Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
24
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV MADANIYATNI
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
PhD
Akramova Nazokat Israilovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0002-6986-6748
Annotatsiya.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni takomillashtirish
yo‘nalishlarini aniqlash uchun uning afzalliklari va muammolariga e’tibor qaratish lozim.
Samarali korporativ madaniyat aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va uzoq muddatli istiqbollariga
b
evosita ta’sir qiladi. Bunday madaniyat aksiyadorlik jamiyatlari muvaffaqiyatining eng muhim
omillaridan biri bo‘lib, raqobatdosh us
tunlikni saqlab turishda muhim hisoblanadi. Shuningdek, u
korxonadagi shaxslarning axloqiy fazilatlariga, fidoyiligiga, mehnat unumdorligiga, jismoniy
sog‘lig‘iga va jamoada ishlaydigan odamlarning hissiy farovonligiga ta’sir qiladi. Ushbu
maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida uchrayotgan korporativ madaniyat muammolari tahlil
qilingan va ularga samarali yechimlar topish yo‘llari
belgilab berilgan. Hamda korporativ
madaniyatning muhimligi va uning kompaniya faoliyatidagi o‘rni, shuningdek, madaniyatning
iqtis
odiy ko‘rsatkichlarga ta’siri
k
o‘rib chiqilgan. Muammolar sifatida korporativ madaniyatning
yetarli darajada shakllanmagani,
xodimlar o‘rtasidagi muloqotning zaifligi, etika va
qadriyatlarga rioya qilinmasligi kabi jihatlar tahlil qilingan. Yechimlar sifatida esa korporativ
madaniyatni shakllantirishda strategik yondashuvlar, muntazam ta’lim va tarbiya dasturlari,
ochiq muloqot va ishonch muhitini yaratish, shuningdek, etika kodekslarini ishlab chiqish va joriy
etish taklif qilingan. Tadqiqot aksiyadorlik jamiyatlari uchun korporativ madaniyatni yaxshilash
va samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni beradi.
Kalit so‘zlar
:
korporativ madaniyat, korporativ boshqaruv, xodimning qoniqishi,
kompaniya missiyasi, tashkiliy xulq, transformatsiya, kompaniya samaradorligi, aksiyadorlik
kompaniyasi, raqobatbardoshlik, so‘rovnoma, boshqaruv organlari
, raqamlashtirish.
ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ КОРПОРАТИВНОЙ КУЛЬТУРЫ В
АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ
PhD
Акрамова Назокат Исраиловна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Необходимо обратить внимание на преимущества и проблемы
корпоративной культуры для определения направлений ее совершенствования в
акционерных обществах. Эффективная корпоративная культура оказывает прямое
влияние на деятельность и долгосрочные перспективы акционерных обществ. Такая
культура является одним из ключевых факторов успеха акционерных обществ и имеет
важное значение для поддержания конкурентного преимущества. Кроме того, она
влияет на этические качества сотрудников, их преданность, производительность
труда, физическое здоровье и эмоциональное благополучие людей, работающих в
коллективе.
UO
‘
K: 338.24:658
(575.1)
XII SON - DEKABR, 2024
24-33
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
25
В данной статье анализируются проблемы корпоративной культуры в акционерных
обществах и определяются пути их эффективного решения. Также
рассмотрены
важность корпоративной культуры и ее роль в деятельности компании, а также
влияние культуры на экономические показатели. В качестве проблем были
проанализированы недостаточное формирование
корпоративной культуры, слабость
коммуникации между сотрудниками, несоблюдение этики и ценностей. В качестве
решений предложены стратегические подходы к формированию корпоративной
культуры, регулярные образовательные и воспитательные программы, создание
открытой коммуникации и атмосферы доверия, а также разработка и внедрение
этических кодексов. Исследование предлагает практические рекомендации по улучшению
и эффективному управлению корпоративной культурой в акционерных обществах."
Ключевые слова:
корпоративная культура, корпоративное управление,
удовлетворенность сотрудников, миссия компании, организационное поведение,
трансформация, эффективность компании, акционерное
общество, здоровая
конкурентоспособность, анкета, органы управления, цифровизация.
PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF CORPORATE CULTURE IN
JOINT-STOCK COMPANIES
PhD
Nazokat Akramova
Tashkent State University of Economics
Abstract.
To determine the directions for improving corporate culture in joint-stock
companies, attention must be paid to its advantages and problems. An effective corporate culture
directly influences the activities and long-term prospects of joint-stock companies. Such a culture
is one of the most important factors for the success of joint-stock companies and is crucial in
maintaining a competitive edge. Moreover, it affects the ethical virtues, dedication, work
productivity, physical health, and emotional well-being of individuals in the organization. This
article analyzes the problems of corporate culture in joint-stock companies and identifies ways to
effectively address them. It also examines the importance of corporate culture and its role in the
company's operations, as well as the impact of culture on economic indicators. Issues such as
insufficient development of corporate culture, weak communication among employees, and non-
compliance with ethics and values are analyzed. Solutions proposed include strategic approaches
to developing corporate culture, regular educational and training programs, creating an open
communication and trust environment, and developing and implementing ethical codes. The
research provides practical recommendations for improving and effectively managing corporate
culture in joint-stock companies.
