THE CURRENT STATE OF CAPITAL ATTRACTION THROUGH THE ORGANIZATION OF SUKUK EMISSION

Abstract

The article covers the purpose, theoretical foundations and significance of sukuk emission in attracting capital from the international financial market. The different characteristics of sukuk from traditional bonds, the dynamics of change in the number of sukuk issuing countries and their distribution by country, the stages of circulation of sukuk certificates and the total volume of global short-term sukuk emissions have been analyzed. Proposals and recommendations for the introduction of sukuk are presented in Uzbekistan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
f
133-140
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sadullayeva , M. (2025). THE CURRENT STATE OF CAPITAL ATTRACTION THROUGH THE ORGANIZATION OF SUKUK EMISSION . Economic Development and Analysis, 3(2), 133–140. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eitt/article/view/80101
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article covers the purpose, theoretical foundations and significance of sukuk emission in attracting capital from the international financial market. The different characteristics of sukuk from traditional bonds, the dynamics of change in the number of sukuk issuing countries and their distribution by country, the stages of circulation of sukuk certificates and the total volume of global short-term sukuk emissions have been analyzed. Proposals and recommendations for the introduction of sukuk are presented in Uzbekistan.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

133


SUKUK EMISSIYASINI TASHKIL ETISH ORQALI KAPITAL

JALB QILISHNING AMALDAGI HOLATI

Sadullayeva Mohinur Gʻayratjon qizi

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

ORCID: 0009-0006-1820-0870

mohinursadullaeva2@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishda sukuklarni emissiya

qilishning maqsadi, nazariy asoslari va ahamiyati yoritilgan. Sukuklarning anʼanaviy

obligatsiyalardan farqli xususiyatlari, sukuk emissiya qiluvchi mamlakatlar sonining oʻzgarish

dinamikasi va ularning mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi, sukuk sertifikatlarni muomalaga

chiqarish bosqichlari hamda global qisqa muddatli sukuklar emissiyasi umumiy hajmi tahlil qilingan.
Oʻzbekistonda sukuklarni joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

sukuk, qimmatli qogʻozlar, emissiya, fond bozori, islom moliyalashtirish.

ТЕКУЩЕЕ СОСТОЯНИЕ ПРИВЛЕЧЕНИЯ КАПИТАЛА ЧЕРЕЗ

ОРГАНИЗАЦИЮ ЭМИССИИ СУКУК

Садуллаева Моҳинур Гайратжон қизи

Банковско-финансовая академия Республики Узбекистан

Шахрисабзский филиал Ташкентского химико-технологического института

Аннотация.

В статье освещаются цель, теоретические основы и значение эмиссии

сукук в привлечении капитала с международного финансового рынка. Были

проанализированы отличительные особенности сукук от традиционных облигаций,
динамика изменения количества стран-эмитентов сукук и их распределение по странам,

этапы выпуска сертификатов сукук и общий объем глобальной краткосрочной эмиссии сукук.

Приведены предложения и рекомендации по внедрению сукук в Узбекистане.

Ключевые слова:

сукук, ценные бумаги, эмиссия, фондовый рынок, исламское

финансирование.

THE CURRENT STATE OF CAPITAL ATTRACTION THROUGH

THE ORGANIZATION OF SUKUK EMISSION

Sadullaeva Mokhinur Gayratjon kizi

The Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

Shahrisabz branch of Tashkent Institute of chemistry and technology

Abstract.

The article covers the purpose, theoretical foundations and significance of sukuk

emission in attracting capital from the international financial market. The different characteristics of
sukuk from traditional bonds, the dynamics of change in the number of sukuk issuing countries and

their distribution by country, the stages of circulation of sukuk certificates and the total volume of

global short-term sukuk emissions have been analyzed. Proposals and recommendations for the

introduction of sukuk are presented in Uzbekistan.

Keywords:

sukuk, securities, emissions, stock market

,

islamic financing.


UOʻK: 336.763

II SON - FEVRAL, 2025

133-140


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

134

Kirish.

