Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.eitt.79648

Ключевые слова:

коммерческие банки показатели эффективности доходы прибыль активы проценты

Аннотация

В данной статье оценивается прибыльная эффективность коммерческих банков Узбекистана на основе метода стохастического граничного анализа (SFA). Анализ основан на данных коммерческих банков, действовавших в Узбекистане в период с 1999 по 2023 годы. Результаты исследования показывают, что прибыльная эффективность коммерческих банков увеличивалась с течением времени, но снижалась во время глобального финансового кризиса и пандемии. В зависимости от формы собственности государственные банки имели самую высокую среднюю прибыльную эффективность, тогда как иностранные банки, несмотря на высокую волатильность, в некоторые годы достигали наилучших результатов. Прибыльная эффективность частных банков и акционерных коммерческих банков была изменчивой и значительно колебалась в зависимости от рыночных условий.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

224



O

ʻ

ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI FOYDA SAMARADORLIGI TAHLILI

PhD

Xannayev Sherzod

Toshkent xalqaro universiteti

ORCID: 0009-0004-0768-2814

sherzod_khannaev@outlook.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining foyda samaradorligi

Stoxastik Chegara Tahlili (SFA) usuli asosida baholanadi. Tahlil 1999-

2023 yillar oralig‘ida

O‘zbekistonda faoliyat yuritgan tijorat banklari ma’lumotlariga asoslangan. Tadqiqot natijalari

tijorat banklarining foyda samaradorligi yillar davomida ortib borganini, lekin global moliyaviy

inqiroz va pandemiya davrida pasayganini ko‘rsatdi. Mulkchilik shakliga qarab, davlat banklari

o‘rtacha eng yuqori foyda samaradorligiga ega bo‘l

gan, xorijiy banklar esa yuqori

tebranuvchanlikka ega bo‘lishiga qaramay, ba’zi yillarda eng yuqori natijalarga erishgan. Xususiy

banklar va aksiyadorlik tijorat banklarining foyda samaradorligi o‘zgaruvchan bo‘lib, bozor

sharoitlariga bog‘liq holda keskin

tebrangan.

Kalit soʻzlar:

tijorat banklar, samaradorlik koʻrsatkichlari, daromad, foyda, aktivlar, foiz.

АНАЛИЗ ПРИБЫЛЬНОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

УЗБЕКИСТАНА

PhD

Ханнаев

Шерзод

Ташкентский международный университет

Аннотация.

В данной статье оценивается прибыльная эффективность

коммерческих банков Узбекистана на основе метода стохастического граничного
анализа (SFA). Анализ основан на данных коммерческих банков, действовавших в

Узбекистане в период с 1999 по 2023 годы. Результаты исследования показывают, что

прибыльная эффективность коммерческих банков увеличивалась с течением времени, но
снижалась во время глобального финансового кризиса и пандемии. В зависимости от

формы собственности государственные банки имели самую высокую среднюю
прибыльную эффективность, тогда как иностранные банки, несмотря на высокую

волатильность, в некоторые годы достигали наилучших результатов. Прибыльная

эффективность частных банков и акционерных коммерческих банков была изменчивой и

значительно колебалась в зависимости от рыночных условий.

Ключевые слова:

коммерческие банки, показатели эффективности, доходы,

прибыль, активы, проценты.

UO‘K:

336.71.615.036.8

III SON - MART, 2025

224-231


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

225

ANALYSIS OF PROFIT EFFICIENCY OF COMMERCIAL BANKS IN UZBEKISTAN

PhD

Xannayev Sherzod

Tashkent International University

Abstract.

This article evaluates the profit efficiency of commercial banks in Uzbekistan

using the Stochastic Frontier Analysis (SFA) method. The analysis is based on data from

commercial banks operating in Uzbekistan between 1999 and 2023. The research findings

indicate that the profit efficiency of commercial banks has increased over time but declined during
the global financial crisis and the pandemic. In terms of ownership structure, state-owned banks

had the highest average profit efficiency, while foreign banks, despite high volatility, achieved the

best results in some years. The profit efficiency of private and joint-stock commercial banks was

variable and fluctuated significantly depending on market conditions.