Keywords:
corporate culture, corporate governance, employee satisfaction, company
mission, organizational behavior, transformation, company effectiveness, joint stock company,
competitiveness, questionnaire, management organs, digitalization.
Kirish.
Hozirgi vaqtga kelib, jahon iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan taraqqiy etib bormoqda. Bu
jarayonda katta korxonalar, korporatsiyalar va firmalarning roli nihoyatda muhimdir.
Jumladan, ularning idora etish jarayonini samar
ali va maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yi
sh eng
zarur vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada korporativ boshqaruv tizimini amalga oshirish
va mulkni shaffoflashtirish eng ma’qul usuldir. Bugungi kunda korporativ boshqaruv tizimi
korxonalarni boshqarishning zamonaviy falsafasi va samaradorligini
ta’minlovchi asosiy
texnologiyaga aylangan. Rivojlangan korporativ boshqaruv tizimi tufayli iqtisodiy qo‘shilgan
qiymat va sof foyda ko‘rsatkichlarida sezilarli oshish, samaradorlikning yuksalishi va riskning
kamayishi
kuzatilmoqda, bu holat ko‘plab tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Xususan, taniqli
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
26
ekspertlarning tadqiqotlari natijasida, samarali korporativ boshqaruvni qo‘llagan
kompaniyalarda iqtisodiy qo‘shilgan qiymat miqdori korporativ boshqaruv standartlaridan
foydalanmagan kompaniyalarga nisbatan yuqori ekani aniqlangan.
Bugungi iqtisodiy sharoitlarda, aksiyadorlik jamiyatlari murakkab iqtisodiy tizimning
muhim bo‘lagi sifatida o‘zining muhim xususiyatlariga ega. Iqtisodiyotda aksiyadorlik jamiyati,
bir qator jismoniy va yuridik shaxslarning kapitalini birlashtirish orqali tashkil etilgan tijorat
sub’ekti sifatida belgilanadi. Bunday jamiyatlar material va boshqaruv jihatidan turli shaxslarni
birlashtirib, korxona faoliyatidan keladigan asosiy iqtisodiy va moliyaviy manfaatlarni olishadi.
Aksiyadorli
k jamiyatlari, biznes sub’ekt sifatida, tuzilmalarini strategik maqsadlar atrofida
jamlash orqali o‘z vazifalarini bajaradigan iqtisodiy elementlarga ega
.
Korporativ madaniyatning an’anaviy qarashlariga ko‘ra, bu iqtiso
diy natijalarni
yaxshilash va tashkil
otning boshqaruv qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirishning muhim qismi
hisoblanadi. Ko‘p hollarda, korxonalar bu yo‘nalishda rivojlanishga intiladi. Korporativ
madaniyat boshqarish jarayonida, jamiyatning asosiy qadriyatlari bilan hamohanglashtiruvchi
ideolo
gik mexanizm sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ammo, hozirgi vaziyatda, aksiyadorlar,
menejerlar va ishchilar orasidagi qadriyatlar, bozor sharoitlariga mos keladigan menejment
tizimi va korporativ madaniyatni boshqarish jarayonidagi integratsiya masalalari yetarlicha
diqqat markazida emas.
Adabiyotlar sharhi.
Aksiyadorlik jamiyatlarda korporativ madaniyatning funksiyalarini o‘rganish bilan
bog‘liq
holda korporativ madaniyat tushunchasi talqinini o‘rganamiz. Ilmiy adabiyo
tlarda
korporativ madaniyatga turli x
il ta’riflar berilgan bo‘lib, ularni turli xil guruhlarga bo‘lish
mumkin: falsafiy va mafkuraviy, me’yoriy, funksional
-
tashkiliy ta’riflardan iborat.
K
orporativ madaniyat ma’lum bir korxonaga xos bo‘lgan, uning individ
ualligini va ijtimoiy
va moddiy
muhitda o‘zini va boshqalarni idrok etishini aks ettiruvchi, xulq
-
atvorida, o‘zaro
ta’sirida, idrokda namoyon bo‘ladigan bir
-
biri bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi moddiy va ma’naviy
qadriyatlar tizimi hisoblanadi (Spivak, 2001). Korporativ madaniyati korxona madaniyatiga
mos kelmasligi mumkin. Sababi korxonada olib boriladigan korporativ madaniyat
tashkillashtirilgan madaniyat bilan farq qiladi
ya’ni u korporativ madaniyatga nisbatan
kengroq va chuqurroq tushuncha hisoblanib, bu tashkilotda
“shakllantirilgan”
siyosatdir
(Yablonskene, 2010). Korporativ madaniyatni tashqi muhitga moslashish va ichki integratsiya
muammolarini hal qilishni o‘rganayotganda ma’lum bir guruh tomonidan o‘z
-
o‘zidan
shakllangan, o‘rganilgan yoki ishlab chiq
i
lgan asosiy harakatlarning to‘plamidir
(Sheyn, 2011).
