Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
234
TIJORAT BANKLARIDA CHAKANA BANK MAHSULOTLARINING
BANK FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TAʼSIRI
Yunusova Shaxlo Raximdjanovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0001-7876-6175
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
tijorat banklarida chakana bank mahsulotlari
va ularning
bank faoliyati samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tegishli adabiyotlar va empirik ma’lumotlarni
har tomonlama tahlil qilish orqali muallif tomonidan
chakana bank mahsulotlarining
turli
o‘lchovlari va ularning bank samaradorligiga ta’siri o‘r
ganildi. Undan tashqari maqolada
banklarni transformatsiya qilish va raqamlashtirish yo‘nalishlari
,
chakana bank
mahsulotlarining
bank daromadini oshirishda, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilashda va
bank xarajatlarini tejash borasidagi tadqiqotlar va tahlillar ham olib borilgan. Umuman olganda,
maqolada
chakana bank mahsulotlari
bank faoliyati samaradorligiga qanday hissa qo‘shishi va
ChEKI “Hamkorbank” ATB misolida keng qamrovli tahlillar olib borilgan.
Kalit so‘
zlar:
chakana bank mahsulotlari, bank faoliyati samaradorligi, chakana mijozlar,
chakana kredit, mikroqarz, bank xizmtlaridan qoniqish, bank daromadi.
ВЛИЯНИЕ РОЗНИЧНЫХ БАНКОВСКИХ ПРОДУКТОВ НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ
БАНКОВСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Юнусова Шахло Рахимджановна
Ташкентского государственного экономического университета
Аннотация
.
В данной статье рассматриваются розничные банковские продукты
коммерческих банков и их влияние на эффективность банковской деятельности. С
помощью всестороннего анализа соответствующей литературы и эмпирических
данных автор изучил различные аспекты розничных банковских продуктов и их влияние
на эффективность работы банка. Кроме того, в статье проводятся исследования и
анализ трансформации и цифровизации банков, использования розничных банковских
продуктов для увеличения прибыли банка, улучшения взаимоотношений с клиентами и
экономии банковских расходов. В целом в статье дается комплексный анализ того, как
розничные банковские продукты влияют на эффективность банковской деятельности
АКБ «
Hamkorbank
»
с участием иностранного капитала.
Ключевие слова:
розничные банковские продукты, эффективность банковского
обслуживания, розничные клиенты, розничный кредит, микрокредитование,
удовлетворенность банковскими услугами, доход банка.
UO‘K: 336.5 (575.1)
I SON - YANVAR, 2025
234-243
00
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
235
THE IMPACT OF RETAIL BANKING PRODUCTS ON BANKING
EFFICIENCY IN COMMERCIAL BANKS
Yunusova Shakhlo
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article examines retail banking products in commercial banks and their
impact on the efficiency of banking activities. Through a comprehensive analysis of relevant
literature and empirical data, the author studied various dimensions of retail banking products
and their impact on banking efficiency. In addition, the article conducted research and analysis on
the areas of transformation and digitization of banks, the role of retail banking products in
increasing bank income, improving customer relations, and saving bank costs. In general, the
article examined how retail banking products contribute to the efficiency of banking activities and
conducted a comprehensive analysis on the example of JSCB with foreign capital “Hamkorbank”.
Keywords:
retail banking products, banking efficiency, retail customers, retail credit,
microcredit, satisfaction with banking services, bank income.
Kirish.
Tijorat banklari bugungi kunda iqtisodiyotni moliyalashtirishning asosiy
ishtirokchilaridan biri sanaladi va mazkur kreditlash operatsiyasi orqali asosiy daromadini
oladi. Bank faoliyati samaradorligiga ko‘plab omillar ta’sir etib, ulardan biri aynan
standartlashgan va barcha aholi talabiga asosan chakana bank mahsulotlarining keng qamrovli
taklifidir.
Chakana
bank mahsulotlari bank xizmatlarining bir qismi bo‘lib, ular jismoniy shaxslar
uchun mo‘ljallangan. Ushbu mahsulotlarga aholi omonatlari, kreditlar (iste’mol kreditlari,
ipoteka, avtokreditlar, mikroqarz, ta’lim kreditlari va boshqalar), plastik kartalari
va hisob-
kitob xizmatlari, mobil va internet banking xizmatlari.
Chakana bank mahsulotlarining tijorat banklarida bank faoliyati samaradorligiga ta’
siri
ko‘p qirrali hisoblanadi va texnologik rivojlanish, mahsulotlarning turli
-tumanligi va xizmatlar
bozor
idagi raqobatbardoshligi kabi jihatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Chakana bank mahsulotlari
samarali ishlab chiqilsa va joriy etilsa, xizmat ko‘rsatish sam
aradorligini va umumiy bank
daromadini oshirishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, raqamli transformatsiyadan keyingi davrda
rivojlanayotgan iste’molchilarning xohish
-
istaklarini qondirish orqali yaqqol namoyon bo‘ladi.
