Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
156
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KIMYO SANOATINING IQTISODIY-TARKIBIY
OʻZGARISHLARINING TAHLILI
Sharipova Saodat Ubaydullaevna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID:
0000-0003-0688-1059
Annotatsiya.
Ushbu maqola Oʻzbekiston respublikasining kimyo sanoatidagi tarkibiy
oʻzgarishlarni baholash masalasiga bagʻishlangan. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarning qisqacha
sharhi, yaʼni tarkibiy oʻzgarish, tarkibiy oʻsish va etalon tarkib tushunchasi haqidagi fikrlar
yoritilgan. Empirik tahlil natijalarida iqtisodiyot tarkibida asosiy kimyo sanoati mahsulotlarini
ishlab chiqarishning ulushi (foizda), asosiy kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish
tarkibidagi oʻzgarishlar (jamiga nisbatan foizda) va etalon qiymatlar ifodalangan. Maqolaning
oxirida olingan barcha hisob-kitob natijalari umumlashtirilgan holda mamlakatda asosiy kimyo
sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida ilmiy xulosa va takliflar
keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
kimyo sanoati, mutanosiblik koeffitsiyenti, Lilien indeksi, tarkibiy oʻzgarish,
milliy iqtisodiyot, iqtisodiy oʻsish, etalon tarkib.
АНАЛИЗ ЭКОНОМИЧЕСКИХ И СТРУКТУРНЫХ ИЗМЕНЕНИЙ В ХИМИЧЕСКОЙ
ПРОМЫШЛЕННОСТИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Шарипова Саодат Убайдуллаевна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
Статья посвящена вопросу оценки структурных изменений в
химической промышленности Республики Узбекистан. Приведен краткий обзор научной
литературы по теме, охватывающий идеи структурных изменений, структурного
роста и концепцию эталонной структуры. Результаты эмпирического анализа
показывают долю производства основных видов химической промышленности в
структуре экономики (в процентах), изменение структуры производства основных
видов химической промышленности (в процентах к общему объему), а также
контрольные значения. В конце статьи представлено обобщение всех результатов
расчетов, а также научные выводы и предложения по изменению структуры
производства основных видов продукции химической промышленности в стране.
Ключевые
слова:
химическая
промышленность,
коэффициент
пропорциональности, индекс Лилиена, структурные изменения, национальная
экономика, экономический рост, эталонный состав.
UOʻK: 303.035.2
II SON - FEVRAL, 2025
156-164
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
157
ANALYSIS OF ECONOMIC AND STRUCTURAL CHANGES IN THE CHEMICAL INDUSTRY OF
THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Sharipova Saodat Ubaydullaevna
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article is devoted to assessing structural changes in the chemical industry of
the Republic of Uzbekistan. A brief review of the scientific literature on the topic is provided,
namely, the ideas about the concept of structural change, structural growth, and standard
composition. The results of the empirical analysis show the share of the production of basic
chemical industry products in the structure of the economy (in percent), changes in the structure
of the production of basic chemical industry products (in percent of the total), and standard
values. At the end of the article, all the results of the calculations are summarized, and scientific
conclusions and proposals are presented on the changes in the structure of the production of basic
chemical industry products in the country.
Keywords:
chemical industry, proportionality coefficient, Lilien index, structural change,
national economy, economic growth, standard composition.
Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasi kimyo sanoati mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega boʻlib, uning tarkibiy oʻzgarishlari va global bozordagi oʻrni haqida tahlil qilish
ayniqsa dolzarbdir. Soʻnggi yillarda kimyo sanoati mamlakatning sanoat tarmogʻining asosiy
sektorlaridan biriga aylanib, iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda muhim rol oʻynamoqda.
Oʻzbekiston kimyo sanoatining rivojlanishi nafaqat ichki talablarni qondirish, balki eksport
salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy ishlab chiqarish usullarini
qoʻllash orqali raqobatbardoshlikni kuchaytirish maqsadlarini oʻz ichiga oladi.
