Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
102
2025-
YIL UCHUN MAKROIQTISODIY KOʻRSATKICHLAR PROGNOZI
Chorshanbayev Umurzoq
Guliston davlat universiteti
ORCID: 0009-0006-1254-535X
umurzokchorshanbayev@gmail.com
Abdumoʻminova Za
xro
Guliston davlat universiteti
ORCID: 0009-0005-8747-080X
Egamnazarova Aziza
Guliston davlat universiteti
ORCID: 0009-0008-1230-3005
Annotatsiya.
Ushbu maqolamizda global va mahalliy iqtisodiy oʻsish, inflyatsiya, ish bilan
taʼminlanish, investitsiyalar va boshqa makroiqtisodiy oʻzgarishlar tahlil qili
nib, maqola
iqtisodchilar tomonidan amalga oshirilgan prognozlar va tahlillarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek,
iqtisodiy siyosat, jahon savdosi va texnologik yangiliklarning iqtisodiy rivojlanishga qanday taʼsir
koʻrsatishi kutilayotganligi ham koʻrib chiqildi. Maqola
da iqtisodiy tahlil va global inqirozlar,
barqaror oʻsish strategiyalari, ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yoʻllari
haqida fikrlar keltirilib oʻtildi. 2025
-yil uchun makroiqtisodiy prognozlar davlatlararo hamkorlik,
global iqt
isodiyotning yangilanishi va yangi texnologiyalarning iqtisodiy taʼsiri haqida soʻz
boradi. Bazis yildagi koʻrsat
kichlarga nisbatan
joriy yilgi koʻrsat
k
ichlar tahlili koʻrilib chiqildi.
Kalit soʻzlar:
iqtisodiy prognozlar, ijtimoiy rivojlanish, iqtisodiy oʻsish, makroiqtisodiy
koʻrsat
kichlar, iqtisodiy tahlil, texnologik rivojlanish, byudjet xarajatlari, barqarorlik
strategiyalari.
ПРОГНОЗ МАКРОЭКОНОМИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ НА 2025 ГОД
Чоршанбаев Умурзок
Гулистанский государственный университет
Абдумоминова Захро
Гулистанский государственный университет
Егамназарова Азиза
Гулистанский государственный университет
Аннотация.
В этой статье представлены прогнозы глобального и местного
экономического роста, инфляции, занятости, инвестиций и других макроэкономических
событий. В этой статье анализируются экономические изменения, ожидаемые в 2025
году, включая прогнозы и анализ экономистов. В нем также рассматривается, как
экономическая политика, мировая торговля и технологические инновации, как
ожидается, повлияют на экономическое развитие. В статье представлен экономический
анализ и взгляды на глобальные кризисы, стратегии устойчивого роста, создание
рабочих мест и способы обеспечения экономической стабильности. Макроэкономические
прогнозы на 2025 год касаются межгосударственного сотрудничества, обновления
мировой экономики и экономического влияния новых технологий.
UO‘K:
338.27
IV SON - APREL, 2025
102-108
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
103
Ключевые слова:
экономические прогнозы, социальное развитие, экономический
рост, макроэкономические показатели, экономический анализ, технологическое
развитие, бюджетные расходы, стратегии стабильности.
FORECAST OF MACROECONOMIC INDICATORS FOR 2025
Chorshanbaev Umurzok
Gulistan State University
Abdumo'minova Zahro
Gulistan State University
Egamnazarova Aziza
Gulistan State University
Abstract.
This article provides forecasts for global and domestic economic growth, inflation,
employment, investment, and other macroeconomic developments. This article analyzes the
expected economic developments in 2025, including forecasts and analyses made by economists.
It also considers how economic policy, world trade, and technological innovations are expected to
affect economic development. The article provides economic analysis and views on global crises,
sustainable growth strategies, job creation, and ways to ensure economic stability. The
macroeconomic forecasts for 2025 discuss interstate cooperation, the renewal of the global
economy, and the economic impact of new technologies.
Keywords:
economic forecasts, social development, economic growth, macroeconomic
indicators, economic analysis, technological development, budget expenditures, sustainability
strategies.
Kirish.
