XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA IQTISODIY O‘SISHNING INSTITUTSIONAL SHART-SHAROITLARI

Annotasiya

Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasida shakllangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm xizmatlar bozorida faoliyatini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish. Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sish tamoyillari, omillari va institutsional shart-sharoitlarini belgilovchi ko‘rsatkichlarni tasniflash hamda mehnat samaradorligini baholash uslubiyati tadqiq etish.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Musinov , D. (2024). XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA IQTISODIY O‘SISHNING INSTITUTSIONAL SHART-SHAROITLARI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 2(12), 122–127. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/64348
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasida shakllangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm xizmatlar bozorida faoliyatini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish. Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sish tamoyillari, omillari va institutsional shart-sharoitlarini belgilovchi ko‘rsatkichlarni tasniflash hamda mehnat samaradorligini baholash uslubiyati tadqiq etish.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

122

XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA IQTISODIY O‘SISH

NING INSTITUTSIONAL

SHART-SHAROITLARI

PhD

Musinov Dilshod Sultanovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID:

0009-0002-9905-9442

dilshodmusinov1978@gmail.com

Annotatsiya.

Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasida shakllangan tashkiliy

-iqtisodiy

mexanizm xizmatlar bozorida faoliyatini to‘laqonli nazorat qilish va boshqa

rishni tashkil etish.

Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sish tamoyillari, omillari va institutsional

shart-

sharoitlarini

belgilovchi ko‘rsatkichlarni tasniflash hamda mehnat samaradorligini baholash

uslubiyati tadqiq etish.

Kalit so‘zlar:

x

izmat ko‘rs

atish,

samaradorlik, tendensiyalar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar,

iqtisodiy o‘sish,

investitsiya, investitsion loyihalar, innovatsiya, bozor iqtisodiyoti, mehnat

samaradorligi, iqtisodiy subyektlar, barcha sohadagi xizmatlar, servis, ekstensiv, intensiv.

ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫЕ УСЛОВИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА В СФЕРЕ УСЛУГ

PhD

Мусинов Дильшод Султанович

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

Организовать полный контроль и управление деятельностью

организационно

-

экономического механизма на рынке услуг нашей республики.

Классификация показателей, определяющих принципы, факторы и институциональные
условия экономического роста в сфере услуг, а также исследования по методологии

оценки эффективности труда.

Ключевые слова:

услуги, эффективность, тенденции, экономические показатели,

экономический рост, инвестиции, инвестиционные проекты, инновации, рыночная
экономика, эффективность труда, хозяйствующие субъекты, услуги во всех сферах,

экстенсивные, интенсивные.

INSTITUTIONAL CONDITIONS FOR ECONOMIC GROWTH IN THE SERVICES SECTOR

PhD

Musinov Dilshod Sultanovich

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

To organize full control and management of the activities of the organizational

and economic mechanism in the services market of our republic. Classification of indicators that

determine the principles, factors and institutional conditions of economic growth in the services

sector, as well as research on the methodology of assessing labor efficiency.

Keywords:

services, efficiency, trends, economic indicators, economic growth, investments,

investment projects, innovations, market economy, labor efficiency, economic entities, services in

all areas, extensive, intensive.

UO‘K:

338.46

XII SON - DEKABR, 2024

122-127


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

123

Kirish.

Iqtisodiy o‘sishni YaIMning real hajmi, milliy daromad o‘sishi sur’atla

ri yoki bu

ko‘rsatkichlarning aholi jon boshiga hisoblaganda o‘sishi sur’atlari bilan o‘lchanadigan,

iqtisodiyotning ma‘lum davridagi rivojlanishi sifatida ifodalash mumkin. Bunda o‘sish sur’atini

yuqorida qayd qilingan birinchi usuli mamlakat iqtisodiy salohiyati k

engayishi sur’atlarini

baholashda, ikkinchisi aholi farovonligi dinamikasini tahlil etishda yoki turli mamlakatlar va

mintaqalarda turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy o‘sishning

yuqorida qayd etilgan ikkinchi usuliga ustu

nlik beriladi, ya’ni bunda milliy iqtisodiyotda real

milliy daromad ko‘payishi sur’atlari aholi o‘sishi sur’atlaridan yuqori bo‘lgan rivojlanishi

nazarda tutiladi.

