Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
5
HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQ
BOLLARINI HISOBLASHDA
GAT TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
Axmediyeva Aliya Toxtarovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, i.f.d., dotsenti
Fazliddinova Zulxumor Akramjon qizi
TDIU huzuridagi ilmiy tadqiqot markazi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilishda raqamli
texnologiyalardan foydalanishning
nazariya va amaliy jihatlari o’rganilgan. Namangan viloyatini
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari va dinamikasining o‘zgarish tendensiyalar
ini GAT
texnologiyalaridan foydalanilgan holda tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
raqamli
texnologiyalar, geografik axborot tizimlari, diversifikatsiya, tabiiy-geografik,
ekspert baholash metodlari,
grafikli va mavzuli ma’lumotlar.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ГИС ТЕХНОЛОГИЙ В РАСЧЕТЕ
ПЕРСПЕКТИВ
СОЦИАЛЬНО
-
ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ РЕГИОНОВ
Ахмедиева
Алия Тохтаровна
Ташкентский государственный экономический
университет, д.э.н.,
доцент
Фазлиддинова Зулхумор Акрамовна
Научно
-
исследовательский центр при ТГЭУЭ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются теоретические и практические аспекты
использования цифровых технологий в анализе социально
-
экономического развития регионов. С
использованием ГИС
-
технологий проанализированы тенденции изменения показателей
социально
-
экономического развития и динамики Наманганской области.
Ключевые слова:
цифровые технологии, геоинформационные системы, диверсификация,
естественно
-
географические, методы экспертной оценки, графическая и тематическая
информация.
USING THE OPPORTUNITIES OF GIS TECHNOLOGIES IN CALCULATING THE
PROSPECTS OF SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE REGIONS
Akhmedieva Aliya Tohtarovna
DSc, Associate Professor:
Tashkent State University of Economics,
Fazliddinova Zulkhumor Akramovna
Research Center at TSUE
Annotation.
This article examines the theoretical and practical aspects of using digital technologies
in the analysis of socio-economic development of regions. The indicators of socio-economic development of
Namangan region and the dynamics of change trends were analyzed using GIS technologies.
Keywords:
digital technologies, geoinformation systems, diversification, natural geographic, peer
review methods, graphic and thematic information.
III SON - IYUL, 2023
5-12
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
6
Kirish.
O‘zbekiston rivojlanishini uzluksiz amalga oshirish ijtimoiy hamda iqtisodiy islohotlar tufayli
hududlar qiyofasi tubdan o‘zgardi, ularda bozor munosabatlari hamda yangi xo‘jalik yuritish
tamoyillariga mos bo‘lgan o‘ziga xos hududiy muhit shakllandi. Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida: “Davlat boshqaruv
idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish talab qilinadi. Boshqaruv idoralarining hududiy masalalari
hal qilishdagi ma’suliyat va javobgarligi kuchaytiriladi” (
Murojaatnoma, 2020)
deb vazifa qo‘yilgan. Bu
vazifalardan biri davlat boshqaruv organnlari, xususan kadastr sohasida, qishloq xo‘jalik sohasida GAT
texnologiyalardan samarali foydalani
sh, ularni amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha chora
-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Hozirgi kunda axborot tizimining ushbu bo‘limi jadal sur’atlar bilan o‘sib borishi
natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qo
‘llanilib
kelinmoqda. GATning qo‘llanilishi sohalari keng bo‘lib, u turli holatlarda, jumladan sog‘liqni saqlashda
yangi klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida,
yuk tashish bilan shug‘ullanadigan korxonalar uchun yo‘l marshrutlari va jadvallarini tuzish hamda
aniqlashda, avtomobil yo‘llarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yo‘llarni loyihalashda eng
maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni to‘g‘ri va oqilona hisob
lashda,
fermerlar uchun yangi yerlarni to‘g‘ri va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni
o‘zlashtirishda, yerlarning holatini aniqlash va ular to‘g‘risida yetarli ma’lumot olishda juda qo‘l keladi.
