SUNʼIY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISH: IQTISODIY INQILOB YOKI YOʻQOTILGAN ISH OʻRINLARI?

Annotasiya

Ushbu maqolada sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiyotdagi oʻrni va taʼsiri tahlil qilinadi. Avtomatlashtirish jarayoni va sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi ishchi kuchining oʻzgarishi va iqtisodiy inqiloblarga olib kelishi mumkin. Biroq bu jarayonlar yangi ish oʻrinlarini yaratish bilan birga ayrim sohalarda ishchilarni yoʻqotishga ham sabab boʻlishi mumkin. Maqolada avtomatlashtirishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari, ish oʻrinlarining yoʻqolishi va yangi imkoniyatlarning yaratilishi masalalari koʻrib chiqiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
94-102
18

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nаzаrmаtov O., & Аlijonovа R. (2025). SUNʼIY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISH: IQTISODIY INQILOB YOKI YOʻQOTILGAN ISH OʻRINLARI? . Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 3(2), 94–102. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80095
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiyotdagi oʻrni va taʼsiri tahlil qilinadi. Avtomatlashtirish jarayoni va sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi ishchi kuchining oʻzgarishi va iqtisodiy inqiloblarga olib kelishi mumkin. Biroq bu jarayonlar yangi ish oʻrinlarini yaratish bilan birga ayrim sohalarda ishchilarni yoʻqotishga ham sabab boʻlishi mumkin. Maqolada avtomatlashtirishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari, ish oʻrinlarining yoʻqolishi va yangi imkoniyatlarning yaratilishi masalalari koʻrib chiqiladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

94


SUNʼIY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISH:

IQTISODIY INQILOB YOKI YOʻQOTILGAN ISH OʻRINLARI?

DSc, dots.

Nаzаrmаtov Oxunjon Sotvoldievich

Muhаmmаd аl-Xorаzmiy nomidаgi Toshkent

аxborot texnologiyаlаri universiteti Fаrgʻonа filiаli

ORCID: 0000-0002-8109-9190

а.nаzаrmаtov85@gmаil.com

Аlijonovа Rаyxonа Аkmаljon qizi

Muhаmmаd аl-Xorаzmiy nomidаgi Toshkent

аxborot texnologiyаlаri universiteti Fаrgʻonа filiаli

ORCID:

0009-0008-4335-6855

rаyxonааlijonovа@gmаil.com

Аnnotаtsiyа.

Ushbu maqolada sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiyotdagi oʻrni va

taʼsiri tahlil qilinadi. Avtomatlashtirish jarayoni va sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi
ishchi kuchining oʻzgarishi va iqtisodiy inqiloblarga olib kelishi mumkin. Biroq bu jarayonlar yangi ish
oʻrinlarini yaratish bilan birga ayrim sohalarda ishchilarni yoʻqotishga ham sabab boʻlishi mumkin.
Maqolada avtomatlashtirishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari, ish oʻrinlarining yoʻqolishi va yangi
imkoniyatlarning yaratilishi masalalari koʻrib chiqiladi.

Kаlit soʻzlаr:

sunʼiy intellekt, avtomatlashtirish, iqtisodiy inqilob, ish oʻrinlari, ishchi kuchi,

texnologik rivojlanish, innovatsiya, ish joylarini yoʻqotish, iqtisodiy oʻsish, raqobatbardoshlik.

ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ И АВТОМАТИЗАЦИЯ:

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ РЕВОЛЮЦИЯ ИЛИ ПОТЕРЯ РАБОЧИХ МЕСТ?

DSc, до

ц

.

Назарматов Ахунжон Сотволдиевич

Ферганский филиал Ташкентского университета

информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми

Алижанова Райхона Акмалжон кизи

Ферганский филиал Ташкентского университета

информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми

Аннотация.

В данной статье анализируется роль и влияние искусственного

интеллекта и автоматизации на экономику. Процесс автоматизации и развитие
технологий искусственного интеллекта могут привести к изменению рабочей силы и
экономическим революциям. Однако этот процесс может не только создать новые рабочие
места, но и привести к потере рабочих мест в некоторых отраслях. В статье
рассматриваются экономические и социальные аспекты автоматизации, потеря рабочих
мест и создание новых возможностей.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, автоматизация, экономическая

революция, рабочие места, рабочая сила, технологическое развитие, инновации, потеря
рабочих мест, экономический рост, конкурентоспособность.

UOʻK: 334.356.7:314.01

II SON - FEVRAL, 2025

94-103

00


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

95

ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND AUTOMATION:

ECONOMIC REVOLUTION OR LOST JOBS?

DSc, assoc. prof.

Nazarmatov Okhunjon Sotvoldievich

Fergana branch of Tashkent University of Information

Technology named after Muhammad al-Khwarazmi

Аlijonovа Rаyxonа Аkmаljon kizi

Fergana branch of Tashkent University of Information

Technology named after Muhammad al-Khwarazmi


Abstract.

This article examines the role and impact of artificial intelligence and automation

on the economy. The process of automation and the development of artificial intelligence
technologies may lead to shifts in the workforce and potential economic revolutions. However,
these processes may not only create new job opportunities but also lead to job losses in certain
sectors. The article discusses the economic and social aspects of automation, the loss of jobs, and
the creation of new opportunities.

