Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
172
INNOVATSION IQTISODIYOTNING AHAMIYATI VA ZARURLIGI
PhD, dots.
Madaminov In'omjon Ozodovich
Urganch davlat universiteti
ORCID: 0000-0002-6832-9131
Annotasiya.
Bugungi kunda iqtisodiy resurslar hajmining qisqarib borayotganligi, xalqaro
iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatda barqaror iqtisodiy oʻsishni ta'minlashda innovatsion
iqtisodiyotni joriy etilishi dolzarbligini y
anada oshirmoqda. Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻtgan
asrning 90 yillariga qadar xomashyo va qishloq xoʻjaligiga asoslangan xoʻjalikdan, bugungi kunda
ishlab chiqarish resurs tejamkor va ilmsigʻimli boʻlgan tayyor iste'mol mollari ishlab chiqaradigan
va xizmat
lar koʻrsatadigan innovatsion xoʻjalik yuritish tizimiga bosqichma
-
bosqich oʻtmoqda.
Xoʻjaliklar faoliyatini innovatsion tizim ta'siridagi samaradorligi innovatsiyalarning ahamiyatli
chuqur anglash, ularni iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari doirasida tegishli
kombinatsiyasini ta'minlashni taqozo etadi. Oʻz oʻrnida mazkur kombinatsion tizim ta'siriga ega
boʻlgan jarayon innovatsion faollikka qaratilgan moliyaviy
-
iqtisodiy munosabatni toʻgʻri tashkil
etishga yoʻnaltirilgan qator vazifalar ijrosini ta'mi
nlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Kalit soʻzlar:
global innovatsion tizim, bilimlar iqtisodiyoti, innovatsion infratuzilma,
innovat
sion jamgʻarma, innova
tsion indeks, ilmiy-texnikaviy ishlanma, innovatsion tovar,
innovatsion samaradorlik.
ВАЖНОСТЬ И
НЕОБХОДИМОСТЬ ИННОВАЦИОННОЙ ЭКОНОМИКИ
PhD
, доц.
Мадаминов Инъомжон Озодович
Ургенчский государственный университет
Аннотация.
Сегодня сокращающийся объем экономических ресурсов, глобализация
международной экономики еще больше повышают актуальность внедрения
инновационной экономики в обеспечении устойчивого экономического роста в стране.
Экономика Узбекистана постепенно переходит от фермерства, основанного на сырье и
сельском хозяйстве, как это было до 90
-
х годов прошлого века, к инновационной
сельскохозяйственной системе, которая сегодня производит и предоставляет услуги по
производству готовых потребительских товаров, производство которых является
ресурсосберегающим и научным. Значительное глубокое понимание эффективности
экономической деятельности под влиянием системы инноваций обусловливает
необходимость обеспечения их надлежащего сочетания в рамках различных отраслей и
секторов экономики. В свою очередь, процесс, на который влияет эта комбинированная
система, вызывает необходимость обеспечения выполнения ряда задач, направленных на
правильную организацию финансово
-
экономических отношений, направленных на
инновационную деятельность
.
Ключевые слова:
глобальная инновационная система, экономика знаний,
инновационная инфраструктура, инновационный фонд, индекс инноваций, научно
-
техническое развитие, инновационный бренд, эффективность инноваций
.
UO
‘
K: 330.316.422
XI SON - NOYABR, 2024
172-179
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
173
THE IMPORTANCE AND NECESSITY OF AN INNOVATIVE ECONOMY
PhD, assoc. prof.
Madaminov In'omjon Ozodovich
Urgench State University
Abstract.
Today, the shrinking volume of economic resources and the globalization of the
international economy further increase the relevance of the introduction of an innovative
economy in ensuring sustainable economic growth in the country. The economy of Uzbekistan is
gradually moving from farming based on raw materials and agriculture, as it was before the 90s
of the last century, to an innovative agricultural system that today produces and provides services
for the production of finished consumer goods, the production of which is resource-saving and
scientific. A significant in-depth understanding of the effectiveness of economic activity under the
influence of the innovation system makes it necessary to ensure their proper combination within
various industries and sectors of the economy. In turn, the process influenced by this combined
system causes the need to ensure the fulfillment of a number of tasks aimed at the proper
organization of financial and economic relations aimed at innovative activities.
