Авторы

  • X.B. Yunusov
    SamDVMCHBU professor., b.f.d.
  • O.A. Maxmadiyorov
    SamDVMCHBU dotsenti., q.x.f.f.d. (PhD)
  • J.O. Abdullayev
    SamDVMCHBU tayanch doktoranti
  • M.K. Otamuradova
    SamDVMCHBU talabasi.
  • M. Ibodullayeva
    SamDVMCHBU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.120601

Ключевые слова:

ozuqa asalari oilasi oziqlantirish qaymog‘i olingan sut sun’iy sut o‘sish va rivojlanish qo‘shimcha ozuqalar ona asalari tuxum quyishi asalarilar soni oilalar mahsuldorligi.

Аннотация

В результате кормления пчелиной семьи сахарным сиропом и медоперговой массой у матки показатели живой массы, плодовитости, и продуктивносты увеличивается на 10-15 %.


background image

ISSN:2181-2020

66

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

UDK 638.1

QO‘SHIMCHA OZUQALAR ONA ASALARINING VAZNIGA VA

PUSHTDORLIGIGA TA’SIRI O‘RGANISH

Yunusov X.B.

SamDVMCHBU professor., b.f.d.

Maxmadiyorov O.A.

SamDVMCHBU dotsenti., q.x.f.f.d. (PhD)

Abdullayev J.O.

SamDVMCHBU tayanch doktoranti

Otamuradova M.K.

SamDVMCHBU talabasi.

Ibodullayeva M.

SamDVMCHBU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15868367

Аннотация:

В результате кормления пчелиной семьи сахарным сиропом и

медоперговой массой у матки показатели живой массы, плодовитости, и
продуктивносты увеличивается на 10-15 %.

Summary:

As the result of feedino honey family with the sugar, serop and honey bee

bread mass the indicaters of live mass fertility and productivity of the gueen increase by 10-
15 %

Kalit so‘zlar:

ozuqa, asalari oilasi, oziqlantirish, qaymog‘i olingan sut, sun’iy sut, o‘sish

va rivojlanish, qo‘shimcha ozuqalar, ona asalari, tuxum quyishi, asalarilar soni, oilalar
mahsuldorligi.

Kishish.

O‘zbekiston iqlim sharoiti tez o‘zgaruvchan bo‘lib, gohida u asalarilarni uchish

faoliyatini va asal to‘plashini susaytiradi, havoning keskin isishi yoki yog‘ingarchiliklarning
ko‘p bo‘lishi, o‘simliklarni shira ajratishini to‘xtatib qo‘yadi. Ana shu davrda asalari oilasida
rivojlanish to‘xtab qoladi, ona asalari tuxum qo‘yishni qisqartiradi, xuddi shunday oilada yosh
nasl miqdori kamayib qoladi. Bularning hammasi asalari oilasini o‘sishi va rivojlanishiga
salbiy ta’sir etadi, hamda oilani bahor va yoz oylarida qo‘shimcha ravishda rag‘batlantiruvchi,
qo‘zg‘atuvchi, kuchaytiruvchi, quvvatlovchi, mineral oziqalar va vitaminlar bilan qo‘shimcha
oziqlantirishni talab qiladi. Shu bois, asalari oilasiga gulchangi yetishmagan davrda ozuqa
tarkibiga, oilani o‘sishi va rivojlanishnini tezlashtiruvchi mineral moddalardan qo‘shib
kelganlar. Masalan, oqsilli ozuqalardan qaymog‘i olingan sut, “Kichkintoy” bolalar ozuqasi,
sun’iy sut, xamirturush va achitqilar, mineral moddalardan–xlorella suspenziyasi kabi
preparatlar asalari oilasini oziqlantirishga tajriba tariqasida foydalanib kelingan va ijobiy
natijalar olingan.

Yu.S. Suchkov, N.Ye.Laduxin (2003), tajribalarida 1 litr yog‘i olingan sutda eritilgan 1 kg

shakar eritmasi asalarilarga tunda, har bir oilaga 300 grammdan eritma tariqasida berilgan,
natijada ona asalarining serpushtligi oshgan.