Adabiyotlar sharhi.
Chakana bank mahsulotlari tijorat banklarining ishlash ko'rsatkichlari va operatsion
strategiyalariga ta’sir ko‘rsatish orqali
ularning samaradorligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.
Kredit kartalari, jamg‘arma hisoblari va kreditlarni o‘z ichiga olgan ushbu
mahsulotlar
texnologik taraqqiyot va iste’molchilarning xohish
-
istaklarining o‘zgarishi bilan rivojlandi va
shu bilan banklar
samaradorligiga turli yo‘llar bilan ta’sir ko'rsatdi. Texnologik integratsiya va
chakana mahsulotlarni strategik toifalarga ajratish bank faoliyati samaradorligini oshirish
uchun juda muhimdir.
Xususan, Jiayue Chen
ning ilmiy ishlarida “chakana bank faoliyatiga texnologiyaning
integratsiyasi xizmat ko‘rsat
ish samaradorligini oshirishga olib keldi, bu banklarga
mijozlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini samarali qondirishga imkon berdi” deb hulosaga
kelgan (Jiayue, Chen. 2023). Prof. Mamadiyarov va boshqalar tomonidan “Onlayn depozitlar va
masofaviy xizmatlar kabi raqamli bank xizmatlari bank faoliyati samaradorligiga sezilarli ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi” ularning ilmiy ishlarida asoslangan (Мамадіяров, Хакімов, & Аскаров,
2024).
larning ilmiy ishlarida “Differentsial
lashtirilgan chakana bank
mahsulotlari iste’molchilar farovonligini va bank rentabelligini oshirishi mumkin, chunki ular
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
236
banklarga
mijozlarning turli talablarini yaxshiroq qondirishga imkon berishi” borasida
tadqiqotlaridan hulosalar olingan (Mian, Dai., Yuan, Yuan. 2013). Mualliflarning tadqiqot ishi
shuni ko‘rsatdiki, chakana bank faoliyatidagi mahsulotlarning turli
-
tuman bo‘lmasli
gi va
banklar bir xilda faoliyat yuritishi mijozlari va bank foydasining pasayishiga olib kelgan.
Chakana bank mahsulotlari sa
maradorligini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari orqali
baholash mumkin. Miqdoriy o‘lchovlar moliyaviy koeffitsientlar va koeffitsientlarni o‘z ichiga
oladi, sifatli baholash esa mijozlarning fikr-mulohazalari va ommaviy axborot vositalarining
sharhlarini o
‘z ichiga oladi (Shmyreva va VAGAITSEVA, 2024).
Bangladeshda o‘tkazilgan tadqiqot bank faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan
chakana
mahsulotlarning uchta toifasini aniqladi, bu chakana bank faoliyati samaradorligidagi
o‘zgaruvchanlikning muhim qismin
i tushuntiradi (Meah & Uddin, 2021). Nigeriyadagi
tadqiqotda esa, jami aktivlar bilan o‘lchanadigan bank hajmi va jami depozitlar
bilan
ko‘rsatilgan raqobat bank faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kam xarajat evaziga yirik
depozitlarni jalb qiluvchi chakana bank mahsulotlari bankning raqobatbardoshligi va
samaradorligini oshirishi mumkin (Biiranee, 2021).
Iqtisodchi Kelvin Friday Barida Biiranee tomonidan olib borilgan tadqiqotda esa
“banklarning xizmat ko‘rsatish hajmi va raqobatbardosh strategiyalarni joriy qilishi
banklarn
ing faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir qilishi, xususan katta hajmdagi depozitlarni jalb
qiluvchi chakana bank mahsulotlari bankning raqobatbardosh mavqeini oshirishi va shu bilan
umumiy samaradorlikni oshirishi mumkin” to‘g‘risidagi hulosaga kelgan.
Aksincha, Mian Dai va Yuan Yuan
larning hulosasiga ko‘ra “chakana bank mahsulotlari
samaradorlikni oshirsa-d
a, mahsulotlar turini haddan tashqari ko‘paytirish ham ko‘plab bank
mahsulotlarining samarasizligiga olib kelishi mumkin, agar banklar
o‘z mahsulotlarini bozor
talablariga moslashtirmasa, ularning barqarorligini yo‘qotishlari mumkin” deya fikr yuritgan
(Mian, Dai., Yuan, Yuan. 2013).
