ANALYSIS OF THEORETICAL APPROACHES AIMED AT HIGHLIGHTING THE ECONOMIC ESSENCE OF THE PROVISION OF PUBLIC SERVICES TO THE POPULATION

Abstract

The article highlights the post-industrial aspects of approaches to public administration, the "model of public service", the "model of public service" - the "service feature" of relations between the state and the public, theoretical issues of the application of business models in public administration, such as Business City, Smart City, Smart state, "Provider of public services". Based on theoretical approaches, it was proposed to provide public services to the population based on the principle of "state – service provider" as one of the most optimal solutions for public administration in a post-industrial society

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
141-147
13

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sagdullayev , U. (2025). ANALYSIS OF THEORETICAL APPROACHES AIMED AT HIGHLIGHTING THE ECONOMIC ESSENCE OF THE PROVISION OF PUBLIC SERVICES TO THE POPULATION. Economic Development and Analysis, 3(2), 141–147. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80100
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article highlights the post-industrial aspects of approaches to public administration, the "model of public service", the "model of public service" - the "service feature" of relations between the state and the public, theoretical issues of the application of business models in public administration, such as Business City, Smart City, Smart state, "Provider of public services". Based on theoretical approaches, it was proposed to provide public services to the population based on the principle of "state – service provider" as one of the most optimal solutions for public administration in a post-industrial society


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

141



AHOLIGA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING IQTISODIY MOHIYATINI

YORITISHGA QARATILGAN NAZARIY YONDASHUVLAR TAHLILI

Sagdullayev Ulug‘bek Axmadjon o‘g‘li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0008-3954-3287

usagdullayev@list.ru

Annotatsiya.

Maqolada zamonaviy davlat boshqaruviga taalluqli yondashuvlarning

post

industrial jihatlari, an’anaviy ma’muriy yondashuvning “davlat xizmatlari ko‘rsatish modeli”,

“davlat xizmati modeli”ga davlat va aholi o‘rtasidagi munosabatlarning “servis xususiyati”, davlat

boshqaruvida biznes-

shahar, aqlli shahar, aqlli davlat, “davlat

-

xizmat ko‘rsatuvchi” kabi biznes

-

modellarini qo‘llashga doir n

azariy masalalar yoritib berilgan. Nazariy yondashuvlar asosida

O‘zbekistonda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini postindustrial jamiyatda davlat

boshqaruvining eng maqbul yechimlaridan biri sifatida “davlat –

xizmat ko‘rsatuvchi” tamoyiliga

o‘tk

azish taklif qilingan.

Kalit so‘zlar:

davlat xizmatlari, aqlli davlat, davlat-

xizmat ko‘rsatuvchi, davlat

-xususiy

sheriklik, aqlli boshqaruv, aqlli hukumat, elektron hukumat, raqamli jamiyat, raqamli iste’molchi

va sotuvchi.

АНАЛИЗ ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ ПОДХОДОВ НАПРАВЛЕННЫХ НА ОСВЕЩЕНИЕ

ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СУЩНОСТИ ПРЕДОСТАВЛЕНИЯ ГОСУДАРСТВЕННЫХ УСЛУГ

НАСЕЛЕНИЮ

Сагдуллаев Улугбек Ахмаджон угли

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация.

В статье освещаются постиндустриальные аспекты подходов к

государственному

управлению

"модель

государственной

службы",

"модель

государственной службы"

-

"сервисная особенность" отношений между государством и

населением, теоретические вопросы применения бизнес

-

моделей в государственном

управлении, такие как Бизнес

-

Сити, Умный город, Умное государство, "Поставщик

государственных услуг". На основе теоретических подходов было предложено
предоставления государственных услуг населению по принципу

"государство –

поставщик услуг" как одно из наиболее оптимальных решений государственного

управления в постиндустриальном обществе.

Ключевые слова:

государственные услуги, интеллектуальная общественность,

поставщик

государственных

услуг,

государственно

-

частное

партнерство,

интеллектуальное управление, интеллектуальное правительство, электронное

правительство, цифровое общество, цифровой потребитель и поставщик.

