bir qismini bevosita mahalliy
byudjetlarning ixtiyorlariga biriktirilgan daromadlar ko‘rinishida qat’iy hissada va doimiy asosda
qoldirilishi oldindan belgilanib qo‘yilishi kerakligini ta’kidlaydi. Bunda asosiy urg‘u daromadlarni
byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida qayta taqsimlashning asosiy kombinatsion variantlaridan biri bo‘lgan
me’yoriy ajratmalar tizimini takomillashtirishga qaratilmoqda. Shuningdek, muallif bozor

iqtisodiyotining talablaridan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar daromad bazalari barqarorligini

ta’minlashda ularning biriktirilgan daromadlariga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.

Islamqulov (2016) respublikamizda davlat byudjeti daromadlari barqarorligi, turli darajadagi

byudjet daromadlari mutanosibligini ta’minlash maqsadida markaziy va mahalliy davlat


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

6

hokimiyatlarining moliya-byudjet, byudjet-soliq sohalarida vakolatlarini aniq belgilab olish lozimligini

ta’kidlaydi. Bunda muallif byudjet tizimining bo‘g‘inlari o‘rtasida daromad vakolatlari va xarajat
majburiyatlarini optimal taqsimlash tizimini mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash gorizontida

amalga oshirishni ilgari suradi.

Usmonov (2014) esa byudjet daromadlarini reja

lashtirishning ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib,

hozirgi kunda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar bazasini etarli va sifatli
darajada shakllantirish hamda bu boradagi huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va byudjet

daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usuli, muddati hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq

ko‘rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish lozimligini ilgari suradi.

Toshmatov (2017)

, mahalliy byudjetga soliq tushumlarini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator

tadbirlarni keltirib, unda soliqlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash tizimini mahalliy
hokimiyatlarning soliq tushumlarini maksimallashtirishdan manfaatdorligini ta’minlash kontekstida
takomillashtirish bo‘yicha fikr mulohazalarni berib o‘tadi. Shuningdek, hududiy soliq salohiyatni

baholash va mahalliy soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish zarurligini ilgari suradi.

Yuqorida tilga olib o‘tilgan iqtisodchilar tomonidan mahalliy byudjetlarning mustaqilligini

soliqlarni biriktiri

sh orqali oshirish oshirish yo‘llari o‘rganilgan bo‘lsada, hududlarning iqtisodiy

rivojiga turtki bo‘luvchi omillar etarlicha o‘rganilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotning metodologik asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida

byudjetlararo munosbatlarni

tartibga solish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini ko‘paytirish yo‘nalishlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy xujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

fundamental asarlari xizmat qiladi.

Ilmiy izlanish jarayonida tadqiqot olib borishning guruhlash, tizimli qiyosiy taxlil va tizimli

yondashuv, korrelyatsion, regression, ekspert va taqqoslama tahlil, bashoratlash, ma’lumotlarga

statistik ishlov berish, guruhlash va shu kabi zamonaviy usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

2020-

yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy

kengashlarining

byudjet

sohasidagi

vakolatlarini

kengaytirish,

byudjet

mablag‘larini

taqsimlovchilarning mas’uliyat

ini yanada oshirish, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish va

mablag‘laridan foydalanishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini ta’minlashga

qaratilgan yangi byudjet tizimi joriy etildi. I

lk bor, “2020

-

yil uchun O‘zbekiston Respu

blikasining Davlat

byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan mahalliy byudjetlar xarajatlari xalq
deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga bevosita

bog‘liq bo‘lgan hamda to‘liq

mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladigan daromad turlari kengaytirildi. Shu bilan bir qatorda,

Mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk

solig‘i va

yer soli

g‘ini yig‘ish ko‘rsatkichlarini oshirish orqali yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish

uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

26.12.2022-yildagi PQ-458-son

“M

ahalla byudjeti tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy

imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi

1

.

