ISSN:2181-2020
97
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 636: 637.
DANIYA VA GERMANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI
SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI VA LAKTATSIYA FAOLIYATI
Suyunova Z.B.
1
Xolmurodov S.N.
1
Yaxyayev B.S.
2
1
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti.
2
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868837
Annotatsiya:
Sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligi va uning xususiyati bilan bog‘liq
bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar hayvonlarning irsiy omili bilan bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkichlar har bir
zot bilan alohida olib boriladigan naslchilik ishi natijasida shakllanadi. Mazkur maqolada
Daniya va Germaniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldoriligini
belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar va laktatsiya faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha Germaniya seleksiyasiga mansub sigirlarning mahsuldorlik
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, shu jumladan: laktatsiya davomida sut sog‘imi 11,8%, sutdorlik
koeffitsiyenti 6,7 %, 4% li sut miqdori 5,6%, umumiy sut yog‘i chiqimi 9,8 % va sut oqsili 10,6
%.
Kalit so‘zlar:
Golshtin zoti, laktatsiya, seleksiya, laktatsiya egri chizig‘i, sutdorlik
koeffitsiyenti, sut yog‘i, sut oqsili, 4 % li sut miqdori, sut berish tezligi.
МОЛОЧНАЯ ПРОДУКТИВНОСТЬ И ЛАКТАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ
ГОЛШТИСКОЙ ПОРОДЫ КОРОВ ДАТСКОЙ И ГЕРМАНСКОЙ СЕЛЕКЦИИ
Суюнова З.Б.1
Холмуродов С.Н.1
Яхяев Б.С.2
1
Самаркандский государственный университете ветеринарной медицины,
животноводства и биотехнологий.
2
Научно-исследовательский институт каракулеводства и экологии пустынь.
Аннотация.
Молочная продуктивность и их основные свойства, связанные с этими
показателями, зависит от наследственного фактора. Этот показатель формируется в
результате племенной работы с отдельно взятой породой. В данной статье приводиться
основные показатели, определяющие молочную продуктивность и лактационной
активности коров принадлежащие датской и германской селекции гольштейнской
породы. Согласно результатам, коровы германской селекции имели более высокие
показатели молочной продуктивности, в том числе: надой молока за лактацию на 11,8%,
коэффициент молочности на 6,7%, надоя 4% молока на 5,6%, выход молочного жира на
9,8% и молочного белка на 10,6%.
Ключевые слова:
гольштейнская порода, селекция, лактационная кривая,
коэффициент молочности, молочный жир, молочный белок, 4% молоко, скорость
молокоотдачи
ISSN:2181-2020
98
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
MILK PRODUCTIVITY AND LACTATION ACTIVITY OF HOLSTEIN COWS OF
DANISH AND GERMAN SELECTION
Suyunova Z.1
Kholmurodov S.1
Yakhyaev B.2
1Samarkand State University of Veterinary Medicine, Livestock and Biotechnologies.
2Scientific Research Institute of Karakul Sheep Breeding End Desert Ecology
Annotation.
Milk productivity and the main properties associated with these indicators
depend on the hereditary factor. This indicator is formed as a result of breeding work with a
separate breed. This article presents the main indicators that determine milk productivity and
lactation activity of cows belonging to the Danish and German selection of the Holstein breed.
According to the results, cows of German selection had higher milk productivity, including: milk
yield per lactation by 11,8%, milk yield by 6,7%, milk yield of 4% milk by 5,6%, milk fat yield
by 9,8% and milk protein by 10,6%.
Key words:
Holstein breed, selection, lactation curve, milk yield coefficient, milk fat, milk
protein, 4% milk, milk yield rate
Kirish.