Keywords:
global innovation system, knowledge economy, innovation infrastructure,
innovation fund, innovation index, scientific and technical development, innovative brand,
innovation efficiency.
Kirish.
Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida innovatsiyalarni joriy etish,
milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini va bozordagi
mavqeyini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham
innovatsion faoliyatni rivojlantirish insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy oʻsishning muhim
omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyat
–
ishlab chiqarish va inson hayotiy faoliyatining
boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida, intellektual mulk huquqini
yaratish, ularni muhofaza qilish, huquqiy egalarining manfaatlarini himoya qilish, innovatsiya
sohasiga oid xalqaro integrasiyalashuvini jadallashtirish, xalqaro shartnomalarga kirish orqali
milliy mualliflarining huquqlarini butun dunyoda muhofaza qilish kabi muhim masalalar davlat
ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab olindi.
Oʻzbekiston 2026 yilda top
-50 innovatsion davlatlar qatoridan joy egallashni maqsad
qilayotgani hech kimga sir emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 6 iyuldagi
“2022 —
2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strat
egiyasi
toʻgʻrisida”gi PF
-165-sonli farmonida kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirishga
ham alohida e'tibor qaratilgan boʻlib, aynan innovatsion korxonalarni rivojlantirish orqali
hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy oʻsishini ta'minlash nazarda
tutilgan (Farmon, 2022).
Shuningdek, yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning gʻoyadan
yakuniy iste'molchigacha boʻlgan kompleks tizimini ta'minlash orqali innovatsiyalarga boʻlgan
talabni ragʻbatlantirish mexanizmi koʻrsatib oʻ
tilgan. Strategiyada yaratilingan kapitalni
«tubdan yangilovchi» innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish tizimini shakllantirish belgilangan.
Bugungi kunda mavjud zahira va imkoniyatlarni safarbar etgan holda, aholi jon boshiga
yalpi ichki mahsulotni oshirib
borish, shu tariqa 2030 yilga borib, aholi jon boshiga toʻgʻri
keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirib, “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan
davlatlar” qatoriga kirish uchun puxta zamin yaratilmoqda. Bunga avvalo, iqtisodiyotda ilm va
innovatsiy
alarga asoslangan rivojlanish hisobidan yangi texnologiyalar va qoʻshilgan qiymat
zanjirlarini koʻpaytirish orqali, mehnat samaradorligida ham qilinishi shart boʻlgan tub
oʻzgarishlar orqali erishilishi nazarda tutilgan. Jumladan, “drayver” sohalarda, “xom
ashyodan
–
tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida, sanoat klasteri tizimini rivojlantirishni yoʻlga
qoʻyish orqali sanoat mahsulotlari hajmi va mehnat unumdorligi oshiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
174
Prezidentimiz tomonidan ta'kidlanganidek, “...birorta hududni ham,
tarmoqni ham
zamonaviy ilm va bilimlarsiz rivojlantirib boʻlmaydi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yalpi ichki
mahsulotning 50 foizidan ortigʻi “bilimlar iqtisodiyoti” hisobidan, ya'ni, innovatsiyalar va
yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotgani buni
yaqqol isbotlamoqda”(Murojaatnoma,
2022).
Adabiyotlar sharhi.
Innovatsion iqtisodiyot asosida innovatsion rivojlanish amaliyoti uzoq oʻtmishdan
mavjud boʻlishiga qaramay, ilmiy tadqiqot predmeti sifatida XX asrdan oʻrganila boshlandi.