Mahallalar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-

mulk solig‘i va

yyer soli

g‘ini (keyingi

o‘rinlarda —

mol-mulk va yyer soli

g‘i) aholining soliq to‘lash savodxonligini oshirish orqali undirishga

ko‘maklashish va har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun 2023

-yil 1-yanvardan

boshlab, Respublikaning 14 ta hudu

dida “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy

etildi (1-jadval).

Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda, birinchi navbatda, mahalliy byudjet

daromadlarining shakllanish mexanizmi, mahalliy byudjet daromadlari tarkibi va ulushini tahlil qilish,

hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora

-

tadbirlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va murakkab masa

la bo‘lib

hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan

1

O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 26.12.2022 yildagi PQ-458-son

“M

ahalla byudjeti tizimini joriy etish orqali mahallalarning

moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” Qarori,

https://lex.uz/docs/6326672


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

7

oila va shaxslarni etarli darajada ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati

organlarining moliyaviy masalalarini to‘g‘ri hal

qila bilishga bog‘liqdir. Bunda mahalliy byudjetlarga

tushadigan soliq va yig‘imlarning turi, miqdorini belgilash alohida ahamiyat kasb etadi.

1-jadval

“Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilgan tumanlar

2

Т

/r

Hudud nomi

Tuman nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Beruniy

2.

Andijon viloyati

Andijon

3.

Buxoro viloyati

Olot

4.

Jizzax viloyati

Zomin

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi

6.

Navoiy viloyati

Karmana

7.

Namangan viloyati

Uychi

8.

Samarqand viloyati

Urgut

9.

Surxondaryo viloyati

Jarqo‘rg‘on

10.

Sirdaryo viloyati

Sayxunobod

11.

Toshkent viloyati

Bo‘ka

12.

Farg‘ona viloyati

Bag‘dod

13.

Xorazm viloyati

Bog‘ot

14.

Toshkent shahri

Uchtepa

Respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va

yig‘imlar bo‘yicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining
bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yo‘nalish qilib bel

gilanishi lozim.


1-rasm.

Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining o‘zgarish dinamikasi

3

(

mlrd, so‘m

)

Mahalliy byudjetlar daromadini oshirish, xarajat manbalarini izlab topish, ularning moliyaviy

imkoniyatlarini kengaytirib borish dolzarb masalalardan biridir. Mahalliy byudjetlarning daromad
bazasi hududlarda yaratilayotgan yalpi hududiy mahsulot darajasi, daromadlarning doimiy va bir

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2022

-yildagi PQ-458-son

“M

ahalla byudjeti tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy

imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” Qar

ori,

https://lex.uz/docs/6326672

3

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli yillar bo‘yicha ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan.

14464,7

20177

18536,9

29641,3

35133,9

27702,9

29774,8

43033,2

59946

19383,2

21410,1

23082,8

36045,7

52049,7

47190,8

40217,5

57148,7

79226,9

0

10000

20000

30000

40000

50000

60000

70000

80000

90000

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023*

(reja)

daromadlar

xarajatlar


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

8

maromda tushishi bilan bevosita bog‘liqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning ichki

zahiralari hududlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylarda iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi bila

n chambarchas bog‘liqdir. Mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini to‘g‘ri tashkil

etish har bir hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

2-jadval

2015-2023

yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida

mahalliy soliqlarning ahamiyati, (foizda)

4

Ko‘rsatkichlar

2015-

yil

2016-

yil

2017-

yil

2018-

yil

2019-

yil

2020-

yil

2021-

yil

2022-

yil

2023-

yil

Davlat maqsadli jamg‘armalar

daromadlarisiz-jami

100

100

100

100

100

100

100

100

100

Shundan

Mahalliy soliqlar jami;

11,3

11,9

11,5

7,2

4,2

3,2

3,9

4,0

4,3

Mol-

mulk solig‘i

3,8

4,0

4,3

3,3

2,1

1,5

1,5

2,4

1,8

Yyer solig‘i

2,1

2,4

2,2

1,9

2,1

1,8

2,4

1,6

2,5

Obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani

rivojlantirish

solig‘i

2,0

1,8

1,4

-

-

-

-

-

-

Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz

ishlatganlik uchun olinadigan
soliq

3,4

3,7

3,6

2,0

-

-

-

-

-


Tahlil etilayotgan yillarda mahalliy byudjetlar daromadlari mahalliy byudjetlar xarajatlariga

nisbatan doimiy ravishda kamni tashkil e

tmoqda. Ayniqsa so‘nggi yillarda ularning orasidagi tafovut

sezilarli ravishda farqlanganligini, ya’ni xarajatlarning keskin oshib

ketganligini ko‘rishimiz mumkin.

