Авторы

  • Zafar Ochilov
    Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD)., Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
  • Hasan Qarshiboyev
    Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD)., Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.128049

Ключевые слова:

Qattiq bug‘doy nav tizma sariq zang kasalligi qo‘ng‘ir zang kasalligi kasalliklarga chidamlilik baholash tanlash.

Аннотация

Maqolada raqobat nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan qattiq bug‘doy nav va tizmalarining dala sharoitida zang kasalliklariga chidamligini baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, bunda dala sharoitida qattiq bug‘doy nav va tizmalarining sariq zang va qo‘ng‘ir zang kasalliklariga chidamligini baholash bo‘yicha olingan taxlil natijalari bayon etilgan.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020

Page 228

EU RASI AN JOU RN AL OF ACAD EM I C RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

U I F =

8.1 |

SJI F =

5.685

www.in-academy.uz

Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020

Page 0

Volume 2

8

ISSN: 2181-2020

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

Volume 2 Issue 12 (2022): EJAR

RESULTS OF EVALUATION OF RESISTANCE TO RUST

DISEASES OF DURUM WHEAT VARIETIES AND LINES

Ochilov Zafar Abdullayevich

Karshiboev Кhasan Xolbazarovich

Doctors of Philosophy (PhD) in Agricultural Sciences,

Scientific research Institute of rainfed Agriculture

https://doi.org/10.5281/zenodo.15341750

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26

th

April 2025

Accepted: 29

th

April 2025

Online: 30

th

April 2025

,

The article presents the results of scientific research conducted
to assess the resistance of durum wheat varieties and lines to
rust diseases in field conditions, studied in the competitive
variety testing experimental field, this paper presents the
results of field studies to assess the resistance of durum wheat
varieties and lines to yellow rust and brown rust diseases.

KEYWORDS

Durum wheat, variety, line,
yellow rust disease, brown
rust

disease,

disease

resistance,

evaluation,

selection.

QATTIQ BUG‘DOY NAV VA TIZMALARINING ZANG KASALLIKLARIGA

CHIDAMLIGINI BAHOLASH NATIJALARI

Ochilov Zafar Abdullayevich

Qarshiboyev Hasan Xolbazarovich

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD).,

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15341750

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26

th

April 2025

Accepted: 29

th

April 2025

Online: 30

th

April 2025

,

Maqolada raqobat nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan
qattiq bug‘doy nav va tizmalarining dala sharoitida zang
kasalliklariga chidamligini baholash bo‘yicha olib borilgan
ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, bunda dala
sharoitida qattiq bug‘doy nav va tizmalarining sariq zang va
qo‘ng‘ir zang kasalliklariga chidamligini baholash bo‘yicha
olingan taxlil natijalari bayon etilgan.

KEYWORDS

Qattiq bug‘doy, nav, tizma,
sariq

zang

kasalligi,

qo‘ng‘ir zang kasalligi,
kasalliklarga chidamlilik,
baholash, tanlash.

Kirish.

Bugungi kunda dunyo miqyosida boshoqli don ekinlarining zang kasalliklariga

qarshi kurashishning tejamkor va eng samarali usullaridan biri bu seleksioner olimlar

tomonidan zang kasalliklariga chidamli bo‘lgan yangi bug‘doy navlarini yaratish va ularni

ishlab chiqarishga joriy etishdir.

Boshoqli don ekinlarining zang kasalliklariga chidamli navlarini yaratish hozirgi kunda

iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lishi bilan birgalikda, g‘alla maydonlarida kimyoviy vositalardan

foydalanishning oldi olinib, ekologiyani kimyoviy zararlanishdan saqlab turuvchi tadbirlardan
biri hisoblanadi.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020

Page 229

Qattiq bug‘doy ekini yumshoq bug‘doy ekiniga nisbatan ishlab chiqarish sharoitida sariq

va qo‘ng‘ir zang kasalliklariga chidamli ekin turi hisoblanadi.

Bug‘doyning kasalliklarga chida

mli navlarini yaratish seleksiyaning asosiy

yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Har yili ekinlar hosilining 25

-

30 foizi, ba’zi hollarda undan

ham ko‘p qismi kasalliklar va zararkunandalar natijasida xirmonga kelib tushmaydi yoki
bug‘doyning sifatini sezilar

li darajada pasaytiradi. Shu sababli yangi navlarni yaratish

jarayonida seleksion materialning kasallik va zararkunandalarga chidamligi muhim
ahamiyatga egadir [2].

