ISSN:2181-2020
85
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 639.3.043.
SIMMENTAL ZOTINING MAHSULDORLIK XUSUSIYATLARI
M. Nortasheva
Assistent
M.K.Narbayeva
dotsent
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868749
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda xojaliklarda urchitilayotgan simmental
zotining avlodlarini maxsuldorlik xususiyatlarini yuzaga chiqarish uchun olib borilgan ilmiy
tadqiqon ishlari yorinilgan. ‘Tadqiqotlarni o‘tkazish uchun xo‘jalikka keltirilgan birinchi tug‘um
yoshidagi toza zotli simmental sigirlardan 15 bosh 1-guruhga ajratilib olingan, II va III
guruhlarga birinchi tug’imdagi bog’oz g’unojinlardan 15 boshlan 30 bosh qizlaridan
(avlodlaridan) shakllantirilib koshimcha oziqlantirilgan.
Kalit so‘zlar:
ekin maydonlari, saqlash, asrash, parvarishlash, oziqlantirish, Simmental
zoti, sog‘in sigirlar, laktatsiya.
Kirish.
Respublikamizda aholini sut va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda
qoramolchilik etakchi soha hisoblanib, ishlab chiqarilayotgan sutning deyarli barchasi
qoramollardan olinadi. Aholini arzon va sifatli sut va sut mahsulotlari bilan barqaror
ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida keyingi yillarda bir qator tizimli chora-tadbirlar
amalga oshirilib kelinmoqda. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan «Yngi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasida», «Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5-2
barobarga oshirish, chorva mollari boshsonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish
bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi xonadonlaridagi 2,4 mln bosh (52 foiz) sigir va
qochirish yoshidagi tanalarni sun’iy urug‘lantirish, chorvachilik ozuqa bazasini
mustahkamlash, ozuqabop ekinlarning serhosil navlarini ko‘paytirish, yil davomida 2-3-marta
hosil olish va hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish»
1
kabi muhim vazifalar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-son
“CHorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2021 yil 3 martdagi PQ-5017-son “CHorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan
yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 8 fevraldagi
PQ-120-son “Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli
me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda amaliy dastur bo‘lib
xizmat qilmoqda.
Respublikamizda muhim rejali zotlar tarkibiga sut yonalishidagi zotlardan golshtin va
qoshmahsuldor zotlardan Simmental zotlari ham kiritilib barcha xo‘jaliklarda urchitilib
kelinmoqda.
Simmental sigirlarni saqlash ham kichik fermer xo'jaliklari, ham yirik korxonalar uchun
juda foydali variant bo'lmoqda. Biroq, to'g'ri parvarish, oziqlantirish va sharoitlarini ta'minlash
ISSN:2181-2020
86
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
juda muhimdir. Simmental sigirlari to'g'ri boqish bilan sifatli sut-go'sht ishlab chiqarishni va
uzoq muddatli barqaror naslchilik modelini tashkil qiladi. Shu sababli, Simmental sigirlar
chorvachilikda afzal ko'riladigan ishonchli zotdir.
Aholini chorvachilik mahsulotlari ya’ni sut-go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash
maqsadida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Qiziltepa hududida joylashgan “Bobur
Murodaliyevich” hususiy fermer xo‘jaligiga 2019 yilning dekabr oyida Germaniyadan 32 bosh
simmental zotining bug‘oz g‘unojinlarini olib kelingan.
