Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
252
ANDIJON VILOYATIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK
RIVOJLANISHINING IQTISODIY-STATISTIK TAHLILI
Xolmirzayev Furqatbek Muxtarjonovich
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
ORCID: 0009-0009-1373-3979
holmirzayevfurqatbek@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
rivojlanish ko‘rsatkichlari va unga ta’sir qiluvchi omillar statistik baholanib, hudud rivojlanishida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni iqtisodiy
-statistik tahlil usullari yordamida
baholangan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiyot, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yalpi hududiy mahsulot,iqtisodiy
tarmoqlar, kichik biznes, iqtisodiy-statistik tahlil usullari, statistik guruhlash, ekspert baholash,
tahlil va sintez.
ЭКОНОМИКО
-
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И
ЧАСТНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ
Холмирзаев Фурқатбек Мухтаржонович
Институт повышения квалификации кадров и статистических исследований
Аннотация.
В данной статье статистически оценены показатели развития
малого бизнеса и частного предпринимательства в Андижанской области и факторы,
влияющие на это, а также оценена роль малого бизнеса и частного
предпринимательства в развитии региона с использованием
методов экономико
-
статистического анализа.
Ключевые слова:
экономика, макроэкономические показатели, валовой
региональный продукт, отрасли экономики, малый бизнес, методы экономико
-
статистического анализа, статистическая группировка, экспертная оценка, анализ и
синтез.
ECONOMIC-STATISTICAL ANALYSIS OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE
ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT IN ANDIJAN REGION
Kholmirzayev Furkatbek Mukhtarjonovich
Institute of Human Resource Development and Statistical Research
Abstract.
This article statistically evaluates the indicators of the development of small
business and private entrepreneurship in Andijan region and the factors affecting it, and the role
of small business and private entrepreneurship in the development of the region is evaluated using
the methods of economic and statistical analysis.
Keywords:
economy, macroeconomic indicators, gross regional product, economic sectors,
small business, methods of economic-statistical analysis, statistical grouping, expert assessment,
analysis and synthesis.
UO‘K:
338.2
III SON - MART, 2025
252-258
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
253
Kirish
.
Jahonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan
biri bo‘lib, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda YaIMning katta qismini tashkil qiladi. 2024
-yilgi
ma’lumotlarga ko‘ra,
AQSh
da kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi
44%
ini tashkil qiladi. Germaniya, Yaponiya, Fransiya kabi rivojlangan davlatlarda 50-55% ni tashkil
qiladi.
O‘zbekiston
da 2024-yilda KBXT ning YaIMdagi ulushi
54.3%
dan iborat bo‘ldi
(www.andvilstat.uz, n.d.). Bu mamlakatda qulay iqtisodiy muhit yaratilganidan dalolat beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes iqtisodiyotning yarmidan ko‘prog’ini tashkil etadi.
O‘zbekiston ham bu borada rivojlanishda davom etayotgan bo‘lib, kelajakda kichik
biznesning
yanada o‘sishi kutilmoqda.
Andijon viloyati O‘zbekistonning eng rivojlangan sanoat va tadbirkorlik markazlaridan
biri hisoblanadi. Hudud geografik joylashuvi, aholi zichligi va ishlab chiqarish salohiyati bilan
ajralib turadi. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) viloyat iqtisodiyotining
asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, aholining bandligini ta’minlash va turmush darajasini
oshirishda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda Andijonda KBXTni rivojlantirish uchun davlat
tomonidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshi
rilmoqda. Kredit resurslariga qulay shartlarda
ega bo‘lish, soliq imtiyozlari va infratuzilmani rivojlantirish kabi choralar tufayli viloyatda
yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilmoqda. Xususan, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi,
avtomobilsozlik va x
izmat ko‘rsatish sohalarida kichik biznesning hissasi ortib bormoqda.
Ushbu maqolada Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hozirgi holati,
muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.