Bunday vazifalarni samarali hal etish, hududlarda mehnat resurslari shakllanadigan makon
sifatida, hudud ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Shu bois hududlar faoliyat yuritishi
hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlantirishdagi roli bugungi kunda olim va
mutaxasisslarni h
amda davlat boshqaruv tuzilmalari rahbarlarining e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq inobatga oluvchi ilmiy uslubiy yondashuvning
yetishmasligi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun aniq mukammal yaratilgan loyihalar va
texnologiyalarni mavjud emasligi, ular salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish
imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Shularni hisobga olganda mamlakatimiz hududlarini, jumladan, Namangan viloyatini rivojlanish
tendensiyalarini o‘r
ganish, tahlil etish, ishlab chiqarish salohiyatini baholash va natijada ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini asoslash respublikamizni yanada rivojlantirishda asosiy
qadamlardan biri bo‘ladi.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yurtimizda ko‘p tarmoqli sohalarga
alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Shu jumladan qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalar, ta’lim,
kadastr, qurilish, sanoat sohasigadir. Qishloq xoʻjaligi
aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetqazib
beruvchi asosiy manbaa va moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlardandir. Ayni vaqtda u keng
iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom
-ashyo yetkazib
beradi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qil
gan holda qishloq xoʻjaligi juda
katta maydonlarda va hududiy xilma-xil sharoitlarda olib boriladi. Aholining turmush darajasi, bilim
darajasi barchasi davlatni rivojanishida asosiy omillardan biridir. Kundan kunga rivojlanib, o‘zgarib
borayotgan davrda ma
mlakatimizni jahon mamlakatlari qatorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun, GAT, IT
texnologiyalarini rivojlantirish juda muhimdir. Buning uchun esa aholining savodxonligini oshirish,
sifatli ta’lim, malakali kadrlar tayyorlash asosiy masaladir. Bu kabi ko‘rs
atkichlar ijtimoiy- iqtisodiy
rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
Adabiyotlar sharhi.
Oʼzbekiston va xorijiy mamlakatlarda mintaqalarning rivojlanishini davlat tomonidan tartibga
solish mexanizmlaridan foydalanishni nisbiy baholash Sodiqovning (2005) ilmiy ishlarida keng
yoritilgan. Ibadullayev
(2022) fikricha “hududning investitsiya salohiyati
- investitsiya omilini barcha
manbalari hisobidan jalb etishga qaratilgan hududning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va tabiiy imkoniyatlari
yigʼindisi va ularni qoʼllash darjasi hisoblanadi”.
Raximova (2021)
“mintaqa tabiiy
-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy- texnik, siyosiy jabhalari
bir-
biriga yaqin hamda yagona boshqaruv va logistika tizimiga ega hududlar majmuasi sifatida ko’rishni
taklif etadi”.
Hududlarni
rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda GAT texnologiyalarini rivojlantirish
bo‘yicha oxirgi bir necha o‘n yillardan buyon insoniyat axborot suronini boshidan kechirmoqda. U
yildan-
yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab sohalariga kirib bormoqd
a. Bugungi kunda
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
7
kartograflar ko‘plab manbalardan olinadigan axborotlardan foydalanish mobaynida topografik, turli
mavzuli geografik kartalar va atlaslarni tuzish, aero- va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada
o‘lchash natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha boy
tajribaga egalar. Ma’lumotlarning ko‘plab turlarini vaqt o‘tishi bilan tez
-
tez o‘zgarib turishi, oddiy usulda
tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib yubormoqda. Bugungi k
unda tezkor
axborotlarni qabul qilish, ularning dolzarbligini ko‘rsatish faqatgina avtomatlashtirilgan tizim
kafolatlashi mumkin. Shu o‘rinda zamonaviy GAT –
bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar
bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish bajarish
imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli va hisobli funksiyalar
bilan birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli xulosalar chiqarish va
monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi.
Geografiya fanlari nomzodi, dotsent Ibraimova (2020) mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy
ko’rsatkichlarni tahlil qilishda GAT texnologiyalari orqali amalga oshirish tahlilning samarali va aniq
bo‘lishida yordam berishi haqida ilmiy izlanishlarida ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari ge
ografiyada
sonli metodlarni o’rganish AQSH, Kanada, Angliya, Shvetsiyada kuchli e’tibor qaratilgan.