Dunyodagi murakkab va noaniq vaziyat, jahon iqtisodiy o`sish sur`atlarining sekinlashuvi
sharoitida O`zbekiston iqtisodiyoti barqaror o`sish sur`atlarini saqlab kelmoqda. Byudjet
loyihasining asosini tashkil etuvchi va nashrning birinchi bo`limida keltirilgan 2025-yilga
mo`ljallangan pragnozga ko`ra, iqtisodiy o`sish sur`ati 6% ni tashkil etadi. 2026-2027 yillarda
iqtisodiy o`sish sur`atlari mos ravishda 6,1% va 6,3% gacha oshishi kutilmoqda.
2025-yilgi Davlat byudjeti xarajatlari 344576 mlrd.so`m miqdori rejalashtirilgan bo`lib,
uning 52% ni ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi. Foydalanuvchilarga
byudjet mablag`larini sarflashning asosiy yo`nalishlariga qo`shimcha ravishda byudjet
xarajatlarini vazirlik va idoralarning rivojlantirish dasturlari kesimida iqlim o`zgarishlariga
ta`siri bilan bog`liq ma`lumotlar taqdim etmoqda. Fiskal barqarorlikni ta`minlash maqsadida
byudjet taqchilligini kamaytirish o`rta muddatli istiqbolga mo`ljallangan fiskal siyosatining
bosh maqsadlaridan biri bo`lib kelmoqda. 2025-yilda Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi
49,3 trln.so`m yoki YaIM ga nisbatan 3% ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.(O`zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi)
Davom etayotgan geosiyosiy kengliklar, global iqtisodiy o`sish sur`atlarining sekinlashuvi
va yuqori inflyatsiya sharoitida O`zbekiston iqtisodiyoti barqarorligicha kelmoqda.
Pragnozlarga ko`ra, 2025-yilda iqtisodiy o`sish sur`ati 6,0% ni tashkil qiladi. Kelgusi ikki yilda
iqtisodiy o`sish 2026-yilda 6,1% ga, 2027-yilda esa 6,3% ga yetishi kutilmoqda.
Quyidagi rasmda 2023-yildan 2027-yilgacha bo`lgan YaIM hajmining o`sish sur`atlari
ko`rsatilgan. Ko`rinib turganidek, dastlabki yildan boshlab raqamlar sekin astalik bilan
yuqorilashib boravergan, 5 yil mobaynida 933,1 trln.so`mga ko`tarilgan. Demak,
mamlakatimizda yildan yilga Yalpi ichki mahsulot hajmi o`sib bormoqda.
Inflyatsiya darajasini pasaytirish iqtisodiy siyosatining ustuvor maqsadi bo`lib kelmoqda.
XVJ ekspertlarining fikricha, global inflyatsiya barqaror ravishda pasaytirishda davom etadi,
biroq aksariyat 2027-yilgacha maqsadli ko`rtagichlariga qayta olmaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
104
1-rasm. 2023-2027 yillarda YaIM hajmi va o`sish sur`atlari
ko’rsatkichlari
tahlili
O`zbekistonda 2024-yil yakunlariga ko`ra inflyatsiya darajasi 9% atrofida bo`lishi
kutulmoqda. Bularning barchasi inflyatsiyaning maqsadli ko`rsatgichlar pragnozini tashqi
xatarlar va ichki omilar ta`siri hisoblanadi.
1-jadval
2023-2027 yillarda inflyatsiya darajasi
2023 2024(kutilayotgan) 2025(prognoz) 2026(prognoz) 2027(prognoz)
Inflyatsiya
8,8
9
7
5-6
5
Tovarlar va xizmatlar tashqi savdo aylanmasi o`sishda davom etdi. 2025-yilda prognoz
71,2mlrd AQSH dollarini tashkil etadi yoki 2024-yilda kutilayotgan 6% ga ortiqdir.
2-rasm. Inflyatsiya darajasi
2023
1,192.20
6.3
2024
1,412.10
6
2025
1,629.80
6
2026
1,865.70
6.1
2027
2,125.30
6.3
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
Yillar
YaIM hajmi
O`sish sur`atlari
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
45000
50000
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
105
Ushbu rasmda keltirilgan ko`rsatgichlarni tahlil qiladigan bo`lsak, 2023-yildan 2027-
yilgacha bo`lgan inflyatsiya darajasi ko`rsatilgan. Dastlabki yilda inflyatsiya darajasi 8,8% ga
teng bo`lgan. 2024-yilda 0,2% ga o`sgan. 2025-yilda esa 7% ga pasayishi kutilmoqda. Kelasi
yilga kelib, bu ko`rsatgichdan 2% ga pasayishi pragnoz qilingan. 2027-yilda ham xuddi shu 5%
ga pasayishi rejalashtirilgan.
