ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДОХОДОВ НАСЕЛЕНИЯ И СПРОСА НА ПОТРЕБИТЕЛЬСКИЕ ТОВАРЫ

Аннотация

В данной статье при эконометрическом анализе доходов населения и спроса на потребительские товары проводится оценка энергопотребления на душу населения, изучаются проблемы обеспечения экономии электроэнергии, процессы их устранения, а также эффективного использования электроэнергетических ресурсов были изучены. Для оценки электропотребления Республики Узбекистан было сопоставлено и проанализировано энергопотребление в отраслях и секторах экономики, а также с помощью коэффициентов эластичности изучено, насколько потребление электроэнергии увеличит доходы населения на 1%.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
f
107-112
14

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Муминова M., & Даурова G. (2024). ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДОХОДОВ НАСЕЛЕНИЯ И СПРОСА НА ПОТРЕБИТЕЛЬСКИЕ ТОВАРЫ . Экономическое развитие и анализ, 2(12), 107–112. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/64350
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье при эконометрическом анализе доходов населения и спроса на потребительские товары проводится оценка энергопотребления на душу населения, изучаются проблемы обеспечения экономии электроэнергии, процессы их устранения, а также эффективного использования электроэнергетических ресурсов были изучены. Для оценки электропотребления Республики Узбекистан было сопоставлено и проанализировано энергопотребление в отраслях и секторах экономики, а также с помощью коэффициентов эластичности изучено, насколько потребление электроэнергии увеличит доходы населения на 1%.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

107



AHOLI DAROMADLARI VA ISTE’MOL TOVARLARIGA B

O

’LGAN TALABNI

EKONOMETRIK TAHLIL QILISH

dots.

Muminova Mahbuba Abduvafoyevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0006-5025-4764

maxbubaabduvafayevna@gmail.com

Daurova Gulnoza Usan qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

ORCID: 0009-0005-8324-7846

daurovagulnoza@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada aholi daromadlari va iste’m

o

l tovarlariga bo‘lgan talabni

ekonometrik tahlil qilishda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan en

ergiya sarfini baholash, elektr

energiyasi tejamkorligini taʼminlashdagi muammolar, ularni bartaraf etish jarayonlari hamda

elektr energiya resurslaridan samar

ali foydalanish kabi yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar

o‘rganildi. O‘

zbekiston Respublikas

ining elektr energiya sarfini baholash bo‘yicha Iqtisodiyot

tarmoq va sohalarida energiya iste’moli sarfi korrelyatsion tahlil qilindi va elastiklik

koeffitsiyentlari orqali 1 foizga aholini daromadini oshishi necha foizga elektr energiya

sarfla

nishi o‘rga

nildi.

K

alit so‘zlar

:

daromad,

iste’mol tovarlari, elektr energiya, oylik maosh, korrelyatsiya,

elastiklik koeffitsienti, resurs, regressiya tenglamasi.

ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДОХОДОВ НАСЕЛЕНИЯ И СПРОСА НА

ПОТРЕБИТЕЛЬСКИЕ ТОВАРЫ

доц.

Муминова Махбуба Абдувафоевна

Ташкентский государственный экономический университет

Даурова Гулноза Усан кизи

Ташкентский государственный экономический университет


Аннотация.

В данной статье при эконометрическом анализе доходов населения и

спроса на потребительские товары проводится оценка энергопотребления на душу

населения, изучаются проблемы обеспечения экономии электроэнергии, процессы их
устранения, а также эффективного

использования электроэнергетических ресурсов

были изучены. Для оценки электропотребления Республики Узбекистан было

сопоставлено и проанализировано энергопотребление в отраслях и секторах экономики,

а также с помощью коэффициентов эластичности изучено, насколько потребление
электроэнергии увеличит доходы населения на 1%.

Ключевые слова:

доход, потребительские товары, электроэнергия, зарплата,

корреляция, коэффициент эластичности, ресурс, уравнение регрессии.

UO‘K:

316.344.233

XII SON - DEKABR, 2024

107-112


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

108

ECONOMETRIC ANALYSIS OF HOUSEHOLD INCOME AND DEMAND

FOR CONSUMER GOODS

accoc. prof.

Muminova Makhbuba Abduvafayevna

Tashkent State University of Economics

Daurova Gulnoza Usan kizi

Tashkent State University of Economics

Abstract.