UO‘K:

338.465.4

II SON - FEVRAL, 2025

141-147


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

142

ANALYSIS OF THEORETICAL APPROACHES AIMED AT HIGHLIGHTING THE ECONOMIC

ESSENCE OF THE PROVISION OF PUBLIC SERVICES TO THE POPULATION

Sagdullaev Ulugbek Akhmadjon ugli

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

The article highlights the post-industrial aspects of approaches to public

administration, the "model of public service", the "model of public service" - the "service feature"

of relations between the state and the public, theoretical issues of the application of business
models in public administration, such as Business City, Smart City, Smart state, "Provider of public

services". Based on theoretical approaches, it was proposed to provide public services to the

population based on the principle of "state

service provider" as one of the most optimal solutions

for public administration in a post-industrial society.

Keywords:

public services, intellectual community, public service provider, PPP, intelligent

management, intelligent government, electronic government, digital society, digital consumer

and provider.

Kirish.

Bugungi kunda dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari davlat boshqaruvining biznes

jarayonlarini modernizatsiyalash usullari (Business Process Reengineering), BMT Barqaror

Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) reytingi, Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatori

(Worldwide Governance Indicators), elektron hukumat global indeksi va shu kabilarda doimiy

ishtirok etish va unda mamlakatn o‘rnini yaxshilash boshqaruvning biznes

-

sodeliga o‘tishni,

vakolatlarni imkon qadar quyi pog‘onaga taqsimlashni taqozo etadi.

O‘zbekiston Respublikasida ham davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning asosiy

vazifalaridan biri

davlat xizmatining samaradorligini tubdan oshirish, davlat xizmatini tashkil

etish va isloh etish borasidagi milliy va xorijiy tajribani tahlil qilish asnosida hozirgi zamon

talablariga mos keladigan davlat xizmati modelini ishlab chiqishdan iborat. Bu jamiyatimizning

hozirgi taraqqiyot darajasiga, huquqiy davlatning jahon andozalariga mos keladigan

yangilangan va samarali davlat xizmati tizimini shakllantirib borishdek strategik ahamiyat kasb
etadi.

Adabiyotlar sharhi.

Xorijlik olimlar

tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishga turli yondashuvlar keltirilgan

bo‘lib, “....mahalliy aholining sifatli yashash sharoitlarini shakllantirish bilan bog‘liq xizmatlar

ko‘rsatish”(Kostin, 2007), “...davlat xizmatlarining sifati hududda aholining turm

ush darajasi,

soni va zichligi, mehnat bozorining to‘yinganlik darajasi, xizmat ko‘rsatishning texnik

-

texnologik jihatdan ta’minlanganligi kabi omillar orqali baholanishi maqsadga muvofiqligi,

davlat xizmati sifat uning nafliligini ifodalashi” (Chvilyov, 2

014),

“davlat xizmati

-

ma’lum bir

iste’molchiga ma’lum bir davlat yoki munitsipal organga nisbatan ma’lum bir foydali

o‘lchanadigan natijani olish uchun zarur bo‘lgan davlat tomonidan tasdiqlangan imkoniyatni

qo‘llash asosida normativ ravishda belgilangan ta’minlash”(Savelev, 2017) kabi izohlar

keltirilgan.

Davlat xizmatlari va moddiy ne’matlar va davlat xizmati kategoriyalarining o‘zaro

bog‘liqlik masalalari davlat xizmati “...iste’molchilarning talabiga yoki tashabbusiga ko‘ra uni

taqdim etish sifati uchun javobgar bo‘lgan davlat organi tomonidan amalga osh

iriladigan

iste’molchilarning qonuniy huquqlarini amalga oshirish va buning natijasida tovar
xususiyatlariga ega bo‘lgan ma’lum bir imtiyozga ega bo‘lish”(Ashirova, 2014) sifatida moddiy

ne’matlarga xos xususiyat kasb etishi keltirilgan.

O‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida

davlat xizmatlari markazlari tomonidan

ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish, “...ariza beruvchilarning ehtiyojlari va


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

143

vakolatli sub’ektlarning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat xizmatlarini
ko‘rsatish uchun asosiy talablar ro‘yxati, jarayonining xususiyatlari, shu

jumladan, shakli,

mazmuni va davlat xizmatlarining sifatiga qo‘yiladigan talablarni normativ mustahkamlab

qo‘yilgan majmui” (Zakirova, 2022), “...davlat xizmati bu

- qonunlar asosida ommaviy

boshqaruv organiga rasmiy ravishda yuklatilgan funksiya, vazifa va vakolatlarni amalga

oshirish kompetensiyasiga ega bo‘lgan, vertikal bo‘ysinishga asoslan

gan ijro hokimiyati

faoliyati”(Muratayev va boshq., 2020), “...fuqarolarning pensiya ta’minoti, pensiya va nafaqalar

miqdori, yashash maydoni, uy-

joyga egaligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni berish kabi yangi

davlat xizmatlarini joriy etish asosida kengaytirish, bir-birini takrorlaydigan xizmatlarni

unifikatsiya qilish” (Jabborov, 2022) hamda “...mahalla tizimida mahalla hududida barcha

xizmatlardan foydalanishni ta’minlash tamoyili asosida ijtimoiy va davlat xizmatlari

ko‘rsatishni joriy etish” (Karjavova, 2023) kabilar o‘z aksini topgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot davomida induksiya va deduksiya, guruhlash, mantiqiy tahlil usullardan

foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini umumiy yaxlit tarzda ifodalash maqsadida jadval va

rasmlardan foydalanilgan.

Tahlillar va natijalar muhokamasi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish konsepsiyasiga ustuvorlik berilayotganligini birinchidan,

dunyo miqyosida multimilliy xilma-xillikning kuchayishi fonida alohida olingan mamlakatlarda

davlat boshqaruvining ko‘p asrlik tajribalari jamiyat a’zolarining o‘sib bor

ayotgan yangicha

talablarini qondirishning samarali vositalarga ega emasligi bois, biznes-

modellarga o‘tishga

harakat qilinmoqda. Ikkinchidan, davlat boshqaruvi samaradorligini baholovchi xalqaro

ko‘rsatkichlarga chiqish mamlakatning, hududning tashqi iqti

sodiy va siyosiy faoliyatini

belgilab beradi. Uchinchidan, servis iqtisodiyoti munosabatlari “…an’anaviy davlat

funksiyalarining ham takomillashuvini, zarur hollarda xususiy sektorning ishtirokini ham

kengaytirish”(Lorenz va boshq, 2024) ni taqozo etmoqda.

1-jadval

Davlat boshqaruvida biznes-modellarining tasniflanishi

Boshqaruv

modellari

Tavsifi

Davlat

tuzilmasining

biznes-modeli

Davlat

tuzilmasining

biznes

modeli

fuqarolarga

soddalashtirilgan

hamda

umumlashtirilgan tarzda davlatning turli funksiya va vazifalar doirasidagi vakolatli

xizmatlar ko‘rsatishni o‘zida aks ettiradi. Ushbu xizmat turli axborotlar, mahsulot va

xizmatlardan foydalanishning o‘ziga xos tartibini belgilashdan iborat bo‘lib, bir vaqtning
o‘zida jamiyat a’zolari uchun ham davlat uchun ham o‘ziga xos naflilik yaratadi,
barqarorlikni ta’minlaydi.

Aqilli shahar

modeli

Mazkur modelga ko‘ra shahar boshqaruvi aholiga iqtisodiy jihatdan manfaatli, ijtimoiy

jihatdan noyob va ekologik jihatdan barqarorlik tamoyillariga asoslangan xizmatlar

ko‘rsatadi. Aqilli shahar” konsepsiyasiga ko‘ra asosiy hal qiluvchi rol shahar ma’muriy

atiga

taalluqli bo‘lib, ijtimoiy

-iqtisodiy naflilik yaratishda bevosita (masalan, turli strategiyalarni

ishlab chiqish/ xizmatlar ko‘rsatish/ qaror qabul qilishga ko‘maklashish) va bilvosita
(me’yoriy

-

huquqiy qo‘llab

-

quvvatlash) ishtirok etadi. “aqilli shahar”ni nafaqat shahar

ma’muriyati, balki vakolatga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari ham boshqarishi mumkin