Moddiy boylik jamiyat va inson hayotida muhim o‘rin hisoblanadi. Daromadlar

ko‘pa

yishiga mo

ddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilinadigan nufuzli ishda band bo‘lish kabi

inson imkoniyatlarini kengaytiradigan asosiy vosita sifatida qaraladi. Bundan tashqari

daromad soliqlar va boshqa tushumlar manbai bo‘lib, ular aholining nochor qatlaml

arini

ijtim

oiy muhofaza qilinishini kafolatlash, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, ya’ni moddiy

ne’matlarni qayta taqsimlashni amalga oshirish ushun zarur hisoblanadi.

Jahon amaliyotidan shuni ta‘kidlash lozimki faqat YaIM ortishining o‘zi ta’lim daraj

asi

rivojlanishi, odamlar salomatligi mustahkamlanishi, inson huquq va erkinliklari

ta’minlanishiga olib kelmasligiga bir nechta misollar keltirish mumkin. Hatto daromadlarining

o‘rtacha ko‘rsatkishlari deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda turmush sifati

k

o‘rsatkich

lari bir-

biridan jiddiy ravishda farq qilishi mumkin.

Insonni rivojlantirish konsepsiyasida an’anavaiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, shu

jumladan YaIM hajmi va aholi jon boshiga o‘rtacha daromad mavjud ijtimoiy resurslarni

taqsimlashda yoki mamlakatlarni

rivojlantirish darajasi bo‘yisha tasniflashda universal mezon

vazifasini o‘ta olmaydi. Tobora ko‘proq miqdorda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar

ko‘rsatish turmush darajasini oshirish hamda boshqa umummilliy vazifalarni eng oqilona hal

etish vositasi

ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlar muayyan darajada bir yoqlama yondashuvdir.

Bunday qarashlar noiqtisodiy hisoblangan ko‘pgina boshqa rivojlantirish mezonlariga yetarli

darajada baho bermaslikka sabab bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari rasmiy

jihatdan yuqori

bo‘lganda ham odamlarning turmush darajasi nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin. Buning aksi –

iqtisodiy o‘sishdagi natijalar salmoqli bo‘lmaganda ham turmush darjasining nisbatan

yuqoriligi ham kuzatiladi.

Jamiyatda sanoat rivojlanishi bosqichidan avv

al iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tabiiy va

mehnat resurslariga, sanoat rivojlanishi bosqishida moddiy resurslarga ustuvorlik berilgan

bo‘lsa, sanoat rivojlanishidan keyingi hozirgi bosqichda intellektual va axborot resurslarining

roli birinchi

o‘ringa ch

iqmoqda. Jahonning yetakchi mamlakatlari taraqqiyoti yangi

bilimlar,

innovatsiyalar, global axborot tizimlari, yangi texnologiyalar venchur biznesi iqtisodiyotini

shakllantirishga olib keldi.

Hozirgi davrda innovatsion iqtisodiyotning asosini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishning hal qiluvchi kuchi hisoblangan inson kapitali tashkil qiladi. Ya’ni inson

tafakkuri ishlab shiqarish tizimining shunchaki muayyan unsuri bo‘lib qolmasdan, balki

bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Dastlab insonni rivojlantirish tushunchasining

tarkibiy qismlari u qadar ko‘p bo‘lmasdan, tarbiya, ta’lim, bilim, salomatlikni qamrab olardi.
Shu bilan birga uzoq vaqt davomida insonni rivojlantirishga iqtisodiy o‘sish nazariyasi nuqtai

nazaridan tarraqiy etishning i

jtimoiy, ya’ni chiqimli omili sifatida qaralardi. Tarbiya, ta’limga

investitsiyalar noishlab chiqarish harajatlari hisoblanardi. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab

asta-

sekin inson kapitali va ta’limga nisbatan munosabat tubdan o‘zgara boshladi.

Adabiyotlar sharhi

.

Ilmiy adabiyotlarda servis iqtisodiyotida mehnat samaradorligi va unumdorligining

mohiyati, mazmuni, ularni hisoblash usullari, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

124

aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, xo‘jalik

yurituvchi

sub’ektlarning

samaradorligini baholash, samaradorlikni tashkil etuvchi sifatiy holatlarni o‘zgarishining ayrim

jihatlari ilmiy-nazariy hamda uslubiy jihatdan tadqiq etilgan.

Pardayev

(2014)

tahriri ostida yozilgan o‘quv qo‘llanmada xizmat ko‘

rsatish, servis va

turizm sohalarini rivojlantirish muammolari, xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat resurslarining

shakllanishi va ulardan foydalanish samaradorligi, sohada mehnat unumdorligini oshirish

omillari va yo‘nalishlari tadqiq

etilgan.