Keywords

:

commercial banks, performance indicators, income, profit, assets, interest.

Kirish.

Moliyaviy tizim har qanday iqtisodiyotning asosi hisoblanadi, va tijorat banklari uning

muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Banklarning foyda samaradorligi ularning barqarorligi va

iqtisodiyotga ta’sirini belgilaydi. Dunyo miqyosida olib borilgan tadqiqotlar tijorat banklarining

foyda samaradorligini aniqlashda turli metodologiyalarni q

o‘llagan. Jumladan, Stoxastik

Chegara Tahlili (SFA) eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, u banklarning ichki va

tashqi omillarga bog‘liq holda foyda samaradorligini baholash imkonini beradi.

O‘zbekistonda bank sektori so‘nggi 25 yil davomida sezilarli o‘zgarishlarni boshdan

kechirdi. 1990-yillar oxirida bank tizimi asosan davlat tomonidan nazorat qilinar edi,

keyinchalik xususiy va xorijiy kapital ishtirokidagi banklar paydo bo‘lishi bilan raq

obat

muhitining o‘zgarishi kuzatildi. Ushbu tadqiqotning maqsadi –

O‘zbekiston tijorat banklarining

foyda samaradorligini baholash va uni mulkchilik shakli hamda bozor sharoitlariga bog‘liq

holda tahlil qilishdir.

Tadqiqot natijalari tijorat banklarining foyda samaradorligi bo‘yicha yillar davomida

qanday tendensiyalar kuzatilganini, shuningdek, global moliyaviy inqiroz va pandemiya kabi

tashqi omillar qanday ta’sir ko‘rsatganini aniqlashga imkon beradi. Shuningdek,

natijalar

davlat, xususiy va xorijiy banklar samaradorligi bo‘yicha farqlarni tahlil qilish uchun ham

muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar sharhi.

Jahon miqyosida olib borilgan ko’plab tadqiqotlar stoxastik chegara tahlili metodi

yordamida turli mamlakatlardagi tijorat banklarining foyda samaradorligini tadqiq qilgan.

Ushbu tadqiqotlar ko‘pincha banklar faoliyatini tartibga solish bilan bog’liq regul

yatsiyalar va

bozor sharoitlari ularning foyda olish qobiliyatiga qanday ta’sir qilishini o‘rganishga qaratilgan.
Masalan, 74 ta mamlakatni qamrab olgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, kuchliroq bank nazorati va

yuqori bozor intizomi (Bazel II ning 2 va 3-ustunlari) banklarning foyda samaradorligini

oshiradi, lekin qattiqroq kapital talablari bu samaradorlikni pasaytirishi mumkin (Pasiouras et

al., 2009). Luo va boshqalar (2016) tomonidan 1999-2011-

yillarda 140 mamlakat bo‘yicha

o‘tkazilgan tadqiqot moliyaviy ochiqlik ortishi banklarning foyda samaradorligini pasaytirishi

mumkinligini ko‘rsatdi, chunki bu raqobatni kuchaytiradi va ba’zi banklar uchun risk darajasini

oshiradi. Umuman olganda

, banklarning foyda samaradorligi institutsional muhitga bog‘liq.

Qonunchilik va barqaror moliyaviy muhit mavjud bo‘lsa, banklar samarali ishlaydi, lekin
haddan tashqari raqobat yoki qat’iy cheklovlar, shuningdek, makroprudentsial talablar foyda

samaradorligini cheklashi mumkin (Gaganis et al., 2021; Gaganis and

Pasiouras, 2013; Gržeta

et al., 2023; Luo et al., 2016; Pasiouras et al., 2009).


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

226

Shimoliy Amerikada olib borilgan tadqiqotlar, ayniqsa, 2007

2009-yillardagi global

moliyaviy inqirozdan keyingi davrda AQSh va Kanada tijorat banklarining foyda

samaradorligiga e’tibor qaratgan.

U-Din va Tripe (2022) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot

shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy inqiroz bank samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Inqirozdan

keyin, Kanadaning bank tizmi samaradorligini AQSh banklariga qaraganda tezroq tiklagan va

Kanada banklari AQSh banklariga nisbatan o‘rtacha yuqori foyda samaradorligiga ega bo‘lgan.