Xususan, xorij iqtisodchi olimlaridan Shumpeter (1982) asarlarida innovatsion iqtisodiyot
nazariyasini shakllanishi va rivojlanish tizimi asoslab berilgan. Kondratevning (2002)
kon'yunktura nazariyasini ilmiy asosi jahon iqtisodiyoti haqida oʻziga xos munosabatlar tizimi
va elementlarning turli aloqalari sifatida talqi etilib, biznes sikllari ishlab chiqarish jarayonida
innovatsion omil asosi sifatida talqi etiladi. Xansen (1997) tadqiqotlarida avtonom
investisiyalar iqtisodiyotda texnik-texnologik taraqqiyot asosida sifatida qayd etilib,
qoʻshimcha ishlab chiqarish va tabiiy resurslarni jalb qilish, demografik siljishlar va boshqalar
kabi iqtisodiy omillar ta'siri koʻlamini oshirishini qayd etadi. Kuznes (1953) tadqiqotlarida
yangi asrda mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy tengs
izlik tendensiyalarini bekor qilish murakkab
ahamiyatga ega ekanligini, bu jarayon iqtisodiy taraqqiyotdan ortda qolayotgan mamlakatlarda
malakasiz ishchi kuchi bilan bir qatorda texnologik innovatsiyalari oʻzlashtirish darajasi
pasayishi hisobiga roʻy ber
ishi ta'kidlanadi. Tviss (1989) ilmiy tadqiqotlarida ilmiy-texnik
yangiliklarning mohiyati va roli, ularni iqtisodiy rivojlanishdagi oʻrni bilan birga
makroiqtisodiy darajada innovatsion loyihalarni amalga oshirishni boshqarish, va innovatsion
faoliyatga
yoʻnaltirilgan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish masalalari koʻrib chiqilgan. Mensh
(2001) iqtisodiyotdagi tarkibiy inqirozlarni tahlil qilish orqali texnik va ijtimoiy-tashkiliy
yangiliklarni kon'yunktura sikllariga bogʻliq boʻlgan iqtisodiy rivojlan
ishning asosi sifatida
qayd etadi. Klaynknext (1992) iqtisodiyotda texnologik tartib mavjudligi toʻgʻrisida fikr yuritib,
iqtisodiyotning texnologik tuzilishini belgilovchi asosiy omil nanotexnologiyalardir degan
xulosaga keladi. Konovalenko (2003) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda korxonalarda
innovatsion rivojlanishni boshqarishning asosiy jihatlari muhokama qilinadi. Innovatsion
menejment doirasida korxona rivojlanishidagi innovatsiyalarga uslubiy yondashuvlar
oʻrganiladi. Innovatsion texnologiyalarn
i shakllantirish va rivojlantirishning ayrim usullari
tavsiflangan.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Ergashev, Xalikov, Toshbaevlar (2019)tomonidan
olib borilgan tadqiqotlarda innovatsion biznes, innovatsion loyihalarni rejalashtirish va ishlab
chiqish, joriy etish istiqbollariga doir jarayonlar tizimlashtirilgan. Kadirov, Tursunov,
Raimberdiyevlarning (2024) ilmiy tadqiqot izlanishlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish tizimini moliyalashtirishning ayrim shakllari va usullari
umumlashtirilgan. Ibragimova, Xusainovlar (2021) globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyot
tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish yoʻnalishlari va uni tashkil etish tizimiga doir
jarayonlarni oʻrganganlar. Xolbekova (2023) mamlakatd
a innovatsion siyosatni tashkil etish
tizimini innovatsion rivojlanish strategiyasi muvofiqligini ta'minlashda innovatsion
modellardan samarali foydalanish yoʻllarini tadqiq etgan. Norov (2020) innovatsion loyihalarni
moliyalashtirishda tijorat banklarinin
g roli oʻrganib chiqqan boʻlib, tijorat banklari tomonidan
innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish va ularni takomillashtirishdagi mavjud
muammolar aniqlangan. Gadaev (2020) tadqiqotlarida sindisiyalashtirilgan kreditlar orqali
investision loyihalarni moliyalashtirishda jarayonini innovatsion muhit yaratish
imkoniyatlariga ta'siri bilan bogʻliq jarayonlar oʻrganilgan
.