O.S. To‘rayevning (1992) ma’lumotlariga ko‘ra asalarilar qishlovi uchun 78 % shakar, 18

% suv va 7,4 % gul asalidan tuzilgan aralashmani berishni tavsiya etadi. Aralashma 35-40 ºC
haroratda 10-12 kun ushlab turiladi, uni har kuni ikki marta aralashtirib turish lozim bo‘ladi.

O.S.To‘rayevning (2003) o‘tkazgan tajribalarida bolalar ozuqasi uchun sanoat usulida

ishlab chiqarilayotgan “Kichkintoy” sun’iy sut kukunining 10 va 20 % li eritmalarini shakar


background image

ISSN:2181-2020

67

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

sharbatiga qo‘shib asalari oilasini oziqlantirish uchun foydalangan. Natijada, bahor faslida 10
% va 20 % li ozuqalardan foydalangan asalari oilalarida nazoratdagi oilalarga nisbatan ishchi
asalarilar miqdori 33-42 % ga, asal mahsuloti esa 21,7 – 46,6 % ga ko‘p bo‘lgan. Xuddi
shunday tajribalar nazoratdagilarga nisbatan 9,0-24,1 % ga ko‘payganligi va asalari oilasi
qishlovi uchun sifatli oqsilga boy ozuqa bilan ta’minlangan.

Asalari oilalarining o‘sishi va rivojlanishi uchun to‘la qimmatli ozuqa bo‘lishi muhim

ahamiyatga ega. Bunda oilalarning imkoniyati katta ahamiyat kasb etadi. Kuchli oilalarda
o‘stirilgan asalarilar o‘zining yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi, uzoq umr ko‘radi va
o‘rtacha imkoniyatga ega bo‘lgan oilalarga nisbatan ularning so‘ruvchi xartumchasi uzunroq
bo‘ladi.

Asalarilarning o‘sishi va rivojlanishiga qator omillar, ya’ni mo‘tadil harorat va

oziqlantirish katta ta’sir etadi, hattoki eng kam oziqlanadigan lichinkalar istemol qilgan
oziqalar ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etishi mumkin. Asalarilarni qo‘shimcha
oziqlantirish maxsus oziqlantirish joylarida 2-3 kun oralig‘ida 3-4 kg dan 2:3 nisbatda
beriladi. Buning uchun sof lavlagi yoki qamish shakaridan foydalanilgani maqsadga
muvofiqdir. Iloji boricha, kraxmal, un, osh tuzi, xushbuy moddalar essensiyalarini qo‘shish
yaramaydi. Shakarli qiyom 35-40

0

C gacha sovutiladi va asalarilarga kechasi beriladi.

Ozuqa uchun asalni shakarga almashtirish zarur bo‘lib qolgan paytlarda bu ish asosiy

asal yig‘ib olingandan keyin, ya’ni avgustning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Bu qari
asalaridan oqilona foydalanish imkoniyatini beradi va yosh asalarilar esa yaxshi qishlaydi.
Ona asalarilarning tuxum qo‘yishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha oziqalar beriladi.

Qo‘shimcha oziqalarni tayyorlash reseptini keltirib o‘tamiz.
1. Sutli+shakarli qo‘shimcha ozuqa:

Bir litr yangi sut 60

0

C gacha qizdiriladi va unga 1

kg shakar qo‘shiladi. Har kuni 0,2-0,3 kg dan berib boriladi. Ozuqa beriladigan idish shishali
bo‘lishi kerak.

2. Suyuq asalli+pergali qo‘shimcha ozuqa:

Birkg asal, 1 kg perga yarim litr qaynoq

suv bilan aralashtiriladi. Perganing yumaloqlari yaxshilab eziladi. Aralashma asalarilarga
berishdan avval suzgichdan o‘tkazib olinadi. Har bir-ikki kun oralig‘ida 0,4 kg dan
oziqlantiriladi.

