135
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
“ALLERGIYA VA YALLIG’LANISHDA QO’LLASH UCHUN QURUQ EKSTRAKT
OLISHDA O’SIMLIKLARNI TANLASH”
Cho’liyeva S.O.
1
Safarova D.T.
2
Toshkent Farmatsevtika instituti, Toshkent sh, O’zbekiston Respublikasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17325386
Dolzarbligi:
Hozirgi davrda allergik kasalliklar va yallig‘lanish bilan kechuvchi holatlar dunyo
bo‘yicha eng keng tarqalgan muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Atrof-muhitning ifloslanishi, oziq-
ovqatlardagi kimyoviy qo‘shimchalar, dorilarga bo‘lgan individual sezuvchanlik kabi omillar inson
organizmining immun javobini buzib, turli shakldagi allergiyalar va surunkali yallig‘lanish
kasalliklariga olib kelmoqda. Shu bilan birga, sintetik dori vositalarining uzoq muddatli qo‘llanilishi
ko‘plab nojo‘ya ta’sirlar, jumladan, doriga allergik reaksiya, organizmning susayishi va disbakterioz
holatlariga sabab bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda xavfsiz, tabiiy va samarali vositalar — ayniqsa
dorivor o‘simliklardan tayyorlangan ekstraktlar — muqobil yechim sifatida ko‘rilmoqda.
Tadqiqot maqsadi:
Allergik va yallig‘lanish bilan bog‘liq holatlarda qo‘llash uchun
mo‘ljallangan quruq ekstrakt tayyorlashda farmakologik jihatdan faol, xavfsiz va samarali
o‘simliklarni ilmiy asosda tanlash, ularning ekstraksiya uchun yaroqliligini baholash hamda
birgalikdagi qo‘llanilish imkoniyatlarini aniqlash.
Usul va uslublar:
Adabiyot tahlillariga asosan bir qancha o’simliklar allergiya va
yallig’lanishga qarshi samarali ta’sir ko’rsatadi, jumladan, moychechak, zubturum, gazanda, qora
zira, zanjabil, aloe, shalfey, uch bo’lakli qoraqiz kabi bir qancha tabiiy xomashyolar o’rganildi.
Tanlangan o‘simliklarning biologik faol moddalar tarkibi, farmakologik xususiyatlari, xalq tabobati
va zamonaviy ilmiy manbalardagi qo‘llanilish tajribalari tahlil qilindi. Ilmiy maqolalar,
dissertatsiyalar, farmakopeyalar va fitoterapiya bo‘yicha nashrlar asos qilib olindi.
Natijalar:
Adabiyotlar tahlili asosida allergiya va yallig’lanishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan
15 dan ortiq dorivor o’simlik turlari o’rganildi. Ular orasidan farmakologik faolligi, xavfsizligi va
kombinatsiya qilish imkoniyatlariga ko’ra shalfey (Salvia officinalis), ikki uyli gazanda (Urtica
dioica), uch bo’lakli qoraqiz ((Bidens tripartita), zanjabil (Zingiber officinale) kabi o’simliklar tanlab
olindi. Ushbu o’simliklar tarkibida mavjud bo’lgan flavonoidlar, efir moylari, taninlar, polisaxaridlar
va organik kislotalar allergik va yallig’lanish reaksiyalarni kamaytirishi aniqlangan. O’simliklarning
farmakologik ta’siri bir-birini to’ldiradi va sinergik kombinatsiya uchun qulay sharoit yaratadi.
Xulosalar:
Quruq ekstraktlar yuqori konsentratsiyalangan, dozalash qulay, saqlash muddati
uzoq bo‘lgan tabiiy preparatlar bo‘lib, zamonaviy farmatsevtikada ularga talab ortib bormoqda.
Ushbu o’simliklardan oqilona foydalanish allergik va yallig‘lanish kasalliklarining tabiiy vositalar
orqali davolanishiga zamin yaratadi, tanlangan o‘simliklarning farmakologik jihatdan asoslangan
tahlilini beradi, mahalliy xom ashyolardan foydalanish orqali arzon, samarali va ekologik toza
preparat ishlab chiqish imkonini yaratadi.