Adabiyotlar sharhi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, uning iqtisodiyotdagi o‘rni, rivojlanishi va
yo‘nalishlarini tadqiq qilgan
, xorijiy olimlardan Marshall (2010) kichik biznes va tadbirkorlikni
bozor kuchlari, talab va taklif, raqobatbardoshlik borasida o‘rgangan. Uning qarashlariga ko‘ra,
kichik biznes yirik korxonalarga qaraganda moslashuvchanlik va innovatsionlik darajasi yuqori
hisoblanadi. Shumpeter (2010)
innovatsion tadbirkorlik va “ijodiy buzilish” nazariyasi bilan
mashhur. Uning fikricha, kichik biznes iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlardan
bo‘lib, yangi g’oyalar asosan kichik biznes tarmog’ida vujudga keladi. Marshall, Shumpeter,
Valeslar (2013)
tadbirkorlikning ilmiy asoschilari hisoblanadi. O‘zbekistonda Mahalliy
olimlarimizdan: Bayxonov (2019) tarmoqlar faoliyatini ishlab chiqilgan ekonometrik modellar
orqali tahlil qilib, prognozlash asosida investisiyalar samaradorligini baholashda, zamonaviy
uslubiy yondashuvni qo‘llash mumkinligini ta’kidlaydi. Abulqosimov
va Qulmatovlar
O‘zbekistonda kichik biznes sohasida oilaviy tadbirkorlikning o‘rni va uni rivojlantirish
yo‘llarini o‘rgangan. G’oyibnazarov
va boshqalar (2011) tomonidan KBXT faoliyatini
takomillshtirishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, sohada mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf
etish usullari, kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab
-
quvvatlash mexanizmlari o‘rganilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Andijon viloyati iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rolini statistik jihatdan baholashga qaratilgan bo‘lib, bu muhim ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega mavzudir. Tadqiqotning obyekti
–
Andijon viloyati iqtisodiyoti, ayniqsa, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasi hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning viloyat iqtisodiyotidagi o‘rnini
statistik jihatdan baholash, ularning faoliyati samaradorligini ifodalovchi statistik
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining samaradorligini KBXTning yalpi hududiy mahsulot hajmi, sanoat, aholi bandligi
kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi ulu
shi orqali baholash mumkin.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
254
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) iqtisodiy rivojlanishning
asosiy drayveri hisoblanadi. Bandlik, sanoat ishlab chiqarishi va qurilish sohalarida KBXT
muhim o‘rin tutib, yillar davomida sezilarli o‘sish sur’atlarini namoyon et
di. 2010-2025-yillar
davomidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili sohaga oid kuchli va zaif tomonlarni aniqlashga
yordam beradi. Quyidagi tahlilda kichik biznesning asosiy iqtisodiy tarmoqlarga ta’siri, davlat
tomonidan qo‘llab
-quvvatlash choralari va barqa
ror rivojlanish yo‘nalishlari muhokama
qilinadi.
1-jadval
Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi(%)
Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi
(umumiy hajmga nisbatan % da)
Yillar
YAHM
Sanoat
Qurilish
Bandlik
2015
78,5
32,0
93,9
83,8
2016
83,6
50,4
93,2
84,4
2017
80,2
34,5
93,8
84,2
2018
73,1
21,2
96,9
81,7
2019
69,7
17,7
94,9
82,1
2020
70,1
21,4
93,3
80,8
2021
72,2
27,2
95,2
80,7
2022
67,1
22,4
93,8
80,2
2023
69,1
22,2
94,6
80,7
2024-yil
yanvar-dekabr*
69,5
29,9
92,8
x
Izoh:
*
2024-
yil bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar.
Manba:
www.andvilstat.uz (n.d.) rasmiy sayt ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Andijon viloyatida KBXTning
YAHMdagi ulushini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 2016
-yilda
eng yuqori darajaga yetgan
ya’ni
83,6% ni tashkil etgan, bu kichik biznesning iqtisodiy faol
o‘sganini anglatadi.
2019-yildan boshlab pasayish tendensiyasi kuzatilgan, 2022-yilda 67,1%
ni tashkil etgan.. 2024-yilda kichik biznesning YAHMdagi ulushi 69,5%
bo‘lib, o‘tgan yildagiga
nisbatan biroz ortgan. So‘nggi yillarda kichik biznesning YAHMdagi ulushi pasaymoqda, bu esa
yirik ishlab chiqarish va davlat investitsiyalarining ortib borayotganidan dalolat beradi.