Yuqoridagi tadqiqotlarda innovatsion iqtisodiyotining mohiyati, uni moliyalashtirish
shakllari, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va zamonaviy tovarlarni taklifini
amalga oshirish imkoniyatlari oʻrganilingan boʻlib, innovatsiyalarni ish
lab chiqarishdagi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
175
tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, yangi bozorlarni egallash jarayonlariga ta'siri bilan
bogʻliq holatlarga e'tibor berilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida innovatsion iqtisodiyotning ahamiyati va zarurligi mantiqiy
abstraksiya, tizimli va qiyosiy tahlil, grafik tasvirlash, ekspert baholash va iqtisodiy-matematik,
statistik usullardan keng foydalanish orqali asoslangan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Har qanday innovatsion faoliyat zamirida avvalombor kishilarning iqtisodiy
manfaatdorligi yotibdi, soʻngra esa undan insonlar oʻz hayotlarini yanada qulay va yaxshilashga
boʻlgan imkoniyat paydo boʻladi. Ushbu imkoniyat kishilarni cheksiz ehtiyojlari va
manfaatlarini qondirishga qaratilgan boʻlsa, ikkinchi
jihatdan cheklangan iqtisodiy
resurslardan samarali va unumli foydalanish imkoniyatini beradi.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining bosqichlariga nazar tashlaydigan
boʻlsak, barqaror oʻsishni ta'minlashda innovatsiyalar oʻrni alohida ahamiyat
kasb etganini
koʻrishimiz mumkin. Ya'ni, ilmiy texnikaviy yoʻnalishlarda olib borilgan tadqiqotlarni ishlab
chiqarish jarayoni bilan integrasiyalashuvi yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy
korxonalarni tashkil etishga xizmat qilmoqda. Shu nuqtai na
zardan, barqaror iqtisodiy oʻsishni
ta'minlashda innovatsion rivojlanish va innovatsion iqtisodiyotning oʻrni juda yuqori
hisoblanadi. Zero, innovatsion rivojlanishni amalga oshirish avvalo iqtisodiyotning real
sektorini modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilmiy-texnikaviy loyihalarni
qoʻllab quvvatlash, fan va texnologiyalar hamda ishlab chiqarishni uzviy bogʻliqligini ta'minlash
lozim boʻladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, innovatsion iqtisodiyot nazariyasini tadqiq etish
zaruriyati dastlab iqtisodiy va texnologik sohalarda yuzaga kelayotgan inqirozlar sababini
oʻrganish, davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro zidiyatlarda muvaffaqiyatlarga erishish, davlat oʻrtasida
zamonaviy qurol yaroqlarni ishlab chiqishga boʻlgan omillar doirasida shakllan
di. Shuningdek,
iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishda va uning oqibatlarini oldini olishda sanoatga asoslangan
rivojlanish siklidan innovatsion rivojlanish fazasiga oʻtish muhim ahamiyat kasb etadi
Bilamiz, iqtisodiy yuksaklikka erishishda ilm-
fan choʻqq
ilarini zabt etish, ilmiy izlanishlar
olib borish va yangilik yaratish hamda innovatsiyalarni keng joriy qilish mamlakat rivojiga
ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Ushbu maqsadlarga erishishda innovatsion infratuzilma mavjudligi juda
katta ahamiyat kasb etadi. Innovatsion infratuzilma
–
innovatsion faoliyatni moddiy-texnik,
moliyaviy, tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan ta'minlaydigan
korxonalar,
tashkilotlar,
muassasalar,
mulkchilikning
istalgan
shaklidagi
ular
birlashmalarining majmui hisoblanadi.
Ma'lumki, Global innovatsiyalar indeksi (Global Innovation Index, GII) 2007 yildan beri
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va uning hamkorlari tomonidan hisoblab chiqiladi.