Sigirlarning sut mahsuldorligiga uning genotipi bilan birgalikda paratipik omillardan
bo‘lgan oziqlantirish va asrash sharoiti juda katta tasir ko‘rsatadi. Laktatsiyaning dastlabki
haftasida yangi tuqqan sigirlarda ozuqa iste’molining kamayishi va organizmda laktatsiya
dominantasi deb ataluvchi holat tufayli ko‘p miqdorda sut hosil bo‘ladi hamda organizm barcha
imkoniyatlarini sut hosil qilishga safarbar etadi. Natijada, organizmga kiruvchi va sut orqali
chiquvchi to‘yimli moddalar bo‘ycha manfiy muvozanat yoki to‘yimli moddalarning
yetishmovchiligi yuz beradi va bu defitsitni sigir organizmdagi zahira moddalar hisobiga
qoplaydi, oqibatda hayvon oriqlashi va tirik vaznining kamayishi kuzatiladi. Bu holat sigirning
sog‘lomligiga, hayotiy muhim organlarning, ayniqsa jigar faoliyatiga salbiy tasir ko‘rsatadi,
keyingi sut mahsuldorligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun sersut sigirlar
ratsionini laktatsiya davrida oson hazm bo‘luvchi, energiya va mineral moddalarga boy bo‘lgan
ozuqalar bilan boyitish sut mahsuldorligini yuqori darajada saqlab qolishda o‘ta muhim
ahamiyat kasb etadi.
Material va metodlar:
Ilmiy tadqiqot ishlari, zotning hususiyatlaridan kelib chiqib,
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Qiziltepa hududida joylashgan “Bobur Murodaliyevich”
hususiy fermer xo‘jaligida olib borilmoqda. Xo‘jalikda hozirgi vaqtda respublikamizning barcha
viloyatlarida o‘zining yo‘qori mahsuldorligi va turli iqlim sharoitiga moslashuvchanligi bilan
boshqa zotlardan ajralib turuvchi qo‘shmahsuldor simmental zoti urchitib kelinmoqda.
Maqsad sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi yaxshilovchi qoramolar bosh sonini ko‘paytirish,
mahaliy qoramollarning o‘rnini to‘ldirishdan iborat.
Tadqiqotlarni o‘tkazish uchun xo‘jalikka keltirilgan birinchi tug‘um yoshidagi toza zotli
simmental sigirlardan 15 bosh 1-guruhga ajratilib olindi, II va III guruhlarga birinchi
tug’imdagi bog’oz g’unojinlardan 15 boshlan 30 bosh qizlaridan (avlodlaridan) shakllantirildi.
Birinchi guruh (nazorat) ga 15 bosh sigirlar kiritilib, ular xo‘jalikda mavjud bo‘lgan
ozuqalardan tuzilib asosiy meyorlar bo‘yicha muvozanatlashtirilgan ratsion (asosiy ratsion)
bo‘yicha oziqlantiriladi. II va III-tajriba guruhlargagi birinchi tug’um sigirlarini xo’jalik
sharoyitini hisobga olgan holda iydirish qo‘shimcha ravishda ko‘p va kam oziqa berish yo‘li
bilan amalga oshirildi.
Turli xil ekologik va genetik turdagi Simmental zoti g‘unajinlarining iqlimiylashuvini
o‘rganish va iqtisodiy foydali xususiyatlarini baholash, shuningdek, birinchi tugum sigirlar
ratsionida yangi ozuqa qo‘shimchalarini qo‘llash samaradorligini baholash chorvachilikda
dolzarbdir.
Natijalar va ularning tahlili:
Hayvonlarning ozuqaviy ehtiyojlari ularning sog'lom o'sishi va mahsuldorligi uchun juda
muhimdir. To'g'ri oziqlanlantirish hayvonlarning kasalliklarga chidamliligini oshiradi,
ISSN:2181-2020
87
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
reproduktiv faoliyatini yaxshilaydi va sut-go'sht ishlab chiqarishni oshiradi. Yaxshi oziqlangan
hayvonlar veterinariya aralashuvini kamroq talab qiladi va fermaning rentabelligini oshiradi.
Podaga ko‘p miqdorda birinchi tuqqan sigirlarni kiritish, undagi kam mahsul va yaroqsiz
bo’lgan sigirlarni brak qilish, poda mahsuldorligini kotarishni ta’minlaydi. Har 10 % brak
qilingan sigir hisobiga sut sog’imi 60-140 kg dan oshadi. Sigirlarni birinchi laktatsiya davrida
brak qilish ularni kelib chiqishga qarab tanlashga ko‘ra samaraliroqdir.