Bu ishlanma Oʻzbekiston kimyo sanoatining iqtisodiy-tarkibiy oʻzgarishlarini, yurtimizda
amalga oshirilgan sanoat siyosatining natijalarini, sohaning rivojlanishidagi muammolarni va
uning kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilishga qaratilgan. Kimyo sanoati tarmogʻidagi
oʻzgarishlar, yangi investitsiyalar va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish, shuningdek, davlatning iqtisodiy strategiyasidagi oʻrni haqida soʻnggi
yillarda amalga oshirilgan oʻzgarishlarni koʻrib chiqamiz.
Adabiyotlar sharhi.
Ilmiy manbalar tahlili shuni koʻrsatadiki, kimyo sanoati tarkibiy oʻzgarishlarni miqdoriy
baholash masalalari va uning iqtisodiy jihatlari еtarlicha izlanish olib borilmagan. Lekin, milliy
iqtisodiyot va uning tarmoq tarkibida kechayotgan tarkibiy oʻzgarishlar hamda ularning kelib
chiqish sabablari qoʻyilayotgan masalaga nisbatan aniqroq yoritilgan.
Toʻxtalib oʻtish kerakki, koʻpgina tadqiqotlarda “tarkibiy oʻzgarish” tushunchasiga
nisbatan statistik yondashuvlar juda keng tarqalganligi koʻzga tashlanadi. Ayniqsa, Kazinesning
(1969) fikricha, toʻplam alohida unsurlarini ifodalovchi ulushlarning vaqt mobaynida
oʻzgarishi, tarkibning oʻzgarishini, yaʼni tarkibiy siljishlarni bildiradi.
Lendesmenning taʼkidlashicha, tarkibiy oʻzgarish va tarkibiy oʻsish tushunchasi ikki turda
amalga oshadi. Birinchisi – tarkiblar tuzulishi oʻzgarishi, yaʼni ishlab chiqarish, ish bilan band
kishilar soni, eksport, import va hokazolar. Ikkinchisi – tarkiblararo munosabatlardagi
oʻzgarishlar, ishlab chiqarish va ishchi kuchi orasidagi aloqalar yoki toʻgʻridan – toʻgʻri
investitsiyalar, import – eksport dinamikasi va boshqalar. Tarkibiy oʻzgarish iqtisodiy
tizimlarning sifati yaxshilanishini va tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Odatda iqtisodiyotdagi
tarkibiy oʻzgarishlar texnologik va maʼmuriy oʻzgarishlarda kuzatiladi. Iqtisodiyotning muhim
omillaridan boʻlgan texnologiyalar, savodxonlik darajasi va institutsional birliklar iqtisodiy
oʻsishning tarkibiy jihatlariga jiddiy taʼsir oʻtkazadi” (Юсупов ва Шомуродов, 2018).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
158
Kuznes (2013): “mamlakatdagi iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
aholini oʻsib boruvchi ehtiyojlarini uzoq vaqt davomida qondira bilish imkoniyati bilan
baholanishi mumkin. Bu oʻsib borish imkoniyatlari texnika va texnologiyalarning rivojlanishiga,
institusional strukturadagi va mafkuradagi zaruriy oʻzgarishlarning amalga oshirilishiga
asoslanadi”.
Tarkibiy oʻzgarish iqtisodiy tizimlarning sifati yaxshilanishini va tadrijiy rivojlanishini
ifodalaydi. Odatda iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar texnologik va maʼmuriy oʻzgarishlarda
kuzatiladi. Iqtisodiyotning muhim omillaridan boʻlgan texnologiyalar, savodxonlik darajasi va
institusional birliklar iqtisodiy oʻsishning tarkibiy jihatlariga jiddiy taʼsir oʻtkazadi (Sabirov,
2020).