Mamlakatimiz chorvachiligida sutdor qoramolchilik yetakchi tarmoq hisoblanib,
aholini sifatli sut, go‘sht kabi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu
esa ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun, seleksiya-naslchilik ishlarini talab darajasida
olib borish, sigirlarni to‘la qiymatli ozuqa bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari miqyosida chorvachilik mahsulotlarini ishlab
chiqarishda qoramolchilik muhim o‘rin tutadi. Aholini chorvadan olinadigan mahsulotlariga
bo‘lgan talabi kundan kunga oshib bormoqda, bu esa chorva hayvonlarini mahsuldorlik
bo‘yicha genetik imkoniyatini to‘liq yuzaga chiqarishni talab qiladi. Chovachilik sohasining
rivojalanishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi «2016-2020
yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi
PQ-2460-sonli, 2019 yil 18 martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4243-sonli, 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik
tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
PQ-4576-sonli, 2022 yil 8 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash
to‘g‘risida” PQ – 120 - sonli hamda “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa
bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-121-sonli qarorlari va mazkur
faoliyatga tegishli me’yoriy huquqiy hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
chorvachilikni rivojlantirish va aholining oziq-ovqat xavfsizlinini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda chorva mollarining bosh sonini ko’paytirish, ularning
mahsuldorligini oshirish, yangi texnologiyani joriy etish, chorva mahsulotlari ishlab
chiqarishda fermer, dehqon fermer kabi ishlab chiqarish usullarini qo‘llab chorvadorlarni mulk
egalari, ya’ni haqiqiy xo‘jaynlari deb his etgan holda mehnat qilish orqali chorvachilikni
rivojlantirishga zamin yaratilmoqda.
Ma’lumki, qoramolchilik chorvachilikning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholini sut
va go‘sht mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan ta’minlashda
ISSN:2181-2020
99
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
ustivorlikka ega. O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilayotgan sutning 99 foizi va go‘shtning
70 foizga yaqini qoramolchilik sohasiga to‘g‘ri keladi.
Biz bilamizki, organizmni har qanday belgisini rivojlanishi irsiyat va xayot sharoiti bilan
aniqlanadi. Sut mahsuldorligi uning yog‘lilik darajasi va boshqalar tegishli bo‘lgan miqdor
belgilarni, organizm o‘sib va rivojlanayotgan fenotipik sharoitga qarab baholaydilar. [2; 2147-
2158-b.].
Bizning mamlakatimizda import yo‘li bilan olib kelingan va samarali ravishda
urchitilayotgan golshtin zotli sigirlarining boshqa zotlaridan ajralib turadigan xususiyati,
dunyo mamlakatlaridagi ushbu zotning boshqa populyatsiyalari bilan yaqin genetik
bog‘lanishda. Ammo, ushbu zot hayvonlari keyinchalik o‘zini konstitutsiyasi, eksteryeri va
mahsuldorlik sifatini, shuningdek tabiiy-iqlim sharoitiga moslashishini takomillashtirishga
muhtoj [3; 220-b.]
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olib, Respublikaga import qilingan turli
seleksiyaga mansub bo‘lgan sigirlarning sut mahsuldorligini o‘rganish ilmiy-amaliy ahamiyatga
ega deb hisobladik.
Tadqiqot materiallari va uslublar.
Tajribalar Samarqand viloyati, Tayloq tumaniga
qarashli, “Siyob-Shavkat-Orzu” naslchilik fermer xo‘jaligida, turli seleksiyasi bo‘yicha golshtin
zotli birinchi tug‘imdagi sigirlarda o‘tkazildi. Tajriba uchun har bir guruhga 10 boshdan, ikkita;
I-Germaniya va II-Daniya seleksiyasiga mansub sigirlar berkitildi. Sigirlar bir xil saqlash va
oziqlantirish sharoitida asraldi. Sigirlarning laktatsiyasi davomida bergan sut miqdori, har
dekadada nazorat sog‘imini tashkil etish orqali aniqlandi. Sigirlarga sarflangan oziqa miqdori
har oyda nazorat oziqlantirish orqali aniqlandi. Laktatsiyaning egri chizig‘i, sutdorlik
koeffitsiyenti zootexniyada umumqabul qilingan usullarda o‘rganildi.
Olingan natijalar va uni tahlili.
Tajribadagi sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha sog‘im
miqdori, ularni mahsuldorligini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Shu maqsadda biz, sigirlarning
laktatsiya oylari bo‘yicha sut mahsuldorligining o‘zgarishini o‘rgandik (1-jadval).