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bug‘doy o‘simliklari zang kasalliklari bilan qanchalik erta

zararlansa, shunchalik hosildorlik pasayishi kuzatilgan [3., 4].

Sariq zang kasalligining zarari qo‘ng‘ir zang kasalligiga nisbatan ko‘p uchraydi. Chunki

patogen o‘simlik o‘suv davrining dastlabki fazalarida paydo bo‘lib, o‘simlikning deyarli barcha

vegetativ organlari, hatto boshoq qiltiqlarini ham zararlaydi. Sariq zang kasalligi bilan

zararlangan o‘simliklarda assimilyatsiya faoliyati pasayib ketadi, transpiratsiya va nafas olish

kuchayishi bilan birga boshqa fiziologik va bioximik jarayonlarning buzilishi kuzatiladi.

Bularning hammasi o‘simlikni kuchsizlantirib, puch don hosil bo‘lishiga olib keladi. Natijada
1000 dona don vazni kamayadi, hosildorlik pasayib, sifatsiz don hosil bo‘ladi [5].

Zang kasalliklari zamburug‘li kasalliklar orasida eng ko‘p zarar k

eltirishi bilan ajralib

turadi. O‘zbekiston sharoitida bug‘doy o‘simligi asosan sariq zang (Puccinia striiformis West f.
sp. Tritisi et Henn) kasalligi bilan ko‘proq zararlanadi [6].

Sariq zang kasalligi bug‘doy o‘simligining dastlabki fazalarida salqin sh

aroitda (+2

0

C

+15

0

C) paydo bo‘lib yaxshi rivojlanadi. Ushbu kasallik natijasida 50%, ba’zan kuchli

rivojlanganda 100% gacha don hosili yo‘qotilishi mumkin [7].

Material va metodlar.

Qattiq bug‘doyning raqobat nav sinash tajriba maydonida

o‘rganilgan nav va

tizmalarining zang kasalliklari bilan kasallanish darajasini baholash

bo‘yicha tadqiqotlar 2024 yilda Lalmikor dehqonchilik ilmiy

-tadqiqot institutining markaziy

lalmikor tajriba dala maydonida olib borildi. Tajriba kuzatuvlari, taxlillar Butunittifoq

o‘s

imlikshunoslik instituti (VIR) [9] hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti

G‘allaorol ilmiy

-

tajriba stansiyasi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar asosida [1].

Tadqiqotlarda o‘rganilgan qattiq bug‘doy nav va tizmalarining zang ka

salliklariga chidamlilik

darajasi Manners va Kobb shkalasi bo‘yicha (foiz hisobida) baholandi [8].

Natijalar va ularning tahlili.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasidan ko‘rinib turibdiki,

qattiq bug‘doyning raqobat nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan

nav va tizmalarning

sariq zang kasalligi bilan kasallanish darajasi 2024 yillda aprel va may oylarida yog‘in miqdori
ko‘p bo‘lib, sariq zang kasalligi sporalari rivojlanishi uchun namgarchilik va havo haroratining
yetarli bo‘lganligi sababli nav va tizmala

rning sariq zang kasalligiga chidamligini dala

sharoitida aniqlash imkoniyatini yaratdi.

Tajriba kuzatuvlariga ko‘ra o‘rganilgan qattiq bug‘doy nav va tizmalarida qo‘ng‘ir zang

kasalligi bilan kasallanish darajasi kuzatilmaganligi taxlil natijalarida aniqlandi. Taxlillarga

ko‘ra qattiq bug‘doy nav va tizmalari qo‘ng‘ir zang kasalligiga nisbatan sariq zang kasalligiga

beriluvchan ekin turi ekanligi kuzatildi.

Dala tajribalarida olib borilgan fenologik kuzatuvlar natijasiga ko‘ra qattiq bug‘doy nav

va tizmalarining zang kasalliklar bilan kasallanish darajasi o‘rganilganda 2024 yilda ob

-havo


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020

Page 230

sharoitlarining sariq zang kasalligi sporalari rivojlanishi uchun qulay kelganligi sababli nav va
tizmalarda kasallanish darajasi 5-

80% gacha bo‘lganligi aniqlandi (1

-jadval).

1-jadval.
Raqobat nav sinash tajriba maydonidagi qattiq bug‘doy nav va tizmalarining zang

kasalliklari bilan kasallanish darajasini baholash natijalari (G‘allaorol -2024 y).

