Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
36
O`ZBEKISTONDA VALYUTA OPERATSIYALARINI TAKOMILLIASHTIRISH YO`LLARI
Anvarova Dilnoza Ibroximjon qizi
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
ORCID: 0009-0005-4017-2477
Annotatsiya.
Maqolada valyuta operatsiyalarining nazariy bayoni hamda ularning
mamlakat iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’siri ko'rib chiqiladi. O’zbekiston valyuta
bozorining asosiy
muammolari chet el valyutasiga talabning taklifdan yuqoriligi, milliy valyutaning barqarorligi va
boshqalar hisoblanadi. O’zbekistonda valyuta operatsiyalarining hozirgi holati o’rganilgan
hamda takomillashtirish maqsadida takliflar bildirilgan.
Kalit so'zlar:
valyuta bozori, valyuta operatsiyalari, foreks, forvard, svop operatsiyalari.
ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ВАЛЮТНОЙ ОПЕРАЦИЙ
В УЗБЕКИСТАНЕ
Анварова Дилноза Иброхимжон кизи
Банковско
-
финансовой академии
Республики Узбекистан
Аннотация.
В статье рассматривается теоретическое описание валютных
операций и их влияние на экономические показатели страны. Основными проблемами
валютного рынка Узбекистана являются превышение спроса на иностранную валюту
над предложением, стабильность курса национальной валюты и т.д. Изучено
современное состояние валютных операций в Узбекистане и разработаны предложения
по улучшению.
Ключевые слова:
валютный рынок, валютные операции, форекс, форвард, своп
-
операции.
WAYS TO IMPROVE FOREIGN EXCHANGE OPERATIONS IN UZBEKISTAN
Anvarova Dilnoza Ibrokhimjon kizi
Banking and Finance Academy
of the Republic of Uzbekistan
Annotation.
The article examines the theoretical description of currency transactions and
their impact on the country's economic indicators. The main problems of the foreign exchange
market of Uzbekistan are that the demand for foreign currency exceeds the supply, the stability of
the national currency exchange rate, etc. The current state of foreign exchange operations in
Uzbekistan is being studied and proposals for improvement are being developed.
Keywords:
foreign exchange market, foreign exchange operations, forex, forward, swap
operations.
UO
‘
K: 336.743.2
IX SON - SENTYABR, 2024
36-40
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
37
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevr
aldagi PF-4947-
sonli “2017
-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi”ning uchinchi bobida iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish va
liberallashtirish yo‘nalishiga asosan bank tizimini yanada isloh qilish vazifasi qo‘yilgan bo’lib, u
orqali davlatning moslashuvchan pul-kredit siyosatini shakllantirish, milliy valyutaning
barqarorligiga erishish, valyuta bozorini erkinlashtirish hamda shu orqali banklar tomonidan
amalga oshiriladigan op
eratsiyalar turlarini kengaytirish vazifalari qo’yilgan.
Mamlakatda
valyuta munosabatlarini rivojlantirish, tijorat banklari va boshqa moliya muassasalarini
xalqaro moliya bozorlaridagi ishtiroklari uchun sharoitlarni yaratish, milliy valyuta bozorini
barq
aror ishlashini ta’minlash, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda import o‘rnini
bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchi sub’ektlar o‘rtasida xalqaro investitsiyalarni kengroq jalb
qilish mamlakatda milliy valyuta bozorini va zamonaviy valyuta operatsiyalarini
shakllantirishni taqazo etadi. Shu maqsadda,
O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini
takomillashtirish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim vazifasi hisoblanadi.
Xususan, tijorat banklarida valyuta operatsiyalari daromad olib keluvchi manbalardan biri
bo’lib, ko'plab mijozlar iqtisodiy fao
liyatning turli sohalarida yirik loyihalarni amalga
oshirishda xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirishadi.