Hudud sanoatida kichik biznes ulushini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 2016
-yilda eng yuqori
ko‘rsatkich
50,4% kuzatilgan.
2019-yilda ulush keskin kamaygan
17,7% bu yirik sanoat
korxonalarining rivojlanishi yoki kichik biznesning sanoatga kiritayotgan investitsiyalarining
pasayishini ko‘rsatadi.
2024-yilda kichik biznesning ulushi 29,9%
natija ko‘rsatgan, sanoatda
kichik biznesning ulushi sezilarli darajada o‘zgaruvchan bo‘lib, so‘nggi yillarda pasayish
kuzatilgan. Bu yirik korxonalarning sanoat
sohasida barqaror bo‘lib borayotganidan darak
berishi mumkin.
Qurilish tarmog’ida kichik biznesning ulushi 2018
-yilda eng yuqori
96,9% kuzatilgan.
2024-yilda ulush 92,8%
ga kamaygan bo‘lsa ham, qurilish sektori kichik biznes uchun eng
barqaror soha bo‘lib qolmoqda, lekin ulushning pasayishi yirik qurilish kompaniyalarining
ahamiyati ortayotganini ko‘rsatadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo‘lganlar ulushi 2016
-yilda eng yuqori
84,4%
ko‘rsatkichni tashkil etgan
.
2022-yilda 80,2% gacha tushgan
,
2024-
yil bo‘yicha bandlik
ma’lumotlari mavjud emas
.
Kichik biznesning bandlikdagi ulushi asta-sekin pasaymoqda, bu
esa korporativ va davlat ish o‘rinlarining ahamiyati ortayotganidan darak beradi.
2024-yilda
kichik biznesning sanoatdagi ulushi ortgani tiklanish belgisidir
,
ammo hali ham 2016-yil
darajasiga yetmagan.YAHMdagi ulushning pasayishi kichik biznesning yirik korxonalar bilan
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
255
raqobatda zaiflashayotganini ko‘rsatishi mumkin. Andijon viloyatida kichik biznesni qo‘llab
-
quvvatlash uchun sanoat va xizmatlar sektorlarida imtiyozli kreditlar, soddalashtirilgan soliq
tizimi va startaplarni rivojlantirish dasturlari zarur.
2-jadval
Andijon viloyatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Andijon viloyatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
2015-2024 -yillar
2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024*
Yalpi hududiy
mahsulot
103,4 100,6 104,1 110,1 105,8 102,2 105,4 108,9 104,9 106,6
Sanoat mahsuloti 89,5
74,8 126,8 130,6 114,7 106,3 98,7 122,8 107,4 107,3
Asosiy kapitalga
investitsiyalar
105,1 102,4 114,3 113,7 129,0 110,6 106,0 116,5 121,2 136,9
Chakana savdo
tovar aylanmasi
113,5 112,6 101,8 106,5 108,6 102,3 106,0 109,7 108,4 108,5
Xizmatlar, jami
119,4 115,8 105,3 107,2 110,9 105,6 118,3 113,0 111,1 113,1
Tashqi savdo
aylanmasi
63,8
70,5 144,8 136,3 116,4 110,4 113,2 135,3 117,9
82,7
Eksport
31,6 128,8 149,8 89,5 139,9 116,9 167,6 127,3 93,4
102,3
Import
75,5
61,6 143,2 151,9 111,8 108,8 98,9 138,8 127,9
76,8
Manba:
www.andvilstat.uz (n.d.) rasmiy sayt ma
’
lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Andijon viloyatining 2015
–
2024 yillardagi makroiqtisodiy ko
‘
rsatkichlarini tahlil
qilinganda quyidagi tendensiyalarni ko
‘
rishimiz mumkin: YHMning o
‘
sish sur
’
ati yillar
kesimida nisbatan o
‘
zgarib borgan. 2015-yildan 2024-yilgacha:
2018-yilda eng yuqori o
‘
sish
110,1% kuzatilgan, bu esa investitsiyalar va ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan bog
’
liq.