Koʻrsatkich turli jihatlarni, jumladan, toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy inves
tisiyalar oqimi, yalpi ichki
mahsulot hajmi, infratuzilma, inson kapitali, fanning rivojlanish darajasi va boshqa omillarni
hisobga oladi. Soʻngi yillarda mamlakatimizda bu borada qator salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda. Global innovatsiya indeksining 20
23 yilgi reytingida Oʻzbekiston 132 ta davlat
orasida 82-
oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston innovatsiyalar sohasida milliy iqtisodiy rivojlanish darajasiga solishtirganda
baland koʻrsatkichga erishgan mamlakatlar qatoridan joy oldi, ya'ni yalpi ichki mahsulotg
a
nisbatan innovatsiyalarning yuqori samaradorligi qayd etildi. Indeksda mamlakatlar 4 ta
daromad guruhiga (yuqori, yuqori oʻrta, quyi oʻrta va past daromad) boʻlingan boʻlib,
Oʻzbekiston quyi oʻrta daromad guruhida 37 ta davlat ichida 10
-
oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston
mintaqalar boʻyicha innovatsion iqtisodiyotlar tasnifida 10 ta Markaziy va Janubiy Osiyo
mamlakatlari orasida 4-
oʻrinni egalladi. Reytingning 2023 yilgi hisobotida Oʻzbekiston
Innovatsiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va sharoitlar (innovation input)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
176
subindeksida 72-
oʻrinni, innovatsiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar (innovation
output) subindeksida otgan yilga nisbatan 3 pogʻonaga oʻsib, 88
-
oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston
shuningdek reytingda boshqaruv institutlar sifati (+8), Infratuzilma (+1), bilim va texnologiya
mahsullari (+2), ijodiy mahsulotlar (+9) yoʻnalishlarida oʻz oʻrnini oʻtgan yilga nisbatan
yaxshiladi.
1-rasm. Innovatsion jarayonning rivojlanish bosqichlari
Manba:
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Innovatsiya jarayoni ma'lum bir davrni oʻz ichiga qamrab olib yangilikni yaratishda
ifodalanishi uning iqtisodiy samaradorligi bilan bogʻliqdir. Chunki innovatsiya strategiyasi
ishlab chiqarish jarayonida yangi fan-
texnika yutuqlarini qoʻllash asosida raqobatchi
subyektlarga nisbatan yuqoriroq iqtisodiy salohiyatga ega boʻlishida ifodalanadi. Shuni
ta'kidlash lozimki innovatsion jarayonni rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshadi (1-
rasm).
Aytish mumkin, ishlab chiqarish jarayonida ilmiy-
texnikaviy ishlanmalarni qoʻllanilishi
natijasida ular ilmiy-texnikaviy innovatsiya mahsulotlariga aylanadi. Shuni ta'kidlash lozimki,
ilmiy-
texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga qoʻllash innovatsion tovarl
arning xususiyatidir.
Taraqqiy etgan va ayrim oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida innovatsion investisiyalash
borasida boy, ilgʻor tajriba toʻplangan boʻlib, uni chuqur tahlil etish va respublikamiz
amaliyotida ijodiy foydalanish yuzasidan ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, taraqqiy etgan mamlakatlarda innovatsion
investisiyalash borasida toʻplangan tajribalar xilma
-xildir.