Bugungi kunda kapital bozorida islom qimmatli qogʻozlarining ahamiyati tobora ortib

bormoqda. Bu esa xalqaro moliya bozorida islom qimmatli qogʻozlar muomalasini tashkil etish
va bu orqali moliyaviy kapital jalb qilishning turli shakllarini oʻrganish va uni amaliyotga joriy
etish dolzarb ekanligini ifodalaydi.

Oʻzbekistonda keyingi yillarda sukuklarga qiziqish ortib borayotgani sezilsada, bu

turdagi islomiy qimmatli qogʻozlar amaliyotga yetarli darajada keng joriy etilmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish boʻyicha
huquqiy bazani yaratishga ehtiyoj mavjudligini taʼkidlab oʻtgan. Prezidentimizning 2021-yil 14-

apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6207-sonli
Farmonida islom moliyalashtirish tamoyillari asosida “sukuk” obligatsiyalarini joriy etish
boʻyicha alohida vazifalar belgilangan. Bu esa ushbu qimmatli qogʻozlarni amaliyotga keng

joriy etish naqadar muhim va ahamiyatli ekanligini koʻrsatadi.

Adabiyotlar sharhi.

Bir qator iqtisodchi olimlar sukuk obligatsiyalarini muomalaga chiqarish va bu orqali

moliyaviy resurslar jalb qilishning ahamiyatli jihatlari va afzalliklari boʻyicha qator tadqiqot

ishlarini amalga oshirishgan.

Sukuk instrumentini mamlakat ichki talabini hisobga olib joriy qilgan mamlakatlar

iqtisodiyot uchun qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilishga erishib kelmoqda. Bunda asosiy hajm

musulmonlar koʻp istiqomat qiluvchi mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelsa ham, emitent
mamlakatlar qatorida musulmonlar kam istiqomat qiluvchi mamlakatlar mavjudligi mazkur

instrumentdan har qanday iqtisodiyotda samarali foydalanish mumkinligini anglatadi
(Abrorov, 2023).

“Obligatsiyalar bozorining rivojlanishini eʼtibordan chetda qoldirmaslik kerak, chunki u

bank sektorini rivojlantirish va fond bozorlarini rivojlantirish kabi iqtisodiy oʻsishni
ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi” (Pradhan va boshq., 2015).

Shamansurova va Norboyevalar (2024) baʼzi davrlarda davlatlar oʻzining likvidlilik

muommosini hal qilish uchun qisqa muddatli sukuklar emissiyasini amalga oshirgan. Uzoq
muddatli yirik loyihalarni moliyalashtirishda aksincha uzoq muddatli sukuklardan

foydalanishgan.

Tadqiqot metodologiyasi

.

Ushbu maqolada xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilishning shakli sifatida sukuk

(islomiy obligatsiya)larni muomalaga chiqarish amaliyotini tashkil etishni oʻrganishda
qiyoslash, analiz, dinamik tahlil kabi metodlardan foydalanilgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oʻzbekistonda islom moliyalashtirish (IS)ga qiziqish oʻsganiga qaramay, 2016-yil oxirida

hukumatdagi oʻzgarishlar natijasida yaratilgan qulay siyosiy muhitda sanoat hududlarida biroz
islom moliyalashtirish oʻsishiga taʼsir etdi. Oʻzbekistonning islom moliyalashtirish tizimiga

(IF)ga birinchi qoʻshilishi 2003-yilga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston Islom taraqqiyot bankiga (ISDB)
qoʻshilgan oxirgi Markaziy Osiyo mamlakati sifatida 2003-yilda aʼzolik badali 13,4 million islom

dinar mablagʻ bilan aʼzo boʻlgan, bu esa ISDB umumiy kapitalining 0,03 foizini tashkil etadi.
ISDBga aʼzo boʻlganidan beri Oʻzbekiston qariyb 2,4 milliard AQSh dollari miqdorida mablagʻ
olgan. Bu mablagʻlarning katta qismi taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, elektr

tarmoqlarini rivojlantirish va qurilish loyihalariga yoʻnaltirilgan. Mamlakat boʻyicha bugungi
kunga qadar 103 ta loyiha amalga oshirilmoqda, ulardan 49 tasi yakunlandi va 54 tasi hali ham
davom etmoqda. Ushbu yillar davomida ISDBning Oʻzbekistondagi operatsiyalari uchta asosan


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

135

ijara, istisna va murobaha shartnoma asosida anʼanaviy bank liniyalari orqali amalga oshirildi
(Asadov, 2024).

