ISSN:2181-2020
80
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 639.3.043.
KO‘LLARDA VA HAVZALARDA POLIKULTURA USULIDA BALIQ BOQISH
S.X.Narbayeva
B.B.Dexqonov
Mustaqil izlanuvchilar
M.K. Narbayeva
Ilmiy rahbar: Dotsent
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar unversiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868731
Annotatsiya:
Respublikamizda bugungi kunda balikchilik soxasida juda katta isloxatlar
amalga oshirilib kelinmokda. Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi «Balik al Said»
reproduktiv fermer xo‘jaligi xududida balikchilik soxasini intensivlashtirish bo‘yicha
izlanishlar olib borilgan. Telapiya baliqlarini urug‘ini inkubatsiyada ochirib, lichinkadan 5-6
oyda 500-600 gramgacha o‘stirish.
Kalit so‘zlar:
lichinka, chovoq, chavoqlarini etishtirish, chavoqlarni oziqlantirish,
planktonlar, yangi baliq turlari, telapiya, intinsiv havza.
Kirish.
Hozirgi kunda baliqchilik tarmog‘i boshqa tarmoqlarga qaraganda ancha jadal
rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 noyabrdagi “Baliqchilik
sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-sonli
qarorida hamda PQ-3657-sonli baliqchilik sohasiga intinsiv texnologiyalarni keng joriy etish
orqali, baliq yetishtirish xajmini bir necha barobarga oshirish, yangi istiqbolli akvakultura
ob’yektlarinini o‘zlashtirish, baliqchilik xo‘jaliklariga biriktirilgan suv xavzalaridan ilmiy
yondoshuv asosida samarali foydalanish, ularning melorativ holatini yaxshilash, shuningdek
resurs tejamkor texnologiyalar va innovatsiyalarni keng ko‘lamda joriy etish vazifalari
belgilangan.
2020 yil 29 avgusdagi– “Baliqchilik tarmog’ini qo’llab quvatlash va uning samaradorligini
oshirish chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4816 – sonli qarorida Respublikada baliqchilik
tarmog’ini qo’llab-quvatlash, baliqchilik va baliq ovlash xo’jaliklari faoliyatini samaradorligini
oshirish, ushbu sohada er va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda intinsiv
texnologiyalarni keng joriy etishni taminlash belgilab berilgan.
Bu soha bo‘yicha rejalar qaytadan ko‘rib chiqilib aniq va bajarilish imkoniyati mavjud
bo‘lgan ishlar rejalashtirilgan. Tabiiy suvliklarning baliq mahsuldorligini 10-12 kg/ga gacha
etkazish uchun baliq chavoqlarini etishtirish uchun maxsus inkubatsion sexlar tashkil qilish va
tabiiy suvliklarni baliqlashtirish zarur omillardan biri hisoblanadi. Iloji boricha har bir tabiiy
suvliklarning yaqin joylarida bunday sexlarni qurish rejalashtirilgan. Chunki hisob kitoblarga
ko‘ra har 100 gektar tabiiy suvliklarning yuzasiga muvofiq keladigan 1 gektarli chavoq
o‘stiruvchi hovuz qurish kerak. Chavoqlarni o‘stiruvchi hovuzlarga to oktyabr-noyabr
oylarigacha o‘stirib (100-150 g) so‘ngra segoletkalarni katta suvlikni baliqlashtirish maqsad
qilib qo‘yilgan. SHuning uchun ham tabiiy ko‘llarning yaqin va qulay joylarida baliq ikralari
uchun inkubatsion sex qurish va chavoqlarini etishtirish yaxshi natija bermoqda.
Respublikamizda baliqchilik xo‘jaliklarining asosiy ob’yekti bo‘lgan baliqlar; sazan, karp,
oq dungpeshona, oq amur, karas,chipor dungpeshona. Yaqin yillarda urchitish uchun
ISSN:2181-2020
81
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
mo‘ljallangan yangi obektlardan; forel, venger karpi, osyotr, afrika laqqasi, telyapiya
baliqlaridir.
Respublikamizda bugungi kunda balikchilik soxasida juda katta isloxatlar amalga
oshirilib kelinmokda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi
“Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ - 5017- son qarorida 2021 yil 1 iyuldan boshlab qo’shilgan
qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan: chorvachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib,
go‘sht uchun realizasiya qilingan yirik va mayda shohli qoramollar tirik vaznining har bir
kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m; baliqchilik
xo‘jaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) ning
har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida
respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi belgilab berildi.