3. Achitqili qo‘shimcha ozuqa:

50 gr yangi nonvoy achitqisi, 600 gr shakar va 350 gr

suv olinib aralashtiriladi va 1 litr qo‘shimcha oziqa olinadi. Shakar qaynoq suvga solinadi va
qaynaguncha aralashtirib turiladi. Qaynoq sharbat suzgichdan o‘tkaziladi. So‘ngra 50 gr
achitqi va shakar upasi qoshiq bilan quyuq qaymoq holatiga kelguncha uvalanadi. Tayyor
bo‘lgan aralashmani sharbat ustiga quyib, aralashtiriladi va qaynatiladi. Ozuqa yangi sog‘ib
olingan sut haroratiga yetguncha sovutiladi, ustiga yarim stakan asal qo‘shiladi va
aralashtiriladi. Ozuqa har kuni 150-200 gr dan 1,5-2 oy davomida berib boriladi.

4. Qandi:

Qandi shakar upasi va asaldan ikki xil usulda tayyorlanadi.

Birinchi resept. Buning uchun 3,2 kg upa va 400 gr asal kerak bo‘ladi. Asal suyuq holga

kelguncha eritiladi, faqat qaynab ketmasligi kerak, so‘ngra asta-sekin shakar upasi qo‘shiladi
va aralashtiriladi. Qishki oziqlantirish uchun aralashma quyuqroq tayyorlanadi.

Ikkinchi resept. 1 litr suv emallangan idishda ilitiladi va iliq suvga 2 kg shakar qo‘shiladi,

shundan so‘ng eritma qaynaguncha aralashtiriladi. Aralashtirish qaynash to‘xtaguncha davom
ettiriladi, hosil bo‘lgan ko‘piklar olib turiladi. Qaynab turgan aralashmaning harorati 112

0

C ga


background image

ISSN:2181-2020

68

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

yetganda unga 0,6 kg suyultirilgan asal qo‘yiladi va harorati 118

0

C ga yetkaziladi, so‘ngra

aralashmani toza idishga quyiladi va qo‘lni kuydirmaydigan holatgacha (70-80

0

C) gacha

sovutiladi. Shundan keyin eritma yog‘och qoshiq bilan quyuq oq xamir – qandi holatiga
kelguncha to‘xtovsiz aralashtiriladi.

Tayyor ozuqa mumlangan quruq yog‘ochdan yasalgan idishga solinib, quruq va salqin

joyda saqlash lozim.

5. Oqsilli ozuqa:

Asalarilar uchun asosiy oqsilli ozuqa o‘simlik gulchangchisi

hisoblanadi. Asalarilar ularni gulchang to‘plagich savatchalarida yig‘ib uyalariga olib keladi va
mumkataklarga joylashtiradi, va uning ustiga asal qo‘yadi.

Sut kislotali bijg‘ish natijasida zahiradagi oqsilli ozuqa – perga hosil bo‘ladi. Uning

sezilarli miqdori lichinkalarni oziqlantirishga sarflanadi va boquvchi asalarilar tomonidan
iste’mol qilinadi. Shuningdek, perga qishki va bahorgi ozuqa zahiralarini to‘plashda kerakli
oqsilli ozuqa hisoblanadi.

Asalari oilalari qo‘shimcha oziqlantirilganda shunga e’tibor berish lozimki, asal zahirasi

4 kgdan kam bo‘lmasligi kerak.

Bir sutkada bitta asalari o‘zining hayotini saqlash uchun 4,2 mg asal va 0,31 mg perga

sarflaydi. 1 kg yosh asalarini tarbiyalash uchun 1140 grammga yaqin asal va 900 grammga
yaqin perga kerak bo‘ladi.

Asalarilar bir marotaba uchishida kuchli sharbat yig‘ishda 50 mg, o‘rtacha sharbat

yig‘ishda 30-45 mg, kuchsiz sharbat yig‘ishda 15-20 mg sharbat to‘plashi mumkin.