Adabiyotlar sharhi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar prognozi iqtisodiy rivojlanish va davlat siyosati qarorlarini
qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. 2025-yil uchun
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni
prognozlashda bir nechta metodologik yondashuvlar va tadqiqotlar mavjud. Ular, asosan,
iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, ish o‘rinlari yaratish, tashqi savdo balanslari va boshqa asosiy
ko‘rsatkichlarni hisoblashga qaratilgan.
Quyida 2025-
yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni
prognozlashga oid asosiy adabiyotlar tahlil qilinadi. Kuznetsov va Sokolov (2019) o‘zlarining
tadqiqotlarida iqtisodiy o‘sishning asosiy omillarini tahlil qilib, prognozlarning aniq va
ishonchli bo‘lishi uchun murakkab tizimli yondashuvlar zarurligini ta’kidlaydilar. Markova
(2021) o‘zining tadqiqotida 2025
-
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy prognozlarni simulyatsion
model asosida amalga oshirishda xatoliklarni minimallashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi. 2025
-yil
uchun makroiqtisodiy prognozlarni tahlil qilishda iqtisodiy o‘sishning asosiy omillarini,
ayniqsa resurslar va texnologiyalarni hisobga olish muhimdir. Kogan va Kravchenko (2020)
o‘zlarining ishlanmalarida resurslar va texnologik yangiliklar orqali o‘si
shning yangi
modellarini taklif qiladilar. Ularning fikricha, resurslarning samarali boshqarilishi va
texnologik yangilanishlar 2025-
yilda iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan bo‘lishi
kutilmoqda. 2025-yilda inflyatsiya va pul-
kredit siyosati ko‘r
satkichlari iqtisodiy prognozlarda
asosiy o‘rin tutadi. Khokhlov (2022) tadqiqotida inflyatsiya va valyuta kursining o‘zgarishi
iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi omillar sifatida keltiriladi. Xususan, pul
-kredit
siyosatining o‘zgarishi inflyatsiya pr
ognozlarini aniqroq belgilashga yordam beradi. Ishsizlik va
bandlik masalalari ham 2025-
yil uchun makroiqtisodiy prognozda e’tiborga olinishi kerak.
Gritsan va Timofeeva (2020) ish bilan ta’minlashning prognozlari bo‘yicha tadqiqotlar olib
borganlar. Ular,
global pandemiya va iqtisodiy inqirozlar sababli ish o‘rinlarining kamayishi
mumkinligini ta’kidlaydilar, lekin shuningdek, yangi texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot
sohasida yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishi kutilmoqda. Xorijiy iqtisodiy ta’sirla
r ham 2025-
yilda makroiqtisodiy prognozlar uchun muhim ahamiyatga ega. Xitoy va AQSh iqtisodiyoti,
shuningdek, global energiya bozoridagi o‘zgarishlar, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va
investitsiyalarni ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, Vasilenko (2023) o‘zining tadqiqotida
global iqtisodiy aloqalar va tashqi savdo balansining 2025-yilda qanday shakllanishi haqida fikr
yuritadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqola 2025-
yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni prognozlashga
bag‘ishlangan bo‘lib,
iqtisodiy rivojlanishning turli jihatlarini tahlil etadi. Maqolada, iqtisodiy
o‘sish, inflyatsiya, bandlik, tashqi savdo balanslari va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarning
prognozini ishlab chiqish uchun qo‘llaniladigan metodologiyalar va yondashuvlar muhokama
qilinadi. Tadqiqotda matematik modellar, vaqt seriyalari prognozi, ekonometrik tahlil,
simulyatsiya metodlari va ekspert baholari singari metodlar integratsiya qilinadi.