Balikchilik yillik rejasini to‘lik bajarish uchun Paxtachi tumanida balikchilik soxasini
yanada kengaytirish va intensivlashtirish uchun ishlar olib borilmoqda.
Material va metodlar:
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi «Balik al Said» reproduktiv fermer xo‘jaligi
xududida balikchilik soxasini intensivlashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borilmokda. Xo‘jalikda
baliq turlaridan: maxaliy karp, oq amur, oq dungpeshona va xorijdan keltirilgan vetnam karpi,
koya, telyapiya baliqlari urchitilmoqda. Xo‘jalikka 2015 yilda telapiya baliqlarining lichinkalari
keltirilgan bo’lib, o’stirish davomida ichidan tanlad olinib ota -ona to‘dasi tashkil qilingan.
Tilapiya baligi asasan Afrikada keng tarqalgan va bundan tashqari osiyoda ham katta
miqdorda chuchuk suv havzalarida uchraydigan bir biriga juda yaqin turlarni o‘z ichiga oladi.
Jaxonda intensiv usulda boqiladigan baliqlarni ichida birinchi uchlikdan o‘rin olgan. Telapiya
baliqlari diyarli hamma xo‘r, joy tanlamaydigan (moslashuvchan) hamda tashqi muxitga keskin
o‘zgarishlarga yuqori chidamlilik xususiyatlariga ega baliqdir. Tashqi ko‘rinishi, xususiyatlari
va xatti xarakati karplar oilasi vakillari bilan to‘liq mos keladi. Bu baliqlar “oilaviy juftlik” hosil
qilib urug‘langan tuxumlarini va lichinkalarini og‘iz bo‘shlig‘ida olib yuradi, chunki ularda
naslga g‘amxo‘rlik qilish va teretoriya instingiga ega.
Natijalar va ularning tahlili:
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi «Balik al Said» reproduktiv fermer xo‘jaligi
xududida balikchilik soxasini intensivlashtirish bo‘yicha izlanishlar olib borilmokda. Xo‘jalikda
baliq turlaridan: maxaliy karp, oq amur, oq dungpeshona va xorijdan keltirilgan vetnam karpi,
koya, telyapiya baliqlari urchitilmoqda. Xo‘jalik xududida, 2 getar tajriba - amaliyot
maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, 4 ta (0,5 ga dan ) ochiq hovuzlar qurilgan. Xojalikda yangi
baliq turlarini xitoy karp balig‘i, koya, telapiya baliqlarini ko‘paytirishga aloxida etibor
qaratilmoqda.
Tilapiya balig‘i, bu intensiv usulda yaxshi yetishtiriladigan baliq. Go‘shtida mayda
kiltanog‘i bo‘lmaydi va juda mazali. Sovuqqa chidamaydi. 13 gradusda shamollab nobud bo‘ladi.
Tilapiya balig‘i yaxshi boqilsa xar 3-4 oyda urug‘laydi (ikra qo‘yadi). Ikradan chiqqan lichinkasi
yaxshi sharoitda bo‘lsa 4-5 oyda o‘zi ikra qo‘yib ketaveradi. Juda tez ko‘payadi.
ISSN:2181-2020
82
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Xo‘jalikda telapiya baliqlarini xar yili
banitirovkadan o‘tkazish natijasida yaxshilari
tanlab olinib ota-ona to‘dasi shakillantirilgan.
Nerest xavuzlariga 25-30 ta –urg‘ochi baliqqa 12-
15 tadan erkak baliq tashlandi (1000m²).
Erkaklari diametri 35 sm chuqurligi 6 sm
bo‘lgan uya quradilar ushbu uyachaga urg‘ochisi
75-200 tagacha tuxum kuyadi va keyin bu tuxumlarni barchasini og‘ziga terib solib oladi.
Urug‘lanish jarayoni urg‘ochisining og‘iz bushlig‘ida sodir bo‘ladi, embrional tarakiyot davri
ham 3-5 kun urg‘ochi baliq og‘iz bo‘shlig‘ida sodir bo‘ladi. Tuxumdan lichinkalarning paydo
bulishi 5 kunga to‘g‘ri keldi, ularning yorib chiqishni boshlanishi 11 kungacha, yorib chiqib
bulishi 16 kunga to‘g‘ri keldi. Ko‘payish uchun suvning harorati 27 ºS. Urg‘ochilarida
ko‘payishning o‘rtacha intervali 28 kunga teng bo‘ldi.