Fikrimizcha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribasidan kelib chiqqan holda,
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita usullaridan
milliy iqtisodiyotda kompleks foydalanishni joriy etish maqsadga muvofiq. Xususan,
innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat va xoʻjalik yurituvchi subyektni
ng hissali
Innovasion jarayonning rivojlanish bosqichlari
Innovasion fikrlarning rivojlanishi
Eng samarali innovasion fikrlarni aniqlash
Innovasion fikrlarni amalga oshirishni iqtisodiy baholash
Innovasion fikrlarni amalga oshirish biznes rejasini ekspertlar tomonidan
baholash
Bozorda yuqori talabga ega boʻlgan mahsulotlarni ishlab
chiqarishni amalga
oshirish uchun zarur boʻlgan oʻzgartirishlarni kiritish va ularning bozordagi
harakatlarini ishlab chiqish
Innovasion rejalar asosida namunaviy mahsulotni ishlab chiqarish va uni
bozor talablari asosida sinash
Innovasion fikrlarni am
alga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy xarajatlarni
biznes rejada asoslash
Sinalgani nnovasion mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayonini yoʻlga qoʻyish
va ularning bozordagi sotilishini ta'minlash
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
177
ishtirok etishini ta'minlash, olinadigan dividentlarga nisbatan past darajadagi soliq stavkalarini
qoʻllash innovatsion loyihani investisiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shunisi xarakterliki, taraqqiy etgan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot xarajatlarining asosiy
qismini davlat qoplaydi. Masalan, Fransiyada 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab, summasi 100
million evrogacha boʻlgan ilmiy
-tadqiqot ishlarining 30 foizi, 100 million evrodan ortiq
boʻlganlarining 50 foizi davlat tomonidan qo
plangan (Zaxarova, 2019).
2-rasm Korxonalar innovatsion faolligini ta'minlashning davlat tomonidan moliyaviy
qoʻllab quvvatlash tarmoqlararo hududiy mexanizmi
Manba:
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
AQShda ilm-fan xarajatlarining qariyb yarmi, Buyuk Britaniyada 50 foizdan ortiq qismi,
Germaniyada 40 foizdan ortigʻi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Olib borilgan va oʻrganilgan ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, iqtisodiyot tarmoqlarida
faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning
innovatsion rivojlanishi va innovatsion faolligini
ta'minlash uchun davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab
-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqishni
taqozo etadi. Biroq, respublika, xudud va mintaqa iqtisodiy salohiyati, demografiyasiga
muvofiq korxonalar oʻrtas
idagi moliyaviy munosabatlarni uzviyligini ta'minlash
rejalashtirilgan va koʻzda tutilgan innovatsion loyihalardavlat tomonidan moliyalashtirish
mexanizmini oltita asosiy bloklarga ajratish imkonini beradi (2-rasm).
Tadqiqot natijasida oʻrganilgan xorijiy
mamlakatlar tajribalari shundan dalolat beradiki,
bugungi kunda har qanday mamlakat, hududda faoliyat yuritayotgan korxonalar investision
faolligi natijadorligini ta'minlash yaratilgan investisiya muhitiga bevosita bogʻliq boʻladi.
E'tiborlisi shundaki, hozirgi zamon innovatsion faollikni oshirishda korxonalarni raqamli
texnologiyalar va favqulotda yuzaga keladigan iqlim oʻzgarishlari bilan uzviy bogʻlangan holda
davlat tomonidan investisiya muhit sharoiti yaratishi kerak boʻladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
178
Xulosa va takliflar.
2022
–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida
“Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm
-fan
muassasalarining kooperasiya aloqalarini rivojlantirish” maqsadi belgilangan. Unga koʻra
innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha
arzonlashtirilgan va sifatli, xom ashyo narxiga nisbatan 2-
3 baravar yuqori qoʻshilgan qiymat
yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻzlashtirish,
shu
jumladan umumiy qiymati 165,9 milliard soʻmlik jami 195 ta loyihani amalga oshirish (2022)
lozim. Negaki, ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash, ularning bilim darajasini oshirish mamlakat
iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishning eng muhim koʻrsatkic
hi hisoblanadi. Shuning
uchun ham yalpi ichki mahsulot tarkibida ilm-
fan sohasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni
bosqichma-
bosqich oshirib borish vazifasi belgilangan. Jumladan, Oʻzbekistonda ilm
-fanni
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadli koʻ
rsatkichlari va indikatorlari tarkibida
ham innovatsiyalarga alohida e'tibor qaratilgan. Chunki rivojlangan davlatlar tajribasidan
ma'lumki, davlat asosiy e'tiborni investisiya siyosatini shakllantirish va milliy iqtisodiyotdagi
korxonalarni moliyaviy qoʻl
lab-quvvatlaydigan samarali mexanizmlarni yaratish va
muvaffaqiyatga erishish uchun yirik darajadagi milliy, tarmoq va hududiy innovatsion
loyihalarni amalga oshirishga qaratadi.