Sotsial-
iqtisodiy kartografiya iqtisodiy va ijtimoiy soahalar bilan uyg’un aloqalarga ega. Saushkin,
Baranskiy (1987) bu aloqalarni asosiy yo’nalishlarini v
a, birinchi navbatda metodologik jihatlarini
ko’rsatib o’tgan.
Ilmiy-geografik tahlilning ahamiyati sotsial-iqtisodiy kartografiyaga matematik usullar va
avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi bilan ham oshib bormoqda-
masalaning qo’yilishini
geografik asoslash va olinadigan natijalarni nazorat qilish uchun. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada
sotsial-
iqtisodiy kartografiya tadqiqot usuli hamda axborotni to’plash va taqdim qilish vositasi sifatida
chiqadi (Tikunov va boshq. 2005).
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy tahlil qilish va tanlanma kuzatishning umumilmiy
metodlarini o‘z ichiga oluvchi tizimli yondashuv tashkil etadi. Amaliy tadqiqotlar emperik baholashlar
esa iqtisodiy-matematik metodlarga asoslangan. Hududiy iqtisodiy tizimda amalga oshirilayotgan
tarkibiy o‘zgarishlar va hududiy boshqarish sifatini baholashda boshqaruvning funksional tahlili va
ekspert baholash metodlari qo‘llanildi. GAT texnologiyasida kartogramma, kartodiagramma, sifatli fon,
miqdorli fon metodlaridan foydalanilgan.
Yuqoridagi fikrlar va mulohazalarni hisobga olgan holda, taqqoslash usulini qoʼllangan orqali
ushbu tadqiqot Oʼzbekiston turistik salohiyati oʼrganadi va ilgʼor xorij tajribasi bilan taqqoslangan holda
tahlil (muhokama) qilinadi. Bir qator taqqoslashlar asosida munozaralar va xulosalar chiqarilib,
rekratsion hududlar nazoratini samarali tashkil qilish boʼyicha takliflar beriladi. Shuningdek, geografik
axborot tizimi dasturlari yordamida ham mintaqalar o’rtasida taqqoslash, bahola
sh, matematik hisob
kitoblar olib boriladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Namangan viloyati qulay geografik mavqeiga (Asaka avtomobil zavodiga yaqinligi, ekin
yetishtirish uchun shart-
sharoit, magistral yo‘lning mavjudligi), shakllangan ishlab chiqarish bazasiga
(respublika va viloyat ahamiyatiga ega yirik korxonalarning mavjudligi, erkin iqtisodiy va kichik sanoat
korxonalarining mavjudligi), kelajakda ishlab chiqarishning yangi turlarini rivojlantirish hisobiga
sanoat rayoniga aylanadi. Sanoatdagi tarkibiy oʻzgarishlar malakali ish oʻrinlarini yaratish bilan oʻrta va
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish asosan ishlab
chiqarish va qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi, ular moddiy va energiy
a
sig‘imining pastligi, eksportga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. O‘rta muddatli istiqbolda qator
investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali Namangan viloyati hududi iqtisodiyoti ehtiyojlarini
qondirish uchun o‘zining energetika infratuzilma
sini shakllantiradi. Bundan tashqari, muqobil
energiyadan foydalanish masalalari ishlab chiqiladi, buning natijasida chekka tog‘ oldi hududlarida
energiya resurslari mavjud bo‘ladi. Qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish jadal o‘sishi bilan
Namangan v
iloyati o‘rta muddatli istiqbolda tayyor to‘qimachilik va farmatsevtika mahsulotlarini
eksport qiluvchi yetakchi davlatga aylanadi. Yangi avtomobilsozlik sanoatini yaratish bilan yangi tashqi
bozorlar o‘zlashtiriladi. Biroq, mintaqaning o‘ziga xos xususiya
ti turizm, transport (tranzit) xizmatlari
va boshqalar kabi xizmatlarning eksportga yo‘naltirilganligi bo‘ladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
8
1-jadval
Tabiiy salohiyat va yer-suv resurslaridan foydalanish holati
1
Kuchli tomonlari (S)
Kamchiliklari (W)
Viloyat hududida neft, oltin, yod, shpati, tabiiy
qoplamali toshlar (granit, gabbro, travertin,
ohaktosh), ohak, qum va shag
‘
al materiallar
ishlab chiqarish uchun ohaktosh va g
‘
isht-kafel
xomashyosi konlari mavjud.
