ISSN:2181-2020
62
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 638.14.
ASALARILARNING XO‘JALIKDAGI FOYDALI XUSUSIYATLARI
To‘rayev O.S.
CHPITI Asalarichilik bo‘limi boshlig‘i, professori Rossiya tabiiy
fanlar akademiyasi akademigi
Maxmadiyorov O.A.
SamDVMCHBU dotsenti., q.x.f.f.d. (PhD)
Abdullayev J.O.
SamDVMCHBU tayanch doktoranti
Ibodullayeva M.
SamDVMCHBU talabasi.
Otamuradova M.K.
SamDVMCHBU talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15868340
Annotatsiya
. Maqolada mahalliy populyasiyadagi asalarilarning xo‘jalik foydali
xususiyatlarini, bir minut davr ichida ularning uchish faolligi, asal qopchasining vazni va
undagi qand miqdorining konsentrasiyasi kabi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
asal qopchasi, genofond, morfologik, refraktometr, parallel, kvadrat.
Abstract:
The article provides information on economic benefits of bees in the local
activity within one minute, the weight of the honey bag, and the concentration of sugar in it.
Key words:
concentration, honeycomb, gene pool, morphological, refractometer,
parallel, square.
Kirish.
Respublikamiz issiq iqlim sharoiti va serasal o‘simlik turlarining ko‘pligi bilan
boshqa Davlatlardan ajralib turadi, bu esa o‘z navbatida sohani rivojlantirishda muxim
axamiyat kasb etadi.
So‘ngi yillarda sohada vujudga kelgan salbiy oqibatlar natijasida asalari oilalari bosh
soni kamayib ketdi, bu esa mavjud asalari zotlarining irsiy xususiyatlaridan to‘la foydalanish
imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi, asalarilarning rivojlanish qobiliyati kechika boshladi,
qishlovdan chiqishi og‘irlashdi, iqlim sharoitimizga va turli kasalliklarga chidamliligi pasaydi.
Asalarilarning ana shunday beminnat xizmatlarini va u dehqonlaring qanotli
yordamchisi ekanligini hisobga olib hukumatimiz keyingi yillarda asalarichilikni
Respublkamizda yanada ham rivojlantirish to‘g‘risida ko‘pgina qarorlar qabul qildi. Shu
munosabat bilan “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3327 sonli qarori qabul qilindi. Bu
qaror asosida Respubilkamizda asalarichilik sohasi bir muncha rivojlandi. Uning moddiy-
texnika ta’minoti, kadrlar bilan ta’minlash ishlari mustahkamlanadi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirilishi va Respublikada har bir
sohaning rivojlanishida uzoq muddatli aniq chora tadbirlar dasturlari qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022 yil 8 fevraldagi PQ-120 sonli qarori asosida
“Respublikada 2022-2026 yillarda asalarichilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga
oshiriladigan chora tadbirlar” Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida sohani tubdan qayta qurishga
asosiy omil bo‘ldi va asal ishlab chiqarishga 2026 yilga kelib 50 ming tonnaga yetkazish
choralari ko‘rsatilgan.
ISSN:2181-2020
63
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
Respublika aholisini asalarichilik mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlashda, barcha
viloyatlarda joylashgan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish
dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Respublikada asalarichilikni rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. Xususan, asalarichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari soni yil sayin
ko‘payib bormoqda. Ularga xizmat ko‘rsatish madaniyati tubdan o‘zgarmoqda, sohani sanoat
texnologiyasi asosida rivojlantirish yo‘llari izlanmoqda. Respublikada tez sur’atlar bilan
rivojlanib borayotgan fermer xo‘jaliklarida asalarichilik ishlarini tashkil etish va asalari
oilasini boqish texnologiyasini modernizasiyalash va shu yo‘l bilan oila mahsuldorligini
oshirish yo‘llarini izlash, bunda asalari oilasida erta bahordan boshlab bajariladigan eng
mayda texnologik jarayonlarini modernizasiyalashgan, yangi texnologiya asosida amalga
oshirishdan iboratdir.