Chakana bank mahsulotlari orqali banklar mijozlarga qulay va tezkor xizmatlarni taqdim
etib, o‘zining mijo
zlar bazasini saqlab qolishi va kengaytirishga erishish mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, guruhlash, qiyoslash, retrospektiv va istiqbolli, empirik
tahlil va boshqa uslublardan foydalanildi. Maqolada ilmiy abstraksiyalash usuli yordamida
chakana bank mahsulotlari
bank faoliyati samaradorligiga qanday hissa qo‘shishi ChEKI
“Hamkorbank” ATB statistik ma’lumotlai asosida keng qamrovli tahlillar
olib borildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Bank faoliyatining samaradorligi deganda bank resurslaridan maksimal darajada
foydalanish orqali yuqori daromadga erishish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mijozlar
ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni anglatadi. Bank samaradorligini baholashda renta
bellik
(ROA, ROE), operatsion xarajatlarning daromadga nisbati, kredit portfelining sifati, mijozlar
bazasi va ulardan keladigan daromadning barqarorligi kabi ko‘rsatgichlarning ijobiyligini
ta’minlash talab etiladi.
Chakana bank mahsulotlari ham bankning moliyaviy natijalariga bir nechta jihatlar orqali
ta’sir qiladi. Birinchidan, chakana bank mahsulotlari banklar uchun turli xil daromad olish
manbalarini vujudga keltiradi.
Xususan, omonatlardan olinadigan foizli daromadlar, to‘lov xizmatlaridan olinadig
an
komissiyalar va kreditlardan olinadigan foizlar bankning asosiy daromad manbalarini tashkil
etadi. Bu kabi turli daromad olish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bankning moliyaviy
barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, chakana mahs
ulotlar turlarining ko‘pligi va s
tandartlashganligi mijozlarni
bank xizmatlaridan foydalanishga kengroq jalb qiladi. Keng mijozlar bazasi esa bankning uzoq
muddatli va barqaror daromad olishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, mijozlarning sodiq bo‘lishi bank
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
237
xizma
tlariga bo‘lgan talabni oshiradi.
Uchinchidan, raqamli texnologiyalar va innovatsion mahsulotlar orqali chakana
xizmatlarni avtomatlashtirish banklarning operatsion xarajatlarini sezilarli darajada
kamaytirishi mumkin. Xususan, so‘nggi yillarda aholining
chakana bank xizmatlarini amalga
oshirishda qulay bo‘lgan mobil banking va turli mobil ilovalar mijozlarning bank filiallariga
tashrif buyurmasdan masofadan bank xizmatlaridan foydalanishi yoki banklar uchun filial
ochmasdan ko‘plab mijozlarni jalb qilish
imkonini beradi.
To‘rtinchidan, chakana kreditlash bilan bog‘liq mahsulotlarning to‘g‘ri boshqarilishi
kredit portfeli sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, jismoniy shaxslarlarga ajratiladigan
chakana kreditlar bank uchun nisbatan xavfsizroq bo‘lishi mumkin, chunki ular ko‘pchilik
mijozlar tomonidan qaytariladi.
Beshinchidan, iqtisodiyotning raqamlashib borayotganligi sababli banklararo raqobat
kuchayib bormoqda. Chakana bank mahsulotlarining xilma-
xil bo‘lishi va sifatli xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish banklarning raqobatbardos
hligini oshiradi. Bu esa yangi mijozlarni
jalb qilishga va mavjud mijozlarni saqlab qolishga yordam beradi.
Chakana bank mahsulotlarining bank samaradorligiga ta’sirini o‘rganish uchun chakana
kreditlar hajmining umumiy kredit portfeldagi ulushini, banklar tomonidan taqdim etilayotgan
internet va mobil banking xizmatlari foydalanuvchilari sonining dinamikasini yillar kesimida
tahlil qilib borish lozim. Undan tashqari, chakana bank mahsulotlari yuqori foizli daromad
manbai bo‘lganligi uchun bu mahsulotlarni
keng qamrovli joriy qilish banklarning ROA va ROE
ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, chakana bank
mahsulotlariga sarmoya kiritgan banklar uzoq muddatda yuqori samaradorlikka erishgan.
Oʻzbekiston Respublikasida
ham bank tizimini raqamlashtirish va transformatsiya qilish
boʻyicha ilk qadam 2018
-
yil boshidan boshlangan bo‘lib, so‘ngra uqonunchilik darajasidaga
koʻtarildi. Respublikamizda bank tizimi transformatsi
yasi orqali banklar faoliyati
samaradorligini
oshirish va bu yoʻlda raqamli banklarni joriy etish, mavjud banklarda raqamli
bank xizmatlarini rivojlantirish vazifalarini belgilab berdi. Bunday imkoniyat va
koʻrsatmalardan bir qancha oy oʻtgach koʻp banklar mijozlar uchun onlayn dep
ozitlar, onlayn
mik
rokarz, mobil ilova orqali chet el valyutasini toʻg‘ridan
-
toʻgʻri konvertatsiya qilish
imkoniyatlarini mijozlariga raqamli xizmatlar sifatida ko‘rsata boshladilar. Bank tizimida
xizmatlarni transformatsiya qilish jarayoni mijozlarga bank xizmatlarini taqdim etishda
zamonaviy texnologik usullarini joriy etishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda banklar filiallari
sonini oldingiday kupaytirib bormasdan, ularni sonini kamaytirib, koʻplab an’anaviy xizmat
turlarini masofaviy onlayn xizmatlarga almashtirmoqda.