Iqtisodchilarnin
g ta’kidlashicha, xalqaro savdo va moliya bozorlari rivojlanishida valyuta
operatsiyalari muhim o‘rin tutadi. Valyuta bozo
ri (Forex) dunyodagi eng yirik moliyaviy bozor
bo'lib, mamlakatlarga chet elda tovarlar, xizmatlar va investitsiyalarni sotib olish hamda sotish
imkonini beradi. Valyuta operatsiyalari kompaniyalarga o'zlarining moliyaviy oqimlarini
boshqarish va valyuta o'zgarishi bilan bog'liq risklarni minimallashtirish imkonini beradi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot ishimizni yoritishda taqqoslash, analiz, sintez, deduksiya va induksiya
usullaridan foydalanildi. Valyuta bozorining mamlakatimizdagi holati tahlil qilinib, asosan
O’zbekistonda tijorat banklari va O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida qo’llani
layotgan
valyuta operatsiyalari natijalari o'rganildi.
Ma’lumotlarni yillar kesimida taqqoslab tahlil qilish orqali kengroq qilib yoritib berishga
harakat qilindi. Natijada muammolar aniqlanib, muammolarga tegishli ilmiy asoslangan
takliflar berildi.
Adabiyotlar sharhi.
Valyuta operatsiyalari xalqaro iqtisodiy aloqalarni saqlashning muhim vositasidir.
Iqtisodchilarning qayd etishicha, valyuta risklarini mohirona boshqarish va valyuta bozorida
mutanosib siyosat yuritish uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlik va mamlakat taraqqiyotiga
xizmat qilishi mumkin.
Valyuta operatsiyalar milliy va xalqaro qonunlar bilan tartibga solinadi va turli xil
operatsiyalarni o'z ichiga oladi, masalan:
1. Konversion operatsiyalar: bir valyutani boshqa valyutaga almashtirish (masalan,
dollarni yevroga).
2. Xalqaro pul
o‘tkazmalari: pul mablag‘larini mamlakatlar o‘rtasida o‘tkazish.
3. Foreks operatsiyalari: valyuta bozorlaridagi spekulyativ operatsiyalar.
4. Xedjrlash: valyuta risklarini kamaytirish bo'yicha operatsiyalar (masalan, valyuta
kurslarining o'zgarishidan himoya qilish uchun hosilaviy moliyaviy vositalardan foydalanish).
5. Depozit-kredit operatsiyalari: xorijiy valyutadagi depozitlarni joylashtirish yoki chet el
valyutasida kreditlar berish.
O‘zbekiston Respublikasining
22.10.2019 yildagi O‘RQ
-573-
sonli “Va
lyutani tartibga
solish to‘g‘risida”gi haqidagi qonunida valyuta operatsiyalariga quyidagicha ta’rif beriladi:
valyuta qimmatliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘tishi bilan bog‘liq
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
38
operatsiyalar,
valyuta qimmatliklaridan to‘lov vosit
asi sifatida foydalanish, valyuta
qimmatliklarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, jo‘natish va o‘tkazish, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, jo‘natish va o‘tkazish, rezidentlar va norezidentla
r
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi v
alyutasidagi operatsiyalar (Qonun, 2019).
Iqtisodchi olimlar valyuta operatsiyalarining iqtisodiy o’sishga ta’siri, mamlakat eksport
va import salohiyatini oshirishda, investitsiyaviy jozibadorlikni
ta’minlashda valyuta
operatsiyalarini takomillashtirish za
rurati bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan.
Krasheninnikov (2003) valyuta bozoridagi operatsiyalarni “valyuta bozori ishtirokchilari
tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar va valyuta bozori ishtirokchilari tomonidan
tuziladigan bitimlar” deb belg
ilaydi.
Uzoikin (2002) "Qonunda ko'rsatilgan valyuta operatsiyalarining aksariyati bitimlardir"
deydi.
Germaniya iqtisodiyoti bo‘yicha mutaxassis Antonov (2015) valyuta operatsiyalariga
ko‘proq daromadli, demakki, riskli faoliyat turi deb ta’rif berib, iqt
isodiy tabiati jihatdan valyuta
operatsiyalarni quyidagilarga bo‘lish mumkin deb hisoblaydi: valyuta dilinggi, depozit
-kredit
operatsiya tashqi-savdo valyuta operatsiyalari va boshqa valyuta operatsiyalari.