Shuningdek, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bozor kuchi foyda samaradorligini oshirgan, lekin

bozor konsentratsiyasi foyda samaradorligini oshirmagan, balki faqat xarajat samaradorligini

yaxshilagan.

Yevropada foyda samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar Evrozonadagi va unga kirmagan

mamlakatlardagi tijorat banklarining samaradorligini taqqoslaydi. Székely (2018) tomonidan

SFA yordamida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, agar tartibga solish yondashuvi hisobga

olinsa (masalan, Yevropa Ittifoqi bank nazorat tizimi), Yevropa banklari orasidagi foyda
samaradorligi keskin farqlanmaydi

aksincha, banklarning o‘ziga xos xus

usiyatlari asosiy

farqlarga sabab bo‘ladi.

Siameti va boshqalar (2025) tomonidan 2010

2018-yillarda 1446 ta

Yevropa banki bo‘yicha o‘tkazilgan SFA tahlili shuni ko‘rsatdiki, salbiy foiz stavkalari

banklarning foyda samaradorligini oshirishga yordam bergan.

Xitoy tijorat banklarining foyda samaradorligi moliyaviy islohotlar va davlat hamda

xususiy banklar o‘rtasidagi raqobat kontekstida keng qamrovli o‘rganilgan.

Shen va boshqalar

(2023) tomonidan 2012

2020-

yillar ma’lumotlariga asoslangan SFA tadqiqotlariga ko‘ra,

Xitoyning davlat banklari sezilarli darajada foyda samaradorligini oshirgan. Xususan, davlatga

tegishli yirik banklar yuqori samaradorlik darajasiga erishgan. Boshqa tomondan esa, xususiy
va aktsiyadorlik banklari oxirgi yillarda kuchaygan raqobat tufayli foyda samaradorligi

pasayishini boshdan kechirmoqda .

Post-

sovet mamlakatlaridagi bank tizimi bo‘yicha tadqiqotlar, asosan, mulkchilik shakli

va o’tish davridagi iqtisodiy o‘zgarishlar foyda samaradorligiga qanday ta’sir qilganini
o‘rganishga qaratilgan. Dastlabki yillarda (1990

-2000-yillar) davlat banklari ustunlik qilgan

bo’lsa, lekin keyinroq ular samaradorlik jihatidan yangi tashkil etilgan xususiy yoki xorijiy

banklarga nisbatan pastroq natijalar ko‘rsatgan

(Belousova et al., 2018)

. So‘nggi yillarda,

Rossiya bank sektori bo‘yicha o‘tkazilgan SFA tahlili xorijiy banklar Rossiyada eng yuqori foyda
samaradorligiga ega bo‘lgani, shu bilan birga, 2008–

2013-yillardagi global moliyaviy inqiroz

davrida Rossiyaning davlat banklari eng yuqori foyda samaradorligiga erishgan, chunki

davlatdan kafolatlar va moliyaviy yordam ularga qiyinchiliklarga bardosh berish imkoniyatini

bergan. Umuman olganda, post-

sovet va o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda banklarning foyda

samaradorligi oxirgi 20 yilda sezilarli darajada yaxshilangan, lekin hali ham mulkchilik shakli

va iqtisodiy islohotlar natijalari samaradorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.


Tadqiqot metodologiyasi.

Banklarning foyda samaradroligi quyidagi formula asosida empirik baholandi.

