Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.59442

Ключевые слова:

коммунальное хозяйство инновационные проекты умные города цифровые технологии энергоэффективность экономическая эффективность инфраструктура экологическая устойчивость финансовые ресурсы

Аннотация

В данной статье анализируется значение инновационных проектов в сфере коммунального хозяйства. На основе опыта мира и Узбекистана в исследовании рассмотрены экономические, экологические и социальные выгоды от внедрения инновационных технологий. Инновационные проекты, включая системы «умный город», цифровое управление, энергоэффективность и переработку отходов, проанализировали возможности эффективного управления ресурсами, защиты окружающей среды и повышения благосостояния населения. Также в статье рассматриваются инфраструктурные, финансовые и технологические ограничения, существующие при внедрении инновационных технологий, и даются рекомендации по решению этих проблем.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

180


KOMMUNAL XIZMATLAR SOHASIDA INNOVATSION LOYIHALARINING AHAMIYATI

Matkomilov Mirjalol Mirkomil o’g’li

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

ORCID: 0009-0001-5239-2064

PhD

Berdiyeva Dilfuza Axatovna

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

ORCID: 0000-0003-2455-385X

dili01.07@mail.ru

Annotatsiya.

Mazkur maqolada kommunal xizmatlar sohasida innovatsion loyihalarning

ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda jahon va O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqib, innovatsion

texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy foydalari ko‘rib chiqilgan.

Innovatsion loyihalar, jumladan, aqlli shaharlar tizimi, raqamli boshqaruv, energiya

samaradorligi va chiqindilarni qayta ishlash kabi yondashuvlar orqali resurslarni samarali

boshqarish, atrof-muhitni himoya qilish va aholi farovonligini oshirish imkoniyatlari tahlil

etilgan. Shuningdek, maqol

ada innovatsion texnologiyalarni joriy etishda mavjud bo‘lgan

infratuzilma, moliyaviy va texnologik cheklovlar muhokama qilinadi hamda bu muammolarni hal

qilish uchun tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

kommunal xizmatlar, innovatsion loyihalar, aqlli shaharlar, raqamli

texnologiyalar, energiya samaradorligi, iqtisodiy samaradorlik, infratuzilma, ekologik

barqarorlik, moliyaviy resurslar.

ЗНАЧИМОСТЬ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ В СФЕРЕ КОММУНАЛЬНОГО

ХОЗЯЙСТВА

Маткомилов Мирджалал Миркомил

Ташкентский университет архитектуры и строительства

к.б.н.

Бердыева Дильфуза Ахатовна

Ташкентский университет архитектуры и строительства

Абстрактный.

В данной статье анализируется значение инновационных

проектов в сфере коммунального хозяйства. На основе опыта мира и Узбекистана в

исследовании рассмотрены экономические, экологические и социальные выгоды от
внедрения инновационных технологий. Инновационные проекты, включая системы

«умный город», цифровое управление, энергоэффективность и переработку отходов,

проанализировали возможности эффективного управления ресурсами, защиты

окружающей среды и повышения благосостояния населения. Также в статье
рассматриваются инфраструктурные, финансовые и технологические ограничения,

существующие при внедрении инновационных технологий, и даются рекомендации по

решению этих проблем.

Ключевые слова:

коммунальное хозяйство, инновационные проекты, умные города,

цифровые технологии, энергоэффективность, экономическая эффективность,
инфраструктура, экологическая устойчивость,

финансовые ресурсы.

UO

K: 330.111

XI SON - NOYABR, 2024

180-184


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

181

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE PROJECTS IN THE FIELD OF PUBLIC UTILITIES

Matkomilov Mirjalol Mirkomil

Tashkent University of Architecture and Civil Engineering

PhD

Berdiyeva Dilfuza Akhatovna

Tashkent University of Architecture and Civil Engineering

Abstract.

This article analyzes the importance of innovative projects in municipal services.

Based on the experience of the world and Uzbekistan, the study examines the economic,
environmental, and social benefits of introducing innovative technologies. Innovative projects,

including smart cities, digital management, energy efficiency, and waste recycling, analyze the

possibilities of effective resource management, environmental protection, and population well-
being through such approaches as smart cities, and digital management. The article also discusses
the existing infrastructure, and financial and technological constraints in introducing innovative

technologies and provides recommendations for solving these problems.

Keywords:

municipal services, innovative projects, smart cities, digital technologies, energy

efficiency, economic efficiency, infrastructure, environmental sustainability, financial resources.

Kirish.