Korporativ madaniyatni tashkilotdagi xatti-harakatlar turini shakllantiradigan umumiy
qadriyatlar va me’yorlar tizimi sifatida tushun
iladi (Jeffkins va Yadin, 2015). Korxonalarda
korporativ madaniyatn
ing to‘rtta darajasi mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
qadriyatlar
-
bu korxona va uning yutuqlari haqida uning barcha a’zolari tomonidan baham ko‘riladigan
g‘oyalar; qahramonlar
-
eng muhim tashkiliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan namuna
bo‘
l
gan korxona a’zolari; marosimlar
- korxona uchun muhim voqealarni belgilash va ularga
yangi a’zolarni tanishtirish maqsadida o‘tkaziladigan ramziy ma’noga to‘la marosimlar;
munosabatlarni jipslashtirish -
bu korxona a’zolari korporativ qadriyatlar, qahram
onlar,
marosimlar haqida ma’lumot oladigan norasmiy aloqa kanallari bo‘yicha ta’minlashdan iborat
(Deal va Kennedy, 2020). Korporativ madaniyat
–
bu ijtimoiy progressiv rasmiy va norasmiy
qoidalar va faoliyat me’yorlari, urf
-
odatlar va an’analar, guruh man
f
aatlari, ma’lum bir tashkiliy
tuzilma xodimlarining xulq-atvor xususiyatlari, yetakchilik uslubi, ishchilarning mehnat
shar
oitlaridan qoniqish ko‘rsatkichlari, o‘zaro hamkorlik darajasidir
(Smirnov, 2008).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada turli xil usullardan foydalanildi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati
samaradorligini oshirishda korporativ madaniyatning rolini oshirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
27
ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish, statistik ma’lumotlarni o‘rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash
va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiyal
ash, ma’lumotni guruhlash, analiz va sintez,
induksiya va deduksiya usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlili va natijalar muhokamasi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni takomillashtirish yo
‘nalishlarini
aniqlash uchun uning afzalliklari va
muammolariga e’tibor qaratish lozim. Samarali korporativ
madaniyat aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va uzoq muddatli istiqbollariga bevosita ta’sir
qiladi. Bu turdagi madaniyat aksiyadorlik jamiyatlarining muvaffaqiyatida kalit rol o'ynaydi va
ularning raqobatdoshligini mustahkamlashda asosiy omil hisoblanadi. U korxonada
ishlayotgan shaxslarning axloqiy qadriyatlari, sodiqlik darajasi, mehnat samaradorligi,
jismoniy holati va hissiy farovonlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yaxshi ishlab chiqilgan korporativ
madaniyat, aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimining takomillashuvini rag'batlantiradi,
ish muhitini yanada yoqimli qiladi va xodimlarni birlashtiradi. Natijada, bu aksiyadorlik
jamiyatlarining boshqaruv tizimini rivojlantirishga va ularning obro'sini oshirishga yordam
beradi. Izlanishlar davomida "Uzsalaman" AJ korporativ madaniyatning ierarxik tuzilishga ega
ekanligi aniqlandi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatda zamonaviy madaniyat turlarini
shakllantirilishi, samarali korporativ madaniyat yondashu
vi adolatli bo‘lishi kerakligi
aniqlandi.
"Uzsalaman" AJda korporativ madaniyatni samarali joriy etish maqsadida quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish foydali bo'ladi:
-aksiyadorlik jamiyatining iste'molchilar va hamkor korxonalar bilan ochiq aloqada
bo'lishi va ularni jamiyat tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar haqida tizimli ravishda
xabardor qilish.
-xodimlarning axloqiy va madaniy me'yorlarini belgilovchi qator hujjatlar, qoidalarni
joriy etish orqali korporativ madaniyatni qo'llab-quvvatlash va uni mustahkamlash.
-"Uzsalaman" AJning boshqaruv rahbari shaxsiy va professional jihatdan yuqori
fazilatlarga ega bo'lishi, uning jamoa orasidagi obro'si korporativ madaniyatni yaxshilashga
hissa qo'shadi.
-jamoaviy birdamlik, ijodkorlik muhiti va xodimlarning tashabbuskorligini qo'llab-
quvvatlovchi demokratik boshqaruv uslublaridan foydalanishni kuchaytirish zarur.
-"Uzsalaman" AJ xodimlarini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish tizimini aniq qoidalarga
asoslangan holda normativ hujjatlarda belgilab qo'yish tavsiya etiladi.
