362
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
B GURUH VITAMINLARI SAQLAGAN DORI VOSITALARI TAHLILINING
MUQOBIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH VA VALIDATSIYALASH
Sobirjonov D.B.
Shamsiev Sh.Sh.
Toshkent Farmasevtika Instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi
e-mail: davron210999@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17337694
Dolzarbligi
: So‘nggi yillarda biologik faol qo‘shimchalar va vitamin-mineral komplekslarga
bo‘lgan talab ortib bormoqda. Aholining turmush tarzi, ekologik omillar hamda ovqatlanishdagi
nomutanosibliklar organizmda vitaminlar, xususan, B guruhi vitaminlari yetishmovchiligi xavfini
oshirmoqda. Vitamin B2 (riboflavin), B3 (nikotinamid) va B6 (piridoksin) moddalar almashinuvi,
asab tizimi faoliyati va immun tizimni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois,
“Компливит актив” kabi biologik faol moddalar saqlagan kompleks preparatlardagi vitaminlar
miqdorini aniq belgilash ularning sifatini nazorat qilish, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlashda
dolzarbdir. Farmakopeya talablari va xalqaro standartlarga muvofiq holda miqdoriy tahlil metodlarini
ishlab chiqish va amalda qo‘llash zamonaviy farmatsevtik tahlilning muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi:
Biologik faol moddalar saqlagan “Компливит актив” tabletkasida
vitamin B2,vitamin B3 va vitamin B6 ning miqdorini aniqlash.
Usul va uslublar
: “Компливит актив” tabletkasi, piridoksin vitamin B2, vitamin B3 va
vitamin B6 standart namunalari, ”Shimadzu LC-20AD” yuqori samarali suyuqlik xromatografi.
1-rasm. Biologik faol moddalar saqlagan “Компливит актив” xromatogrammasi
Natijalar va xulosa: t
adqiqot davomida B guruhi vitaminlarini o‘z ichiga olgan dori vositalari
tarkibini aniqlash va ularning sifatini baholash uchun muqobil tahlil usullari ishlab chiqildi va
validatsiya qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra:Vitamin B2 (riboflavin) moddasining ushlanish vaqti
12.445 minutni, vitamin B3 (nikotinamid) moddasining ushlanish vaqti 4.385 minutni, vitamin B6
(piridoksin gidroxlorid) moddasining ushlanish vaqti 10.178 minutni tashkil etdi.
Olingan spektral ma’lumotlar asosida aniqlik, takrorlanish va qayta tiklanish kabi validatsiya
mezonlari baholandi. Tanlangan YUSSX metodi vitaminlarning miqdorini aniqlashda ishonchlilik va
samaradorlikni ta’minladi.