Islom moliya tizimini keng tarqalishiga va qoʻllanishiga toʻxtalib oʻtadigan

boʻlsak, islom moliyasi tizimini avvaliga musulmon koʻp istiqomat qiluvchi mamlakatlar joriy
etgan boʻlsa, keyinchalik esa u muqobil moliyalashtirish tizimi sifatida jahonning qolgan

davlatlarida tarqala boshlagan. Bugungi kunda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham bu
tizimdan samarali foydalanib kelinmoqda. Bu esa uning salmogʻi ortib borayotgani koʻrsatadi.

Sukukning maqsadi-qaytarishlilik va toʻlovlilik asosida investorlar mablagʻini loyihani

moliyalashtirish uchun jalb etishdir. Sukukni chiqarish shunday tartibga solinishi lozimki, bir
tarafdan, investorlarni himoya qilish va ularga qoʻyilmalarning maqbul daromadliligini

taʼminlash va ikkinchi tomondan – shariat talablarini qondirish imkoniyati boʻlishidadir.

Soʻnggi yillarda Islom moliya bozori hajmi keskin oʻsib bormoqda. U 2023-yildagi 7,16

milliard dollardan 2024-yilda 7,99 milliard dollargacha oʻsishi prognoz qilgan edi va unda

oʻrtacha yillik oʻsish surʼati (CAGR) 11,6% ni tashkil qiladi.

Tarixiy davrda kuzatilgan oʻsishni bir necha omillar bilan izohlash mumkin, masalan,

shariat meʼyorlariga mos mahsulotlar va amaliyotlarga talabning oshishi, neft boyliklari tufayli

yangi qiziqishning kuchayishi, moliyalashtirishda xatarlarni taqsimlashga eʼtibor, halol
sektorlarga katta sarmoyalar va islom bank xizmatlarini kengaytirish. Yaqin bir necha yil ichida

islomiy moliyalashtirish bozorining jadal oʻsishi kutilmoqda. 2028 yilda u oʻrtacha yillik oʻsish
surʼati 11,7% bilan 12,45 milliard dollarga koʻtarilishi oʻrganilgan. Prognoz davrida
kutilayotgan oʻsish islom moliya sanoatining kengayishi, musulmonlar sonining koʻpayishi,

axloqiy va ijtimoiy masʼuliyatli investitsiyalarga eʼtibor qaratish, davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash va tartibga solish va islom moliyasining globallashuvi kabi bir qancha omillarga

bogʻliq boʻlishi mumkin. Ushbu davrda kutilayotgan asosiy tendentsiyalar qatoriga barcha
mahsulot va xizmatlarni olishning elektron usullariga oʻtish, moliyaviy mahsulotlarda
innovatsiyalar, yangi Islomiy birja savdo fondlarini (ETF) ishga tushirish va moliyaviy

texnologiyalarni birlashtirish kiradi.

Soʻnggi yillarda islomiy moliya bozori jadal rivojlanmoqda. U 2024-yildagi 7,99 milliard

dollardan 2025-yilda 8,94 milliard dollargacha oʻsib, yillik murakkab oʻsish surʼati (CAGR) 11,9

foizni tashkil etadi. Ushbu tarixiy davrdagi oʻsishni shariatga mos mahsulotlar va amaliyotlarga
boʻlgan talab, yangi qiziqishlarni uygʻotgan ulkan neft boyliklari, moliyalashtirishda

tavakkalchilikni taqsimlash muhimligi, halol sektorlarga katta sarmoya kiritilishi va islom
banki xizmatlarining kengayishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin (Report, 2025).

Islom moliyasi aktivlarining mamlakatlar kesimidagi taqsimlanishini tahlil qiladigan

boʻlsak, unda yetakchi mamlakatlar sifatida Malayziya, Saudia Arabistoni, Eron yuqori
oʻrinlarni egallaydi.