𝑙𝑛(𝑃𝐵𝑇

𝑖𝑡

) = 𝛼 + ∑ 𝛽

𝑚

𝑙𝑛𝑦

𝑚𝑖𝑡

3

𝑚=1

+

1
2

∑ ∑ 𝛽

𝑚𝑛

𝑙𝑛𝑦

𝑚𝑖𝑡

𝑙𝑛𝑦

𝑛𝑖𝑡

3

𝑛=1

3

𝑚=1

+

1
2

∑ ∑ 𝛾

𝑗𝑘

𝑙𝑛𝑤

𝑗𝑖𝑡

𝑙𝑛𝑤

𝑘𝑖𝑡

3

𝑘=1

3

𝑗=1

+ ∑ 𝛾

𝑗

𝑙𝑛𝑤

𝑗𝑖𝑡

3

𝑗=1

+

1
2

∑ ∑ 𝜓

𝑗𝑘

𝑙𝑛𝑦

𝑚𝑖𝑡

𝑙𝑛𝑤

𝑗𝑖𝑡

3

𝑗=1

3

𝑚=1

+ 𝜃

1

𝑇 +

1
2

𝜃

2

𝑇

2

+ ∑ 𝜅

𝑚

𝑙𝑛𝑦

𝑚𝑖𝑡

𝑇

3

𝑚=1

+ ∑ 𝜌

𝑗

𝑙𝑛𝑤

𝑗𝑖𝑡

𝑇

3

𝑗=1

+ 𝜋

1

𝑙𝑛𝑧

𝑖𝑡

+

1
2

𝜋

2

𝑙𝑛𝑧

𝑖𝑡

2

+ ∑ 𝜏

𝑚

𝑙𝑛𝑦

𝑚𝑖𝑡

𝑙𝑛𝑧

𝑖𝑡

3

𝑚=1

+ ∑ 𝜑

𝑗

𝑙𝑛𝑤

𝑗𝑖𝑡

3

𝑗=1

𝑙𝑛𝑧

𝑖𝑡

+ 𝜙𝑙𝑛𝑧

𝑖𝑡

𝑇 + 𝑣

𝑖𝑡

+ 𝑢

𝑖𝑡

(1.1)


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

227

bunda

𝑙𝑛 (𝑃𝐵𝑇

𝑖𝑡

)

soliqlardan oldingi foyda logarifmi,

𝑙𝑛 (𝑦

𝑚𝑖𝑡

)

t

davrdagi

i

bankning

m

turdagi xizmatlari hajmining logarifmi,

𝑙𝑛 (𝑤

𝑗𝑖𝑡

)

t

davrdagi

i

bankning

j

turdagi xarajatlari

narxining logarifmi,

T

esa vaqt trendi boʻlib, u bank tizimidagi texnologik oʻzgarishlarni

ifodalaydi.

𝑢

𝑖𝑡

banklarning xarajatlar boʻyicha samaradorlik koʻrsatikichi boʻlsa,

𝛼, 𝛽, 𝛾, 𝜓, 𝜃, 𝜅, 𝜌, 𝜋, 𝜏, 𝜑, 𝜙

lar ekonometrik baholanadigan koeffitsiyentlardir.

𝑣

𝑖𝑡

esa statistik

xatolikni ifodalaydi.

Xizmatlar mijozlarga ajratilgan umumiy kreditlar (

𝑦

1

), boshqa daromad keltiruvchi

aktivlar (

𝑦

2

) va foizsiz daromadlardan (

𝑦

3

) tarkib topgan. Xarajatlar narxi ham uch xil turga

ajratilgan: jalb qilingan mablagʻlar narxi (

𝑤

1

)

jami foizli xarajatlarning jami majburiyatlarga

nisbati, asosiy fondlar narxi (

𝑤

2

)

boshqa operatsion xarajatlarning jami asosiy vositalarga

nisbati, ishchi kuchi narxi (

𝑤

3

)

proksi sifatida ishchi kuchi xarajatlarining aktivlarga nisbati

olindi. Shuningdek, vaqt trendi

(𝑇)

va bank kapitali (

𝑧

) nazorat qiluvchi oʻzgaruvchilar sifatida

modelga qoʻshildi. Bank kapitalini mustaqil oʻzgaruvchi sifatida modelga kiritilishi Oʻzbek
banklarini samaradorligini baholash modellarida ilgari qoʻllanilmagan. Sh.Xannayev

(2019b,

2019a, 2020) tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda cheragaviy empirik modelga bank

kapitali (z) mustaqil oʻzgaruvchi safatida kiritilmasdan amalga oshirilgan, bu oʻz navbatida

banklarning kapital hajmi katta kichikligidan yuzaga keladigan xarajatlaridagi oʻzgarishl

ar

eʼtibordan chetda qolishiga olib kelgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ushbu translog funksiyani baholashda qoʻllanilgan koʻrsakichlar tasviriy statistikasi

quyidagi jadvalda berilgan. Barcha koʻrsatkichlar 2008 yil narxlariga keltirilgan va natural
logarifmlargan. Bu amallar orqali ulardagi inflatsiyaning taʼsirini olib tash

lashga va chetki

ekstrim kuzatuvlarning statistik distorsiyaga sabab boʻlishi oldi olinadi.

