Авторы

  • S Xazratkulova
    Toshkent farmatsevtika instituti
  • N Zokirova
    Toshkent farmatsevtika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.137777

Аннотация

Akrilamid (AA) va boshqa to‘yinmagan amidlar asosida polimerlarni sintez qilishning asosiy usuli radikal polimerizatsiya bo‘lib, u barcha ma’lum usullar bilan amalga oshirilishi mumkin

background image

168

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

SUT KISLOTASI ASOSIDA OLINGAN POLIMERNING FIZIK KIMYOVIY

XOSSALARI

Xazratkulova S.M.

Zokirova N.T

Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

e-mail: sevara.hazratqulova.83@mail.ru tel: (97)753-23-73

https://doi.org/10.5281/zenodo.17328779

Dolzarbligi:

Akrilamid (AA) va boshqa to‘yinmagan amidlar asosida polimerlarni sintez

qilishning asosiy usuli radikal polimerizatsiya bo‘lib, u barcha ma’lum usullar bilan amalga
oshirilishi mumkin. Usullarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, polimerlarning
xossalarini va ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Keyingi yillarda N-
almashtirilgan amidlar asosidagi ionogen guruhlarga ega sintetik polielektrolitlarni fan va texnika,
biologiya va tibbiyotning turli sohalarida qo‘llash ko‘lami va hosil bo‘lish mexanizmiga qiziqish
kuchaymoqda. Bunday polielektrolitlarni olishning keng tarqalgan va qulay usuli ionli
monomerlarning radikal polimerizatsiyasi va sopolimerizatsiyasi hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi:

sut kislotasi asosida olingan polimerning fizik kimyoviy xossalari

Usul va uslublar:

PMR spektrlari PMR Unity 400 plus (Varian) ICPS ASRUz (D

2

O)

spektrometrida qayd etildi.

13

C YAMR spektrlari Vena universiteti (Avstriya) YAMR spektroskopiya

laboratoriyasida (D

2

O) BRUKER 600 MG spektrometrida qayd etilgan. Massa spektrlari 6420 –

HP\admin NotApplicable Prom 1 ESI.m spektrometrida qayd etilgan. Polimer eritmalarining
qovushqoqligini Ubbelode tipidagi kapillyar viskozimetrda o‘lchandi, unda suv oqimi vaqti 106,4
sek. Ichki viskozite Xaggins tenglamasining koordinatalaridagi bog‘liqliklar tizimi bilan aniqlandi,
ya’ni. Keltirilgan qovushqoqlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi. Keltirilgan qovushqoqlik quyidagi
nisbatlar yordamida aniqlanadi:

otn

=

/

0

ud

=

/

0

-1

pr

=

ud

/C


Olingan polimerlarning suvda bo‘kishi gravimetrik usulda o‘rganildi.

Natijalar:

Kirish qismida ta’kidlanganidek, karboksil guruhlari bo‘lgan PAA hosilalari fan,

iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning turli jabxalarida keng qo‘llaniladi. Shu munosabat bilan yon
zanjirida karboksil guruhlari bo‘lgan PAA hosilalarini olish uchun PAA ning sut kislotasi bilan o‘zaro
ta’siri o‘rganildi. Buning uchun, 5 ml gacha sopolimer olish uchun 4% 0,02 molyar polimer
eritmasiga 2 ml 80% 0,02 mol sut kislotasi qo‘shildi. Reaksiya 5 ml suv qo‘shilgan holda 5 soat
davomida, 400C haroratda doimiy aralashtirib turish yo‘li bilan amalga oshirildi. Olingan
sopolimerlar dioksanda cho‘ktirish yo‘li bilan ajratildi va vakuum ostida quritildi.

Ma’lumki, polielektrolit eritmalarining fizik-kimyoviy xossalari elektrolit bo‘lmagan

polimerlardan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi, xususan, ionlashtiriladigan guruhlarning
mavjudligi qovushqoqlikka kuchli ta’sir qiladi, chunki makromolekulaning ionlanishi paytida bir xil
zaryadlangan guruhlar orasidagi itaruvchi kuchlar eritmadagi makromolekulalar konformatsiyasining
sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. Buning oqibati ƞkel/S=f(S) to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlikdan og‘ishidir.

Xulosalar:

Ma’lumki, polimerlar eritmasini kislotali funksional guruhlar ionlanishga to‘sqinlik

qiladi. Tanlash yo‘li bilan, PAA-N-SK eritmalarida HCI ning past konsentratsiyasida
qovushqoqlikning "anomaliyasi" yo‘qolishi aniqlandi.