Sh.G.Yamaltdinov (1989) Respublikamizda mahalliy populyasiyadagi asalarilarning
o‘rganish borasida Samarqand viloyatidagi Kablukov nomli asalarichilik xo‘jaligidagi
asalarilar o‘zining morfologik belgilari bilan bir-biriga o‘xshamasligi va ular issiq iqlim
sharoitida, tabiiy tanlash yo‘li asosida O’zbekistonning o‘ziga xos populyasiyadagi mahalliy
asalarilar mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. [2, 3].
Asalarilarning xarakterli hususiyatlaridan biri, u yuvosh, tinchliksevar, qarov
o‘tkazilganda o‘zini erkin saqlaydi va chaqishga harakat qilmaydi. Past haroratli ob – havoda
ham dalada ishlaydi, ertalab quyosh chiqishdan oldin ish faoliyatini boshlaydi va kech
qorong‘u tushguncha ishlaydi, hatto issiq oydin kechalarida oy shu’lasiga qarab, g‘o‘za qator
oralariga ishlab, shira to‘plashi ko‘p marotaba kuzatilgan. [2, 4].
A.M.Vengerov (2002), S.P.Maksimovlarning (2006) tadqiqotlarida Rossiya federasiyasi
mintaqalarida ham ko‘pgina asalari populyasiyalari borligi va ular bir-biridan xulq atvori,
xo‘jalik foydali xususiyatlari va morfologik belgilari bilan keskin farq qilinishini ko‘rsatib
o‘tilgan hamda ular juda qimmatli genofond ekanligini, uni saqlash qadrlash hamda maxsus
pitomniklarda seleksiyalash yo‘li bilan ko‘paytirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tganlar.
Respublikamizning ta’biiy iqlim sharoitiga moslashgan mahalliy populyasiyadagi
asalarilarning morfologik belgilari va xo‘jalik foydali hususiyatlarini o‘rganish muhim ilmiy –
amaliy ahamiyatga ega. Bu populyasiyadagi asalarilar respublikamizning iqlimiga moslashgan
bo‘lib, kasalliklarga chidamli, tog‘ va tog‘oldi hamda sug‘oriladigan yerlarda o‘sadigan
o‘simliklar guliga tez moslashib, boshqa zot asalarilarga nisbatan ko‘p asal mahsuloti to‘plash
hususiyati bilan ajralib turadi. Shu maqsadda mahalliy populyasiyadagi asalarilarning xo‘jalik
foydali xususiyatlarini va uning xulq atvorini o‘rganish maqsadida chorvachilik,
parrandachilik va baliqchilik ilmiy–tadqiqot institutining dala sinov maydonchasidagi
mahalliy asalari oilalariga bir necha xil tajribalar o‘tkazildi. Quyidagi jadvalda, mahalliy
populyasiyadagi asalari oilalarida 1 minut davr ichida asalarilarga uchish faolligi ko‘rsatib
berilgan.
1-jadval
Asalarilarning 1 minut davr ichida uchish faolligi
Kunlar\soatlar
6:30
9:00
12:00
15:00
18:00
26.03
10
29
56
70
45
07.04
9
27
44
66
48
ISSN:2181-2020
64
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
19.04
11
37
62
63
50
03.05
15
42
69
73
55
1-jadval ko‘rsatkichlaridan shular ma’lum bo‘lmoqdakim, asalarilarning 1 minut davr
ichida o‘rtacha uchish faolligi 2024 yil 26 mart oyidan boshlab 3 may oyigacha o‘rganilganda,
ertalab soat 6:30 da 10 tani tashkil etgan bo‘lsa, soat 9:00 da - 29, tani; soat 12:00 da – 56 tani;
soat 15:00 da – 70 tani va soat 18:00 da esa 45 tani tashkil etgan va bu ko‘rsatkich aprel va
may oylarida mutassil ortib borgan va 15, 45, 69, 73, 55 tani tashkil etganligi aniqlandi.
Asalarilarning asal qopchasining vazni va undagi qand moddasining konsentrasiyasi
o‘rganib chiqildi. Buning uchun uyadan chiqqanda ishchi asalarilar ushlab olinib, uning qorin
qismi ko‘kragidan ohistalik bilan uzib olinganda, uning asal qopchasi alohida ajralib chiqadi.