"Uzsalaman" AJ korporativ madaniyatini yaxshilashda uchraydigan quyidagi
qiyinchiliklar mavjud:
-xodimlarning korporativ madaniyatga bo'lgan shaxsiy munosabati etarli emas, bu esa
ma'muriy hujjatlarni qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
-xodimlarning eski xulq-atvor tamoyillari va me'yorlari hanuz mavjudligi sababli,
"Uzsalaman" AJda korporativ madaniyatning yangi tizimini joriy etish zarur.
-jamoaviy ish va mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga xodimlarning kam qiziqishi mavjud,
bu esa yangi tashabbuslarni rivojlantirishda muammolarga sabab bo'lmoqda. Xodimlar shaxsiy
javobgarlikni o'z zimmalariga olishda yoki ijodiy yondashuvlarda faol emaslar.
-ijtimoiy-psixologik muhitning noqulayligi tufayli jamoada tez-tez korporativ nizolar
yuzaga kelmoqda.
-boshqaruvga va tashkilotga bo'lgan ishonchsizlik, xodimlarning korporativ
madaniyatning yuqori darajasini saqlab qolish zarurligini tushunmasliklari muammosi mavjud.
-ishdan tashqari vaqtlarda jamoani birlashtiruvchi marosimlar va tadbirlar etishmasligi.
-xodimlarning boshqaruvning ta'siriga bo'lgan sezgirligi past va bunday ta'sirlarning
samaradorligini kuzatish mumkin emas.
Bizning olib borgan tadqiqotimiz, OCAI metodologiyasidan foydalanib, "Uzsalaman"
AJning korporativ madaniyati ierarxik xususiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Bu metodologiya
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
28
orqali, mavjud va maqsadga muvofiq korporativ madaniyat tizimlarini taqqoslash imkoniyati
yaratildi. Quyidagi jadvalda "Uzsalaman" AJning korporativ madaniyati tahlil qilindi.
1-jadval
“Uzsalaman” AJ ning
korporativ madaniyatining OCAI metodologiyasi
asosidagi tahlili natijasi
№
Korporativ madaniyat turlari
Baholash
100 ball
Izoh
1.
Adxokratik madaniyat
25
2.
Klan madaniyati
30
3.
Bozor madaniyati
20
4.
Ierarxik madaniyati
25
Manba:
muallif ishlanmasi.
Natijada, "Uzsalaman" AJ korporativ madaniyatini bozor madaniyatiga mos ravishda
o'zgartirish kerakligi aniqlandi. Joriy vaziyat va maqsadlarga mos keladigan o'zgarishlar
asosida, "Uzsalaman" AJning korporativ madaniyatini rivojlantirishda duch keladigan asosiy
muammolar quyidagicha belgilandi:
-aksiyadorlik jamiyatning umumiy rivojlanish istiqboli va hozirgi korporativ madaniyatni
rivojlantirish bo'yicha aniq strategiyaning yo'qligi;
-aksiyadorlik jamiyatining uzoq, o'rta va qisqa muddatli rivojlanish rejalarining noto'g'ri
ishlab chiqilganligi;
-aksiyadorlik jamiyatning korporativ boshqaruv tizimidagi barcha darajalarda
yangiliklarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishning yo'qligi;
-mijozlar bilan aloqalarning ijobiy emasligi;
-xizmat ko'rsatishda samarali menejment tizimining yetarli darajada bo'lmaganligi.
"Uzsalaman" AJda korporativ madaniyatni takomillashtirish zarurati hisobga olinib,
bizning tomonimizdan kompaniyaning korporativ madaniyatini yaxshilash uchun bir qator
chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu tadbirlar korxonaning iqtisodiy samaradorligini
oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda. Natijada, "Uzsalaman" AJda mavjud korporativ
madaniyatni sinchkovlik bilan o'rganish orqali korporativ madaniyat modelini yangilash
zaruratini angladik.
Aksiyadorlik jamiyatda bozor madaniyatini rivojlantirish uning iqtisodiy barqarorligini
ta’minlaydi. Bunday vaziyatd
a aksiyadorlik jamiyatida iqtisodiy natijalarga erishish va mijozlar
bilan uzoq muddatli ijobiy munosabatlarni o‘rnatishdan manfaatdor bo‘ladi. "Uzsalaman" AJda
korporativ madaniyatning yangi tuzilmasini amalga oshirish orqali kompaniya xodimlari va
iste'molchilari o'rtasida yaxshi obro' yaratish va xizmat ko'rsatish sifatini yuksaltirish
imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday sharoitda, "Uzsalaman" AJ xodimlariga qo'yiladigan talablar
oshishi kerak, shuningdek, rahbariyat xodimlarning malakasini oshirishga ko'proq e'tibor
berishi lozim.