In this article, in an econometric analysis of household income and demand for

consumer goods, energy consumption per capita is assessed, the problems of ensuring energy

savings are studied, the processes for eliminating them, as well as the efficient use of electrical

energy resources have been studied. To assess the electricity consumption of the Republic of
Uzbekistan, energy consumption in industries and sectors of the economy was compared and
analyzed, and using elasticity coefficients it was studied how much electricity consumption will

increase the income of the population by 1%.

Keywords:

income, consumer goods, electricity, salary, correlation, coefficient of elasticity,

resource, regression equation.

Kirish.

Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti uning iqtisodiy mustaqilligi, xalqning farovon

turmush darajasi albatta aholining daromadi muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi daromadlari,

asosan, yillik maoshlar, pensiyalar, va boshqa daromad manbalaridan tashkil topilgan bo‘ladi.

Aholi daromadlari oshgan sari, is

te'molchilar ko‘proq va sifatli iste’mol tovarlarini xarid

qilish

imkoniga ega bo‘ladi va shunga yarasha iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab ham oshib boradi.

Misol uchun, elektr energiyasi kabi zarur resurslarga talab ham ortadi, chunki xonadonlarda

foydalanish uchun turli texnologiyalar va qurilmalar (masalan, maishiy texnika, isitish va

sovutish tizimlari) kerak bo‘ladi.

Energetika sektori iqtisodiyotni energiya bilan ta’minlash,

ishlab chiqarish va transport vositalarining harakatlanishi uchun

zarur boʻlgan energiyani

ishlab chiqarish va taqsimlashda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan kompaniyalarning

murakkab hamda oʻzaro bogʻlangan tarmogʻini oʻz ichiga olgan keng va inklyuziv sohadir. Elektr

energiya resurslaridan oqilona foydalanish m

asalasi har doim dolzarb vazifa bo‘lib kelgan.

Energiya resurslariga

bo‘lgan talabning tobora ortib borayotgan bugungi davrda energiya

tejamkorligining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini shu yo‘nalishda yaqin yillar ichida

qabul qilingan va qilin

ayotgan farmon, qaror va bir qator me’yoriy hujjatlar misolida ko‘r

ish

mumkin.

Jumladan, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2030

-yilgacha

O‘zbekistan Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar

samaradorli

gini oshirish bo‘yicha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qil

gan (Qaror, 2022).

Unga ko‘ra, sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish, yalpi ichki
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini 30 foizga kamaytir

ish kabi aniq

vazifalar belgilab berilgan. Shu jihatdan ham, sanoatda toza energiya asosida mahsulot ishlab

chiqarish orqali rivojlangan mamlakatlar standartlariga moslashish imkoniyatiga ega boʻlish va

eksport salohiyatini oshirish, energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni
kirib kelishini tezlashtirish orqali energiya sarfini kamaytirish, dunyo iqtisodiyotida yuz

berayotgan yashil energiyaga oʻtish jarayonlarida faol ishtirok etish, yashil energiya

manbalarini qurish hisobiga sanoatni

ng yangi yoʻnalishlarini tatbiq etish asosida ish oʻrinlarini

yarati

sh yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

109

Adabiyotlar sharhi.

Aholi daromadlari va iste'mol tovarlaridan elektr energiya sarfi orasidagi bog‘liqlik

ko‘plab i

jtimoiy-

iqtisodiy omillarga bog‘liq. Bu bog‘liqlikni tushunish uchun

ikki asosiy jihatni

ko‘rib chiqish mumkin:

1)

Aholi daromadlari va elektr energiya sarfi

2)

Iste’mol tovarlari va elektr energiya sarfi

Sharapova (2012) tadqiqotlarida esa avtomobil sanoatda qayta tiklanuvchi energiya

manbalaridan foydalanish asosida ko‘riladi

gan iqtisodiy samaradorlik hisoblangan.

Elelktr taʼminoti tizimiga muqobil energiya manbalarini integratsiyalash samaradorligini

baholash bo‘yicha Podkovalnikov

va Polomoshina (2018) tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.