Har
bir bank o‘z missiyasini yuqori sifatli, texnologik bank mahsulotlar va xizmatlarni
taklif qilish orqali mijozlarning talablarini maksimal darajada qondirish, mijozlar moliyaviy
extiyojlarini qondirishda professional hodimlari bilan birgalikda ishonchli harakatlar olib
bormoqda.
Chakana bank mahsulotlari, jumladan, omonatlar, kreditlar, plastik kartalar va boshqa
moliyaviy xizmatlar tijorat banklari faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Chakana mahsulotlar banklarga yangi mijozlarni jalb
qilish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni
yaxshilash va bank faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda raqamli
texnologiyalar va raqamli texnologiyalar asosida globallashuv shart-sharoitida chakana bank
mahsulotlari banklarning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chakana bank mahsulotlarini rivojlantirishda asosiy 4 tashabbus ilgari surilmoqda. Ular
quyidagicha:
-
bank xizmatlarini yahlit mahsulot sifatida markazlashtirish;
-
bank xizmatlarini transformatsiya rilish;
-
bank xizmatlarini optimallashtirish;
-
bank xizmatlarini raqamlashtirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
238
Banklar mijozlariga sifatli xizmat koʻrsatishda birinchilardan bo‘lishga intilib, chakana
bank biznesini barqaror rivojlantiradi, mijozlari va barcha manfaatdor shaxslar bilan
takomillashib borishga intiladi. Mamlakatimiz bank tizimida bank xizmatlari raqamlashtirish
protsessi bir necha yillar oldin boshlagan.
Bugungi kunda banklar raqamli xizmat turlarini yanada koʻpaytirish va mijozlariga tez va
sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish boʻyicha doim yetakchi boʻlishga eʼtibor qaratmoqda.
Transformatsiya qili
shda va xizmatlarni raqamlashtirishda quyidagi yoʻnalishlar banklarning
asosiy e’tiborida bo‘lmoqda.
1-jadval
Banklarni transformatsiya qilish va raqamlashtirish
yo‘nalishlari
Transformatsiya
Raqamlashtirish
Moliyaviy strukturani yangilash
IT tuzilmasi
Bank tarmoqlari samaradorligini oshirish
Yangi raqamli mahsulotlar
Yagona MFO ga o‘tish
Sun’iy intellekt
Savdo nuqtalarini qayta formatlash
Ekotizm
Manba:
muallif tomonidan tuzildi.
Moliyaviy strukturani yangilash va bu yo‘nalishda
transformatsiya qilishda quyidagilar
nazarda tutilgan:
-
hududiy yoʻnaltirilgan strukturadan mijozga yoʻnaltiri1gan strukturaga oʻtish;
-
bankning biznes
yoʻnalishlari moliyaviy ma’suliyatini oshirish;
-
daromadsiz savdo nuqtalarini yopish va samaradorligi pastlarini qayta formatlash;
-
bank tarmoqlarining an’anaviy f
ormatlaridan (filiallar va mini-banklar) bosqichma-
bosqich voz kechish, ularning oʻrniga barcha
mavjud bank mahsulotlarini taklif qiluvchi
zamonaviy, ixcham, kam harajatli formatlar (boʻlinma, bank xizmatlari markazlari (BXM),
smartofislar)ga oʻtkazish;
-
ba
rcha savdo nuqtalarini yagona MFOga oʻtkazish ishlari;
-
24/7 formatida oʻz
-
oʻziga xizmat koʻrsat
ish shohobchalarining xizmat turlarini
oshirish va samarali ishlashini taʼminlash;
-
bankomatlar sonini koʻpaytirish (aholi soni ko‘p va bankomatlarga talab bo‘lga
n
joylarga).
Front-
ofisda (mijoz koʻrishi mumkin boʻlgan hamma narsa)
transformatsiya qilindi.
Xususan,
banklar doimiy ravishda mijozlarning xohishini o‘rganish, KPI koʻrsatkichlarini
takomillashtirish, barcha raqamli mahsulot va kanallarning oʻlchovlari bo‘yicha bahol
ashsh
(masalan, mahsulotlarning keng tarqalishi, kross sotuv, mijozlarning daromadi, mijoz
bazasining oʻsishi, va mijozlarning chiqib ketishi).