Nav va tizmalar

nomi

Sariq zang bilan

kasallanishi (%)

Qung‘ir zang bilan

kasallanishi (%)

1

Leukurum-3 (an)

30

0

2

Javohir

30

0

3

Marvarid

80

0

4

Yoqut-2014

20

0

5

Billurdon

20

0

6

Kumushdon

10

0

7

Tilladon

5

0

8

RNS-2023/7

30

0

9

RNS-2023/8

10

0

10

RNS-2023/9

30

0

11

RNS-2023/11

10

0

12

RNS-2023/12

20

0

13

RNS-2023/13

20

0

14

RNS-2023/14

30

0

15

RNS-2023/17

20

0

16

RNS-2023/18

10

0

17

RNS-2023/19

20

0

18

RNS-2023/21

10

0

19

RNS-2023/24

40

0

20

RNS-2023/25

30

0

21

RNS-2023/26

20

0

22

RNS-2023/27

5

0

23

DNS-2023/6

30

0

24

DNS-2023/16

5

0

25

DNS-2023/17

30

0

26

DNS-2023/19

30

0

27

DNS-2023/20

30

0

Taxlillarga asosan qattiq bug‘doyning raqobat nav sinash tajriba maydonida o‘rganilgan

nav va tizmalarning sariq zang kasalligi bilan kasallanish darajasi andoza «Leukurum

-

navida 30 foiz, Javohir navida 30 foiz, Marvarid indikator navida 80 foiz, Yoqut-2014,
Billurdon navlarida 20 foiz, Kumushdon navida 10 foizni tashkil etdi. RNS-2023/8, RNS-
2023/11, RNS-2023/18, RNS-2023/21 tizmalarida sariq zang kasalligi 10 foiz, RNS-2023/12,
RNS-2023/13, RNS-2023/17, RNS-2023/19, RNS-2023/26 tizmalarida 20 foiz, RNS-2023/7,


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020

Page 231

RNS-2023/9, RNS-2023/14 va boshqa tizmalarda 30 foiz sariq zang kasalligi bilan
kasallanishi tadqiqotlarda kuzatildi.

Qattiq bug'doyning Tilladon, RNS-2023/27, DNS-2023/16 nav va tizmalarida sariq zang

kasalligi 5 foizni tashkil etib, andoza navga nisbatan sariq zang kasalligiga chidamli nav va
tizma ekanligi aniqlandi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra sariq va qo'ng'ir zang kasalliklariga chidamli bo'lgan qattiq

bug'doy nav va tizmalari ajratib olindi va qattiq bug'doyning sariq zang kasalligiga chidamli
navlarini yaratish maqsadida duragaylash ishlari olib borildi.

Tajriba natijalariga asosan qattiq bug'doyning sariq zang kasalligiga chidamli nav va

tizmalari kelgusida boshlang'ich manba sifatida foydalanish uchun selektsiya jarayoniga
taqdim etildi.

Xulosa.

Lalmikor maydonlar sharoitida qattiq bugʼdoy nav va tizmalarining zang

kasalliklariga chidamligini oʼrganish boʼyicha olingan ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilish

asosida quyidagi xulosalarga kelindi;

Dala tajribalarida olib borilgan fenologi

k kuzatuvlar natijasiga ko‘ra qattiq bug‘doy nav

va tizmalarining zang kasalliklari bilan kasallanish darajasi o‘rganilganda 2024 yilda ob

-havo

sharoitlarining sariq zang kasalligi sporalari rivojlanishi uchun qulay kelganligi sababli nav va
tizmalarda kasallanish darajasi 5-

80% gacha bo‘lganligi aniqlandi.

Tajribalarda zang kasalliklariga chidamligi bo‘yicha andoza navdan yuqori ko‘rsatkichka

ega bo‘lgan Tilladon, RNS

-2023/27, DNS-2023/16 Kumushdon, RNS-2023/8, RNS-2023/11,

RNS-2023/18, RNS-2023/21 tizmalari andoza navga nisbatan sariq zang kasalligiga chidamli
nav va tizma ekanligi aniqlandi. Ushbu nav va tizmalardan kelgusida seleksiya jarayonida

zang kasalliklariga chidamli qattiq bug‘doy navlarini yaratish uchun boshlang‘ich manba

sifatida foydalanish mumkin.

References:

1.

Amanov A.A. va boshqalar. Donli ekinlar seleksiyasi va boshlang‘ich urug‘chiligi bo‘yicha

uslubiy qo‘llanma. G‘allaorol 2004 yil.

2.