Karimov va Rasulov (1996) Elektr tarmoqlari va sistemalari. Kitobida korxonalarda

energiya samaradorligini oshirish uchun texnologik jarayonlarda energiya resurslaridan
foydalanishning maqsadli monitoringini tadbik qilish talab etiladi. Bu ishlab chiqarishni uning
energiya sarfini optimallashtirish orqali rivojlantirishning energiya tejash strategiyasini ishlab

chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga, energiyani boshqarish masalalari bevosita rahbariyat

va mas’ul texnik xodimlarning samarali o‘zaro hamkorligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

“Mikroiqtisodiyot” (Microeconomics) –

Bu turdagi

kitoblar iste’molchilar va ishlab

chiqaruvchilar orasidagi o‘zaro aloqalarni, shu jumladan iste’mol daromadlarini qand

ay

taqsimlanishini o‘rganadi. Eng mashhur kitoblardan biri:

"Principles of Microeconomics"

(Mankiw, 1992).

Faxriddinova va Rejapovlar (2023)

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi elektr energiyasini

ishlab chiqarish manbalari va ulardan foydalanish darajasi tahlil qilingan. Umuman olganda

O‘zbekistonda sanoat korxonalarida energiya manbalaridan foydalanishni

ng tashkiliy-

iqtisodiy mexanizmlarini yaratish hamda energiya sarfini baholashning ilmiy-uslubiy va amaliy

masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar yetarl

icha olib borilmagan.

Tadqiqot metadologiyasi.

Aholining daromadlari va elektr energiyasi sarfini

klassik regressiya tahlili (eng kichik

kvadratlar usuli, OLS) yordamida elektr energiya va daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikni oddiy

chiziqli tenglama

shaklida o‘rganish imkonini beradi.

Aholining daromadlari va elektr

energiyasi sarfini o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash maqsadid

a Exel dasturi

yordamida amalga oshirildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Aholi jon boshiga energiya ta’mino

tidan qay tarzda sarf qilinishi ularning oylik maoshlari

albatta hisobga olinadi. Negaki agar ish haqi qan

chalik yuqori bo‘lsa energiya sarfi ham

shunchalik oshib boraveradi. Chunki uy jihozlarida foydalaniladigan maishiy texnikalar orqali

juda ko‘p energi

ya sarf qilinishi aniqlangan anyiqsa qishning sovuq va yoznning esa issiq

kunlarida. Shu tufayli energiya

sarfini o‘lchab ko‘rish maqsadida avvalam bor aholining o‘rtacha

oylik ish haqi qancha ekanligini bilib olishimiz zarur va bu ma’lumotlarni quyidagi 1

-jadvalda

ifodalab berilgan.

Stat.uz ma’lumotlari asosidagi 2

-

jadval shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Res

publikasining

viloyatlar kesimida o‘rtac

ha oylik ish haqi 2023-

yilning eng yuqori ko‘rsatkichlarni Toshkent

shahri 6047077,3 mln.so‘m, Navoiy viloyati 5003204,7 mln.so‘m, va Toshkent viloyati

3673115,7 mln.so‘m tashkil qilgan. Quyi o‘rinlarni 2023 yilda S

amarqand viloyati 2853458,5

mln.so‘m, Farg‘ona viloyati 2853148,9 mln.so‘m va eng past ko‘rsatkichni esa Namamangan

viloyati 2786310,6 mln.so‘m bilan

joy olgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

110

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi hududlar kesimida o‘

rtacha oylik ish haqi mln.

so‘m

(Super User, 2023)

2020

2021

2022

2023

1

Q

oraqalpog‘iston

Respublikasi

2059642,5

2378721,9

2787221,6

3264159,2

2

Buxoro viloyati

2100782,7

2327166,7

2731194,1

3167804,7

3

Xorazm viloyati

1949592,1

2253991,9

2690661,5

3141988,7

4

Navoiy viloyati

2867899,1

3733342,4

4283738,2

5003204,7

5

Qashqadaryo viloyati

1834526,5

2154379,9

2590142,9

2940211

6

Surxondaryo viloyati

1825793,0

2082977,2

2530158,6

2958415,0

7

Samarqand viloyati

1733821,7

2015109,2

2450813,1

2853458,5

8

Jizzax viloyati

1820344,1

2113186,7

2529666,9

2944351,6

9

Sirdaryo viloyati

1949748,6

2265301,7

2656512,4

3058493,4

10

Andijon viloyati

1939862,6

2248201,4

2804453,9

3260316,1

11

Farg‘ona viloyati

1781821,0

2054570,7

2538459,1

2853148,9

12

Namangan viloyati

1704100,0

1987599,8

2540008,6

2786310,6

13

Toshkent viloyati

2280326,7

2789225,2

3207582,4

3673115,7

14

Toshkent shahri

3267802,4

3999294,4

4817635,1

6047077,3

Aholi jon boshiga elektr energiya ishlatilishi 2-

jadvalda yaqqol ko‘rsatilgan bo‘lib, unda

elektr energiyani eng ko‘p qis

mini Navoiy viloyati sarf qilmoqda. Toshkent viloyati va Toshkent

shahri esa 2023 yilgi ko‘rsatkichda 3

260,4 va 2561,9 kVt ni tashkil qilmoqda.