Banklarning Bek-ofisida
eng ilgʻor raqamli mahsulotlar shakllangan boʻlib, ular
tezkorlik
bilan yangi mahsulotlarni sotishda, tezkor va samarali jarayonlarni
Bank xizmatlarini tranformatsiya qilish tizimi boshqa tizimlardan farqli oʻlarok,
yangicha IT arxitektura boʻyicha va moliyaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi. 2020
-
yildan IT maydoniga ya
ngi “mikroservis” arxitektura tizimi joriy qilindi. Ushbu tizim avvalgi
“monolit” tizimdan farq qilib, tizimlarning barqaror ishlashida katta yordam beradi va
foydalanuvchi tizimdan uzoq muddatli uzilishlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Bugungi kunda barcha tijorat banklari raqamli texnologiyalarni joriy qilish va bank
xizmatlarini tranformatsiya qilish tizimlarini joriy qilishga katta hajmdagi mablag‘larni
safarbar etmoqda. Banklarda chakana xizmatlar sohasiga ham katta eʼtibor qaratilgan bo‘lib
us
hbu yo‘nalishda ham koʻplab bank xizmatlarini mijozlarga taqdim etib kelinmoqda. Ushbu
xizmatlarni joriy qilish katta xarajatlarni va vaqtni talab etadi. Mijozlarga xizmat koʻrsatish
uchun banklarda ham xodimllar kompetensiyasini oshirish, joy va texnik jihozalar bilan
taʼminlash, ish protsesslarini toʻgʻri tashkil qila olishi banklar uchun katta va eng asosiy
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
239
harajatlar sanaladi. Masofaviy bank xizmatlari esa mana shu kabi muammoli holatlarni bartaraf
etishda ayni muddao boʻlib xizmat qildi.
2-jadval
Tijorat banklarida raqamli tansformatsiya jarayonida tashkil etilgan yangi bank
mahsulotlarlarni va raqamli bank xizmatlari
№
Mahsulotlar/
xizmatlar
Mahsulot va xizmat turlari
Yangi mahsulot va xizmatlar
jismoniy shaxslar uchun
1.
Kreditlar
1)
isteʼmol kredi
ti;
2) ipoteka krediti;
3) rekonstruksiya uchun kreditlar;
4) overdraft;
5) avtomobil kreditlari;
6) mikrokreditlar;
7) mikroqarz.
Onlayn kredit olish uchun ariza berish va
mikroqarzlarni
to‘liq
onlayn
olish
imkoniyati yaratildi.
2.
Omonatlar
1) milliy valyutadagi omonatlar;
2) chet yel valyutasidagi omonatlar.
Onlayn
depozit
qo‘yish
imkoniyati
yaratildi.
3.
Plastik kartalar
1) milliy plastik kartalar;
2) Kobeydjing karta UnionPay UzCard;
3) MPK
–
VISA;
4) MPK
–
VISA payWave;
5) Konversion karta
6) VISA Virtual
Barcha turdagi plastik kartalarni onlayn
roʻyxatdan oʻtkazish va ariza berish
imkoniyati yaratildi;
- UnionPay Int.
- Uzcard co-billing kartasi;
- UnionPay - UzCard;
- VISA Virtual;
-
VISA payWave va boshqa ko‘p imkoniyatli
kartalar muomalaga kiritildi.
4.
Pul o‘tkazmalari
1) Yunistrim;
2) Kontakt;
3) Zolotaya Korona;
4) Western Union;
5) Money Gram.
6) KwikPay
“Zolotaya Korona” pul oʻtkazmalarini"
mobil ilova orqali masofadan olish. Mobile
ilovalar
orqali
pul
oʻtkazmalarini
masofadan plastik kartalarga kirim qilish
imkoniyati
Respublikaning
barcha
hududlarida yaratildi.
6.
Raqamli bank
xizmatlari
1) internet-banking;
2) mobil banking;
3) 24/7 rejimdagi smartofislar.
Yuqoridagi jadval
ma’lumotlariga ko‘ra transformatsiya jarayonining natijasida bank
samaradorligini oshirishga va bank tizimida barqarorlikka erishish imkoniyati yaratilmoqda.
Misol uchun, banklarda avvallari filiallarida chakana biznes boʻlmlarida koʻp sonli xodimlar
tomon
idan mijozlarga xizmat koʻrsatib kelingan bo‘lsa hozirda bu kabi jaray
onlarni
optimallashtirish, filiallarni transformatsiya qilish va raqam
li texnologiyalarni qoʻllagan holda
optimizatsiya qilishga erishildi.
1-
rasm. ChEKI “Hamkorbank” ATB eski chakana biznes boʻlimi strukturasi
Manba:
ATB Hamkorbank ichki meʼyoriy hujjatlari maʼlumotlari asosida muallif
tomonidan tayyorlandi.
Yuqoridagi mavjud bo‘limlarda deyarli barcha amaliyotlar qoʻl mehnati orqali xodimlar
tomonidan amalga oshirilar edi. Ko‘p sonli navbatlar, mijozlar eʼtirozlari, ish sifati tushib ketishi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
240
va boshqa turli samarasiz holatlarni keltirib chiqar edi. Bundan tashqari mazkur 14 nafar xodim
bilan mijozlarga xizmat koʻrsatish bank uchun samarasiz harajatlarni sarflashga sabab boʻlgan.