Koʻpgina ekspertlarning fikrlariga koʻra, jahon iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy
nomutanosiblikning mavjudligi soʻnggi global inqirozning asosiy sabablaridan biri sifatida
eʼtirof etildi. Biroq, olib borilgan koʻp sonli tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, “tarkibiy
nomutanosiblik” nafaqat soʻnggi global inqirozning asosiy sabablaridan biri boʻlgan, balki u
oʻtgan global inqirozlarning ham asosiy sabablaridan biri sifatida qayd etilgan.
Lyuisning ushbu tadqiqotiga aynan oʻxshash boʻlmasada, biroq uning tadqiqotlari
mazmuniga qaysidir maʼnoda yaqin boʻlgan ilmiy izlanishlarni Engel tadqiqotlarida uchratish
mumkin. Ayniqsa, Engelning birinchi qonuniga koʻra, “uy xoʻjaliklarining daromadlari oshib
borgan sayin, ularning isteʼmoli tarkibida oziq-ovqat (agrar mahsulotlar) mahsulotlariga
boʻlgan xarajatlar kamayib boradi” (Acemoglu, 2007).
Shu bilan birgalikda, Xomidov (2020) oʻzining ilmiy tadqiqotida farmatsevtika sanoati
ishlab chiqarishidagi tarkibiy baholashda mutanosiblik koeffitsiyenti va takomillashtirilgan
Lilien indeksidan foydalanilgan. Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida asosiy farmatsevtika
mahsulotlari va preparatlari ulushining maksimal 1.33 foiz koʻrsatkichini qayd etgan va bu
еtarlicha emasligini qayd etgan. Uning keyingi ilmiy izlanishlari, mamlakatdagi qayta ishlash
hajmining oʻsish surʼati va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligining oʻsish
surʼati oʻrtasida ijobiy korrelyatsiya mavjud ekanligini, hamda qayta ishlovchi sanoatning
texnologik darajasi undagi mehnat unumdorligi oʻsishining asosiy manbai ekanligini tasdiqladi.
Shuningdek, Sabirov (2021) oʻzining ilmiy tadqiqotida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish tarkibidagi umumiy oʻzgarishlar dinamikasi, MLI indeksining 2015 — 2018-
yillar oraligʻidagi oʻsish tendensiyasini barqaror ekanligini tasdiqladi. Oziq-ovqat sanoati
iqtisodiyotning eng yuqori texnologiyali tarmogʻi ekanligini inobatga olsak, 2018-yilda 15.96
foiz koʻrsatkichni tashkil etgani, muallif fikricha еtarli emasligini qayd etgan.
Yuqoridagi ilmiy izlanishning mantiqiy davomi sifatida iqtisodiyotning eng yuqori
texnologiyali tarmogʻi hisoblangan qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarishidagi tarkibiy
oʻzgarishlarni miqdoriy baholash masalasi quyida koʻrib chiqiladi
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy va iqtisodiy adabiyotlarda tarkibiy oʻzgarishlarni tavsiflash va baholash yuzasidan
turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan biz tadqiqot xususiyatini inobatga olgan holda Vatnik
tomonidan taklif etilgan “mutanosiblik koeffitsiyenti” foydalaniladi va u quyidagicha topiladi.
𝑃𝑟𝑜𝑝 [𝑋, 𝑌] =
(∑ 𝑋
𝑖
𝑌
𝑖
)
2
𝑖
(∑ 𝑥
𝑖
2
)(∑ 𝑌
𝑖
2
)
𝑖
𝑖
(1)
Vatnikning “mutanosiblik koeffitsiyenti” turli tarkib yoki toʻplamlarni baholash
imkoniyatini beradi va ushbu koeffitsiyent quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- ixtiyoriy a,b >0 uchun, Prop [aX,bY]=Prop [X,Y] tenglik oʻrinli boʻladi;
- mutanosiblik koeffitsiyentining barcha mumkin boʻlgan qiymatlari
0 ≤Prop [X,Y]≤1 oraliqda yotadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
159
Mutanosiblik koeffitsiyenti, mazmunan etalon va baholanayotgan tarkiblar oʻrtasidagi
yaqinlikning sonli oʻlchovini oʻzida ifoda etadi. Agar ular toʻliq oʻxshash boʻlsa, u holda Prop
[X,Y]=1 boʻladi. Biroq, yuqoridagi tadqiqotda “etalon tarkib” yoki “etalonlik” mezoni
tushunchalariga nisbatan еtarlicha nazariy izohlar berilmagan.