Uglevodorod konlarida qidiruv ishlariga xorijiy
investitsiyalar
hajmini
oshirish.
Qishloq
xo‘jaligini
barqaror
rivojlantirish
uchun
agroiqlim sharoitlarining mavjudligi. Tabiiy yem-
xashak resurslari va chorvachilikni rivojlantirish
uchun yaylov davrining davomiyligi (yaylov davri
180 kun davom etadi).
N
oruda foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun litsenziya
olishda byurokratik to‘siqlar. Mahalliy hokimiyat organlari
mintaqada mavjud bo‘lgan metall bo‘lmagan konlarni o‘z
xohishiga ko‘ra mustaqil ravishda tasarruf etish huquqiga
ega emas. Kichik biznes s
ubyektlarini konlarni o‘zlashtirish
uchun sarmoya kiritishda muammolar mavjud. Suv
resurslari va suv obyektlarining (daryolar, irmoqlar, ko‘llar,
soylar va boshqalar) ekologik tozaligini ta'minlash
muammolari mavjud. Suv resurslarini hisobga olish va
manba
lar va havzaviy sug‘orish tizimlari bo‘yicha suv olish
limitlarini
shakllantirishning
amaldagi
mexanizmi
zamonaviy talablarga javob bermaydi. Suv resurslaridan
foydalanishni iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari
amaliyotga
sust
joriy
etilmoqda.
Suv
xo‘ja
ligi
infratuzilmasini modernizatsiya qilishning moliyaviy
muammolari, xususan, mablag‘ yetishmasligi.
Imkoniyatlar (O)
Tahdidlar (T)
Yerlarning meliorativ holati va unumdorligini
yanada yaxshilash imkoniyatlari mavjud."100" va
"75" markali qurilish g
‘
ishtlarini ishlab
chiqarishni tashkil etish.
O
ʻ
zlashtirilmagan konlar negizida neft qazib
olish, yod, shpati, mineral tolalar, qoplama
toshlar (gabbro-diabaz), qum va shag
ʻ
al
materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish
mumkin.
Qishloq xo‘
jaligi ishlab chiqarishining tabiiy omillarga
bog‘liqligi ortishi. Ularning tanazzulga uchrashi va
meliorativ
holatining
yomonlashishi
natijasida
hosildorlikning pasayishi. Qurilish materiallari bilan
ta'minlashda mintaqaning qo‘shni viloyatlarga bog‘liqli
gi
va ularni tashish uchun yuqori transport xarajatlari.
Avtotransport vositalari sonining ko‘payishi munosabati
bilan avtomobil transportida ifloslantiruvchi moddalar
chiqindilarining ko‘payishi kuzatilmoqda.
Biroq, mintaqaning o‘ziga xos
xususiyati turizm, transport (tranzit) xizmatlari va boshqalar kabi
xizmatlarning eksportga yo‘naltirilganligi bo‘ladi.
Iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, aholi bandligi,
daromadlari va turmush sifatini oshirish, shu
ningdek, xizmat ko‘rsatish sohasini diversifikatsiya
qilishning muhim omili va yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal
rivojlantirish ta’minlanadi. Zamonaviy yuqori texnologiyali xizmatlar turlarini rivojlantirish va uning
viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi (YaHM) ulushini oshirish.
Qishloq xoʻjaligi YaHMning qariyb 50% ini taʼminlaydi, unda viloyatning mehnatga layoqatli
aholisining 45% gacha bandligi taʼminlanadi. Kelajakda qishloq xo‘jaligi sohasi viloyat iqtisodiyotida
yetakchi o‘rinni saqlab qoladi, asosiy ekinlar paxta, boshoqli don va meva
-
sabzavotchilik bo‘ladi.
Rentabellik nuqtai nazaridan meva-sabzavot yetishtirishning innovatsion usullari (gidroponika,
aeroponika) va issiqxonalarni rivojlantirish jozibador bo‘lad
i. Seleksiya-naslchilik ishlari tizimini
takomillashtirish va yem-xashak ekishni rivojlantirish chorvachilikni yanada rivojlantirishni
ta’minlaydi.