Bugungi kunda urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va aholining turmush

darajasini oshirishga bo‘lgan talab ortishi natijasida kommunal xizmatlar sohasi

iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Ushbu soha nafaqat fuqarolarning

asosiy ehtiyojlarini qondirish, balki mamlakatning barqaror rivojlanishini ta'minlashda ham

muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, an'anaviy yondashuvlar bilan cheklanish ushbu tizimda

samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini bermaydi. Shunday

sharoitda innovatsion texnologiyalar va yechimlarning tatbiqi dolzarb masalaga aylanadi.

Innovatsiyalar kommunal xizmatlar sohasida energiya samaradorligini oshirish,

chiqindilarni qayta ishlash, suv va elektr ta’minotini yaxshilash, shuningdek,

ekologik

barqarorlikni ta’minlash kabi muammolarni hal qilishda muhim vosita hisoblanadi. Jahon banki

va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi
yillarda global iqlim o‘zgarishlari va resurslar tanqisligi ushbu

sohada innovatsion

yondashuvlarning ahamiyatini yanada oshirgan. Jumladan, aqlli shaharlar konsepsiyasi ("smart

cities") doirasida ishlab chiqilayotgan loyihalar bu boradagi ilg‘or tajribalarning yorqin

misolidir. O‘zbekiston sharoitida ham kommunal xizma

tlar tizimining modernizatsiyasi va

innovatsion loyihalarning joriy etilishi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga

aylangan. Mazkur maqolada kommunal xizmatlar sohasidagi innovatsion loyihalarning

dolzarbligi, ularning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ahamiyati hamda jahon tajribasi va mahalliy

amaliyotdagi muhim natijalar yoritiladi.

А

dabiyotlar sharhi.

Jahon tajribasi bo‘yicha, aqlli shaharlar konsepsiyasi (“smart cities”) va resurslarni

oqilona boshqarish masalalari ko‘plab ilmiy manbalarda k

eng yoritilgan. Xususan, Batty (2013)

tomonidan taqdim etilgan tadqiqotida aqlli texnologiyalarning kommunal xizmatlarni
samarador boshqarishdagi roli tahlil qilingan. Ushbu ishda aqlli infratuzilma orqali energiya,

suv va chiqindilarni boshqarishda erishilgan iqtisodiy samaralar haqida muhim xulosalar

keltirilgan. Shuningdek, ONU-Habitat (2020) hisobotida barqaror shaharsozlik va kommunal

xizmatlarda innovatsion yondashuvlar dolzarbligi ta'kidlangan. O‘zbekiston sharoitida

kommunal xizmatlarning transforma

tsiyasi bo‘yicha ilmiy ishlarda davlat dasturlari va xalqaro

tajribaga asoslangan yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot

universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan tadqiqotlar (Xamdamov va boshqalar, 2021)

kommunal xizma

tlar sohasida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi bo‘yicha amaliy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

182

tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari “2022

-2026-

yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi davlat dasturida resurslarni tejash va

sam

aradorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlar muhim o‘rin tutadi (Farmon,

2022) .

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotda kommunal xizmatlar sohasidagi innovatsion loyihalarning ahamiyatini

o‘rganish uchun quyidagi metodologik yondashuvlar qo‘llanil

di:

1. Adabiyot tahlili usuli: Jahon va mahalliy miqyosda kommunal xizmatlar sohasida

amalga oshirilgan tadqiqotlar va hisobotlar o‘rganildi. Xususan, Jahon banki, BMT va boshqa

xalqaro tashkilotlarning hisobotlari tahlil qilindi.

2. Komparativ tahlil: Jahonning rivojlangan mamlakatlarida amalga oshirilgan

innovatsion loyihalar O‘zbekiston sharoitiga taqqoslandi.

3. Statistik va iqtisodiy tahlil: Kommunal xizmatlar sohasi bo‘yicha mavjud ma'lumotlar,

jumladan, energiya iste'moli, suv ta'minoti va chiqindilarni boshqarish sohasidagi statistik

ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.

4. Amaliyotga oid tadqiqot: Innovatsion loyihalarning mahalliy sharoitdagi natijalari

o‘rganildi, bunda Toshkent va boshqa yirik shaharlarning tajribasi tahlil qilindi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Tadqiqot natijalari kommunal xizmatlar sohasida innovatsion loyihalarning iqtisodiy,

ekologik va ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlaydi. O‘zbekiston va xalqaro tajribani o‘rganish asosida

quyidagi asosiy xulosalar shakllantirildi:

1. Resurslardan oqilona foydalanishning samarasi: Innovatsion texnologiyalar, jumladan,

aqlli hisoblagichlar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining joriy etilishi elektr

energiyasi, suv va boshqa resurslarning tejamkorligiga olib keladi. Xususan, Toshkent shahrida
amalga oshirilgan pilot loyihalar doirasida suv ta'minoti tizimida energiya sarfini 15-20 foizga

qisqartirishga erishilgani qayd etilgan.