1-rasm. Islom moliyasi aktivlariga ega top mamlakatlar, mlrd.AQSH dollar

(2022-yil)

Manba:

Islamic finance development report (2023) ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

1522

1017

666

277

208

0

200

400

600

800

1000

1200

1400

1600

ERON

SAUDIYA ARABISTONI

MALAYZIYA

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI

QATAR

Islom moliyasi aktivlariga ega top mamlakatlar, mlrd.AQSH dollar, AQSH

dollar (2022)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

136

Yuqoridagi rasmdan shuni koʻrsak boʻladiki, islom moliyasining deyarlik 1/3 qismi

kapitali Eron davlatiga tegishli boʻlib (1.522 milliard AQSh.dollari), Saudia Arabiston, Malayziya

ikkinchi va uchunchi oʻrinda (1.017 va 666 milliard AQSh. dollari). 2022-yida islom
moliyasining asosiy koʻrsatkichlarini tahlil qilsak. Eron oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarga qarasak
ham birinchi oʻrinni egallab turganini koʻrsak boʻladi. 1 milliard 39 million AQSh. dollari bilan

2021-yilda peshqadamlikni olgan Eronning bu yil ham deyarlik yarim baravarga aktivlarini
oshirish orqali eng yirik aktivi bor mamlakat boʻlib qolmoqda. Saudiya Arabistonida ham xuddi
shu holat kuzatilgan, 606 million aktivlar bilan yilni tugatgan Saudiya Arabistoni 2022-yilga

kelib salkam 2 baravarga oʻz aktivlarini koʻpaytira olgan. Uchinchi oʻrindagi Malayziya davlati
esa eng tez aktivlarni koʻpaytirgan deb hisoblasak boʻladi. 2021-yilga nisbatan roppa rosa uch

barobarga aktivlarni koʻpaytira olgan mamlakatdir.

“Thomson Reuters” agentligi tomonidan chop etilgan “Islamic finance development

report 2022” maʼlumotlariga koʻra, jahonda 136 ta mamlakat islom moliyasini toʻliq yoki ayrim

elementlarini joriy etgan

boʻlib, ularning tarkibida koʻp miqdorda musulmon aholi yashovchi

mamlakatlardan tashqari Buyuk Britaniya (aholisining 4,4 %ini musulmonlar tashkil etadi),
AQSH (0,9 %), Singapur (15,6 %), Shveytsariya (5,2 %), Kanada (3,2 %), Avstraliya (3,2%),

Fransiya (4 %), Germaniya (3,5 %) va Rossiya (15 %) singari mamlakatlarda ham islom
moliyasi instrumentlaridan foydalanib kelinmoqda. Ushbu tadqiq qilingan davrda jami

emissiyaning 54,5% yoki 877,4 mlrd.AQSH dollari Malayziya davlati hissasiga toʻgʻri keladi.

Malayziya 8,5 ming marotabadan ortiq emissiyani amalga oshirgan hisoblanib, bu oʻz
navbatida, 1155 marotaba sukuk emissiya qilgan Bahrayndan 8 barobar koʻpdir. Malayziya

emissiyalarini asosan milliy valyutada amalga oshirgan. Chiqariluvlar qiymati boʻyicha
ikkinchi yirik koʻrsatkich Saudiya Arabistonida boʻlib, u 216,8 mlrd. AQSh dollari yoki 13,5%ni

tashkil etadi. Keyingi oʻrinlarda esa Indoneziya 148,3mlrd. AQSh dollari (9,2 %), BAA 102,2
mlrd. AQSh dollari (6,3 %) va Turkiya 84,7 mlrd. AQSh dollari (5,3 %) qiymatidagi sukuk
chiqargan. Ushbu 5 mamlakat jahondagi sukuklarning deyarli 90 %iga egalik qiladi. Jumladan,

Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan Qozogʻistonda ham 77 mln. AQSh dollari qiymatida sukuk
emissiyasi amalga oshirilganini koʻrishimiz mumkin.

2-rasm. Sukuk emissiya qiluvchi mamlakatlar sonining oʻsish tendensiyasi

(IIFM, 2022)

Yuqorida aytib oʻtilganidek, sukuk islomiy sekyurizatsiyalash deb ataladi. Buning asosi

esa qimmatli qogʻozning biror-bir aktiv bilan bogʼliqligidir.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

137

3-rasm. Sukuk sertifikatlarini muomalaga chiqarish bosqichlari

Manba:

muallif ishlanmasi.