3- jadval

2022-2023-

yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlar

daromadlari va xarajatlarining o‘zgarishi dinamikasi (mlrd.so‘m)

5

Hududlar

2022-yil

Byudjet-

lararo

tartibga

soluvchi

transfertlar

2023-yil

Byudjetlararo

tartibga soluvchi

transfertlar

Daro-

madlar

Xara-
jatlar

Daro-

madlar

Xara-
jatlar

1

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

2356,2

3874,2

1518,0

2703,3

5375,8

2672,4

2

Andijon viloyati

3059,4

4741,6

1682,3

3802,7

6608,2

2805,5

3

Buxoro viloyati

2904,0

3346,3

442,3

3817,2

4463,1

645,9

4

Jizzax viloyati

1727,2

2551,8

824,6

2184,9

3469,3

1284,4

5

Qashqadaryo viloyati

3483,0

5534,3

2051,3

4561,2

8380,2

3819,0

6

Navoiy viloyati

2186,3

2186,3

-

2993,6

2993,6

-

7

Namangan viloyati

2903,2

4608,0

1704,8

3713,4

6613,4

2899,9

8

Samarqand viloyati

3955,8

963,8

1008,0

4958,8

7155,1

2196,3

9

Surxondaryo viloyati

2466,9

4453

1987,0

3042,3

6291,2

3248,9

10

Sirdaryo viloyati

1104,5

1777,7

673,2

1406,1

2492,3

1086,2

11

Toshkent viloyati

4378,9

4378,9

-

5866,2

5866,2

-

12

Farg‘ona viloyati

4242,5

5619,9

1377,4

5437,8

7618,8

2181,0

13

Xorazm viloyati

2220,6

3067,2

846,6

2719,2

4160,6

1441,4

14

Toshkent shahri

6044,7

6044,7

-

7739,3

7739,3

-

Jami

43033,2 57148,7

14115,6

59946,0 79226,9

24280,9

2020-yildan boshlab mahalliy byudjetni samarali shakllantirish va undan oqilona foydalanish

yuzasidan mahalliy hokimiyat va mahalliy kengashlarga bir qator vakolatlar berildi [10].

4

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli yillar bo‘yicha ma’lumotlari asosida ishlab chiq

ilgan

5

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli yillar bo‘yicha ma’lumotlari asosida ishlab chiq

ilgan.


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

9

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va

Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tegishli ravishda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy

byudjetlarida

n, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga

ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi

respublika byudjetidan, viloyatlar viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahri shahar byudjetidan
tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning

cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari, Toshkent s

hahri

shahar byudjeti, tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining prognozini ma’qullaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari,

tumanlar va shaharlar byudjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘

risida qarorlar qabul qiladi.

Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muhim tarkibiy qismini tashkil

etadi hamda mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko‘rsatishlarida muhim moliyaviy manba bo‘lib

hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-

ehtiyojlarni to‘laroq qondirishni hamda

davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarini bajarilishi bilan chambarchas

bog‘langan holda ijro

etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy byudjet

d

aromadlarini ko‘payishi va resurslarni tejamkorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi.

Mahalliy byudjetlar potentsialini mustahkamlash maqsadida qonuniy tarzda nafaqat mahalliy

soliq va to‘lovlarning tarkibini aniq belgilab qo‘yishi, balki respublika

ahamiyatidagi davlat soliqlarining

mahalliy byudjetlar daromadlaridagi ulushlari dinamikasini tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish
ham zarurdir.

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mol

-mulk va yyer soli

qlari mahalliy soliqlar sifatida e’tirof etiladi.