Oʻrta muddatli istiqbolda yerdan intensiv foydalanish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish
hisobig
a qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirishga, bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda
tarmoqni tarkibiy takomillashtirishga, zamonaviy texnologiyalar va texnologiyalarni qoʻllash orqali
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Klasterlashni rivojlantirish, aqllilikka erishish uchun tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish
qishloq xo‘jaligini rivojlanishini oshiradi.
1
Manba: muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
9
2-jadval
Namangan viloyatida tarkibiy o‘zgarishlar
samaradorligini
oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
2
Hududlar
Ustuvor yo‘nalishlar
Namangan sh.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida iste’mol mollari ishlab chiqarishning ulushini orttirish
va xizmat ko‘rsatish sohalarida ko‘p tarmoqli smart xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish.
Chust
Oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xususan, sutni qayta ishlash, xizmatlar tarmog‘ida
ta’lim xizmatlari hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning, ziyorat turizmi
sohasida xalqaro turizmning ulushini orttirish va buning asosida chakana savdo faoliyatini
jadal rivojlantirish.
Yangiqo‘rg‘on
Yengil sanoat sohasida junni qayta ishlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi
tarmog‘ida dehqonchilik faoliyati, jumladan, tog‘ oldi bog‘dorchiligining samaradorligini
oshirish, chakana savdo hamda investitsiya va qurilish faoliyatini rivojlantirish.
To‘raqo‘rg‘on
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, jumladan, issiqxona xo‘jaligi faoliyatini jadal
rivojlantiri
sh, chakana savdo aylanmasini ko‘paytirish, investitsiyalarni qayta ishlash sanoati
tarmog‘iga, xususan, paxtani qayta ishlash darajasini oshirishga yo‘naltirish.
Uchqo‘rg‘on
Qishloq xo‘jaligini poliz ekinlari etishtirishga
ixtisoslashtirish, investitsiyalarni engil sanoat
tarmoqlariga yo‘naltirish va mahsulot eksporti hajmini oshirish.
Uychi
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi korxonalarini texnologik yangilash, paxtani
qayta ishlash darajasini yanada oshirish,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni
jadallashtirish.
Chortoq
Qishloq xo‘jaligida bog‘dorchilik sohasi ulushini orttirish, iste’mol mollari ishlab chiqarish,
xususan, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ichimliklar ishlab chiqarishni jadal
rivojlantirish, rekreatsion va tog‘ turizmini rivojlantirish.
Mingbuloq
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va chakana savdoni jadal rivojlantirish,
paxtani qayta ishlash darajasini yanada oshirish asosida engil sanoat tarmog‘ining ulushini
ko‘paytirish, chakana savdo aylanmasini orttirish.
Pop
Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo, engil sanoat, xususan,
paxtani qayta ishlash darajasini oshirish, xizmatlar sohasida transport xizmatlari
faoliyatining ulushini orttirish.
Norin
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida
baliqchilik faoliyatining ulushini orttirish, chakana savdo, investitsiya va qurilish faoliyatini
jadallashtirish.
Kosonsoy
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida bog‘dorchilik faoliyatining ulushini
orttirish, tuman hududida aqlli qishloq xo‘jaligi va innovatsion agroklaster faoliyatini tashkil
etish va uning negizida qishloq turizmi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, natijada xizmat ko‘rsatish
sohasi tarkibida tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlarining ulushini orttirish.
Namangan t.
Tumanni poliz ekinlari va sabzavotlar etishtirishga ixtisoslashtirish, ishlab chiqaradigan
sanoatda terini qayta ishlash, go‘sht, meva
-sabzavotlarni qayta ishlash va ichimliklar ishlab
chiqarish sohalariga investitsiyalarni jalb etish va tumanning eksport salohiyatini oshirish,
xizmatlar tarmog‘ida savdo, yashash va ovqatlanish sohasi ulushini orttirish hamda
gastronomik turizm faoliyati
ni yo‘lga qo‘yish.
Namangan viloyatining shahar va qishloqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish, ishlab chiqarish klasterlari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil etish,
mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar
ning investitsiya faolligini rag‘batlantirish bo‘yicha o‘rta
muddatli istiqbolda ko‘rilayotgan chora
-
tadbirlar yuqori rentabelli ish o‘rinlarini yaratish va aholi
farovonligini oshirish. Ushbu hodisaning multiplikativ ta'siri ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari sonining
ko‘payishida, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj odamlar sonining bosqichma
-bosqich kamayishida namoyon
bo‘ladi. Shu bilan birga, yordamning manzilliligi kuchaytiriladi va ijtimoiy xizmatlar hajmi ortadi.