1-jadval

Omillar tasviriy statistikasi.

O‘zgaruvchilar

Soni

O‘rtacha

Std. og‘.

Min

Maks

Jami xarajatlar*

674

132000

272000

26.921

2130000

Sof soyfa*

672

28800

95300

-77600

1270000

Jami kreditlar*

676

1230000

3190000

0

25100000

Investitsiyalar*

677

41200

146000

0.27

1950000

Foizsiz daromad*

674

48000

271000

80.93

6820000

Jami jalb qilingan kapital narxi

674

0.10

1.00

0.00

18.63

Asosiy vositalar narxi

673

1.30

6.42

0.03

130.14

Ishchi kuchi narxi

673

0.03

0.03

0.00

0.24

Bank kapital*

676

233000

562000

88.13

5200000

Izoh:

m

illion soʻmda berilgan

.

Yuqorida keltirilgan model asosida baholangan Oʻzbekiston tijorat banklarining

samaradrolik koʻrsatkichi tasviriy statistikasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Tahlil davri 1999

-

2023 yillarni qamrab oladi hamda Oʻzbekistonda faoliyat yuritgan deyarli barcha

tijorat

banklarini oʻz ichiga oladi.

2-j

adval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, o’rtacha foyda samaradroliklari xarajatlar

samaradroligidan sezilarli darajada past bo’lgan. Tahlil davridagi maksimum va minimum

qiymatlardan xorijiy va xususiy banklar mos ravishda eng yuqori ko’rsatkichlarni qayd

etishgan. Minimumlar bo’yicha esa eng past ko’rsatkich xususiy banklarda kuzatilgan. Xorijiy
banklar eng yuqori darajadagi standart og’ishga, shuningdek, 75% kuzatuvlari 18% dan past

foyda samaradroligiga ega bo’lgan. Biroq, tahlil davrida eng yuqori fo

yda samaradroligi xorijiy


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

228

banklarda kuzatilgan. Davlat bilvosita egalik qiluvchi askiyadorlik tijorat banklari foyda

samaradroligi eng past darajadagi tebranishga ega bo’lgan.

2-jadval

Foyda samaradorligi tasviriy statistikasi

Mulkchilik shakli

Soni

O’rtacha

Std.og‘

Min.

25%

50%

75% Maks.

Aksiyadorlik tijorat banklari 140

0.215

0.100 0.132 0.161 0.184 0.214 0.608

Davlat tijorat banklari

95

0.298

0.126 0.140 0.170 0.288 0.378 0.695

Xorijiy banklar

89

0.265

0.217 0.137 0.151 0.170 0.182 1.000

Xususiy banklar

200

0.258

0.145 0.129 0.148 0.192 0.326 0.899

Jami banklar

524

0.255

0.149 0.129 0.155 0.185 0.317 1.000

1-

rasmdan ko’rish mumkinki, foyda bo’yicha samaradorlik ham yillar kesimida o’sish

trendiga ega

bo’lgan. Rasmdan ko’rish mumkinki, foyda samaradroligi 25 yil ichida taxminan

19% dan 32% gacha oshgan. Bu foyda samaradroligining yillik o’sishi 2% dan ortiqroq

bo’lganligini anglatadi. O’rtacha foyda samaradorligi global moliyaviy inqiroz va pandemiya

da

vrida sezilarli darajada pasayganligini ko’rish mumkin. Global moliyaviy inqiroz davrida

iqtisodiyotning ochiqlik darajasi va moliyaviy erkinlik yuqori darajada emas edi. Shunday

bo’lsada, foyda samaradorligi sezilarli darajada pasaygan.