Aynan, yuqoridagi (1) formula Gorlova tadqiqotlarida ham uchraydi va bunda x
i
– i – chi
tarmoqning baholanayotgan mamlakat YAIMdagi ulushi,
yi
– esa, xuddi shu i – chi tarmoqning
etalon tarkibli YAIMdagi ulushi sifatida qayd etilgan. Mazkur tadqiqotda ham “etalonlik” va
“etalon mamlakatlar” tushunchalariga nisbatan еtarlicha izohlar berilmagan. Ammo, ushbu
izlanishda “IHRT (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti) mamlakatlari” boʻyicha
shakillantirilgan milliy iqtisodiyotning tarmoq tarkibi etalon tarkib sifatida qabul qilingan.
Oleynik ilmiy izlanishlarida yuqorida qayd etilgan (1) formula boʻyicha x
i
va
yi
oʻzgaruvchilar vaqtning turli momentlaridagi tarkibning holatini ifodalovchi mos koʻrsatkichlar
hisoblanadi va bunda mutanosiblik koeffitsiyenti tarkibiy xarakterga ega ekanligi hamda u
oʻzgaruvchilarning oʻzaro mutanosiblik darajasini aniqlab berishi taʼkidlanadi.
Xomidovning fikricha, “etalon tarkib” bu – “samarali shakillantirilgan tarkib” boʻlib,
baholanayotgan barcha tarkiblar u bilan solishtirilib koʻriladi va mutanosiblik
koeffitsiyentining olingan empirik qiymatlariga qarab turib, baholanayotgan tarkiblar qay
darajada “samarali shakillantirilgan tarkib”ga nisbatan mutanosib ekanligi toʻgʻrisida xulosa
qilgan.
Yuqoridagi izlanishlarni va fikrlarni inobatga olgan holda, “etalon tarkib” vazifasini
tadqiqot davridagi (2010-2018-yillar) alohida yillik kimyo sanoatimahsulotlarini ishlab
chiqarish hajmlarining jami asosiy kimyo sanoatimahsulotlarini ishlab chiqarish hajmidagi
ulushlarining oʻrtachasidan tashkil topgan tarkib bajaradi.
Tarkibiy oʻzgarishlarni baholashda yana bir muhum usullardan biri bu – “Lilien indeksi”
boʻlib, u quyidagicha aniqlanadi :
𝐿𝐼
𝑠,𝑡
= √∑ 𝑥
[𝑖𝑡]
∙ (𝑙𝑛
𝑥
[𝑖𝑡]
𝑥
[𝑖𝑠]
)
2
𝑛
𝑖=1
, 𝑥
[𝑖𝑠]
> 0,
𝑥
[𝑖𝑡]
> 0 (2)
Bu еrda, x
[is]
va x
[it]
– i kimyo sanoatimahsulot yoki qayta ishlashning s va t davrlarda jami
asosiy qishloq xoʻjaligimahsulotlarini ishlab chiqarish hajmidagi ulushlari boʻlib, LI indeksi
quyidan “0” bilan chegaralanadi. Agar mazkur indeks “0” qiymat qabul qilsa, u holda
qaralayotgan davrda ushbu ishlab chiqarish tuzulmasida hech qanday tarkibiy oʻzgarish sodir
boʻlmaganligini bildiradi.
Shuningdek, mazkur indeks tarkibdagi ulushlarning hajmi va dispersiya oʻlchovini ham
hisobga oladi.