Boboqulov (2007) tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalarini Markaziy bankning
valyuta siyosati doirasida tartibga solishni takomillashtirish masalasini tadqiq qilgan. Uning
fikricha, Markaziy bank tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalarining miqdorini kunlik
nazorat qilib turish zarur.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
O‘zbekiston
valyuta bozori mamlakat moliya tizimining muhim qismini tashkil etib,
O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi kabi bir qancha asosiy institutlar
tomonidan tartibga solinadi.
O‘zbekistonda
2017-yildan boshlab milliy valyuta
–
so‘m
(so‘m)
kursi ustidan
qat’iy
nazoratdan voz kechib, valyuta bozorini liberallashtirish siyosati olib borilmoqda. Hozirgi
vaqtda valyutaga bo'lgan talab va taklifga qarab o'rnatiladigan suzuvchi valyuta kursi mavjud.
O‘z
bekiston Respublikasi Markaziy banki har kuni valyuta kursini
e’lon
qiladi. Bu banklar
va ayirboshlash shoxobchalari o'z operatsiyalari uchun foydalanadigan kursi hisoblanadi.
Tijorat banklari valyuta kursini bozor kon'yunkturasiga qarab
o’zlari
mustaqil belgilaydi.
Islohotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyutani sotib olish va sotishni ancha
soddalashtirdi. Fuqarolar valyuta ayirboshlash shoxobchalarida va onlayn-banking tizimlari
orqali erkin xarid qilishlari mumkin.
O’zbekiston
valyuta bozorida asosan USD/UZS, EUR/UZS, RUB/UZS va CNY/UZS valyuta
juftliklari
bo‘yicha
valyutaviy spot savdolari tashkil etilgan. Valyuta bilan asosiy operatsiyalar
banklar orqali, shuningdek, banklararo valyuta birjasi orqali amalga oshiriladi. 2023 yilda
valyuta bozoridagi savdolar umumiy hajmi 458,00 trln.
so‘mni
tashkil etib, 2022 yilgi mos
ko‘rsatkichga
(338,18 trln.
so‘m)
nisbatan 35,43 foizga oshdi (1-rasm).
2023 yilda xalqaro miqyosda kuzatilgan
qat’iy
pul-kredit sharoitida
O’zbekiston
ichki
valyuta bozorida chet el valyutasiga talab taklifdan sezilarli oshishi kuzatildi. 2023 yilda chet el
valyutasiga
bo‘lgan
talabning umumiy hajmi 42,5 mlrd dollarga yetib, 2022 yilga nisbatan 16
foizga oshdi. Ushbu talabning 78,6 foizi yuridik shaxslar va 21,4 foizi jismoniy shaxslar
hissasiga
to‘g‘ri
keldi. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasidagi umumiy taklif hajmi
esa(Markaziy bank intervensiyalarini hisobga olmaganda) 34,4 mlrd dollarni tashkil etib,
shundan 14,7 mlrd dollari (43 foizi)
xo‘jalik
yurituvchi subyektlar, 13,5 mlrd dollari (39 foizi)
banklar va jismoniy shaxslar hamda 6,2 mlrd dollari (18 foizi) markazlashgan manbalar
hisobiga qondirildi (
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik hisoboti
, 2023).
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
39
1-rasm. Valyuta bozoridagi savdolar hajmining qiyosiy dinamikasi, trln. so'mda
14
2023 yilda yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga
bo‘lgan
talab 2022 yilga
nisbatan 1,2 barobarga oshishi import hajmi
o‘sishiga
mutanosib holda
ro’y
berdi. (2-rasm).
2-rasm. Tovarlar importi (CIF
15
narxlarida, yillik)
16
2023 yilda jahonda xom ashyo bozorida narxlarning tushishi eksport tushumlarining
o’zgarishsiz
qolishiga sabab
bo’ldi.
2023 yilda jami 22,4 mlrd dollar xorijiy investisiyalar jalb qilindi, shu jumladan 19,5 mlrd
dollar
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
xorijiy investisiya va kreditlar (193 %)
o‘zlashtirildi.