Innovatsiyalarga asoslangan bozor iqtisodiyotining ahamiyati, uni yaratish va undagi
moliyaviy jarayonlarni yanada jadallashtirish boʻyicha quyidagi xulosalarga kelindi:
–
jahon amaliyotida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish boʻyicha tajribalari va yoʻllari
koʻrsatib berildi.
–
bugungi globallashuv zamonida innovatsiya jarayonining ahamiyati, uning iqtisodiyotda
zarur ekanligi tushuntirib berildi va innovatsion jarayonni rivojlanishi bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi koʻrsatildi.
–
xorijiy davlatlar tajribalari oʻrganilib, innovatsion iqtisodiyotni barpo etishda ilmiy v
a
texnologik yutuqlardan keng foydalanish ahamiyatli ekanligi aniqlandi.
–
respublikada iqtisodiyotida innovatsion faollikni ta'minlashga qaratilgan moliya
siyosatini takomillashtirish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jahon bozoriga milliy innovatsion mahsulotni olib chiqish
mumkin degan xulosaga kelish mumkin.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Farmon (2022) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2022 yil 6 iyuldagi “2022 —
2026
yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF
-165-
sonli Farmoni
Ibragimova S.A, Xusainov R.R. (2021). Globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyotni
innovatsion rivojlantirish yoʻnalishlari va istiqbollari// Экономика и финансы (Узбекистан).
№3 (139).
Kadirov, L., Tursunov, B., & Raimberdiyev, S. (2024). O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish. Modern Science and
Research, 3(2).
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
Kuznets S. (1953). Economic growth and income inequality/ S.Kuznets //American
Economic Review. Vol. 45. No I.
Murojaatnoma (2020)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr.
Гадаев,
Ж.М.
(2020)
Инвестицион
лойиҳаларни
молиялаштиришда
синдициялаштирилган кредитлашни қўллаш имкониятлари// Молодой ученый. 2020. №
13 (303). С. 258
-260.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, noyabr
www.e-itt.uz
179
Захарова Н.
(2019)
Координация инновационных процессов в Европейском
Союзе//Экономист.
-
Москва, №7.
-
65с
.
Клайнкнехт А. (1992) Циклы нововведений: вопросы теории: Пер. с англ. М.:
Экономика.
Кондратьев Н.Д. (2002) Большие циклы конъюнктуры и теория предвидения. М.:
Экономика, стр. 370
-371.
Коноваленко М.К. (2003)
Управление продуктовыми инновациями.
-
Харьков, 219 с.
Менш Г. (2001). Технологический пат: инновации преодолевают депрессию. М.:
Экономика.
Норов, А. (2020). Инновацион лойиҳаларни молиялаштиришда тижорат
банкларининг ролини ошириш.
Экономика и инновационные технологии, (2), 1–
7.
https://inlibrary.uz/index.php/economics_and _innovative/article/view/11390
Твисс Б. (1989) Управление научно
-
техническими нововведениями / Б. Твисс.
-
М.:
Экономика,
- 271 c.
Хансен Э. (1997) Экономические циклы и национальный доход // Классики
кейнсианства.М.: Экономика, Т. 1. С. 203.
Холбекова, Ф. (2023). Инновацион сиёсат: ҳудудлар иқтисодиёти ривожланишининг
пойдеворидир.
Направления развития благоприятной бизнес
-
среды в условиях
цифровизации экономики,
1(01), 301
–
309.
https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp301-309
Шумпетер Й. (1982) Теория экономического развития: Исследование
предпринимательской прибыли, капитала, кредита, процента и цикла конъюнктуры:
пер.с нем.
-
М.: Прогресс, С.455.
Эргашев Р.Х., Халиков С.Р., Тошбаев А.Ж. (2019). Инновацион иқтисодиёт: Дарслик ; –
Т.: “Iqtisod
-
Moliya”,–
396 б.