3-jadval
ChEKI “Hamkorbank” ATB
ning bitta filialida chakana biznes boʻl
imi
hodimlari uchun yillik qilingan harajatlar taqsimoti
№
Xarajat turi
O‘rtacha bir xodimga qilingan
xarajat
14 nafar nafar xodim uchun
qilingan xarajat
1.
Ish xaqi
96 000 000,00
1 344 000 000,00
2.
Ish xaqidan 12% YaIT
11 520 000,00
161 280 000,00
3.
Tushlik puli
3 180 000,00
44 520 000,00
4.
Yuniforma harajati
1 816 000,00
25 424 000,00
5.
Orgtexnika
20 000 000,00
280 000 000,00
6.
Boshqalar
60 000 000,00
840 000 000,00
Jami xarajat
192 516 000,00
2 695 224 000,00
Manba:
ATB Hamkorbank ichki meʼyoriy hujjatlari maʼlumotlari asosida
muallif tomonidan tayyorlandi.
Yuqoridagi 3-jadval
da keltirilgan 2 mlrd. 695 mln. soʻmdan ortiq mablagʻ bu
ChEKI
“Hamkorbank” ATBning birgina fililali misolida oʻrganilgan tahlil natijasi hisoblanadi. Shuni
ta’kidlash
kerakki, bankda hozirgi kunda 50 ta Universal bank xizmatlari ofisi (Markazlashtirish
-
yagona MFOga oʻtilgach bankda filial oʻrniga UBXO
-Universal bank xizmatlari ofisi nomi
berildi) mavjud va bu harajat jami bank uchun 134 mlrd. 761 mln. soʻmdan ortiq mablag‘ni
tashkil etmoqda. Bu bank uchun katta hajmdagi mablag‘dan samarasiz foydalanish
ekanligini
anglatadi.
Ushbu bank xizmatlarini oʻz
-
oʻziga xizmat koʻrsatish texn
ologiyalari va masofaviy bank
xizmatlarini takomillashtirish orqali bankning avvalgi harajatlarni 50 foizga qisqartirishga
erishildi. Banklarda masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimlari orqali bank mahsulotlarini
taqdim qilish va raqamli mahsulotlar yaratish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. 2015-yildan
boshlab “Hamkorbank” ATB va boshqa ko‘plab tijorat banklarida xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarni front ofisda ishlovchi universal xodimlarga aylantirildi. Unga koʻra bank mijozlari
istalgan chakana bank xizmatlarini istalgan universal menejerlar orqali amalga oshirish
imkoniyatiga ega boʻldi. Yang
i turdagi universal menejerlar har biri bankning chakana
yoʻnalishidagi barcha mahsulotlarini mijozlarga boshqa xodimlar koʻmagisiz yakka oʻzi koʻrsata
bilish imkoni pa
ydo boʻldi. Yangilangan strukturaga asosan chakana yo‘nalishi boʻyicha
hodimlar soni 50
foizga qisqartirishga erishilgan. Avvaliga filial chakana biznes yo‘nalishida 14
tacha h
odim yordamida mijozlarga chakana bank xizmatlarini koʻrsatgan boʻlsa, endi buni
7 ta
universal menejer bajarmoqda. Buning natijasida bank ushbu xizmat koʻrsatish uchun
qilinadigan harajatlarini ham 50 foizga qisqartirishga erishdi va 50 ta filialidan o‘rt
acha 67
mlrd. 380 mln. soʻmdan ortiq mablag‘ni tejashga erishdi. Bugungi kunga k
elib, esa bank
xizmatlarining raqamlashib borishi natijasida universal menejerlar soni yanada kamayib 3-4
nafarni tashkil etmoqda.
4-jadval
ChEKI “Hamkorbank” ATB ning universal menejer loyihasi orqali bitta filialida
chakana biznes xodimlari uchun bir yillik sarf qilingan harajatlari
№
Harajat turi
Har bir xodimga
7 nafar xodim uchun
1.
Ish haqi
96 000 000,00
672 000 000,00
2.
Ish haqidan 12% YaIM
11 520 000,00
80 640 000,00
3.
Tushlik puli
3 180 000,00
22 260 000,00
4.
Uniforma xarajati
1 816 000,00
12 712 000,00
5.
Orgtexnika
20 000 000,00
140 000 000,00
6.
Boshqalar
60 000 000,00
420 000 000,00
Jami
192 516 000,00
1 347 612 000,00
Manba:
ATB Hamkorbank ichki meʼyoriy hujjatlari maʼlumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
241
Bugungi kunda ushbu universal menejerlar jismoniy shaxslar uchun quyidagi bank
xizmatlarini bemalol koʻrsata oladi:
-
barcha turdagi kommunal toʻlovlarni amalga oshi
rish;
-
omonat amaliyotlarini bajarish;
-
xalqaro pul oʻtkazmalari amalga
oshirish;
-
xalqaro va milliy valyutadagi plastik kartalarni ochish va ular bilan bog‘liq
amaliyotlarni amalga oshirish;
-
naqd pulda yoki naqd pulsiz barcha turdagi toʻlovlarni qabul qilish
;
-
xalqaro SWIFT toʻlovlarini amalga oshirish va boshqalar.