2. Ekologik barqarorlikka ijobiy ta'sir: Chiqindilarni qayta ishlash va “yashil”

texnologiyalarni tatbiq etish orqali atrof-muhitga zararli ta'sirni kamaytirish mumkinligi

isbotlandi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, aqlli chiqindi boshqaruvi tizimlari (masalan,

Shvetsiya va Yaponiya tajribalari) chiqindi hajmini 30-40 foizga kamaytirishga xizmat

qilmoqda

. O‘zbekistonda ushbu yondashuvni tatbiq etish istiqbollari mavjudligi aniqlangan.

3. Ijtimoiy qulaylik va xizmatlar sifatining oshishi: Raqamli texnologiyalarni joriy etish

orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati sezilarli darajada yaxshilanishi m

umkin.

4. Iqtisodiy samaradorlikning oshishi: Innovatsion loyihalar tufayli xizmat ko‘rsatish

tizimlaridagi yo‘qotishlar va operatsion xarajatlarning qisqarishi kuzatilmoqda. Xususan,

O‘zbekistonning ayrim hududlarida energiya ta'minoti tizimiga raqamli b

oshqaruvni tatbiq

qilish natijasida har yili 1 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni tejash imkoniyati mavjudligi

aniqlangan.

5. Jahon tajribasining muvaffaqiyatli transferi: Shvetsiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi

mamlakatlarda ishlab chiqilgan innovatsion te

xnologiyalarning O‘zbekiston sharoitida

muvaffaqiyatli qo‘llanish imkoniyati tasdiqlangan. Xususan, Janubiy Koreyaning aqlli suv

ta'minoti tizimi Toshkent viloyatidagi yangi loyihalar uchun moslashuvchan model sifatida

ko‘rib chiqilmoqda.

6. Mahalliy loyih

alarning rivojlanish istiqbollari: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan

davlat dasturlari va xorijiy investitsiyalar yordamida kommunal xizmatlar sohasidagi
innovatsiyalarni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Shu jumladan, barqaror

rivojlanish maqsadlariga mos keladigan loyihalarga qaratilgan alohida grant dasturlari

samarali natijalar ko‘rsatmoqda.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

183

Kommunal xizmatlar sohasida innovatsion loyihalarning ahamiyati tobora ortib

borayotganini tahlillar va olingan natijalar aniq ko‘rsatadi. Bu loyi

ha va tashabbuslar nafaqat

iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki ekologik barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ham

sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ushbu jarayonda muvaffaqiyatga erishish uchun bir qator

muammolar va imkoniyatlarni chuqur muhokama qilish zarur.

1. Resurslar va infratuzilma masalalari: Innovatsion texnologiyalarni joriy etishda mavjud

infratuzilmaning cheklovlari asosiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Masalan, qishloq

joylarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish uchun zarur b

o‘lgan infratuzilmaning etarli

darajada rivojlanmagani kommunal xizmatlar sifati va samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu

sababli, davlat tomonidan qishloq joylar uchun maxsus subsidiyalar ajratish va infratuzilmani

rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishla

b chiqish muhimdir.

2. Texnologik innovatsiyalarning qabul qilinishi: Aholining yangi texnologiyalarga

moslashish darajasi ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston sharoitida aholining katta qismi
raqamli xizmatlar va platformalardan foydalanishga hali to‘liq t

ayyor emas. Shu munosabat

bilan, davlat va xususiy sektor tomonidan texnologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan

dasturlarni amalga oshirish zarur.

3. Ekologik barqarorlik va chiqindilarni boshqarish: Chiqindilarni qayta ishlash va

energiya samaradorlig

i sohasida jahon tajribasi yetarli bo‘lsa

-

da, O‘zbekistonda ushbu

texnologiyalarning keng tatbiqi hali boshlang‘ich bosqichda. Muhokama qilinayotgan

loyihalarda xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish

kerak. Shu bilan birga, aholining ekologik mas'uliyatini oshirish maqsadida keng qamrovli

targ‘ibot ishlarini olib borish zarur.

4. Iqtisodiy omillar va moliyalashtirish: Innovatsion loyihalarning muvaffaqiyatli amalga

oshirilishi moliyaviy resurslarga bog‘liq. Natijalar ko‘rsatdiki, mahalliy byudjet va xalqaro

grantlarni birlashtirish orqali kommunal xizmatlarda innovatsiyalarni kengaytirish imkoniyati

mavjud. Ammo, bu jarayonda xususiy sektor ishtirokini faollashtirish va davlat-xususiy
sheriklikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, energetika va suv ta'minoti

sohasida xususiy sektorning sarmoyaviy loyihalari samarador natijalar berishi mumkin.