Keywords:

artificial intelligence, automation, economic revolution, jobs, workforce,

technological development, innovation, job loss, economic growth, competitiveness.

Kirish.

Zamonaviy dunyoda sunʼiy intellekt texnologiyalari iqtisodiy jarayonlarni tubdan

oʻzgartirib, samaradorlikni oshirish va innovatsiyalarni rivojlantirishning muhim vositasiga
aylanmoqda. Oʻzbekiston ham ushbu global tendensiyadan chetda qolmay, SI ni turli sohalarga
integratsiya qilish orqali iqtisodiy oʻsishni jadallashtirish va raqobatbardoshlikni oshirishga
intilmoqda. Mamlakatda raqamli transformatsiya strategiyasining rivojlanishi, texnologik
infratuzilmaning mustahkamlanishi va IT-ekotizimning shakllanishi SI ning iqtisodiyotga ijobiy
taʼsir koʻrsatishi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. Xususan, ishlab chiqarish, qishloq
xoʻjaligi, moliya, transport va xizmat koʻrsatish sohalarida SI еchimlaridan foydalanish mehnat
unumdorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat
qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini

2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-son Qarori
(2024) qabul qilindi. Ushbu Strategiyada 2030-yilga qadar erishish lozim boʻlgan maqsadli
koʻrsatkichlar keltirib oʻtildi, shu jumladan:

sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar

hajmini 1,5 mlrd AQSh dollariga еtkazish;

YaIDXPda sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan хizmatlar ulushini 10%ga еtkazish;
sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga

еtkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida mamlakatni 50 talik davlatlar

qatoriga kirishiga erishish.

Sunʼiy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalar esa

quyidagilardan iborat:

sunʼiy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani

shakllantirish, sohada standartlarni takomillashtirish va хalqaro hamkorlik aloqalarini
mustahkamlash;


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

96

maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga

tushirish uchun teхnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur
yoʻnalishdagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish;

sunʼiy intellekt teхnologiyalaridan foydalanish boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini

oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish.

Sunʼiy intellekt rivojlanishi kichik biznes subyektlarini rovojlanishi va ish yurutishda

qulay usullardan foydalanishga yordam beradi. Kichik biznes har bir mamlakat
iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular nafaqat iqtisodiy oʻsishni taʼminlash,
balki yangi ish oʻrinlarini yaratish va innovatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kichik
biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi iqtisodiyotdagi barqarorlikni taʼminlashga yordam
beradi va bu jarayon, oʻz navbatida, mamlakatlar iqtisodiyoti uchun zarur boʻlgan barqarorlik
va raqobatbardoshlikni kuchaytiradi.

Shuningdek, kichik biznes jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy muvozanatni saqlashda ham oʻz

oʻrniga ega. Ular orqali iqtisodiy resurslar yanada samarali taqsimlanadi va ijtimoiy tengsizlikni
kamaytirishga erishiladi. Kichik biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun eng muhim
omillardan biri — bu ularning moliyaviy taʼminoti va moliyaviy resurslarni jalb qilish
qobiliyatidir. Kichik biznes, odatda, katta kompaniyalar bilan solishtirganda, oʻz faoliyatini
kengaytirish yoki yangi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moliyaviy resurslarga
ega boʻlmaydi. Shu bois, ular koʻpincha banklardan, investorlar va boshqa moliyaviy
tashkilotlarddan yordam olishga muhtoj boʻladi. Biroq, kichik biznesni moliyaviy resurslar
bilan taʼminlashda bir qator muammolar va qiyinchiliklar mavjud boʻlib, ularning eng kattasi
— bu moliyaviy yordamga boʻlgan ehtiyojni qondirishda yuzaga keladigan murakkabliklardir
(Bennett, 2004).

XXI asrda texnologik taraqqiyot insoniyat hayotining barcha jabhalariga sezilarli taʼsir

koʻrsatmoqda. Ayniqsa, sunʼiy intellekt (SI) va avtomatlashtirish kabi yangicha texnologiyalar
iqtisodiy tizimlar, ishchi kuchi va jamiyatning strukturasini tubdan oʻzgartirish jarayonlarini
boshladi (Berger, 2006). Ushbu texnologiyalarni joriy etish nafaqat iqtisodiy oʻsishga turtki
berayotgan boʻlsa-da, balki yangi ish oʻrinlarini yaratish bilan birga, baʼzi sohalarda mehnat
bozori inqiroziga ham olib kelishi mumkin. Bugungi kunda sunʼiy intellektning va
avtomatlashtirishning iqtisodiy tizimlar va global bozorlar ustidan taʼsiri tobora kuchayib
bormoqda. Bu jarayonlarning taʼsiri qanday boʻlishi mumkin va ular iqtisodiy oʻsish va mehnat
bozoriga qanday taʼsir koʻrsatadi degan savollar hamon dolzarb boʻlib qolmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

Sunʼiy intellekt (SI) va avtomatlashtirish texnologiyalarining iqtisodiyot va mehnat

bozoriga taʼsiri haqida bir qancha ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar mavjud. Bu sohalar iqtisodiy,
ijtimoiy va texnologik oʻzgarishlarni kuzatishda muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar tahlili bu
jarayonlarning ijobiy va salbiy taʼsirlarini, ishchi kuchi va iqtisodiy tizimga boʻlgan taʼsirini
tahlil qilishga yordam beradi.