2-jadval

Aholi jon boshiga abonentlar tomonidan elektr energiya iste’moli hajmi. kVt soat

(Super User, 2023)

2020

2021

2022

2023

O‘zbekiston Respub

likasi

1572,8

1611,6

1658,1

1725,7

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

718,4

759,4

768,7

841,5

Buxoro viloyati

1608,3

1755,8

1776,2

1763,1

Xorazm viloyati

829,0

953,3

980,8

1027,6

Navoiy viloyati

7878,5

7048,6

6364,6

6519,7

Qashqadaryo viloyati

1562,7

1650,8

1683,6

1662,0

Surxondaryo viloyati

991,9

1055,2

986,6

1007,6

Samarqand viloyati

1055,6

1153,8

1177,0

1217,1

Jizzax viloyati

1266,7

1451,6

1387,5

1376,0

Sirdaryo viloyati

1503,3

1664,3

1628,4

1655,3

Andijon viloyati

1101,8

1224,9

1230,9

1164,0

Farg‘

ona viloyati

1264,6

1378,8

1364,0

1361,9

Namangan viloyati

1267,0

1363,6

1368,0

1437,2

Toshkent viloyati

2494,5

2088,9

2804,5

3260,4

Toshkent shahri

2145,1

2290,0

2375,8

2561,9

3-

jadvalda quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, unda 2023 yilning aholining

o‘rtacha oylik

maoshi va energiya sarfi olingan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

111

3-jadval

2023-yilgi o'rtacha oylik maosh va energiya sarfi

Elektr energiya

sarfi.

y

O'rtacha oylik

maosh mln.so'm

x

ln

y

ln

x

Qoraqalpoqiston

Respublikasi

841,5

3264159

6,73518601

14,99851

Xorazm

1027,6

3141989

6,93498127

14,96037

Buxoro

1763,1

3167805

7,4748289

14,96855

Navoiy

6519,7

5003205

8,78258364

15,42559

Qashqadaryo

1662

2940211

7,41577698

14,89399

Surxondaryo

1007,6

2958415

6,91532654

14,90016

Samarqand

1217,1

2853459

7,10422626

14,86404

Jizzax

1376

2944352

7,22693602

14,8954

Sirdaryo

1655,3

3058493

7,41173754

14,93343

Andijon

1164

3260316

7,05961763

14,99733

Farg'ona

1361,9

2853149

7,21663606

14,86393

Namangan

1437,2

2786311

7,27045206

14,84023

Toshkent vioyati

3260,4

3673116

8,08960517

15,11655

Toshkent shahri

2561,9

6047077

7,84850445

15,61509

Aholining o‘rtacha oylik maoshi million so‘m,

energiya sarfi esa kVt da hisobga olingan

bo‘lib,

ularni natural logarifmlab olindi chunki ularning birliklari bir xil qilinib

y

a bx

= +

regressiya tenglamasi orqali korrelyatsiya koeffitsienti va elastiklik koefitsientlari hisoblandi.

Ularni quyidagi 4-

jadvalda ko‘rishingiz mumkin.

Korrelyatsiya koeffitsientini toppish formulasi

,

*

*

*

x y

x

y

y x

x y

r

 

=

2

(

)

i

x

x

x

n

=

2

(

)

i

y

y

y

n

=

4-jadval

Aholi daromadlari va energiya sarfining korrelyatsiya koeffitsienti

ln

y

ln

x

ln

y

1

ln

x

0,701711

1

Energiya sarfi (ln

y

) va aholi daromadlari (ln

x

) o‘rtasida o‘rtacha zich to‘g‘ri bog‘lanishga

ega. Daromadning oshishi bilan aholining xarajatlari ham ortadi, natijada energiya iste'moli

(masalan, elektr energiyasi, transport yoqilg‘isi) ko‘payadi. Yashash sifatining yaxshilanishi

energiya talabini oshirishi ham mumkin.