Oʻrta muddatli istiqbolda Namangan
viloyatining investitsiya faoliyatini rivojlantirishdan
samarali foydalanish bilan bogʻliq boʻladi, hududning maʼmuriy
-hududiy birliklarining salohiyati va
investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ularning
r
aqobatbardosh oʻrinlarini tenglashtirish uchun shart
-sharoit yaratish. Shu bilan birga, belgilangan
vazifalarni bajarish va xorijiy investitsiyalarni yanada faol jalb etish maqsadida aholi va korxonalarni
2
Manba: Muallif ishlanmasi
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
10
investitsiya faoliyatiga jalb etishni rag‘batlantir
ish siyosatini ishlab chiqish bilan birga viloyatning
investitsiya faolligi ham oshadi. Ushbu maqsadga erishish uchun viloyatda tarkibiy o‘zgarishlarni
yanada amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, eksportni
kengayti
rish va mahsulotlar import o‘rnini bosish bo‘yicha strategik vazifalar amalga oshiriladi. Oʻrta
muddatli istiqbolda (2030-yilgacha) avval yaratilgan ishlab chiqarish bazasini modernizatsiya qilish va
kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish
asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mahalliy salohiyatdan samarali foydalanish, ishlab
chiqarishni qayta ishlash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. tadbirkorlik
va
investitsiya faolligini oshirish uchun qulay sharoitlar va ishbilarmonlik muhitini yaratish.
Investitsion faoliyatda:
- chekka hududlarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish. Buni viloyatning ko‘plab
tumanlarida sarmoya jalb etishda orqada qolayotgani
bilan oqlanadi. Buning sababi
–
hududiy dasturlar doirasida investitsiya loyihalarini amalga
oshirishning mavjud salohiyatli imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi, bu esa
kelajakda res
urs salohiyatidan oqilona foydalanishga to‘sqinlik qilishi, qishloqda sanoat rivojlanishini
cheklashi mumkin;
-
mavjud salohiyatdan kelib chiqib, mineral va qishloq xo‘jaligi xom ashyosini kompleks qayta
ishlashni rivojlantirish bo‘yicha hududiy investitsi
ya loyihalarini amalga oshirish uchun ichki
investitsiya manbalarini jalb qilishni jadallashtirish. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
tijorat banklarining ishbilarmonlik faolligi, moliyaviy barqarorligi oshadi, bu esa respublikaning ko‘pl
ab
hududlarida bank kreditlari va boshqa kreditlar salmog‘ining oshishini ta’minlaydi;
- hududlarda iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni rivojlantirishni faollashtirish. Milliy
iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha qa
tor loyihalarni amalga oshirish
natijasida mamlakatimizning ko‘plab hududlarida ishlab chiqarish sohasiga investisiyalar oqimining
ijobiy tendentsiyasi kuzatilmoqda;
- transport va kommunikatsiyalar sohalariga investitsiya resurslarini faol jalb etishni ta
’minlash.