Bir nechta tadqiqotlar sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiy oʻsish va

raqobatbardoshlikni oshirishdagi rolini taʼkidlaydi. Brynjolfsson va McAfee (2014) oʻzlarining
“The Second Machine Age” nomli asarida sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning
iqtisodiyotdagi oʻrni haqida soʻz yuritadilar. Ular texnologik inqilobning iqtisodiy oʻsishga olib
kelishini, lekin bu oʻzgarishlarning har bir jamiyatda bir xilda taʼsir koʻrsatmasligini
taʼkidlaydilar. Ularning fikricha, yuqori malakali ishchilar yangi texnologiyalarni qoʻllashda
ustunlikka ega boʻlishadi, ammo past malakali ishchilar bu texnologiyalar tufayli ish joylarini
yoʻqotishi mumkin. Shuningdek, mualliflar yangi texnologiyalar orqali ishlab chiqarish
samaradorligi oshishini, natijada mahsulotlar va xizmatlarning narxi kamayishini va iqtisodiy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

97

oʻsishning yanada tezlashishini taʼkidlaydilar. Yangi texnologiyalar, ayniqsa, ishlab chiqarish va
xizmat koʻrsatish sohalarida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu, oʻz navbatida, global
iqtisodiyotga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Boshqa bir qator tadqiqotlar sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning mehnat bozoriga

boʻlgan salbiy taʼsirini oʻrganishga qaratilgan. Frey va Osborne (2017) tomonidan olib borilgan
tadqiqotda avtomatlashtirishning yuqori malakali ish oʻrinlariga nisbatan taʼsiri qanday
boʻlishini tahlil qilgan. Tadqiqotda aytilishicha, baʼzi kasblar, ayniqsa, oddiy va takrorlanuvchi
ishlar, sunʼiy intellekt va robototexnika tomonidan toʻliq yoki qisman avtomatlashtirilishi
mumkin. Bu esa, oʻz navbatida, mehnat bozorida ishsizlikni kuchaytiradi va koʻplab ishchilarni
iqtisodiy inqirozga olib keladi. Frey va Osborne avtomatlashtirish jarayonining ijtimoiy-
iqtisodiy taʼsirlarini oʻrganish orqali, ayniqsa, past malakali ishchilar va anʼanaviy sanoat
sohalarida ishlovchilar uchun katta xavf mavjudligini koʻrsatganlar. Ular, shuningdek, yangi
texnologiyalar bilan birga, yangi ish oʻrinlari ham yaratilishini taʼkidlaydilar, ammo bu yangi ish
oʻrinlari mavjud boʻlganlar bilan solishtirilganda ancha murakkab va yuqori malakani talab
qilishi mumkin.

Piketty (2014) oʻzining “Capital in the Twenty-First Century" asarida, sunʼiy intellekt va

avtomatlashtirishning jamiyatda iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirishdagi rolini oʻrganishga
qaratadi. Muallif bu texnologiyalar ijtimoiy tengsizlikni oshirishga olib kelishi mumkinligini
taʼkidlaydilar, chunki yangi ish oʻrinlari koʻproq malakali va taʼlimli ishchilar uchun mavjud
boʻladi, past malakali ishchilar esa bu jarayondan foyda olish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.
Iqtisodiy tengsizlikning oshishining sabablari sifatida yangi texnologiyalarni va kapitalning
ijtimoiy taqsimlanishidagi oʻzgarishlarni koʻrsatadi. Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish bu
jarayonni yanada kuchaytirishi mumkin, chunki yuqori daromadli va malakali ishchilar yangi
texnologiyalarni yaratish va qoʻllashda raqobatbardosh boʻlishadi, past malakali ishchilar esa
oʻz ishlarini yoʻqotib, iqtisodiy jihatdan zaif holatga tushishlari mumkin.

Manyika (2017) va boshqalarning fikricha, sunʼiy intellektning iqtisodiy oʻsishga taʼsiri

katta. AI texnologiyalarining iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qoʻllanilishi, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va resurslarni optimallashtirish orqali iqtisodiy oʻsishni tezlashtiradi.
Oʻzbekiston uchun bu, ayniqsa, sanoat va qishloq xoʻjaligida koʻzga tashlanadi

Sunʼiy intellekt (AI) inson hayotining turli jabhalarini, jumladan, ish va bandlik

tabiatini oʻzgartiradi. Topilmalar shuni koʻrsatadiki, AI ish va bandlik kelajagiga sezilarli taʼsir
koʻrsatishi mumkin. Eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlar transport, ishlab chiqarish, sogʻliqni
saqlash,moliya va mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻlishi kutilmoqda. Takroriy, muntazam yoki
maʼlumotlarni tahlil qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻplab ishlar avtomatlashtirilgan boʻlishi
mumkin, bu esa ishchilarning koʻchishiga olib keladi. Shu bilan birga, sunʼiyintellektni
rivojlantirish, maʼlumotlar fani va robototexnika kabi sohalarda ham yangi ish imkoniyatlari
paydo boʻlishi mumkin (Beknazarova, 2023).

Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot iqtisodiy muammolarga qanchalik mutanosib

еchim boʻlmasin, tabiiy ravishda, ayrim muammolarning paydo boʻlishiga ham yoʻl ochadi:
insonning erkin, farovon, demokratik va adolatli jamiyatda yashashini taʼminlash bilan birga,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda bir qator muammolarni yuzaga chiqaradi. Bu ishlab chiqarishda
inson omilini kamaytiradi, inson mehnatiga ehtiyoj qolmaydi, ish oʻrinlari qisqaradi, ishsizlik
daromadni kamaytiradi. Barcha asosiy harakatlarni aqlli mashinalar bajarar ekan, odam sekin-
asta ish qobiliyatini yoʻqotib boraveradi, natijada oddiy harakatlarni ham bajarmay qoʻyadi. Bu
esa inson sogʻligiga putur еtkazadi. Jamiyatda inson mehnatiga emas, raqamlarga, dasturlarga
ustunlik beriladi. Biroq bularning barchasi raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt bera
oladigan ulkan natijalar oldida oʻz ahamiyatini yoʻqotadi (Vaxabov, 2024).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

98

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiyotga taʼsiri va mehnat

bozoridagi oʻzgarishlarni oʻrganish uchun bir nechta metodologik yondashuvlardan
foydalaniladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi, ushbu texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy,
ijtimoiy va ishchi kuchiga boʻlgan taʼsirini tahlil qilishdir.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Sunʼiy intellekt, oʻz mohiyati jihatidan, inson aqlini simulyatsiya qilishga asoslangan

texnologiya boʻlib, kompyuter tizimlarining murakkab masalalarni hal qilishda odam kabi
fikrlash va qarorlar qabul qilish imkoniyatini taʼminlaydi. Ushbu texnologiyalar nafaqat
maʼlumotlarni qayta ishlash, balki tahlil qilish, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish
sohalarida ham foydalaniladi.

Avtomatlashtirish esa, ishlab chiqarish yoki boshqa jarayonlarning minimal inson

aralashuvini taʼminlash uchun mexanik tizimlarni, robotlar va avtomatik tizimlarni joriy etishni
anglatadi. Bu texnologiyalar oʻzaro chambarchas bogʻliq boʻlib, birgalikda ishlaganda iqtisodiy
jarayonlarni tubdan oʻzgartirishi mumkin. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt va
avtomatlashtirishning rivojlanishi global mehnat bozoriga yangi yondashuvlar va talablarga
olib kelmoqda. Bunday texnologiyalar koʻplab sohalarda ishchilarning rolini oʻzgartirishi,
ayniqsa, oddiy va takrorlanuvchi ishlarni avtomatlashtirish orqali insonlar oʻrnini mashinalar
egallashi mumkin. Buning natijasida, ishchi kuchining baʼzi qatlamlari, ayniqsa past malakali
ishchilar va anʼanaviy sanoat tarmoqlarida ishlovchilar, ishsizlik va iqtisodiy noaniqlik
muammolariga duch kelishi ehtimoli mavjud.

Ammo bu jarayonning ijobiy tomoni ham bor. Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali

yuqori malakali ish oʻrinlari yaratish, yangi tarmoqlarni rivojlantirish va jamiyatning umumiy
farovonligini oshirish imkoniyatlari mavjud. Masalan, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish
texnologiyalari sogʻliqni saqlash, taʼlim, transport va ishlab chiqarish kabi sohalarda yangi ish
oʻrinlari yaratishda katta imkoniyatlar taqdim etmoqda. Tibbiyotda sunʼiy intellektning
ishlatilishi diagnostika jarayonlarini tezlashtirish va aniqroq qilish, shuningdek, bemorlarga
individual tibbiy yordam koʻrsatishda yordam berishi mumkin. Taʼlim sohasida esa onlayn
platformalar, taʼlim tizimining shaxsiylashtirilgan va avtomatlashtirilgan usullarini taklif qilish
orqali yangi imkoniyatlar yaratadi.

Boshqa tomondan, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari va robotlar

yordamida sanoatning samaradorligi oshmoqda va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish
imkoniyatlari kengaymoqda. Shu bilan birga, sunʼiy intellektning va avtomatlashtirishning
iqtisodiyotga taʼsiri haqida koʻplab muhokamalar mavjud. Baʼzi mutaxassislar ushbu
texnologiyalarning iqtisodiy inqilobga olib kelishini va jamiyatning har bir sohasida ijobiy
oʻzgarishlar yuz berishini taʼkidlaydilar. Texnologiyalar jamiyatda iqtisodiy tengsizlikni
kuchaytirishi va ishchilarni ish oʻrinlaridan mahrum qilishi mumkin. Bu bahslar oʻrtasidagi
tafovutni tushunish uchun, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiy jarayonlarga,
mehnat bozoriga va umumiy jamiyatga taʼsirini chuqurroq tahlil qilish zarur.

