Авторы

  • F Qarshieva
    Toshkent farmatsevtika instituti
  • Z Zufarova
    Toshkent farmatsevtika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.137748

Аннотация

Barcha dori preparatlariga asosan quyidagi talablar qo‘yiladi: biofaollik, sifat, mikrobiologik tozalik va turg‘unlik.

background image

142

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

IMMUNITETNI TIKLOVCHI BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHA YARATISH

BORASIDA TADQIQOTLAR

Qarshieva F.A.

1

Zufarova Z.X.

2

Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh, O’zbekiston Respublikasi

e-mail: zuhra_77@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.17326213

Ilmiy ishning dolzarbliligi:

Barcha dori preparatlariga asosan quyidagi talablar qo‘yiladi:

biofaollik, sifat, mikrobiologik tozalik va turg‘unlik. Bundan tashqari bolalarga mo‘ljallangan dori
preparatlarida ta’mini yaxshilash birinchi o‘rinda turadi. Bola organizmi o‘ziga xos maxsus tuzilishga
ega bo‘lib, ular dori moddalariga nisbatan juda sezgir bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida bolalarga
mo‘ljallangan dori preparatlarini yaratishda alohida ahamiyat berilishi lozimligini ko‘rsatadi. Bundan
tashqari dori preparatini organizmga yuborish usullari ham alohida e’tiborga loyiq. SHu sababli biz
ilmiy ishimizni bolalarga ishlatishga qulay bo‘lgan granula dori shakliga bag‘ishladik.

Ishning maqsadi:

ushbu ishning maqsadi qilib biz tomondan tavsiya etilayotgan

yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, bolalarga mo‘ljallangan dori preparatini sifat ko‘rsatkichlarini
o‘rganish deb belgiladik. SHuningdek sanoat miqyosida uzluksiz ishlab chiqarish uchun granulalarini
sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi texnologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi.

Tadqiqot uslubi va materiallari

: biz tomondan tavsiya etilayotgan bolalarga mo‘ljallangan

granula tadqiqotning materiali bo‘lib tanlab olindi. Belgilab olingan maqsadga erishish
uchun O‘zRDF sida, mos holdagi MTHlar asosida va adabiyotlarda keltirilgan usullardan foydalanib
tavsiyЩЩa etayotgan dori preparatimizni sifat ko‘rsatkichlarini o‘rgandik. Tavsiya etayotgan dori
preparatimizni sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun granulalar ma’lum talab etilgan texnologik
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari kerak. Chunki ular ishlab chiqarilayotgan granulalar sifatini belgilab
beradi. Shuningdek preparat dozasini bir xilligini ta’minlaydi. Granulalarni ishlab chiqarish
dastgohlaridagi ko‘rinishi o‘rganildi. Sanoat miqyosida uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlash
maqsadida quyidagi texnologik ko‘rsatkichlar o‘rganildi: fraksion tarkib, sochilma zichlik, erkin
tushish burchagi va oquvchanlik. Keyingi izlanishlar olingan granulalarni quyidagi sifat
ko‘rsatkichlarini o‘rganishga bag‘ishlandi: tashqi ko‘rinish, eruvchanlik kabilar.

Natijalar:

. Olingan granulalar – bir xil ko‘rinishga ega, aniq shaklga ega emas, oq yoki sarg‘ish

oq rangga yaqin spetsifik hidga ega. Suvda yaxshi erib tiniq sharbat hosil qiladi. Tavsiya etilayotgan
granulalar ijobiy fraksion tarkibga, sochilma zichlikka, oquvchanlikka va erkin tushish burchagiga
ega. Bu esa o‘z navbatida granulalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishda dozaning aniqligini,
saqlash muddatini ta’mienlaydi. Olingan granulalar tashqi ko‘rinishi, erish muddati va bir biriga
yopishgan granulalar soni bilan talabga javob beradi. 100 ml suvda eritib tayyorlangan granulalar
juda oz miqdorda xira ko‘rinadi. Bu esa talab darajasida ekanligi tajribalarda isbotlandi. Tajribaning
keyingi etapi granulalar mazasini aniqlashga bag‘ishlandi. Granula tarkibiga qo‘shilgan korrigent
moddasi kukunining mazasini deyarli bildirmaganligi kuzatildi.

Xulosalar:

olingan natijalar asosida xulosa qilib shuni aytish mumkin, tavsiya etilayotgan

tarkib va tanlangan muayyan tarkib optimal va olingan tabletkalar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha
granula dori preparatiga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi.