ISSN:2181-2020
5
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
UDK 636.081/082.636.31.
HAR XIL ZAVOD TIPIDAGI SUR QO‘CHQORLAR AVLODIDA JUN TOLA
QOPLAMINING AYRIM KO‘RSATKICHLARI
X.B. Yunusov
b.f.doktori., professor,
S.R. Bozorov
q.x.f.doktori., professor,
S.B. Sattorov
q.x.f. nomzodi, dotsent,
R.R.Ruzimuradov
q.x.f nomzodi, dotsent
(Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15867828
Tayanch so‘zlar:
, Genofond, sur rangi, rang-baranglik, zot tipi, zavod tipi, gul tipi, yassi
gul, sur rangining ifodalanishi, rang-baranglikning tekis tarqalishi, surlik darajasi.
Аннотация:
Приведены результаты проявления длина просветленной части
волоса, длина волоса и плотность завитка в приплоде баранов-производителей
Узбекистанский, Нуратинский, Кызылкумский, Свердловский, Сарибельский и
Бухороишарифских заводских типов.
Resume:
There are adduced the results of display of sur offsprings ram-sires, newly
created Uzbekistan, Nurata, Kizilkum, Sverdlov, Saribel and Bukharaisharif stud types.
Qorako‘lchilikda seleksiyaning samarali usullarini qo‘llash natijasida yangi rang, rang
baranglik, gul tiplari, yuqori hayotchanlik va moslashish xususiyatlariga ega bo‘lgan
qo‘ylarining yuqori mahsuldor zot va zavod tiplari yaratildi bu esa zotning bozor talabidagi
qorako‘l mahsuloti yetishtiruvchi genofond tarkibini sezilarli boyitish imkonini berdi.
S.Yu. Yusupov va boshqalar (2016) Buxoro zot tipidagi sur rangli qorako‘l qo‘ylar bilan
naslchilik va tanlash ishlarini olib borishda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar mavjud. Qorako‘l
qo‘ylarini zavod tiplari bo‘yicha urchitib ko‘paytirish eng ko‘p qo‘llanadigan usullardan biri
hisoblanadi. Bu usul yordamida zotni takomillashtirish, yuqori mahsuldor hayvonlar sonini
ko‘paytirish, qimmatli barra teri sifatlarini yaxshilash mumkin bo‘ladi.
Tadqiqotlarimizda Buxoro zot tipidagi sur qo‘ylarning O‘zbekiston, Nurota, Kizilqum,
Sverdlov (Mahalliy), Saribel va Buxoroisharif zavod tipi qo‘chqorlari avlodining jun tola
qoplamining ayrim sifat ko‘rsatkichlarini o‘rgandik.
Tajriba Buxoro viloyati Jondor tumani “Amir Temur” qorako‘lchilik ma’suliyati
cheklangan jamiyatida, kumush sur rang-baranglikdagi O‘zbekiston, Nurota, Kizilqum,
Sverdlov (Mahalliy), Saribel va Buxoroisharif zavod tipidagi yassi gulli, mustahkam
konstitutsiya tipdagi qo‘chqorlarni xuddi shunday rang-baranglikdagi, yassi gulli, mustahkam
konstitutsiya tipli sovliqlar bilan juftlashdan olingan avlodlarda o‘tkazildi. Tajribadagi qo‘zilar
Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yurgizish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish)
bo‘yicha qo‘llanmasiga binoan baholandi. (Toshkent 2015 yil).
Qorako‘l qo‘zilarida jun tolalar uzunligi terilarning tovar xususiyatlarini baholashda
asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
ISSN:2181-2020
6
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
1-jadval
Jun tolasining uzunligi, (mm)
Zavod
tiplari
Qo‘zilar
soni
Dumg‘azasida
Orqa qirrasida
M±m
δ
%
M±m
δ
%
O‘zbekiston
224
9,08±0,13 1,45 12,9 11,3±0,15 1,51 11,7
Nurota
225
10,7±0,12 1,31 13,4 12,6±0,12 1,4
11,3
Qizilqum
229
9,5±0,13
1,4 12,8 11,5±0,11 1,4
12,3
Sverdlov (mahalliy)
208
9,9±0,11
1,6 13,3 12,2±0,13 1,5
13,3
Saribel
192
8,8±0,1
1,5 12,7 10,4±0,14 1,6
12,8
Buxoroisharif
190
9,0±0,15
1,7 13,1 11,4±0,15 1,7
13,1
Jun tolasining uzunligi Saribel zavod tipi avlodlarida nisbattan kaltaroq bo‘lib
dumg‘azasida 8,8±0,1 mm ni va orqa qirrasida 10,4±0,14 mm ni tashkil qildi. Nurota zavod
tipi avlodlarida ushbu ko‘rsatkich nisbattan uzun bo‘lib, dumg‘azasida 10,7±0,12 mm ni va
orqa qirrasida 12,6±0,12 mm ni tashkil qildi.