Inson imkoniyatlarini oshirish va samaradorlikni oshirish uchun sunʼiy intellekt

texnologiyalaridan foydalanish orqali tashkilotlar yangiqiymat manbalari va raqobatdosh
ustunliklarni ochishlari mumkin. Sunʼiy intellektning aholi bandligiga taʼsiri sanoat va
mintaqalarda bir xil emas, baʼzi tarmoqlarda sezilarli uzilishlar kuzatilmoqda, boshqalari esa
ish oʻrinlarining oʻsishi va diversifikatsiyasini kuzatmoqda (Gulyamov, 2015). Masalan, ishlab
chiqarish, transport va qishloq xoʻjaligi kabi qoʻl mehnati va kundalik ishlarga juda bogʻliq
boʻlgan tarmoqlar avtomatlashtirish va robototexnika orqali ish joylarini almashtirishga
koʻproq moyil. Aksincha, sogʻliqni saqlash, moliya, taʼlim va professional xizmatlar kabi bilimga


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

99

asoslangan tarmoqlarda innovatsiyalar va samaradorlikni oshirish uchun sunʼiy intellekt
vositalari va texnologiyalaridan foydalana oladigan malakali ishchilarga talab ortishi mumkin.

Bundan tashqari, ish joyida sunʼiy intellektni qabul qilish ish sifati, ish xavfsizligi,

maxfiylik va ishchi kuchi xilma-xilligiga oid muhim axloqiy va ijtimoiy mulohazalarni keltirib
chiqaradi. Sunʼiy intellekt tizimlari kengroq va aqlli boʻlib borayotgani sababli, ishchilarni
ekspluatatsiya, kamsitish va ish bilan bogʻliq ishonchsizlikdan himoya qilishni taʼminlash kerak
(Ataniyazov, 2019). Sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalanishni tartibga soluvchi,
ishchilarning huquqlarini himoya qiluvchi hamda taʼlim va taʼlimdan teng foydalanishni targʻib
qiluvchi siyosat va qoidalar sunʼiy intellektning ishga joylashishdagi salbiy oqibatlarini
yumshatish uchun muhim ahamiyatga ega.

Sunʼiy intellektning aholi bandligiga taʼsiriga taʼsir qiluvchi yana bir omil — bu shaxslar,

tashkilotlar va hukumatlarning oʻzgaruvchan texnologik landshaftga moslashishga va raqamli
iqtisodiyotda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarga ega boʻlishga
tayyorligidir. Sunʼiy intellekt ishning tabiatini va muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan
koʻnikmalarni qayta shakllantirar ekan, ishchilarni kelajakdagi ishjoylariga tayyorlaydigan va
uzluksiz oʻrganish va moslashish madaniyatini rivojlantiruvchi qayta malaka oshirish, malaka
oshirish va umrbod taʼlim tashabbuslariga sarmoya kiritish dolzarbligi ortib bormoqda. Sunʼiy
intellektning aholi bandligiga taʼsiri koʻp qirrali va dinamik hodisa boʻlib, u jismoniy shaxslar,
korxonalar va umuman jamiyat uchun imkoniyatlar va muammolarni keltirib chiqaradi.

Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiyotga taʼsiri, bir tomondan, yangi biznes

imkoniyatlari yaratish, samaradorlikni oshirish va global bozorga taʼsir koʻrsatish kabi ijobiy
omillarga olib kelsa, boshqa tomondan, bu texnologiyalar ayrim sohalarda ishchilarning ishsiz
qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Buning natijasida, davlatlar va tashkilotlar yangi ish oʻrinlarini
yaratish, mehnat bozorini moslashtirish va texnologik oʻzgarishlarga moslashish uchun
samarali strategiyalarni ishlab chiqish zaruriyatini sezmoqdalar. Shu bois, ushbu maqolada
sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining iqtisodiy jarayonlar va mehnat bozori
ustidan taʼsiri tahlil qilinadi. Texnologik rivojlanishning kutilgan ijobiy va salbiy taʼsirlarini
oʻrganish, yangi ish oʻrinlarining yaratilishi va baʼzi ishchilarning ish joylarini yoʻqotishi bilan
bogʻliq muammolarni koʻrib chiqish, bu jarayonlarning iqtisodiy oʻsishga qanday taʼsir
koʻrsatishini baholash maqsad qilingan. Maqolada, shuningdek, sunʼiy intellekt va
avtomatlashtirishning jamiyatdagi tengsizlikka, mehnat bozoriga va innovatsiyalarga taʼsiri
haqida chuqur tahlil beriladi.

Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining iqtisodiyot va mehnat bozoriga

taʼsiri haqida olib borilgan tadqiqotlar, bir qator ijobiy va salbiy tendensiyalarni koʻrsatdi.
Ushbu texnologiyalar iqtisodiy oʻsish va samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini yaratish bilan
birga, baʼzi ish oʻrinlarining yoʻqolishi va ijtimoiy tengsizlikning kuchayishiga ham olib kelishi
mumkin.

Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini

oshirishga, xizmatlar va mahsulotlar narxlarini pasaytirishga va yangi biznes imkoniyatlari
yaratishga yordam beradi. Yangi texnologiyalar orqali ishlab chiqarish tizimlari yanada
samarali boʻlib, koʻplab sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlarida rentabellikni oshiradi. Boshqa
tomondan, ushbu texnologiyalar yangi ishlash usullarini taqdim etadi, bu esa biznesning
kengayishiga olib keladi. Ushbu jarayonlar, ayniqsa, ilgʻor texnologiyalarga ega boʻlgan
davlatlar va kompaniyalar uchun iqtisodiy oʻsishni tezlashtirishi mumkin. Shuningdek,
texnologiyalar yordamida global bozorga chiqish imkoniyatlari oshadi, bu esa eksport
imkoniyatlarini kengaytirishga va yangi savdo yoʻnalishlarini yaratishga turtki boʻladi.

Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining mehnat bozoriga boʻlgan taʼsiri

ikki tomonlama boʻldi. Bir tomondan, yuqori texnologiyalarga ega boʻlgan sohalarda yangi ish


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

100

oʻrinlari, ayniqsa, sunʼiy intellekt, robototexnika va maʼlumotlarni tahlil qilish sohalarida
yuzaga kelmoqda. Boshqa tomondan, baʼzi sohalarda, ayniqsa past malakali ishchilarning ishsiz
qolishi xavfi mavjud. Frey va Osborne (2017) tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda, baʼzi oddiy va
takrorlanuvchi ishlar avtomatlashtirilishi mumkinligi koʻrsatilgan, bu esa oʻz navbatida,
mehnat bozorida ishsizlikni kuchaytiradi. Ayniqsa, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish
sohalarida, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning taʼsiri, mavjud ish oʻrinlarining baʼzilarini
yoʻqotish va ishchilarning malakasini oshirishni talab qiladi. Bu jarayon, albatta, yangi
texnologiyalarga moslashishni talab qiladi, shuning uchun mehnat bozorida yangi ishchilarni
tayyorlash va malakali kadrlarni shakllantirish juda muhimdir.

Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiyot va jamiyatga taʼsiri ijtimoiy

tengsizlikni kuchaytirishi mumkin. Brynjolfsson va McAfee (2014) tomonidan
taʼkidlanganidek, yangi texnologiyalar koʻproq malakali va taʼlimli ishchilar uchun yangi
imkoniyatlar yaratmoqda, lekin past malakali ishchilar bu jarayondan foyda olish imkoniyatiga
ega boʻlmaydi. Buning natijasida, iqtisodiy tengsizlik yanada kuchayadi. Yuqori daromadli va
malakali ishchilar yangi texnologiyalarni yaratish va qoʻllashda ustunlikka ega boʻlishadi, past
malakali ishchilar esa ishlarini yoʻqotib, iqtisodiy jihatdan zaif holatga tushishlari mumkin.

Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish innovatsiyalarni yaratishda katta rol oʻynaydi. Ular,

ayniqsa, axborot texnologiyalari va moliya sohalarida yangi ish oʻrinlari yaratadi va yangi
sanoatlarni rivojlantiradi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiy oʻsishga turtki beradi va yangi
imkoniyatlarni yaratadi. Shuningdek, yangi texnologiyalar jamiyatning sogʻliqni saqlash, taʼlim
va transport sohalarida xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qarorlar, sunʼiy intellekt

va avtomatlashtirish texnologiyalarining jamiyat va iqtisodiyotga taʼsirini chuqur oʻrganish va
bu jarayonlarga moslashish uchun yangi siyosatlarni ishlab chiqish zarurligini taʼkidlaydi bu
sunʼiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish, yangi
texnologiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini oldindan baholashga yordam beradi. Bu
jarayonlar, albatta, yangi ish oʻrinlarining yaratilishini taʼminlash va mavjud iqtisodiy
muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining iqtisodiyotga taʼsiri kompleks va

ikki tomonlama boʻlib, yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, baʼzi ijtimoiy va iqtisodiy
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular iqtisodiy oʻsish va samaradorlikni oshirishi,
yangi ish oʻrinlari yaratishi, ammo shu bilan birga, mehnat bozorida ishsizlikni oshirishi,
iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qabul
qilgan qarorlari va sunʼiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar bu jarayonlarning
samarali amalga oshirilishini taʼminlash va yangi texnologiyalarga moslashishni
osonlashtirishga yordam beradi.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son Farmoni (2024)ga muvofiq, ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish, shu jumladan, huquqiy, texnologik va iqtisodiy asoslarni belgilash maqsadida ishlab
chiqilgan.

Strategiya sunʼiy intellekt texnologiyalari rivojlanishining joriy holati va xorijiy

mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini hisobga olgan holda mamlakatimizda sunʼiy intellektni
keng qoʻllash, jadal rivojlantirish maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

101

Shuningdek, Strategiyada sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida milliy manfaatlarni

inobatga olgan holda strategik ustuvor yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish, oʻrta va uzoq
muddatli, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasidagi vazifalar belgilab beriladi.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish

maqsadida:

- 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 15 ta oliy taʼlim muassasasida sunʼiy intellekt

texnologiyalarining iqtisodiyot tarmoqlari hamda davlat boshqaruvi tizimida amaliy qoʻllanishi
boʻyicha kurslar va fanlar joriy etildi;

- 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishida kadrlar tayyorlash

uchun 12 ta oliy taʼlim muassasasiga 572 nafar talaba (510 nafar bakalavr, 62 nafar
magistratura) oʻqishga qabul qilindi;

- “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish

istagini bildirgan yoshlar еtakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga yuborildi;

- Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida ixtisoslashgan laboratoriyalarga ega Raqamli

texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali faoliyati doirasida sunʼiy intellekt

asosidagi dasturiy taʼminotdan foydalanish uchun davlat organlari maʼlumotlari va boshqa
maʼlumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli maʼlumotlar platformasi
(data.egov.uz) ishga tushirildi.