Sanoat sohasida. Viloyat sanoatini rivojlantirishning asosiy strategik vazifalari sifatida tabiiy
resurs salohiyatidan samarali foydalanish barobarida Namangan viloyatining har tomonlama
rivojlanishiga turtki bo‘ladigan yangi o‘sish nuqtalarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Oʻrta muddatli
istiqbolda hududning sanoat salohiyatini oshirish vazifalari quyidagilardan iborat:
-
ichki va tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan mashinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat
tarmoqlarining talab qil
inadigan mahsulotlar, o‘rta va yuqori texnologiyali mahsulotlarini ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish, shu jumladan mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish va
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
- ishlab chiqarish quvvatlarini oshiris
h va qo‘shimcha qiymat ulushi yuqori bo‘lgan iste’mol
tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish va import o‘rnini bosishni
ta’minlash;
-
modernizatsiya qilish, shu jumladan resurslarni tejashni rag‘batlantirish va sama
rasiz
korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish chora
-tadbirlari hisobiga raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarish
ob'ektlari sonini ko‘paytirish;
- zarur muhandislik-
ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlangan ixtisoslashtirilgan hududlarda
(bo‘sh turgan xonalar va k
am yuklamali ishlab chiqarishlarda) yangi texnologiyalarni rivojlantirish,
texnoparklar va kichik sanoat zonalarini shakllantirish uchun mablag‘larni jamlash;
- istiqbolli tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligida:
- tabiiy muhitning bioxilma-xilligini saqlash va tuproq sifatini oshirishni hisobga olgan holda
zamonaviy texnologiyalar va fan yutuqlarini qo‘llash orqali barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligini oshirish;
- samarali va raqobatbardosh agro
sanoat ishlab chiqarishini shakllantirish, xo‘jalik faoliyatining
innovatsion shakllarini yaratish orqali ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini
ko‘paytirishni ta’minlash;
- meva-sabzavot sanoatida yuqori sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni
eksport qilish barqarorligini ta'minlaydigan, uning ishtirokchilarining moliyaviy imkoniyatlarini
kengaytiradigan, shuningdek, ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshiradigan qo‘shilish
zanjirlarini yaratish uchun qishlo
q xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish. ;
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
11
-
texnologik darajani ko‘tarish imkonini beruvchi va ortda qolishni sezilarli darajada
kamaytirishga xizmat qiluvchi yangi texnologiyalar tizimini qo‘llash orqali mahsulot tannarxini
kamaytirishga qaratilgan i
nnovatsiyalardan foydalanishga asoslangan qishloq xo‘jaligida yangi
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun asos tayyorlash. iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlar (klasterlashtirish, oliy ta'lim mehnatga layoqatli aholi darajasi, yirik kolxozlarning
mavjudligi, global iqlim o‘zgarishi);
-
strategik vazifalarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish: qishloqda ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsiyalarni
rivojlantirish, agrobiznesning istiqbolli turlarini kengaytirish va barqaror rivojlanishga erishish;
-
aholining kam ta’minlangan qatlamlarini oziq
-
ovqat mahsulotlari (go‘sht, sut) bilan
ta’minlashga erishish maqsadida xarajatlarni kamaytirish choralarini ko‘rish.
Xi
zmat ko‘rsatish sohasida:
-
transport xizmatlarini rivojlantirish va kengaytirish, viloyat hududidan o‘tuvchi avtomobil va
temir yo‘l salohiyatidan oqilona foydalanish;
- turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish, hududning rekreatsion salohiyatidan oqilona
foydalanish va shu asosda turistik xizmatlar turlarini kengaytirish.
Ishlab chiqarish infratuzilmasida:
- ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish, avval yaratilgan energetika bazasini
modernizatsiya qilish va kengaytirish hisobiga hududning o‘z
energetika infratuzilmasini shakllantirish;
mintaqada energiya resurslaridan muvozanatli foydalanishni shakllantirish.
1-
rasm. O‘zbekiston Respublikasining energetika obyektlari xaritasi
3
Eksport salohiyatini oshirishda:
-
eksportga yo‘
naltirilgan ishlab chiqarish bazasini kengaytirish, ishlab chiqarishni
joylashtirishning samarali shakllarini (erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari) tashkil etish orqali
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- bozorlarni ochish va erkin savdo shartnomalari orqali mahalliy notovar tovarlarni tashqi
bozorlarga chiqarishni faol qo‘llab
-quvvatlash;
3
Manba: muallaif tomonidan statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2023-yil, iyul
www.e-itt.uz
12
-
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportini tartibga solishni soddalashtirish hamda o‘rta va
yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eksport qiluvchi korxonalarni davlat
tomonidan qo‘llab
-
quvvatlashni rivojlantirish, bu esa, o‘z navbatida, mahalliy eksportyorlar uchun
raqobatbardosh biznes sharoitlarini shakllantirishni ta’minlaydi.