Tahlil etilayotgan yillarda mahalliy byudjetlarning daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlarning
ulushi yuqori emas.

Mahalliy soliqlarning ulushi tahlil etilayotgan yillarda o‘rtacha 8,2 foizni tashkil etib so‘nggi

yillarda kamayish tendentsiyasiga ega

bo‘lmoqda. Mol

-

mulk solig‘ining ulushi 2015

-yilda 3,8 foizni

tashkil etgan bo‘lsa 2020

-yilga kelib 1,5 foizni tashkil etgan va kamayish kuzatilgan.

2-rasm. Mahalliy byudjetlar daromadlari dinamikasi

6

Yyer soli

g‘ining ulushi 2015

-yilda 2,1

foizni tashkil etgan bo‘lsa 2020

-yilga kelib ham 1,8 foizni

tashkil etgan. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig‘i va benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soli

qning respublika

soliqlariga birlashtirilishi mahalliy byudjet daromadlarida mahalliy soliqlarning kamayishiga olib

kelgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, mahalliy byudjet daromadlarini faqat o‘z daromadlari ya’ni, mahalliy

soliqlar hisobiga shakllantirish imkoniyati kamaygan.

6

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli yillar bo‘yicha ma’lumotlari asosida ishlab chiq

ilgan.

0

2000

4000

6000

8000

10000

12000

14000

16000

18000

20000

2021 yil

2022 yil

2023 yil


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

10

Bizningcha, bugungi kunda mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini ta’minlash uchun

soliqqa oid qonunchilik asosida mahalliy soliqlar ro‘yxatini kengaytirish lozim.

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tahlil etilayotgan yill

arda ayrim hududlar mahalliy

byudjet daromadlari mahalliy byudjet xarajatlaridan kamni tashkil etmoqda. Bu esa o‘z navbatida,
mazkur hududlar mahalliy byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha moliyaviy

resurslarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. 2020-yilda mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari 2019-

yilga nisbatan kamaygan bo‘lsada, lekin yuqori byudjetdan moliyaviy yordam oluvchi hududlar soni

ortmoqda. Mahalliy byudjetlar mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiy imkoniyatidir. Mahalliy byudjet

daromadlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ushbu hudud aholisi farovonligi yuqori bo‘ladi.

Jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

07.06.2017-yildagi PF-5075-

son “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati

organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2017

-yildagi 445-

son “Mahalliy

byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zahiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-
tadbirl

ari to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida mahalliy

byudjetlarning daromad qismi birgina 2023-yilda 2022-

yilga nisbatan qariyb 17 trln. so‘mga ko‘p

bo‘lishi prognoz qilinmoqda

(2-rasm).

3-rasm. 2022-2023-

yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida

byudjetlararo tartibga soluvchi transfertlarning o‘zgarishi dinamikasi (mlrd.so‘m)

7

Shu bilan birga, mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlarining o‘sib borishi asnosida

byudjetlararo tartibga soluvchi transfertlarning ulushi ham tobora o‘sayotganligiga guvoh bo‘lamiz (

3-

rasm). 2021-

yilda byudjetlararo tartibga soluvchi transfertlar 10443,0 mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa,

bu ko‘rsatkich 2023

-

yilda 24280,9 mlrd. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda, yoki bu ko‘rsatkich 2021

-

yilga nisbatan qariyb 2,3 baravar o‘sgan.

Hududlar orasida faqatgina, uchta hudud Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida

byudjetlararo tartibga soluvchi transfertlardan foydalanilmaydi. Umuman olganda, mahalliy
byudjetlarning daromadlari bazasini mustahkamlash yaqin istiqbolda qolgan hududlarda ham
byudjetlararo tartibga soluvchi transfertlarni kamaytirishga xizmat qilishi, hududlarni donor
hududlarga aylantirishga xizmat qilishi lozim.

Biznin

g fikrimizcha, mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash mahalliy hokimiyat

organlarining tadbirkorlikni rivojlantirishga, xususan, kichik va o‘rta biznes sohasida manfaatdorligini
oshirishdan dalolat beradi, bunda davlatning ma’muriy

-hududiy birliklari moliyaviy holatini yaxshilash

va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z daromad bazasini rivojlantirish imkoniyati yuzaga
keladi. Shundan kelib chiqqan holda, birgina Sirdaryo viloyati misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, hududni

ijtimoiy-

iqtisodiy jihatdan har tomonlama rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 07.05.2022-yildagi 242-

son “2022

-2026-yillarda sirdaryo viloyati hududlarini

7

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli yillar bo‘yicha ma’lumotlari asosida ishlab chiq

ilgan.

0

500

1000

1500

2000

2500

3000

3500

4000

1518

1682,3

442,3

824,6

2051,3

0

1704,8

1008

1987

673,2

0

1377,4

846,6

0

2672,4

2805,5

645,9

1284,4

3819

0

2899,9

2196,3

3248,9

1086,2

0

2181

1441,4

0

2022 yil

2023 yil


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

11

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir

qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” Qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda Sirdaryo viloyatida

2022-2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,6 baravar, sanoat mahsulotlari hajmini 1,6

baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotl

ari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, xizmatlar hajmini 3,2 baravar

hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi

maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari

tasdiqlangan (Qaror, 2022). 2023-yilda Sirdaryo viloyatining Yalpi

hududiy mahsuloti 22,9 trln. so‘m atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgani holda, o‘sish ko‘rsatkichlari 2023

-

yilda sanoatda 109,1 %, qishloq xo‘jaligida 103,3% va xizmat ko‘rsatish sohasida 106,6% ni tashkil

qilishi rejalashtirilgan.

4-jadval

Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarining

“o‘sish nuqtalari” va “drayver” sohalari

(

Qaror, 2022

)

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar)larning

“o‘sish nuqtalari”

va

drayver sohalari

1. Sirdaryo viloyati Yengil sanoat, qurilish

materiallari ishlab chiqarish, yo‘l bo‘yi infratuzilmani

rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik, issiqxona, sholichilik, baliqchilik

2. Guliston shahar

Yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mehmonxona xizmati, tibbiy va

ta’lim xizmati, savdo, maishiy xizmatlar

3. Shirin shahar

Qurilish materiallari ishlab chiqarish, issiqxona xo‘jaligi

4. Yangier shahar

Yengil sanoat, mebel sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, tibbiy turizm

5. Boyovut tumani

Yengil

sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, chorvachilik, issiqxona xo‘jaligi,

sholichilik

6. Guliston tumani

Yengil sanoat, ekoturizm, issiqxona, chorvachilik

7.

Mirzaobod
tumani

Yengil sanoat, baliqchilik, anorchilik

8. Oqoltin tumani

Yengil sanoat, meva-sabzavotni qayta ishlash, yo

l bo

yi infratuzilmasini rivojlantirish,

poliz ekinlarini etishtirish

9. Sardoba tumani

Parrandachilik, chorvachilik, supurgi yetishtirish

10.

Sayxunobod
tumani

Yengil sanoat, oziq-

ovqat sanoati, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish,

chorvachilik, baliqchilik, issiqxona xo‘jaligi, sholichilik

11. Sirdaryo tumani Farmatseftika va kimyo sanoati, savdo logistika, chorvachilik, sholichilik

12. Xovos tumani

Qurilish materiallari ishlab chiqarish, uzumchilik, chorvachilik, poliz ekinlari va

sabzavot mahsulotlari yetishtirish


2022-2026-

yillarda Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga tushumlar jami 7055,5 mlrd. so‘m,

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha ajratiluvchi kredit mablag‘lari 2600 mlrd. so‘mni

tashkil qilishi rejalashtirilgan. Rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi hisobiga Sirdaryo

viloyatida ishsizlik darajasi va kambag‘allikka butunlay barham berish maqsad qilingan. Shu bilan bir

qatorda, 2022-

2026 yillarda “Fuqarolar byudjeti” doirasida 330 mlrd. so‘m mablag‘ sarflash yuqorida

tilga olib o‘tilgan Qarorda ko‘zda tutilgan.