Akademik Abdurahmonov

(2012)

Inson taraqqiyoti: nomli darsligida inson rivojlanish

konsepsiyasi, j

amiyatda sanoat rivojlanishi bosqishidan avval iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda

tabiiy va mehnat resurslariga, sanoat rivojlanishi bosqichida moddiy resurslarga ustuvorlik

berilgan bo‘lsa, sanoat rivojlanishidan keyingi hozirgi bosqishda intellektual va axborot

resurslarining roli birinchi o‘ringa chiqmoqda. Jahonning yetakchi mamlakatlari taraqqiyoti

yangi

bilimlar, innovatsiyalar, global axborot tizimlari, yangi texnologiyalar venchur biznesi

iqtisodiyotini shakllantirishga olib kelishi yoritib berilgan.

Rossiyalik olima Erofeeva

(2015)

o‘z asarida xizmat ko‘rsatish korxonalarida personalni

boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, sohada personalni boshqarish tizimining xorij

tajribasi, personalni boshqarish tizimini tadqiq etish usullari hamda xizmat ko‘rsatish

korxonalarida personalni boshqarish tizimini modernizatsiyalash jarayonlari tadqiq etilgan.

Yuqorida keltirilgan mualliflarning asarlarida turli omillarning iqtisodiy samaradorlikka

ta’sirini baholash asosida iqtisodiy o‘sishning umumiy jihatlari aniqlangan. Ushbu

tadqiqotlarda iqtisodiy o‘sishga intensiv va e

k

stensiv omillar ta’siri baholanmagan.

Shunga ko‘ra,

tadqiqotlarimizning ilmiy mohiyati shundak

i, xizmat ko‘rsatish sohalari va

tarmoqlarida iqtisodiy o‘sish dinamikasining umumiy indeksi intensiv va ekstensiv omillar

tasnifi asosida tadqiq etilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida iqtisodiy o‘sishni ta’

minlash va

samaradorlikni baholash bo‘yicha iqtisodiy tizimlar va nisbatlarni o‘rganishga dialektik va

tizimli yondashuv, kompleks baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik va dinamik

yondashuv hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.

Iqtisodiy

samaradorlik xo‘jalik yurituvchilar faoliyatlari natijasini aks ettiradi, ijtimoiy

samaradorlik esa iqtisodiy subyektlarning ijtimoiy samaradorligini, uni jamiyat hayotining turli

tom

onlariga ta’sirini aks ettiradi.

Respublikamizda xizmat ko‘rsatish soha

sida shakllangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm

xizmatlar bozorida faoliyatini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarishni tashkil etish.

Xizmat

ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sish tamoyi

llari, omillari va institutsional shart-sharoitlarini

belgilovchi ko‘rsa

tkichlarni tasniflash hamda mehnat samaradorligini baholash uslubiyati

tadqiq etildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash jamiya

tdagi umumiy ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishning zaruriy sharti sifatida x

izmat ko‘rsatish jarayoni va uning tarmoq

xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir.

Fikrimizga ko‘ra xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash tamoyillari

ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari ta’sirida aniq maqsad va vazifalarni amalga

oshirish

jarayonidagi ilmiy asoslangan qoidalarni ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish s

ohasida iqtisodiy

o‘sishni ta’minlash bir qator tamoyillarga asoslanishi, iqtisodiy rivojlanish mexanizmlari
iqtisodiy o‘sish samaradorligini oshishi va aholi jon boshiga to‘

g

‘ri keladigan sohadagi yalpi

mahsulotning aholi jon boshiga real o‘sishi imkonin

i berishi zarurdir (jadval).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

125

1-

jadvalda quyidagi tamoyillar xizmat ko‘rsatish sohasida resurslardan oqilona

foydalanish va iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan bog‘liq q

aysi vazifani hal etishga

qaratilgan bo‘lsa, ularni shu vazifaga ko‘ra tasniflash

maqsadga muvofiqdir.

1-jadval

Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash tamoyillari

Tamoyillar

Mazmuni

Resurslarni

adolatli

taqsimlash

Adolatli ravishda resurslarni taqsimlash jamiyatning barsha azolari ushun

ne’matlarni tanlash

imkoniyatlarini kengaytiradi va turmush sifati

yaxshilanadi. Daromadlar va inson turmushi o‘rtasidagi bog‘liqlik, soliq

-

byudjet va ijtimoiy siyosat shoralarini qamrab oladigan davlat strategiyasi

yordamida shakllantirilishi lozim.