Bozor madaniyatining joriy etilishi "Uzsalaman" AJ xodimlaridan yuqori darajadagi
javobgarlikni talab qiladi. Bu esa o'z navbatida:
Xizmat vazifalarini aniq va o'z vaqtida bajarish uchun zarur bo'lgan intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi;
Yuqori madaniyat darajasiga ega bo'lish, odob-axloq qoidalari, biznes muzokaralarini olib
borish usullari va iste'molchilarga korxonaning qadriyatlarini tushuntirish ko'nikmalarini
o'zlashtirishni talab qiladi;
Sifatli ma'lumotlarga ega bo'lish, mijozlar bilan samarali muzokaralar olib borish va bu
orqali mijozlarning qoniqishini ta'minlashga qaratilgan yondashuvlarni amalga oshirish
kerakligini anglatadi.- mehnat kelishuvlarg
a asoslangan yechimlarni qo‘llagan holda axloq
va
bag‘rikenglikni ta’minlash;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
29
-
rahbariyat, xodimlar bilan munosabatlarda halollik, odoblilik, xushmuomalalikni yo‘lga
qo‘yish;
- qatiy intizom, chunki korxonaning muvaffaqiyati xodimning yondashuviga ham bog
‘liq.
“Uzsalaman” AJ xodimlari shaxsiy qadriyatlarning rivojlangan tizimiga ega bo‘lsa, shaxsiy
maqsadlarni korxona maqsadlaridan ustun qo‘ymasligi kerak.
"Uzsalaman" AJda bozor madaniyatining korporativ modelini ishlab chiqishning oxirgi
qadami sifatida, muassasaning mafkurasi, qadriyatlari va ularning deklaratsiyasi kabi
hujjatlarni loyihalash zarurati mavjud. Bunda korxona qadriyatlar ro‘yxati bo‘lishi ya’ni
korxona tartib intizomi, kollegial ishlash va o‘zaro yordam kabilardan iborat. "Uzsalaman" AJda
korporativ madaniyatni takomillashtirishga yo'naltirilgan aniq chora-tadbirlarni, shu jumladan
tashkiliy va ijtimoiy-psixologik tadbirlar rejasini ishlab chiqish zarurati bor. Bu tadbirlar
xodimlarning psixologik holati va motivatsiyasiga ijobiy ta'sir qiladi, ularda jamoaviy
birdamlikni shakllantirish, rahbariyatga bo'lgan ishonchni oshirish va ichki guruhlardagi
ziddiyatlarni kamaytirishni o'z ichiga oladi.
"Uzsalaman" aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ madaniyatini yaxshilash bo'yicha
rejalashtirilgan tadbirlar quyidagilardan iborat:
- "Uzsalaman" AJda korporativ madaniyatning bozor madaniyati modelini joriy etish,
jamiyatning iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga yordam beradi;
- " Uzsalaman " AJ xodimlarining mehnat qilish darajasini oshiradi, bu esa jamiyatdagi
mavjud muammolarni samarali hal qilishga ko'maklashadi.
Bu chora-tadbirlar orqali quyidagi maqsadlarga erishish rejalashtirilgan:
- "Uzsalaman" AJ xodimlarini korporativ madaniyatni shakllantirish qoidalarga rioya
qilish;
- "Uzsalaman" AJda axborot ta'minoti va kommunikatsiyasiga e'tibor qaratish;
- korxonaning yagona "imidji" tasavvurini yaratish va rivojlantirish;
- xodimlarni axloqiy rag'batlantirishning samarali tizimlarini ishlab chiqish va amalga
oshirish.
2-jadval
Korporativ madaniyatning ajralmas qismi ijtimoiy paketning afzallik tomonlari
Korxona uchun afzal tomonlari
Ishchilar uchun afzal tomonlari
- xodimlarning aksiyadorlik jamiyatiga
sodiqligini saqlaydi, mehnat samaradorligini
oshirish yuqoriligini ta
’
minlaydi;
- raqobat muhitida aksiyadorlik jamiyatlari
imijini oshiradi;
- korxona ishchilarining sodiqligi asosida
korxona
resurslaridan
samarali
foydalaniladi.
-
ijtimoiy
himoyaning
kuchliligi
ishchilarning himoyalangan darajasini
oshiradi;
-
ishdan bo‘shash hohishini pasaytiradi
;
- mehnat qilish ehtiyojini kuchaytiradi;
- ishchining qadr qimmatini oshiradi.
Manba:
muallif ishlanmasi.
Jadval
ma’lumotlaridan shuni anglash lozimki, “
Uzsalaman
”
AJda samarali korporativ
madaniyatni amalga oshirish uchun motivatsion ta’minotga ham
al
ohida e’tibor qaratish lozim.
Aksiyadorlik jamiyatlarining ijtimoiy rivojlanishi mansabdor shaxslar doirasini birlashtirgan
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan boshqariladi, ularning vakolatiga ijtimoiy rivojlanishi va uning
xodimlarining ijtimoiy xizmatlari, tegishli vakolatlari va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun
ma’lum javobgarlik kiradi.