Telapiya baliqlarini urug‘ini inkubatsiyada ochirib olish uchun ona baliqlar urug‘ini
og‘ziga olgandan keyin 5 chi sutkada ular tutib olinib, jabralarining orqasidan suv yuborish
orqali og‘zidagi otalangan urug‘ yuvib olindi. Urg‘ochi baliqdan ajratib olingan tuxum
inkubatorlarga (Veys apparatiga) joylashtirildi. Lichinkalar to’liq ochib chiqqandan keyin 80
litrli bochkalarga o‘tkazilib,
o‘stirish havzalariga o‘tkazildi. Lichinkadan 5-6 oyda 500-600 gramgacha o‘sadi. Jaxon
bozoridagi 300-500 gramlik tilapiya tovarny hisoblanadi
1-Rasm. Telapiya balig‘i. 2-rasm.Telapiya balig‘ining chovoqlari
“Balik al Said” reproduktiv baliqchilik fermer xo‘jaligidagi 2 gektarlik intinsiv tajriba
xovuzlarga baliqlarni tez o‘sishi va rivojlanishini yaxshilashni ta’minlash maqsadida, 2 ta
avtokormushka va suvni kislorodga boitish uchun eshkakli ariyatorlar o’rnatilib ochiq suv
xazalarida tajribadan o‘tkazildi.
Telapiya baliqlarini ozuqaga injiq emas. 50 gramlik baliqchalar tabiiy havzalarga
tashlanganda mavsum oxirida 1 kg tirik vazn qildi.
ISSN:2181-2020
83
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
3-Rasm. Mavsum oxirida tutilgan telapiya balig’i
Eng muximi tilapiya balig‘ini go‘shtining tarkibida omega 3 yog‘ kislotasi mavjud.
Baliq yog‘i tarkibidagi omiga 3 va omiga 6 yog‘ kislotalari bosh miya hujayralari tarkibiga
kiradi va bosh miya hujayralarining mimbranalarini xosil qilishda ishtirok etadi. Bundan
tashqari omiga 3 qondagi zararli xolisterin miqdorini kamaytirib ateroskleroz kasalligini
(atiroskliroz-qon tomirlar devorida xolistrin, yog‘ va tuzlarning to‘planib qolishi natijasida qon
tomirlar devori mo‘rtlashib qolishi) oldini olib, yurak qon-tomir sistemasining normal
ishlashini ta’minlab beradi.
Bizni O‘zbekistonimizda omega 3 faqat forel balig’ini tarkibida bor.
Xo‘jalikda barcha baliq turlarini oziqlantirishda ALLER AQUA yemlari bilan
oziqlantirilgan.
Xulosa
. O‘tkazilgan tajribalardan shunday xulosa qilish mumkinki bir yozlik baliqlardan
istemolga yaroqli tovar baliq yetishtirish mumkin ekan. Telapiya baliqlari intinsiv usulda
basseynlarda ko‘paytirish uchun juda qulay baliq turi xisoblanadi, ularni akvarumlarda ham
boqsa bo‘ladigan baliq turi xisoblanadi. Shuning uchun ham undan viloyatning boshqa
baliqchilik xo‘jaliklarida ham foydalanishni tavsiya etamiz, bu esa sohada innovatsion
texnologiyalardan unimli foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning «Baliqchilik sohasini yanada
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida » gi PQ-4005- sonli qarori. 2018 y.
6 noyabr.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Baliqchilik tarmog’ini qo’llab
quvatlash va uning samaradorligini oshirish chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4816 – sonli
qarori. 2020 yil. 29 avgust.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini
davlat tomonidan yanada qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi
PQ - 5017- son qarori. 2021 yil. 1 iyulda.
4.
B.K.Kamilov, I.I. Xalilov. O‘zbekiston sharoitida karp baligini etishtirish. Toshkent- 2014.
100 b.
5.
Xusenov S., Niyozov D.S., Sayfullaev G‘.M. Baliqchilik asoslari. O‘quv
ISSN:2181-2020
84
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
6.
qo‘llanma. Buxoro nashriyoti, 2010 yil.
7.
I.Xalimov, M.K.Narbaeva. Baliqchilik bilan shug‘illanuvchi fermer xo‘jaliklari uchun
uslubiy qo‘llanma. Samrkand- 2020. 110 b.