Sukuk (islomiy obligatsiya yoki “shariatga mos obligatsiya”) — mavjud yoki kelajakdagi

portfelidagi aktivlarga egalik qismini ifodalovchi islomiy moliyaviy sertifikatdir. Ularni

shuningdek, anʼanaviy obligatsiyalarning islomiy turi deb hisoblash mumkin.

Shariat (islom qonunlari) foiz toʻlash (ribo) evaziga qarz berishni taʼqiqlaydi, bu

sudxoʻrlik xususiyatiga ega sifatida koʻriladi va islomiy moliyada obligatsiyalar taʼqiqlangan.

Sukuk anʼanaviy obligatsiyalarga muqobil variantdir. Islomiy va anʼanaviy obligatsiyalar

quyidagi xususiyatlarga ega:

Investorlar daromad olish xaraketiga koʻra anʼanaviy obligatsiyalar investorlarga

qatʼiy foiz toʻlovlarini taqdim etadi, sukuk esa investorlarga asosiy aktivdan olingan foydadan
maʼlum ulushni olish imkonini beradi;

Qimmatli qogʻozlar orasida sukuk va obligatsiyalarga investitsiya qilish nisbatan

kamroq xavfli sifatida koʻriladi;

Sukuk va obligatsiyalar dastlab emitentlar tomonidan investorlarga sotiladi.

Keyinchalik, ikkala qimmatli qogʻoz ham birjada sotiladi.

Islomiy va anʼanaviy obligatsiyalar oʻrtasida bir nechta muhim farqlar mavjud, ularga

quyida toʻxtalib oʻtamiz.

1-jadval

Islomiy va anʼanaviy obligatsiyalarning farqli xususiyatlari

Manba:

Corporate Finance Institute sayt maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

138

Qisqa muddatli sukuklarga toʻxtalib oʻtsak. Qisqa muddatli sukuk – soʻndirilish muddati

12 oy yaʼni 1 yil ichida amalga oshiriladigan sukuk turi hisoblanadi.

2-jadval

2001-yildan 2022-yilgacha global qisqa muddatli sukuklar emissiyasi davlatlar

kesimida


2001-yildan 2022-yilda qisqa muddatli sukuklar emissiyasini davlatlar kesimida koʻrib

chiqadigan boʻlsak, Malayziyaning ushbu yillar oraligʻida global qisqa muddatli sukuk
emitentlarining bozor ulushi 63,97% (395,9 milliard AQSh dollari) ni tashkil etgan. Qisqa
muddatli bozordagi boshqa bir qator qiyinchiliklar Bahrayn, Bruney, Indoneziya, Turkiya,

Qatar va Bangladesh davlatlarida kuzatilgan. Chunki ushbu emitentlar guruhi tashkil
etilganidan buyon qisqa muddatli bozorning 18,0% atrofida hajmini egallab kelgan.
Malayziyada joylashgan Xalqaro islomiy likvidlikni boshqarish (IILM) qisqa muddatli

emissiyalarini 2013-yilda boshlagan va 2022-yil davomida eng koʻp sukuk chiqargan.
Indoneziya, Turkiya, Pokiston, Bruney va Bangladesh hukumatlari ham qisqa muddatli sukuk

emissiyalarini koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratishgan va emissiya hajmini oshirishgan.

3-jadval

Sukuklarning mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi (31.12.2023 holatiga)

Buyuk Britaniya

0,7

0,08%

Millatlararo

23,193

2,77%

Birlashgan Arab

Amirliklari

51,7

6,14%

Tanzaniya

0,01

0,00%

Turkiya

29,8

3,53%

Tunis

0,002

0,00%

Togo

0,2

0,03%

Filippin

1

0,12%

Malayziya

317,3

37,67%

Janubiy Koreya

0,2

0,02%

Janubiy Afrika

0,035

0,00%

Bahrayn

12,3

1,46%

Senegal

0,806

0,10%

Bangladesh

2,8

0,33%

Saudiya Arabistoni

218,4

25,94%

Bruney Darussalam

0,3

0,04%

Qatar

15

1,78%

Misr

2,1

0,25%

Pokiston

24

2,85%

Gambiya

0,2

0%

Ummon

8,4

1,01%

Gonkong

1

0,12%

Nigeriya

2,6

0,31%

Indoneziya

122,7

14,57%

Mali

0,3

0,03%

Iordaniya

0,8

0,09

Maldiv Orollari

0,3

0,04%

Quvayt

6

0,72%

Manba:

muallif ishlanmasi IIFM Sukuk Report 2024 maʼlumotlari asosida.