“Uzsalaman” aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari malakasini oshirish uchun o‘quv
dasturlarini muntazam olib borish va xodimlarning malaka oshirishga ehtiyojlari ya’ni
qiz
iqishlarini o‘rganish lozim. Shunday qilib, “Uzsalaman” AJ boshqaruv xodimlarini o‘qitish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
30
bugungi kunda juda zarur, sababi mutaxassislar bilan muloqotda ularning o‘zlarining bilimlari
pastligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
“Uzsalaman”
aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining kasbiy faoliyati bilan ham
muammolar mavjud. Ushbu muammolarni aniqlash uchun muntazam ravishda so‘rov o‘tkazish
kerak.
Ish joyidan tashqaridagi barcha kasbiy rivojlanish tadbirlarini tashkil etishda
quyidagilarni hisobga olish lozim:
- o'tgan 5 yil davomida "Uzsalaman" AJda ishlagan xodimlarning kasbiy malakasini
oshirish va ularni zamonaviy boshqaruv uslublari bilan tanishtirish bo'yicha kurslar tashkil
etish.
Ushbu tadbirlar bugunda dolzarb bo‘lgan:
- xodimlarini boshqarish va ularning
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish;
-
aksiyadorlik jamiyati faoliyatini rejalashtirish, to’g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish
va samaradorligini baholash usullarini joriy etish;
-
axborot texnologiyalari, norasmiy xat yozishmalar tartibini o‘rgatish;
- xodimlarni boshqarish va ularning o'zaro aloqalarini tahlil qilish;
- aholi va mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlash;
- xodimlarning soha bo'yicha xorijiy tillarni bilish darajasini yuksaltirish.
Xodimlari tomonidan o‘qitishning barcha shakllari tugall
angand
an so‘ng, anketa so‘rovi
yordamida malaka oshirish tizimini doimiy kuzatib borish zarur. Uning uchun monitoring
bo‘limi sertifikatlash “Uzsalaman” AJ tartibidan o‘tmagan, ya’ni malaka kursini tugatmagan
xodimlarni qisqartirishni ta’minlashi kerak. Ak
siyadorlik jamiyatlarida boshqaruv rahbarlarini
almashtirib turish ham samarali tajriba hisoblanadi.
Motivatsion siyosatni amalga oshiradigan menejerlariga va bevosita qaror qabul
qiladigan va motivatsion loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlaydigan bosh
qaruv tizimiga
beriladi. Ijtimoiy korporativ strategiyani mustaqil funksional strategiya sifatida ajratish
bugungi kunda zarur hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatning
ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy paketning asosiy afzalliklari xo
dimlarni ijtimoiy himoya bilan
ta’minlash, aksiyadorlik jamiyaning nisbatan qo‘shimcha raqobatdosh ustunligini ta’minlash,
xodimlarning ishiga bo'lgan mamnuniyatini yuksaltirish, ular uchun qulay ish va hordiq
chiqarish muhitini ta'minlash, shuningdek, korxonaning ijobiy obro'sini shakllantirishni o'z
ichiga oladi.
3-jadval
“MaxamChirchiq” AJning korporativ madaniyat ko‘rsatkichlari tarkibi
№
Korporativ madaniyat ko‘rsatkichlari
Berilgan imtiyozlar
Rejalashtirilayotgan
imtiyozlar
1.
Lavozimi
ko‘tarilishi
2 yilda
5 yilda
2.
Uy joy bilan ta’minlanishi
15%
24%
3.
Xavfsiz ish bilan ta’minlanganligi
12%
26%
4.
Oliy ma’lumotga korxona mablag‘lari
hisobidan ega bo‘lish imkoniyati
12%
7%
5.
Korxona mablag‘lari hisobidan
farzandlarni bog‘cha va
boshqa
muassasalarga joylashtirish
3%
5%
6.
Egiluvchan ish grafigi
2%
6%
7.
Har bir jamoa a’zosiga rahbariyatning
e’tibori
56%
32%
Manba:
muallif ishlanmasi.
3-jadval
dan ko‘rinib turganidek, ushbu aksiyadorlik jamiyatda lavozimga ko‘tarishda
cheklovlar 5 yilgacha deb belgilangan. Bu odatda uzoq davr hisoblanadi. Korxonada uy joy bilan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
31
ta’minlanish darajasi past, lekin korxona imkoniyatidan kelib chiqib iloji boricha ushbu
tadbirlarni amalga oshirishga harakat qilinmoqda. Xavfsiz ish bilan ta’m
inlanganligi, oliy
ma’lumotga korxona mablag‘lari hisobidan ega bo‘lish imkoniyati, korxona mablag‘lari
hisobidan farzandlarni bog‘cha va boshqa muassasalarga joylashtirish, egiluvchan ish grafigi,
har bir jamoa a’zosiga rahbariyatning e’tiboridan ham chetda qolmagan, bu o‘z navbatida
aksiyadorlik jamiyatida raqobatbardosh korporativ madaniyatning to'g'ri yo'nalishda yo'lga
qo'yilganidan dalolat beradi. Ushbu korxonada samarali korporativ madaniyat chora tadbirlari
ijobiy yo‘lga qo‘yilganligi sababli ish ha
qi darajasi, korxonaning iqtisodiy samaradorligi ham bir
qancha barobarga
oshganinidan dalolat beradi. Ya’ni shunday xulosa qilish mumkinki, ish
haqidan keyingi ishchilarga ta’sir qiluvchi jihatalari korxonada yo‘lga qo‘yilgan korporativ
madaniyat darajasi hisoblanar ekan.