“Davlat

-xizmat

ko‘rsatuvchi”

modeli

“davlat tuzilmasi ko‘pgina mamlakatlarda buyurtmachi, haridor, aholi yoki tadbirkorlik

sub’ektlari esa sotuvchi, ta’minotchi rolini bajarib beradi. Jamiyat taraqqiyotining buguni
bosqichida davlat xizmat ko‘rsatuvchi, ta’minotchi rolini, aholi va tadbirkorliksub’ektlari
esa ushbu xizmat iste’molchilari rolini bajarishi ko‘p jihatdan manfaatli va maqsadga

muvofiqdir. Chunki bugungi kunda aholi turmush darajasining ortib borishi, globallashuv
samarasida davlatning ayrim ruxsat berish funksiyalarigina birinchi darajali muhimdir

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

144

Mamlakat aholisi va davlat o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar asrlar

davomida takomillashib kelgan. Taraqqiyotning postindustrial harakteri davlat va fuqarolar

o‘rtasidagi munosabatlarning biznes

-

modelga o‘tishini jadallashtirda hamda “s

ervis

xususiyati”ni shakllantirdi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlar, davlat boshqaruviga taalluqli

yondashuvlarning posindustrial jihatlari an’anaviy ma’muriy yondashuvning biznes

-

yondashuviga o‘tishiga keng urg‘u bergan holda “davlatning biznes

-

modeli”(Yablons

ki et al.,

2017), “davlat xizmatlari ko‘rsatish modeli”, “davlat xizmati modeli”(Meyer and Waldorff,

2022) kabi tushunchalarning qo‘llanilishi bilan izohlanmoqda. Shubhasiz, davlat va aholi

o‘rtasidagi munosabatlarning “servis xususiyati”ning to‘laqonli ilmiy talqini, izohi va ta’rifi
mavjud bo‘lmasada, bu borada ilg‘or xorij mamlakatlari amaliyotida davlat xizmatlari ko‘rsatish

sifatida amaliyotga tadbiq etilganligi bilan e’tiborga molikdir. Davlat xizmatlari, davlatning

biznes modeli, davlat xizmati kabi

konseptual yondashuvlar ko‘p jihatdan aholi manzillari,

shahar yoki hududlarda mahalliy boshqaruv organlari tomonidan aholiga ijtimoiy xizmat

ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish asosida davlatchilik qadriyatlarini mustahkamlashga, davlat

harajatlarini tejash asosi

da mablag‘larning manzilliligiga erishishga, boshqa tomondan esa

aholining davlat organlari faoliyatidan sub’ektiv qoniqishini oshirish asosida naflilikka

erishishga qaratilgan.

2-jadval

An’anaviy davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatish modelining umumiylik

jihatlari va tafovutlari

Faoliyat yo‘nalishi

Umumiy jihatlari

Farqli jihatlari

Ehtiyojlarni

qondirishga

qaratilgan manfaatli

taklif yo‘nalishida

An’anaviy davlat boshqaruvi va

davlat xizmatlari ko‘rsatish

modeli (

public service provision

models

PSPM’s) aynan bir

auditoriya (aholi, fuqarolar)ga

yo‘naltirilgan.

Aholining individual ehtiyojlarini qamrab

olish imkoniyati juda kattaligi, davlat

xizmatlari ko‘rsatish esa ijtimoiy

ehtiyojlarni ko‘proq qondirishga,

davlatning “nafliligi”ni oshirishga

qaratiladi. An’anaviy davlat boshqaruvi

ko‘proq moddiy taraflama ehti

yojlarni

qondirishga yo‘naltiriladi

Xizmatlar ko‘rsatish

asosida naflilikni

oshirish va ijtimoiy

qimmatdorlik

yaratish yo‘nalishida

Xizmatlar ko‘rsatish

asosida

naflilikni oshirish va ijtimoiy

qimmatdorlik yaratish aksariyat

davlat-xususiy sheriklik

tamoyilida amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra davlat

boshqaruvining samarasi turli

hududlarla fuqarolar tomonidan

turlicha his etiladi.