Sattorov S. va boshqalar (2020), sur rangli qo‘zilar terisida surlik darajasining
ifodalanishi asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib nasldan naslga o‘tuvchi belgi
hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning ifodalanishi qo‘zilarning nasllik qiymatini belgilashda,
qorako‘l terilarning tovar qimmatini baholashda muhim seleksion belgi hisoblanadi hamda
nasl uchun qoldirilayotgan qo‘zilarda ushbu ko‘rsatkichga e’tibor berilishi talab etiladi.
2-jadval
Surlik darajasining ifodalanishi, (%)
Zavod tiplari
Qo‘zilar
soni
1/10
2/10
3/10
4/10
5/10
O‘zbekiston
224
1,3±1,1 11,2±3,0 46,9±4,7 27,2±4,2 13,4±3,2
Nurota
225
2,2±1,4 15,2±2,8 53,4±4,7 23,1±4,0
6,1±2,9
Kizilqum
229
5,4±1,7 16,0±3,2 50,2±4,7 26,0±3,8
6,1±3,0
Sverdlov (mahalliy)
208
4,4±1,5 19,5±3,1 55,3±4,8 10,8±3,6 10,0±3,1
Saribel
192
15,1±1,8 29,2±3,2 46,6±5,4
5,4±2,7
3,0±3,1
Buxoroisharif
190
13,1±2,1 31,3±4,2 39,3±6,1 12,1±2,1
4,2±3,3
Buxoroisharif va Saribel zavod tipidagi qo‘chqorlarning avlodida surlik darajasi 1/10 va
2/10 nisbatda bo‘lgani ko‘p bo‘ldi. Surlik darajasi 3/10 nisbatda bo‘lgan qo‘zilar chiqimi
Kizilqum, Nurota, (Sverdlov - mahalliy) qo‘chqorlar avlodida ko‘p bo‘lib (50,2±4,7),
(53,4±4,7), (55,3±4,8) foizni tashkil qildi. Surlik darajasi 4/10 nisbatda bo‘lgan qo‘zilar
chiqimi Nurota, Kizilqum va O‘zbekiston zavod tipi qo‘chqorlari avlodi avlodida ko‘p bo‘ldi
(23,1±4,0), (26,0±3,8), (27,2±4,2) foizni tashkil qildi. Zavod tipi qo‘chqorlari ushbu
ko‘rsatkichini avlodlariga mustahkam ravishda bera olish qobiliyatiga ega ekan.
Gullarning mustahkamligi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, u jun tola
qoplamining quyuqligi, tola tiplarining nisbati, jun tolasi uzunligi, gullarning uzunligi va
boshqa belgilar bilan o‘zaro bog‘liq. Mustahkam gulli terilar qimmatli hisoblanadi. Bu esa
ularning bozorgirlik hislatlarini oshiradi.
Qalami gullarning mustahkamligi Buxoroisharif, Saribel va Qizilqum zavod tipi
avlodlarida juda mustahkam bo‘lganlari ko‘p bo‘ldi 31,3-29,4 -25,8 foizni tashkil qildi. Qalami
ISSN:2181-2020
7
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
MAY 16, 2025
in-academy.uz
gullarning mustahkamligi yetarsiz bo‘lganlari Sverdlov (mahalliy) va Nurota zavod tipi
avlodlarida ko‘pligi kuzatildi 27,0-23,5 foizni tashkil qildi.
3-jadval
Gullarning mustahkamligi, %
Zavod
tiplari
Qo‘zilar
soni
Juda
mustahkam
Mustahkam
Mustahkamligi
yetarsiz
O‘zbekiston
224
20,6±3,8
60,7±4,6
18,7±3,7
Nurota
225
17,8±3,6
58,7±4,6
23,5±4,0
Qizilqum
229
25,8±4,1
57,2±4,6
17,0±3,5
Sverdlov (mahalliy)
208
15,3±3,5
57,7±4,8
27,0±4,3
Saribel
192
29,4±4,1
59,5±4,9
11,1±1,4
Buxoroisharif
190
31,3±3,9
56,5±5,1
12,2±1,3
Tadqiqot natijalariga tayanib ushbu zavod tipi qo‘chqorlarining avlodlarida sur rangiga
xos ayrim seleksion belgilar surlik darajasining kuchli namoyon bo‘lishi, shuningdek jun
tolasining uzunligi va gullarning mustahkamligi kabi ko‘rsatkichlarining talab darajasidaligini
e’tiborga olib, ushbu zavod tipi qo‘chqorlaridan yuqoridagi o‘rganilgan belgilarni avlodlarda
mustahkamlash maqsadida Respublikamizdagi Buxoro zot tipidagi sur qo‘ylarni urchitishga
ixtisoslashgan barcha toifadagi xo‘jaliklarda keng miqiyosida foydalanish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Сатторов С.ва бошқалар. Бухоро зот типидаги қўчқорлар авлодида сур ранги ва
ранг-баранглигининг ифодаланиши. O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali №4. 2020.
34-35 bеtlаr.
2.
Юсупов С., Фазилов У. Т., Газиев А., Базаров С., Сатторов С. Высокопродуктивные
популяции каракульских овец Узбекистана. Самарканд. 2016. 156 стр.