Kognitivlik

(intensiv

rivojlanish)

Bu tamoyilning mazmuni iqtisodiy tizimga munosabatlar bo‘yicha xizmat

ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash nafaqat uning ustuvor

tarmoqlari va yo‘nalishlarini

rivojlantirishga, balki bilim orttirish, inson

kapitalini riv

ojlantirsh, innovatsiyalarga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.

Innovatsion iqtisodiyot doimo rivojlanadi, takomillashadi, transformatsiya-

lashadiki, buning natijasida iqtisodiyot ham miqdor jihatdan, ham sifat jihatdan

barqaror rivojlanish tendensiyasiga ega

bo‘ladi.

Iqtisodiyot

moslashuvshan-

ligi

Mazkur tamoyil iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarga asoslangan holda

rivojlanishning “moslashuvshan” usullarini joriy qilish zarurati, makroiqtisodiy

ho

latlarning dinamik o‘zgarishiga moslashuvshan munosabat bildi

rish, makro

va mikro darajalarda moslashuvshan munosabatlarni shakllantirish, jamiyatda

innovatsion xulq-

atvor motivatsiyasini rag‘batlantirish, innovatsion biznesni

kengaytirish kabilarni ifodalaydi.

O‘zaro muvofiqlik

va integratsiya

Ushbu tamoyil davlatimiz iqtisodiyotini jadal, barqaror va doimiy ravishda

rivojlantirish, xizmat ko‘rsatishning sohasining asosiy tarmoqlarini

diversifikatsiya qilish va eksport salohiyatini o‘stirishga yo‘naltir

ilgan tarkibiy

o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, tarmoqlar, komplekslar va xizmat ko‘rsatish

korxonalarini modernizatsiyalash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini texnik va

texnologik yangilash natijasida ularning samaradorligi hamda

raqobatbardoshligini yan

ada oshirish maqsadida barqaror iqtisodiy o‘sishni

ta’minlash

dan iborat.

Komrlekslilik

Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uning tarmoqlarini

rivojlantirishning aniq, chuqur va har tomonlama puxta o‘ylangan uzoq

muddatli rejalarini ishlab chiqish, shu asosda asosiy tarmoqlarni

diversifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada

chuqurlashtirishni nazarda tutadi.

Sohada mehnat

unumdorligini

oshirish

Mazkur tamoyilga ko‘ra, jahon bozorida doimiy xaridorgir bo‘lga

n

, qo‘shilgan

qiymat ulushi yuqori raqobatdos

h xizmatlar ko‘rsatish, mehnat unumdorligini

ko‘tarish, xizmat ko‘rsatish harajatlari va xizmatlar tannarxini pasaytirish,

energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish

choralarini ishlab chiqish lozim.

Manba:

m

uallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Ayrim davlatlarda iqtisodiy o‘sish yuqori, boshqalarda esa past. Bu esa mamlakatlar

rivojlanishida iqtisodiy o‘sishga erishish ishlab chiqarish va xizmatlar omillaridan samarali

yoki samarasiz foydalanilayotganligiga bog

‘liq. Shuningdek, qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy

o‘sish uning omillari hajmi va darajasi o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli
iqtisodiy o‘sishda mehnatni ishchi kuchi va kapital omillaridan samarali f

oydalanish davri


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

126

o‘zgarishi belgilangan bo‘lsa, uzoq muddatlida –

ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)dagi

omillar hajmi va texnologiyalarning o‘zgarishi nazarda tutiladi.

Bugungi vaqtda dunyodagi davlatlarning ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘z

mo

hiyati va mazmuniga ko‘ra,

oldingi bosqichlardagi rivojlanishdan jiddiy tarzda farq qiladi.

Iqtisodiy barqarorlikka erishishning zamonaviy shartini xizmat ko‘rsatish sohasining
rivojlanishi bilan bog‘liq iqtisodiy hodisalarning xususiyatlariga bog‘liq hol

da yangicha

konseptual yonda

shuvlarni talab qilmoqda. Bizning fikrimizcha, bu holat xizmat ko‘rsatish

sohasi rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari bilan izohlanadi:

1. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda axborot texnologiyalari moddiy

ne’matlar

ishlab chiqaradigan tarmoqlarda samaradorlikni oshishiga olib kelmoqda, ammo uni

iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ta’siri masalalari alohida dolzarb hisoblanadi. Bunga

bog‘liq holda, sanoatga nisbatan xizmat ko‘rsatish sohasida ish bilan bandlikni yuqo

ri ekanligini

ko‘pchilik xorij iqtisodchilari xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlikni industrial tarmoqlarga

nisbatan pastligi bilan izohlaydilar.

2. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, barcha xizmat turlari bo‘yicha

fan texnika taraqqiyoti (FTT) yutuqlarini mehnat jarayoniga joriy etish bir xilda qabul qilish

xususiyatiga ega emas, bu esa o‘z navbatida samaradorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bir qator
an’anaviy xizmatlar, xususan, umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq sub’ektiv xususiyatg

a ega

xizmatlar standartlashtirish va texnikalashga unchalik ham mos kelmaydi. Bu kabi xizmatlar

FTT yutuqlarini tez qabul qilsa ham, ular ko‘proq iste’molchilarning xohish

-istagi va xizmat

ko‘rsatish darajasiga bog‘liqdir. Agar ular past darajada bo‘lsa,

bu hol ishlab chiqarish

sama

radorligining o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning ushun, xizmatning bu

turlarida unumdorlik darajasini oshirishga axborot-

texnologiyalari unchalik katta ijobiy ta’sir

ko‘rsatmaydi.

3. Servis faoliyati unumdorligini

o‘sish darajasining turlichaligi xizmatlar ko‘rsatish

jarayonida FTT ta’sirini har

-

xilligi, iste’molchilarni xizmatlar iste’moliga jalb qilinish darajasiga

bog‘liqligi bilan asoslanadi. Shunday ekan, xizmat ko‘rsatish jarayonini modernizatsiyalash

bilan b

og‘liq unumdorlik omili mezoniga ko‘ra, individual xizmatlar ko‘rsatishda, progressiv

xizmatlarga nisbatan samaradorlik oshmasligi mumkin.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida (servis iqtisodiyotida) samarali xo‘jalik faoliyatini

tashkil etish industrial (sanoat) faoliyatga qaraganda kengroq darajada tadqiq etilganki, bunda

avvalambor ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish jamiyatda aholining turmush

darajasi va sifatini oshirish, mehnat jarayonini intellektuallashish darajasini oshirish hamda

tejamkor iqtisodiyotni yu

zaga keltirishga yo‘naltirilganligi bilan iifodalanadi.

1.

Servis iqtisodiyoti sohasida faoliyat olib borayotgan xo‘jalik sub’ektlari birinchi

navbatda ijtimoiy-

iqtisodiy samaradorlikni oshirishga, ya’ni iste’molchilarning xususiy

(maxsus) talablarini to‘liqroq qondirishga e’tibor beradilar. Industrial iqtisodiyotda esa asosiy

e’tibor ko‘proq mahsulotlarni maksimal darajada ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

2.

Servis iqtisodiyotida natijadorlik (foydalilik) tushunchasi tovarlardan foydalanish

tavsifi bilan bir

xil bo‘lib, bunda moddiy ne’matlar va xizmatlar tizimining qanchalik darajada

takomillashganligini aniqlaydi. Industrial iqtisodiyotda esa faqat tovar-mahsulotining moddiy

tomoni e’tiborga olinadi.

3.

Servis iqtisodiyotida “sifat”

mezoni asosida ishlab shiqa

ruvchining iste’molchini

maksimal ehtiyojini qondirishga bo‘lgan munosabatini doimo nazorat qilish va belgilash

qobiliyati nazarda tutiladi. Industrial iqtisodiyotda esa “sifat” mezoni asosida faqat faoliyat

yurituvchining “o‘z

i

shini yaxshi bajarish” qobiliyati e’tiborga olinadi.

4.

Servis iqtisodiyotida menejment tizimi ham o‘zgarib boradi. Uning asosiy

xususiyatlari sifatida egiluvchanlik, qarorlar qabul qilishning jadalligi, tashkiliy jihat, erkin

harakat qilish va oshkoralik hisoblansa, industrial iqtiso

diyotda esa menejment “mexanik”

xususiyatga ega, ya’ni tashkiliy tuzilmalarning iyerarxik va ularning ortiq darjada tartibga

solinishi bilan aniqlanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

127

5.