PSPM modeli davlat aholiga ijtimoiy-

iqtisodiy naflilik yaratuvchi sub’ektlar va

individlar doirasida faoliyat olib boradi,

aholi ehtiyojlarini qondirishga oqilona,

tenglik, adolatlilik va ijtimoiy

yo‘naltirilganlik tamoyillariga asosan

xizmat ko‘rsatadi. An’anaviy davlat

modeli aholiga yalpi ta’sir ko‘rsatishga

asoslanadi, davlat xizmatlari ko‘rsatish

esa mahalliy darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Naflilik va ijtimoiy

qimmatdorlikni

baholash

yo‘nalishida

Har ikkala modelda ham

ijtimoiy qimmatdorlik,

davlatning ijtimoiy funksiyasini

xolis baholash, fuqarolarning

sub’ektiv qoniqqanlik darajasini

aniqlash juda murakkabdir.

Har ikkala modelda ham

moliyaviy qo‘llab

-

quvvatlashning asosiy manbai

byudjet mablag‘lari hisoblanadi

Davlat xizmatlari ko‘rsatish modeli

aholiga turli darajadagi va shakldagi

xizmatlar ko‘rsatish orqali daromad

olishga, yalpi mahsulotni oshirishga urg‘u

beradi, an’anaviy boshqaruv modelida

esa soliqlarning undiruvchanligiga,

moliyaviy resurslarning manzilliligiga,

ko‘p jihatdan iqtisodiy naflilikka

erishishni, davlat xizmatlari ko‘rsatish

esa aholining faoliyatiga to‘siq

bo‘layotgan ijtimoiy

-

iqtisodiy to‘siqlarni

bartaraf etishga yo‘naltiriladi.

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

145

Davlat boshqaruvidagi shaffoflik, ochiq hukumat siyosatini

qo‘llab

-quvvatlash va davlat

xizmatlarini isloh qilish o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik tashabbuslar, amalga oshirish mexanizmlari

va majburiyatlarni qamrab oladi. Davlat boshqaruviga menejerial yondashuvning ijtimoiy

tashabbus (social accountability initiatives

SAIʻs); fuqarolar ishtiroki va tashabbusi (citizen

voice

and

accountability

initiatives

CAIʻs);

shaffoflik/hisobdorlik/ishtirok

(Transparency/accountability/participation

–TAPʻs) kabi yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ushbu

atamalarning mohiyatini o‘zaro taqqoslash orqali ularning o‘zaro bog‘liqligini, umumiylik

jihatlarini yoritish maqsadga muvofiq hisoblaymiz (1-jadval).

“...tadbirkorlik sub’ektlarining aholiga moddiy ne’matlar yaratish hamda iste’molini

tashkil qilishga ustuvorlik berishini qisman istisno etgan holda uni boshqarishdagi ishtirokini

kengaytirish maqsadga muvofiq”(

Foss va boshq, 2018

). Shu jihatdan “davlat –

xizmat

ko‘rsatuvchi” tamoyili postindustrial jamiyatda davlat boshqaruvining eng maqbul

yechimlaridan biri sifatida keng tatbiq etilmoqda.

Davlat boshqaruvining biznes modeli konsepsiyasini bugungi davr sharoitlariga monand

ravishda xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini davlat sektorida ham qo‘llashni ko‘zda tutadi (2

-

jadval).

So‘nggi yillarda xorijning ilg‘or mamlakatlari

tajribalari doirasida amalga oshirilgan ilmiy

tadqiqotlar davlat xizmatlari ko‘rsatishga o‘tish hamda “davlat

-

xizmat ko‘rsatuvchi –

aholi

iste’molchi” tamoyiliga zaruratini asoslashga qaratilganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin (3

-

jadval).

3-jadval

Ilmiy adabiyotlarda davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid tadqiqotlarning yo‘nalishlari va

amaliy tadbiqi

Mualliflar

Tadqiqot yo‘nalishi

Tadqiqotning amaliy tadbiq

etilishi

Antopulos va boshqalar (2007)

Davlat boshqaruviga biznes-

modellarni

qo‘llash, davlat

boshqaruvida xizmat ko‘rsatish,

qaror qabul qilishning “aqlli

boshqaruv” modellari

“aqlli shahar”, davlat sektorida

biznes-modellarni

qo‘llash,

elektron hukumat, sun’iy

intellekt

Osborn (2018),

Mattsson va Andersson (2019)