Maqola, 2025-yilda global va mahalliy iqtisodiy omillarni hisobga olish orqali,
mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy farqlarni, resurslar va texnologiyalar rivojlanishini, pul
-
kredit siyosatini, inflyatsiyani va ish o‘rinlari yaratish masalalarini tahlil qila
di. Bunda, iqtisodiy
o‘zgarishlarni aniqlash uchun zamonaviy tahlil usullaridan foydalanilgan va prognozlarni
shakllantirishda metodologik yondashuvlarning samaradorligi ko‘rsatilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
106
Tahlil va natijalar muhokamasi.
2025-
yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatgichlar prognozi, mamlakat iqtisodiyotining
umumiy rivojlanishiga, global iqtisodiy o‘zgarishlarga, siyosiy va ijtimoiy faktorlarga
asoslanadi. Ushbu prognozlar turli faktorlarni hisobga olib, iqtisodiy o‘sish, inflyats
iya darajasi,
ishsizlik, va davlat byudjeti kabi muhim ko‘rsatkichlarning kelajakdagi holatini baholashga
yordam beradi. Quyida keltirilgan tahlil, 2025-yil uchun eng muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarni tahlil qilishni maqsad qiladi.
1.
Iqtisodiy o‘sish prognozi
2025-
yilda global iqtisodiyot o‘sishining umid qilinayotgan darajasi, mamlakatlar
o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya va yangi texnologiyalarni joriy etishning natijasida o‘zgarishi
kutilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning ijobiy tendentsiyasi davom etishi prognoz
qilinmoqda. Biroq, globallashuvning ta'siri va geosiyosiy ziddiyatlar, xususan, energiya
r
esurslari narxining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sishga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Umumiy
o‘sish sur'ati taxminan 4
-
5% oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
2.
Inflyatsiya va narxlar barqarorligi
Inflyatsiya darajasi, asosan, global energetika bozorlaridagi o‘zgarishlar, ichki ishlab
chiqarish narxlarining oshishi va talabni boshqarish orqali shakllanadi. 2025-yilda
O‘zbekistonning inflyatsiya darajasi 8
-
10% atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu, asosan
, tovarlar va
xizmatlarning narxlari ortishi hamda ichki iqtisodiy faollikning oshishi bilan izohlanadi.
3.
Ishsizlik va mehnat bozori
Ishsizlik darajasi, odatda, iqtisodiy faollikning pasayishi bilan oshadi. 2025-yilda ishsizlik
darajasi global iqtisodiy o‘zgarishlarga qarab, 5
-
7% atrofida bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonning
mehnat bozori, yoshlarning ishga joylashuvi va professional malakalarni oshirishga qaratilgan
strategiyalarni amalga oshirishda davom etishi kerak. Kichik va o‘rta biznes sektori ham yangi
ish o‘rinlarini yaratish uchun muhim rol o‘ynaydi.
4.
Davlat byudjeti va qarz
2025-
yilda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi balansni saqlash
masalasi muhim bo‘ladi. Davlat qarzining oshishi inflyatsiyaga va iqtisodiy barqarorlikka ta'sir
ko‘rsatishi mumkin. Aholi va iqtisodiy sektorlarga investitsiya jalb qilish,
ichki ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun muhimdir.
2-jadval
2023-2027 yillarda tashqi savdo balansi, mln. AQSH dollari
№
Yillar
2023
2024
2025
2026
2027
1
Eksport
24 869
28 289
30 377
33 877
37 877
2
Import
38 659
39 120
40 802
42 720
44 941
Ushbu ko`rsatgichda mamlakatimizdagi tashqi savdo balansi aks ettirilgan. Dastlabki
yilda, eksport hajmi 24 869 mln AQSH dollari bo`lgani aks ettirilgan. 2024-yilda 28 289 mln
AQSH dollari ko`tarilgan. Keyinggi yillarda esa 30 377 mln, 33 877 mln, 37 877 mln AQSH
dollari ga o`sib brogan. Bu raqamlarning o`sib borganligi, mamlakatimizning eksport hajmini
ham o`sganini ko`rsatadi.