Ammo,
Dietrich
oʻz tadqiqotlarida Lilien indeksida
𝑆𝐶𝐼
[𝑠𝑡]
= 𝑆𝐶𝐼
[𝑡𝑠]
(SCI- tarkibiy
oʻzgarishlar indeksi (structural change index)) hamda
𝑆
[𝑠,𝑡]
≤ 𝑆
[𝑠,𝑞]
+ 𝑆
[𝑞,𝑡]
(s<q<t) shartlarning
buzilishini qayd etadi va shuning uchun ham u takomillashtirilgan Lilien indeksi (MLI) qoʻllaydi
va u quyidagicha koʻrinishdadir:
𝑀𝐿𝐼
𝑠,𝑡
= √∑ 𝑥
[𝑖𝑠]
∙ 𝑥
[𝑖𝑡]
∙ (𝑙𝑛
𝑥
[𝑖𝑡]
𝑥
[𝑖𝑠]
)
2
𝑛
𝑖=1
, 𝑥
[𝑖𝑠]
> 0,
𝑥
[𝑖𝑡]
> 0 (3)
Agar,
𝑙𝑜𝑔
𝑐
(
𝑎
𝑏
) = 𝑙𝑜𝑔
𝑐
𝑎 − 𝑙𝑜𝑔
𝑐
𝑏
tenglikni eʼtiborga oladigan boʻlsak, u holda (3) formulani
quyidagicha ham yozish mumkin:
Bunda,
𝑥
[𝑖𝑠]
> 0, 𝑥
[𝑖𝑡]
> 0
va
∑
𝑥
𝑖𝑡
= 1∀𝑡
𝑛
𝑖=1
.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
160
Ilmiy izlanishlarda mazkur indeks 0 va 1 oraligʻida oʻzgarib turishi qayd etiladi. Agar
natija qanchalik 0 ga yaqin joylashsa, u holda tarkibda ahamiyatli oʻzgarish yoʻqligi, agar natija
qanchalik 1 ga yaqinlashsa, u holda tarkibda yuqori oʻzgarishlar sodir boʻlganligi taʼkidlanadi.
Ammo, baʼzi manbalarda mazkur indeksning 0 va 100 oraligʻida ham oʻzgarishi qayd etilib,
uning 0 qiymat qabul qilishi tarkibiy oʻzgarishlar mavjud emasligini, 100 qiymatning qabul
qilinishi esa, aks tarkibiy oʻzgarishni ifoda etishi qayd etilsa, ayrim manbalarda esa, ushbu
indeksning minimal qiymati 0 ga teng ekanligi hamda uning yuqori chegarasi esa mavjud
emasligi taʼkidlanadi.
Nishi oʻz tadqiqotlarida MLI indeks qiymatlarining past boʻlishi tarkibiy oʻzgarishlarning
sekin surʼatlarda borayotganligini, uning yuqori qiymatlari esa, tarkibiy oʻzgarishlarning yuqori
surʼatlarda borayotganligini taʼkidlaydi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Izlanishning tahlillariga koʻra, 2015 – 2023-yillar oraligʻida Kimyo mahsulotlari ishlab
chiqarish % ulushi turlicha rivojlanish tendensiyasiga ega boʻldi. Mazkur yillar davomida
ushbu turdagi mahslotlar ishlab chiqarish hajmi oʻta nomutanosibliklarga duch kelganini
koʻrishimiz mumkin(1-rasm).
1-rasm. Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish % ulushi
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
Misol uchun 2015-yilda 104.8% ni tashkil etgan boʻlsa 2023-yilda bu koʻrsatkich 96.7%
ni tashkil etadi. Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibida 2015-2023-yillar oraligʻida
deyarli oʻzgarishlarsiz kimyo mahsulotariga boʻlgan talabning ortishi ortidan
koʻrsatkichlarning oʻsishini kuzatishimiz mumkin (1-jadval).