1-rasm. Yillar kesimida foyda samaradorligi

Pandemiya davrida esa iqtisodiyotda va moliya sektorida bir qator tuzilmaviy islohotlar

amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning ochiqlik darajasi va moliya sektori liberallashdi. Bu

o

z navbatida bank tizmini tashqi shoklarga ta

sirchanligini oshirdi. Bundan tashqari

pandemiya yuzaga keltirgan shok tabiatan oldingi moliyaviy shokdan farqli bo

lganligi uchun

bank tizimining o

rtacha foyda samaradorligi qariyib 4% ga pasayganliigni ko

rish mumkin.

Pandemiya bilan bog

liq cheklovlarning olib tashlanishi esa foyda samaradorlikni oldingidan

ham yuqoriroq darajaga olib chiqqan.

2-

rasmda banklarning mulkchilik shakliga ko’ra foyda samaradorligi yillik kemisda

o’zgarishi keltirilgan. Rasmdan 2012

-yilgacha barcha mulkchilik shakliga ega banklar foyda

samaradorligi barqaror bo’lmagan. Bundan aksiyadorlik tijorat banklarini istisno qilsa bo’ladi,

chunki bu turdagi banklar foyda samaradorligi deyarli katta o’zgarishlarsiz bo’lgan. Bu

banklarning foyda samaradorligi eng katta pasayishi 2010-yil

global moiyaviy inqiroz

yillariga to’g’ri kelgan. Ammo, ajablanarlisi pandemiyadan foyda samaradorligi tebranishlarsiz


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

229

o’tgan.

Davlat bevosita egalik qiluvchi banklar esa, global moliyaviy inqiroz davrida o’z o’sish

traektoriyasidan biroz chetlashgan, ammo bank tizimi liberallashidan ko’proq foyda

samaradorligini yo’qotgan hamda pandemiya davrida foyda samaradorligi 10% dan ortiqr

oq

pasaygan. Bu turdagi banklar 2023-

yilga kelibgina o’zlarining 2018

-yildagi foyda samaradorligi

darajasiga chiqa olgan. Xorijiy banklar foyda samaradorligi 2012-

yilgacha bo’lgan davrda

yuqori tebranuvhcnalikka ega bo’lgan hamda global moliyaviy i

nqirozdan boshqa mulkchilik

shakliga ega banklardan ko’ra ko’proq foyda samaradorligi pasaygan.

2-rasm

. Mulkchilik shakliga ko’ra foyda samaradorligi

Biroq, bir yilda oldingi darajadan yuqoriroq darajani qayd etgan. Bu bank bozoriga yangi

xorijiy banklarning kirib kelishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Pandemiya davrida ushbu

mulkchilik shakliga ega banklar foyda samaradorligi sezilarli darajada pasaygan va 2023-yilda

ham pandemiyadan oldingi holatiga qayta olgani yo’q. Xususiy banklar foyda samaradroligi

ham 2012-

yilga qadar yuqori tebranuvchanlikka ega bo’lgan, jahon moliyaviy inqirozi davrida

sezilarli darajada pasaygan va 2016-yilga kelibgina inqiroz oldi darajalarga qayta olgan.

Pandemiyadan so’ng 2022

-yilda keskin pasayish kuzatilgan, bu pandemiya davrida

yo’qotishlarning ta’siri tufayli bo’lishi mumkin.

3-rasm. Foyda samaradorligi taqsimoti


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

230

Yuqoridagi rasmdan ko’rish mumkinki, foyda samaradorligi ko’rsatkichi nomral

taqsimotga ega emas. Taqsimot shaklan ko’proq log

-

normal taqsimotga o’xshaydi.

Kuzatuvlarning asosiy qismi (75%) 30% dan kam foyda samaradorligini ko’rsatgan.

Shuningdek, 60% dan

yuqori foyda samaradorligi juda noyob bo’lgan va sanoqli banklarda

kuzatilgan.

4-rasm

. Foyda samaradroligining mulkchilik shakliga ko’ra quti grafigi

Rasmdagi medianalarni solishtirgan holda, davlat bevosita egalik qiluvchi tijorat

banklarida eng yuqori bo’lganligini ko’rish mumkin. Bu ushbu banklarga davlat prefensial
qoidalar asosida eksklusiv huquqlar asosida ma’lum bir davlat dasturlarini moliyalash

tirish

doirasida mablag’lar ajratgani bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Xorijiy banklar medianasi kichik

bo’lgani bilan chetki kuzatuvlar sezilarli darajada yuqori ekanligini ko’rish mumkin.