Sukukning mamlakat boʻyicha global ishlab chiqarish hajmi 87,79% ni tashkil etadi, bu

faqat beshta davlat, yaʼni Malayziya — 37,87%, Saudiya Arabistoni — 25,55%, Indoneziya —


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

139

14,65%, BAA — 6,17% va Turkiya — 3,55%. Keyingi oʻrinlarda esa Qatar — 1,79%, Bahrayn —
1,46% va Pokiston — 2,87%.

2023-yilda 72,7 milliard AQSh dollari miqdoridagi qisqa muddatli sukuk emissiya

qilingan, bu koʻrsatkich 2022-yilda 62,7 milliard AQSh dollar teng boʻlgan. Bu sukukning qisqa
muddatli ishlab chiqarish hajmi 10 milliard AQSh dollariga yoki 15,95 foizga oʻsishini anglatadi.

Malayziya qisqa muddatli sukuk bozorida soʻzsiz yetakchi hisoblanadi va uning 2001-yildan
2023-yilgacha boʻlgan global qisqa muddatli emissiyasi umumiy hajmidagi bozor ulushi
62,31% (430,9 mlrd AQSh dollari)ni tashkil etadi. Qisqa muddatli bozordagi boshqa doimiy

emitentlar Bahrayn, Bruney, Indoneziya, Turkiya, Qatar va Bangladesh, taʼkidlash joizki, ushbu
emitentlar guruhi tashkil etilganidan buyon umumiy qisqa muddatli bozorning taxminan 20,05

foizini tashkil etdi.

4-rasm. Jahon bo‘ylab qisqa muddatli sukuk emissiyasining umumiy hajmi (barcha

valyutalarda 12 oy yoki undan kamroq muddatga) milliard AQSH dollarida

(

IIFM Sukuk Report 2024

)


Malayziyada joylashgan xalqaro Islom likvidlikni boshqarish tashkiloti (IILM) 2013-yilda

qisqa muddatli emissiyalarni, asosan AQSh dollarida boshlagan va shu vaqtdan beri IILM qisqa

muddatli qattiq valyutadagi sukuklarning yagona emitenti hisoblanadi.

Xulosa va takliflar

.

Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi indekslarning o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyoti

rivojlanishidagi holat va undagi konyukturani ifodalab beruvchi ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining boshlanishi ham fond bozoridagi instrumentlarning
vaziyatga bardosh bera olmasligi bilan kuchayib ketdi.

Sukuklar esa inqiroz sharoitida ham mustahkamligini yoʻqotmay, hatto rivojlanish

tendensiyasini saqlab qola olganligi bilan investorlarning bu qimmatli qogʻozlarni sotib olishga
qiziqishi ortishiga sabab boʻlgan. Inqiroz davrida jahon amaliyoti tajribasida shuni koʻrishimiz

mumkinki, sukuklarni chiqarish qulay iqtisodiy muhitni saqlab qola olish imkoniyatini
yaratadi. Bundan kelib chiqadiki, sukuklar fond bozorini inqirozga nisbatan bardoshliligini
oshirishi bilan ham xarakterli sanaladi .

Iqtisodiyotga investitsiyalar jalb qilish funksiyasidan kelib chiqib, ushbu islomiy qimmatli

qogʻozning iqtisodiyotdagi davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish va “yashirin”

iqtisodiyotni qisqartirish roli orqali iqtisodiyotni rivojlantirish kabi muhim ikkita vazifani
bajarishi bilan ahamiyatli.