Qaror doirasida qishloq xoʻjaligi, bank, moliya, transport, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika,

energetika, soliq va boshqa ustuvor tarmoq va sohalarda sunʼiy intellektni joriy etish boʻyicha
tajriba-sinov loyihalari amalga oshirildi.

Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning

iqtisodiyotga taʼsiri ikki tomonlama boʻlishi mumkin. Boshqa sohalarda yuqori samaradorlik va
yangi ish oʻrinlarining yaratish imkoniyatlari mavjud boʻlsa-da, baʼzi sohalarda, ayniqsa, past
malakali ishchilar uchun xavf mavjud. Yangi texnologiyalar iqtisodiy inqilobni keltirib
chiqarishi mumkin, ammo ular iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirishi va baʼzi ish oʻrinlarini
yoʻqotishga olib kelishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan qarorlar, sunʼiy intellekt va

avtomatlashtirish texnologiyalarining jamiyat va iqtisodiyotga taʼsirini chuqur oʻrganish va
yangi siyosatlarni ishlab chiqish jarayonlariga katta ahamiyat qaratilayotganini koʻrsatadi.
Ushbu qarorlar texnologik rivojlanishning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini oldindan baholash,
shuningdek, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish jarayonlariga moslashishni taʼminlash uchun
zarur boʻlgan strategiyalarni ishlab chiqish va yuqorida keltirilgan muammolarning oldini olish
maqsadida qabul qilingan.

Xulosа va takliflar.

Sunʼiy intellekt (SI) va avtomatlashtirish texnologiyalari zamonaviy iqtisodiyotning

ajralmas qismlariga aylangan boʻlib, ular nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash, balki
mehnat bozorini ham jiddiy oʻzgartirmoqda. Bu texnologiyalar samaradorlikni oshirish, yangi
ish oʻrinlarini yaratish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda katta rol oʻynaydi.
Shu bilan birga, avtomatlashtirish va sunʼiy intellektning kengayishi baʼzi sohalarda
ishchilarning ishsiz qolishiga olib kelishi mumkin. Bunda, texnologiyalarni amalga oshirishning
ijtimoiy va iqtisodiy taʼsirini hisobga olib, mamlakatlar oʻz siyosatini moslashtirish zarurati
yuzaga keladi.

Oʻzbekiston iqtisodiyotida bu texnologiyalarni keng joriy etish, yangi ish oʻrinlarini

yaratishda va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyatga ega. Biroq, bu jarayonlar
texnologik inqilobning ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirish xavfini ham oʻz ichiga oladi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

102

Mamlakatda sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning taʼsirini boshqarish uchun, taʼlim tizimini
rivojlantirish, yangi malakalar va kasblar yaratish, ishchilarni moslashtirish, shuningdek,
iqtisodiy oʻsishning barcha qatlamlarga teng taʼsirini taʼminlash kerak. Bundan tashqari, bu
texnologiyalarni joriy etishda nafaqat texnik, balki ijtimoiy va siyosiy jihatlar ham muhim rol
oʻynaydi. Mehnat bozoridagi oʻzgarishlar yangi ish oʻrinlarini yaratishdan koʻra, baʼzi malakasiz
ishchilar uchun ish joylarining yoʻqolishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun, sunʼiy
intellekt va avtomatlashtirishning salbiy taʼsirlaridan himoya qilish va mehnat bozorining yangi
talablariga moslashish uchun davlat siyosatlari hamohang boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston uchun sunʼiy intellekt va avtomatlashtirishning iqtisodiyotdagi oʻrni juda

katta. Bu texnologiyalarni joriy etish, eng avvalo, ilgʻor ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi
yuksak texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlarini yaratadi. Biroq, texnologik inqilobning barcha
jamiyat qatlamlariga taʼsirini tahlil qilish va bu oʻzgarishlarga moslashish uchun zaruriy chora-
tadbirlar koʻrish zarur.

Oʻzbekistonning kelgusi yillarda ushbu texnologiyalarni rivojlantirish borasida amalga

oshiradigan siyosati, iqtisodiy oʻsishning barqarorligi va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashda
katta ahamiyatga ega boʻladi. Shu bilan birga, davlat va xususiy sektor oʻrtasida samarali
hamkorlikni rivojlantirish, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining mehnat
bozoriga taʼsirini samarali boshqarish uchun innovatsion yondashuvlar ishlab chiqilishi lozim.

Shu asosda, sunʼiy intellekt va avtomatlashtirish texnologiyalarining mamlakat

iqtisodiyotida, mehnat bozorida va jamiyatdagi taʼsirini yaxshilash uchun taʼlim, malaka
oshirish va ishchilarni texnologik oʻzgarishlarga tayyorlash boʻyicha uzluksiz ishlash zarurati
mavjud. Faqat shu holda, texnologik inqilobning barcha imkoniyatlaridan samarali foydalanish
va uning ijtimoiy taʼsirini minimal darajaga tushirish mumkin boʻladi.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Beknazarova Saida (2023). Sunʼiy intellektning kelajak kasblariga taʼsiri. Proceedings of

International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences, 2(4), 41–45.
Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/srnss/article/view/1596.

Bennett, R. J., & Robson, P. J. A. (2004).

The role of financial intermediaries in the small

business sector

. Journal of Small Business and Enterprise Development, 11(2), 211-222.

Berger, A. N., & Udell, G. F. (2006).