Ajralib chiqqan asal qopchasidagi suyuqlik tarkibadagi qand moddasi refraktometr
yordamida o‘lchanib, undagi qand moddasi konsentrasiyasi aniqlab olindi. Bu to‘g‘ridagi
ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Asalarilarning asal qopchasining vazni va undagi qand miqdorining
konsentrasiyasi
O’lchov
vaqti
Uyadan uchib chiqganida
Uyaga qaytib kelganida
Asal
qopchasi-
ning
vazni
Cv.%
Qand
miqdori %
Cv.
%
Asal
qopchasi-
ning vazni
Cv.
%
Qand
miqdori %
Cv.%
19.04
5.07±0.22
5.03
39.82±0.99
4.12
47.8±0.11
3.29 50.56±0.06
6.68
2.05
3.63±0.15
8.55
56.59±0.07
4.45 42.66±0.08 4.91 39.81±0.07
5.24
2-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, uyadan uchib chiqgan asalarilarning asal
qopchasidagi qand miqdori aprel oyida 39.8 % va may oyida esa 56.5 % ni tashkil etgan
bo‘lsa, aprel oyida o‘z uyasiga qaytib kelganida qand miqdori konsentrasiyasi 51.5 % ni va
may oyida esa 39.8 % ni tashkil etishi aniqlandi.
May oyida gulshira serob bo‘lgani uchun, undagi qand miqdori konsentrasiyasi ancha
past bo‘lgan. Asalari oilalarini yil davomida o‘sishi va rivojlanishi o‘rganib chiqildi va ular
quyidagi 3-jadvalda o‘z aksini topgan.
3-jadval
Asalari oilalarini o‘sish va rivojlanishi
O‘lchov
vaqti
Nasl soni
(kvadrat)
Cv.%
Ona asalarini kunlik
tuxum qo‘yishi (dona)
Cv.%
26.03
75.7±0.12
16.1
908.47±0.45
15.9
07.04
96.8±0.44
8.18
1161.6±0.04
8.48
ISSN:2181-2020
65
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
02.05
117.2±0.15
7.40
14.06±0.04
7.40
15.05
142.2±0.05
39.1
1706.4±0.03
9.58
3-jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, asalari oilalarini o‘sishi va rivojlanishi mart oyida
o‘rganilganda, erta bahorda har bir asalari oilasida o‘rtacha nasl miqdori 75.7±0.12 kvadratni
tashkil etgan bo‘lsa, shu davrda ona asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi 908.4±0.45
donani tashkil etgan. Ona asalarini kunlik tuxum qo‘yishi miqdori kun sayin ortib borgan. 07
aprelda 1161.6 donani, 19 aprelda 1269.6 tani, 2 mayda 1406.4 tani va 15 mayga kelib 1706.4
tani tashkil etishi aniqlandi. Bu ko‘rsatkich mart oyidagiga nisbatan o‘sish darajasi 187.8 % ni
tashkil etgan. Asalari oilasidagi nasl miqdori ham shu tarzda parallel ravishda ortib borib, 15
mayda esa 142.2 kvadratni tashkil etganligi aniqlangan.
Xulosa.
Har ikkala ko‘rsatkichdagi raqamlar ishonchlidir. Bu esa asalarilar
respublikamiz iqlim sharoitida juda tez o‘sishini ko‘rsatib turibdi. Bunday asalari oilalarini
O‘zbekistonning barcha xududlarida keng tarqatish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabirdagi “Respublikamizda
asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi” dagi 3327-sonli qarori .
“Qishloq hayoti” gazetasi 2017 yil, 17 oktabr.
2.
Методы проведения научно-исследовательских работ в пчеловодство. г.Рыбное,
2002.
3.
Крахотин Н.Ф. Медоносные угодья высокогорий для павильониого пчеловодства
Сборник “Кормопроизведство, кормление и содржание с/х.ных животных”. Труды
УзНИИЖ, Тошкент, 1980, стр. 67-70.
4.
Тўраев О.С., Алимов Ш.М., Юулдошев А., Норбоев М. Пскомский горный экотип
местной популяции пчел Узбекистана Сборник научных трудов “Современние
тенденции развития аграрного комплекса”. Астрахань. 2016, стр.1104-1106.
5.
Тўраев О.С. Махмадияров О.А. Куччиев О. Норбоев М. Селекция местной популяции
медоносный пчел в Узбекистане. Сборник научных трудов “Современнье тенденции
развития аграрного комплекса”. Астрахань. 2016, стр.1107-1109.