Ishchi va erkak asalarilar lichinkalari hayotining birinchi 3 kunligidagi oqsilning asosiy

manbai – bu ona asalari suti hisoblanadi.

Oqsilli ozuqani asalarilar yaxshi o‘zlashtiradi (gulchangi tarkibida – 25 %, pergada 23 %

oqsil bo‘ladi), bundan tashqari bunday oziqa tarkibida uglevodlar, yog‘lar, vitaminlar va
mineral moddalar mavjud. Yil davomida kuchli asalari oilasini to‘la qimmatli oziqlantirish
uchun 40 kggacha gulchangchisi tayyorlab qo‘yish lozim bo‘ladi. U yetarli bo‘lmaganda yoki
yo‘q bo‘lganda asalarilarda oqsil tanqisligi kuzatiladi, bu esa ularni nobud bo‘lishiga olib
keladi. Bunday holatlarda asalarilar pergani o‘rnini bosuvchi ozuqalar bilan oziqlantiriladi.


background image

ISSN:2181-2020

69

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

Asalari oilalarini qo‘shimcha ozuqlantirishda ona asalarining vazniga va

pushtdorligiga ta’siri quyidagi foto lavhalarda keltirilgan.

Asalari oilasida turli xil ozuqalar bilan oziqlantirish jarayonlari.

Har bir guruhda 3 tadan asalari oilasi tanlab olindi va “Sutli+shakarli qo‘shimcha ozuqa”

va “Suyuq asalli+pergali qo‘shimcha ozuqa”lar bilan oziqlantirildi va ona asalarilar
urug‘lantirdi. Quyidagi jadvalda urug‘langan ona asalarilarning vazni ko‘rsatkichlari
keltirilgan (1–jadval).

1-jadval
Kuzda chiqqan, urug‘langan ona asalarilarning vazni (mg)

Guruh

Ozuqa

turi

Kuz faslida

Nazoratga

nisbatan,%

M ± m

CV %

I

Shakar sharbati

201,02 ± 1,4

3,74

100

II

Sutli+shakarli

qo‘shimcha ozuqa

209,66 ± 1,6

3,76

104,3

III

Suyuq asalli+pergali

qo‘shimcha ozuqa

214,34 ± 1,8

4,02

106,6


1–jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, II va III guruhlarda ona asalarilarning vazni

I – guruhlardagiga nisbatan og‘irroq bo‘lib, 209,66 va 214,34 mg ni tashkil etgan yoki bu
ko‘rsatkich 8,64 – 13,32 mg. ga, nazorat guruhiga nisbatan 4,3-6,6 % ga ko‘pdir. Yosh ona
asalarilarning pushtdorlik ko‘rsatkichlari 2–jadvalda keltirilgan.

2 -jadval
Kuzda yetishtirilgan yosh ona asalarilarning pushtdorlik ko‘rsatkichlari

Guruh

Ozuqa

turi

Asalari nasli

Nazoratga

nisbatan, %

M ± m

C

V

%

I

Shakar sharbati

1346 ± 28,6

6, 0

100

II

Sutli+shakarli qo‘shimcha ozuqa

1480 ± 36,2

6,12

110

III

Suyuq asalli+pergali qo‘shimcha

ozuqa

1547± 36,6

7,86

115


2-Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, suyuq asalli+pergali qo‘shimcha ozuqa bilan

oziqlantirilgan III-guruh asalari oilalari eng ko‘p tuxum qo‘yganligi ko‘zatildi, ya’ni ona
asalarilarning kunlik tuxum qo‘yishi 1547 donani tashkil etgan bo‘lib bu I-guruhga nisbatan
201 donaga II-guruhga nisbatan 67 donaga ko‘pdir yoki 10-15 foizyuqoridir.

Xulosa.

Asalarilar oilalarini “Sutli+shakarli” va “Suyuq asalli+pergali qo‘shimcha ozuqa” lar bilan

oziqlantirish natijasida Ona asalarilarning vazni, pushtdorlik ko‘rsatkichlari, asalarilar soni va
oilalar mahsuldorligi 10-15 % ga oshirildi.