Olingan tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjaligida keng qoʻllaniluvchi sulfat
kislota (34,83) va sintetik ammiak (33,55) mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibida eng katta
ulushini tashkil etgan boʻlsa, mazkur tarkibda eng kichik ulushni kimyoviy tola va iplar (1.05)
ishlab chiqarish tashkil etdi. Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibi uchun etalon
qiymatlar 2015-2023-yillar oraligʻida yillik kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning jami
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushlarining oʻrtacha qiymatlari hisobidan
shakillantirildi va quyidagi koʻrsatkichlarni ifoda etdi (2-jadval).
9
0
1
0
0
1
1
0
1
2
0
1
3
0
K
im
y
o
m
a
h
s
u
lo
tl
a
ri
i
s
h
la
b
c
h
iq
a
ri
s
h
%
2014
2016
2018
2020
2022
2024
years
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
161
1-jadval
Kimyo sanoatimahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibidagi oʻzgarishlar
(jamiga nisbatan foizda)
Asosiy kimyo mahsulotlarini
ishlab chiqarish tuzilmasi
2015 2016 2017
2018
2019 2020 2021 2022 2023
Sulfat kislota,ming tonna
39,14 34,41 35,93
37,27
36,69 36,62 34,43 35,93 34,83
Sintetik ammiak, ming tonna
35,61 31,44 32,65
31,07
31,85 30,66 34,68 33,84 33,55
Kimyoviy tola va iplar, ming
tonna
0,45
0,35
0,21
0,28
0,47
0,54
0,84
0,93
1,05
Sianlangan natriy, ming
tonna
0,69
0,63
0,70
0,68
0,76
0,86
0,91
1,07
1,11
Polietilen, ming tonna
4,64
10,55 13,18
12,16
11,72 11,39
9,38
9,29
9,17
Birlamchi formalardagi
polipropilen, ming tonna
0,26
1,75
2,38
2,27
2,24
2,26
2,12
2,20
2,27
Lok-boʻyoq mahsulotlari,
ming tonna
1,87
1,47
1,71
1,93
2,00
1,85
1,69
2,40
2,18
Kaltsiylangan soda, ming
tonna
2,30
2,83
4,36
4,59
4,41
4,30
3,89
4,47
4,69
Kaustik soda, ming tonna
0,53
0,83
0,54
0,37
0,53
1,98
1,31
1,54
1,28
Sintetik yuvish vositalari,
ming tonna
1,64
1,26
1,23
1,39
1,54
1,75
1,26
1,49
1,35
Texnik tuz, ming tonna
11,74 13,57
6,41
7,32
6,61
6,78
8,63
5,86
7,34
Xlorid kislotasi, ming tonna
1,12
0,91
0,69
0,67
1,19
1,02
0,85
0,98
1,18
Jami:
100,0 100,0 100,0 100,00 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
Manba:
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlari.
Empirik tahlil natijalariga koʻra, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning
shakillantirilgan etalon tarkibi hamda 2015-2023-yillar davomida shakillangan kimyo
mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibi oʻrtasidagi mos mutanosiblik koeffitsiyentlarining
qiymatlari quyidagi tendensiyani ifoda etdi (2-rasm).
2-jadval
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkibi uchun etalon qiymatlar
Asosiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish tuzilmasi Etalon tuzilma ( oʻrtacha qiymatlar)
Sulfat kislota,ming tonna
36,14
Sintetik ammiak, ming tonna
32,82
Kimyoviy tola va iplar, ming tonna
0,57
Sianlangan natriy, ming tonna
0,83
Polietilen, ming tonna
10,16
Birlamchi formalardagi polipropilen, ming tonna
1,97
Lok-boʻyoq mahsulotlari, ming tonna
1,90
Kaltsiylangan soda, ming tonna
3,98
Kaustik soda, ming tonna
0,99
Sintetik yuvish vositalari, ming tonna
1,43
Texnik tuz, ming tonna
8,25
Xlorid kislotasi, ming tonna
0,96
Jami:
100,0
Manba:
muallif statistika agentligi maʼlumotlaridan foydalangan holdagi hisob-kitoblari.
Kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish tarkiblarining mutanosiblik koeffitsiyentlaridan
koʻrinib turibdiki, mazkur koʻrsatkich eng yuqori qiymatini 2023-yilda (qaralayotgan yilda
mutanosiblik koeffitsiyentining qiymati 0,99814 ga teng) qayd etilgan boʻlsa, eng quyi
qiymatini esa 2015-yilda yaʼni 0,98137 ga teng qiymatga ega boʻldi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
162
2-rasm. 2015-2023-yillarda shakllangan kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish
tarkiblarining etalon tarkibga mutanosibligi (koeffitsiyentda)
Manba:
(1) formula asosida muallif hisob-kitoblari.
Tadqiqotning tahlil natijalari jami kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning 2020-yilda
shakllangan tarkibi boshqa yillarda shakllangan tarkiblariga nisbatan samarali ekanligini
tasdiqladi. Chunki, mutanosiblik koeffitsiyentining mazkur yilda olingan empirik qiymatlari
kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning etalon tarkibiga juda yaqin ekanligini koʻrsatadi.
Olingan hisob-kitoblarimizga koʻra, takomillashtirilgan Lilien indeksi (MLI) oʻzining eng
quyi qiymatini (MLI indeksining qiymati 0.465) 2012-2013-yillar oraligʻida ifoda etgan boʻlsa,
eng yuqori qiymatini esa, 2017-2018-yillar oraligʻida (MLI indeksining qiymati 5.237) ifoda
etdi (3-rasm).
3-rasm. Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibidagi umumiy oʻzgarishlar
dinamikasi (MLI indeksi qiymatlarining oʻzgarishi)
Manba:
(3) formula asosida muallif hisob-kitoblari.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibidagi umumiy oʻzgarishlar dinamikasidan
koʻrinib turibdiki, MLI indeksining qiymati 2016-2019-yillar oraligʻida barqaror oʻsish
tendensiyasiga ega boʻlgan. Agar MLI indeksining dinamikasini Nishi tadqiqotlarining
xulosalari asosida baholaydigan boʻlsak, u holda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi
2020-2023-yillardagi oʻzgarishlar yuqori surʼatlarda borganlini qayd etish mumkin.
0,98137
0,98661
0,99486
0,99606
0,99732
0,99645
0,99711
0,99668
0,99814
0,98000
0,98200
0,98400
0,98600
0,98800
0,99000
0,99200
0,99400
0,99600
0,99800
1,00000
2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024
2,17
0,89
2,62
2,96
3,67
2,78
3,68
9,48
0,00
1,00
2,00
3,00
4,00
5,00
6,00
7,00
8,00
9,00
10,00
2015-2016
2016-2017
2017-2018
2018-2019
2019-2020
2020-2021
2021-2022
2022-2023
MLI INDEKSI
MLI Indeksi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
163
Agar MLI indeksining dinamikasidagi oʻzgarishlarni S.M. Okladnikova tadqiqotlari asosida
baholaydigan boʻlsak, u holda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning 2015-yilda shakillangan
tarkibiy tuzulishi, uning 2016-yilda shakllangan tarkibiy tuzulishidan eng kam darajada, hamda
kimyo sanoatimahsulotlari ishlab chiqarishning 2016-yilda shakillangan tarkibiy tuzulishi,
uning 2017-yilda shakllangan tarkibiy tuzulishidan eng yuqori darajada farq qilganligini qayd
etish mumkin.
Xulosa va takliflar.
Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, 2015-2023 yillar davomida Oʻzbekiston kimyo
sanoatining tarkibiy oʻzgarishlari oʻziga xos tendensiyalarni koʻrsatdi. Maʼlum boʻlishicha,
asosiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning foiz ulushlari oʻzgarishi tarmoqdagi ijtimoiy-
iqtisodiy omillar va talabga qarab sezilarli darajada farqlanib turdi. Misol uchun, sulfat kislota
va sintetik ammiak mahsulotlarini ishlab chiqarishning oʻrtacha ulushlari soʻnggi yillarda
yuqori darajada barqaror boʻlib qolgan, lekin baʼzi mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmlari
keskin oʻzgarishlar koʻrsatgan.