Davlat xizmatini tashkil qilishda

davlat-

xususiy sheriklikni yo‘lga

qo‘yish, “davlat

-xizmat

ko‘rsatuvchi” modeliga o‘tish,

davlat xizmatlari ko‘rsatishning

raqamli platformalarini yaratish

Davlat xizmatchilarini

tayyorlash, jamoaviy xizmat

ko‘rsatishni tashkil qilish,

davlat xizmatlari

platformalarini yaratish

Timeus va boshqalar (2020),

Uolravens va boshqalar (2013)

“Aqlli shahar” ekotizimini yo‘lga

qo‘yish asosida aholi va

tadbirkorlarga mobil servisni

tashkil qilish, davlat

boshqaruvining sifat

ko‘rsatkichlari, davlat

xizmatlari ko‘rsatish asosida

ijtimoiy qimmatdorlik yaratish

Davlat boshqaruvida AKT

platformalari, mobil servis va

mobil ilovalar,

Katsiganis va boshqalar (2015),

Kozuch va Yablonskiy (2017),

Virs va boshqalar (2021)

Elektron hukumat, raqamli

jamiyat, raqamli iste’molchi va

sotuvchi, davlat xizmatiga

innovatsiyalarni joriy etish

Elektron hukumat, davlat

boshqaruvida innovatsiyalar

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

146

Xulosa va takliflar.

Ilmiy manbalarda davlat boshqaruvi, boshqaruvning biznes-modeli va menejerial

yondashuviga oid fikrlar xilma-xilligi kelgusida ularning eng maqbulini tanlash, tez

o‘zgaruvchan bozor muhiti sharoitlarida qo‘llashni qiyinlashtiradi.

davlatning xizmat ko‘rsatuvchi modeliga o‘tish asosida boshqaruvga fuqarolarning

hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokini kengaytirishni ko‘zda tutgan mahalla

“ekotizimi”ni yaratish lozim.

davlat xizmatlari ko‘rsatishni xavfsiz mahalla konsepsiyasi, yalpi ijtimoiy so‘rovda

ishtirok etish, hudud raqobatbardoshligini oshirish, hududni rivojlantirishda ishtirokini

qo‘llab

-quvvatlash, hududning yagona ekologik siyosati va nazoratini yuritish va fuqarolar

tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlarida rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Anthopoulos, L.G., Siozos, P., Tsoukalas, I.A., (2007). Applying participatory design and

collaboration in digital public services for discovering and re-designing e-Government services.

Gov. Inf. Q. 24 (2), 353

376.

https://doi.org/10.1016/j.giq.2006.07.018

.

Díaz-Díaz, R. et al., (2017). Business model analysis of public services operating in the smart

city ecosystem: the case of SmartSantander. Futur. Gener. Comput. Syst. 76, 198

214.

https://doi.org/10.1016/j.future.2017.01.032

.

Ditmore, C.J., Miller, A.K., (2021). Mobility as a service operating model to enable public

policy. Transp. Res. Rec. 2675 (11), 141

149.

https://doi.org/10.1177/03611981211026664

.

Foss, N.J., Saebi, T., (2018). Business models and business model innovation: between wicked

and

paradigmatic

problems.

Long

Range

Plan.

51

(1),

9

21.

https://doi.org/10.1016/j.lrp.2017.07.006.

Jabłoński et al. (2017). Adopting the concept of business models in public management, in:

Public Sector, Entrepreneurship and the Integration of Innovative Business Models. IGI Global.

https://doi.org/10.4018/978-1-5225-2215-7.ch002.

Katsigiannis, T., Agarwal, R., Jin, K., (2015). Business model approach to public service

innovation. In: Agarwal, R., Selen, W., Roos, G., Green, R. (Eds.), The Handbook of Service

Innovation. Springer, London, pp. 751

778.

https://doi.org/10.1007/978-1-4471-6590-3_34

.

Kozuch, B., Jabłonski, A., (2017). Adopting the concept of business models in public

management. In: Lewandowski, M., Ko˙ zuch, B. (Eds.), Public Sector Entrepreneurship and the

Integration of Innovative Business Models. IGI Global, pp. 10

46.

https://doi.org/10.4018/978-1-

5225-2215-7.ch002

.