Elatiklik koeffitsientini formulasi:

*

x

Э b

y

=

15.01951

1.66533*

3.383

7.39188

Э

=

=

Elastiklik

koeffitsientining 3,383 bo‘lishi shuni anglatadiki, aholi daromadlari 1%

oshganda, energiya sarfi o‘rtacha 3,383% ga oshishini ko‘rsatadi ya’ni daromadlarning ozgina

o

‘sishi energiya sarfining sezilarli darajada ort

ishiga olib keldi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, dekabr

www.e-itt.uz

112

Xulosa va takliflar.

Aholi daromadlari va elektr energiya sarfi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tahlil qilishda

hosil bo‘lgan natijalar shuni anglatadiki, bunda ikki o'zgaruvchi o'rtasida o‘rtacha zich bog'liqlik

mavjud. Boshqacha qilib aytganda, aholi daromadlari ortgani sari, elektr energiyasi sarfi ham

sezilarli darajada oshib borishda davom etadi. Ammo bu bog'liqlik to'liq deb hisobga olinmaydi,
negaki elektr energ

iyani sarf qilinishiga boshqa omillar ham ta’sir qiladi.

Bundan tashqari, elastiklik koeffitsienti 3,83% ni tashkil qildi, bu esa aholi daromadlari

bir foizga oshishi elektr energiya sarfini 3,83 foizga oshishini ko‘rsatdi. Umuman olganda, aholi

daromadlari va elektr energiyasi sarfi o'rtasidagi yuqori korrelyatsiya va elastiklik
koeffitsientlari, elektr energ

iya iste’molining iqtisodiy o‘zgarishlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatib

berdi. Bunda aholi elektr energiyani kamroq foydalanish yoki atrof muhitga zarar yetkazmagan

hollarda ishlab chiqish yo‘llari topilishi kerak.

Adabiyotlar/Литература/References:

Faxriddinova Z.F, Rejapov X.X. (2023) “Tiklanadigan energiya isteʼmolining holati va

rivojlanish istiqbollari” ilmiy maqola.

Mankiw, N. G., Romer, D., & Weil, D. N. (1992). A Contribution to the Empirics of Economic

Growth. Quarterly Journal of Economics, 107(2), 407

437.

Podkovalnikov Sergey Viktorovich, Polomoshina Marina Anatolyevna (2018). Integratsiya

vozobnovlyayemix istochnikov energii v sistemu elektrosnabjeniya promishlennogo predpriyatiya

// Vestnik IrGTU.

Qaror

(2022) “2030

-

yilgacha O‘zbekistan Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tishiga

qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident

qarori (PQ

436-son, 02.12.2022 y.).

Sharapova I. K. (2012). Ispolzovaniye alternativnix istochnikov energii na predpriyatiyax

avtomobilnogo transporta //Transport na alternativnom toplive.

№. 5 (29). –

S. 11-15.

Super User (2023). Energosamadorlik va yoqilg‘i

balansi. [online] Stat.uz. Available at:

https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/energosamadorlik-va-yoqilg-i-balansi

Каримов Х.Г. Расулов А.Н. (1996) Электр тармоқлари ва системалари. 1 қисм

Тошкент 165 бет.

Библиографические ссылки

Faxriddinova Z.F, Rejapov X.X. (2023) “Tiklanadigan energiya isteʼmolining holati va rivojlanish istiqbollari” ilmiy maqola.

Mankiw, N. G., Romer, D., & Weil, D. N. (1992). A Contribution to the Empirics of Economic Growth. Quarterly Journal of Economics, 107(2), 407–437.

Podkovalnikov Sergey Viktorovich, Polomoshina Marina Anatolyevna (2018). Integratsiya vozobnovlyayemix istochnikov energii v sistemu elektrosnabjeniya promishlennogo predpriyatiya // Vestnik IrGTU.

Qaror (2022) “2030-yilgacha O‘zbekistan Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–436-son, 02.12.2022 y.).

Sharapova I. K. (2012). Ispolzovaniye alternativnix istochnikov energii na predpriyatiyax avtomobilnogo transporta //Transport na alternativnom toplive. – №. 5 (29). – S. 11-15.

Super User (2023). Energosamadorlik va yoqilg‘i balansi. [online] Stat.uz. Available at: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/energosamadorlik-va-yoqilg-i-balansi

Каримов Х.Г. Расулов А.Н. (1996) Электр тармоқлари ва системалари. 1 қисм Тошкент 165 бет.