Golshtin zotli sigirlarimizning turli seleksiyasidan qat’iy nazar ikki guruhdagi sigirlarda
ham laktatsiyaning dastlabki II va III oylarida sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi.
Golshtin zotli Germaniya seleksiyasi, ya’ni I guruhdagi sigirlarda eng yuqori oylik sut
sog‘imi laktatsiyaning 2-oyida kuzatilib (889,0 kg), ikkinchi guruh Golshtin zotli Daniya
seleksiyasidagi sigirlarda esa laktatsiyaning 3-oyida sut sog‘imi eng yuqori bo‘ldi (tegishlicha
874,5 kg va 826,0 kg). Ushbu oylarda birinchi tug‘imdagi sigirlar iydirib sog‘ildi, ya’ni sut
mahsuldorligini oshirishga qaratilgan kompleks zootexnikaviy tadbirlar – sigirlar yelinini
massaj qilish, sutiga qarab avans ozuqa berib borish amalga oshirildi. Bu tadbirlar sigirlar
laktatsiyasining kelgusi oylarida ham sut mahsuldorligini yuqori bo‘lishini ta’minladi. Barcha
guruhdagi sigirlarda laktatsiyasining 4-oyidan boshlab laktatsiya oxirigacha sut
mahsuldorligining bir tekisda kamayib borishi kuzatildi.
1-jadval
Tajribadagi sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha sut mahsuldorligini o‘zgarishi n-
10,
(X ±Sx)
Laktatsiya oylari
Guruhlar
I
II
ISSN:2181-2020
100
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Sut sog‘imi,
kg
Sut sog‘imi,
kg
I
841,4 ±10,3
781,0 ±12,4
II
886,0±11,4
810,5±10,2
III
874,5±13,1
826,0±12,3
IV
822,0±11,0
743,0 ±11,2
V
801,5±9,5
721,0 ±8,6
VI
783,5±11,1
675,0 ±9,1
VII
764,0±9,7
638,9±7,7
VIII
712,0±10,2
633,0±9,2
IX
571,0±9,6
490,0 ±8,4
X
509,6 ±7,8
443,0 ±15,1
Jami:
7565,5
6761,4
Eng yuqori kunlik sog‘im I guruhdagi sigirlarda laktatsiyaning 2-oyida kuzatildi (29,5 kg).
II guruhdagi sigirlarda eng yuqori o‘rtacha kunlik sog‘im miqdori laktatsiyaning III oyiga to‘g‘ri
keldi (mos ravishda 29,1 va 27,4 kg). Bunda o‘rtacha eng yuqori kunlik sog‘im miqdori I
guruhdagi sigirlarda, II guruhdagi sigirlarga nisbatan 2,1 kg yoki 10.7 % ga yuqori bo‘ldi.
1-chizma.
Har xil seleksiyaga mansub sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha faoliyati
Xo‘jalikda sigirlardan foydalanish darajasining samaradorligini baholashda sutdorlik
koeffitsiyenti muhim rol o‘ynaydi. Sutdorlik koeffitsiyenti bu – sigirning har 100 kg tirik vazniga
sut mahsuloti ishlab chiqarishi bilan belgilanadi. Tajribada sigirlarning sutdorlik koeffitsiyenti
aniqlanganda, quyidagi natijalar olindi (2-jadval).