Qolaversa aksiyadorlik jamiyatida
oromgohlarga bepul yo‘llanmalar, yo‘l chiptalari
bo‘yicha imtiyozlari, uy jihozlari uchun subsidiyalar ham pul mablag‘lari doimiy ravishda
ajratilib kelmoqda. Ushbu korxonaning yana bir ijobiy siyosatidan biri xodimlarning ishda jalb
qi
lishda ularning har ishlagan mehnat tajribasiga ham alohida e’tibor qaratilib ustama haq
to‘lash tizimi ishlab chiqilgan. Buni biz keyingi
3-
jadvalda ko‘rib o‘tamiz.
4-jadval
“MaxamChirchiq”
AJning xodimlar uchun ijtimoiy yordamlar tahlili (kishi)
№
Imtiyozlar turlari
2018
2019
2020
2021
2022
1.
Oromgohlarga bepul yo‘llanmalar
55
72
112
144
215
2
Yo‘l chiptalari bo’yicha imtiyozlari
61
65
83
157
254
3
Oziq ovqatlar bo’yicha imtiyozlar
71
89
167
202
249
4
O‘y
jihozlari uchun subsidiyalar
2
11
15
22
58
Manba:
muallif ishlanmasi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari korxonada korporativ tadbirlarni amalga oshirish uchun
ajratilayotgan mablag‘lar yildan yilga o‘sib borayotganligidan dalolat beradi
. Ijtimoiy imtiyozlar
to‘plamining mavjudligi yoki mavjud emasligi xodimlar uchun zarur ko‘rsatkichlar bo‘lib
qolmoqda. O‘zlarining bevosita ehtiyojlarini qondiradigan va shu bilan birga yashash joyini
olishga imtiyozlarga ega bo‘lgan xodimlar o‘z korxonalaridan umid
vor hisoblanadi. Ijtimoiy
imtiyozlar, kafolatlar va ijtimoiy xususiyatlarning umumiyligi korxonaning korporativ
madaniyatini yuksalashtirishga xizmat qilmoqda.
5-jadval
Xodimlarni ijtimoiy ko'maklashish maqsadida ajratilgan mablag‘lari
(mln. so‘m)
№
K
o‘
rsatkichlar
2018-y
2019-y
2020-y
2021-y
2022-y
1.
Ish tajribasiga nisbatan haq
to‘lash
387608
465777
645321
543790
702 102
2.
Mobil telefon uchun to‘lovlar
197631
235541
186453
310654
407564
3.
Sport komplekslarida sport
bilan shug‘ullanish
abonentlarini to‘lash
98543
108763
121498
259752
254677
4.
1 oyda 1 marta konsert,
teatrlarga tashrif buyurish
101275
103876
112975
238563
349856
Manba:
muallif ishlanmasi.
Shunday qilib aksiyadorlik jamiyatlarining turli xil imtiyozlar va ijtimoiy nafaqalarni olish
imkoniyati xodim uchun yetakchi rag‘bat hisoblan
adi. Ammo ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
32
manbai tashkilotning foydasi bo‘lib, uning egalarining iqtisodiy manfaatlariga salbiy
ta’sir
qiladi. Shu bilan birga, aksiyadorlar mahsulotlarning raqobatdosh ustunliklarini ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va korxonaning bozordagi mavqeini mustahkamlashning
eng muhim manbai hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni baholash uchun ishlab chiqilgan
uslubiyot va hissiy aqlni baholash jarayonida quyidagi xulosalarga kelingan:
-
xodimlarning hissiy intellektini rivojlantirish darajasi asosiy muloqot ko‘nikmalari,
o‘zini o‘zi tashkil etish ko‘nikmalari, samarali fikrlash ko‘nikmalari va boshqaruv qobiliyatlarini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning o‘rtacha qiymati sifatida hisoblab chiqildi va 5 balldan to‘liq 4
ballni tashkil etdi;
-
respondentlarning fikriga ko‘ra, eng rivojlanganlari boshqaruv qo
biliyatlari (5 balldan
4,22 ball) va xodimlarning o‘zini
-
o‘zi tashkil etish ko‘nikmasi (5 balldan 4,16 ball). Shu bilan
birga, bo
shqaruv ko‘nikmalari orasida respondentlar eng yuqori bahoni vazifa va
majburiyatlarni topshirish (5 balldan 4,48 ball) hamda b
oshqaruvning to‘g‘riligi va o‘zini
-
o‘zi
nazorat qilishiga (5 balldan 4,44 ball) berishdi. O‘z
-
o‘zini tashkil etish ko‘nikmalarini
baholashda respondentlar yuqori bahoni fikr-
mulohazalarni bildirish ko‘nikmasiga (5 balldan
4,43 ball), shuningdek, ishtiyoq v
a ijobiy munosabat bilan ishlash ko‘nikmasiga (5 balldan 4,42
ball) berdilar.
