UFFA ECHINATA ROXB. MEVALARINING ERKIN AMINOKISLOTALARI TAXLILI

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 yanvar 2025 yildagi «Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PF-13-son Farmonida farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, aholini sifatli, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari bilan ta'minlash maqsadida biologik faol qo‘shimchalar sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, soha korxonalariga xom ashyo bazalarini shakllantirishda dorivor o‘simliklar plantasiyalarini tashkil etish va 2026 yil yakuniga qadar ushbu plantasiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushirilishi kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2021
inLibrary
Google Scholar
f
247-248
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ganiev , A., & Gulomjonova , N. (2025). UFFA ECHINATA ROXB. MEVALARINING ERKIN AMINOKISLOTALARI TAXLILI. Евразийский журнал академических исследований, 5(10(MPHAPP), 247–248. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ejar/article/view/138370
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 yanvar 2025 yildagi «Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PF-13-son Farmonida farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, aholini sifatli, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari bilan ta'minlash maqsadida biologik faol qo‘shimchalar sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, soha korxonalariga xom ashyo bazalarini shakllantirishda dorivor o‘simliklar plantasiyalarini tashkil etish va 2026 yil yakuniga qadar ushbu plantasiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushirilishi kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.


background image

247

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

UFFA ECHINATA ROXB. MEVALARINING ERKIN AMINOKISLOTALARI

TAXLILI

Ganiev A.K.

Gulomjonova N.A.

Tashkent Pharmaceutical Institute, Tashkent city, Republic of Uzbekistan

e-mail: akganiyev62@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17333587

Dolzarbligi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 yanvar 2025 yildagi «Farmasevtika

tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PF-13-son Farmonida
farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, aholini sifatli, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan
dori vositalari bilan ta'minlash maqsadida biologik faol qo‘shimchalar sanoatini rivojlantirish, ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish, soha korxonalariga xom ashyo bazalarini shakllantirishda dorivor
o‘simliklar plantasiyalarini tashkil etish va 2026 yil yakuniga qadar ushbu plantasiyalarda
yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushirilishi kabi ustuvor vazifalar
belgilab berilgan.

Tadqiqotning maqsadi:

Hozirgi kunlarda aminokislotalarga tibbiy amaliyotda qo'llanilishi

mumkin bo'lgan biologik faol moddalar sifatida katta e'tibor berilmoqda. Tadqiqotlarimizning
maqsadi - xalq tabobatida keng qo’llanilib kelayotgan burnaki - Luffa echinata

roxb.

o’simligi

mevalarining erkin aminokislotalari tarkibi va miqorini o’rganishdan iborat bo’ldi.

Usul va uslublar:

burnaki o’simligi mevalarining erkin aminokislotalari tarkibi va miqorini

o’rganish namunalarning suvli ekstrakdagi oqsillar va peptidlarini sentrifuga stakanlarida cho'ktirish
usulida amalga oshirildi. Buning uchun 1 ml (aniq hajm) o'rganilayotgan namunaga 20% uchxlorsirka
kislotasi qo'shildi. 10 daqiqadan so'ng, 15 daqiqa davomida 8000 aylanish tezligida sentrifuglash
orqali cho'kma ajratildi. 0,1 ml supernatant ajratilgandan so'ng, u liofilizatsiya qilindi. Gidrolizat
bug'latildi, quruq qoldiq trietilamin-asetonitril-suv (1:7:1) aralashmasida eritildi va quritildi.
Kislotalarni neytrallash uchun bu jarayon ikki marta takrorlandi. Stiven A., Koen Daviel usuli
bo'yicha, aminokislotalarning feniltiokarbamil hosilalari (FTK) feniltioizosiyanat bilan reaksiya qilib
olindi. Aminokislota hosilalarini aniqlash yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YSSX) usulida
amalga oshirildi. YSSX shartlari: DAD detektorli Agilent Technologies 1200 xromatografi, ustun
75x4,6 mm Discovery HS C18. A eritmasi: 0,14 M CH

3

COONa + 0,05% TEA pH 6,4, B: CH

3

CN.

Oqim tezligi 1,2 ml/min, yutilish 269 nm. Gradient %B/min: 1-6%/0-2,5 min; 6-30%/2,51-40 min;
30-60%/40,1-45 min; 60-60%/45,1-50 min; 60-0%/50,1-55 min.

Natijalar:

Aminokislotalar tarkibi ularning nur yutish vaqti bo’yicha, miqori (mg/g) esa -

cho’qqilarning yuzasi bo’yicha aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, burnaki mevalarining
tarkibidagi erkin aminokislotalar tarkibi va miqori (mg/g) quyidagi kamayish tartibida joylashgan:
Glutamin kislota (1,421) > Prolin (1,397) > Alanin (1,153) > Treonin (1,048) > Fenilalanin (0,849) >
Gistidin (0,648) > Asparagin kislota (0,54) > Serin (0,427) > Glutamin (0,378) > Tirozin (0,346) >
Glitsin (0,314) > Asparagin (0,304) > Leytsin (0,26) > Metionin (0,233) > Valin (0,232) > Lizin
(0,212) > Izoleytsin (0,191) > Triptofan (0,133) > Argenin (0,126) > Sistein (0,121).

Xulosalar:

Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, burnaki mevalarining tarkibida 20 turdagi

aminokislotalar mavjud bo’lib, ularning umumiy miqdori 10,334 mg/g ni tashkil etadi.
Aminokislotalarning 9 tasi almashinmaydigan aminokislotalar bo’lib, ular umumiy aminokislotalar
miqorining 36,83% ni tashkil etadi. Bular: Leysin - qondagi qand miqdorini tartibga solishda,
to'qimalarni tiklashda va oqsil sintezida ishtirok etadi. Isoletsin - energiya almashinuvini va mushak


background image

248

Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)

ISSN: 2181-2020

MPHAPP

THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE

MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL

PROBLEMS AND PROSPECTS

TASHKENT, OCTOBER 17, 2025

in-academy.uz

to’qimalarini tiklanishini qo'llab-quvvatlaydi. Valin - mushak energiyasi va asab tizimi uchun
muhimdir. Lizin - o'sish, kaltsiyning so'rilishi va kollagen sintezi uchun zarur. Metionin - yog'
almashinuvida va tana detoksifikatsiyasida ishtirok etadi. Fenilalanin - dopamin, norepinefrin va
adrenalinning sintezida zarur. Treonin - jigar faoliyati, immunitet va kollagen sintezi uchun zarur.
Triptofan - serotonin va melatoninning sintezida zarur. Gistidin - to'qimalarning o'sishi va gistamin
hosil bo'lishi uchun muhim hisoblanadi.