Tajriba uchun ajratilgan sigir tuqqanidan so‘ng 0,5-1,0 soat o‘tgach qo‘shilgan 4-5 litr
atala berildi, Sigirning 3 kun davomida sifatli pichan pichan bilan oziqlantirildi. Oziqalar
miqdori sigir yelinini holatiga qarab 10-15 kun ichida ular to‘liq me’yordagi rasionga o‘tkazildi.
Agar bu muddatdan oldin to‘liq rasionga o‘tkazilsa, oziq hazm qilish organlarida va sut
bezlarida noxush asoratlar qolishi mumkin.
Sigir tuqqanidan 40-50 minut o‘tgach, uning yelinini yuvib, quruq sochiq bilan artib
dastlabki- sut tomchilari sog‘ib ajratildi va shu sutda namuna sifatida mastit kasalligini bor-
yo‘qligi tekshirib ko‘rildi. Birinchi sog‘ilgan sut (og‘iz sutini) alohida sog’ib tashlandi, chunki u
bakteriyalar bilan ifloslangan bo‘ladi.
Endi tuqqan sigirlarni kunlik suti 6-8 litr bo’lganligi uchun kunlik rasioni tarkibida 8,0
oziqa birligi, 840 g hazmlanuvchi proteinni tashkil qildi. Sigirlar tuqqanidan so‘ng dastlabki 2-
3 oy davomida oziqlantirishni yaxshilash bilan sigirlarni sut mahsuddorligini ko‘paytirish
(iydirish) eski usullardan hisoblanadi. Ammo bu usul hayvonlarni irsiy va fiziologik
imkoniyatlarini ochish imkonini beradi. Qoramollarni ko‘p zotlari naslchilik ishlarini iydirish
usuli bilan uyg‘unlashtirish natijasida yaratilgan. Masalan 1930 yillarda Kostroma qoramol
zotini yaratishda S.I.Shteyman, sigirlarni oziqlantirishni yaxshilash va iydirishni to‘g‘ri
o‘tkazish yo‘li bilan 3 yil ichida sut mahsuldorligini 3000 kg dan 6000-6300 kg gacha oshirgan.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Tajribadagi sigirlarni iydirish (sutini ko‘paytirish) ularni tug‘riqxonadan chiqqanidan
so‘ng boshlandi (tuqqanidan 15-16 kunigan so‘ng). Iydirishni ma’nosi sigir asosiy rasioniga
qo‘shimcha ravishda oziqa iste’mol qilib, sutini ko‘paytirishi hisoblanadi. Uning asosiy
elementlari bo‘lib; to‘liq qimmatli oziqlantirish, to‘g‘ri sog‘ish, yelinini uqalash va yaxshi
saqlash hisoblanadi. Sigirlarni Iydirish 2-2,5 oy davom etdi.
Xulosa.
Oziqlantirish texnikasi va hayvonlarning oziqlanishi qishloq xo'jaligi va
chorvachilik sohasida fermer xo'jaliklarini muvaffaqiyatli boshqarish uchun juda muhimdir.
To'g'ri oziqlantirish va oziqlantirish dasturlarini qo'llash orqali hayvonlarning salomatligi va
mahsuldorligini oshirish, fermer xo'jaligining rentabelligi va barqarorligini ta'minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5017-sonli qarori. Toshkent. 2021 yil 3 mart.
2.
O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining PQ-4576-son “CHorvachilik tarmog‘ini davlat
tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2020 yil.
29. 01.
3.
2022 yil 8 fevraldagi PQ-120-son “Respublikasida chorvachilik sohasi va uning
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturi to‘g‘risida”gi
qaror.
ISSN:2181-2020
88
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
4.
U.N.Nosirov. Qoramolchilik. Toshkent.2021.170-171 b.
5.
Л.П. Игнатьева
Характеристика современной популяции крупного рогатого скота
симментальской породы России. Ж. Пермский аграрный вестник №4 (36) 2021. 100-106
с.