Xulosa va takliflar.

O‘zbekiston tijorat banklarining foyda samaradorligi tahlili natijalari shuni ko‘rsatadiki,

banklarning foyda samaradorligi vaqt o‘tishi bilan oshgan bo‘lsa

-da, global moliyaviy inqiroz va

pandemiya kabi omillar bu o‘sishga to‘sqinlik qilgan.

Tahlil natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:

1.

Davlat

banklari o‘rtacha eng yuqori foyda samaradorligiga ega bo‘lib, bu ularning

davlat tomonidan qo‘llab

-

quvvatlanishi bilan bog‘liq.

2.

Xorijiy banklar o‘zgaruvchan samaradorlik darajasiga ega bo‘lishiga qaramay,

ba’zi yillarda eng yuqori natijalarga erishgan.

3.

Xususiy banklar va aksiyadorlik tijorat banklari foyda samaradorligi bo‘yicha

sezilarli tebranishlarga ega bo‘lib, bozor sharoitlariga bog‘liq holda dinamik o‘zgarishlar

kuzatilgan.

Moliyaviy inqiroz va pandemiya davrida banklarning foyda samaradorligi pasaygan

bo‘lsa

-

da, keyingi yillarda barqaror o‘sish kuzatilgan. Shu sababli, O‘zbekiston bank sektorining

kelajakdagi rivojlanishi uchun moslashuvchan boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish muhim

ahamiyat kasb etadi. Bu natijalar tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va

iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha siyosiy qarorlar qabul qilish uchun foydali
bo‘lishi mumkin.


background image

Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart

www.sci-p.uz

231

Adabiyotlar /Литература/Reference:

Belousova, V., Karminsky, A., & Kozyr, I. (2018). Bank Ownership and Profit Efficiency of

Russian Banks. SSRN Electronic Journal. https://doi.org/10.2139/SSRN.3128149.

Gaganis, C., & Pasiouras, F. (2013). Financial supervision regimes and bank efficiency:

International

evidence.

Journal

of

Banking

&

Finance,

37(12),

5463

5475.

https://doi.org/10.1016/J.JBANKFIN.2013.04.026.

Gaganis, C., et al., C. (2021). Macroprudential regulations and bank profit efficiency:

international

evidence.

Journal

of

Regulatory

Economics,

59(2),

136

160.

https://doi.org/10.1007/S11149-021-09424-5/TABLES/7.

Gržeta, I., Žiković, S., & Tomas Žiković, I. (2023). Size matters: analyzing bank profitability

and efficiency under the Basel III framework. Financial Innovation, 9(1), 1

28.

https://doi.org/10.1186/S40854-022-00412-Y/TABLES/8.

Luo, Y., Tanna, S., & De Vita, G. (2016). Financial openness, risk and bank efficiency: Cross-

country evidence. Journal of Financial Stability, 24, 132

148. https://doi.org/10.1016/J

JFS.2016.05.003

Pasiouras, F., Tanna, S., & Zopounidis, C. (2009). The impact of banking regulations on banks’

cost and profit efficiency: Cross-country evidence. International Review of Financial Analysis.
https://doi.org/10.1016/j.irfa.2009.07.003.

Shen, B., et al. (2023). Bank Profitability Analysis in China: Stochastic Frontier Approach.

Journal of Risk and Financial Management 2023, Vol. 16, Page 243, 16(4), 243.

https://doi.org/10.3390/JRFM16040243.

Siameti, P., Chronopoulos, D. K., & Dotsis, G. (2025). Negative rates and bank profit and cost

efficiency: evidence for Eurozone. The European Journal of Finance, 31(1), 14

30.

https://doi.org/10.1080/1351847X.2024.2366367.

Székely, B. (2018). Bank efficiency differences across Central and Eastern Europe.

https://www.econstor.eu/handle/10419/189895.