Lorenz S. et al. (2024) From business models for public actors to public service provision

models: Extending the business model concept to the public sector, Technological Forecasting and

Social

Change,

Volume

201,

123273,

ISSN

0040-1625,

https://doi.org/10.1016/j.techfore.2024.123273.

Mattsson, L.-G., Andersson, P., (2019). Private-public interaction in public service innovation

processes-business model challenges for a start-up EdTech firm. J. Bus. Ind. Mark. 34 (5), 1106

1118.

https://doi.org/10.1108/JBIM-10-2018-0297

.

Meyer, R., & Waldorff, S. B. (2022). Organization Theory and Public Management. In K.

Schedler (Ed.), Elgar Encyclopedia of Public Management (pp. 21-26). Edward Elgar Publishing.

https://doi.org/10.4337/9781800375499.

Osborne, S. P. (2018). From public service-dominant logic to public service logic: Are public

service organizations capable of co-production and value co-creation? Public Management

Review, 20(2), 225

231.

Timeus, K., Vinaixa, J., Pardo-Bosch, F., (2020). Creating business models for smart cities: a

practical

framework.

Public

Manag.

Rev.

22

(5),

726

745.

https://doi.org/10.1080/14719037.2020.1718187

.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

147

Walravens, N., Ballon, P., (2013). Platform business models for smart cities: from control and

value to governance and public value. IEEE Commun. Mag. 51 (6), 72

79.

https://doi.org/10.1109/MCOM.2013.6525598

.

Wirtz, B.W., Langer, P.F., Schmidt, F.W., (2021). Digital government: business model

development for public value creation - a dynamic capabilities-based framework. Public Adm. Q.
45 (3), 232

255.

https://doi.org/10.37808/paq.45.3.2

.

Аширова, М.Н.

(2014)

Институционализация отношений государства и

потребителей его услуг. Автореферат диссертации на соискание ученой степени

кандидата экономических наук. / Аширова Мария Николаевна. Южно

-

Российский

институт управления. Ростов

-

на

-

Дону

,

26 с.

Жабборов

И.И.

(2022)

Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида давлат

хизматларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори

(PhD) диссертацияси автореферати. Самарқанд.−56 б.

Закирова

С.М.

(2022)

Давлат

хизматлари

кўрсатиш

тизимини

такомиллаштиришнинг ташкилий

-

ҳуқуқий масалалари. Юридик фанлар бўйича

фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент. −39 б.

Каржавова

Х.А.

(2023)

Маҳалла

тизимида

ижтимоий

хизматларни

ривожлантиришнинг

ташкилий

-

иқтисодий

механизмини

такомиллаштириш.

Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.

Нукус.−54 б

.

Костин О

.

А

. (2007)

Формирование системы организационно

-

экономического

обеспечения управления муниципальными услугами.

Автореферат диссертации на

соискание ученой степени кандидата экономических наук. / Костин Олег Анатольевич.

Государственный

университет управления. Москва –21 с.

Муратаев С.А., Мусаев Б.Т., Артиков Д.Р.

(2020)

. Маъмурий ҳуқуқ ва процесс. –

Т.:

ТДЮУ нашриёти,–

423б

.

Савельев И.И. (2017) Государственные и муниципальные услуги: анализ и методика

оценки качества: монография Москва:

РУСАЙНС, 136 с.

Чвилёв Д

.

Д

. (2014)

Повышение качества государственных и муниципальных услуг в

мегаполисах. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата
экономических наук. / Чвилёв Денис Дмитриевич. Гуманитарно

-

экономический и

технологический институт. Москва −27 с.

References

Anthopoulos, L.G., Siozos, P., Tsoukalas, I.A., (2007). Applying participatory design and collaboration in digital public services for discovering and re-designing e-Government services. Gov. Inf. Q. 24 (2), 353–376. https://doi.org/10.1016/j.giq.2006.07.018.

Díaz-Díaz, R. et al., (2017). Business model analysis of public services operating in the smart city ecosystem: the case of SmartSantander. Futur. Gener. Comput. Syst. 76, 198–214. https://doi.org/10.1016/j.future.2017.01.032.

Ditmore, C.J., Miller, A.K., (2021). Mobility as a service operating model to enable public policy. Transp. Res. Rec. 2675 (11), 141–149. https://doi.org/10.1177/03611981211026664.