Davlat investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 9,4 mlrd dollar
bo‘lgan
306 ta loyiha
ishga tushishi hisobiga 56 mingdan ortiq yangi ish
o‘rni
yaratilishiga erishildi
17
. Lekin sof xorijiy
investitsiyalar oqimi kamayganligi kuzatildi.
14
йил
якунлари
бўйича
“Ўзбекистон
республикаси
валюта
биржаси” АЖ
(
ЎзРВБ
)
бозорлари
шарҳи
.
15
Cost, Insurance, and Freight (CIF)- (ya'ni tannarx, sug'urta va yuk narxi) - import qiluvchi mamlakat chegarasida yetkazib
beriladigan tovarning narxi, shu jumladan sug'urta va transport to'lovlari yoki rezidentga ko'rsatilgan xizmat narxi. import
bojlari yoki boshqa soliqlarni yoki mamlakat ichidagi savdo va transport marjalarini to'lash; SNA93da bu tushuncha faqat
batafsil importga nisbatan qo'llaniladi.
16
Stat.uz ma’lumotlai asosida muallif tomonida tuzildi.
https://gov.uz/oz/miit/sections/view/7405
0
50
100
150
200
250
300
350
400
450
500
2021 yil
2022 yil
2023 yil
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
2021 yil
2022 yil
2023 yil
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, sentyabr
www.e-itt.uz
40
2021 yilda
O‘zbekistonda
ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirish maqsadida
Xalqaro svop va derivativlar assotsiasiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ISDA bosh kelishuvini
imzolangan edi. 2022 yilga kelib valyutaviy fyuchers savdolari joriy etildi. Shu bilan bir qatorda,
ichki valyuta bozorida muvozanatni
ta’minlash
maqsadida kapital harakatida konservativ
yondoshuv saqlandi.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tak
omillashtirish mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishning muhim vazifasi hisoblanadi. Quyidagi chora-tadbirlar mamlakatimizda
valyuta operatsiyalarini sezilarli darajada yaxshilash, uning xalqaro maydonda
raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi deb hisoblaymiz:
Valyuta muomalasini tartibga solis
hni soddalashtirish, ya’ni byurokratik tartib
-qoidalarni
qisqartirish, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari
va jismoniy shaxslar uchun qoidalarni soddalashtirish;
Bank va moliyaviy infratuzilmaga, shu jumladan valyuta ayirboshlash va operatsiyalar
uchun onlayn platformalarga sarmoya kiritish orqali rivojlantirish;
Tadbirkorlar va fuqarolar uchun valyuta qonunchiligi hamda valyuta bozori imkoniyatlari
bo'yicha o'quv treninglarini o'tkazish;
Risklarni kamaytirish va investorlar ishonchini oshirish uchun valyuta bozoridagi
operatsiyalarning shaffofligini oshirish;
Xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan mulkiy huquqlarni
himoya qilish va valyuta nazoratini soddalashtirish;
Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa tuzilmalar bilan tajriba almashish va
sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik hisoboti
(2023), Toshkent 2024 yil/,
Toshkent
2024
yil/
https://cbu.uz/upload/medialibrary/c2e/jcu9sa4tbwawr6xfqqnyn4ivpbc7s2l1/Yillik-hisobot-
Qonun (2019) O‘zbekiston Respublikasining 22.10.2019 yildagi O‘RQ
-573-
sonli “Valyutani
tartibga solish to‘g‘risida”gi haqidagi qonuni
Крашенинникова В.М.
(2003)
Валютное регулирование в системе государственного
управления экономикой: Учебник / Под ред. –М.: Изд
-
во «Экономика»,
-
С. 199.
Узойкин Д.А.
(2002)
Сделки с валютными ценностями и проблемы их
недействительности: Дисс. … канд. экон. наук. М.,
-
С.65.
ЎзРВБ
(2023)
йил якунлари бўйича “Ўзбекистон республикаси валюта биржаси” АЖ
(ЎзРВБ) бозорлари шарҳи,