Maqolada, tarkibiy oʻzgarishlarni tahlil qilishda mutanosiblik koeffitsiyenti va
takomillashtirilgan Lilien indeksi (MLI) kabi metodlardan foydalanilgan. Ushbu yondashuvlar
yordamida Oʻzbekiston kimyo sanoatidagi mahsulotlar tarkibidagi oʻzgarishlar aniq
koʻrsatilgan va tarmoqni optimallashtirishga imkoniyat yaratilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki,
2015-2023 yillarda asosiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibi mutanosiblik
koeffitsiyenti bilan baholangan va baʼzi mahsulotlar boʻyicha ishlab chiqarish hajmlari sezilarli
oʻzgarishga uchragan.
Shuningdek, ilmiy tahlil va metodlar orqali koʻrsatilgan usullar, kimyo sanoatidagi
tarkibiy oʻzgarishlarni baholashda samarali vositalar sifatida ishlatilgan. Tahlillar shuni
koʻrsatadiki, Oʻzbekiston kimyo sanoatining kelajakdagi rivojlanish strategiyasida bu
metodlarni qoʻllash, mahsulotlar ishlab chiqarish va tarmoqni optimallashtirish uchun muhim
rol oʻynaydi.
Tadqiqotda taqdim etilgan xulosa va tavsiyalar, Oʻzbekiston kimyo sanoatining tarkibiy
oʻzgarishlarini baholashda va sanoatning kelgusi rivojlanishiga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish uchun
ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy etishga imkon beradi. Bu esa mamlakatda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va xalqaro bozorlar bilan raqobatbardoshlikni kuchaytirish
uchun zarurdir.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Acemoglu D. (2007) Advanced Economic Growth: Lecture 19: Structural Change. MIT.
November 12, -5p.
Arxiv.uz. (2019). Bosh sahifa. [online] Available at: https://www.arxiv.uz.
Sabirov Kh.N. (2021) Evaluation of the structural changes in production in the food industry.
// ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. ISSN: 2249-7137 Vol. 11,
Issue 1, January, Impact Factor: SJIF, 7.492.
Sabirov.Kh (2020) "PECULIARITIES OF MODELING STRUCTURAL CHANGES" Materials of
the XVII International scientific and practical Conference Cutting-edge science May 20 | Sheffield.
ENGLAND. Volume 10. Science and education LTD -265 p.
Sayfullaev, S., Valikulova, D., & Sabirov, K. (2024). Modern Intelligent Security Analysis
Systems for Corporate Networks. In 5th International Conference on Image Processing and
Capsule Networks (ICIPCN) (pp. 717-719). IEEE.
Stat.uz. (2024). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. [online]
Available at: http://www.stat.uz.
Webofscience.com. (2025). Clarivate. [online] Available at: http://www.webofscience.com
Казинец Л.С. (1969) Измерение структурных сдвигов в экономике. М.: Экономика, 27.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral
www.e-itt.uz
164
Кузнец С. (2013) Экономическая система д-ра Шумпетера, излагаемая К-89 и
критикуемая; Перлман М. Две фазы заинтересованности Кузнеца Шумпетером / Сост. д-
р геогр. наук, проф. В. М. Московкин, канд. истор. наук Д. Ю. Михайличенко, перев. Е. Е.
Перчик; Под ред. д-ра экон. наук, проф. В. С. Пономаренко. — X. : ИД «ИНЖЕК», 128 с.
Хомидов С.О. (2020) “Фармацевтика саноати ишлаб чиқаришидаги таркибий
ўзгаришлар ва уларни баҳолаш”. Иқтисодиёт ва таълим. №2 105 — 112 б.
Юсупов Р., Шомуродов Т. (2018) Миллий иқтисодиёт тармоқларида иқтисодий ўсиш
хусусиятлари ва унинг ўзгаришлари таҳлили. Biznes – Эксперт. №11(131).