2016-yilda o
‘
sish eng past darajada 100,6% bo
‘
lib, bu iqtisodiy sekinlashuv yoki tashqi omillar
bilan izohlanishi mumkin.
2024-yilda dastlabki ma
’
lumotlar asosida 106,6% o
‘
sish kuzatilgan,
bu 2023-yildagi ko
‘
rsatkichdan yuqori.
2017-2018-
yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning sezilarli o‘sishi 126,8% va
130,6% kuzatilgan.
2016-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish keskin pasaygan 74,8% ni
tashkil etgan, 2024-
yilda sanoat ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati
107,3%
bo‘lib, barqaror
o‘sish kuzatilgan.
Asosiy kapitalga investitsiyalar yildan-
yilga o‘sib borgan, ayniqsa 2019
-yilda 129,0%,
2023-yilda 121,2%, 2024-yilda esa 136,9%
bo‘lgan.
Bu viloyatga investitsiya jalb qilish
hajmining ortib borayotganligini ko‘rsatadi.
2018-yilda qurilish ishlari eng yuqori darajaga
yetgan 121,8%.
2019-
yilda pasayish kuzatilgan (99,3%), ammo keyingi yillarda o‘sish
tiklangan.
2024-yilda qurilish sektori 111,0%
o‘sish ko‘rsatgan.2015
-2024-yillarda chakana
savdo barqaror o‘sib kelgan, eng past o‘sish sur’ati 2017
-yilda (101
,8%), eng yuqori o‘sish esa
2015-
yilda (113,5%) bo‘lgan. 2024
-yilda 108,5%
o‘sish kuzatilgan, bu iqtisodiy faollikning
yuqoriligini ko‘rsatadi.
Xizmatlar ko‘rsatish hajmi 2015
-2024-
yillar davomida muntazam o‘sib borgan.
2024-
yilda xizmatlar hajmi 113,1%
o‘sgan, bu sektorning iqtisodiyotdagi ulushi oshib borayotganini
anglatadi.
Tashqi savdo hajmi keskin o‘zgaruvchan bo‘lgan.
2017-2018-yillarda 144,8% va
136,3%
o‘sish kuzatilgan, bu eksport va import hajmining oshganini ko‘rsatadi.
2024-yilda
82,7% ga tushib ketgan. Eksport 2017-yilda 149,8%
gacha ko‘tarilgan, 2019
-yilda 139,9%,
2021-yilda esa eng yuqori daraja 167,6%
ga yetgan. Bu ko‘rsatkichlar Andijon viloyatida
iqtisodiy tarmoqlarda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
256
1-rasm. Andijon viloyatida kichik biznes korxonalarining demografik holati, birlikda
Manba:
www.andvilstat.uz (n.d.) rasmiy sayt ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Bugungi kunda Andijon viloyatida 2025- yanvar holatiga 47358 ta kichik tadbirkorlik
subektlari ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 19967 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 27391
tasi faoliyat ko‘rsatmayapti, jamidan 4122 ta sub’ekt yangi tashkil etilgan. 1
646 ta kichik
sub’ekt faoliyati tugatilgan.
2-rasm. 2024-
yilda hududlar bo‘yicha kichik biznesning sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarishdagi ulushi, %da
Manba:
www.andvilstat.uz (n.d.) rasmiy sayt ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
2015-
yil
2016-
yil
2017-
yil
2018-
yil
2019-
yil
2020-
yil
2021-
yil
2022-
yil
2023-
yil
2024-
yil
2025-
yil
Tugatilgan
544
735
2998 4014
864
1952
791
4836 1281 1621 1646
Yangi tashkil etilgan
1860 1816 2662 2476 3131 6632 7684 7111 5406 4185 4122
Faoliyat ko‘rsat
-mayotgan 1930 1866 1350 1289 1418 3073 4112 3058 3128 20543 27391
Faoliyat ko‘rsata
-yotgan
20872 21982 21713 20342 22560 25807 31683 34999 39038 24381 19967
Ro‘yxatdan o‘tgan
22802 23848 23063 21631 23978 28880 35795 38057 42166 44924 47358
0
20000
40000
60000
80000
100000
120000
2015-2025 yillarda Andijon viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari soni
(dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) (1
-
yanvar holatiga ko‘ra, birlikda).