Albatta, bank avvaliga 14 nafar bank xodim yordamida mijozlariga ko‘rsatgan
xizmatlarini endi 7 nafar bank xodimi yordamida amalga oshirishi bank xizmatlarini masofadan
va raqamli amalga oshirish imkoniyati yaratilishi bilan izohlash mumkin. Bank xizmatlarini
masofadan koʻrsatishda eng asosiy muhum rolni bugungi kunda mobil ilovalar taqdim
etmoqda. Shuningdek, oʻz
-
oʻziga xizmat koʻrsatuvchi smartofislar orqali bank maxsulotlarini
bank xodimlarisiz s
otish imkoniyatlari yaratildi. Oʻz navbatida xizmatlar sama
radorligi va
daromadi ham mos ravishda oʻsishiga ijobiy ta’sir etdi.
Xususan, bugungi kunda bank tomonidan oʻrnatilgan bankomatlar bank ofislarida plastik
kartadan naqd pul yechish va uni naqd pul
da toʻldirish singari amaliyotlarni keskin
kamayishiga saba
b boʻldi. Internet kioskalar plastik karta bilan bankda qilinishi lozim boʻlgan
toʻlovlar hajmini keskin tushishiga sabab boʻldi. Bankda hodimlarining katta yuklama bilan
ishlashiga sabab boʻlgan kredit toʻlovlarini masofadan banka tashrif buyurmasdan ADM
va
internet kisoklar orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratildi. Hozir kunga kelib banklarda
amalga oshiriladigan toʻlov va xizmatlarning kariyb 50 foizdan ortiq qismi masofadan amalga
oshirilmoqda. Bu esa banklarni transformatsiya qilishning ijobiy samara berayotganligidan
dalolat beradi.
Banklarni transformatsiya qilishning asosiy maqsadlari va yo‘nalishlaridan biri bu ishchi
kuchi uchun qiladigan xarajatlarni kamaytirish hamda bank mahsulot va xizmatlarini
raqamlashtirgan holda masofadan sotish orqali yuqori daromadga erishish sanaladi.
5-jadval
ChEKI “Hamkorbank” ATB
tomonidan oʻrnatilgan bankomatlar samaradorligi
tahlili (mln. so‘mda)
Yillar
Rejalashtirilgan
daromad
Amaldagi
daromad
Rejaning
bajarilishi
Bankomatlar
soni, donada
O‘rtacha 1 oyda 1
ta
bankomat
samaradorligi
2020
30000
31968
107%
281
9,5
2021
50000
46647
93%
468
8,3
2022
65000
85094
131%
458
15,5
2023
104680
99793
95%
419
19,8
2024
120000
134200
112%
595
18,8
Manba:
ATB Ham
korbank ichki meʼyoriy hujjatlari maʼlumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Yuqoridagi 5-jadval
da ChEKI “Hamkorbank” ATB tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar
samaradorligining 2020
–2024 yillar davomidagi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Unga ko‘ra
rejalashtirilgan va amalga oshirilgan daromadlar o‘rtasidagi tafovut 2020 yilda reja 107% ga,
2022 yilda reja 131% ga, 2023 yilda esa reja 95%ga va 2024 yilda reja 112% ga bajarilgan. Bu
yillar davomidagi ko‘rsatkichlar bank bankomat bilan bog‘liq faoliy
atini samarali tashkil
etayotganligini, ya’ni rejadagidan ko‘ra ko‘proq daromadga erishayotganligini hamda
bankomatlari orqali daromadlarning barqaror o‘sishga erishganini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
242
Bankomatlar soni bo‘yicha esa 2020 yilda 281 tani tashkil etgan bo‘lsa,
2024 yilga kelib
595 taga yetgan, ya’ni 314 taga ko‘paygan. Umumiy tendensiyaga ko‘ra bankomatlar soni o‘sib
bormoqda. Ammo 1 ta bankomatning o‘rtacha oylik samaradorligi 2020 yilda 9
,5
mln. so‘m
ni
tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 18,8
mln. so‘m
ni tashkil qilgan. Bu esa yillar
davomida bankomatlar sonini ortishi bilan bir qatorda ularning daromadliligi ham sezilarli
darajada oshganligini ko‘rsatadi. Banklar tomonid
an bankomatlar samaradorligini yanada
oshirish uchun birinchidan, ularning joylashuvini optimallashtirish, ikkinchidan, bankomat
xizmatlarini yaxshilash va qo‘shimcha xizmatlarni joriy etish, texnologik yangiliklar va
masofaviy monitoring qilish tizimlari
orqali bankomatlardan samarali foydalanishni ta’minlash
lozim. Bu kabi xa
rakatlarni amalga oshirishda va bankomat tarmog‘ini kengaytirish uchun
yuqori samaradorlikni saqlab qolishga qaratilgan maqsadji chora-tadbirlarni ishlab chiqishi
zarur.