Amanov A.A., Siddiqov R.E. Bug‘doyning sariq, qo‘ng‘ir zang va qorakuya kasalliklari

hamda ularga qarshi

kurash omillari. Paxtachilik va donchilik. Toshkent. J. 2000. №2. 33

-34

betlar.
3.

Иванов П.К. Яровая пшеницы. М.: Колос. 1971. С. 328

.

4.

К

etata H. The importance of yellow rust in rainfed-wheat areas. First Regional yellow

rust conference for Central and West Asia and North Africa. Abstracts of oral and poster
presentations. 8-14 May 2001.

К

araj. Iran.

Р

p.4-6.

5.

Xia.X.C., Z.F.Li, G.Q.Li, Z.H.He, and R.P.Singh. Stripe rust resistance in Chinese bread

wheat cultivars and lines. In: H.T.Buc

к

, J.E.Nisi, N.Salomon (eds.). Wheat Production in

Stressed Environments. Proseedings of the 7th International Wheat Conference, 27
Novomber-2 December 2005, Mar del Plata, Argentina. Pp. 77-82.
6.

Бобоев С.К., Юсупов Ш., Мурзикова И., Хохлачева В.Е., Моргунов А.И. Изучение

перспективных сортов пшеницы Центральной Азии и Закавказъя на устойчивость к
желтой ржавчине и продуктивность в условиях Узбекистана. Вестник №1.


background image

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center

IF = 7.899

www.in-academy.uz

Volume 5, Issue 4, April 2025 ISSN 2181-2020

Page 232

Региональной сети по внедрению сортов пшеницы и семеноводству. Алматы, 2002. С.

17-20.
7.

Roelfs A.P., R.P.Singh, and E.E.Saari. 1992. Rust Diseafes of Wheat: Cosepts and methods

of disseat management. Mexico, D.F. Cimmy T. Рp.81.

8.

Hasanov B.O., Ochilov R.O. Bug‘doyning zang kasalliklarini aniqlash, hisobga olish va

ularga qarshi kurash choralarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyal

ar. Toshkent 2010.

9.

Изучение мировой коллекции пшеницы. Методические указания. ВИР. Ленинград

1984.
10.

H.Qarshiboyev., T.Xodjaqulov. Qattiq bug‘doyning zang kasalliklariga chidamli yangi nav

namunalari. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. 2015 yil №3. 30

-bet.

Библиографические ссылки

Amanov A.A. va boshqalar. Donli ekinlar seleksiyasi va boshlang‘ich urug‘chiligi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. G‘allaorol 2004 yil.

Amanov A.A., Siddiqov R.E. Bug‘doyning sariq, qo‘ng‘ir zang va qorakuya kasalliklari hamda ularga qarshi kurash omillari. Paxtachilik va donchilik. Toshkent. J. 2000. №2. 33-34 betlar.

Иванов П.К. Яровая пшеницы. М.: Колос. 1971. С. 328.

Кetata H. The importance of yellow rust in rainfed-wheat areas. First Regional yellow rust conference for Central and West Asia and North Africa. Abstracts of oral and poster presentations. 8-14 May 2001. Кaraj. Iran. Рp.4-6.

Xia.X.C., Z.F.Li, G.Q.Li, Z.H.He, and R.P.Singh. Stripe rust resistance in Chinese bread wheat cultivars and lines. In: H.T.Bucк, J.E.Nisi, N.Salomon (eds.). Wheat Production in Stressed Environments. Proseedings of the 7th International Wheat Conference, 27 Novomber-2 December 2005, Mar del Plata, Argentina. Pp. 77-82.

Бобоев С.К., Юсупов Ш., Мурзикова И., Хохлачева В.Е., Моргунов А.И. Изучение перспективных сортов пшеницы Центральной Азии и Закавказъя на устойчивость к желтой ржавчине и продуктивность в условиях Узбекистана. Вестник №1. Региональной сети по внедрению сортов пшеницы и семеноводству. Алматы, 2002. С. 17-20.

Roelfs A.P., R.P.Singh, and E.E.Saari. 1992. Rust Diseafes of Wheat: Cosepts and methods of disseat management. Mexico, D.F. Cimmy T. Рp.81.

Hasanov B.O., Ochilov R.O. Bug‘doyning zang kasalliklarini aniqlash, hisobga olish va ularga qarshi kurash choralarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar. Toshkent 2010.

Изучение мировой коллекции пшеницы. Методические указания. ВИР. Ленинград 1984.

H.Qarshiboyev., T.Xodjaqulov. Qattiq bug‘doyning zang kasalliklariga chidamli yangi nav namunalari. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. 2015 yil №3. 30-bet.