Foss, N.J., Saebi, T., (2018). Business models and business model innovation: between wicked and paradigmatic problems. Long Range Plan. 51 (1), 9–21. https://doi.org/10.1016/j.lrp.2017.07.006.

Jabłoński et al. (2017). Adopting the concept of business models in public management, in: Public Sector, Entrepreneurship and the Integration of Innovative Business Models. IGI Global. https://doi.org/10.4018/978-1-5225-2215-7.ch002.

Katsigiannis, T., Agarwal, R., Jin, K., (2015). Business model approach to public service innovation. In: Agarwal, R., Selen, W., Roos, G., Green, R. (Eds.), The Handbook of Service Innovation. Springer, London, pp. 751–778. https://doi.org/10.1007/978-1-4471-6590-3_34.

Kozuch, B., Jabłonski, A., (2017). Adopting the concept of business models in public management. In: Lewandowski, M., Ko˙ zuch, B. (Eds.), Public Sector Entrepreneurship and the Integration of Innovative Business Models. IGI Global, pp. 10–46. https://doi.org/10.4018/978-1-5225-2215-7.ch002.

Lorenz S. et al. (2024) From business models for public actors to public service provision models: Extending the business model concept to the public sector, Technological Forecasting and Social Change, Volume 201, 123273, ISSN 0040-1625, https://doi.org/10.1016/j.techfore.2024.123273.

Mattsson, L.-G., Andersson, P., (2019). Private-public interaction in public service innovation processes-business model challenges for a start-up EdTech firm. J. Bus. Ind. Mark. 34 (5), 1106–1118. https://doi.org/10.1108/JBIM-10-2018-0297.

Meyer, R., & Waldorff, S. B. (2022). Organization Theory and Public Management. In K. Schedler (Ed.), Elgar Encyclopedia of Public Management (pp. 21-26). Edward Elgar Publishing. https://doi.org/10.4337/9781800375499.

Osborne, S. P. (2018). From public service-dominant logic to public service logic: Are public service organizations capable of co-production and value co-creation? Public Management Review, 20(2), 225–231.

Timeus, K., Vinaixa, J., Pardo-Bosch, F., (2020). Creating business models for smart cities: a practical framework. Public Manag. Rev. 22 (5), 726–745. https://doi.org/10.1080/14719037.2020.1718187.

Walravens, N., Ballon, P., (2013). Platform business models for smart cities: from control and value to governance and public value. IEEE Commun. Mag. 51 (6), 72–79. https://doi.org/10.1109/MCOM.2013.6525598.

Wirtz, B.W., Langer, P.F., Schmidt, F.W., (2021). Digital government: business model development for public value creation - a dynamic capabilities-based framework. Public Adm. Q. 45 (3), 232–255. https://doi.org/10.37808/paq.45.3.2.

Аширова, М.Н. (2014) Институционализация отношений государства и потребителей его услуг. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. / Аширова Мария Николаевна. Южно-Российский институт управления. Ростов-на-Дону, 26 с.

Жабборов И.И. (2022) Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида давлат хизматларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Самарқанд.−56 б.

Закирова С.М. (2022) Давлат хизматлари кўрсатиш тизимини такомиллаштиришнинг ташкилий-ҳуқуқий масалалари. Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент. −39 б.

Каржавова Х.А. (2023) Маҳалла тизимида ижтимоий хизматларни ривожлантиришнинг ташкилий-иқтисодий механизмини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Нукус.−54 б.

Костин О. А. (2007) Формирование системы организационно- экономического обеспечения управления муниципальными услугами. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. / Костин Олег Анатольевич. Государственный университет управления. Москва –21 с.

Муратаев С.А., Мусаев Б.Т., Артиков Д.Р. (2020). Маъмурий ҳуқуқ ва процесс. – Т.: ТДЮУ нашриёти,– 423б.

Савельев И.И. (2017) Государственные и муниципальные услуги: анализ и методика оценки качества: монография Москва: РУСАЙНС, 136 с.

Чвилёв Д. Д. (2014) Повышение качества государственных и муниципальных услуг в мегаполисах. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата экономических наук. / Чвилёв Денис Дмитриевич. Гуманитарно-экономический и технологический институт. Москва −27 с.