-
asosiy muloqot ko‘nikmalari va samarali fikrlash ko‘nikmalari, respondentlarning
fikriga ko‘ra, kam darajada rivojlangan (5 balldan 3,85 va 3,78 ball). Bunday baholashlar asosa
n
loyihalashgan va ijodiy fikrlashning past ko‘rsatkichlari, shuningdek, eng past ko‘rsatkich
notiqlik mahorati bilan bog‘liq ko‘
rsatkichdir (5 balldan 2,73 ball). Bundan tashqari, asosiy
muloqot ko‘nikmalarini baholashda mijozga yo‘naltirilishning o‘rta d
arajasi faqat 3,51 ball (5
ballik tizimda) bo’ldi, bu aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy tamoyili bo'lgan “Har bir
narsa
mijoz uchun” qadriyatiga korporativ madaniyat jihatidan mos kelmasligini anglatmaydi.
Xulosa qilib aytganda, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni rivojlantirish
har tomonlama samaradorlikni oshirish, ishchi-xodimlarning bir jamoaga birlashishi, shaffoflik
va mustahkam ishonch muhitini yaratish kabi muhim omillarga xizmat qiladi. Shu bilan birga,
korporativ madaniyatni
yuksaltirish kompaniya rahbariyati, aksiyadorlar va xodimlar o‘rtasida
samarali kommunikatsiyani ta’minlash, mashg‘ulotlar va o‘
quv dasturlari orqali malaka
oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish kabi amaliy chora
-tadbirlar bilan mustahkamlab
borishni talab qiladi. Natijada, korporativ madaniyatni rivojlantirish aksiyadorlik
jamiyatlarining raqobatbardoshligi, bozordagi pozitsiyasi va uzoq muddatli muvaffaqiyatini
kafolatlashda muhim o‘rin tutadi.
Adabiyotlar/Literatura/Reference:
Akramova N.I. (2023) Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatni samarali
boshqarishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy
-elektron jurnali.
2023-yil 1-son.
(08.00.00 №
11).
Akramova N.I. (2022) Aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi faoliyatida mustaqil
direktorlar rolini oshirish masalalari. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy
-elektron jurnali. 4/2022;
2022-
08-31.
Akramova N.I. (2022)
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv tizimini tatbiq etish va
riv
ojlantirish. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
-elektron jurnali. 3 /2022 may, iyun
(№ 0005 9).
Akramova N.I. (2023) Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyatning shakllanish
zarurligi. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar (Economics and Innovative Technologies),
https://orcid.org/0000-0002-6986-6748 DOI: https://doi.org/ 10.55439/EIT/vol11_iss1/a20.
(08.00.00 № 10)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr
www.e-itt.uz
33
Akramova N.I. (2023) Theoretical principles of formation of corporate culture of joint stock
companies. Scientific discussion (Praha, Czech Republic) ISSN 3041-4245, 50-53 p, VOL 1, No 73,
Index Copernicus (12).
Deal T. E. and Kennedy, A. A. (1982, 2000) Corporate Cultures: The Rites and Rituals of
Corporate Life, Harmondsworth, Penguin Books, reissue Perseus Books; P.17-40.
Sadikova M.A., Akramova N.I., va b. (2023) The transformation of organizational culture to
corporate culture in joint stock companies. International Scienti
fic Conference “Construction
Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO
- 2023)
doi:10.1051/e3sconf/202340103055. E3S Web of Conferences.
Yablonskene
А.
(2006) Corporate culture of the modern university. University Management:
Practice and Analysis. (2):7-25.
Рычкова
А
.
А
. (2015)
Корпоративная
культура
современной
компании
.
Генезис и
тенденции развития
.
Казань
, ISBN: 978-5-9906219-9-2,
издательство
: Array
Литагент
«Бук».305с.
Смирнов Э. А.
(2008)
Основы теории организации М.: ЮНИТИ,
211 с.
Спивак В.А.
(2001)
Корпоративная культура.
-
СПб.: Питер,
-
345с.
Шейн Э.
(2011)
Корпоративная культура и лидерство. –
СПб: Питер, 248 с.