A more complete conceptual framework for SME finance

.

Journal of Banking & Finance, 30(5), 1213-1232.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work, Progress, and

Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W.W. Norton & Company.

Farmon (2024). Respublikasi Prezidentining 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga
oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son.

Frey, C. B., & Osborne, M. A. (2017). The Future of Employment: How Susceptible Are Jobs to

Computerization? Technological Forecasting and Social Change, 114, 254-280.

Manyika, J., Chui, M., Miremadi, M., & Bughin, J. (2017) Artificial Intelligence: The Next

Digital Frontier. McKinsey Global Institute.

Nazarmatov O.S. (2019) The usage of foreign experiences management innovative activities

in the healthcare. Theoretical &Applied Science. № 10(78). p-ISSN 2308-4944 (print). e-ISSN
2409-0085 (online). Philadelphia, USA. 166-169 betlar.

Piketty, T. (2014). Capital in the Twenty-First Century. Harvard University Press.
Qaror (2024) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt

texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-
son qarori.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

103

Vaxabov Ulugʻbek Xurbayevich (2024). Oʻzbekiston sharoitida sunʼiy intellekt va raqamli

iqtisodiyotning oʻrni // JMBM. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekiston-
sharoitida-sun-iy-intellekt-va-raqamli-iqtisodiyotning-o-rni.

Атаниязов Ж.Х., Жалилов Т. (2019) Роль человеческого капитала в инновационном

развитии экономики // Ҳалкаро молия ва ҳисоб. Т. № 2. — Б. 1-9.

Гулямов С.С., Очилов Н., Сайдахмедов О. (2015) Интеллектуал иқтисодиёт

самардорлик омиллари // Ўзбекистан иқтисодий ахборотномаси. Т. № 6. — Б. 38-41.

Назарматов О.С. (2021) Оценка и управление стратегическими приоритетами

инновационного и научно-технологического развития текстильной промышленности
Республики Узбекистан. Бюллетень науки и практики / Bulletin of Science and Practice. Т.7.
№12. https://doi.org/10.33619/2414-2948/73. 197-201 betlar.

Назарматов О.С. (2022) Improving the use of innovative processes in HR management in

textile enterprises. Akademicia An International Multidisciplinary Research Journal. ISSN 2249-
7137. Vol.12 Issue 08. Avgust. 30-40 betlar.

Назарматов

О.С.

(2023)

К

вопросам

совершенствования

управления

инновационными процессами в текстильной промышленности. An international Journal of.
Экономика и предпринимательство. № 9. 1271-1278 betlar.

Bibliografik manbalar

Beknazarova Saida (2023). Sunʼiy intellektning kelajak kasblariga taʼsiri. Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences, 2(4), 41–45. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/srnss/article/view/1596.

Bennett, R. J., & Robson, P. J. A. (2004). The role of financial intermediaries in the small business sector. Journal of Small Business and Enterprise Development, 11(2), 211-222.

Berger, A. N., & Udell, G. F. (2006). A more complete conceptual framework for SME finance. Journal of Banking & Finance, 30(5), 1213-1232.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W.W. Norton & Company.

Farmon (2024). Respublikasi Prezidentining 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son.

Frey, C. B., & Osborne, M. A. (2017). The Future of Employment: How Susceptible Are Jobs to Computerization? Technological Forecasting and Social Change, 114, 254-280.

Manyika, J., Chui, M., Miremadi, M., & Bughin, J. (2017) Artificial Intelligence: The Next Digital Frontier. McKinsey Global Institute.

Nazarmatov O.S. (2019) The usage of foreign experiences management innovative activities in the healthcare. Theoretical &Applied Science. № 10(78). p-ISSN 2308-4944 (print). e-ISSN 2409-0085 (online). Philadelphia, USA. 166-169 betlar.

Piketty, T. (2014). Capital in the Twenty-First Century. Harvard University Press.

Qaror (2024) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-son qarori.

Vaxabov Ulugʻbek Xurbayevich (2024). Oʻzbekiston sharoitida sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotning oʻrni // JMBM. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekiston-sharoitida-sun-iy-intellekt-va-raqamli-iqtisodiyotning-o-rni.

Атаниязов Ж.Х., Жалилов Т. (2019) Роль человеческого капитала в инновационном развитии экономики // Ҳалкаро молия ва ҳисоб. Т. № 2. — Б. 1-9.

Гулямов С.С., Очилов Н., Сайдахмедов О. (2015) Интеллектуал иқтисодиёт самардорлик омиллари // Ўзбекистан иқтисодий ахборотномаси. Т. № 6. — Б. 38-41.

Назарматов О.С. (2021) Оценка и управление стратегическими приоритетами инновационного и научно-технологического развития текстильной промышленности Республики Узбекистан. Бюллетень науки и практики / Bulletin of Science and Practice. Т.7. №12. https://doi.org/10.33619/2414-2948/73. 197-201 betlar.

Назарматов О.С. (2022) Improving the use of innovative processes in HR management in textile enterprises. Akademicia An International Multidisciplinary Research Journal. ISSN 2249-7137. Vol.12 Issue 08. Avgust. 30-40 betlar.

Назарматов О.С. (2023) К вопросам совершенствования управления инновационными процессами в текстильной промышленности. An international Journal of. Экономика и предпринимательство. № 9. 1271-1278 betlar.