5. Jahon tajribasining moslashuvi: Shvetsiya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan

davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish bo‘yicha olingan xulosalar ularni mahalliy
sharoitga moslashtirishning muhimligini ko‘rsatadi. Shu ma'noda, har bir texnologik echimni

mahalliy iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sharoitlarga moslashtirish zarur.

Muhokamalar natijasida

aniqlanganki, O‘zbekiston sharoitida kommunal xizmatlar

sohasida innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagilar talab
etiladi:

-

raqamli texnologiyalarni joriy etishda infratuzilmaviy investitsiyalarni oshirish;

-

aholining texnologik

savodxonligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga

oshirish;

-

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan

hamkorlikni kengaytirish;

-

innovatsion texnologiyalarni joriy etishda mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda

adaptatsiyani ta'minlash.

Xulosa va takliflar.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kommunal xizmatlar sohasida innovatsion

loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki ekologik

barqarorlik va aholi

farovonligini yaxshilashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu loyihalar,

xususan, aqlli shaharlar tizimi, raqamli boshqaruv, energiya samaradorligini oshirish va

chiqindilarni qayta ishlash kabi yondashuvlar orqali resurslardan samarali foydalanishni

ta'minlaydi va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytiradi.

Biroq, muvaffaqiyatli joriy etish uchun

bir qator muammolarni hal etish zarur. Xususan, infratuzilmaning yetarli darajada


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr

www.e-itt.uz

184

rivojlanmaganligi, aholining texnologik savodxonligini oshirish zaruriyati, va innovatsion
loyihalarni moliyalashtirishdagi cheklovlar ustida ishlash talab etiladi. Shuningdek, jahonning

ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish va davlat

-xususiy sheriklikni

rivojlantirish orqali bu jarayonlarni yanada samarali qilish mumkin.

Shu bilan birga, kommunal

xizmatlar sohasidagi innovatsiyalarni kengaytirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib,

bu nafaqat xizmatlar sifatini yaxshilash, balki ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy

o‘sishni qo‘llab

-quvvatlashga yordam be

radi. O‘zbekistonning kommunal xizmatlar sohasidagi

innovatsion loyihalarga qaratilgan siyosati va strategik dasturlari kelajakda barqaror

rivojlanishga xizmat qilishi va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga katta

hissa qo‘shadi.

Adabiyotlar

/

Литература/Reference:

Batty M. (2013). Smart Cities of the Future. Cambridge University Press.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (2022) Global Trends in Urban Development and Sustainable

Cities. UN-Habitat Report.

BMT Ekologik Dasturlari (2021). Chiqindilarni qayta ishlash va barqaror rivojlanish. BMT

Ekologik Dasturi.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni,

28.01.2022 yildagi PF-60-

son.

Jahon Banki (2021) Innovative Solutions for Urban Services: Lessons from Global Cities.

World Bank.

Janubiy Koreya Energiya Samaradorligi Jamg‘armasi (2021). Smart Energy Solutions in

Urban Areas. Seoul: Korean Energy Agency.

ONU-Habitat. (2020). The Role of Innovation in Urban Sustainability. United Nations Human

Settlements Programme.

Shvetsiya Hukumatining Innovatsion Texnologiyalar Bo‘yicha Hisoboti. (2022). Green

Technologies for Urban Development. Stockholm: Swedish Government.

Toshkent shahar hokimligi (2022) Toshkent shahridagi aqlli shahar loyihalari. Toshkent

shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xamdamov T., AkhmedovM. (2021) Kommunal xizmatlar sohasida raqamli texnologiyalarni

joriy etish va samaradorlikni oshirish (Tadqiqot). Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Tashkent.

Библиографические ссылки

Batty M. (2013). Smart Cities of the Future. Cambridge University Press.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (2022) Global Trends in Urban Development and Sustainable Cities. UN-Habitat Report.

BMT Ekologik Dasturlari (2021). Chiqindilarni qayta ishlash va barqaror rivojlanish. BMT Ekologik Dasturi.

Farmon (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son.

Jahon Banki (2021) Innovative Solutions for Urban Services: Lessons from Global Cities. World Bank.

Janubiy Koreya Energiya Samaradorligi Jamg‘armasi (2021). Smart Energy Solutions in Urban Areas. Seoul: Korean Energy Agency.

ONU-Habitat. (2020). The Role of Innovation in Urban Sustainability. United Nations Human Settlements Programme.

Shvetsiya Hukumatining Innovatsion Texnologiyalar Bo‘yicha Hisoboti. (2022). Green Technologies for Urban Development. Stockholm: Swedish Government.

Toshkent shahar hokimligi (2022) Toshkent shahridagi aqlli shahar loyihalari. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xamdamov T., AkhmedovM. (2021) Kommunal xizmatlar sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish va samaradorlikni oshirish (Tadqiqot). Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Tashkent.