Ro‘yxatdan o‘tgan
Faoliyat ko‘rsata
-yotgan
Faoliyat ko‘rsat
-mayotgan
Yangi tashkil etilgan
Tugatilgan
27.7 26.3
40
81.5 81.9
70.1 69.3 74.7
100
92.2
66.1
1.9
51.8
91.5
37.6
74.6
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishida kichik biznesning ulushi
2024-yil. (jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi, foizda)
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
257
Hisobot
davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 27 085,4 mlrd so‘mlik sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 29,9 % ni
tashkil etdi. Hududlar kesimida viloyatdagi Andijon tumani sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish 81,5 % kichik tadbirkorlik subyektlari hisobiga tashkil etilgan. Kichik biznesning
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Jalaquduq tumani (74,7 %),
Izboskam tumani (100,0 %), Ulug’nor tumani (92,2 %), Qo‘rg’ontepa tumani (66,1
%) tashkil
etgani holda eng past ulushli hududlar Asaka tumani (1,9 %), Paxtaobod tumani (37,6 %),
Oltinko‘l tumani (40,0 %)ni tashkil etdi. Kichik biznesning sanoat ishlab chiqarish hajmidagi
ulushi past bo‘lgan hududlarda, asosan, yirik sanoat korxonalar
ining ustunligi kuzatiladi.
Masalan, Asaka tumanida ulkan sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritganligi sababli
kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy hajmda kichik ulushga ega bo‘lgan. Shu kabi holat
Paxtaobod va Oltinko‘l tumanlarida ham kuzatilgan. Ya’ni, yirik sanoat korxonalari joylashgan
hududlarda ular umumiy ishlab chiqarish hajmiga sezilarli ta’sir o‘tkazib, kichik biznes ulushini
nisbatan pasaytirgan. Aksincha, yirik sanoat korxonalari kam bo‘lgan hududlarda kichik
tadbirkorlik sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinni egallagan.
3-rasm. Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soniningiqtisodiy faoliyat turlari
bo‘yicha taqsimlanishi
Manba:
www.andvilstat.uz (n.d.) rasmiy sayt ma’lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinadiki, eng ko‘p kichik biznes subyektlari savdo (jami tashkil
etilgan subyektlarning 36.2 %i), sanoatda (16.6%), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (11.7
%) sohalarida tashkil etilgan.
2024- yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
- YaHMning 69,5 %i (2023- yilda 69.1 %) kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab
chiqarilgan.
-
sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 23 085,4 mlrd. so‘mni (jami sanoat ishlab
chiqarishining 25,4 %) tashkil etgan;
-
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar)
hajmi 45 070,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur’ati 103.1 % (qishloq, o‘rmon va baliqchilik
xo‘jaligi yalpi mahsulotining 96.9 %, Respuplika yalpi mahsuloti
ning 4.7% ini ) tashkil qilgan;
-
13 131,2 mlrd. so‘mlik investitsiyalar (viloyat boʻyicha umumiy investitsiyalar hajmining
34,1 %i) o‘zlashtirildi va 2023
-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 103.1 %ni tashkil
qilgan;
-
12 152,1 mlrd. so‘mlik qurilish
-pudrat ishlari bajarildi va 2023-yilning yanvar-dekabr
oylariga nisbatan 11%ga oshgan;
-
xizmatlar umumiy hajmining 75.3 %i yoki 31 519,9 mlrd. so‘mi (106,9%)
kichik biznes subyektlari hissasiga toʻgʻri keldi;
36%
17%
12%
8%
5%
4%
3%
2%
13%
Savdo
Sanoat
Qishloq xoʻjaligi
Yashash va ovqatlanish
Qurilish
Axborot va aloqa
Tashish va saqlash
Sogʻliqni saqlash, ijtimoiy
xizmatlar
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, mart
www.sci-p.uz
258
Xulosa va takliflar.