2023-yilda v

iloyat byudjetining daromad qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

(51%), yuridik sha

xslardan olinadigan daromad solig‘i (13%), noruda qurilish materiallari uchun yer

qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (8%), jarimalar (7%), aksiz solig‘i (7%), davlat bojlari (6%), yuridik

shaxslar mol-

mulk solig‘i (4%) va boshqa daromadlar hisobidan shakl

lanadi.

2023-

yilda viloyat mahalliy byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘

miqdori 2 066,7 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Eng ko‘p mablag‘ oluvchi tashkilotlar –

s

og‘liqni saqlash

sohasi (40%), irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (

7%), Prezident ta’lim muassasalari (5%), “Obod

qishloq” va “Obod mahalla” dasturi va tashabbusli byudjet uchun (5%), Xalq ta’limi boshqarmasi (5%),

Sport (3%) va Madaniyat boshqamasi (1%) hisoblanadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Sirdary

o viloyati mahalliy byudjetida byudjetlararo

tartibga soluvchi transfertlar 2022 yilga nisbatan 2023 yilda qariyb 61,3 foizga o‘sgan. Bunday vaziyatni
tartibga solish uchun Sirdaryo viloyati hududlarining “o‘sish nuqtalari” va “drayver” sohalarini

aniqla

shtirish talab qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.05.2022

-yildagi 242-

son “2022

-2026-yillarda sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va

aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha

chora-

tadbirlar to‘g‘risida” Qarorida

Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarining “o‘sish nuqtalari” va “drayver” sohalari belgilab berilgan.


background image

www.e-itt.uz I SON. 2023

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

12

Hozirda byudjetlararo tartibga solish amaliyoti ayrim mahalliy byudjetlar daromadlarining asosiy

qismini shakllani

shini ta’minlamoqda. Boshqaruvchi daromadlarning bunday miqdorda bo‘lishi

mahalliy hokimiyat organlarining o‘z mas’uliyatlarini yuqori darajada his qilmaslikka olib keladi,
fikrimizcha, bu holat iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosatiga ko‘p ham mos kelaver

maydi.


Xulosa va takliflar.

Mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirish jarayonida soliqlarning ahamiyatini

o‘rganish

hamda mahalliy byudjet daromadlari tarkibini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarni

keltirish mumkin:

mahalliy byudjetlarning o‘z daromadlari manbaini oshirish maqsadida hududlarni barqaror

rivojlantirish drayverlari va “o‘sish nuqtalari”ni belgila

b olish siyosatini izchil davom ettirish, bu borada

mahalliy davlat idoralarining tashabbuskorligini qo‘llab

-quvvatlash;

hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab

-

quvvatlash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida

mahallalarning o‘rnini kengaytirish, bunda mahallalar kesimida bandlikni ta’minlash, qo‘shimcha

daromad manbalarini ishga solish imkoniyatlarini doimiy baholab borish tizimini joriy qilish;

mahalla byudjet tizimini keyingi moliya yilidan boshlab, mamlakatimizning boshqa

hududlarida ham keng joriy qilish, tushumlar o‘sishiga erishgan mahalla va hududlarni moliyaviy
rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish va shu kabi

lar.

Bunday chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimiz hududlarining moliyaviy jihatdan

barqaror rivojlanishiga, aholi turmush farovonligini oshishiga xizmat qiladi.

Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Burkhanov Aktam (2020). "Ҳудудларда маҳаллий

бюджетлар даромадлар манбаини

кенгайтириш йўллари (Қашқадарё вилояти мисолида)."

Архив научных исследований

22.

Farmon (2022)

O‘zbekiston

Respublikasi Rrezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sonli

“2022

-2026-yillarga m

o‘

ljallangan Yangi

O‘zbekiston

ning Taraqqiyot strategiyasi t

o‘g‘r

is

ida”gi

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.05.2022 yildagi 242

-son

“2022

-2026 yillarda sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi

turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”

https://lex.uz/uz/docs/5998434#6000010

Абдувохидов А.А. (2021) Ислоҳотларнинг Ҳозирги Босқичида Тадбиркорликни

Ривожлантириш Аҳоли Фаровонлигини Оширишнинг Муҳим Асоси Сифатида //Barqarorlik va

yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali.