Amaliy takliflar

Tahlil qilingan ma’lumotlariga asoslanib ishlab chiqarishga quyidagi amaliy taklifni

beramiz:

-asalari oilasi mahsuldorligini oshirish maqsadida erta bahordan boshlab va asalari

qishlovidan oldin kuz faslida ham ularning qishlovini talofatsiz o‘tishini ta’minlash uchun


background image

ISSN:2181-2020

70

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND

PROSPECTS OF DEVELOPMENT”

MAY 16, 2025

in-academy.uz

asalari ozuqasi tarkibiga “Sutli+shakarli qo‘shimcha ozuqa” va “Suyuq asalli+pergali
qo‘shimcha ozuqa”lar bilan oziqlantirildi taklif etiladi.

-xalqimizni ko‘proq asal mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida asalari oilalariga erta

bahordan boshlab oila mahsuldorligiga ta’sir etuvchi omillardan, bo‘lgan maysali bug‘doy
(sumalak) suvidan foydalanishni barcha asalarichilik dexqon va fermer xo‘jaliklariga taklif
etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Isamuxammedov A.I. Asalarichilikni rivojlantirish asoslari. Darslik. Toshkent, 2013 yil.

2.

To‘rayev O.S., Maxmadiyarov O.A. Asalarichilik. Darslik Toshkent, 2023 yil

3.

Qodirov B.A. - Asalari oilasi mahsuldorligini oshirishda turli xil oziqlantirish omillarining

ta’siri. Magistrlik dissertasiyasi. Toshkent -2009 yil.
4.

Сучков Ю.С. – Технология вывода пчеломаток из яиса. Ж.” Животноводство”, 2003,

№ 6, стр. 12 -13.
5.

To‘rayev O.S., Umarov K.U., Raxmatov I. – Issiq iqlim sharoitida asalari oilasini boqish

texnologiyasi.”Qishloq xo‘jaligida ekologik muammolar”-Halqaro ilmiy – amaliy anjuman
materiallari to‘plami, Buxoro, 2003, 440-441 betlar.
6.

To‘rayev O.S., –Asalari oilalarini boqish texnologiyasi. J.O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi,

1992, № 8, 9 bet.
7.

To‘rayev O.S., - Ximicheskiy sostav kormov pchel .J.: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, 2006,

№5, 46 bet.
8.

Ильясов Р.А., Николенко А.Г., Сайфуллиной Н.М. Тёмная лесная пчела. Апис

меллифера меллифера Л. Республика Башкортостан. Товарищество научных изданий
КМК. Москва, 2016 год.

Библиографические ссылки

Isamuxammedov A.I. Asalarichilikni rivojlantirish asoslari. Darslik. Toshkent, 2013 yil.

To‘rayev O.S., Maxmadiyarov O.A. Asalarichilik. Darslik Toshkent, 2023 yil

Qodirov B.A. - Asalari oilasi mahsuldorligini oshirishda turli xil oziqlantirish omillarining ta’siri. Magistrlik dissertasiyasi. Toshkent -2009 yil.

Сучков Ю.С. – Технология вывода пчеломаток из яиса. Ж.” Животноводство”, 2003, № 6, стр. 12 -13.

To‘rayev O.S., Umarov K.U., Raxmatov I. – Issiq iqlim sharoitida asalari oilasini boqish texnologiyasi.”Qishloq xo‘jaligida ekologik muammolar”-Halqaro ilmiy – amaliy anjuman materiallari to‘plami, Buxoro, 2003, 440-441 betlar.

To‘rayev O.S., –Asalari oilalarini boqish texnologiyasi. J.O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, 1992, № 8, 9 bet.

To‘rayev O.S., - Ximicheskiy sostav kormov pchel .J.: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, 2006, №5, 46 bet.

Ильясов Р.А., Николенко А.Г., Сайфуллиной Н.М. Тёмная лесная пчела. Апис меллифера меллифера Л. Республика Башкортостан. Товарищество научных изданий КМК. Москва, 2016 год.