Andijon viloyatida kichik biznesning iqtisodiy-
statistik tahlili bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar natijasida sohaga tegishli statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va
ma’lumotlar bazasini yaratish quyidagi yo‘nalishlarning rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi
aniqlangan: viloyatning yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi tadqiq etilgan yillarda barqaror
o‘sib kelgan, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, asosiy kapitalga investitsiyalar va xizmatlar
sohasida ham o‘sish tendensiyasi kuzatilgan.
Bu esa hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish
uchun kichik biznes subyektlariga qulay sharoitlar yaratish zaruratini asoslaydi.
Eksport hajmining ortishiga nisbatan import hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishi Andijon
viloyatida mahalliylashtirish dasturlarini keng miqyosda amalga oshirish va kichik biznesning
ulushini oshirish imkoniyatlarini qayta baholashni talab etadi. Shuningdek, makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, investitsiyalar 2024
-
yilda sezilarli darajada o‘sgan (136.9%),
bu esa hududda biznes muhitining yaxshilanayotganidan dalolat beradi.
Andijon viloyatida 2024-
yilda ro‘yxatga olingan korxonalar sonining ortishi bilan birga,
nofaol va tugatilgan korxonalar sonining ham o‘sishi kichik biznesga ajratilayotgan maqsadli
imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish zarurligini anglatadi. Bunda, kichik biznes
korxonalarining faoliyat yuritishi, ularning to‘xtalish sabablari va biznesning barqarorligini
ta’minlash omillarini tahlil qilish orqali sohaga oid strategik qarorlar qabul qilish imkoniyati
yuzaga keladi. Moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, raqamli transformatsiyani
rag’batlantirish va bizneslarni barqaror yuritish bo‘yicha siyosatni takomillashtirish orqali
Andijon viloyati o‘zining iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlashi mumkin.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Aysachev A, Xonboboyeva M. (2024).
Qishloq xo’jaligi maxsulotlari raqobatbardoshligini
oshirishda iqtisodiy samaradorlikka erishishning ba’zi masalalari.
International Conference on
Modern
Science
and
Scientific
Studies,
72-77. https://econfseries.com/index.php/
Bayxonov B.T. (2019), “O‘zbekiston iqtisodiyotida investisiyalarni tarmoqlararo
taqsimlashning ekonometrik modellashtirish uslubiyatini
takomillashtirish”. Iqtisodiyot fanlari
doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati, Toshkent
–
76 b.
G’oyibnazarov B.K. va boshqalar (2011), Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik –
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili, Monografiya.
–
T.: Fan,
–
184 b.
Kholmirzaev F, (2023), Creation Of Production Strategy In Industrial Enterprises, Academia
Science Repository, P 852-854.
Kholmirzaev F, (2025), Ways to Maximize Profit in Textile Industry Enterprises, Polska
Miasto Przyszłości
56;P 159-161
Vales W.J. (2013), Empirical research on entrepreneurial orientation: An assessment and
suggestions for future research / W.J. Wales, V.K. Gupta, F.T. Mousa // International Small
Business Journal.
№31(4). –
P. 357-383.
www.andvilstat.uz (n.d.)
rasmiy sayt ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Айсачев А
.
А
.
(2024). Экономико
-
статистический анализ региональных тенденций
развития сельского хозяйства в разрезе территории региона. Web of Discoveries: Журнал
анализа и изобретений, 2 (6), 119–127. Получено с
https://webofjournals.com/index.php
/3/article/view/1618
Айсачев А
.
А
.
(2024).
Ахоли миграцияси: статистика ва унинг идтимой иктисодий
тасири. Международная конференция по экономике, финансам, банковскому делу и
менеджменту, 124
-130. https://econfseries.com/index.php/6/article/view/139
Айсачев, А. (2021). Статистический анализ экономического развития сельского
хозяйства на региональном уровне.
Экономика и инновационные технологии, (4), 197–
208.
https://inlibrary.uz/index.php/economics_and_innovative/article/view/11938
Маршалл А., (2010), Принципы политической экономии, М.: Прогресс; С.415
-416.
Шумпетер Й. (2010), Теория экономической развития, М.: Прогресс; С. 159
.