Yuqoridagi tahlillardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, islom qimmatli qogʻozlari

jahon moliyaviy inqirozi davrida ham, pandemiya davrida ham iqtisodiy inqirozlarga
bardoshliligini namoyon qilgan va yuqori risklardan holi moliyalashtirish instrumenti

hisoblanadi.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, fevral

www.e-itt.uz

140

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Abrorov S. (2023) Sukuk bozorini rivojlantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor

tajribalari Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may

https://e-itt.uz/index.php/eitt/

article/view/5/2

Asadov A. (2024) Empirical Analysis of Demand for Sukuk in Uzbekistan.

Economies

2024,

12

(8), 220

p4

https://doi.org/10.3390/economies12080220

Baydaulet E.A. (2019) Islomiy moliya asoslari-Toshkent: Oʻzbekiston NMIU,2019.-432b,78-

bet

http://old.muslim.uz/pdf_2029/Islomiy_%20moliya_%20asoslari.pdf

CFI Team (n.d.). Sukuk. [online] Corporate Finance Institute. Available at:

https://corporatefinanceinstitute.com/resources/career-map/sell-side/capital-markets/sukuk/

.

IIFM Sukuk Report (2024 ), A comprehensive study of the global sukuk market (13th Edition)

p 97.

Pradhan R.P., et al. (2015) Bond market development and economic growth: The G-20

experience. // Review of Applied Management Studies, Vol. 13. Issue 1, January — June, 2015. —
p. 51-65.

Report (2023) ICD-LSEG Islamic finance development report (2023). Navigating uncertainty

p7.

https://icd-ps.org/uploads/files/ICD_LSEG_IFDI_REPORT_ 20231715587354_1336.pdf

Report (2025) Islamic Finance Global Market Report Thebusinessresearchcompany.com.

Available at:

https://www.thebusinessresearchcompany. com/report/islamic-finance-global-

market-report

.

Researchandmarkets.com. (2024). Islamic Finance Market Size, Competitors & Forecast to

2028. [online] Available at:

https://www.researchandmarkets.com/report/islamic-finance-

market#cat-pos-1

Shamansurova Z., Norboyeva M. (2024) Qisqa muddatli sukuk emissiyasi boʻyicha statistik

tahlil. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may

https://www.researchgate.net/

publication/381436744_qisqa_muddatli_sukuk_emissiyasi_boʻyicha_statistik_tahlil

References

Abrorov S. (2023) Sukuk bozorini rivojlantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalari Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, may https://sci-p.uz/index.php/eitt/ article/view/5/2

Asadov A. (2024) Empirical Analysis of Demand for Sukuk in Uzbekistan. Economies 2024, 12(8), 220 p4 https://doi.org/10.3390/economies12080220

Baydaulet E.A. (2019) Islomiy moliya asoslari-Toshkent: Oʻzbekiston NMIU,2019.-432b,78-bet http://old.muslim.uz/pdf_2029/Islomiy_%20moliya_%20asoslari.pdf

CFI Team (n.d.). Sukuk. [online] Corporate Finance Institute. Available at: https://corporatefinanceinstitute.com/resources/career-map/sell-side/capital-markets/sukuk/.

IIFM Sukuk Report (2024 ), A comprehensive study of the global sukuk market (13th Edition) p 97.

Pradhan R.P., et al. (2015) Bond market development and economic growth: The G-20 experience. // Review of Applied Management Studies, Vol. 13. Issue 1, January — June, 2015. — p. 51-65.

Report (2023) ICD-LSEG Islamic finance development report (2023). Navigating uncertainty p7. https://icd-ps.org/uploads/files/ICD_LSEG_IFDI_REPORT_ 20231715587354_1336.pdf

Report (2025) Islamic Finance Global Market Report Thebusinessresearchcompany.com. Available at: https://www.thebusinessresearchcompany. com/report/islamic-finance-global-market-report.

Researchandmarkets.com. (2024). Islamic Finance Market Size, Competitors & Forecast to 2028. [online] Available at: https://www.researchandmarkets.com/report/islamic-finance-market#cat-pos-1

Shamansurova Z., Norboyeva M. (2024) Qisqa muddatli sukuk emissiyasi boʻyicha statistik tahlil. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may https://www.researchgate.net/ publication/381436744_qisqa_muddatli_sukuk_emissiyasi_boʻyicha_statistik_tahlil