2-jadval
Tajribadagi sigirlarning sutdorlik koeffitsiyenti n-10, X±S
X
Gur
uhl
ar
Si
gi
rlar
ni
n
g
ti
ri
k
vaz
ni
,
kg
Lak
tats
iy
ad
ag
i
ha
q
iq
iy
sut
miq
dori
, k
g
Sut
dorl
ik
koe
ffi
ts
iy
en
ti
,
kg
Har 100 kg tirik vaznga ishlab chiqarildi:
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
Основной
ойлар
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
Sog
'im
miqd
or
i,
kg
I-гуруҳ сут соғими, кг
II-гуруҳ сут соғими, кг
ISSN:2181-2020
101
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
4 % li sut
miqdori,
kg
Sut yog‘i
chiqimi ,
kg
Sut oqsili
chiqimi,
kg
I
617,9±8,01
7565,5±138,3
1224,3±14,1
1187,6 ±6,2
45,1± 2,33
41,5± 1,17
II
589,7±7,72
6761,4±104,5
1146,5±12,3
1124,1 ±5,1
43,5 ± 1,7
39,7 ± 0,97
Sutdorlik koeffitsiyenti barcha tajriba guruhlaridagi sigirlarda yuqori bo‘lishi kuzatildi (2-
jadval). Bu ko‘rsatkichlar sersut tipdagi sigirlarning sutdorlik belgilariga to‘liq mos keladi. Eng
yuqori sutdorlik koeffitsiyenti I guruhdagi sigirlarda bo‘lib, ushbu guruhdagi sigirlardan har
100 kg tirik vazn hisobiga fizik miqdorida 1224,3 kg sut sog‘ib olindi. Bu ko‘rsatkich II guruh
sigirlarga nisbatan 60,8 kg yoki 5,2 % ga yuqori bo‘ldi. Har 100 kg tirik vazn hisobiga ishlab
chiqarilgan 4 % yog‘li sut miqdori I guruhdagi sigirlarda eng yuqori (1187,6 kg) bo‘lib, bu
ko‘rsatkich bo‘yicha ushbu guruhdagi sigirlar II guruhdagi sigirlarga nisbatan 46,8 kg yoki 4,1
% ga, ustunlikka erishdi (R<0,05).
Har 100 kg tirik vazn hisobiga olingan sut yog‘ining miqdori bo‘yicha ham I guruhdagi
sigirlar eng yuqori ko‘rsatkichga ega (45,1 kg), bu II guruhdagi sigirlarga nisbatan 1,6 kg yoki
3,6 % ga, yuqori bo‘lgan (R<0,05).
Har 100 kg tirik vazn hisobiga oqsil chiqimi I guruhdagi sigirlarda eng yuqori (41,5 kg)
bo‘lib, bu II guruhdagi sigirlar ko‘rsatkichidan 1,8 kg yoki 4,5 % ga, yuqori demakdir (R<0,05).
Xulosa.
Shunday qilib, turli seleksiyaga ega bo‘lgan sigirlarda laktatsiyasining dastlabki
ikkinchi va uchinchi oyida sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan. Sigirlarda oylar
bo‘yicha sut mahsuldorlikning pasayishida keskinlik kuzatilmadi. Eng yuqori sutdorlik
koeffitsiyenti I guruhdagi Golshtin zotli Germaniya seleksiyasiga mansub sigirlarda bo‘lib,
ushbu guruhdagi sigirlardan har 100 kg tirik vazn hisobiga fizik miqdorida 1224,3 kg sut sog‘ib
olindi. Bu ko‘rsatkich II guruh Golshtin zotli Daniya seleksiyasiga mansub sigirlarga nisbatan
100,2 kg ga yuqori bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bakhtiyarovna, S. Z., & Kuzibaevich, A. S. (2020). The Importance of Microclimate
Indicators in the Dairy.
International Journal of Innovations in Engineering Research and
Technology
, (1), 1-6.
2.
Berman, A. Invited review: Are adaptations present to support dairy cattle
productivity in warm climates? // Review Article Journal of Diary Science, Volume 94, Issue 5,
May 2011, Pages 2147-2158.
3.
Носиров У.Н., Досмухамедова М.Х., Шокиров Қ.Ж. Шахсий ёрдамчи ва деҳқон
хўжаликлари чорвачилигини модернизациялаш истиқболлари. Тошкент 2015. 220 б.
4.
Суюнова, З., Номозов, М., Боходиров, А., & Раимова, Ф. (2023). Turli etologik tipdagi
sigirlarning laktatsiya faoliyati.
Актуальные проблемы пустынного животноводства,
экологии и создания пастбищных агрофитоценозов
,
1
(1), 296-300.