U-Din, S., & Tripe, D. (2022). Banking market structure and efficiency: an assessment of the

USA and Canada. Journal of Economic Studies, 49(6), 1076

1091. https://doi.org/10.1108/JES-

03-2021-0157/FULL/PDF.

Ханнаев

,

Ш

. (2019a).

Анализ эффективности банков с разными формами

собственности. Экономика и Инновационные Технологии, 1, 194–

208.

Ханнаев, Ш. (2019b). Турли мулкчилик шаклидаги банклар фаолияти самарадорлиги

таҳлили.

Иқтисодиёт

Ва

Инновацион

Технологиялар,

1(39),

1–

15.

http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/22_Khannayev.pdf.

Ханнаев, Ш. (2020). Тижорат банклари фаолиятини харажатлар бўйича

самарадорлигини баҳолаш: ўзгарувчан кўлам қайтими асосида маълумотларнинг қобиқ

таҳлили

усули.

Иқтисодиётда

Инновациялар,

2(3),

93–

104.

https://doi.org/http://dx.doi.org/10.26739/2181-9491-2020-2-12.

Библиографические ссылки

Belousova, V., Karminsky, A., & Kozyr, I. (2018). Bank Ownership and Profit Efficiency of Russian Banks. SSRN Electronic Journal. https://doi.org/10.2139/SSRN.3128149.

Gaganis, C., & Pasiouras, F. (2013). Financial supervision regimes and bank efficiency: International evidence. Journal of Banking & Finance, 37(12), 5463–5475. https://doi.org/10.1016/J.JBANKFIN.2013.04.026.

Gaganis, C., et al., C. (2021). Macroprudential regulations and bank profit efficiency: international evidence. Journal of Regulatory Economics, 59(2), 136–160. https://doi.org/10.1007/S11149-021-09424-5/TABLES/7.

Gržeta, I., Žiković, S., & Tomas Žiković, I. (2023). Size matters: analyzing bank profitability and efficiency under the Basel III framework. Financial Innovation, 9(1), 1–28. https://doi.org/10.1186/S40854-022-00412-Y/TABLES/8.

Luo, Y., Tanna, S., & De Vita, G. (2016). Financial openness, risk and bank efficiency: Cross-country evidence. Journal of Financial Stability, 24, 132–148. https://doi.org/10.1016/J JFS.2016.05.003

Pasiouras, F., Tanna, S., & Zopounidis, C. (2009). The impact of banking regulations on banks’ cost and profit efficiency: Cross-country evidence. International Review of Financial Analysis. https://doi.org/10.1016/j.irfa.2009.07.003.

Shen, B., et al. (2023). Bank Profitability Analysis in China: Stochastic Frontier Approach. Journal of Risk and Financial Management 2023, Vol. 16, Page 243, 16(4), 243. https://doi.org/10.3390/JRFM16040243.

Siameti, P., Chronopoulos, D. K., & Dotsis, G. (2025). Negative rates and bank profit and cost efficiency: evidence for Eurozone. The European Journal of Finance, 31(1), 14–30. https://doi.org/10.1080/1351847X.2024.2366367.

Székely, B. (2018). Bank efficiency differences across Central and Eastern Europe. https://www.econstor.eu/handle/10419/189895.

U-Din, S., & Tripe, D. (2022). Banking market structure and efficiency: an assessment of the USA and Canada. Journal of Economic Studies, 49(6), 1076–1091. https://doi.org/10.1108/JES-03-2021-0157/FULL/PDF.

Ханнаев, Ш. (2019a). Анализ эффективности банков с разными формами собственности. Экономика и Инновационные Технологии, 1, 194–208.

Ханнаев, Ш. (2019b). Турли мулкчилик шаклидаги банклар фаолияти самарадорлиги таҳлили. Иқтисодиёт Ва Инновацион Технологиялар, 1(39), 1–15. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/22_Khannayev.pdf.

Ханнаев, Ш. (2020). Тижорат банклари фаолиятини харажатлар бўйича самарадорлигини баҳолаш: ўзгарувчан кўлам қайтими асосида маълумотларнинг қобиқ таҳлили усули. Иқтисодиётда Инновациялар, 2(3), 93–104. https://doi.org/http://dx.doi.org/10.26739/2181-9491-2020-2-12.