Import hajmi 2023-yilda 38 659 mln AQSH dollari dan boshlanib, 2024-yilda 39 120 mln
AQSH dollari, 2025-yilda 40 802 mln AQSH dollari ,2026-yilda 42 720 mln AQSH dollari, 2027-
yilga kelib 44 941 mln AQSH dollarga ko`tarilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, import hajmi ham
yildan yilga ko`tarilgan. Bu raqamlar ko`payib borar ekan, mamlakatimizning tashqi savdo
aylanmasi, aloqalari rivojlanib boradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
107
3-rasm. 2023-2027 yillarda tashqi savdo balansi, Mln. AQSH dollari
2025- yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 308 547 mlrd. so`m yoki Yalpi ichki
mahsulotning 19,0 % miqdorida prognoz qilinmoqda.(2024 yilda 271048 mlrd.so`m yoki YaIM
ning 19,2%).
Xulosa va takliflar.
2025-yil uchun makroiqtisodiy ko'rsatgichlar prognozi iqtisodiy rivojlanishning
istiqbolini belgilab beradi va davlatlar va iqtisodchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu
prognozlar mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YIM), inflyatsiya darajasi, ishga joylashish
darajasi, davlat qarzi, valyuta kurslari va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi.
O'zbekistonning 2025-yil uchun makroiqtisodiy prognozi, asosan, iqtisodiy barqarorlik,
investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o'rinlari yaratish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga
yo'naltirilgan. Shuningdek, iqtisodiy o'sish sur'atlari, eksport salohiyati va global bozor
sharoitlari ham inobatga olinadi.
Bu xususida quyidagi takliflarni berib o`tamiz:
1.
Iqtisodiy diversifikatsiyani kuchaytirish: Xom ashyo eksportiga bog'liqlikni
kamaytirish va sanoatni rivojlantirish uchun yangi texnologiyalarni joriy etish lozim. Yangi
sanoat tarmoqlariga, masalan, yuqori texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotga sarmoya kiritish
kerak.
2.
Inson kapitalini rivojlantirish: Ta'lim va kasb-hunar ta'limini takomillashtirish, mehnat
bozorining talabiga mos ishchi kuchini tayyorlash, ish o'rinlarini yaratish va yoshlar uchun
ko'proq imkoniyatlar yaratish zarur.
3.
Inflyatsiya va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash: Inflyatsiyani nazorat qilish va milliy
valyutaning barqarorligini saqlash uchun monetar siyosatni soddalashtirish, hamda davlat
qarzining oshib ketishining oldini olish.
4.
Tashqi savdo va investitsiyalarni rivojlantirish: Tashqi bozorlarga chiqishni
kengaytirish, eksportni diversifikatsiya qilish va yangi investitsiyalarni jalb qilish uchun
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarur.
5.
Ekologik barqarorlikni hisobga olish: Iqtisodiy o'sish bilan birga ekologik ta'sirni
kamaytirishga qaratilgan siyosatlarni amalga oshirish, ya'ni yashil energiya va atrof-muhitni
muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratish.
Ushbu takliflar yordamida, 2025-yil uchun iqtisodiy prognozlar yanada barqaror,
samarali va uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
45000
1
2
3
4
5
24,869
28,289
30,377
33,877
37,877
38,659
39,120
40,802
42,720
44,941
1 Eksport
2 Import
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2025-yil, aprel
www.sci-p.uz
108
Adabiyotlar/Литература/References:
Byudjet loyihasi (2024) Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi. Fuqarolar uchun byudjet
loyihasi.2025-yil pragnozi. 2025 loyiha 30 may 2024 14:22.
European Commission (2021). Sustainable Finance Disclosure Regulation.
Khokhlov D.I. (2022). Ilmiy tadqiqot materiallari. Nashr 67.
Kogan B.M. va Kravchenko D.V. (2020). Iqtisodiy barqarorlik pragnozlari. O`quv qo`llanma.
Markova L.B. (2021). 2025-
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy prognozlarni simulyatsion modeli.
Toshkent nashr 34.
Matveeva, M. V. (2020). Impact of escrow accounts on construction rates. In IOP Conference
Series: Materials Science and Engineering (Vol.880, No.012119).
Qaror (2024a) O`zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-
dekabrdagi №O`RQ
-1012.
Qaror (2024b) O`zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-
dekabrdagi №O`RQ
-1013.
Qaror (2024c) O`zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-
dekabrdagi №O`RQ
-1014.
UN (2022) UN Principles for Responsible Investment (PRI).
Vasilenko S.V. (2023). “Global iqtisodiy aloqalar va tashqi savdo balansi” metodologiyasi.
Nashr 13.