Banklar faoliyatini raqamli transformatsiya qilish natijasida ham ishchi kuchi uchun
q
iladigan harajatlarini tejab, ham oʻz mahsulot, xizmatlarini masofadan sotish orqali yuqori
daromadga erishmoqda. Bank xizmatlarini tranformatsiya qilish bankka ham vaqt, ham
moliyaviy jihatdan samara keltiradi.
Xulosa va takliflar.
Shunday ekan tijorat banklarida chakana mahsulotlarni rivojlantirish uchun quyidagi
yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
Birinchidan,
raqamli xizmatlar bo‘lgan i
nternet banking, mobil banking va boshqa
raqamli xizmatlarini takomillashtirish orqali mijozlariga yanada qulayliklar yaratish.
Ikkinchidan, chakana bank
mahsulotlari xilma-xilligini oshirish. Ayniqsa, t
urli mijoz
segmentlari uchun moslashtirilgan xizmat turlarini taklif etish lozim.
Uchunchidan, m
arketing strategiyasini yanada rivojlantirish uchun
mijozlarni jalb
qilish uchun reklama kampaniyalari bilan hamkorlik qilish va turli chegirmalar tizimini joriy
qilish.
To‘rtinchidan, bank
xodimlari malakasini rivojlangan banklar tajribasini o‘
rganish
asosida oshirish lozim.
Buning uchun chakana xizmatlarni amalga oshiruvchi xodimlar uchun
treninglar va samarali malaka oshirish dasturlarini tashkil etish lozim.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarida chakana bank mahsulotlarining rivojlanishi
tijorat banklari faoliyatining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu esa nafaqat
bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga, balki mijozlarning bank xizmatlari va
mahsulotlaridan qoniqishini oshirishga ham xizmat qiladi. Shu bois, chakana bank
mahsulotlarini rivojlantirish, transformatsiya qilish va raqamlashtirish banklar uchun muhim
strategik yo‘nalish hisoblanadi.
Adabiytot/Литература/Reference:
Jiayue, Chen. (2023). 1. Transformation of Retail Banking with the Internet Finance
Disruption. doi: 10.54097/hbem.v15i.9335
Kelvin, Friday, Barida, Biiranee. (2021). 3. Retail Banking and Bank Performance: Evidence
from Nigeria. International journal of economics and finance, doi: 10.5539/IJEF.V13N5P45
Kelvin, Friday, Barida, Biiranee. (2021). 5. Retail Banking and Bank Performance: Evidence
from Nigeria. International journal of economics and finance, Available from:
10.5539/IJEF.V13N5P45
Mamadiyarov, Z. (2022). РАҚАМЛИ ТРАНСФОРМАЦИЯ ЖАРАЁНИДА БАНК
ХИЗМАТЛАРИНИ МАСОФАДАН КЎРСАТИШНИ ИННОВАЦИОН РИВОЖЛАНТИРИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ Зокир Мамадияров. Scientific Journal of “International Finance & Accounting.
Md., Siraz, Meah., Md., Sarwar, Uddin. (2021).
4. An Evaluation of Retail Banking Products’
Performance: A Study on Selected Bankers. The International Journal of Business and
Management, Available from: 10.5539/IJBM.V16N5P115
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, yanvar
www.e-itt.uz
243
Mian, Dai., Yuan, Yuan. (2013). 5. Product differentiation and efficiencies in the retail
banking industry. Journal of Banking and Finance, doi: 10.1016/J.JBANKFIN.2013.09.005
Shmyreva A., Valeriya, P., VAGAITSEVA. (2024). 3. Indicators for assessing the effectiveness
of a commercial bank product. Финансы и кредит, Available from
: 10.24891/fc.30.10.2252
Toshtemirovich, M. Z., & Tuymurodovich, K. S. (2024). Bank mahsulotlari va ularning
samaradorligini oshirish.
ЭКОНОМИКА, МЕНЕДЖМЕНТ, СЕРВИС: СОВРЕМЕННЫЕ
ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ,
4, 38-41.
Мамадияров, З. (2023). Ўзбекистонда банк хизматларини рақамли трансформация
қилишга таъсир этувчи омиллар таҳлили. Страховой рынок Узбекистана, 1
(4), 39-45.
Мамадіяров, З., Хакімов, Х., & Аскаров, С. (2024). DEVELOPMENT OF RETAIL BANKING
SERVICES IN THE CONTEXT OF DIGITAL TRANSFORMATION. Financial and credit activity
problems of theory and practice, 1(54), 51-67.