Servis iqtisodiyotida asosiy ye’tibor servis tizimi shakllanishining sama

radorligiga

qaratilsa, indus

trial iqtisodiyotda esa xomashyoni tayyor mahsulotga aylanishiga asosiy e’tibor

qaratiladi.

Ushbu keltirilgan fikr va mulohazalardan xulosa qiladigan bo‘lsak, xizmat ko‘rsatish

sohasida (servis iqtisodiyotida) korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish industrial
iqtisodiyotdagi samarali faoliyatga nisbatan jiddiy farq qiladi va u asosan mehnat faoliyatining

ijtimoiy yo‘naltirilganligining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Shunga ko‘ra, rivojlangan va iqtisodiyoti yetakchi

davlatlarda xizmat ko‘rsati

sh

sohasining rivojlanishi iqtisodiy taraqqiyotni hozirgi zamonaviy jihatdan o‘rganishga
imkoniyat yaratmoqda. Shu jumladan, nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlar, balki sifat

ko‘rsatkichlari, ijtimoiy ko‘rsatkichlar, turmush tarzi in

dikatorlari unda muhim ahamiyatga ega

hisoblanadi. Ushbu holatda samarali faoliyat yuritish deganda iste’molchilarining talablarini,
avavlambor ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi

tushuniladi. Industrial iqtisodiyotda

esa ko‘p hollarda miqdoriy

, iqtisodiy hamda ustivor

yo‘nalishlardagi maqsadlar e’tiborga olinadi.

Innovatsion iqtisodiyotning asosini hozirgi davr jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishning hal qiluvshi kuchi hisoblangan inson kapitali tashkil etad

i. Ya’ni inson

tafakkuri is

hlab chiqarish tizimining shunchaki muayyan unsuri bo‘lib qolmasdan, balki

bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi.

Natijada servis iqtisodiyotining farq qiluvchi xususiyati sifatida axborotlar almashuvi hal

qiluvchi rol

o‘ynay boshladi. Shuningdek, hozirgi kunda xizmat ko‘rsatish sohasi axborotlarni

tarqatuvchi va undan foydalanuvchi tarmoqqa aylanib bormokda. Bugungi kunda 63,0 %
xizmatlar intelektual xizmatlar kategoriyasiga kiritiladi. AQShda 1991 yilda kompyuter

resurslari biznesining 76,6 %i x

izmat ko‘rsatish sohasi hissasiga, faqatgina 11,9 %i

kompyuterlardan intensiv foydalanuvchi sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xulosa va takliflar.

Shunday qilib, iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning ajralmas e

lementi sifatida

qaraladi. Bu, bir tomondan, rivojlanishning siklik xususiyatini keltirib chiqaradi , ikkinchi

tomondan, uning o‘zi turg‘unlik va tushkunlik davrlarida tayyorlangan o‘zgarishlar natijasidir.

Iqtisodiy rivojlanish esa, birinchi navbatda, iqtisodiyotning taraqqiyot qobiliyatini nazarda

tutadi ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘zgarishi, institutsional muhitning o‘zgarishi,

demografik va innovatsion dinamik ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Boshqacha aytganda,

iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o‘s

ish omillarining

sifat jihatidan ham o‘zgarishini nazarda tutadi.

Adabiyotlar/Литература/References:

Abdurahmonov Q.X. (2012). Inson taraqqiyoti. Darslik.

T.: Iqtisodiyot, 8-9-b.

Oreds and Sreeshes (2015) MTI For Your Information: Rrodustivity in the Servises Sestor.

Nov 12.

Pardayev M.Q., Mirzayev Q.J. va Rardayev O.M. (2014). Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. O‘quv

qo‘llanma. –

T.: “IQTISOD

-

MOLIYA”–

384 b.

Ерофеева Алла Петровна

(2015).

Модернизация системы управления персоналом на

предприятиях сферы услуг

-

Санкт

-

Петербург,

-

18 с.

Bibliografik manbalar

Abdurahmonov Q.X. (2012). Inson taraqqiyoti. Darslik.–T.: Iqtisodiyot, 8-9-b.

Oreds and Sreeshes (2015) MTI For Your Information: Rrodustivity in the Servises Sestor. Nov 12.

Pardayev M.Q., Mirzayev Q.J. va Rardayev O.M. (2014). Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”– 384 b.

Ерофеева Алла Петровна (2015). Модернизация системы управления персоналом на предприятиях сферы услуг - Санкт-Петербург, - 18 с.