50
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
FARMATSEVTIK TA’LIMDA ANTROPOLOGIYA
-FALSAFIY FAN SIFATIDA
O’QITISHNING ISTIQBOLLARI
Inoyatova S.J.
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
e-mail: saodat010@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.17312463
Dolzarbligi:
Ta’lim tizimida zamon talabiga mos ravishda kadrlarni tayyorlashda yuqori o’rin
tutadi. U butun jamiyatning barcha sohalarida, xususan, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, fan,
texnika va madaniyati bilan bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Shuning uchun uni rivojlantirish umumiy
milliy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibi sanaladi.
Ma’lumki, sub’ekt - inson, insonni faollashtirish va ishlab chiqarishni faollashtirishga bevosita
aloqador. Shu bois, ishlab chiqarishning sub’ekti bo’lgan insonni zarur intellektual, ma’naviy,
emotsional usullar bilan boyitishga maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotning maqsadi:
Mumtoz adabiyotlarda menejerlar zimmasiga ko’plab talablar
yuklanadi, rahbar va boshqaruvchilar super qaxramonlar bulishi zarur go’yo. Bu deyarli ilojsiz.
Mazkur fikrni zamondoshmiz, doktor Isxak Kalderon Adizes olg`a suradi. “Kadr ideal emas” iborasi
asos hisoblanadi. Uning fikricha, bir nechta shaxsdan tarkib topgan, kuchli ijtimoiy boshqaruvni
tuzish imkoniyati mavjud, shunchaki sub'ektlarga nisbatan talablar formulasi bo`lishi zarur
.
Usul va uslublar:
Sir emaski, boshqaruv ob’ektining ko’lami qay darajada bo’lishidan qat’i
nazar, boshqaruv barqarorligi uchun zarur quvvat kerak. Go’yo inson organizmiga vitaminlar
qanchalik zarur bo’lsa, boshqaruv uchun ham “vitaminlar” kerak. Doktor Adizes menejerlarga,
asosan, 4 ta vazifa tamoyilini yuklaydi. U “vazifa” tushunchasini “vitamin” degan ibora orqali
ifodalaydi. Bu vitaminlarni “K”, “A” va “B” shartli belgilarda ko`rsatadi. - Natijalarga erishishga
kuch va diqqatni jamlash tamoyili. Shaxsiy faollik va natija yo`naltirilgan kuch mujassamligi. –
G’oyalar generatori. Kompaniyaning global rivojlanish yunalishlarini doimiy o`zgartirish vitamini.
Innovatsiya yaratish va strategiya tuzish vitamini. - Tashkilot ichki xolatini tartibda saqlash vitamini.
Detallarga jiddiy e’tibor beradi. Standart va qoidalarga qat’iy amal kiladi. - O`zgaruvchan
jarayonlarga xodimlarning munosabati qanday bo`lishi bilan doimiy qiziqish vitamini. Adizes bu
vitamin boshqaruvda katta ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi. “Vitaminlar” nazariyasiga binoan, hech
bir menejer, umuman, insonda to’rtta asos mujassam bo’lmaydi. Sababi, ular o’z harakati, xarakterida
bir-biriga zid. Buni aks tahlilda ko’rish mumkin. Samarasiz natijalarni ko’rsatayotgan tashkilotlarni
vitaminlar formulasi bo’yicha kodlashtirsak, 1 ta asos yakka hukmronligiga duch kelish mumkin.
Zamonaviy tilda bu mutloq normal bo’lmagan menejment, deb ataladi.
Natijalar:
Oliy kasbiy ta’limning davlat ta’lim standarti konsepsiyasi asosiy ta’lim dasturlari
(ATD) bitiruvchi yoshlarning tegishli faoliyat sohalaridagi rahbar bo`lib faoliyat yuritishlaridagi
muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan kasbiy va umumiy kompetensiyalarni shakllantirishni
nazarda tutadi. Mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi mehnat bozoridagi mavjud raqobat sharoitida
kasbiy faoliyat asosida shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan omillar. Kompetentlik
umumiy baholovchi atama bo‘lib, “mavzuni bilgan holda” harakat qilish qobiliyatini bildiradi.
Odatda ma’lum bir ijtimoiy-kasbiy maqomga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi, ularning
tushunchalari, bilimlari va ko‘nikmalari ular bajaradigan vazifalar va ular hal qiladigan
muammolarning murakkablik darajasiga qanchalik mos kelishini tavsiflaydi.
Xulosa:
Ko‘rinib turibdiki, bitiruvchi-yoshlarning rahbar kadr bo`lib shakllanishida
kompetensiyalar qatorida “jamoada ishlash qobiliyati”, “yangi bilimlarni egallash qobiliyati”, “bilim
51
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
va innovatsion g‘oyalardan foydalanishga tayyorlik” kabi qobiliyatlarini shakllanishida as qotadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, umumiy kompetensiyalar bitiruvchi-yoshlarni kasbga tayyorlash
malakasini oshirishning turli yo‘nalishlari uchun yetarlicha mos bo‘lib, zamonaviy-innovatsion-
kreativ rahbar kadrlarni kasbga tayyorlashning “asosiy o‘zagini” tashkil etuvchi zaruriy
kompetensiyalarni aniqlash va moslashtirish tavsiya etiladi.