Т. 1. –

№. 6. –

С. 388

-399.

Abduvokhidov A.A. (2021) et al. Mechanisms of import substitution policy in the region

//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.

Т

. 11.

№. 12. –

С

. 45-59.

Абдувахидов

А

.

А

.

и

др

. (2022)

Хорижий

инвестициялар

ва

уларни

жалб

қилишда

маҳаллий

ҳокимликлар

фаолиятини

баҳолаш

//Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali.

Т

. 2.

№. 10.

С

. 20-24.

Исламкулов А.К. (2016) Маҳаллий бюджетлар даромадлари барқарорлигини таъминлаш

масалалари // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль

-

августь,

http://iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/43_A_Islamqulov.pdf

Усмонов Қ.А. (2014) Бюджет даромадларини режалаштириш жараёни, усуллари ва уларни

такомиллаштириш йўналишлари // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий
электрон

журнали.

4,

июль

-

август,

http://iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/16_Q_Usmonov.pdf

Тошматов Ш.А. (2017) Иқтисодиётни ривожлантириш ва либераллаштиришда давлат

бюджети даромадлари манбаларини кенгайтириш йўналишлари // Ўзбекистонда молия
секторини ривожлантиришнинг устувор йўналишлари. Республика илмий

-

амалий анжумани

материаллари тўплами. 2017 йил 10 ноябрь. –Т.: ТДИУ,

-

б.27

-28.

Хайриддинов А.Б. (2011) Маҳаллий бюджетлар даромад базаларининг барқарорлигини

таъминлаш йўллари. и.ф.н. илмий даражасини олиш учун тайёрланган дисс. автореферати. –Т.:
–б. 13.

Библиографические ссылки

Burkhanov Aktam (2020). "Ҳудудларда маҳаллий бюджетлар даромадлар манбаини кенгайтириш йўллари (Қашқадарё вилояти мисолида)." Архив научных исследований 22.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi

Qaror (2022) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.05.2022 yildagi 242-son “2022-2026 yillarda sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” https://lex.uz/uz/docs/5998434#6000010 Абдувохидов А.А. (2021) Ислоҳотларнинг Ҳозирги Босқичида Тадбиркорликни Ривожлантириш Аҳоли Фаровонлигини Оширишнинг Муҳим Асоси Сифатида //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – Т. 1. – №. 6. – С. 388-399. Abduvokhidov A.A. (2021) et al. Mechanisms of import substitution policy in the region //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – Т. 11. – №. 12. – С. 45-59. Абдувахидов А. А. и др. (2022) Хорижий инвестициялар ва уларни жалб қилишда маҳаллий ҳокимликлар фаолиятини баҳолаш //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. – Т. 2. – №. 10. – С. 20-24.

Исламкулов А.К. (2016) Маҳаллий бюджетлар даромадлари барқарорлигини таъминлаш масалалари // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-августь, http://iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/43_A_Islamqulov.pdf

Усмонов Қ.А. (2014) Бюджет даромадларини режалаштириш жараёни, усуллари ва уларни такомиллаштириш йўналишлари // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, http://iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/16_Q_Usmonov.pdf

Тошматов Ш.А. (2017) Иқтисодиётни ривожлантириш ва либераллаштиришда давлат бюджети даромадлари манбаларини кенгайтириш йўналишлари // Ўзбекистонда молия секторини ривожлантиришнинг устувор йўналишлари. Республика илмий-амалий анжумани материаллари тўплами. 2017 йил 10 ноябрь. –Т.: ТДИУ, -б.27-28.

Хайриддинов А.Б. (2011) Маҳаллий бюджетлар даромад базаларининг барқарорлигини таъминлаш йўллари. и.ф.н. илмий даражасини олиш учун тайёрланган дисс. автореферати. –Т.: –б. 13.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)