Iqtisodiyot
va ijtimoiy infratuzilmani energiya bilan ta’minlash hududlarni barqaror ijtimoiy
-
iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omili hisoblanadi. Shu munosabat bilan keyingi 5-yilda
iqtisodiyotda, xususan, sanoatda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlash, yangi zamonaviy energiya vositalarini joriy etish hisobiga ishlab chiqarishning energiya
sig‘imini kamaytirish ustuvor yo‘nalish bo‘ldi. Ijtimoiy sohada aholi va mahalliy tadbirkorlar tomonidan
elektr energiyasi va gaz isteʼmoli
ni hisobga olish tizimini takomillashtirish hamda aholi punktlaridagi
quvvat transformatorlarini rekonstruksiya qilish va almashtirish, yangilarini ishga tushirish va mavjud
elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ijtimoiy sohada amalga oshirildi.
Namangan viloyatining energetika infratuzilmasi O‘zbekiston yagona energetika tizimidan elektr
energiyasini yetkazib berish hisobiga shakllantiriladi.
Bundan tashqari, aholi punktlari va tadbirkorlarni energiya ta’minoti obyektlari b
ilan
ta’minlashni yaxshilash masalalarini hal etish zarur. Viloyatda 18 km ga yaqin elektr tarmoqlari mavjud
bo‘lsa, 5,6 ming transformator punkti va 175 dona. nimstansiyalar, uskunalarning qariyb 35
-58%
eskirganligi qayd etilgan (elektr uzatish liniyalarining 35,9%, transformator punktlarining 50% dan
ortig‘i va podstansiyalar 25
-30-
yildan ortiq vaqt davomida ishlamoqda). Xaritadan ko‘rishimiz
mumkinki, boshqa viloyatlarga qaraganda Namangan viloyati ko‘rsatkichi juda past natijaga egadir.
Hududda elektr energiyasi ishlab chiqarish deyarli shakllanmagan, elektr energiya asosiy liniyalari
Farg‘ona viloyati hududidan o‘tgan. Tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, viloyatda energiya ta’minotini
yaxshilash, hududning o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlay olish imko
niyatini rivojlantirish zarurdir.
Xulosa va takliflar.
Tahlilning natijasida ko‘zlangan asosiy maqsadiga erishish quyidagi kichik maqsadlarni amalga
oshirishni qamrab oladi:
1. Hududning raqobatbardosh afzalliklaridan samarali foydalanish va zamonaviy yuqori
texnologiyalarni joriy etish orqali sanoat ishlab chiqarishining barqaror o‘sishi va diversifikatsiyasini
ta’minlash;
2. Mavjud tabiiy resurslardan ularning yaxlitligini saqlashni hisobga olgan holda maksimal foyda
olish uchun xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini
ta’minlash;
3. Xizmat ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatishning an’anaviy hamda zamonaviy turlarini yaratishni
diversifikatsiya qilish orqali xizmat ko‘rsatish sohasining mavjud salohiyati va qi
yosiy afzalliklaridan
oqilona foydalanish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va aniq takliflar ishlab chiqish.
Adabiyotlar/
Литература
/Reference:
Ibraimova A.A. (2020) Sotsial-
iqtisodiy kartografiya:o‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Tafakkur
tomchilari. -306 b.
Murojaatnoma (2020) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va
xalqimizga Murojaatnomasi. 29.01.2020. Elektron manba:https://president.uz/uz/lists/view/4057
Ибадуллаев
Д
.
И
. (2022)
Ҳудудий
иқтисодиётни
ривожлантиришда
инвестиция
салоҳиятидан
самарали
фойдаланиш
(
Хоразм
вилояти
мисолида
).
Ургенч
.
Иқтисодиёт
фанлари
бўйича
фалсафа
доктори
(PhD)
диссертацияси
автореферати
,
б
. 9.
Рахимова
М
.
Р
. (2021)
Минтақа
рақобатбардошлигини
оширишда
экологик
-
иқтисодий
механизмларни
такомиллаштириш
;
Иқтисодиёт
фанлари
бўйича
фалсафа
доктори
(PhD)
диссертацияси
автореферати
,
б
11.
Садыков А.М. (2005) Основы регионального развития: теория, методология, практика. –
Ташкент: –
223 с.
Саушкин Ю.Г., Баранский Н.Н. (1987). Экономическая и социальная география в СССР. История
и современное развитие. 2
-
е изд. М.,
Тикунов В. С., Капралов Е. Г., Заварзин А. В. и др.
(2005)
Сборник задач и упражнений
по
геоинформатике: Учебн. пособие / Под ред. В. С. Тикунова. –М.: Академия, –560 с.
